804
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10
YURIDIK TA’LIMDA PEDAGOGIK MAHORAT VA INTERFAOL METODLARNI
QO‘LLASH
Amanyo‘lov Sindor Faxriddin o‘g‘li
Sirdaryo viloyati yuridik texnikumi direktorining o‘quv
ishlari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari, 1-darajali yurist
Telefon: +998(99) 477 66 07
https://doi.org/10.5281/zenodo.14531944
Annotatsiya
. Mamlakatimizda uzluksiz taʼlim tizimi muassasalari faoliyati mazmunini
qaytadan koʻrib chiqilayotgan davrda ijtimoiy amaliyot, jamoatchilik tarbiyasi, taʼlim va
tarbiyaning aniq maqsadga qaratilganligi erkin shaxsni shakllantirishning asosini tashkil
etmoqda. Taʼlim jarayonini modernizatsiyalash, taʼlim sifatini oshirish, jamiyatni maʼnaviy
yangilash birinchi navbatda, ulgʻayib kelayotgan yosh avlodga insonparvarlik va demokratik
qadriyatlarni singdirish orqali taʼminlanadi. Bularning barchasi yosh kadrlarni tayyorlash va
rivojlantirishda alohida ahamiyatga ega. Bunda, albatta, talaba-yoshlardagi maʼlumotlilik
darajasi, intelektual salohiyat, ijtimoiy faollik, ijodkorlik koʻnikmalarini rivojlantirishga xizmat
qiluvchi oʻqitishning samarali tashkiliy shakllari, texnologiyalarini yaratish va amaliyotga tatbiq
etish oʻta muhim koʻrsatkichdir. Ushbu maqolada yuridik ta’lim xususan,“Davlat va huquq
nazariyasi” fanini o‘qitishda zamonaviy pedogogik texnologiyalardan foydalangan holda fanni
chuqurroq va qiziqarli qilib o‘tish usullari va metodlari haqida.
Kalit soʻzlar:
Yuridik ta’lim. davlat va huquq nazariyasi, kreativlik, kompitentlik, tasodifiy
moslashuvchanlik, oʻziga xoslik, yurist-pedagogning kreativlik potensiali, bir qolipda
fikrlamaslik, tashabbuskorlik, tashabbuskorlik, Taqdimot (prezentatsiya), muammoli maʼruza,
"Savol-javob" sessiyasi , mahorat darslari (Master-klass), seminar, trening, kichik guruhlarda
ishlash, “Intervyu” metodi, "Debat" metodi, aqliy hujum.
ПРИМЕНЕНИЕ ПЕДАГОГИЧЕСКИХ НАВЫКОВ И ИНТЕРАКТИВНЫХ
МЕТОДОВ В ЮРИДИЧЕСКОМ ОБРАЗОВАНИИ
Аннотация
. В период, когда пересматривается содержание деятельности
учреждений системы непрерывного образования в нашей стране, социальная практика,
народное образование, образование и воспитание являются основой формирования
свободной личности. Модернизация образовательного процесса, повышение качества
образования, духовное обновление общества обеспечивается прежде всего за счет
привития подрастающему поколению гуманистических и демократических ценностей. Все
это имеет особое значение в подготовке и развитии молодых кадров. При этом,
безусловно, очень важным показателем является создание и внедрение эффективных
805
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10
организационных форм и технологий обучения, служащих развитию образовательного
уровня,
интеллектуального
потенциала,
социальной
активности,
творческих
способностей обучающихся. В данной статье речь идет о путях и методах углубления и
интересности предмета с использованием современных педагогических технологий в
преподавании «Теории государства и права».
Ключевые слова:
Теория государства и права, креативность, компетентность,
произвольная гибкость, оригинальность, творческий потенциал юриста-педагога,
нестандартность мышления, инициатива, инициатива, Презентация (презентация),
проблемная лекция, «Вопрос-ответ». сессия, мастер-классы (Мастер-класс), семинар,
тренинг, работа в малых группах, метод «Интервью», метод «Дебаты», «мозговой
штурм».
APPLICATION OF PEDAGOGICAL SKILLS AND INTERACTIVE METHODS IN
LEGAL EDUCATION
Abstract
. In the period when the content of activities of institutions of the continuous
education system in our country is being reconsidered, social practice, public education,
education and upbringing are the basis for the formation of a free person. Modernization of the
educational process, improvement of the quality of education, spiritual renewal of the society is
provided primarily by inculcating humanitarian and democratic values in the young generation.
All this is of particular importance in the training and development of young personnel. In this, of
course, the creation and implementation of effective organizational forms and technologies of
education that serve to develop the educational level, intellectual potential, social activity, and
creativity skills of students is a very important indicator. This article is about the ways and methods
of making the subject deeper and more interesting using modern pedagogical technologies in the
teaching of "Theory of State and Law".
Key words:
Theory of the state and law, creativity, competence, random flexibility,
originality, creative potential of a lawyer-pedagogue, not thinking in one mold, initiative,
initiative, Presentation (presentation), problem report, "Question-answer" session, master classes
( Master class), seminar, training, work in small groups, "Interview" method, "Debate" method,
brainstorming"
KIRISH
Bugun malakatimiz barcha fan sohalarini rivojlangan davlatlarda toʻplangan tajribalar
asosida tahlil qilish va yanada takomillashtirish imkoniyatlari mavjud. Hozirda oʻquv
dargohlarning taʼlim berish faoliyati yanada takomillashtirilib, insonlarda ilm sari intilish istagi
kuchaymoqda. Shu maqsadda keyingi yillarda mamlakatimizda taʼlim tizimini izchil rivojlantirish
806
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10
borasida aniq, izchil va keng koʻlamli kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilib kelinayotganini
taʼkidlash lozim. Yuqoridagi omillar o‘z navbatida pedagog jumladan yurist pedagoglarning
ta`lim jaroyini zamonaviy, xalqaro va milliy tajribalardan foydalangan holda tashkil etish, ta`limda
zamonaviy pedogogik metodlar va texnologiyalardan keng foydalanishni taqazo qilmoqda.
Huquqiy fanlar doirasida “Davlat va huquq nazariyasi” fani alohida axamiyatga ega bo‘lib,
o‘qituvchining fanga alohida yondashishini talab qiladi. Sababi, davlat va huquq nazariyasi –
nazariy fan, ya`ni fan o‘rganadigan masalalar barchasi abstakt tushunchalar hisoblanadi. U davlat
va huquq taraqqiyotining umumiy qonuniyatlarini ochib beradi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYASI
Davlat va huquq nazariyasi fanini bir qancha olimlar tomonidan o‘rganib chiqilgan.
Xususan, mahalliy olimlarimizdan X.T. Odilqoriyev, Axmedshayeva, Saydullayev lar o‘rganib
chiqishgan. Bundan tashqari, bu fandan pedagog hodim qo‘llashi mumkin bo‘lgan metodlar va
texnologiyalarni . G.Gulyamova va I.Rustambekovlar o‘zlarining qo‘llanmalari orqali taxlil
qilganlar
NATIJALAR
Jamiyat har doim ijodga va ijodiy fikrlaydigan insonlar muhtoj boʻlgan. Hozirgi zamonda
bu kreativlik degan tushunchani anglatadi. Kreativlik oʻz-oʻzidan birdaniga shakllanmaydi, u
muayyan bosqichlarda izchil shakllantirib va rivojlantirilib boriladi.1 Kreativlik (lot., ing. “create
” – yaratish, “creative ” yaratuvchi, ijodkor, shaxsning ijodiy qobiliyatining namoyon boʻlishi).
Shaxsning kreativligi uning ongi, tafakkuri, muloqoti, emotsiyasi, muayyan faoliyat turlarida
namoyon boʻladi. Kreativlik iqtidorning muhim koʻrsatkichidir. Dastlab, ijod aqlning vazifasi
sifatida koʻrib chiqilgan va aqlning rivojlanish darajasi ijodkorlikning rivojlanish darajasi bilan
aniqlangan. Keyinchalik, aqlning darajasi ijodkorlik bilan faqat maʼlum bir chegaraga bogʻliqligi
va juda yuqori intellekt ijodkorlikka xalaqit berishi olimlar tomomnidan asoslab berilgan. Hozirgi
paytda jahon taʼlim tizimida kreativ pedagogika birikmasi faol qoʻllanilmoqda. Olimlar tomonidan
kreativ pedagogika ijodiy oʻrganish toʻgʻrisidagi fan va sanʼat tarzida eʼtirof etilmoqda. Bu
pedagogikani har kimga tatbiq etish mumkin. Chunki pedagogik ijodkorlik – oʻqituvchi,
talabaning qobiliyati, uning yangi gʻoyalarni yaratishga tayyorligini nazarda tutadi. Bu pedagogika
taʼlim samaradorligini taʼminlash uchun xizmat qiladi. Umuman olganda, pedagogik kreativlik
ijodiy faoliyat va ijodiy mahsulotlarni yaratishdir. Kreativ pedagogika quyidagi ikki holatni
kafolatlashi lozim: 1) oʻqituvchi, talabalar tomonidan oʻquv fanlarini past oʻzlashtirayotgan va
ularini oʻrganishni zerikarli deb hisoblayotgan talabalar eʼtiborlarini fan asoslarini oʻzlashtirishga
jalb etish; 2) oʻqituvchi, talabalarda kreativ fikrlash va ijodiy faoliyat natijalarini ragʻbatlantirishga
xizmat qiladigan strategiya va vositalarni tavsiya etish qilish orqali auditoriyada ulardan samarali
foydalanishlari uchun imkoniyat yaratish. Pedagogning kreativlik sifatlariga ega boʻlmasligi fan
807
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10
mavzularini puxta oʻzlashtirishda sustkashlikka sabab boʻladi. Bu talabalarda erkin, mustaqil
fikrlash koʻnikmalarini shakllantirishga toʻsqinlik qiladi. Yurist-pedagogning kreativlik potensiali.
Yuridik fanlarni oʻzlashtirishda talabalarni kreativ (ijodiy) fikrlashga oʻrgatish, ularda kreativ
tafakkurni shakllantira olish uchun, avvalo, pedagogning oʻzi kreativ, ijodkor shaxs boʻlishi zarur,
yaʼni oʻqituvchining oʻzi kreativ, ijodkor boʻlsagina, talabalar ham shunday boʻla oladi.
Oʻqituvchining ijodkor va kreativ boʻlishi yoki boʻlmasligi emas, balki darslarni ijodkorlik,
kreativlik ruhida tashkil etishi, yangi gʻoyalarni taʼlim jarayonida sinab koʻrishga intilishi zarur.
Har qanday pyedagogning kreativ potensiali uning umumiy xususiyati sifatida aks etadi. U ijodiy
faoliyatning dastlabki sharti va natijasi sanaladi. Mazkur sifat shaxsning oʻz-oʻzini namoyon qilish
layoqatiga egalikni va tayyorlikni ifodalaydi. Qolaversa, kreativ potensial negizida har
mutaxassisning shaxsiy qobiliyatlari, tabiiy va ijtimoiy quvvati yaxlit holda namoyon boʻladi.
Kreativ potensial bilish jarayoniga yoʻnaltirilgan ijodkorlik bilan chambarchas bogʻliq.
Yuristmuallimning kreativ potensiali anʼanaviy tafakkur yuritishdan farqli ravishda quyidagilarda
namoyon boʻladi:
MUHOKAMA
Davlat va huquq nazariyasi huquqshunoslik fanlari tizimida markaziy o‘ringa ega. U
yuridik fanlarning metodologik poydevorini tashkil etib, davlat va huquqning nazariy
muammolarini o‘rganadi. Yuqoridagilarga asosan, davlat va huquq nazariyasi fanini o‘qitishda
quyidagi metodlarni qo‘llasak bo‘ladi. Muammoli maʼruza Muammoli maʼruza – reproduktiv
oʻqitish shaklidan farqli oʻlaroq, maʼruza davomida bilimlarni uzatish passiv shaklda amalga
oshirilmaydi. Yaʼni, oʻqituvchi tayyor bayonotlarni taqdim etmaydi, faqat savol beradi va
muammoni aniqlaydi. Qoida va taʼriflarni talabalarning oʻzlari tuzadilar. Bu usul ancha murakkab
va talabalardan mantiqiy fikrlash boʻyicha maʼlum tajribaga ega boʻlishni talab qiladi. Audio va
video materiallardan, AKTdan foydalangan holda interfaol dars Bunda asosan onlayn testlar,
elektron darsliklar bilan ishlash, oʻquv dasturlari, oʻquv saytlaridan foydalaniladi Demak,
mamlakatimizda uzluksiz taʼlim tizimi muassasalari faoliyati mazmunini qaytadan koʻrib
chiqilayotgan davrda ijtimoiy amaliyot, jamoatchilik tarbiyasi, taʼlim va tarbiyaning aniq
maqsadga qaratilganligi erkin shaxsni shakllantirishning asosini tashkil etmoqda. Taʼlim
jarayonini modernizatsiyalash, taʼlim sifatini oshirish, jamiyatni maʼnaviy yangilash birinchi
navbatda, ulgʻayib kelayotgan yosh avlodga insonparvarlik va demokratik qadriyatlarni singdirish
orqali taʼminlanadi. Bularning barchasi yosh kadrlarni tayyorlash va rivojlantirishda alohida
ahamiyatga ega. Bunda, albatta, talaba-yoshlardagi maʼlumotlilik darajasi, intelektual salohiyat,
ijtimoiy faollik, ijodkorlik koʻnikmalarini rivojlantirishga xizmat qiluvchi oʻqitishning samarali
tashkiliy shakllari, texnologiyalarini yaratish va amaliyotga tatbiq etish oʻta muhim koʻrsatkichdir.
“Intervyu” metodi Guruhda 2 nafar ishtirokchi bilan juftliklar tuziladi. Ular bir-birlarini yaxshi
808
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10
tanimaydi, ularga tanishib olishlari uchun 2-3 minut vaqt beriladi. Soʻng juftliklarning har bir
aʼzosi butun guruhga oʻz sherigi toʻgʻrisidagi oʻzi ega boʻlgan maʼlumotlarni jamlab, biror
qiziqarli faktni qoʻshgan holda bayon etadi. Bu metod yana taklif qilingan mutaxassis bilan ham
olib borilishi mumkin. Bunda talabalar va oʻqituvchilar taklif qilingan mehmonga tayyorlab
qoʻygan savollarini berishadi. Intervyu qiziqarli mavzuda oʻtkazilishi lozim. Davradagi bir guruh
talabalarga mehmonning fikrini oʻrganish taklif qilinadi. Kirish savollarini tayyorlab qoʻygan
guruh birinchi boʻlib savol beradi. Guruhdagi har bir kishi bitta odam bilan tanishadi. Bu usul ham
25 kishidan ortiq guruhda qoʻllanilmaydi. "Debat" metodi Bu usulning asosiy maqsadi -
muammoning yechimini topishda talaba oʻz fikriga boshqalarni ishontirish. Mazmun-mohiyati esa
mustaqil fikrni aniq va mantiqan bayon etish, ishonarli dalillar topish, ularni xulosalashdan
iboratdir. "Debat" metodining shartlari: talabalar ikki guruhga ajratiladi; mavzu rezolyutsiya
shaklida ifodalanadi va eʼlon qilinadi; har bir guruhdan guruh sardori va kuzatuvchi-hisobchi
tayinlanadi; rezolyutsiyani qoʻllab-quvvatlaydiganlar oʻqituvchining oʻng tomoniga, qarshilar esa
chap tomoniga oʻtadilar; oʻqituvchi soʻzga chiquvchilar uchun vaqt (reglament)ni belgilaydi;
bahsni rezolyutsiyaga qarshi tomon vakillari boshlaydi. Oʻqituvchi guruh talabalarining
birinchisiga soʻz beradi va uning fikri, argumentlarini tahlil qilib boradi. Kuzatuvchilar ularni
yozib boradi. Talabalar navbatma-navbat soʻzga chiqadilar; muammoning yechimiga qaratilgan,
barchani oʻylashga majbur etadigan argumentlar keltirilishi lozim; oʻqituvchi darsni yakunlab,
xulosalaydi va talabalarni baholaydi. Bundan tashqari fanning “Davlat shakllari” mavzusidan
seminar tashkil etayotganda “Ertak” metodidan foydalanish mumkin. Bunda seminar darsda
o‘qituvchi ma`ruzada o‘tilgan ma`lumotlarni ertak ko‘rinishida aytadi va ularning qo‘llariga ertak
matni beriladi. Pedagog ertakni ataylab buzib (xató) o‘qiydi va ular qo‘llaridagi matn ham
xatolardan iborat bo‘lishi kerak. O‘quvchi esa o‘sha xatolarni aniqlaydi va belgilab ketadi. Ertak
so‘ngida pedagog qayerlarda xato qilganini navbat bilan so‘raydi
XULOSA
Zamonaviy kadrlar oldiga qo'yilayotgan eng muhim vazifalardan biri – malakali
mutaxassislar sifatida o'zligini, o'z qobiliyatlari, individualligi, shaxsiy fazilat hamda xislatlarini
bilgan tarzda atrofidagilar mehnatini oqilona tashkil etish va ijtimoiy foydali mehnatning barcha
sohalarida iqtidorli kasb sohibi sifatida faoliyat ko'rsatishdir. Xulosa sifatida shuni aytishimiz
mumkinki, huquqiy fanlar orasida “Davlat va huquq nazariyasi” fani alohida o‘rin tutadi. Bu esa
o‘z navbatida pedagogdan alohida fanga yondashuvni talab qiladi.Yuqoridagi metodlardan
foydalanish orqali o‘quvchilarga mazkur mavzu yuzasidan bilim, malaka va ko‘nikmaga ega
bo‘lishilari uchun quyidagi yo‘nalishlarda xulosa, taklif va tavsiyalar tayyorlandi.
809
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10
REFERENCES
1.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. // Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi,
// 05.09.2019 y., 03/19/563/3685-son.
2.
X.T.Odilqoriyev. Davlat va huquq nazariyasi darslik. – T.: Adolat. 2018.
3.
Saydullayev. Davlat va huquq nazariyasi darslik. – T.: Adolat. 2021.
4.
I.Rustambekov.Yuristprudensiya ta`lim dasturlarida o‘quv darslarini o‘tkazish-o‘quv
qo`llanma. –T.: 2022.
5.
G. Gulyamova. "Huquq fanlarini oʻqitishda pedagogik texnologiyalar va pedagogik
mahorat" oʻquv qoʻllanma. –T.: 2021
6.
http://www.lex.uz 7. http://www.gov.uz 8. http://www.norma.uz
