Authors

  • Oyazimxon A’zamxonova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.58326

Keywords:

Globalizatsiya texnologiya madaniy ilm-fan computer online zamonaviy rivojlanish atamalar.

Abstract

Arab tili dunyodagi eng qadimiy va boy tillardan biri bo‘lib, o‘zining boy lug‘ati va mukammal grammatikasi bilan juda ham mashhur hisoblanadi. Biroq, dunyoning rivojlanishi va zamonaviylashib borishi, globalizatsiyaga va texnologik taraqqiyot jarayonida arab tili ko‘plab tashqi ta’sirlarga duch kelmoqda. Shuningdek, turli sohalarda yangi ilmiy, texnologik, madaniy va iqtisodiy o‘zgarishlar sababli, zamonaviy so‘zlar arab tiliga kirib kelmoqda. Ushbu maqolada zamonviy so‘zlarning arab tiliga kirib kelish tarzi va ularning tilga, balki jamiyatga va madaniyatga ta’siri haqida so‘z yuritiladi.

background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

670

ZAMONAVIY SO‘ZLARNING ARAB TILIGA KIRIB KELISH TARZI

A’zamxonova Oyazimxon Xasanxon qizi

Al-Fraganus universiteti Sharq filalogiyasi fakulteti,

Arab tili yo‘nalishi 1-kurs talabasi.

Tel: +998933335513.

https://doi.org/10.5281/zenodo.14543549

Annotatsiya.

Arab tili dunyodagi eng qadimiy va boy tillardan biri bo‘lib, o‘zining boy

lug‘ati va mukammal grammatikasi bilan juda ham mashhur hisoblanadi. Biroq, dunyoning
rivojlanishi va zamonaviylashib borishi, globalizatsiyaga va texnologik taraqqiyot jarayonida
arab tili ko‘plab tashqi ta’sirlarga duch kelmoqda. Shuningdek, turli sohalarda yangi ilmiy,
texnologik, madaniy va iqtisodiy o‘zgarishlar sababli, zamonaviy so‘zlar arab tiliga kirib
kelmoqda. Ushbu maqolada zamonviy so‘zlarning arab tiliga kirib kelish tarzi va ularning tilga,
balki jamiyatga va madaniyatga ta’siri haqida so‘z yuritiladi.

Kalit so'zlar:

Globalizatsiya, texnologiya, madaniy, ilm-fan, computer, online, zamonaviy,

rivojlanish, atamalar.

THE WAY MODERN WORDS ENTER THE ARABIC LANGUAGE

Abstract.

The Arabic language is one of the oldest and richest languages in the world, and

is very famous for its rich vocabulary and perfect grammar. However, with the development and
modernization of the world, globalization and technological progress, the Arabic language is
facing many external influences. Also, due to new scientific, technological, cultural and economic
changes in various fields, modern words are entering the Arabic language. This article discusses
the way modern words enter the Arabic language and their impact on the language, but also on
society and culture.

Keywords:

Globalization, technology, cultural, science, computer, online, modern,

development, terms.

КАК СОВРЕМЕННЫЕ СЛОВА ВХОДЯТ В АРАБСКИЙ ЯЗЫК

Аннотация.

Арабский язык является одним из старейших и богатейших языков

мира и очень известен своим богатым словарным запасом и совершенной грамматикой.
Однако в ходе развития и модернизации мира, глобализации и технического прогресса
арабский язык сталкивается со многими внешними воздействиями. Также в связи с новыми
научными, технологическими, культурными и экономическими изменениями в различных
областях в арабский язык входят современные слова. В этой статье рассказывается о
том, как современные слова вошли в арабский язык и их влияние не только на язык, но и на
общество и культуру.

Ключевые слова:

Глобализация, технологии, культура, наука, компьютер, онлайн,

современность, развитие, термины.

Kirish

: Globalizatsiya jarayoni bilan birgalikda, dunyo miqyosidagi o‘zaro aloqalar

kuchaya boshladi. Buning natijasida arab tiliga boshqa tillardan bir qancha yangi so‘zlar kirib kela
boshladi. Ayniqsa, internet va mobil texnologiyalarining rivojlanishi arab tiliga ingliz tilidan
ko‘plab yangi atamalar kiritdi. Misol uchun, “smartfon”, “email”, “online”, “download”,
“softwore” kabi so‘zlar arab tilida keng tarqalgan so‘zlar qatoridadir.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

671

Texnologiya va ilm-fan sohalarida ham ingilizcha so‘zlar ya’ni atamalar arab tilida o‘z

ifodasini topgan. Ularning aksarlari arab tiliga o‘zlashtirilgan holda ishlatilinadi. Masalan, arab
tilida kompyuter (computer) so‘zi keng tarqalgan, ammo uning asl ko‘rinishi arablar orasida
بوساح (hasub) sifatidadir. Ayrim hollarda arablar bu so‘zdan ham ko‘p foydalanishadi.

Zamonaviy so‘zlarning arab tiliga kirib kelish tarzi madaniy va iqtisodiy tizmga ham ta’sir

ko‘rsatdi. Xalqaro savdo va iqtisodiy munosabatlar, shuningdek, arab tiliga ko‘plab yangi so‘zlarni
olib keldi. Masalan, “marketing”, “bank”, “finance” kabi ko‘plab so‘zlar arab tiliga kirib, tezda
kundalik nutq va professional sohalarda ishlatiladigan so‘zlarga aylandi. Lekin bu arab tiliga kirib
kelgan so‘zlar ba’zida o‘zgarishlarga uchrab, arabcha talaffuz va yozuv qoidalariga moslashadi.

O‘zgarilgan so‘zlar ya’ni (Arablashtirish): Arab tiliga kirib kelgan so‘zlar, ko‘pincha arab

tilining fonetik va grammatik xususiyatlariga moslashtiriladi. Ingliz va boshqa tillardan olingan
so‘zlar arab tilida ishlatilishdan oldin talaffuz va yozuv jihatidan o‘gartirishlarga uchraydi bunday
so‘zlarga “radio” so‘zi arab tilida ويدار (radiyo) tarzida ishlatiladi yoki “television” so‘zi
“telefizyoun” ishlatilinadi.

So‘zlar semantik tuzilishning kengayishi, odatda, tilga mustahkam o‘rnashib, “singib”

ketgan so‘zlarda ro‘y beradi. Chet tilidan kirgan so‘zlarning tilda o‘rnashib, “singib” ketish
darajasiga borishi uzoq muddatlarda ro‘y beradi. To‘g‘ri, so‘zlarning semantik tuzilishining
kengayishi va ularning tilda o‘rnashishi jarayoni ko‘pincha uzoq vaqt davomida amalga oshadi.

Chet tilidan kirgan so‘zlar dastlab o‘z original ma'nolarini saqlab qolishi mumkin, lekin

vaqt o‘tishi bilan, ular mahalliy kontekstda yangi ma'nolar yoki qo‘shimcha nuanslar olishlari
mumkin.

Bu jarayon ko‘plab omillarga bog‘liq: madaniy almashinuv, ijtimoiy talablar, texnologik

rivojlanish va boshqa ko‘plab faktorlar. Kiruvchi so‘zlar tilda "singib" ketganda, ular nafaqat
fonetik jihatdan, balki morfologik va sintaktik jihatdan ham moslashadi, bu esa ularning o‘ziga
xosligini oshiradi va mahalliy tilga chuqurroq integratsiyalashishiga yordam beradi.

Masalan, ingliz tilidan olingan so‘zlar ko‘pincha o‘zbek tilida yangi ma'nolar bilan

boyitiladi yoki fonetik jihatdan o‘zgaradi. Bu jarayon natijasida so‘zlar nafaqat o‘z original
ma'nolaridan, balki tilning umumiy strukturasi va qoidalaridan ham ta'sirlanadi.

Xulosa qilib aytganda, quyidagi nuqtalarni ta'kidlash mumkin: Dunyo miqyosida madaniy

va iqtisodiy aloqalar kuchayishi natijasida arab tiliga boshqa tillardan, ayniqsa, ingliz va fransuz
tillaridan ko‘plab zamonaviy so‘zlar kirib kelmoqda. Umuman olganda, zamonaviy so'zlarning
arab tiliga kirib kelishi, madaniy va ijtimoiy o'zgarishlar bilan bog'liq bo'lib, bu jarayon tilning
rivojlanishiga va boyishiga xizmat qiladi.

REFERENCES

1.

Sharbatov G. Sh., Sovremenniy arabskiy yazik, M., 1961; Talabov E., Arab tili, T.,
1993.Sarvar Abdullayev.

2.

Рустамов Л. Хазирги казак тилининг араб-пареикир месозидер. – Aлмата, 1982. – Б.
63.

3.

Hassan, R. (2015). "Language Contact and Language Change: The Case of Arabic."
Journal of Language and Linguistic Studies.

References

Sharbatov G. Sh., Sovremenniy arabskiy yazik, M., 1961; Talabov E., Arab tili, T., 1993.Sarvar Abdullayev.

Рустамов Л. Хазирги казак тилининг араб-пареикир месозидер. – Aлмата, 1982. – Б. 63.

Hassan, R. (2015). "Language Contact and Language Change: The Case of Arabic." Journal of Language and Linguistic Studies.