977
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10
“KELINOY” DOSTONI VA VARIANTLARI
Rajabov Xayrulla Ramazonovich
https://doi.org/10.5281/zenodo.14543332
Annotatsiya.
Mazkur maqola “Kelinoy” dostoni va uning turli variantlarini tahlil qilishga
bag‘ishlangan. Unda dostonning kollektiv ijod mahsuli ekani, tarixiy asoslari, folkloristik
xususiyatlari va tematik jihatlari muhokama qilingan. Xususan, O. Sobirov, Xodi Zarifov va J.
Qobilniyozov kabi olimlarning fikrlari asosida dostonning yaratilishi va tarqalishi jarayonlari,
uning bosh qahramonlari obrazi, epik an'analarning rivoji va transformatsiyasi haqida batafsil
tahlil keltirilgan. Shuningdek, dostonning xalq qo‘shiqlari va boshqa epik janrlardan kelib
chiqishi, davr talablariga mos ravishda o‘zgarishi va interpretatsiya qilinganligi xususida ham
fikr yuritiladi. Maqola dostonning turli geografik hududlarda tarqalgan variantlari va ularning
mazmun-mohiyati bo‘yicha tadqiqot olib borish zarurligini ta’kidlaydi.
Kalit so‘zlar:
"Kelinoy" dostoni, O‘zbek folklori, epik an'analar, xalq qo‘shiqlari, tematik
tahlil, folkloristik tadqiqotlar, doston variantlari, tarixiy asoslar, baxshilik san’ati, O‘zbek xalq
og‘zaki ijodi.
"KELINOY" EPOCH AND VARIANTS
Abstract.
This article is devoted to the analysis of the "Kelinoy" epoch and its various
variants. It discusses the fact that the epoch is a product of collective creativity, its historical
foundations, folkloristic features and thematic aspects. In particular, based on the opinions of such
scholars as O. Sobirov, Khodi Zarifov and J. Qobilniyozov, a detailed analysis is provided of the
processes of creation and dissemination of the epoch, the image of its main characters, the
development and transformation of epic traditions. It also considers the origin of the epoch from
folk songs and other epic genres, its transformation and interpretation in accordance with the
requirements of the era. The article emphasizes the need to conduct research on the variants of
the epoch spread in different geographical regions and their content and essence.
Keywords:
"Kelinoy" epic, Uzbek folklore, epic traditions, folk songs, thematic analysis,
folkloristic research, epic variants, historical foundations, Bakhshi art, Uzbek folk oral art.
ЭПИЗОД И ВЕРСИИ "НЕВЕСТА"
Аннотация.
Данная статья посвящена анализу эпоса «Келиной» и его различных
вариантов. Обсуждалось то, что эпос является продуктом коллективного творчества,
исторические основы, фольклорные особенности и тематические аспекты. В частности,
на основе мнений таких учёных, как О. Собиров, Ходи Зарифов и Ж. Кабильниязов,
детальный анализ процессов создания и распространения эпоса, образа его главных героев,
развития и трансформации эпоса. представлены традиции. Считается также, что эпос
произошел от народных песен и других эпических жанров, измененных и
978
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10
интерпретированных согласно требованиям времени. В статье подчеркивается
необходимость проведения исследования вариантов распространения эпоса в разных
географических регионах и их содержания.
Ключевые слова:
эпос «Келиной», узбекский фольклор, эпические традиции,
народные песни, тематический анализ, фольклористика, варианты эпоса, исторические
основы, искусство бакшиша, узбекское народное искусство.
O‘zbek xalqining boy ma’naviy merosi, uning og‘zaki ijod namunalarida o‘z aksini topgan
bo‘lib, milliy o‘zlik va tarixiy xotirani aks ettiruvchi muhim manbalardan biridir. Xalq dostonlari
bu merosning o‘ziga xos qismi bo‘lib, ular asrlar davomida avloddan avlodga o‘tib, o‘zbek
xalqining estetik didini, axloqiy qadriyatlarini va ijtimoiy qarashlarini shakllantirib kelgan.
“Kelinoy” dostoni, ayniqsa, o‘zbek xalqining epik an’analari va baxshilik san’ati bilan
chambarchas bog‘liq bo‘lib, unda xalqning tarixiy hayoti, ijtimoiy muammolari va insoniy
fazilatlari o‘z ifodasini topgan.
O.Sobirov birinchi bo‘lib “Kelinoy” dostonining kollektiv ijodi mahsuli ekanligini o‘rinli
qayd etadi. Xodi Zarifovning tadqiqotida esa bu masala yanada konkretroq ko‘rinishga ega. Bunda
u ikki voha yangi dostonlarining, xususan "Kelinoy" dostonining o‘ziga xos xususiyatlarini to‘g‘ri
belgilab beradi. J.Qobilniyozov 1969-yilda nashr etilgan "O‘zbek sovet folklorining rivojlanish
yo‘llari" monografiyasida barcha sovet davri dostonlari bilan birga "Dastagul", "qoraqum", "Amr
qochdi", va "Kelinoy" dostonlarining tematikasi va go‘yaviy yo‘nalishi haqida birmuncha foydali
fikrlar bildirgan. Ammo tadqiqotchi "Amr qochdi", "Qoraqum", "Dastagul", dostonlari haqida
to‘g‘ri mulohaza yuritgan bo‘lsa ham "Kelinoy" dostoni haqida gapirib uni bosmachilikka qarshi
kurashni aks ettiruvchi asar degan xulosaga keladiki, bizningcha bu yetarli emas. Chunki
"Kelinoy" ildizlari XIX asrning oxiri XX asrning boshlariga borib taqaladi. Ko‘pchilikning bir
yoqlama
xulosaga
kelishiga
"Kelinoy"
dostonlarining
barchasi
komleks
ravishda
o‘rganilmaganligi sabab bo‘lgan. Shuning uchun ham Xodi Zarifov o‘zining "O‘zbek sovet
folkloristikasi tarixidan" nomli maqolasida: "30-yillar boshlarida Surxondaryoda xalq baxshilari
bir o‘zbek qizi hayotida sodir bo‘lgan real faktlar voqea va hodisalar asosida doston formasida
"Kelinoy" nomida qo‘shiqlar to‘qiy boshlaydilar" degan fikrni aytadi.
"Kelinoy" dostonining 1962-yilda nashr etilishi asarning ko‘pchilik o‘quvchilar ommasiga
tanishtirilishida va o‘rganishda juda katta ahamiyatga bo‘ldi. Nashrda keltirilgan kelinoy madhi
haqidagi, uning portretini chizishga bag‘ishlangan to‘rtliklar badiiy yuksak, xalqning ijod
labaratoriyasida qaynab etilgan go‘zal misralardir. Bu to‘rtlik misralar faqat adabiyotimizni emas,
etnografiya, tarix, geografiya va urf-odatlarimizni o‘rganishda ham qimmatli material beradi.
979
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10
Ularda Bir o‘zbek qizining go‘zal qiyofasi va fe'l-atvori o‘z ifodasini topgan. Bu sohada
folklorshunos olim O. Sobirovning to‘plovchilik xizmati taxsinga sazovordir. "Kelinoy" dostoni
haqida ko‘pgina folklorshunos olimlarimizning fikri bor. "Kelinoy" dostonining mavjudligi, uning
ko‘p variantlarda yashayotganligi, kollektiv Mulki ekanligi, tematikasi va g‘oyaviy yo‘nalishi
hamda tarixiy taqdiri darajasida turli xil muloxazalar aytilgan. Biroq, dostonning ko‘p variantli va
kollektiv ijod mahsuli ekanligi haqida bir xil fikrda bo‘lsalar ham "Kelinoy" dostonlarining
tematikasi va go‘yaviy yo‘nalishi bo‘yicha tadqiqotlarimiz muloxazalarida hali-hanuz yakdillik
yo‘q.
Dostonning tarixiy asoslari va yaratilishi tomonidan chalkashroq xulosaga kelinadi yoki
bir yoqlama tahlil etiladi. Buning sababi aniq. Yani: "Kelinoy" dostonlari mukammal
to‘planmaganligi, barcha variantlari to‘liq o‘rganilmaganligi ko‘pchilikni har xil chalkashlikka
olib kelgan. Bu tabiiy hol edi, Biz esa, ko‘p yillik tajribalar, ayrim ustoz olimlarning fikrlari va
qo‘limizda mavjud bo‘lgan, o‘zimiz to‘plagan faktlarga suyanib shunday xulosaga keldik.
"Kelinoy" dostoni inqilobgacha dastlab xilma-xil, katta-kichik to‘rtliklar xalq qo‘shiqlari sifatida,
keyinroq mayda va yirik epik voqealarni o‘z ichiga olgan naqllar cho‘pon va cho‘lliklarning
og‘izdan og‘izga o‘tib xilma-xil variantlarni tashkil etgan. Bu hol el bilan hamisha Hamdard va
hamfikr bo‘lgan xalq baxshilarining diqqatini tortmasligi mumkin tortmasligi mumkin emasdi.
Shunday qilib, Kelinoy haqida Surxondaryoning Sherobod tumanida katta shov-shuvga sabab
bo‘lgan qo‘shiqlar va epik voqalar asosidagi naqllar qishloqma-qishloq, vohadan-vohaga tarqala
boshlaydi. Hatto, Tojikiston va Turkmanistonning janubida yashovchi o‘zbeklar orasigacha yetib
boradi. U joylarda yashovchi shoir, baxshi, soqi kabi nomlar bilan xalq orasida mashxur bo‘lgan
ijodkorlar repertuarida doston shaklini ola boshlagan.
Keyinchalik 20-30-yillarda ham har qaysi shoir yoki baxshi umum "Kelinoy" motivi va
yo‘li bilan alohida-alohida asarlar yaratganlar, uni o‘zi yaratayotgan geografik joy va shu yerda
yashab o‘tgan hamda yashayotgan go‘zal qiz, kelinlar, yoki oshiq yigitlar nomi, hayoti va kurash
yo‘li bilan bog‘lagan. O‘z asarini boshqalardan farqlash uchun o‘zgacha nomlar bilan ataganlar.
Nihoyat, kelinoy haqida qo‘shiq va naqllardan tashqari uning "Kelinoy" dostoni shaklidagi
har xil hajmda bir necha variantlari vujudga kelgan. Ushbu variantlarni tekshirishda shu narsa
ma’lum bo‘ldiki, ular birgina bosmachilik harakatiga qarshi kurash emas, balki yaratilgan davri
talabi bilan mahkam bog‘langan holda o‘z ichiga oladi. Masalan, 20-yilgacha yaratilgan barcha
variantlarda muhabbatda tenglik, tinch va erkin nikoh uchun kurash, mavzuyi yetakchi rol
o‘ynaydi. Keyingi 20-yillar davridagi bosmachilikka qarshi kurash mavzusi asosiy bosh mavzu
hisoblanadi. Bu davr “Kelinoy” asarlari mamlakatimizda , shu jumladan "Qoraqum" dostoni
turkumi bilan bir vaqtda yaratilgan. Shuningdek, huddi shu yillarda hatto 20-yillarning boshlarida
sodir bo‘lgan voqealarga bag‘ishlanib yaratilgan dostonlar bor.
980
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10
Ular Umir shoirning "Toshgul" Mamadrahim baxshining "Oytoshgul" va Chori baxshi
Qo‘ldosh o‘g‘lining "Qizlarxon" kabi asarlardi. Bu dostonlar mamlakat ichkarisidagi yot
unsurlarga qarshi xotin-qizlar ozodligi uchun kurash mavzusiga bag‘ishlangan "Kelinoy" tipidagi
asarlardir. 20-yillarning oxiri va 30-yillarda ham prototiplar, tarixiy voqealar zamirida yangi
asarlar yaratish tajribasi davom etdi. Bunga Eshqobil shoirning "Xonsuluv" va "Oysihat" yoki
Abdulla shoirning "Ali va Jangil" dostonlari kiradi. 20-yillarda yaratilgan "Kelinoy" dostonining
xalqchil variantlaridagi obraz yaratish usuli, epik qolip, an'anaviy formula hamda tayyor badiiy
tasvir vositalaridan foydalangan holda, unga boshqacha mazmun bergan.
Asar kompozitsiyasidagi ba’zi motivlari o‘zgacha baholangan. Xullas, y 20-yillar davrida
yaratilgan xalqchil versiyaga qarama-qarshi reksion versiya bo‘lib ko‘rinadi. "Kelinoy"
variantlarining yaratuvchisi haqida so‘z borganda uning dastlabki birinchi ijodchisini hech kim
aytmaydi. Hatto, doston shakliga kirgan, alohida nomlar bilan yuritilayotgan variantlarning
kuylovchilari ham bu dostonini o‘z ustozlariga olib borib bog‘laydi. Biz esa, "Kelinoy"
dostonlarini kimdan yozib olgan bo‘lsak, shu dostonchining nomi bilan bog‘ladik, xalos.
Xarakterli tomoni shundaki, har qaysi variantda ham bir-biriga o‘xshamagan epik voqea,
biroq umumiylikka ega bo‘lgan tasvirlarni eshitish mumkin. "Kelinoy" dostonlarining tarqalishi
masalasiga kelganda shuni aytish kerakki, avvalo to‘rtlik qo‘shiq va naqllari tariqasida oshiq
yigitlar aniqrog‘i cho‘pon-cho‘lliklar orqali ovuldan-ovilga o‘tgan. Keyin shoirlar repertuaridan
joy olgan. Ular sherobod tumani va mashhur yuzboshi Sherna nomi bilan bog‘lanadi.
Sherna va Alim yuzboshilardan keyin ularning shogirdlari repertuaridan ham doston
shaklida o‘rin ola boshlaydi. xullas og‘izdan og‘izga o‘tib, ko‘pgina o‘zgarishlarga uchragan,
kuylovchining poetik tuyg‘usi bor yo yo‘qligiga qarab goh kengayib, goh buzilib hozirgi
vaqtgacha yetib kelgan. Masalan, Sherobod tumanida yashovchi Sherna shoirning qizi, Mardonqul
yuzboshining xotini o‘z otasi haqida so‘zlab, otam:
Chirchiratib chiyingdi,
Do‘ngdan tikkan uyingdi.
Eshikka chiqqan Oykelin,
Ulpating ko‘rsin bo‘yingdi…
Deb qo‘shiq aytar edi, deb eslaydi.
Barcha xalq qo‘shiqlari hamda Umir va Xayin shoirlarning "Ulug‘oy" Rajab va Bo‘ri
baxshilarning "Izzatoy" asarlari, nashr etilgan "Kelinoy" dostonining 80-101-betlaridagi 254 misra
lirik parcha, Zohir shoir "Kelinoy" dostonining Umir baxshi tilidan keltirilgan barcha-she'riy
qismlarni diqqat bilan kuzatsangiz, ularda o‘z oshig‘iga yetolmagan yigit o‘tmishi ifodalanadi.
981
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10
Bu lirik parchalarda go‘zal va iffatli kelinoy hamda tengsiz nikoh, chirkin patriarxal feudal
urf-odatlari oqibatida Kelinoyning vasiliga yetisha olmagan oshiq cho‘ponning obrazi yaqqol
gavdalanadi:
Saksovulning o‘tini,
Achchiq ekan tutuni,
Hech bandaga solmasin
Kelinoyning o‘tini…
Kimki meni qistasa,
Ayt, deb kelin g‘ussasin;
Aytib ado bo‘lmaydi
Kelinoyning qissasin.
Ushbu mislarda o‘z sevgisiga yeta olmagan, uni faqatgina orzu qilgan, xijron alami
saksovulning achchiq tutunidek uning qalbini achitgan, unga bardosh berolmay kecha-kunduz qon
yutgan, ko‘ngli siniq, baxtsiz cho‘ponning siymosi gavdalanadi.
"Kelinoy" qo‘shiqlaridagi oshiq cho‘ponning ichki dunyosini ifodalovchi parchalar ham,
oshig‘ini butun borlig‘i bilan maftun etgan o‘zbek qizi haqidagi to‘rtliklar ham ijro etilish davri va
maqsadiga qarab intrepretasiyaga uchragan. Masalan, xalq qo‘shiqlaridan foydalangan Qodir shoir
"Norguloy" dostonida oshiq cho‘pon-So‘ltoq tilidan:
Sherobodning shertasi,
Bo‘kirishadi bo‘tasi.
Beraman deb bermaydi,
Norguloyning otasi.
Desa, nashr etilgan "Kelinoy"da oshiq cho‘pon:
Yona buloqning yonasi,
Pista bodomning tanasi,
Beraman deb bermaydi
Kelinoyning onasi.
Deb shikoyat qiladi. Shu ikkala to‘rtlikda asosan mazmun bitta. Nashr etilgan to‘rtlikda
ma’shuqa shaxsi noma’lum kelinga qaratilgan, "Norguloy" dostonida aniq shaxs Norguloyning
ismi qayd etiladi.
Ya’ni she'r formasidagi so‘zlar o‘zgargan, xolos. Birinchi va ikkinchi misralarning har xil
formada o‘zgarib kelishi tabiiy, chunki, har bir baxshi va ijodkor personajning kayfiyatini yoki
unga o‘z munosabatini bildirishda xilma-xil tasviriy formalardan foydalanaveradi. Ikkinchi
tomondan, Kelinoy obrazining tasvirini ifodalash uchun berilgan tayyor misralardan personajning
982
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10
kayfiyatiga qarab, o‘z simpatiya va antipatiyasiga qarab uning ma’nosini boshqacha etib
o‘zgartirib ham yuboraveradi.
Uchinchi tomondan, baxshining obraz yaratish iqtidoriga qarab, ma’no buzilaveradi ham.
Masalan, Qodir shoirning "Norguloy" dostonida:
Inak sovadi iydirip,
Choch bovin jerga tiydirip.
Birovni sayla Norguljon
Ketma hammani kuydirip.
Desa, nashr etilgan "Kelinoy"da:
Sigirini sog‘ar iydirib,
Zulfini erga tiydirib,
Kelinoy uydan chiqadi
Ko‘rgan oshiqni kuydirib
Deb tasvirlanadi.
Bu ikkala to‘rtlikda ham xalq qo‘shiqlarining asosiy formasi, vazni saqlanadi. Biroq,
ikkalasida ikki xil ma’no bor. Agar nashr etilgan asardagi Kelinoyning uydan chiqib bir ko‘rinish
manzarasi oshiqlarning qizib turgan yuragiga o‘t qo‘yib yuboradi deyilgan ma’noni bildirsa,
"Norguloy"dan keltirilgan parchada asar qahramoniga xos obrazlilik bor. Chunki, Norguloy o‘z
husni, kamoli bilan hamma oshiqlarni lol qilgan. Ayrimlari uning ishqida qo‘yini boqib abadiy
cho‘pon bo‘lib qolgan. Shulardan biri So‘ltoq nomli yigit ham uning atrofidan ketolmay Norgul
ishqida mast bo‘lib yuradi. Norguloy bo‘lsa unga ahamiyat bermaydi. Nihoyat, So‘ltoq tik borib
Norguloyga o‘z hislarini bayon etadi. U hammaniki emas, bittaniki bo‘l deb iltijo qiladi. Bundan
tashqari ikkalasida ham kelinning sigir sog‘ayotgan payti kartinasi beriladi. Ammo, nashr etilgan
asardagi manzara haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.
Har qanday qizning ham Zulfi chekkasidan pastga tushmaydi. Bu o‘xshatma dostonlarda
soch, sochbog‘ yoki zulpakka qiyoslanadi. Shuning uchun ham "Norguloy" tekstidagi sochbog‘ni
yerga tegdirib, sigirni eydirib sut sog‘ayotgan Norguloy kartinasi ko‘z oldimizda gavdalanadi.
"Kelinoy" qo‘shiqlariga xos go‘zal to‘rtliklar keying davrlarda boshqa-boshqa syujetli asarlarning
yuzaga kelishiga ham asos bo‘ladi. Biroq, bu variantlarning har qaysisi ma’no o‘zgarishi bilan har
xil forma o‘zgarishiga ham uchraydi. Chunki, ularga davr talabi bilan o‘zgarishlar kiritiladi. Bu
hol dostonlardagi obrazlar talqinida ham inson obrazini yaratish va voqealarni bayon etish usulida
ham ko‘rinadi. Ammo, bular an'anaviy dostonlardan tubdan farq qiladi. Masalan, yangi
dostonlardagi voqea va inson obrazlari hayotdagi real va tarixiy voqealar hamda shaxslarning
obrazidir. Umr baxshi variantidagi voqea Angor, Sherobod va Boysun hududida, Qodir baxshi
variantidagi voqea esa Dehqonobod, Turkmanistonning sharqiy-janubi tomoni Sherobod hududida
983
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10
bo‘lib o‘tadi. Dostonning birinchisida asarning bosh qahramoni "Boyligi bilan bitgan, taltayib
ketgan, bir xo‘plasa darani yutgan, daryo suvini quritgan, Angor qal'adan Darbandgacha yerni
damiga tortgan "Xajakarim to‘qsaba"ning qizi Ulug‘oy, ikkinchisida "O‘tgan zamonda, Oqtosh
tog‘idan tubanda, Oqbet tog‘ining ostida Tog‘aytemirning ustida, Chalaning qabatida, tortuvli
urug‘i"dan bo‘lgan Shukurali boyning qizi Norguloy deb nomlanadi. Ikkala variantda ham qizlar
nihoyatda go‘zal, aql va idrokda, xulq va atvorda yagona, og‘ir, shijoatli, kamtarin, xushbichim va
kuchli ham baquvvat-alp qiyofasida, ikkala qiz shu xususiyatlari bilan yigitlarning jigaridan urgan.
Hatto, baxshilar ham ular haqida termalar to‘qiydi. Umir baxshi variantida:
Kelinoy, kelinoy deyishadi,
Kelinoy ipak eshadi,
Shonadagi chochbovlari,
Tovoniga tushadi.
Chekkadagi zulpaklari,
Siynaga tirmashadi.
Bir ko‘rgan bo‘z bolalar
Ortidan ergashadi…
Kelinoy ham huriday,
Oq tanganing nuriday.
O‘ltirishi, bezagi,
Chimildiqning to‘riday,
Yarim kecha ko‘ringan,
Quyiqopdagi pariday,-deb qiz portretini chizadi.
Qodir Baxshi variantida:
Otlardi chopsang qir oshar,
Qizlar chochini tarashar,
Norguloy chiqsa eshikka,
Yulduzlar ko‘zi qamashar.
Qizlar qo‘tondan qiy olar
Qiy borip tomdan joy olar,
Norgul chiqsa eshikka,
Kun turolmay uyalar.
Shunday qilib ikkalasi ham:
Xushro‘ylikda o‘tkardi,
Qo‘ng‘irotning eliga.
Hatto:
984
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10
Chorboq qizlari kelip,
Suv qo‘yolmas qo‘liga.
Ariqda suv mavj urar,
Elpingan shamoliga.
Umir baxshivariantida qatori Ulug‘oyga Uzoq dehqon oshiq, Qodir baxshida esa
Norguloyni So‘ltoq sevadi. Ikkala oshiq ham o‘z sevishganlariga erishmoq uchun intiladilar,
kurshadilar. Nihoyat biri kelinni, biri qizni olib qochadi va ularga uylanishida. Demak, ikkalasida
ham asosiy g‘oya erkin muhabbat, ixtiyoriy nikoh masalasidir. Ikkala dostonda ham feodal
jamiyatga xos bo‘lgan chirkin ijtimoiy tengsizlik, chirkin patriarxal urf-odatlar, qoralanadi. Ikkala
asar qahramonlari Uzoq dehqon bilan So‘ltoq eski qarshi o‘z erki va huquqi uchun kurash olib
boradilar. Uzoq dehqon Ulug‘oyni olib qochib, uning eri Annabekni o‘ldirish bilan cheklanadi.
Ulug‘oyga uylanib maqsadiga yetadi. So‘ltoq esa, Norguloyga sovchi kelganligini sezib,
qizni olib qochadi. So‘nga qizning tadbirkorligi tufayli ota-onasi, qarindosh-urug‘lari bilan
yarashadi, murodi hosil bo‘ladi. Bu hol birinchidan an'anaviy dostonlardagi kabi optimistik ruhini
ifodalasa, ikkinchidan o‘tmish feodal jamiyatning inqiroziga yuz tutib, o‘z umrining oxirgi
damlarini yashayotganligidan darak beradi. Tekshirilayotgan dostonlarning har ikkalasi ham bir
mavzuga bag‘ishlangan. Ulardagi asosiy g‘oya ham bir xil. Ularda o‘tmish feodal tuzumga
nisbatan norozilik ifodalanadi, tinch va erkin yashash, sevish va sevilish uchun kurash g‘oyasi
olg‘a suriladi. Norgul ham Ulug‘oy ham tashqi qiyofa jihatdan bir xilda go‘zal qiz. Ikki asar
voqealari sodir bo‘lgan joy ham Sherobod, dehqonobod, Boysun hududlari. Asarda bayon
qilinayotgan zamon ham ayni davr. Ikki qizning dovrug‘i ham Sheroboddan Turkmanistongacha,
Buxoro va Tojikiston tomon xalq orasiga keng tarqalib ketgan.
REFERENCES
1.
Afzalov М. O‘zbek xalq shoirlari//Sharq yulduzi, 1946.
2.
Mirzayev T. O‘zbek dostonchiligi va “Alpomish” dostonining Bekmurod Jo‘raboy o‘g‘li
varianti haqida // Alpomish. Doston. Bekmurod Jo‘raboy o‘g‘li varianti. -T.:1999.-5-bet.
3.
Murodov M., Ergashev A. Alpomishnoma. Surxondaryo talqini. -T. Mehnat., 1999. -300-
bet.
4.
Зарифов Ҳ. «Фолклор ва археология материалларини қиёсий ўрганишга доир», 1958.
5.
Путилов Б.Н. Эпической сказителство.-М.,1997.-стр.80.
6.
Ю. Новиков. Изд-во Вильнюсск. пед. ун-та, 2007; Т. 2. Вильнюс: Изд-во Вильнюсск.
пед. ун-та, 2009; Т. 3.
