Dekabr, 2024-Yil
1122
PEDAGOGIKA TARIXIGA OID TA'LIMOTLAR
Kurbanova Rita Jarasovna
Qoraqalpoq davlat universiteti Pedagogika va psixologiya kafedrasi o‘qituvchisi.
Yusupova Nilufar Erkinovna
Qoraqalpoq davlat universiteti talabasi.
Muxiyatdinova Umida Karamatdinovna
Qoraqalpoq davlat universiteti talabasi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.14554010
Annotatsiya.
Ushbu maqolada pedagogika, uning tarixi, pedagogika tarixiga oid
talimotlar hamda
pedagog tarbiya jarayonining qonuniyatlari, tarkibi va uni tashkil etish
mexanizmlarini, tarbiyaviy va oʻquv ishlarining mazmuni, tamoyillari, ularni tashkil etish shakl,
usul hamda yoʻsinlarini haqida ma’lumotlar keltirilgan.
Kalit so’zlar:
Pedagogika, pedagogik tarmoqlar, pedagogik tamoyillar, mafkuraviy qolip,
xalq pedagogikasi.
KIRISH
Наг bir ijtimoiy tuzumda insonning ma’naviy yuksalishini ta'minlovchi ta'lim-tarbiya,
ma’naviyat va ma’rifat kabi tushunchalar mavjud bo‘lib, ular pedagogika sohasidagi o‘zgarishlarni
jamiyat taraqiyoti bilan bog‘liq holda o’rganishni talab etadi. Har bir ijtimoiy tuzum, uning
kelajagi, insoniyat istiqboli, kishilarning hayot va turmush darajasi fan va madaniyat taraqqiyoti
bilan bevosita bog‘liqlir. Ming yillar davomida shakllanib, rivojlanib kelayotgan xalq
pedagogikasi milliy pedagogika tarixining asosiy zaminidir. Asrlar osha omon qolib, bizgacha
yetib kelgan milliy qadriyatlarimiz, m aJnaviy va ma’rifiy madaniyatimiz, ta’lim-tarbiya, ilm-
ma’rifat, shuningdek, pedagogika fani mustaqillik sharofati bilan yangidan rivoj topa boshladi.
Mamlakatimizda qabul qilingan «Ta’lim to‘grisida»gi Qonun ta’lim-tarbiya va maorifni
isloh qilish to‘g‘risidagi nazariy va amaliy talab hamda ko‘rsatmalar asosida, shuningdek,
mustaqillik yillarida ijodkor mutaxassislarimiz va olimlarimiz tomonidan «Pedagogika tarixi»
faniga doir bir qator darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar va ma’ruza matnlari yaratildi. Tabiiyki,
darsliklar, o‘quv qo'llanmalar va ma’ruza matnlarining altemativ turlarining ko‘payishi faqat bir
maqsadni – bo’lajak mutaxassis kadrlarga nafi tegishini nazarda tutadi.
Dekabr, 2024-Yil
1123
Yangi O‘zbekistonning 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasining
to'rtinchi bo’limida ta’kidlangan, maktablarda ta’lim sifatini oshirish, pedagog-kadrlarning bilimi
va malakasini xalqaro darajaga olib chiqish.
Maktablarni rivojlantirish milliy dasturini joriy etish orqali xalq ta’limi tizimida
qo'shimcha 1,2 million o'quvchi o‘rnini yaratish. 2026-yilga qadar o’quv dasturlari va darsliklami
ilg‘or xorijiy tajriba asosida qayta ko‘rib chiqib, amalda joriy etish masalalariga alohida e’tibor
qaratilgan.
ASOSIY QISM
Pedagogika
(yun. paidagogs) — tarbiya, taʼlim hamda maʼlumot berishning nazariy va
amaliy jihatlarini oʻrganuvchi fanlar majmuasi. Pedagogika institutlari va ayrim boshqa oʻquv
yurtlarida mutaxassislik dasturi asosida oʻrganiladigan oʻquv predmeti ham pedagog deb
yuritiladi. Pedagogika fan sifatida bola tarbiyasining nazariy asoslari bilan shugʻullangan.
Zamonaviy pedagog bolalar bilan birgalikda kattalarning ham oʻquv-tarbiyaviy, madaniy
hamda maʼnaviy-maʼrifiy tarbiyasi bilan shug’ullanishni koʻzda tutadi. Oʻzbekiston
Respublikasida Pedagoglarga barkamol shaxs maʼnaviyatini shakllantirishning asosiy vositasi
sifatida yondashiladi.
Pedagogika tarixi
- ta’lim-tarbiyaning tarixiy tajribasini, jahon madaniyatini rivojlanishi
(sivilizatsiyasi, ya’ni tamadduni)ni hozirgi zamon bilan, har bir xalq madaniy va pedagogik fikrlari
taraqqiyotini butun insoniyatning sivilizatsiyasi bilan uzviy bog’liq holda o‘rganishni taqozo etadi.
Pedagogik-tarixiy hodisalar, g’oyalar, nazariyalar, qarashlarni bayon etish mantiqi va xarakteri
pedagogika tarixi fanini talabalar tomonidan oson o‘zlashtirishiga imkon yaratadi. O‘zbekistonda
pedagogika tarixini yaxlit, yagona madaniy, pedagogik tarixiy jarayon sifatida yoritish uchun
shartli ravishda quyidagicha beshta davrga bo’lib o‘rganish maqsadga muvofiq:
1. Eng qadimgi davrlardan arablar istilosigacha (VII asrgacha) bo‘lgan davr;
2. VIII asrdan XIX asr o‘rtalarigacha - Turkistonni Chor Rossiyasi tomonidan bosib
olinguncha o‘tgan davr;
3. XIX asming 60-yillaridan XX asr boshlarigacha o‘tgan davr:
4. 1917-1920-yillardan (oktyabr inqilobidan) 1991-yilgacha o ‘tgan davr;
5. O‘zbekiston Respublikasining mustaqillikka erishgan hozirgi kunda pedagogik-tarixiy
rivojlanish davri.
Pedagog tarbiya jarayonining qonuniyatlari, tarkibi va uni tashkil etish mexanizmlarini
tadqiq etadi, tarbiyaviy va oʻquv ishlarining mazmuni, tamoyillari, ularni tashkil etish shakl, usul
hamda yoʻsinlarini belgilab beradi.
Dekabr, 2024-Yil
1124
Shaxsni tarbiyalash, oʻqitish va shakllantirish pedagogning asosiy funksiyasi hisoblanadi.
Shaxsni tarbiyalash pedagogikadagi asosiy tushuncha sanalib, oila va jamiyatning
barkamol shaxsni shakllantirishga yoʻnaltirilgan birgalikdagi faoliyatini anglatadi. Tarbiya
yordamida inson shaxsining maʼnaviy jihatlarini qaror toptirish koʻzda tutiladi. Dunyoqarash,
eʼtiqod, ezgulik, goʻzallik, yaxshilik, adolatga doir qarash va koʻnikmalarning shaxs sifatiga
aylantirilishi tarbiya yordamidagina amalga oshiriladi. Insonlar orasida yashash, hayotda turmush
kechirish va faoliyat koʻrsatish uchun zarur boʻlgan bilim, koʻnikma va malakalar yigʻindisini
oʻzlashtirishga qaratilgan faoliyat oʻqitish tushunchasini ifoda etadi. Oʻqitish natijasida shaxs
zaruriy bilimlar bilan taʼminlanib, kelgusida turli darajadagi maxsus maʼlumotni olish imkoniga
ega boʻladi. Tarbiyalash va oʻqitish natijasida odamda muayyan shaxs sifatlari shakllantiriladi.
Shaxsni tarbiyalash va oʻqitish orqali oʻzida oldin boʻlmagan maʼnaviy-intellektual sifatlarga ega
boʻladi. Bu hol shaxsning umri mobaynida uzluksiz davom etadi va uning rivojlanishiga omil
boʻladi.
Inson va uni shakllantirishga doir fan sifatida Pedagogika falsafa, etika, estetika,
madaniyatshunoslik, psixologiya, iqtisodiyot, siyosatshunoslik, demografiya, tarix, adabiyot,
tibbiyot, matematika va boshqa fanlar bilan uzviy bogʻliq. Pedagogika fani va amaliyoti
taraqqiyotida bu fanlarning nazariy asoslari, tadqiqot metodlari, ilmiy xulosalarni aniqlash, taxlil
qilish hamda umumlashtirish usullaridan foydalanadi.
Pedagogikaning jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni boʻlgan bolalar
rivojlanishining ruhiy-jismoniy xususiyatlarini, ularni tarbiyalash, oʻqitish va shakllantirishdagi
oʻziga xosliklarini hisobga olib ish koʻradigan tarmogʻi defektologiyadir. Defektologiya bolaning
qanday jismoniy nuqsonga egaligi hamda ularga beriladigan taʼlim-tarbiyaning
yoʻnaltirilganligiga qarab tiflopedagogika, surdopedagogika, oligofrenopedagogika, logopediya
singari tarmoqlarga boʻlinadi. Jahon yoki milliy tarbiya nazariyasi, didaktika fani hamda amaliyoti
jamiyat taraqqiyotining turli davrlarida qanday mazmun-mundarija, shakl-shamoyil kasb
etganligi, qaysi usul va shakllardan foydalanib ish koʻrganligi, qanday natijalarga erishganligi kabi
masalalar pedagogika tarixi fani tomonidan tadqiq etiladi.
20-asr boshlaridan qiyosiy pedagogika fani Pedagogikaning alohida tarmogʻi sifatida
dunyoga keldi. Unda jahondagi turli xalqlarning pedagogik qarashlari va taʼlim-tarbiya tizimi
qiyosiy-genetik yoʻsinda bir-biriga solishtirilgan holda oʻrganildi. Pedagogikaning bu tarmogʻi
taʼlim-tarbiya borasidagi eng ilgor usul va yondashuvlarni solishtirish, maqsadga muvofiqlarini
muayyan milliy pedagogik fan va amaliyotga tat-biq qilish imkonini beradi.
Dekabr, 2024-Yil
1125
Mamlakatimizda hozircha qiyosiy pedagogika alohida fan sifatida shakllanmagan
boʻlsada, bu borada jiddiy izlanishlar amalga oshirilgan.
Pedagogika inson faoliyatining eng qadimiy turidir. U odam bilan birga paydo boʻlgan va
odamning odamligini, uning oila, jamoa hamda jamiyat boʻlib yashashini taʼminlab turgan fan va
amaliyotdir. Insoniyat mavjud tajribalarni oʻrganish va boshqalarga oʻrgatishni yoʻlga qoʻya
boshlagan vaqtdan, yaʼni Pedagogika paydo boʻlganidan buyon hamda shu tufayligina mavjuddir.
Dastlab sof amaliy harakterga ega boʻlgan va insoniyat koʻp yillar mobaynida orttirgan
hayotiy tajribalarni yoshlarga qisqa muddatda oʻrgatishni koʻzda tutgan. Bu Pedagogika udum,
odat, anʼana tarzida namoyon boʻlgan. Shuning uchun ham oldin xalq pedagogikasi vujudga
kelgan. Chunonchi, oʻzbek xalq pedagogikasiga muvofiq, kichik yoshdagilar kattalardan oldin
taomga qoʻl uzatmaydi, koʻrishish uchun oldin katta qoʻl choʻzishi lozim, ota bilan masala
talashilmaydi, kattalarga ran qaytarilmaydi va boshqa
Odamzodning hayotiy va aqliy tajribasi ortib, turmush kechirish tarzi xilma-xillashib,
mehnat taqsimoti yuzaga kelib turli fanlar paydo boʻla boshlashi bilan pedagogika ham inson
faoliyatining alohida sohasiga aylandi. Taʼlim va tarbiyaga doyr qarashlar tizimi shakllandi.
Lekin bular darhol pedagogik nazariy tizimlar sifatida emas, balki milliy fikr tarbiyaga
daxldor qarashlar, aqidalar, hikmatlar tarzida namoyon boʻldi. Yozuv paydo boʻlishi bilan
pedagogik qarashlar yozuvga koʻchiriladigan boʻldi. Antik davrdagi mutafakkirlarning taʼlim-
tarbiya borasidagi fikrlari markazida yetuk insonni shakllantirishga intilish istagi turardi.
Shumer, Misr, Xitoy, Hindiston va Oʻrta Osiyodagi turli madaniy-maʼrifiy obidalar
moddiy madaniyat namunalarigina boʻlib kolmay, oʻz davridagi buyuk pedagogik meros hamdir.
Qadim zamonlarda paydo boʻlgan pedagogik qarashlar koʻproq amaliy xususiyatga ega
boʻlsada, keyinchalik Pedagogikaning alohida fan sifatida shakllanishiga ulkan hissa qoʻshdi.
Pedagogika insoniyatning axloq-odobi va maʼnaviyatigagina emas, balki aqliy rivojiga
ham hal qiluvchi taʼsir koʻrsatgani sababli uning taraqqiyot darajasi jamiyatning ravnaqiga
muvofiq tarzda roʻy berdi. Bir qancha mamlakatlarning rivojiga ham, boshqalarining esa
qoloqligiga ham koʻpincha oʻsha mamlakatdagi pedagogikaning holati sabab boʻlgan. Xususan,
Sharq xalqlari oʻz vaqtida eng qadimiy va ilgʻor pedagogik qarashlar tizimini yaratgan
boʻlishlariga qaramay, shu tizimni zamona talablariga muvofiq tarzda takomillashtirib
bormaganliklari uchun keyinchalik ilm-fan taraqqiyoti jihatidan qoloq holga tushib qoldilar.
Aytish kerakki, marksistik falsafa barcha ijtimoiy hodisalar kabi pedagogikani ham oʻzi
oʻylab topgan ijtimoiy-iqtisodiy qoliplarga muvofiq tarzda izohlashga urinib keldi.
Dekabr, 2024-Yil
1126
Shundan kelib chiqib. pedagogikani partiyaviy-sinfiy xususiyatga ega deb qaraldi va turli
sinflarning pedagogikasi bir-biridan jiddiy farq qiladi hamda oʻzaro qaramaqarshi boʻladi, deb
izohladi. Shuningdek, marksistik yondashuvga koʻra, pedagogikaning ijtimoiy-iqtisodiy
formatsiyalarga muvofiq boʻladi, yaʼni tuzum oʻzgarishi bilan tubdan oʻzgarib, oldingi pedagogik
tizim toʻliq inkor etiladi. Holbuki, fan insoniyat tarixi marksizmda aytilgan besh formatsiyadan
iborat emasligini koʻrsatdi. Binobarin, shunga moslab chiqarilgan xulosalarning sunʼiy va noilmiy
ekanligi ayon boʻldi.
Oʻzbek pedagogikasi juda qadimiy tarixga ega boʻlib, uning dastlabki ildizlari Avestota,
Urxun-Yenisey bitiklariga, Selungur madaniyatiga borib taqaladi. Ave-stodagi ezgu fikr, ezgu soʻz
va ezgu amal haqidagi, kishilarga koʻngil maʼrifa-ti berish borasidagi qarashlar yozma milliy
pedagogik qarashlarning dastlabki namunasi boʻlib, yetuk insonni shakllantirishga yoʻnaltirilgan.
Milliy pedagogikaning taraqqiyotida islom dini va tasavvuf taʼlimoti hal qiluvchi oʻrin
tutadi. Chunki Qurʼoni karim, Xadisi sharif va tasavvuf taʼlimotining markazida axloq, komil
inson maʼnaviyatini shakllantirish turardi. Komil inson taʼlim-tarbiya yordamida, yaʼni
pedagogika vositasida tarkib toptirilishi mumkin edi. Forobiyning "Fozil odamlari', Beruniy, Ibn
Sino falsafiy qarashlaridan oʻrin olgan yetuk shaxslar, Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yugnakiy
asarlarida tasvirlangan benuqson odamlar, Abduxoliq Gʻijduvoniy, Ahmad Yassaviy, Bahouddin
Naqshband, Alisher Navoiy, Bobur, Mashrab orzulagan komil inson o’zbek pedagogikasining
markazida turardi.
XULOSA
Bugungi oʻzbek pedagogikasi millat ruhiyatidagi nozik jihatlarni hisobga olgan va dunyo
tarbiyashunosligidagi eng soʻnggi yutuqlarga tayangan holda taraqqiy etmoqda. Zamonaviy
oʻzbek pedagogikasida barkamol insonni shakllantirish rasmiy ravishda bosh maqsad qilib
belgilangan. Bu pedagogika taʼlim-tarbiya jarayonida taʼlim oluvchi va tarbiyalanuvchilarning
faol ishtirok etishlarini koʻzda tutadi. Bolalar, yoshlar pedagogik jarayonning obʼyektigina emas,
balki subʼyekti, yaʼni ijrochisi ham ekanligiga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Ayni vaqtda, barcha
pedagogik tadbirlar taʼlim-tarbiya oluvchilarning mustaqil fiqolashlarini taʼminlash, ularda
tarbiyalanish va oʻqishga ehtiyoj uygʻotishga yoʻnaltirilgan holda tashkil etilmoqda. Bugungi
oʻzbek pedagogikasi uchun muayyan bilimlar yigʻindisi emas, balki bola shaxsi bosh qadriyatga
aylangan. Shuning uchun ham milliy pedagogikada faqat bilimli oʻquvchilar tayyorlashga emas,
balki izlanuvchan, tashabbuskor shaxsni shakllantirishga asosiy eʼtibor berilmoqda.
Dekabr, 2024-Yil
1127
3REFERENCES
1.
Kurbanova, R. J., and B. E. Saidboeva. "MAKTAB VA OILADA ESTETIK TARBIYANI
SHAKLLANTIRISH
JARAYONIDA
O'QUVCHILARNING
AKSIOLOGIK
DUNYOQARASHINI RIVOJLANTIRISH." Inter education & global study 9 (2024):
114-121.
2.
Turemuratova, Aziza, Rita Kurbanova, and Barno Saidboyeva. "EDUCATIONAL
TRADITIONS IN SHAPING THE WORLDVIEW OF YOUNG PEOPLE IN FOLK
PEDAGOGY." Modern Science and Research 2.10 (2023): 318-322.
3.
Jarasovna, Kurbanova Rita. "The Role of Aesthetic Nature In Developing the Student's
Personality." Information Horizons: American Journal of Library and Information Science
Innovation (2993-2777) 1.9 (2023): 107-110.
4.
Асаматдинова, Ж., and Р. Курбанова. "ОЗНАКОМЛЕНИЕ СТУДЕНТОВ С
ПОНЯТИЯМИ «Я». СТАНОВЛЕНИЯ И РАЗВИТИЯ СОБСТВЕННОГО «Я»."
PEDAGOGS jurnali 19.2 (2022): 29-36.
5.
Rita, Kurbanova, and Nazarov Sulaymon. "Farzand tarbiyasida ota-onaning o ‘rni."
Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi 8.1 (2024): 58-61.
6.
Asamatdinova, J., and B. Saidboeva. "DIAGNOSIS AND CORRECTION OF THE
DEVELOPMENT OF VALUE ORIENTATION IN STUDENTS IN THE PROCESS OF
MORAL AND AESTHETIC EDUCATION." Open Access Repository 9.6 (2023): 274-
277.
7.
Saidboeva, B. "COMPETENCE OF MANIFESTATION OF MORAL AND AESTHETIC
VALUES IN STUDENTS IN PRACTICE." Open Access Repository 9.6 (2023): 109-113.
8.
Barno, Saidboeva. "TALABALARDA AXLOQIY-ESTETIK QADRIYATLARNI
SHAKLLANTIRISHNING
PEDAGOGIK
XUSUSIYATLARI."
IJTIMOIY
FANLARDA INNOVASIYA ONLAYN ILMIY JURNALI 3.12 (2023): 111-114.
9.
Begibaevna, Turemuratova Aziza, et al. "THE MAIN ESSENCE OF FORMING
COLLABORATIVE SKILLS OF STUDENTS BASED ON MULTI-VECTOR
PEDAGOGICAL
AND
PSYCHOLOGICAL
APPROACHES
IN
HIGHER
EDUCATION."
10.
Begibaevna, Turemuratova Aziza, Teshaboyev Foziljon Abdulhafiz o'g'li, and Shodiev
Asror Mengli o'g'li. "Psychological and Pedagogical Analysis of the Ability to use Methods
Based on Interactive and Innovative Technologies in the Educational Process."
Dekabr, 2024-Yil
1128
EUROPEAN JOURNAL OF INNOVATION IN NONFORMAL EDUCATION 4.3
(2024): 16-20.
11.
Begibaevna, Turemuratova Aziza, Kushbaeva Indira Tursinbaevna, and Dawletmuratova
Raxila
Genjemuratovna.
"THE
MAIN
ESSENCE
OF
DEVELOPING
STUDENTS'COLLABORATIVE
SKILLS
BASED
ON
MULTI-VECTOR
PEDAGOGICAL
APPROACHES
IN
MODERN
EDUCATION."
CURRENT
RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS 5.09 (2024): 43-46.
12.
Polatovna, Rametullaeva Nadira. "Innovative Approaches in the Formation of Pedagogical
and Psychological Methods in the Higher Education System." American Journal of
Language, Literacy and Learning in STEM Education (2993-2769) 1.9 (2023): 574-578.
13.
Polatovna,
Rametullaeva
Nadira.
"OLIY
TA’LIMDA
INNOVATSION
YONDASHUVLAR ASOSIDA PEDAGOGIK VA PSIXOLOGIK METODLARNI
TAHLIL QILISHGA ASOSLANGAN TADQIQOTLAR." TA'LIM VA RIVOJLANISH
TAHLILI ONLAYN ILMIY JURNALI 3.12 (2023): 67-70.
14.
Polatovna, Rametullaeva Nadira. "Religious Pedagogy in Social Education." (2023).
15.
Rametullaeva, N. P. "TARIXIY ASARLARNI O ‘QITISH ORQALI TALABALARNI
VATANGA SADOQAT RUXIDA TARBIYALASHNING PEDAGOGIK ASOSLARI."
Inter education & global study 8 (2024): 178-185.
16.
Polatovna,
Rametullaeva
Nadira.
"PEDAGOGICAL
FOUNDATIONS
AND
PRINCIPLES OF EDUCATING STUDENTS IN THE SPIRIT OF LOVE FOR THE
MOTHERLAND IN THE TEACHING OF HISTORICAL WORKS." European
International Journal of Pedagogics 4.07 (2024): 13-16.
