2024
DECEMBER
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 1
|
ISSUE 10
284
O’ZBEKISTONNING JAHON SAVDO TASHKILOT BO’LISHLIGINING
AFZALLIKLARI VA KAMCHIKLARI
Jo’rayev Farrux Sobirovich
O’zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi tinglovchisi.
Tel: 93-793-42-22 e-mail:
https://doi.org/10.5281/zenodo.14554019
Maʼlumki, Jahon savdo tashkiloti (JST) - mamlakatlararo savdo qoidalarini boshqarib
turuvchi yagona xalqaro tashkilot hisoblanadi.
Avvalo qayd etish lozimki, JST (WTO, ing. World Trade Organization) ning asosiy
maqsadlaridan biri oʻzini oʻzi himoya qilishni kuchaytirish va proteksionizm qoʻllanishini bekor
qilishdan iborat. Mazkur tashkilot xalqaro tijorat uchun qulay huquqiy tizimni taqdim eta oladigan
cheksiz imkoniyat eshigi. Oʻzaro qabul qilingan muhim hujjatlar davlatlarning oʻz savdo
siyosatlarini kelishilgan mezonlarda olib borishlarida masʼuliyat yuklaydi. Bundan koʻzlangan
maqsad - jahon bozorida muvaffaqiyatli faoliyat yuritishda tovarlar va xizmatlarni ishlab
chiquvchilar, eksportyor va importyorlarga koʻmak berishdir.
Xalqaro savdoni liberallashtirish, savdo bitimlarining odilligini taʼminlash, iqtisodiy oʻsish
va xalq farovonligini oshirish JSTning asosiy funksiyalari sirasiga kiradi. JST unga aʼzo boʻlgan
mamlakatlardan ichki bozorni erkinlashtirishni qatʼiy talab qiladi. Ushbu vazifani bajarish esa
unchalik oson kechmaydi. Sababi arzon va sifatli mahsulotlar ishlab chiqaruvchi chet el
korxonalariga raqobat qila olmagan milliy korxonalar tanazzulga uchrashi ayni haqiqatdir. JSTga
1995-yil yanvarda asos solingan. 1994-yil 15-apreldagi Marokash deklaratsiyasida «uning
natijalari jahon iqtisodiyotini mustahkamlaydi va butun dunyoda savdoni, investitsiyalarni
kengaytirib, ishchi kuchi bandligi, daromadlarning oʻsishiga olib keladi. Shuningdek, u jamoaviy
bahslar, muzokaralar va taqdimlash orqali mamlakatlar orasidagi savdo aloqalarini rivojlantiruvchi
platforma hisoblanadi. Oʻzbekiston kutiladigan natijaga erishishi uchun islohotlar o’tkazishi
zarur bo’lgan jabhalar mavjud. Albatta, har bir ishning samaradorligi oʻsha davlat, muhitidagi
yaratilgan sharoitlar va tayyorgarlik darajasiga chambarchas bogʻliq kechadi. Buning uchun:
iqtisodiyotni erkinlashtirish va sanoat tarmoqlari baravar rivojlanishini tartibga solish;
—
narx-navoni tartibga solish va maqbul soliq tizimini vujudga keltirish;
—
alohida sektorlar va ishlab chiqarishda subsidiyalarni saqlash;
—
tovarlarni standartlash va sertifikatsiya qilish tizimini tartibga solish;
—
xorij sarmoyalari jozibadorligini oshirish; import va eksport boj toʻlovlari tarifini tartibga
solish talab qilinadi.
2024
DECEMBER
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 1
|
ISSUE 10
285
Har bir davlatning bu tashkilotga aʼzo boʻlish jarayoni oʻrtacha 8 - 10, baʼzi davlatlar uchun
esa 10 - 15 yilni tashkil etadi. Oʻzbekiston 1994-yilda ariza topshirgan boʻlishiga qaramasdan,
faqat 2020-yildan boshlab, ijobiy siljish kuzatilyapti. O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga
a’zo bo‘lish jarayoni 2005 yilda to‘xtab qolgan, 2020 yil iyul oyiga kelib jarayon ishchi guruhning
4-uchrashuvi bilan rasman qayta boshlangan edi. Undan keyin 2022 yil iyun, 2023 yil mart va
2023 yil noyabr oylarida, shuningdek, 2024 yil may oyida ishchi guruh yig‘ilishlari bo‘lib o‘tdi.
Shu bilan jami O‘zbekiston tashkilotga a’zo bo‘lish bo‘yicha 8 ta yig‘ilish o‘tkazdi. May oyidagi
yig‘ilishda O‘zbekistonda ilk bor tashkilotga a’zo bo‘lish muddati borasidagi maqsadini e’lon
qildi. 2026 yil O‘zbekiston Jahon savdo tashkilotining 2026 yil Kamerunda bo‘lib o‘tadigan
vazirlar konferensiyasiga qadar ushbu tashkilotga a’zo bo‘lib kirishni rejalashtirmoqda. Bu yo’lda
qilinayotgan say-harakatlar esa diqqatga sazovor. Kuni kecha O’zbekiston rasman JSTga a’zo
bo’lish yo’lida jahon iqtisodiyotida o’zining yirik ulushiga ega bo’lgan AQSH bilan muzokaralar
yakunlaganini rasman e’lon qildi. Bundan tashqari Yaponiya, Saudiya Arabistoni, Turkiya, Isroil
va o’ndan ziyod mamlakatlar bilan muzokaralar yakunlangani yoki yuqori bosqichga
ko’tarilganini ham tariflab o’tish joiz.
Lekin ustuvor sohalarning boshqaruvi 30 yildirki, monopolistlarning qoʻlida turibdi.
Masalan, transport sohasida yagona aviakompaniya yoki temir yoʻl kompaniyasi, jamiyat-
davlatchilik ular bilan samarali kurasha olmaydi. Bundan Oʻzbekiston iqtisodiyoti koʻp yildirki,
aziyat chekmoqda.
Tashkilotga aʼzo boʻlishning ijobiy jihatlari koʻp.
Birinchidan, uning zamirida iqtisodiy manfaat turadi. Yaʼni toʻsiqlarsiz oʻzaro mahsulot
ayirboshlashga erishiladi va tovar ayirboshlanishi yuksak texnologiyalarning qoʻllanilishi hamda
rivojiga hissa qoʻshadi.
Ikkinchidan, xalqning turmush darajasini yaxshilashga turtki beradi, insonlarga sifatli
mahsulot isteʼmol qilish imkonini yaratadi.
Uchinchidan, milliy ishlab chiqarish hajmini oshirib, byudjetga pul tushumlarini
koʻpaytiradi, savdo liberallashuvi mamlakat va alohida vatandoshlarimizning daromadlarini
oshiradi.
To’rtinchidan, mehnat bandligiga ijobiy taʼsir etadi. Bandlik va mehnat vazirligi xabariga
ko’ra, 2023 yilning yanvar-dekabr holati bo‘yicha mehnat resurslari soni 19,73 mln kishini tashkil
etib, 2022 yil shu davriga nisbatan 1,1 foizga yoki 222,1 ming kishiga oshgan. Iqtisodiyot
tarmoqlarida band bo‘lganlar soni 14,01 mln kishini tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga
nisbatan 2,1 foizga (308,0 ming kishiga) oshgan.
2024
DECEMBER
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 1
|
ISSUE 10
286
Bu esa o’z navbatida mamlakatimizdagi mehnat resurslaridan samarali foydalanish uchun
shart-sharoitlar yartib, ularning bandligini ta’minlashda muhim rol o’ynaydi. Jahon savdo
tashkilotiga a’zo mamlakatlarning bugungi kunda mavjud demografik va mehnat bozorida ishchi
kuchi yetishmovchiligidan unumli foydalanish imkoniyati mavjudligini namoyon etadi.
Bu oʻrinda tashkilotga aʼzolikning afzalliklarini Xitoy davlati misolida koʻrib chiqish ayni
muddaodir. -Xitoy 15 yillik murakkab muzokaralar olib borgandan soʻng, ushbu kelishuvlar
asosida 2001-yil 11-dekabrda tashkilotga 143-aʼzo boʻldi. Biroq hukumatga bu borada qator ogʻir
va mashaqqatli talablarni ilgari surishdi. Tarifni pasaytirish, AQSH kompaniyalari uchun zarur
boʻlgan sanoat mahsulotlari tariflarini 25 foizdan 7 foizgacha qisqartirish, Amerika fermerlari
uchun zarur boʻlgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari narxini 31 foizdan 14 foizgacha arzonlashtirish,
bank sektori, sugʻurta, telekommunikatsiya va kasbiy xizmatlar kabi muhim sohalardagi qator
tarmoqlarni keng miqyosda ochish, tizimli islohotlar olib borish, oshkoralik masalasida chuqur
islohotlarni oʻtkazish, Xitoyda faoliyat yuritayotgan xorijiy kompaniyalarga toʻsiqlarni bartaraf
etish shular jumlasidandir.
Shuni ham taʼkidlash lozimki, dunyoning eng katta iqtisodiyot egalari - AQSH, Gʻarbiy
Yevropa davlatlari, Xitoy, Yaponiya kabi mamlakatlar JSTdan unumli foydalana oladi. Kichik
davlatlar, jumladan, Oʻzbekiston ham bu imkoniyatlardan toʻliq foydalana olmasligi ularning
umumiy resurslariga borib taqaladi. Mamlakatimizning JSTga aʼzoligi YEOIIning tartib-qoidalari
va monopoliyasiga tushib qolmaslikning oldini oladi, deb hisoblaymiz. Ichki monopolistlardan
qutulish muammosi hal boʻladi.
Xalqaro darajada erkin raqobat tizimi oʻz-oʻzidan yaratiladi.
Shu oʻrinda mamlakatimiz uchun bu borada qanday muammolar yuzaga keladi, degan haqli
savol tugʻiladi.
• Birinchidan, Oʻzbekistonning JSTga aʼzoligi bojxona soliqlarini 8-10 foizgacha
qisqartirishga olib keladi. Bundan esa Davlat byudjeti zarar koʻradi. Biroq, oʻz navbatida, bojxona
tariflarining keskin qisqarishi Oʻzbekiston bozorlarida mahsulotlarning arzonlashuviga xizmat
qiladi.
• Ikkinchidan, iqtisodiyotni liberallashtirish, sanoatni xususiylashtirish, bozor erkinligiga
davlat aralashuvini cheklash borasida tugallanmagan ishlar turibdi.
• Uchinchidan, respublika ichkarisida zamon talabiga mos bozorbop mahsulot ishlab
chiqaruvchilar, xususan, paxta ishlab chiqarishga ixtisoslashgan oʻzbek fermerlari arzon va sifatli
mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi Xitoy, Hindiston, BAA savdo shirkatlariga raqobat qila olmasligi
xavfi tugʻiladi.
2024
DECEMBER
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 1
|
ISSUE 10
287
Oqibatda qishloq xoʻjaligi daromadsiz sohaga aylanib qolishi, bu esa 49,5 foizi qishloqlarda
yashaydigan aholi uchun yangi infratuzilmani yaratish zaruratini keltirib chiqaradi. Qishloqqa
sanoat tarmoqlari kirib kelishi Gʻarb mamlakatlarida boʻlganidek, fuqaroning tafakkur dunyosi
jiddiy oʻzgarishiga va ijtimoiy faolligiga olib keladi.
REFERENCES
1.
J.X. Atanıyazov, F.A. Xamıdova, M.B. Pulatova Xalqaro moliya institutlari. 2020. 31 bet.
2.
O’zbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi statistika agentligi.
3.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining Jahon savdo
tashkilotiga a’zo bo‘lish jarayonini jadallashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar
to‘g‘risida” gi 2023-yil 2-iyundagi PQ-181-sonli qarori.
