Authors

  • Shoxista Axmadaliyeva

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.58396

Keywords:

Raqamli texnologiyalar pedagogik dasturiy vosita vizualizatsiya dasturlar majmuasi texnik va metodik ta’minot mualliflik dasturlari.

Abstract

Maqolada bo‘lajak boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilarining faoliyatida yani boshlang‘ich sing o‘quvchilarining ta’lim, tarbiyasini shakllantirishda va shaxs sifatida rivojlantirishda raqamli texnologiyalardan foydalanishning o‘rni, pedagogik dasturiy vositalarni qo‘llagan holda o‘qitish samaradorligini oshirish usullari tahlil qilingan.

background image

1027

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10

SHAXSNING TA’LIM TARBIYASI VA RIVOJLANISHIDA ZAMONAVIY RAQAMLI

TEXNOLOGIYALARNING VA PEDAGOGIK DASTURIY VOSITALARNING ROLI

Axmadaliyeva Shoxista Ibroximovna

Toshkent Texnologiya, Menejment va Kommunikatsiya (TMC) Instituti informatika fani

katta o‘qituvchisi.

axmadalievashoxista@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.14551847

Annotatsiya.

Maqolada bo‘lajak boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilarining faoliyatida yani

boshlang‘ich sing o‘quvchilarining ta’lim, tarbiyasini shakllantirishda va shaxs sifatida

rivojlantirishda raqamli texnologiyalardan foydalanishning o‘rni, pedagogik dasturiy vositalarni

qo‘llagan holda o‘qitish samaradorligini oshirish usullari tahlil qilingan.

Tayanch so‘zlar:

Raqamli texnologiyalar, pedagogik dasturiy vosita, vizualizatsiya,

dasturlar majmuasi, texnik va metodik ta’minot, mualliflik dasturlari.

РОЛЬ СОВРЕМЕННЫХ ЦИФРОВЫХ ТЕХНОЛОГИЙ И ПЕДАГОГИЧЕСКИХ

ПРОГРАММНЫХ СРЕДСТВ В ОБРАЗОВАНИИ И РАЗВИТИИ ЧЕЛОВЕКА

Аннотация.

В статье анализируется роль использования цифровых технологий в

деятельности будущих учителей начальных классов, т.е. в формировании образования,

обучения и личностного развития учащихся начальных классов, методы повышения

эффективности обучения с использованием педагогических программных средств.

Ключевые слова:

Цифровые технологии, педагогические программные средства,

визуализация, программные комплексы, техническая и методическая поддержка,

авторские программы.

THE ROLE OF MODERN DIGITAL TECHNOLOGIES AND PEDAGOGICAL

SOFTWARE IN THE EDUCATION AND DEVELOPMENT OF A PERSON

Abstract.

In the article, the role of using digital technologies in the activities of future

primary education teachers, i.e. in the formation of education, training and personal development

of primary school students, the effectiveness of teaching using pedagogical software tools methods

of increase are analyzed.

Keywords:

Digital technologies, pedagogical software tools, visualization, software

packages, technical and methodical support, copyright programs.

Kirish.

Biz IV texnik inqilob davrida yashamoqdamiz. Kundan-kunga yangi raqamli

texnologiyalar, dasturiy vositalar, tarmoq vositalari yaratilmoqda. Shu sababli bugungi kundagi

bo‘lajak o‘qituvchilarning malakaviy tayyorgarlik sifatlariga qo‘yiladigan talablar ham juda tez

o‘zgarib bormoqda.


background image

1028

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10

Bu o‘z navbatida bo‘lajak o‘qituvchilarda zamonaviy raqamli texnologiyalarni boshqarish,

zamonaviy dasturiy imkoniyatlar va tarmoq vositalaridan foydalanish ko‘nikmalarini doimiy

oshirib borishni, ularga moslashib borishni talab qiladi. Bo‘lajak o‘qituvchilarda dars jarayonini

vizual modellashtirish, tayyor elektron axborot resurslaridan, pedagogik dasturiy vositalardan

samarali foydalanish va mualliflik pedagogik dasturiy vositalarini yaratish ko‘nikmalarini

shakllantirish muhim hisoblanadi.

O‘quvchilarda boshlang‘ich ko‘nikma va bilimlarni shakllantirishda boshlang‘ich ta`limda

informatika fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirish hamda boshlang‘ich ta’lim fanlarini

o‘qitishda pedagogik dasturiy vositalardan foydalanish katta ahamiyatga ega. Bugungi kunda

kichik yoshdagi o‘quvchilarni oddiy matn, rasm va darsliklar bilan darsga qiziqtirish, diqqatini

jamlash oson emas, chunki bugungi avlod texnologiya asrida zamonaviy axborot oqimi ichida

ulg‘aymoqda.

Ularning darsga qiziqishlarini oshirishda, diqqatini jamlashda vizual axborot oqimidan

foydalanish va raqamli texnologiyalar yordamida o‘yin elementlaridan foydalanish kutilgan

natijani berishi mumkin.

Asosiy qism.

Ta’lim jarayonida zamonaviy didaktik vositalar va elektron axborot

resurslaridan samarali foydalanish bolalarga ma’lumotni yaxshiroq o‘zlashtirishga yordam beradi.

Vizualizatsiya mavhum tushunchalarni aniq va tushunarli shaklda namoyish qilish

imkonini beradi. Vizual materiallar, animatsiyalar multimedia taqdimotlari va pedagogik dasturiy

vositalardan foydalanish bolalarning ma’lumotni yaxshiroq o‘zlashtirishi hamda ma’lumotlarni

hotiradan mustahkam joy olishida yordam beradi. Bundan tashqari kichik yoshdagi o‘quvchilar

uchun o‘yin elementlaridan informatika fanini o‘rgatishda foydalanish samarali usul bo‘lishi

mumkin. O‘yin vazifalari va bolalarga o‘yin orqali fanning hamda mavzuning mazmunini

tushuntirish, o‘rgatish ularda mantiqiy va algoritmik fikrlashni rivojlantirish imkonini beradi.

Raqamli texnologiyalar turli fanlarni o‘qitish uchun kengaytirilgan imkoniyatlarni taqdim

etadi. Virtual laboratoriyalar, interfaol darslar, onlayn o‘yinlar va boshqa vositalar bolalar uchun

o‘rganishni yanada qiziqarli va qulayroq qilishlari mumkin.

Shuningdek, axborot texnologiyalaridan foydalanish o‘quvchilarning individual

xususiyatlarini hisobga olgan holda o‘qitishni individuallashtirishga imkon beradi. Maxsus

dasturlar va onlayn resurslar yordamida o‘qituvchilar o‘quv materialini har bir bolaning darajasiga

moslashtirishi mumkin, bu esa yanada samarali o‘rganishga yordam beradi.

Interaktiv usullardan foydalanish, guruhlarda ishlash, munozaralar, loyiha faoliyati kabi

interfaol o‘qitish usullari bolalarning ta’lim jarayonida faol ishtirok etishiga, o‘zaro tajriba

almashishiga va muloqot qobiliyatlarini rivojlantirishga yordam beradi.


background image

1029

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10

Shuni ta’kidlash kerakki, ta’lim jarayonida axborot texnologiyalaridan foydalanish

o‘qituvchilarning tegishli tayyorgarligini talab qiladi. O‘qituvchilar kompyuter dasturlarini

qo‘llashda savodli bo‘lishi, texnologiyadan foydalangan holda darslarni samarali tashkil eta olishi,

bolalarni o‘quv jarayoniga jalb qila olishi kerak.

Bo‘lajak o‘qituvchi AKT vositalaridan samarali foydalanish, boshqarish, kompyuterning

dasturiy va texnik imkoniyatlari yetishmagan holatlarda onlayn dasturlardan foydalanish

imkoniyatlarini ham yaxshi bilishi lozim. Chunki hozirgi kunda pedagogik dasturiy vositalarni

yaratish uchun zarur dasturni topish va o‘rnatish muhim emas, chunki huddi shunday

imkoniyatlarni o‘zida jamlagan onlayn dasturlardan, platformalardan hamda virtual ta’lim muhiti

(VLE) lardan samarali foydalanish imkoniyatlari mavjud.

Raqamli vositalar orqali ta’lim olish, kerakli masalalarda ma’lumot va faktlar to‘plash,

shaxsiy ko‘nikmalarni rivojlantirish, dars jarayonida qo‘llash bugungi kunda odatiy holga aylanib

bormoqda. O‘qituvchilar darslarni smarali tashkil etish maqsadida quyidagi onlayn paltformalar

va dasturiy imkoniyatlardan foydalanishlari mumkin:

Canva.com, Prezi.com, Padlet.com,

iSpring Suite, Google Classroom, Adobe Captivate, WizIQ

va boshqalar.

Canva

bu grafik dizayn platformasi boʻlib, foydalanuvchilar unda hujjatlar, taqdimotlar,

posterlar, saytlar, videomontajlar, infografika mahsulotlari, plakatlar va boshqa ko‘plab vizual

ishlarni yaratishda foydalanishadi. Saytda tayyor dizayn qoliplari mavjud bo‘lib, ular

foydalanuvchilar uchun qulayliklar yaratadi. Platformada ishlash bepul, ammo qoʻshimcha

imkoniyatlardan foydalanish uchun pullik hizmatlariga o‘tish lozim (Canva Pro and Canva for

Enterprise).

Canva dasturi o‘qituvchilar uchun eng yaxshi yordamchi bo‘lishi va o‘quv materiallarini

qiziqarli dizaynda, ko‘rgazmali qilib tayyorlashda ko‘makchi bo‘lishi mumkin.

Prezi.com

– bu asosan Web hizmat bo‘lib, u yordamida interaktiv multimedia

taqdimotlarini yaratish mumkin. Bu dasturning ham tekin (Public free) va pulluk hizmatlari (Enjoy

va Pro) mavjud bo‘lib, unda taqdimotlarni onayn tartibda yaratib, saqlab olishimiz mumkin. Dastur

vezual imkoniyatlarga boy bo‘lib, unda taqdimotga videomaterillar, musiqalar, fon sifatida

musiqalar o‘rnatish mumkin. Bu dasturda ham tayyor shablonlardan, strukturalardan foydalanish

mumkin.

Shablonlar tanlashda mavzuga va uning aktualligiga mos turini tanlash imkoniyatlari

mavjud.

Prezida tayyorlangan taqdimotlar jozibadorligi va dizayni bilan ajralib turadi.

Padlet

dasturi shaxsiy onlayn e’lonlar doskasi yoki turli loyihalar uchun biriktiruvchi qulay

imkoniyatlarga ega dasturdir.


background image

1030

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10

iSpring Suite –

flash-taqdimotlarni yaratishga, tаqdimot fayllarini bir necha (exe, swf,

html) formatlarda konvertatsiyalash imkoniyatiga, taqdimot kontentiga tashqi resurslarni (audio,

video yoki flash fayllarni) kiritish imkoniyatiga, video qo‘shish va uni animatsiyalar bilan

sinxronlashtirishga, elektron test(nazorat)larini yaratish va natijalarini elektron pochtaga yoki

masofaviy o‘qitish tizimiga (LMS) uzatib berish imkoniyatiga (Quiz tugmachasi), masofaviy

o‘qitish tizimida foydalanish uchun SCORM/AICC – mos keluvchi kurslarini yaratishga, taqdimot

dastur darajasida aylantirish uchun ActionScript API tizimiga, videotasvirni yozish va uni

taqdimot bilan sinxronlashtirishga, YouTube’ga joylashtirilgan roliklarni taqdimot tarkibiga

kiritish imkoniyatiga ega dasturdir.

Google Classroom -

bepul ta’limni boshqarish tizimi (LMS) bo‘lib, o‘qituvchilar uchun

talabalar bilan Internet orqali bog‘lanishga imkon yaratadi. Bir tomondan, bu to‘g‘ridan-to‘g‘ri

o‘qitish usulini taklif qilsada, o‘quv materiallarining taqdim etilishi holati shuni anglatadiki,

darslarga vaqtida qatnasha olmaydigan o‘quvchilarga ham qo‘shimcha ma’lumotlar va

ko‘rsatmalar berish, uy vazifalarini belgilash imkonini beradi. Google Classroom platformasi

o‘qituvchilar uchun masofadan online darslarini tashkil qilishlarida, talabalr uchun esa ushbu

mashg‘ulotlarda ishtirok etishlarida yaxshi imkoniyat hisoblanadi. Mazkur platforma ikki xil

shaklga ega: bepul hamda qo’shimcha boshqaruv funksiyalari taqdim etilgan ma’lum nominal

qiymatga ega bo’lgan Enterprise for Education shakli. Bepul foydalanish uchun shakli ham to’liq

funksional darajaga ega.

(

https://edu.google.com/products/classroom/

)

Adobe Captivate –

Adobe Captivate jozibali va interaktiv elektron ta’lim modullarini

yaratish uchun vositalarni taklif qiladi va u raqamli o‘rganishda ajralib turadi. Uning imkoniyatlari

simulyatsiyalar, viktorinalar va turli xil ekran o‘lchamlariga moslashtirilgan sezgir loyihalarni

yaratishga qaratilgan. O‘zining ildizlari oddiy ekranni yozib olish dasturiga borib taqaladi. Adobe

Captivate ko‘p qirrali eLearning mualliflik vositasi bo‘lib, foydalanuvchilarga interaktiv va sezgir

ta’lim mazmunini yaratish imkonini beradi. U, ayniqsa, dasturiy ta’minot simulyatsiyalari,

viktorinalar va video namoyishlarni ishlab chiqarishda mohir. Captivate-ning kuchi uning ish

stolidan tortib smartfongacha bo'lgan qurilmalarda kontentni muammosiz yetkazib berish

qobiliyatidadir.

(

https://www.adobe.com/products/captivateprime.html?mv=affiliate&mv2=red

)

WizIQ –

Talabaga nisbatan ko‘proq o‘qituvchilarga mo‘ljallangan, virtual sinflar va

dasturiy ta’minotni taklif etuvchi LMS platforma. WizIQ yordamida jonli mashg‘ulotlar olib

borish uchun interaktiv kurslar yaratish mumkin. Yaratilgan kurslarni foydalanuvchilarini

ko‘paytirish maqsadida bo‘lganlar uchun ommaviy online ochiq kurslar (MOOC) ga aylantirish

juda qulay. iOS va Android qurilmalari uchun WizIQ dasturi orqali barcha darslardan bahramand


background image

1031

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10

bo'lish mumkin. Dizayn xususiyatlari juda keng, yaratilgan kurslarni professional ko’rinishga

keltirish ancha oson. Platforma internet manzili:

https://www.wiziq.com/

Xulosa qilib aytish mumkinki, shaxsning ta’lim-tarbiyasi va rivojlanishida, ayniqsa,

boshlang'ich ta'limda informatika o‘qitish metodikasi qiziqarli, qulay va samarali bo‘lishi kerak

va unga erishish uchun yuqorida to‘xtalib o‘tilgan dasturlarning o‘rni katta. Biz talabalarga nafaqat

nazariy bilimlarni, balki ularni amaliyotda qo‘llash qobiliyatini ham egallashiga intilishimiz kerak,

bu esa ularga zamonaviy axborot jamiyati muammolarini muvaffaqiyatli yengishda yordam beradi

hamda kelajakdagi o‘qituvchilik ish faoliyatlarida samarali darslarni tashkil etishida qo‘l keladi.

REFERENCES

1.

Sh.A.Abduraxmanova “ELEKTRON TA’LIM RESURSLARINI YARATISH

TEXNOLOGIYALARI”, Darslik, Nizomiy nomidagi TDPU, Toshkent 2022 yil.

2.

Shoxista A., Shaxnoza A. EMPOWERING THE FUTURE: THE ROLE OF DIGITAL

TECHNOLOGIES IN SUPPORTING BUSINESS AMONG YOUNG PEOPLE //Galaxy

International Interdisciplinary Research Journal. – 2024. – Т. 12. – №. 1. – С. 23-32.

3.

Shoxista A., Shaxnoza A. THE TRANSFORMATIVE POWER OF DIGITAL

TECHNOLOGIES: A CATALYST FOR YOUTH EMPOWERMENT AND BUSINESS

SUCCESS //SCIENTIFIC APPROACH TO THE MODERN EDUCATION SYSTEM.

– 2024. – Т. 2. – №. 21. – С. 121-126.

4.

Shoxista A., Shaxnoza A. NURTURING CREATIVE MINDS: THE DEVELOPMENT

OF HUMAN CAPITAL THROUGH EDUCATION //SCIENTIFIC APPROACH TO

THE MODERN EDUCATION SYSTEM. – 2024. – Т. 2. – №. 21. – С. 127-130.

5.

Will Dalton, Brian Turner. Best online learning platforms of 2021: LMS and VLE for

education.

https://www.techradar.com/best/best-online-learning-platforms

References

Sh.A.Abduraxmanova “ELEKTRON TA’LIM RESURSLARINI YARATISH TEXNOLOGIYALARI”, Darslik, Nizomiy nomidagi TDPU, Toshkent 2022 yil.

Shoxista A., Shaxnoza A. EMPOWERING THE FUTURE: THE ROLE OF DIGITAL TECHNOLOGIES IN SUPPORTING BUSINESS AMONG YOUNG PEOPLE //Galaxy International Interdisciplinary Research Journal. – 2024. – Т. 12. – №. 1. – С. 23-32.

Shoxista A., Shaxnoza A. THE TRANSFORMATIVE POWER OF DIGITAL TECHNOLOGIES: A CATALYST FOR YOUTH EMPOWERMENT AND BUSINESS SUCCESS //SCIENTIFIC APPROACH TO THE MODERN EDUCATION SYSTEM. – 2024. – Т. 2. – №. 21. – С. 121-126.

Shoxista A., Shaxnoza A. NURTURING CREATIVE MINDS: THE DEVELOPMENT OF HUMAN CAPITAL THROUGH EDUCATION //SCIENTIFIC APPROACH TO THE MODERN EDUCATION SYSTEM. – 2024. – Т. 2. – №. 21. – С. 127-130.

Will Dalton, Brian Turner. Best online learning platforms of 2021: LMS and VLE for education. https://www.techradar.com/best/best-online-learning-platforms