ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
723
JINOIY FAOLIYATDAN OLINGAN DAROMADLARNI LEGALLASHTIRISHGA VA
TERRORIZMNI MOLIYALASHTIRISHGA QARSHI KURASHISHNI TASHKIL
ETISH
Salimov Karimjon Zokirjon o’g’li
Huquqni muhofaza qilish akademiyasi tergov faoliyati talabasi.
e-mail:
https://doi.org/10.5281/zenodo.14555863
Annotatsiya.
Mazkur maqolada jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va
terrorizmni moliyalashtirish tushunchalari, shuningdek ushbu jinoyatlarga qarshi kurashish
bo’yicha O’zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan ishlar, qabul qilingan qonun
hujjatlari mazmun-mohiyati, xalqaro tashkilotlar va xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlik
aloqalarini kuchaytirish xususida so’z yuritiladi.
Kalit so’zlar:
transmilliy jinoyatlar, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni
legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish, iqtisodiyot, huquqni muhofaza qiluvchi va tergov
organlari, FATF standartlari, ichki nazorat, xorijiy tajriba.
ORGANIZING THE FIGHT AGAINST THE LEGALIZATON OF THE PROCEEDS
OBTAINED FROM CRIMINAL ACTIVITIES AND THE FINANCING OF
TERRORISM
Abstract.
This article analyzes the legalization of documents obtained from criminal
activities and the financing of terrorism, the work being carried out in the Republic of Uzbekistan
to combat these crimes, the essence of the adopted legal documents, and the development of
relations with international organizations.
Key words:
transnational crimes, legalization of proceeds from criminal activities,
financing of terrorism, economy, law enforcement and control bodies, internal control, foreign
experience.
ОРГАНИЗАЦИЯ БОРЬБЫ ПРОТИВ ЛЕГАЛИЗАЦИИ ДОХОДОВ, ПОЛУЧЕННЫХ
ОТ ПРЕСТУПНОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ И ФИНАНСИРОВАНИЯ ТЕРРОРИЗМА.
Аннотация.
В данной статье рассказывается о концепциях легализации доходов,
полученных преступным путем, и финансирования терроризма, а также о работе,
проводимой в Республике Узбекистан по борьбе с этими преступлениями, сути принятых
правовых документов, укреплении сотрудничества с международными организациями и
зарубежные страны.
Ключевые слова:
транснациональные преступления, отмывание денег,
финансирование терроризма, экономика, правоохранительные и следственные органы,
внутренний контроль, зарубежный опыт.
Uyushgan jinoyatchilikka qarshi keskin va murosasiz kurash ayni paytda jahon
hamjamiyatini oʼylantirib kelayotgan muhim va dolzarb masalalardan biri sifatida namoyon
boʼladi. Uyushgan jinoyatchilikning transmilliy xarakter kasb etishi ushbu muammoga koʼproq
eʼtibor qaratishni taqozo etadi. Jahon hamjamiyatini xavotirga solayotgan va uyushgan
jinoyatchilikning rivojlanishiga sharoit yaratayotgan transmilliy jinoyatlardan biri sifatida jinoiy
faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish jinoyatini misol qilishimiz mumkin.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
724
Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish - pul mablag‘lari yoki boshqa mol-
mulk jinoiy faoliyat natijasida topilgan bo‘lsa, ularni o‘tkazish, mulkka aylantirish yoxud
almashtirish yo‘li bilan ularning kelib chiqishiga qonuniy tus berishdan, xuddi shuningdek bunday
pul mablag‘larining yoki boshqa mol-mulkning asl xususiyatini, manbaini, turgan joyini, tasarruf
etish, ko‘chirish usulini, pul mablag‘lariga yoki boshqa mol-mulkka bo‘lgan haqiqiy egalik
huquqlarini yoki ularning kimga qarashliligini yashirishdan yoxud sir saqlashdan iborat bo‘lgan,
jinoiy jazolanadigan ijtimoiy xavfli qilmish hisoblanadi. Ya’ni, aybdor tomonidan jinoiy faoliyat
natijasida orttirilgan mulkning kelib chiqishiga qonuniy tus berilishi jinoiy daromadlarni
legallashtirish hisoblanadi.
O’z navbatida, jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashishni huquqiy ta’minlash
moliyaviy, bank, bojxona munosabatlarini tartibga soluvchi, jinoiy faoliyatdan olingan
daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish maqsadida kompaniyalarni litsenziyalash va
ro‘yxatdan o‘tkazish tartibini belgilovchi qonunlar va qonunosti hujjatlari tizimi orqali amalga
oshiriladi. Ko’pgina mamlakatlarda jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish
bo’yicha huquqiy chora-tadbirlar uchun o’ziga xos asos bo'lib xizmat qiluvchi “namunali”
qonunlar mavjud. Jumladan, yurtimizda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish
sohasi hozirgi paytda 2004-yil 26-avgustdagi “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni
legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni
moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida” qonun, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining
2018-yil 20-sentabrdagi Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni
moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurash
bo‘yicha idoralararo komissiyani tashkil etish to‘g‘risida” gi PQ-3947-sonli qarori hamda
boshqa ushbu sohada normativ-huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinib kelinmoqda.
“Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga
va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida”
qonunning 4-moddasida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni
moliyalashtirishga va ommaviy qirgʼin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashishga
qaratilgan chora-tadbirlar korsatib otilgan bo’lib, quyidagilardan iborat:
-
maxsus vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladigan nazorat;
-
ichki nazorat;
-
mijozlarni lozim darajada tekshirish boʼyicha chora-tadbirlar;
-
tavakkalchiliklarni aniqlashga, baholashga va kamaytirishga doir choralar.
Maxsus vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladigan nazorat - pul mablag‘lari
yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar taqdim
etadigan axborotni tekshirish va qonunga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshirish bo‘yicha
maxsus vakolatli davlat organi tomonidan qabul qilinadigan chora-tadbirlar majmui hisoblanadi.
Ichki nazorat pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga
oshiruvchi tashkilotlarning maxsus vakolatli davlat organiga xabar qilinishi lozim bo‘lgan
operatsiyalarni aniqlashga doir faoliyatidir. Ichki nazorat amalga oshirilayotganda zarur axborotni
rasmiylashtirish, uning maxfiyligini ta’minlash tartibi, kadrlarni tayyorlash va o‘qitishga doir
malaka talablari, shuningdek maxsus vakolatli davlat organiga xabar qilinishi lozim bo‘lgan pul
mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni aniqlash mezonlari va ularning
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
725
alomatlari belgilanadi. Pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni
amalga oshiruvchi tashkilotlar uchun ichki nazorat qoidalari tegishli nazorat qiluvchi,
litsenziyalovchi va ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlar tomonidan maxsus vakolatli davlat organi
bilan birgalikda, bunday organlar bo‘lmagan holda esa, maxsus vakolatli davlat organi tomonidan
ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi. Ichki nazorat qoidalariga rioya etilishi ustidan monitoring va
nazorat mazkur qoidalarni tasdiqlagan organlar, shuningdek maxsus vakolatli davlat organi
tomonidan amalga oshiriladi. Pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni
amalga oshiruvchi tashkilotlar:
-
ichki nazorat qoidalarida belgilangan hollarda xo‘jalik, fuqaroviy huquqiy munosabatlar
aniqlanganda;
-
ichki nazorat qoidalarida belgilangan hollarda pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan
bog‘liq bir martalik operatsiyalar amalga oshirilganda;
-
shubhali operatsiyalar amalga oshirilganda;
-
mijozning shaxsi to‘g‘risida avval olingan ma’lumotlarning to‘g‘riligiga nisbatan
shubhalar mavjud bo‘lganda, mijozlarni lozim darajada tekshirish bo‘yicha mustaqil chora-
tadbirlar ko‘rishlari shart.
Pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi
tashkilotlar tomonidan mijozni lozim darajada tekshirish bo‘yicha ko‘riladigan chora-tadbirlar
quyidagilarni o‘z ichiga olishi shart:
1.Tegishli hujjatlar asosida mijozning va qaysi shaxslar nomidan ish ko‘rayotgan bo‘lsa,
o‘sha shaxslarning shaxsini hamda vakolatlarini tekshirishni;
2.Ta’sis hujjatlari asosida mulk va boshqaruv tuzilishini o‘rganish orqali mulkdorni yoki
yuridik shaxs bo‘lgan mijozni nazorat qiluvchi shaxsni identifikatsiyalashni;
3.Mijoz tomonidan amalga oshiriladigan amaliy ish munosabatlari va pul mablag‘lari yoki
boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni ularning bunday mijoz va uning faoliyati
to‘g‘risidagi ma’lumotlarga muvofiqligini tekshirish maqsadida, doimiy asosda o‘rganishni.
4.Pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi
tashkilotlarning, shuningdek ichki nazorat qoidalariga rioya etilishi ustidan monitoring va
nazoratni amalga oshiruvchi organlar jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish,
terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirish yuzasidan
ehtimol tutilgan tavakkalchiliklarni o‘rganishni, tahlil qilishni va aniqlashni o‘z faoliyatida tizimli
ravishda, yiliga kamida bir marta amalga oshirishi, o‘rganish natijalarini hujjatlar bilan qayd etishi
hamda aniqlangan tavakkalchiliklarni kamaytirishga doir tegishli choralar ko‘rishi shart.
Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va
ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirish hollarining oldini olish yoki sonini
kamaytirish uchun qo‘llaniladigan choralar aniqlangan tavakkalchiliklarga muvofiq bo‘lishi
hamda nazorat qilishning kengaytirilgan yoki soddalashtirilgan choralarini qo‘llash hamda
resurslarni samarali taqsimlash to‘g‘risida qaror qabul qilish imkonini berishi kerak.
Tavakkalchiliklarni baholash natijalari jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni
legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni
moliyalashtirishga qarshi kurashishda ishtirok etuvchi barcha organlarga hamda pul mablag‘lari
yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlarga yetkazilishi
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
726
kerak. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va
ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirish yuzasidan tavakkalchiliklarni baholash
bo‘yicha choralarni muvofiqlashtirishni maxsus vakolatli davlat organi amalga oshiradi.
Jinoiy
faoliyatdan
olingan
daromadlarni
legallashtirishga
va
terrorizmni
moliyalashtirishga qarshi kurashish maqsadida maxsus vakolatli davlat organi pul mablag’lari
yoki boshqa mol-mulk bilan bog’liq operatsiyalar o’tkazilishi ustidan belgilangan tartibda
nazoratni amalga oshiradi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 8-iyuldagi PF-99-
sonli Farmoniga muvofiq, O’zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy
jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni
legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg’in qurolini tarqatishni
moliyalashtirishga qarshi kurashish masalalari bo’yicha maxsus vakolatli davlat organi
hisoblanadi. Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti iqtisodiy va korrupsiyaviy
jinoyatlar; jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish; terrorizmni moliyalashtirish;
ommaviy qirg’in qurolini tarqatishni moliyalashtirish holatlari bo’yicha tezkor-qidiruv faoliyati,
tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv va dastlabki tergovni amalga oshiruvchi mustaqil huquqni
muhofaza qiluvchi organ hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-sentyabrdagi PQ-3947-sonli
Qarorida belgilangan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni
moliyalashtirishga va ommaviy qirg’in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish
bo’yicha idoralararo komissiya bilan hamkorlik samarali hisoblanadi. Bu qarorda jinoiy
faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy
qirg’in qurolini tarqatishni moliyalashtirish bilan bog’liq xavflarni baholash bo’yicha samarali
ishlarni tashkil etish; jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni
moliyalashtirishga va ommaviy qirg’in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish
sohasidagi davlat siyosatini takomillashtirish bo’yicha takliflar ishlab chiqish; FATF
tavsiyalaridagi talablarni va xalqaro-huquqiy hujjatlarni O’zbekiston Respublikasi qonun
hujjatlariga implementatsiya qilishni ta’minlash belgilangan.
Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga
va ommaviy qirg’in qurolini tarqatishni moliyalashtirish bilan bog’liq jinoyatlarga qarshi samarali
kurashish uchun o’zaro hamkorlik va axborot almashinuvi zarur. Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi
kurashish departamenti olingan axborotni tahlil qiladi va tegishli materiallarni huquqni muhofaza
qiluvchi organlarga yuboradi. Sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan shaxsning
qilmishida jinoyat tarkibi bor-yo’qligi, javobgarlikka tortish va jinoiy mol-mulk taqdiri hal etiladi.
Samarali hamkorlik uchun axborot almashinuvi eng muhim hisoblanadi, shuningdek xalqaro
tashkilotlar va xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikni rivojlantirish hamda tizimli muloqotni
yo’lga qo’yish lozim. Masalan, xalqaro tashkilotlardan biri, jinoiy faoliyatdan olingan
daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo’yicha
Yevroosiyo guruhi 2004-yilda tashkil etilgan. FATF tipidagi tashkilotining mintaqaviy guruhi
hisoblanadi. Bu guruhga 9ta mamlakat a’zo hisoblanadi: Belorus, Hindiston, Xitoy, Qozog’iston,
Qirg’iziston, Tojikiston, Rossiya, Turkmaniston, O’zbekiston(2005-yildan). Yevroosiyo guruhi
tomonidan 2020-yilda O’zbekiston Respublikasining jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni
legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg’in qurolini tarqatishni
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
727
moliyalashtirishga qarshi kurashish milliy tizimini o’zaro baholash rejalashtirilgan. Shunday
tashkilotlardan yana biri “Egmont” moliyaviy razvedka bo’linmalari guruhi hisoblanadi.
“Egmont” guruhi 170 ta moliyaviy razvedka bo’linmalarini birlashtiradi. “Egmont” guruhi
moliyaviy razvedka bo’linmalari o’rtasida jinoiy daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni
moliyalashtirishga qarshi kurashish bo’yicha axborot va tajriba almashish uchun platforma
hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-sentyabrdagi 710-
sonli qarorida “Egmont” moliyaviy razvedka bo’linmalari guruhining faoliyatida ishtirok etish
belgilab o’tilgan.
Yuqoridagilardan xulosa qiladigan bo’lsak, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni
legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʼin qurolini tarqatishni
moliyalashtirishga qarshi kurashish har bir davlatning taraqqiyoti uchun muhim ahamiyatga ega.
Uyushgan jinoyatchilikka qarshi keskin va murosasiz kurash jahon hamjamiyatini
oʼylantirib kelayotgan dolzarb masalalardan biri hisoblanib, uyushgan jinoyatchilikning
transmilliy xarakter kasb etishi ushbu muammoga barcha davlatlar tomonidan koʼproq eʼtibor
qaratishi lozimligini taqozo etadi. Shu munosabat bilan, mazkur jinoyatga qarshi jahon
hamjamiyati tomonidan hamkorlik ko’lamini kengaytirish, unga qarshi birgalikda kurashish,
kelgusida shu kabi jinoyatlarning sodir etilishining keskin oshib ketishining oldi olingan bo’ladi.
REFERENCES
1.
O‘zbekiston Respublikasining “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga,
terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʼin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga
qarshi kurashish toʼgʼrisida”gi qonuni. Toshkent sh. 2004 yil 26 avgust, 660-II-son.
2.
Liablity for legalization of incomes obtained from the proceeds of the offences in
international law acts and legislation of foreign countries. Fazilov Farkhod Maratovich,
Tashkent state university of law, Tashkent, 100047, Uzbekistan.
3.
О‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumiinng 2011 yil 11 fevraldagi “Jinoiy faoliyatdan
olingan daromadlarni legallashtirishga oid ishlar bо‘yicha sud amaliyotining ayrim
masalalari tо‘g‘risida”gi 1-sonli qarori. http://www.lex.uz/.
4.
Rustamboyev M.X. О‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga sharhlar. Maxsus qism. –
T.:Adolat. 2006. 476- b .
5.
https://www.norma.uz/uz/qonunchilikda_yangi/jinoiy_daromadlarni_legallash
tirishga_qarshi_kurashish_-_milliy_darajada.
