ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
767
TENNISCHILARDA TEZKORLIK-KUCH TESTLARINING FIZIOLOGIK
QIYMATI VA SHU SIFATLARNI HARAKATLI O‘YINLAR YORDAMIDA
RIVOJLANTIRISH
Xo‘jamberdiyeva Zulfinaxon Abdulaziz qizi
https://doi.org/10.5281/zenodo.14555958
Annotatsiya.
Maqolada tennischilarda tezkorlik-kuch testlarining fiziologik qiymati va shu
o‘sifatlarni harakatli yinlar yordamida rivojlantirish va 7-8 yosh tennischilarda tezkorlik-kuch
testlarini fiziologik qiymatini aniqlashda so‘rovnoma o‘tkazish haqida so‘z boradi.
Kalit so‘zlar:
tezkorlik, kuch, fiziologik qiymat, harakatli o‘yinlar, yosh tennischilar,
jismoniy sifatlar, sport mashqlar, to‘p.
PHYSIOLOGICAL SIGNIFICANCE OF SPEED-STRENGTH TESTS IN TENNIS
PLAYERS AND DEVELOPMENT OF THESE QUALITIES WITH THE HELP OF
ACTIVE GAMES
Abstract.
The article talks about the physiological significance of speed-strength tests in
tennis players and the development of these qualities with the help of outdoor games, and also
conducts a survey to determine the physiological significance of speed-strength tests in children
7-8 years old tennis players.
Keywords:
efficiency, strength, physiological value,
outdoor games, young tennis players,
physical qualities, sports exercises, the ball.
ФИЗИОЛОГИЧЕСКОЕ ЗНАЧЕНИЕ СКОРОСТНО-СИЛОВЫХ ТЕСТОВ У
ТЕННИСИСТОВ И РАЗВИТИЕ ЭТИХ КАЧЕСТВ С ПОМОЩЬЮ ДЕЯТЕЛЬНЫХ
ИГР
Аннотация.
В статье говорится о физиологическом значении скоростно-силовых
тестов у теннисистов и развитии этих качеств с помощью подвижных игр, а также
проведено обследование для определения физиологического значения скоростно-силовых
тестов в 7-8-летнем возрасте. -старые теннисисты.
Ключевые слова:
скорость, сила, физиологическая ценность, подвижные игры,
юные теннисисты, физические качества, спортивные упражнения, мяч.
Kirish
Soha bo‘yicha qabul qilingan farmon va qarorlar barcha sport turlari kabi tennisda ham
global o‘zgarishlarga olib keldi. Jumladan, Respublikamiz bo‘ylab qad ko‘targan zamonaviy
tennis majmualarida o‘tkazilayotgan “Satellit”, “Chellenjer”, “Toshkent-Open”, “Devis Kubogi”
saralash turnirlari va “Osiyo chempionati” kabi yuqori reytingli xalqaro musobaqalarning
muntazam tashkil etilishi hamda mustaqillik davrida I.To‘laganova, A.Amanmuradova,
N.Abduraimova, S.Sharipova, A.Xabibulina, O.Ogorodov, D.Tomashevich, M.Inoyatov,
V.Kutsenko, D.Mazur, D.Istomin, F.Dustov, S.Ikramov va S.Fayziyev kabi iste’dodli
tennischilaming yetishib chiqishi va ulami dunyoning yetakchi raketka ustalari bilan tengma-teng
bellashuvi yurtimiz kuch-qudrati, uning sport salohiyati qanchalik yuksalib borayotganidan darak
beradi.
1997-yil 25-avgustidagi “O‘zbekiston Respublikasida tennisni rivojlantirishni qo‘llab-
quvvatlash jamg‘armasini tuzish to‘g‘risida”gi, 1998-yil 11-sentabrdagi “O‘zbekistonda tennisni
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
768
yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hukumat qarorlari ushbu sport turini nafaqat
Olimp cho‘qqisi sari yetaklashga imkon yaratmoqda, balki uni mamlakatimiz o‘quvchi yoshlari
o‘rtasida yanada ommaviylashishga keng yo‘l ochib beryapti. Tennisni “Umid nihollari”,
“Barkamol avlod” va “Universiada” kabi ko‘p bosqichli musobaqalar dasturiga kiritilishi buning
yaqqol dalilidir
Tadqiqotning dolzarbligi:
Ma’lumki, yuqori malakali sportchilarni tarbiyalashga qaratilgan ko‘p yillik sport
tayyorgarligi tizimida dastlabki o‘rgatish jarayoni fundamental bosqich bo‘lib hisoblanadi. Tan
olish lozimki, bugungi kunda tennis amaliyotida qo‘llanilib kelinayotgan dastlabki tayyorgarlik
tizimi o‘z samaradorligi bilan hech qanday shubha uyg‘otmaydi. Lekin, kuzatuvlar shuni
ko‘rsatadiki, yosh sportchilarni tayyorlash jarayonida, ayniqsa uning dastlabki o‘rgatish
bosqichida, me’yoridan ortiq katta hajmli, o‘ta ixtisoslashtirilgan yuklamalarni majburan qo‘llash
ustuvorligi ko‘zga tashlanadi.
Ma’lumki, qisqa muddat ichida “tez pishadigan, iste’dodli” sportchilarni tayyorlash
maqsadida bolaning psixofunksional imkoniyatlarini e’tiborga olmay qo‘llaniladigan ana shunday
yuklamalar nafaqat organizmni zo‘riqishiga
olib kelishi mumkin, balki harakat malakalari hamda
sport mahoratini mukammal (mustahkam) va barqaror shakllanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi isbot
talab qilmaydi.
Tadqiqot maqsadi:
Tennis to‘garagiga tanlashda fiziologik testlardan foydalanish o‘rganishdan iborat.
Tadqiqot vazifalari:
1. 7-8 yoshli tennischilarda fiziologik rivojlanganlik darajasini aniqlash;
2. 7-8 yoshli tennischilarni fiziologik testlardan foydalanish yordamida tezkorlik-kuch
sifatlarini shakllantirish samaradorligini baholash.
Tadqiqot uslublari:
1. Adabiyotlar tahlili;
2. O‘pkaning tiriklik sig‘imini aniqlash;
3. Nafas olish chastotasini aniqlash;
4. Yurak urish chastotasini aniqlash;
5. 30 m ga yugurish;
6. Joydan turib uzunlikka sakrash;
7. 20 s. davomida bir joyda ketma-ket vertikal sakrash.
Mavzu bo‘yicha jamlangan adabiyotlarda qayd etilgan ilmiy va uslubiy ma’lumotlar
qiyosiy tarzda tahlil qilindi hamda masalaning bugungi ahvoliga baho berildi. Jumladan, dastlabki
o‘rgatish bosqichida sport malakalariga samaradorligi jismoniy sifatlarga bog‘liq ekanligi olimlar
tadqiqotlari yordamida asoslab berildi. Yosh sportchilarni tayyorlash jarayonida jismoniy sifatlar
asosan standart, stereotip mashqlar ta’sirida rivojlantirilishi e’tirof etilib, bunday yondashuv har
doim ham kutilgan natijani bermasligiga urg‘u berildi.
O‘pkaning tiriklik sig‘imi oddiy havoli spirometrda aniqlandi. Tekshiriluvchilar dastavval
tik turgan holda chuqur nafas olib, so‘ng spirometrga maksimal puflashlari talab qilindi. Ushbu
test 2 marta qaytarilib, eng yaxshi natija e’tiborga olindi. Nafas olish chastotasi 15 s. davomida
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
769
o‘lchanib olingan natija 4 ga ko‘paytirildi. Test barcha tekshiriluvchilarda fiziologik darajasini
baholovchi testlardan avval va so‘ng o‘tkazildi.
Yurak urish chastotasi ham 15 s. davomida o‘lchanib, olingan natija 4 ga ko‘paytirildi. Bu
test ham avvalgi test singari tartibda qo‘llanildi. 30 m ga yugurish tik turgan holatdan amalga
oshirildi. Qolgan testlar ham belgilangan uslubiy tartibda amalga oshirildi. Pedagogik tadqiqot
tennis to‘garagiga saralab olingan va shug‘ullanishni endigina boshlagan 7-8 yoshli tennischi
bolalar misolida o‘tkazildi. Tadqiqot ikki guruh - nazorat (10 kishi) va tajriba (10 kishi)
guruhlarida 6 oy davomida o‘tkazildi.
Pedagogik tadqiqot boshlanishidan avval va tugaganidan so‘ng olingan ko‘rsatkichlar
guruhlar ichida va guruhlararo yakka tartibda hamda o‘rtacha arifmetik ko‘rinishda qiyosiy tahlil
etildi.
Birinchi guruh – tajriba guruhida chidamlilik va tezkorlik sifatlarini rivojlantiruvchi
harakatli o‘yinlar qo‘llanilib borildi.
Ikkinchi guruh ishtirokchilari odatdagi dastur asosida shug‘ullanib keldilar. Ya’ni bu guruh
mashg‘ulotlarida harakatli o‘yinlarni qo‘llash masalasiga urg‘u berilmadi.
Tajriba guruhida qo‘llanilgan harakatli o‘yinlar quyidagilardan iborat bo‘ldi.
1. «Oq terakmi, ko‘k terak» o‘yini.
O‘yin maydoni va tartibi. Maydon uzunligi 60 m, kengligi 40 m o‘lchamda shartli
chegaralandi. O‘yinchilar besh kishidan ikkita jamoaga bo'linadi. O‘yin 5 marta takrorlanadi,
shundan so‘ng rollar almashinadi. Har bir tutib olingan o‘yinchi 5 daqiqa davomida o'rtacha
tezlikda yugurish kerak. Tutilmagan o‘yinchi yugurmaydi. Qaysi jamoa ko‘p o'yinchi tutsa, shu
jamoa g‘olib deb topiladi.
2. «O‘rdaklar va ovchilar» o‘yini.
Maydon uzunligi 60 m, kengligi 20 m, 5 ta o‘yinchi – o‘rdaklar, 5 ta o‘yinchi-ovchilar.
O‘yin 5 marta qaytariladi, shundan so‘ng rollar almashinadi. Har bir tutib olingan o‘rdak 5
daqiqa davomida o‘rtacha tezlikda yugurishi kerak. Qaysi jamoa ko‘p o‘rdak tutsa, shu jamoa
g‘olib deb topiladi.
So‘rovnoma o‘tkazish.
Yosh murabbiylar o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazilib, unda
tennischilarga xos maxsus chidamkorlikni tarbiyalashda harakatli o‘yinlardan foydalanish tajribasi
o‘rganildi. 4x10 m ga yugurish. Maydonning o‘rta chizig‘idan bir tomonga 10m, ikkinchi tomonga
ham 10m oraliqda belgi chiziladi. Tekshiriluvchi signal berilishi bilan avval bir tomonga, keyin
ikkinchi tomonga navbatma-navbat yuguradi - 4x10m. Umumiy vaqt hisobga olinadi. 1600m ga
yugurish – umumiy chidamkorlik sifatini rivojlantirish maqsadida qo‘llanildi. Ushbu yugurish
mashqi basketbol maydoni tashqi chiziqlari (yon chiziqlar 28 m dan, orqa chiziqlar -15 m dan)
bo‘ylab amalga oshiriladi. Bir aylana bir tomonga (86m) bir aylana ikkinchi tomonga (86m)
yuguriladi. Pedagogik tajriba Toshkent shahri, Yunusobod tumanidagi 96-o‘rta maktabning tennis
to‘garagida shug‘ullanuvchi 11-12 yoshli bolalar o‘rtasida o‘tkazildi. Tajriba 2024 yil 3
sentyabrdan 8 dekabrgacha davom etdi. Tajriba har biri 12 nafardan ikki nazorat va tajriba guruhi
ishtirok etdi.
Nazorat guruhi amaldagi dastur asosida shug‘ullandi. Tajriba guruhidagi mashg‘ulotlarda
umumiy va maxsus jismoniy sifatlarni rivojlantirishga mo‘ljallangan mashqlar (asosan umumiy
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
770
va maxsus chidamkorlik mashqlari) 30% ga qisqartirilib, o‘rniga to‘psiz va to‘p bilan bajariladigan
harakatli o‘yinlar va estafetalar kiritildi: To‘p bilan estafetali yugurish.
Ishtirokchilar to‘pni urib yuguradilar o‘rta chiziqda ko‘ndalang yotgan gimnastik halqani
aylanib, yugurishni davom yetkazishdi va mashq so‘ngida to‘pni bosh ustidan sherigiga tashlanadi.
Mashqni birinchi tugangan va ko‘p marta aniq sherigiga yetkazib bergan jamoaga g‘oliblik
beriladi. Shu mashq o‘ng yon tomon bilan yugurib bajariladi. Shu mashq chap yon tomon bilan
yugurib bajariladi. “Ovchilar va o‘rdaklar” o‘yini to‘p bajariladi: Bir jamoa o‘yinchilari
maydonning orqa chizig‘ida saflanadilar: Bundan tashqari tajriba guruhida o‘tkazilgan
mashg‘ulotlarda maxsus tezkorlikni rivojlantirish uchun quyidagi o‘yin mashqlari qo‘llaniladi:
3. Mashq mazmuni: o‘yinchilar 2 kolonnaga jamoa bo'lib saflanadi. Signal berilgan zahoti
o‘yinchilar navbatma-navbat ustunlarni to'p bilan aylanib yuguradilar va 11 m li masofadan
devorga 1,5 m balandlikdagi doira-nishonga to'pni aniq tepadilar: G’olib jamoani aniqlash:
11 m li marraga birinchi yugurib kelib, to'pni aniq nishonga:
- yo'llagan – 5 ochko;
- yo'llay olmagan – 2 ochko;
- marraga ikkinchi bo'lib kelgan va aniq to'p:
- yo'llagan – 3 ochko;
- yo'llay olmagan – 1 ochko.
Eng ko'p ochko to'plagan jamoa g‘olib deb hisoblanadi.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
771
Mashq mazmuni: O‘yinchilar 2 kolonnaga joylashib, signal berilgan zahoti navbatma –
navbat 20 m oraliqda diametri 5 m bo'lgan aylanma – chiziq oldida turgan to'p bilan o'ng tomonga
aylana bo'ylab, 1,5 aylanadan so'ng to'pni nishonga aniq urish.
G’olib jamoani aniqlash 3 mashqdagi tartibda amalga oshiriladi.
Bir qator olimlar kuch-tezlik va kuch-tezlik chidamkorligi sifatlarini yosh sportchilarda
juda extiyotkorlik bilan rivojlantirish zarurligini ta’kidlashgan.
Katta hajm va shiddatda ijro etiladigan mashqlar yordamida bu sifatlarni zo‘rma-zo‘raki
rivojlantirish o‘ta salbiy oqibatlarga olib kelishi, hatto chuqur patologik o‘zgarishlarni keltirib
chiqarishi mumkin ekan (N.V.Zimkin, 1970; V.M. Zisiorskiy, 1979; V.N. Platonov, 1986; V.P.
Filin, 1987; Yu.V. Verxoshanskiy,1988 va b.).
Yuqorida qayd etilgan ma’lumot va muloxazalardan ko‘rinib turibdiki, testlar yordamida
olingan tezkor-kuch sifatlari darajasi hamda shu sifatlar darajasi qanday fiziologik qiymatga
egaligini o‘rganishga qaratilgan tadqiqotlar deyarli uchramaydi.
Ushbu vaziyatni e’tiborga olgan holda biz mazkur bitiruv malakaviy ishda tezkor-kuch
sifatlari darajasini aniqlashga mo‘ljallangan bir qator testlarni (300 ga yugurish, joydan turib
uzunlikka sakrash, 20 s davomida joydan turib vertikal sakrash).
7-8 yoshli tennischilarda qo‘llash va shu testlar natijalarining fiziologik qiymatini
baholashga intildik (1 jadval)
7-8 yoshli tennischilarda tezkorlik-kuch testlarining
fiziologik qiymati (n=20)
1-jadval
Testlar
Natija
Fiziologik qiymati
NOCh min.
YuQCh min.
O‘TS ml.
30 metr ga yugurish
6,7
1,9
17,2
2,3
31,1
4,1
78,6
3,2
144,0
6,1
1218,6
26,7
1342
29,3
Joydan turib
uzunlikka sakrash
145,2
4,6
18,3
3,4
19,7
3,7
77,4
4,2
86,3
5,1
1132,0
19,3
1149,0
17,7
20 s. davomida bir
joyda ketma-ket
vertikal sakrash
13,4
0,8
18,7
4,1
34,5
4,7
79,7
5,1
152,0
6,3
1153,2
21,5
1467,3
23,7
Izoh: Maxraj - testdan oldin
Nisbat - testdan so’ng
Jadvalda qayd etilgan ko‘rsatkichlardan shuni kuzatish mumkinki, tennis bilan
shug‘ullanishni endi boshlagan 7-8 yoshli bolalarda fiziologik darajasi shu yoshdagi boshqa sport
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
772
turi bilan shug‘ullanishni boshlagan bolalarnikiga nisbatan ancha sust rivojlanganligi ko‘zga
tashlanadi.
Masalan, agar 30 m ga yugurish bizning natijalarimiz bo‘yicha 6,7 s ga teng bo‘lsa,
tennischi bolalarda - 5,4 s - 5,6 s (Yu.D. Jeleznyak, 1977), gandbolchi bolalarda - 5,6 s (V.Ya.
Ignatyeva, 1983) ga teng ekanligi ma’lum bo’ldi. Joydan turib uzunlikka sakrash ham 7-8 yoshli
tekshiruvchilarimizda boshqa yosh sportchilarnikiga qaraganda yetarli emas. Buning birdan-bir
sababi, fikrimizcha, bolalarni tennis to‘garagiga saralab olinayotganda tanlov sinovlarida
shug‘ullanish istagini bildirgan bolalar soni ko‘p bo‘lmagan. Demak, tanlab olishga raqobat
bo‘lmagan. Shu bilan bir qatorda tanlovda ishtirok etayotgan bolalarga tanlov shartlarini yaxshi
tushuntirmaslik yoki testlarni o‘tkazish qoidalariga (sekundomerdan foydalanish, sakrash
oralig‘ini aniq o‘lchamaslik, sekundomerni standartga javob bermasligi va hakazo.) amal
qilmaslik ham ko‘rsatkichlarni noto‘g‘ri olinishiga sabab bo‘lishi mumkin. Lekin, qanday
bo‘lganda ham maxalliy mutaxassislar va murabbiylarning fikriga ko‘ra, sport to‘garaklariga
bolalar deyarli tanlovsiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri qabul qilinadi.
XULOSALAR
Qishloq sharoitida tennis to‘garagini tashkil qilish va yosh tennischilarni tayyorlash o‘ziga
xos xususiyatga egadir. Jumladan, ushbu sport turi bo‘yicha kelajakda yaxshi natijalarga erishish
uchun bolalarning jismoniy tayyorgarligiga alohida ahamiyat qaratishni taqozo etadi. Mutaxasis-
olimlarning fikriga ko‘ra, jismoniy sifatlarni muayyan sport turi xususiyatiga moslab rivojlantirish
harakatli o‘yinlar yordamida yanada unumliroq amalga oshishi mumkin ekan.
Pedagogik tadqiqotda ishtirok etgan 10-12 yoshli tennischilarda tezkorlik-kuch sifatining
rivojlantirish darajasi talabga javob bermasligi qayd etildi. Shu bilan bir qatorda tadqiqot
davomida qo‘llanilgan mashg’ulotlar turli samaradorlikka ega ekanligi ma’lum bo‘ldi. Jumladan,
tarkibiga harakatli o‘yinlar kiritilgan mashg‘ulot jarayoni tezkorlik-kuch sifatini tez sur’at
davomida rivojlantirish imkonini berdi. Ushbu natija 30 m ga yugurish va maxsus yugurish va
sakrash testlari ko‘rsatgichlari bilan isbotlandi.
Tennis o‘ynida eng katta ahamiyatga moil bo‘lgan maxsus tezkorlik-kuch sifati (20 s.
davomida bir joyda ketma-ket vertikal sakrash) pedagogik tadqiqotdan oldin yaxshi
rivojlanmaganligi tekshiruvda ishtirok etgan ikki guruhda ham juda past ekanligi kuzatildi. Lekin,
maxsus harakatli o‘yinlar va 20 s. davomida bir joyda ketma-ket vertikal sakrash mashqlar
ishtirokidagi mashg‘ulotlar tajriba guruhida maxsus tezkorlik-kuch sifatini samarali
rivojlantirishga olib keldi.
Yuqoriga qayd etilgan xulosalar yosh tennischilarning mashg‘ulotlarida harakatli
o‘yinlardan muntazam foydalanish zaruriyatini o‘rtaga tashlaydi.
REFERENCES
1.
WORLD-CLASS TENNIS TECHIQUE. Paul Roetert, Jack Groppel. / Tennis
mirovogoklassa. ATR, WTA turlari, Devis Kubogi turnirlari tajribasi. Ingliz tilidan
S.Volkov tarjimasi. M 2004, - 304 b
2.
Sh.F.Tulaganov,
F.A.Abdurahmanov,
Sh.K.Pavlov,
R.R.Kariyeva,
R.I.Isroilov,
A.Sh.Muminov. Injuries in handball players and ways to prevent them. Journal of critical
reviews, 2020. - P. 1699-1702.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
773
3.
Мўминов А. Ш., Розибоев М. М., Азимқулов Б. А. Tools and methods of development of
handball players at the preliminary preparation stage //Proceedings of 3rd International
Multidisciplinary Scientific Conference Global Technovation, Granada, Spain–С. – 2021. –
С. 5-6.
4.
Мўминов А. Ш. Гандболчи-талабаларда танани чап ва ўнг томонга айлантириш
таъсирида вақт-оралиқни фарқлаш реакцияларининг ўзгариш динамикаси //Fan-
Sportga. – 2022. – №. 1. – С. 42-44.
5.
Мўминов А. Ш. Гандболчи-талабаларда турли функционал ҳолатлардан тўпни
дарвоза бурчакларидаги нишонларга отиш аниқлигини ўқув йили давомида ўзгариш
динамикаси //Fan-Sportga. – 2021. – №. 6. – С. 33-35.
6.
Мўминов А. Ш. Гандболчи-талабаларда танани чап ва ўнг томонга айлантириш
таъсирида вақт-оралиқни фарқлаш реакцияларининг ўзгариш динамикаси //Fan-
Sportga. – 2022. – №. 1. – С. 42-44.
7.
Мўминов А. Ш. Спорт педагогик маҳоратини ошириш //Гандбол) ўқув қўлланма–
Тошкент:“Илмий-техника ахбороти-пресс нашриёти. – 2021. – Т. 200 b.
8.
МЎМИНОВ А., РАХМАТИЛЛАЕВ М. TECHNOLOGY OF DEVELOPMENT OF
SPEED QUALITIES OF YOUNG HANDBALL PLAYERS //O'ZBEKISTON MILLIY
UNIVERSITETI XABARLARI. – 2022. – Т. 1. – №. 10.
9.
Мўминов А. Ш. Мусобақа олди даврида малакали марказ ўйинчиларини ҳужумдаги
техник-тактик ҳаракатларини такомиллаштириш //Fan-Sportga. – 2024. – №. 7. – С. 17-
22.
10.
Мўминов
А.
Ш.
МАЛАКАЛИ
ГАНДБОЛЧИЛАРНИНГ
ТЕХНИК
ҲАРАКАТЛАРИНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШ //Fan-Sportga. – 2023. – №. 1. – С. 12-
15.
11.
Мўминов А. Ш. ГАНДБОЛЧИ ТАЛАБАЛАРНИ ТЕХНИК УСУЛЛАРГА ЎРГАТИШ
УСУЛЛАРИ ВА УЛАРНИ НАЗОРАТ ҚИЛИШ ЙЎЛЛАРИ //Academic research in
educational sciences. – 2021. – Т. 2. – №. Special Issue 1. – С. 246-253.
12.
Muminov A. S. EFFECTIVENESS OF DEVELOPING THE PHYSICAL PREPARATION
OF SKILLED HANDBALL PLAYER GIRLS'WITH THE HELP OF CIRCULAR
TRAINING //Mental Enlightenment Scientific-Methodological Journal. – 2024. – Т. 5. – №.
03. – С. 247-258.
13.
Mo‘minov A.
SPORT O‘YINLARIDA SHUG‘ULLANUVCHI SPORTCHILARNING
GANDBOL
SPORT
TURI
BO‘YICHA
JISMONIY
TEXNIK-TAKTIK
TAYYORGARLIK DARAJASINI TEKSHIRISH //
NamDU Ilmiy Axborotnomasi. – 2024.
– №. 11. – С. 927-930.
14.
Мўминов А. Ш. Малакали гандболчи қизларнинг жисмоний тайёргарлигини
оширишда айланма машғулотдан фойдаланиш самарадорлиги //Fan-Sportga. – 2024. –
№. 3. – С. 86-91.
15.
Muminоv А.Sh, Аtаjаnоv R.T. "
Gаndbоldi uyrеtiw mеtоdikаsi
"
Гандбол) ўқув қўлланма
– Тошкент - “MЕTОDİST NАSHRİYОTİ” -2023, 175 b.
