Authors

  • Madinabonu Raimjonova
  • Dildora Nazarova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.58548

Keywords:

Imkoniyati cheklangan oʻquvchilar BMT Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiya alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar meynstriming integratsiya inklyuziv ta’lim.

Abstract

Maqolada alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga inklyuziv ta’limni qo‘llab-quvvatlashda yaratilgan shart sharoitlar, mamlakatimizda bunga qanday e`tibor berilayotgani aks etgan.

background image

1090

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10

INKLYUZIV TA'LIM MUHITIDA IJTIMOIY EMOTSIONAL QO`LLAB

QUVVATLASH YO`LLARI

Raimjonova Madinabonu

Oriental universiteti Boshlang’ich ta’lim yo’nalishi 4-bоsqich talabasi.

Nazarova Dildora

Oriental universiteti o’qituvchisi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.14553998

Annotatsiya.

Maqolada alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga inklyuziv ta’limni

qo‘llab-quvvatlashda yaratilgan shart sharoitlar, mamlakatimizda bunga qanday e`tibor

berilayotgani aks etgan.

Tayanch so‘z:

Imkoniyati cheklangan oʻquvchilar, BMT, Nogironlar huquqlari

to‘g‘risidagi Konvensiya, alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar, meynstriming, integratsiya,

inklyuziv ta’lim.

WAYS OF PROVIDING SOCIAL EMOTIONAL SUPPORT IN AN INCLUSIVE

EDUCATION ENVIRONMENT

Abstract.

The article reflects the conditions created to support inclusive education for

children with special educational needs, and the attention paid to this in our country.

Keywords:

Students with disabilities, UN, Convention on the Rights of Persons with

Disabilities, children with special educational needs, mainstreaming, integration, inclusive

education.

СПОСОБЫ СОЦИАЛЬНО-ЭМОЦИОНАЛЬНОЙ ПОДДЕРЖКИ В

ИНКЛЮЗИВНОЙ ОБРАЗОВАТЕЛЬНОЙ СРЕДЕ

Аннотация.

В статье описаны условия, созданные для поддержки инклюзивного

образования детей с особыми образовательными потребностями, как этому уделяется

внимание в нашей стране.

Ключевые слова:

Студенты с ограниченными возможностями, ООН, Конвенция о

правах инвалидов, дети с особыми образовательными потребностями, актуализация,

интеграция, инклюзивное образование.

KIRISH

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 1 dekabrdagi PF-5270-son “Nogironligi

bo‘lgan shaxslarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-

tadbirlari to‘g‘risida”, 2019 yil 29 apreldagi PF- 5712-son “Xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha

rivojlantirish konsepsiyasi to‘g‘risida”, 2020 yil 6 noyabrdagi PF-6108-son “O‘zbekistonning

yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari


background image

1091

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10

to‘g‘risida”gi, 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-son “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan YAngi

O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”, farmonlari, 2020 yil 13 oktyabrdagi PQ–

4860-son “Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim-tarbiya berish tizimini yanada

takomillashtirish chora- tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar

Mahkamasining 2021 yil 12 oktyabrdagi 638-son “Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga

ta’lim berishga oid normativ huquqiy xujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori va boshыa

xujjatlarda kadrlar masalasi, ta’lim mazmunini modernizatsiyalash, jarayonni metodik va didaktik

ta’minlash vazifalari belgilab berilgan.

Imkoniyati cheklangan oʻquvchilar taraqqiyotining koʻlami shu qadar kattaki, ular uchun

bir xildagi ta’lim jarayonini tashkil etish imkonsizdir. Bunday sharoitda koʻplab oʻquvchilar ta’lim

jarayoniga qamrab olinmaydi. Imkoniyati cheklangan oʻquvchilar tarkibining turli-tumanligi shuni

koʻrsatadiki, ularga ta’lim berish jarayoni bir qator holatlarni mujassamlashtirishi kerak.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashi 46-

sessiyasidagi nutqida strategik yo‘nalishlar, jumladan, Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi

Konvensiyani ratifikatsiya qilish masalasiga alohida e’tibor qaratildi . Butun dunyoda qariyb 1

milliardga yaqin nogironligi bo‘lgan shaxslar borligi inobatga olinsa, bu nihoyatda ahamiyatli

tashabbus hisoblanadi.

Shu boisdan mamlakatimizda inklyuziv ta’lim tizimini joriy qilish bo‘yicha qator

normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 sentyabrdagi "Xalq ta’limi tizimiga

boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-3931-son qarorida

alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarning ijtimoiy kafolatlarini ta’minlovchi chora-tadbirlar

samaradorligini yanada oshirish, ularning ta’lim-tarbiya (shu jumladan, inklyuziv ta’lim-tarbiya)

olishiga xizmat qiladigan moslashuv muhitini yaratish bo‘yicha alohida vazifalar qayd etib

o‘tilgan.

Inklyuziv ta’limga jalb etish global muammolardan biri xisoblanadi. Inklyuziv ta’limning

asosiy kismi–bolalarga bilim olish uchun dustona munosabat va ukishga imkon beruvchi muxitni

yaratishdir.

Maxsus extiyojli bolalarning xayotga ilk yoshdan ya’ni 6 yoshgacha e’tibor berilsa, ancha

yukori samaralarga erishish mumkin. Imkoniyati cheklangan bolalarni ta’lim–tarbiyaga bo‘lgan

extiyojlarni kondirishga mos bo‘lgan siyosatni ishlab chikish inklyuziv ta’limni qo‘llab–

quvvatlashning asosidir.

Inklyuziv ta’lim rasmiy ta’lim tushunchasidan ancha kengroq bo‘lib, inklyuziv so‘zi lotin

tilidan olinganda “jalb qilish”, ingliz tilidan olinganda “ uygunlashish” degan ma’noni bildiradi.

Shuningdek inklyuziv ta’lim hamma uchun ta’lim jarayonlarini ochiqligi ma’nosini bildiradi.


background image

1092

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10

Bu ta’limda ko‘proq o‘qishda, o‘rganishda imkoniyati cheklangan bolalar bilan ishlanadi.

Inklyuziv ta’limda o‘qituvchining kasbiy mahorati bosh omil hisoblanadi. Avvalo

o‘qituvchi inklyuziv tafakkurga ega bo‘lishi va ta’lim sifati mas’uliyatini o‘z zimmasiga olishi

shart. Inklyuziv ta’lim berish o‘qituvchilar ishi sifatining asosiy mezonlari – o‘qituvchi

o‘quvchilarning turli toifada ekanligiga qaramay barcha bolalarning huquqini himoya va hurmat

qilishi zarur. Yana bir sifat – hamkorlikni yo‘lga qo‘yish. Chunki o‘qituvchilar uchun hamkorlik

va o‘zaro fikr almashish muhimdir.

Rivojlangan mamlakatlarda XX asrning 70 yillaridan boshlab inklyuziv ta’limni

rivojlantirishga doir turli xil me’yoriy huquqiy hujjatlarni qabul qilish jarayoni boshlangan. Bu

borada nogironlarni jamiyatga jalb qilish uchun AQSH va Yevropa mamlakatlarida asosan 3 ta

yondashuv keng tarqalgan.

Meynstriming, integratsiya hamda inklyuziv ta’lim. Meynstrimingga ko‘ra, nogironligi

bo‘lgan o‘quvchilar nogironligi bo‘lmagan o‘quvchilar bilan turli xil tadbirlarda, bayramlarda

uchrashishadi. Shu asosida ular bir birini xususiyatlarini, talablarini bilish imkoniyatiga ega

bo‘lishadi. Integratsion yondashuvga ko‘ra, nogironligi bo‘lgan bolalar umumta’lim

maktablariga jalb qilinadi. Lekin, maktablardagi ta’lim tizimi va sharoitlar o‘zgartirilmaydi.

Inklyuziv yondashuvga ko‘ra, nafaqat nogironligi bor bolalar jalb qilinadi, balki ularni

jalb qiladigan maktablar ham ularning talablariga qarab moslashtiriladi.

Tadqiqotchilarning ilmiy tadqiqotlariga ko‘ra, inklyuziv ta’limni rivojlanishi ta’lim

sohasida iqtisodiy samaraga erishishda ham muhim ahamiyatga ega. Bugungi kunda ko‘pchilik

rivojlangan mamlakatlarda inklyuziv ta’limni rivojlantirish kerakligi borasida konsensus mavjud.

Davlat va munitsipal maktablari ularga moliyaviy yordam berishadi.

Tahlil va natijalar Bugungi kunda respublika bo‘yicha jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida

nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun jami 86 ta ixtisoslashtirilgan maktab va maktab- internatlarda 21,2

ming nafar, 21 ta sanatoriy turidagi maktab-internatlarda 6,1 ming nafar o‘quvchilar ta’lim-tarbiya

oladi. Shuningdek, uzoq muddat davolanishga muhtoj bo‘lgan 13,3 ming nafar o‘quvchilar uyda

yakka tartibda o‘qitilmoqda.

Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni sog‘lom bolalar qatorida umumta’lim

maktablarida o‘qitish amaliyotini rivojlantirish maqsadida ixtisoslashtirilgan ta’lim

muassasalarida ta’lim olayotgan o‘quvchilarning umumta’lim maktablariga integratsiyalashuvi

(uyg‘unlashtirgan holda ta’lim-tarbiya berish) tajribasi qo‘llanilishi natijasida so‘ngi yillarda

500 nafarga yaqin alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan o‘quvchilar umumiy o‘rta ta’lim maktablariga

qaytarildi.

Bundan tashqari, "Zamonaviy maktab"larni qurishda ushbu maktablarda alohida ta’lim

ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni o‘qitish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, ular uchun maxsus


background image

1093

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10

infratuzilma bo‘lishi va jihozlanishini ta’minlash maqsadida inklyuziv ta’limni tashkil etish

bo‘yicha "Zamonaviy maktab"ga qo‘yiladigan me’yoriy talablar loyihasi ishlab chiqildi.

Xulosa qilib aytganda, inklyuziv ta’lim bugun eng insonparvar ta’lim sifatida butun

dunyoda shu jumladan yurtimizda keng tadbiq etilmoqda. Mamlakat bo‘ylab inklyuziv ta’limni

rivojlantirishga qaratilgan davlat islohotlari o‘z samarasini berishi uchun avvalo ta’lim jarayonida

o‘qituvchi o‘z faoliyatini tizimli baholab borishi, muntazam malakasini oshirishi, alohida ta’lim

ehtiyojlari bor bolalarning intizomli va muassasalararo guruhlar bilan samarali ishlashi uchun

liderlik hamda boshqaruv malakalarini qo‘llashi, muammolarni birgalikda hal qilishi, bundan

tashqari keng qamrovli maktab hamkorligini yo‘lga qo‘yishi kerak.Bu ta’lim bir tomonlama

bo‘lmasligi kerak. Shuningdek imkoniyati cheklangan bolada o‘ziga bo‘lgan ishonchni oshirish,

ko‘nikma va qobiliyatini rivojlantirish, yoshligidan o‘rganishni rag‘batlantirishda oila ishtiroki

alohida ahamiyatga ega. Inklyuziv ta’lim jarayonida ota-onalar bilan ishlash ham muhim.

Ta’kidlash joizki, alohida ehtiyojli ota-onalarga ularning farzandlari jamiyatning bir bo‘lagi

bo‘lish huquqiga ega ekanini tushuntirish, bu ishonchni ularning ongiga yetkazish kerak.

REFERENCES

1.

Президент Шавкат Мирзиёевнинг БМТ Инсон ҳуқуқлари бўйича кенгашининг 46-

сессиясидаги нутқи.21.02.2021 https://president.uz/uz/lists/view/4179

2.

Алоҳида таълим эҳтиёжлари бўлган болаларга таълим-тарбия бериш тизимини

янада такомиллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги Ўзбекистон Республикаси

Президентининг 2020 йил 29 апрелдаги ПҚ-4860 сонли қарори. Қонун ҳужжатлари

маълумотлари миллий базаси, 14.10.2020 й., 07/20/4860/1383-сон

3.

Табольская О.А., Яковлева И.В. Тюторство в условиях развития инклюзивного

образования. – Москва–Берлин, 2019

4.

Нишанбаева Э.З., Абдухалилов А.А. Инклюзив таълимни ривожланишида

ижтимоий шерикликнинг тутган ўрни

https://www.researchgate.net/publication/347901748_

5.

www.ziyonet.uz

6.

www.arxiv.uz

7.

www.uzedu.uz

References

Президент Шавкат Мирзиёевнинг БМТ Инсон ҳуқуқлари бўйича кенгашининг 46-сессиясидаги нутқи.21.02.2021 https://president.uz/uz/lists/view/4179

Алоҳида таълим эҳтиёжлари бўлган болаларга таълим-тарбия бериш тизимини янада такомиллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2020 йил 29 апрелдаги ПҚ-4860 сонли қарори. Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 14.10.2020 й., 07/20/4860/1383-сон

Табольская О.А., Яковлева И.В. Тюторство в условиях развития инклюзивного образования. – Москва–Берлин, 2019

Нишанбаева Э.З., Абдухалилов А.А. Инклюзив таълимни ривожланишида ижтимоий шерикликнинг тутган ўрни

www.ziyonet.uz

www.arxiv.uz

www.uzedu.uz