Authors

  • Qakhramon Almanov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.58736

Abstract

Ushbu maqolada XIX asr oxiri - XX asr boshlarida Jizzax vohasidagi ma'muriy birliklarning shakllanishi va ularning etnomadaniy jarayonlarga ta’siri, shuningdek, Rossiya imperiyasining mustamlaka siyosati natijasida vohada amalga oshirilgan ma'muriy-hududiy qayta bo‘linishlar mahalliy aholi turmush tarziga sezilarli ta’sir ko‘rsatganligi hamda Jizzax uezdi tarkibidagi volost va uchastkalar tashkil etilishi, ularning etnik tarkibi hamda ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlar tahlil qilinadi.

background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

823

XIX ASR OXIRI - XX ASR BOSHLARIDA JIZZAX VOHASIDAGI MA’MURIY

BIRLIKLARNING TASHKIL ETILISHI VA ULARNING ETNOMADANIY

JARAYONLARDA ISHTIROKI

(ARXIV VA STATISTIK MATERIALLAR ASOSIDA)

Qakhramon Almanov Obloqulovich

Gulistan State University, 120100. Sirdarya Region, Gulistan City, 4th District, Uzbekistan.

https://doi.org/10.5281/zenodo.14562871

Annotatsiya.

Ushbu maqolada XIX asr oxiri - XX asr boshlarida Jizzax vohasidagi

ma'muriy birliklarning shakllanishi va ularning etnomadaniy jarayonlarga ta’siri, shuningdek,
Rossiya imperiyasining mustamlaka siyosati natijasida vohada amalga oshirilgan ma'muriy-
hududiy qayta bo‘linishlar mahalliy aholi turmush tarziga sezilarli ta’sir ko‘rsatganligi hamda
Jizzax uezdi tarkibidagi volost va uchastkalar tashkil etilishi, ularning etnik tarkibi hamda
ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlar tahlil qilinadi.

Kalit so‘zlar

: Jizzax vohasi, XIX asr oxiri - XX asr boshlari, Rossiya imperiyasi, ma’muriy

birliklar, volostlar va uchastkalar, etnik tarkib, ijtimoiy-siyosiy jarayonlar, mustamlaka siyosati,
yer va suv taqsimoti, etnomadaniy jarayonlar.

ORGANIZATION OF ADMINISTRATIVE UNITS IN THE JIZAKH OASIS IN THE

LATE 19TH - EARLY 20TH CENTURIES AND THEIR PARTICIPATION IN

ETHNOCULTURAL PROCESSES

(BASED ON ARCHIVE AND STATISTICAL MATERIALS)

Abstract.

In this article, the formation of administrative units in the Jizzakh oasis at the

end of the 19th - beginning of the 20th century and their influence on ethnocultural processes, as
well as the administrative-territorial redistribution of the oasis as a result of the colonial policy
of the Russian Empire had a significant impact on the lifestyle of the local population. and the
organization of volosts and sections within Jizzakh uezd, their ethnic composition and socio-
political changes are analyzed.

Key words:

Jizzakh oasis, the end of the 19th century - the beginning of the 20th century,

the Russian Empire, administrative units, volosts and sections, ethnic composition, socio-political
processes, colonial policy, land and water distribution, ethnocultural processes.

ОРГАНИЗАЦИЯ АДМИНИСТРАТИВНЫХ ЕДИНИЦ ДЖИЗАКСКОГО ОАЗИСА И

ИХ УЧАСТИЕ В ЭТНОКУЛЬТУРНЫХ ПРОЦЕССАХ В КОНЦЕ XIX - НАЧАЛЕ XX

ВЕКА

(ПО АРХИВНЫМ И СТАТИСТИЧЕСКИМ МАТЕРИАЛАМ)

Аннотация.

В

данной

статье

рассматривается

формирование

административных единиц в Джизакском оазисе в конце XIX - начале XX века и их влияние
на этнокультурные процессы, а также административно-территориальный передел
оазиса в результате колониальной политики. Российской империи оказали существенное
влияние на образ жизни местного населения и организацию волостей и округов в пределах
Джизакского уезда, анализируются их этнический состав и общественно-политические
изменения.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

824

Ключевые слова:

Джизакский оазис, конец XIX - начало XX века, Российская

империя, aдминистративные единицы, волости и участки, этнический состав,
общественно-политические процессы, колониальная политика, земельное и водное
распределение, этнокультурные процессы.

Kirish (Introduction).

XIX asr oxiri - XX asr boshlarida Jizzax vohasida ma'muriy

birliklarning tashkil etilishi mintaqaning ijtimoiy-siyosiy va etnomadaniy jarayonlariga katta ta’sir
ko‘rsatgan. Ushbu davrda Rossiya imperiyasining mustamlaka siyosati natijasida o‘lkada
ma'muriy-hududiy qayta bo‘linishlar amalga oshirildi. Bu jarayonlar mahalliy aholi turmush
tarziga, xo‘jalik hayotiga va etnik tuzilmasiga jiddiy ta'sir ko‘rsatgan. Tadqiqot arxiv va statistik
materiallarga asoslanib, Jizzax vohasidagi ma'muriy birliklarning shakllanishi, ularning roli va bu
jarayonlarning aholi hayotidagi aksini yoritadi.

Metodlar (Methods).

Ushbu tadqiqot tarixiy hujjatlar, jumladan, Rossiya imperiyasining

nizomlari, arxiv materiallari, shuningdek, statistik ma'lumotlarni o‘rganish orqali tadqiq etildi.

Asosiy manbalar sifatida 1865-yilgi "Turkiston viloyatini boshqarish to‘g‘risida"gi

vaqtinchalik nizom, 1886-yilgi "Turkiston o‘lkasini boshqarish to‘g‘risida"gi nizom hamda
mahalliy arxivlarda saqlangan hujjatlar tahlil qilindi. Qishloq va volostlar tashkil etilishi haqidagi
ma’lumotlar mintaqaviy hujjatlar yordamida qayta ko‘rib chiqildi.

Natijalar (Results).

XX asr boshlariga kelib yer to‘grisidagi nizomga muvofiq qayta tuzib

chiqilgan Jizzax uezdi va uning mamuruy birliklarida jami 266999 kishi istiqomat qilgan.

Ularning etnik tarkibiga ko‘z tashlaydigan bo‘lsak, aholining 181961 nafarini o‘zbeklar,

12901 nafarini tojiklar, 3096 nafarini qozoqlar, 836 nafarini ruslar, boshqa millat vakillari esa 8205
kishini tashkil etgan[1]. Jizzax uezdi tarkibida quyidagicha ma’muriy birliklar – volostlar bo‘lgan:

1. Qo‘rg‘ontepa, 2. Qizilqum, 3. Otaqo‘rg‘on 4. Pistalitov, 5. Chordarya, 6. Sintob, 7.

Forish, 8. Bog‘dan, 9. Ko‘ktuba, 10. Nakrut, 11. Sauryuk, 12. Xotchamukur, 13. Chashmaob, 14.
O‘zbek, 15. Rabat, 16. Zomin, 17. Yam, 18. Yangiqo‘rg‘on, 19. O‘smat-Qatortol, 20. Sangzar, 21.
Qoratosh.

Ushbu ma’muriy birliklarning tashkil etilishi va nomlanishi vohada ancha yillardan beri

yashab kelayotgan etnoslar bilan bog`liq holda tuzilgan. Bu ma’muriy birliklarda yashovchi
aholining turli qishloq, ovul, mahallalarga bo‘linishida esa aholining etnik mansubligi va ilgaridan
beri qo‘llanilib kelayotgan nomlar va mahalliy aholi va yevropalik aholi soni to`g`risida
ma`lumotlar aks etgan jadvallar milliy arxivda saqlanayotgan manbalarda keltirib o`tiladi[2].

Bu volostlarda yashayotgan aholining tarkibi bo‘yicha qilingan arxiv va statistic

ma`lumotlar asosidagi tadqiqotimizga ko‘ra, volostlarda turli urug‘ va etnoslar bir biridan farq
qilgan masalan

qirqlar

uezdning Yangiqo‘rg‘on volostida ko‘p bo‘lgan bo‘lsa

yuz

urug‘i Zomin

va Yom da, O‘smat qatortolda

turklar va barloslar

, Zomin shahrida

qayirma,qorasirkali[3]

,

Sangzor va Qoratoshda

yuz

va

qirqlar

, Forishda

turkman

, Pistalituda qirg‘iz va qazoqlar, Bog‘don

va Sintobda turkman va tojiklar ko‘pchilikni tashkil etganligiga guvoh bo‘ldik[4]. Shuningdek
urug‘lar va etnoslar miqyosida aholi soniga qarab chiqish jarayonida ma’lum bir volost hududida
bir hil urug‘ vakillari ko‘pchilikni tashkil etishi, masalan (

Yangiqo‘rganda qirq urug‘i, Nakrutda

yuz urug‘i vakillari ko‘proq yashagan.)

yana qaysidir volostlarda umuman teskari jarayonni

kuzatdik[5].


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

825

Bunday holatlar bo‘lishiga bu hududlarda yashayotgan urug`larning doimiy ittifoqchi va

qadimdan yonma yon yashab kelishi ularning ho‘jalik turmush tarzi va madaniy aloqalarida o‘zaro
yaqin o‘xshashlik mavjudligi bilan bo‘lsa kerak. Bu kabi statistik va arxiv ma’lumotlari XX asr
boshlarida Jizzax vohasida yashagan aholining etnik tarkibi ancha murakkab bo‘lganligini
ko‘rsatadi. Bu davrda Jizzax vohasida asosan to‘rtta beshta qabila vakillari xususan, xitoy-yuz
(

yuzning tarkibidagi katta bir bo‘g`in

), qirq, qang‘li, turkman, nayman va saroy qabilasiga

mansub aholi vakillarining urug‘ va shahobchalari yashayotgan manzilgohlari ko‘pchilikni
tashkil etgan bo‘lgan bu qabila va urug`lar o‘zaro etnomadaniy jarayonlarda doimo faol aloqada
bolib kelganligi bugungi kunda ham bu urug`lar joylashgan aholi manzilgoxlarining yonma yon
joylashganligi bilan izohlash mumkin[6]. Masalan

, xitoy-yuz

urug‘i asosan Yangiqo‘rg‘on

volostining Saribozor, Chuvilloq, Oqqo‘rg‘on, Beshbola, Qo‘shsaroy, Qizilqo‘rg‘on, Yuqori
va Quyi Nauqa qishloqlarida (jami 270 xonadon va 1200 kishi) istiqomat qilishi qayd etilgan.

Qirq

qabilasi asosan O‘ymout va Xo‘jabuloq, Baxmal, Gulqishloq, Chillamozor, Kuchum, Olmasuvon,
O‘rta Gulqishoq, Sug‘unboy, Yuvosh va Obiz, Chubar, Qora, Xoltoy kabi qishloqlarida (jami
1420 xonadon, 2618 kishi) joylashgan. Qang‘li qabilasi Qang‘li, Sasiq qishlog‘i, Tutuvli,
Ko‘kgumbaz, Gulqishloq qishloqlarida (jami 576 xonadon, 1024 kishi), Saroy qabilasiga
mansub aholi (jami 138 xonadon, 603 kishi) Yuqori va Quyi Saroy qishloqlarida yashashligi
e’tirof etilgan[7]. Bu nomlari keltirilgan ma`muriy birliklarning ko‘pchiligi o‘sha hududda
yashayotgan urug`ning nomi yoki uning bir bo‘g`inining nomidir[8]. Vohadagi ma`muriy
birliklarning tashkil etilishida aholining ho‘jaligiga alohida etibor qaratilgan, chorvador qavmlar
uchun vohaning cho‘l va dasht hududlarida alohida ovular tashkil qilingan bo‘lib bu ovullarni
tashkil qilish uchun ulardagi o‘tovlar va hovlilar soni inobatga olingan. Masalan Qizilqum volosti
2647 ta o‘tov, Rabot volosti 2732 ta hovli hamda Zomin volosti 2188 ta hovlidan iborat bo‘lgan
holda turli chorvador va o‘troq aholi istiqomat qilgan[9].

XX asr boshlarida kelib Jizzax uezdi 112 ta qishloq va ovul jamoalariga (shulardan

77 tasi qishloq jamoasi, qolgan 35 tasi ovul jamoasi) bo‘lingan, ularda 896 ta aholi punkti
(shahar, qishloq va ovul) mavjud bo‘lgan[10]. Bu ovul, qishloq va aholi punktlarining nomlari
asosan o‘zlarining urug‘larining nomlari bilan atalgan yoki hududning geografik o‘rni shuningdek
aholining ho‘jaligi bilan bog‘liq bo‘lgan[11]. Qishloqlarning nomlari ko‘pincha eski o‘zlarining
nomlari bilan atalish holatlari ko‘p bo‘lgan bo‘lsa, ovul jamoasida bu masala bir oz boshqacha hal
etilgan. Chunki ko‘chmanchi aholi odatda o‘z qishlov yoki yozgi manzilini hech qanday nom
bilan atamagan. Sababi bu hududlarda ular doimiy o‘z manzilgohlarini qurishmagan. Bularning
joylashgan o‘rni urug`i yoki etnos nomi yoki chorvasidagi tamg`a nomi, yoki turli to‘plarining
nomi bilan atalish holatlari ham vohada uchraydi[12]. A. Bazarbayevning Jizzax vohasida yaylov
yerlardan foydalanish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlarida vohadagi bir qator chorvadorlar
yashaydigan qishloq va ovul aholisi o‘z yaylov yerlarini bo‘lib olganligi ko‘rsatib o‘tiladi[13].
Olib borilgan tadqiqotlar natijasiga ko‘ra, Jizzax viloyatining tog‘ va tog‘oldi hududlari
aholisi joylashuvi va etnik guruhlarining rang-barangligi bilan ham nisbatan farq qilgan.

Jumladan, Baxmal, Zomin, Forish, G‘allaorol, tumanlarida turli o‘zbek urug‘ vakillari

bilan bir qatorda boshqa millat va elatlar ham istiqomat qilgan[14].

Muhokam (Discussion).

Turkiston o‘lkasi Rossiya imperiyasi tomonidan bosib

olingandan so‘ng mintaqani boshqarish bo‘yicha mustamlaka ma’muriyati tomonidan bir qator


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

826

nizom va yo‘riqnomalar ishlab chiqildi. Mazkur me’yoriy hujjatlarda o‘lkani ma’muriy-hududiy
jihatdan qayta bo‘lish masalalari kiritib o‘tilgan edi. Podsho hukumati tomonidan 1865 - yil 6-
avgustda chiqarilgan “Turkiston viloyatini boshqarish to‘g‘risida”gi vaqtinchalik Nizom
Turkiston o‘lkasidagi dastlabki me’yoriy hujjat bo‘lib, unga asoslanib ish yuritish talab qilingan.

1866-yil Jizzax va Xo‘jand shaharlari egallanishi natijasida Jizzax vohasi Rossiya

imperiyasi tarkibiga kiritildi. XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Jizzax uezdi tashkil qilinib
uning tarkibida 20 dan ortiq volostlar va turli ovul qishloqlar tashkil qilindi. 1867 yilgi Nizomga
ko‘ra dastavval Jizzax uezdi Sirdaryo viloyati tarkibiga kiritilib, Jizzax va Zomin kabi ikkita
rayondan iborat bo‘lgan umumiy maydoni 632 kvadrat mil[15] bo‘lib[16], shimoldan Chimkent
va Toshkent uezdlari bilan, sharqdan Xo‘jand uezdi hamda janub va g‘arbdan Buxoro amirligi
tarkibidagi Samarqand viloyati bilan chegaradosh bo‘lganligi manbalarda keltirib o‘tilgan[17].

1886 yilda “Turkiston o‘lkasini boshqarish to‘g‘risida”gi navbatdagi Nizomga muvofiq

Jizzax uezdi va Xo‘jand uezdining Savot volostlari tashkil topdi va bu uezdlar Zarafshon okrugi
negizida tuzilgan Samarqand viloyati tarkibiga kiritildi.Viloyat tarkibidagi Jizzax uezdi maydoni
jihatidan viloyatdagi eng katta uezd hisoblanib, uning maydoni 45000 kvadrat verstni tashkil
qilgan[18]. Ushbu Nizomning 61-bandiga muvofiq har bir uezd uchastkalarga bo‘lingan
hamda uezd bo‘yicha uchastkalarning taqsimlanishi uning maydoni, aholisi va boshqa
mahalliy sharoitlarga ko‘ra amalga oshirilgan[19]. Ushbu Nizomga muvofiq Jizzax vohasi
hududida Bog‘don, Yangiqo‘rg‘on va Zomin kabi uchastkalari tashkil etiladi. Bu yangi tashkil
etilgan uchastkalarning ichida hudud jihatdan eng katta (36000 kvadrat verstni) va volostlari
ko‘pi Bog‘don uchastkasi bo‘lgan. Bu uchastkada jami 8 ta mamuriy birliklar yani volostlar tashkil
etiladi[20]. Biroq bu uchastka aholisi va xonadonlarining soni jihatidan Yangiqo‘rg‘on
uchastkasidan katta emasdi. Yangiqo‘rg‘on uchastkasi 4000 kvadrat verst maydonda joylashgan
bo‘lib, uning tarkibida jami 7 ta volost bo‘lgan.

Zomin uchastkasi esa aholisi, volostlar soni va maydonining hajmi bo‘yicha eng kichigi

bo‘lib, u 5 ta volostdan iborat bo‘lgan hamda maydonining o‘lchami Yangiqo‘rg‘on
uchastkasining maydoni bilan teng bo‘lgan[21]. Nizom va yo‘riqnomalarga ko‘ra volostlar tashkil
etish uchun aholining turmush sharoiti va hovli yoki o‘tovlar soni hisobga olinishi shart qilib
qo‘yilgan[22].

Jizzax vohasi aholisining xo‘jalik tarzi turlicha bo‘lgan, bu holat o‘lkada tashkil etilayotgan

mamuriy birliklarning soniga ham o‘z tasirini o‘tkazmay qolmagan. Jumladan, vohada
yashayotgan aholi XIX asrning oxiri - XX asrning boshlarida o‘troq va yarim o‘troq ko‘chmanchi
holatda hayot kechirishgan[23]. Vohada o‘troq aholi yashovchi volostlar 1000 mingdan 2000
minggacha bo‘lgan hovlilardan tarkib topgan bo‘lsa, yarim o‘troq ko‘chmanchi aholi yashovchi
volostlarda o‘tovlar sonini viloyat boshqarmasi aniqlab bergan, biroq, o‘tovlar soni ikki mingdan
oshmasligi kerak degan norma bo‘lgan[24]. Shuningdek vohada aholi manzilgohlarini barpo
etishda aholining ho‘jalik turmush tarzi inobatga olinib ularning qishgi joylashuv o‘rniga alohida
etibor berilgan[25].

XIX asrning oxiri -XX asrning boshlarida Jizzax vohasida joylashgan Jizzax uezdining

Qoratosh, Rabot, O‘zbek, Yom, Zomin, Yangiqo‘rg‘on, Nakrut, Savruk, Sangzor, Xotchamuqur,
Chashmiob, O‘smatqatortol, Bog‘donda asosan o‘zbeklar, Sintobda tojiklar, Otaqo‘rg‘on,
Qizilqum, Qo‘rg‘ontepa, Pistalitog‘, Ko‘ktepa va Chordorada qozoq, qirg‘izlar ko‘pchilikni


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

827

tashkil qilgan. Uezdning yigirmadan ortiq volostlaridan iborat mamuriy birliklarida asosan
o‘zbeklar, qisman tojik, qozoq, qirg‘iz, turkman, qorqalpoq va boshqa etnoslar istiqomat
qilishgan[26].

Vohadagi mamuriy birliklardagi aholining doimiy soni va etnik mansubligi bo‘yicha olib

borilgan surishturuvlar asosan yuzaki amalga oshirilgan bo‘lib, bu holat o‘lkadagi demografik
holatni to‘laqonli yoritish imkonini bermagan.

Bu turdagi o‘zaro chalkash holatlar bo‘lishiga sabab sifatida bizningcha bu hududlarda

o‘troq aholidan tashqari ma’lum bir volostlarda ko‘chmanchi aholi yashovchi qishloq va ovul
jamoalarining ham o‘rni bo‘lgan. Samarqand viloyati uezdlari ichida Jizzax uezdi ko‘chmanchi
aholi eng ko‘p istiqomat qiladigan uezd bo‘lgan bo‘lib, bu ko‘chmanchi aholi maskanlari vaqtlar
o‘tishi asnosida doimiy maskanlarga aylanib borgan. Jumladan, 1898-yil dekabrida Bog‘don
uchastka pristavi Jizzax uezd hokimiga maydoni jihatidan eng katta volost bo‘lgan, Qizilqum
volostining holati va uning ovul jamoalarini qaytadan tashkil etish to‘g‘risida yozma ma’lumot
yuboradi. Bu kabi ma’lumotlarga ko‘ra volostning umumiy maydoni katta bo‘lib, shimoliy hududi
taxminan 160 verst uzunlikda, kengligi esa 120 verst maydonda joylashganligi uni boshqarishda
qiyinchiliklar tug‘dirayotganligi takidlanadi. U Qizilchala va Oyoqquduq degan joydan
boshlanib, shimoliy chegarasi Turkiston shahridan 15 verst uzoqlikda joylashgan, o‘zining
quduqlariga ega yarim o‘troq aholi yashovchi makongacha yetib borgan edi. Bunday
volostni boshqarish mustamlaka ma’muriyatiga qiyinchilik tug‘dirgan. Maydoni jihatdan katta
hududda joylashgan Qizilqum volostini qayta taqsimlash arafasida u 9 ta ovul jamoasidan
iborat bo‘lib, 1, 2 hamda 5 ovul jamoasida Baxtiyor urug‘i, 3 va 4 ovul jamoasida esa Alchin
urug‘i, 8 va 9 ovul jamoasida esa Qo‘ng‘irot urug‘i hamda 6 va 7 ovul jamoasida
Qoraqalpoqlar istiqomat qilganligi manbalarda keltirib o‘tiladi. Bu kabi urug‘larlarning turli
ovul jamaolari tarkibida qoldirib boshqarish murakab bo‘lib, buning yechimi faqatgina yangi
volostlar tashkil etish yo‘li bilan hal etilishi to‘g‘risida Bog‘don uchastka pristavining taklifi,
uezd boshlig‘iga jo‘natiladi. Taklifga ko‘ra, 6 hamda 7 ovul jamoasini bo‘lgan holda ovul
jamoalar sonini 10 taga yetkazish, undan so‘ng har bittasi 5 ta ovul jamoasidan iborat
bo‘lgan ikkita volost tashkil etish uchastka pristavining rejasi edi. Shu orqali, har bitta urug‘ni
to‘liq bir ma’muriy hududga tushirish , volostlarni ma’muriy boshqarish, jamiyat aloqalari
va xo‘jalik turmush tarzi jihatidan qulayliklarni yaratib berish ko‘zda tutilganligi ko‘rsatib
o‘tiladi.

Bundan tashqari, urug‘larning joylashuv o‘rniga ko‘ra taqsimlanishi shu hududda

yashayotgan aholining istaklariga ham muvofiq kelganligi ko‘rsatib o‘tiladi. Bog‘don uchastka
pristavining taklifi juda rejali bo‘lib buning natijasida ko‘chmanchi va yarim o‘troq aholi
o‘rtasidagi o‘zaro nizoli vaziyatlarning ham oldini olishi ko‘rsatib o‘tiladi. Bunday aholi
punktlarining joylashgan o‘rniga ko‘ra taqsimlash, yani, volostni sharqdan g‘arb tomonga
qarab bo‘lish qulay emasligi ta’kidlanadi. Agar shunday bo‘ladigan bo‘lsa, birinchidan,
volostdagi bir necha ovul jamoalari o‘rtasidagi aloqa yo‘qoladi. Ikkinchidan, xosil bo‘lmagan
yillari volostning janub tomonida yashovchi yarim o‘troq aholi shimoliy Qizilqumda joylashgan
Jettijo‘l vodiysiga o‘tishiga hamda ularning yozgi yaylovdan qishlov joyiga ko‘chishiga to‘siq
bo‘lishi uchastka pristavining ma’lumotida ko‘rsatib o‘tiladi.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

828

Ko‘chmanchi aholining manzilgohlarining nomlanishi quduqlar bilan bog‘liq bo‘lib,

asosan Qizilqum volostining shimolidan janubiga qadar, ya’ni Durtquduq qudug‘idan
Nurotagacha hududlarda joylashgan.Bunday aholi maskanlariga misol qilib, Jirenboyquduq,
Musuraliquduq, Mullo Omonquduq, Irmambetquduq, Uchquduq, Koshquduq kabilarni keltirish
mumkin. Bunday quduqlar xar bir urug`niki alohida bo‘lgan, urug` yoki uning oqsoqoli yoki
urug`ning ma`lum bir bo‘lagi nomi bilan bu quduqlar atalganligini ko‘rish mumkin. Bag‘don
uchastka pristavining ikkinchi taklifiga ko‘ra chegara chiziqlarini belgilash ham quduqlar soni va
aholining maskanlari soniga bog‘liq holda amalga oshirilsagina Qizilqum volosti teng ikkiga
bo‘lingan bo‘lar edi. Biroq bunday bo‘linishda 5 ovul jamoasi g‘arbiy qismga, 1 va 2 ovul
jamoasi esa sharqiy qismga tushib qolardi. Natijada Alchin (Olchin) urug‘i turli volostlarda
yashashiga to‘g‘ri keb qolar edi.

Bundan tashqari 6 va 7 ovul jamoasidagi deyarli 200 ta o‘tovdan iborat

qoraqalpoqlarning bir qismi sharqiy qismda, qolgan tarkibi g‘arbiy qismda qolib ketardi. Bu
kabi o‘zaro chalkashlik holatlarini bartaraf etish uchun, Bog‘don uchastka pristavi yakuniy
hulosani elon qiladi unga ko‘ra, 3, 4, 6 va 7 ovul jamoasi g‘arbiy qismga tushgan holda
Qo‘rg‘ontepa volosti nomini olishi hamda 1, 2, 5, 8 va 9 ovul jamoasi sharqiy qismga
tushgan holda Qizilqum volosti nomini olib ularning chegarasi shimoldagi Durtquduq (4 ovul
jamoasi)dan Jirenboyquduq (1 ovul), Shanpukulquduq (1 ovul), Nurboyquduq (1 ovul),
Mulloqulquduq (5 ovul), Oqtoyloqquduq (5 ovul), Oqmanbetquduq (5 ovul), Aliqulquduq (5
ovul), Aydarquduq (5 ovul), Aliqul Turg‘onboyquduq (5 ovul), Oybo‘taquduq (5 ovul),
Nurfayzquduq (5 ovul), Mirzaquduq (5 ovul), O‘razmurodquduq (5 ovul), Berkutboyquduq (5
ovul), Niyozboyquduq (5 ovul), Umarboyquduq (9 ovul) orqali janubgacha yetib borgan
holatdagina, har bir urug‘ bitta volost tarkibiga to‘liq o‘tib, ovul jamoalarining yo‘q bo‘lib
ketishiga yo‘l qo‘yilmasligi qayd etiladi. Jizzax vohasining bir qancha ma’muriy birliklarga
bo‘linishi natijasida ma’lum bir tartiblar ishlab chiqilishiga to‘g‘ri kelgan natijada, ushbu
tartibdan foydalanishda muammolar vujudga kela boshlaydi. Bu holat hudud aholisining
hayotiga nafaqat, siyosiy, iqtisodiy hamda madaniy jihatdan, balki ijtimoiy jihatdan ham ta’sir
o‘tkazmasdan qolmagan. Mana shunda tartiblardan biri hududlardan foydalanishda bilet olish
tartibini keltirib o‘tish mumkin.

Bu kabi ma’lumotlarga nazar tashlanganda bu hududlarga kelib o‘z chorvasini

boqayotganlar ham turli urug‘ vakillari bo‘lib ular asosan Karmananing Qiyot, Duldurning Ato,
Kajdumak, Qal’ai Dausning Bahrin qishlog‘idan kelganlar bo‘lganligi qayd etiladi. Keyinchalik
bu qishloq vakillarining malum bir qismi o‘zlarining doimiy manzilgohlarini qura boshlaganligini
bugungi kunga kelib vohada shu urug‘ vakillarining to‘p va tarmoqlari yashayotganligi bilan
izohlash mumkin. Qisqa qilib aytganda, asrlar davomida bir hudud tarkibida bo‘lgan aholi Rossiya
imperiyasi hukumatining tashabbusi bilan bir necha ma’muriy-hududiy birliklarga bo‘linib
ketishi natijasida turli etnomadaniy jarayonlarni boshdan kechirdi. O‘lkada kechgan etnomadaniy
jarayonlarda turli urug‘ va to‘plar bilan bir qatorda ma’lum bir xalqlar bilan bog‘liq holdagi aholi
manzilgohlari barpo etildi. Mustamlaka ma’muriyatining Turkiston o‘lkasini ma’muriy –
hududiy jihatdan bo‘lishning asosiy maqsadi mahalliy aholi ustidan boshqaruvni tashkil etish va
soliqlarni o‘z vaqtida hamda to‘lig‘icha yig‘ib olish bo‘lganligini ko‘rishimiz mumkin.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

829

Bunday mamuriy tuzilishlarga oida o‘zaro bo‘linishlarda ham mahalliy aholiga yer va

suvdan foydalanishda bir qancha noqulayliklarni keltirib chiqargan. Natijada aholining haqli
etirozlariga sabab bo‘lgan bunday o‘zgarishlar aholining istak va hohishlariga binoan
o‘zgartirilgan yoki bekor qilingan. Yer va suvdan foydalanishning mahalliy tartibi bir yaxlit hudud
sharoitiga moslashgan bo‘lgan. Masalan o‘lkaning chorvador va yarim o‘troq aholisi istiqomat
qiladigan hududlarda yer bilan bog‘liq holatlar bir- biridan farq qilgan. Jizzax vohasining bir
qancha ma’muriy birliklarga bo‘linishi natijasida ushbu vohadagi aholining umumiy tartiblarga
itoat etishida bir qancha muammolarni vujudga keltirgan. Bu kabi holatlar mintaqa aholisining
etnomadaniy jarayonlariga, hayotiga nafaqat, siyosiy, iqtisodiy hamda madaniy jihatdan, balki
ijtimoiy jihatdan ham ta’sir o‘tkazmasdan qolmagan.

Xulosa(Conclusion).

XIX asr oxiri - XX asr boshlarida Jizzax vohasidagi ma'muriy

birliklarning shakllanishi Rossiya imperiyasi tomonidan olib borilgan mustamlaka siyosatining
o‘ziga xos ko‘rinishi edi. Ushbu davrda amalga oshirilgan ma'muriy-hududiy qayta bo‘linishlar
mintaqaning ijtimoiy-siyosiy va etnik manzarasini jiddiy ravishda o‘zgartirdi. Jizzax uezdi
tarkibida tashkil etilgan volost va uchastkalar, bir tomondan, mahalliy aholi turmush tarzi va
xo‘jalik faoliyatiga moslashtirilgan bo‘lsa, boshqa tomondan, bu jarayonlar aholi o‘rtasida nizolar
va muammolarni keltirib chiqardi.

Yer va suv resurslaridan foydalanishdagi noqulayliklar, ko‘chmanchi va o‘troq aholining

manfaatlarini to‘g‘ri hisobga olinmasligi natijasida mintaqada ijtimoiy-iqtisodiy qiyinchiliklar
vujudga keldi. Shu bilan birga, ushbu qayta tashkil etish jarayonlari mintaqaning demografik va
etnik murakkabligini yanada oshirdi. Mahalliy etnik guruhlarning ijtimoiy va xo‘jalik aloqalari
yangi sharoitlarga moslashib borar ekan, mintaqadagi etnomadaniy jarayonlar o‘zgarishlarga
uchradi.

Umuman olganda, Jizzax vohasida amalga oshirilgan ma'muriy-hududiy qayta bo‘linishlar

Rossiya imperiyasi mustamlaka siyosatining mahalliy aholiga ta’sirini ko‘rsatib, tarixiy
tajribalarni o‘rganishda muhim manba sifatida xizmat qiladi. Bu jarayonlarning o‘rganilishi
mintaqaning tarixiy rivojlanishini to‘g‘ri baholash va kelajakda mustamlakachilik davrining
ijtimoiy-siyosiy ta’sirini chuqurroq anglashga imkon yaratadi.


REFERENCES

1.

Всесоюзный перепись населения 1926 г. т.XXV. Узбекская ССР. ЦСУ. СССР. –М..,
1928. –с. 145-149.

2.

ЎзР МА, И.21-фонд, 1-рўйхат, 4-иш, 1-варақ.

3.

ЎзР МА, И.21-фонд, 1-рўйхат, 1100-иш, 4-варақ.

4.

Вирский Н.М. Очерк Яны-Курганской волости Джизакского уезда Самаркандской
области / Справочная книжка Самаркандской области. Выпуск X. – Самарканд,1912.
– С.25.

5.

Базарбаев A. Жиззах воҳасида яйловлардан фойдаланиш масаласи (XIX аср охири –
XX аср бошлари) “Уструшона Буюк Ипак йўлида, унинг минтақалараро сиёсий –
иқтисодий ва маданий муносабатларни ривожлантиришдаги ўрни (Антик ва ўрта
асрлар даврида)” мавзусида ўтказилган Республика илмий-амалий анжумани
материаллари. – Гулистон, 2016. – Б. 139-141.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

830

6.

Пален К.К.Уездное управление. – Санкт-Петербург, 1910. – С.11.

7.

Ҳужжатлар таҳлилидан кўринадики, маҳаллий шароит деганда кўпроқ аҳолининг
ер ва сувдан фойдаланиш масаласи етник мансублиги назарда тутилган. Положение
об управлении Туркестанского края. Том II. Часть 2. – Санкт-Петербург,1886. – С. 9.

8.

Пален К.К.Уездное управление. – Санкт-Петербург, 1910. – С.11.

9.

Боғдон участка пристави аҳолисининг сони 91212 та ва хонадонлар сони 11714
та бўлган бир вақтда Янги Қўрғон участка приставида 87159 та аҳоли яшаган ҳамда
11486 та хонадон мавжуд бўлган. (Список населенных мест Самаркандской области.
(По сведениям 1904 и 1905 гг.). – Самарканд, 1906. – С. 67-101).

10.

(Положение об управлении Туркестанского края. Том II. Часть 2. – Санкт-
Петербург,1886. – С.15).

11.

Алманов Қ. XIX аср охири – XX аср бошларида Cамарқанд вилояти Жиззах
уездининг демографик манзараси. https://science.nuu.uz/ О‘zbekiston milliy universiteti
xabarlari, 2022, [1/6] issn 2181-7324

12.

Положение об управлении Туркестанского края. Том II. Часть 2. – Санкт-
Петербург,1886. – С. 11.

13.

Положение об управлении Туркестанского края. края. Том II. Часть 2. – Санкт-
Петербург,1886. – С. 11.

14.

Список населенных мест Самаркандской области. (По сведениям 1904 и 1905 гг.). –
Самарканд, 1906. – С.

15.

ЎзР МА, И.21-фонд, 1-рўйхат, 840-иш, 8-8 – варақ олди, орқаси.

16.

ЎзР МА, И.21-фонд, 1-рўйхат, 840-иш, 2-варақ олди

17.

ЎзР МА, И.21-фонд, 1-рўйхат, 840-иш, 10-варақ.( Положение об управлении
Туркестанского края. Том II. Часть 2. – Санкт-Петербург,1886. – С.11-12).

18.

ЎзР МА, И.21-фонд, 1-рўйхат, 840-иш, 12-12 варақ орқаси.

19.

ЎзР МА, И.21-фонд, 1-рўйхат, 840-иш, 18-варақ орқаси, 19-варақ орқаси, 23-варақ

References

Всесоюзный перепись населения 1926 г. т.XXV. Узбекская ССР. ЦСУ. СССР. –М.., 1928. –с. 145-149.

ЎзР МА, И.21-фонд, 1-рўйхат, 4-иш, 1-варақ.

ЎзР МА, И.21-фонд, 1-рўйхат, 1100-иш, 4-варақ.

Вирский Н.М. Очерк Яны-Курганской волости Джизакского уезда Самаркандской области / Справочная книжка Самаркандской области. Выпуск X. – Самарканд,1912. – С.25.

Базарбаев A. Жиззах воҳасида яйловлардан фойдаланиш масаласи (XIX аср охири – XX аср бошлари) “Уструшона Буюк Ипак йўлида, унинг минтақалараро сиёсий – иқтисодий ва маданий муносабатларни ривожлантиришдаги ўрни (Антик ва ўрта асрлар даврида)” мавзусида ўтказилган Республика илмий-амалий анжумани материаллари. – Гулистон, 2016. – Б. 139-141.

Пален К.К.Уездное управление. – Санкт-Петербург, 1910. – С.11.

Ҳужжатлар таҳлилидан кўринадики, маҳаллий шароит деганда кўпроқ аҳолининг ер ва сувдан фойдаланиш масаласи етник мансублиги назарда тутилган. Положение об управлении Туркестанского края. Том II. Часть 2. – Санкт-Петербург,1886. – С. 9.

Пален К.К.Уездное управление. – Санкт-Петербург, 1910. – С.11.

Боғдон участка пристави аҳолисининг сони 91212 та ва хонадонлар сони 11714 та бўлган бир вақтда Янги Қўрғон участка приставида 87159 та аҳоли яшаган ҳамда 11486 та хонадон мавжуд бўлган. (Список населенных мест Самаркандской области. (По сведениям 1904 и 1905 гг.). – Самарканд, 1906. – С. 67-101).

(Положение об управлении Туркестанского края. Том II. Часть 2. – Санкт-Петербург,1886. – С.15).

Алманов Қ. XIX аср охири – XX аср бошларида Cамарқанд вилояти Жиззах уездининг демографик манзараси. https://science.nuu.uz/ О‘zbekiston milliy universiteti xabarlari, 2022, [1/6] issn 2181-7324

Положение об управлении Туркестанского края. Том II. Часть 2. – Санкт-Петербург,1886. – С. 11.

Положение об управлении Туркестанского края. края. Том II. Часть 2. – Санкт-Петербург,1886. – С. 11.

Список населенных мест Самаркандской области. (По сведениям 1904 и 1905 гг.). – Самарканд, 1906. – С.

ЎзР МА, И.21-фонд, 1-рўйхат, 840-иш, 8-8 – варақ олди, орқаси.

ЎзР МА, И.21-фонд, 1-рўйхат, 840-иш, 2-варақ олди

ЎзР МА, И.21-фонд, 1-рўйхат, 840-иш, 10-варақ.( Положение об управлении Туркестанского края. Том II. Часть 2. – Санкт-Петербург,1886. – С.11-12).

ЎзР МА, И.21-фонд, 1-рўйхат, 840-иш, 12-12 варақ орқаси.

ЎзР МА, И.21-фонд, 1-рўйхат, 840-иш, 18-варақ орқаси, 19-варақ орқаси, 23-варақ