1213
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10
DEVIANT XULQLI O‘SMIRLAR SHAXSIY RIVOJLANISHI VA XULQ-ATVORINING
PSIXOLOGIK KORREKSIYASI
Xudoyqulova Gulshoda Baxronovna
P.f.f.d.(PhD), dotsent.
Rahmatullayeva Shirin Xayrulla qizi
AIFU psixologiya yo‘nalishi magistri.
https://doi.org/10.5281/zenodo.14562633
O‘smirlik davrida deviant xulq ko‘rinishlari psixologik diagnostikasi va korreksiyasi
mavzusi nazariy va amaliy jihatdan dolzarb bo‘lgan muammolar sirasiga kiradi. O‘smirlar deviant
xulq ko‘rinishlari muammosi bo‘yicha psixologik adabiyotlar tahlili asosida o‘smirlik davrida
turli ekstremal vaziyatlarga nisbatan o‘ta sezgirligini qayd etganda ushbu vaziyatlarga nisbatan
noadekvat reaksiyani turli ijtimoiy munosabatlar jarayonida yuzga kelishi kuzatilgin. Ushbu
munosabatlar pozitiv xarakterda: badiiy texnik,ilmiy ijodiy va hokazo. Negativ, ichkilik,
narkomaniya, daydilik o‘z joniga qasd qilish kabi salbiy xulq ko‘rinishlarini namoyon bo‘lishiga
olib keladi. O‘smirlar tomonidan axborotlarni idrok etishda ularning tengdoshlari, videofilmlar,
reklama roliklari va boshqa axborot kanallari orqali olingan turli toifadagi axborotlarga nisbatan
o‘z vaqtida psixologik profilaktika tadbirlarini o‘tkazilmaganligi ularda deviant xulq
ko‘rinishlarini shakllanishiga olib keladi.
Psixologik korreksiya – bu keng ma’noda amaliy psixologlikning shunday shakli va
usuldagi faoliyatki, bu faoliyat insonni psixologik, aqliy va shaxsiy rivojlantirishdagi zaifliklarni
tuzatishlarga qaratilgan bo‘ladi. Psixologik korreksiyaning maqsadi: shaxs psixik
ko‘rsatkichlarini me’yorga keltirish, insonga jamiyat talablari asosida psixik buzilishlarning
asoratli darajaga yetmasdan turib faoliyat ko‘rsatish uchun maqbul (optimal) sharoitlarni
yaratishdir. O‘smirlar bilan o‘tkaziladigan pedagogik-psixologik korreksiya, avvalo, oilada o‘smir
shaxsi rivojlanishi uchun maqbul bo‘lgan psixolgik muhitning shakllanishiga erishish, unda o‘z-
o‘zini boshqarish ko‘nikmalarini rivojlantirish,o‘zaro hamkorlik hamda hurmatga asoslangan
jamoani jipslashtirish, o‘smirlarda o‘z-o‘zini namoyon etish imkoniyatlarini topa olishiga
imkoniyat yaratish, ularning qiziqishlari va htiyojlarini inobatga olgan holda ijtimoiy foydali
faoliyat yo‘nalishlariga jalb etish, o‘z oldiga qo‘ygan maqsad, shuningdek, istiqbolli rejalarni
amalga oshirish motivatsiyasini shakllantirish kabi vazifalarni qamrab oladi. O‘smirlik davriga
xos psixologik diagnostika va korreksiya quyidagilar bilan tafsiflanadi:
- psixologik yordamni orqaga surishning mumkin emasligi;
- deviant xulq-atvorning shakllanishiga olib keluvchi-psixologik ustanovkalarni aniqlash
va korreksiyalashga yo‘nalganligi;
1214
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10
-ijtimoiy-psixologik moslashuvchanlik darajasini ta’minlovchi, shuningdek, individ
barqarorligi va shaxsiy yuksalishiga xizmat qiluvchi, turli ko‘rinishdagi shaxslararo nizolarni hal
etishning yangicha usullarini izlab topish va treningni amalga oshirishdan iborat.
Psixologik diagnostika va psixokorreksiya odatda uchta asosiy vazifani bajaradi:
- psixologik qo‘llab-quvvatlash;
- psixologik aralashuv;
- ijtimoiy-psixologik moslashuv darajasini oshirish.
Psixologik diagnostika va korreksiyaning bir necha bosqichlari mavjud. Bular:
- psixologik aloqa o‘rnatish;
- deviant xavf bo‘lgan hissiyotni ochib berish;
- xulq-atvor muammolarini yechish va adaptiv ko‘nikmalarni safarbar etish;
- xohishga ko‘ra, shartnoma tuzish.
Psixologik korreksiyasining maxsus ma’nosi, psixolog «nimani tuzatmoqchi» bo‘lishiga
bog‘liqdir. Deviant xulq-atvorli o‘smirlar bilan ishlashning umumiy tamoyillarini quyidagilar
tashkil etadi:
- birinchi lahzadan empatik, intensiv-emotsional xayrixohlik tusi, o‘smirga nisbatan
norasmiy munosabatni o‘rnatish;
- o‘smirning xohish- istaklari, tashvishlari va qo‘rquvlardan xalos bo‘lishiga imkon berish;
- imkoniyatlarini faollashtirish;
- anonimlilik talabiga rioya etish.
O‘smirlar bilan amalga oshiriladigan birinchi suhbat jarayonining asosiy vazifalarini
quyidagilar tashkil etadi. Bular:
- emotsional tanglikni kamaytirish;
- salbiy hissiyotlarini - to‘sib qo‘yish‖;
- o‘smirni qiyin vaziyatlarni yengib o‘tishga safarbar qilish;
- ushbu inqiroz jarayonidagi psixologik shikastlanish (jarohat) holatlari ehtimoli va ularga
adekvat javob qaytarishga tayyorlanish;
-o‘smirning e’tiborini muammolli vaziyatdan o‘zining ichki muammolariga qaratgan holda
uning navbatdagi psixologik yordamini qabul qilishning motivatsiyasini kuchaytirish.
Bu jarayondagi qiyinchilik shundaki, nisbatan qisqa muddatli psixologik diagnostika va
korreksiya jarayonida o‘smirning yuksak motivatsiyaga ega bo‘lishida yaqqol ko‘rinadi.
Deviant xulq-atvorli o‘smirlarda, ko‘pincha emotsional aloqa qilishning imkoni pasaygan,
motivatsiya umuman namoyon bo‘lishga ulgurmagan bo‘ladi. Shuning uchun ham, o‘smir bilan
birinchi uchrashuv va suhbat har ikki tomon, ya’ni o‘smir - psixolog diadik munosabatining
qiymatini belgilaydi.
1215
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10
O‘smir shakllangan inqirozli vaziyatdan chiqib ketishni xoxlaydi, lekin taklif etilgan
yordamni qabul qilishni istamaydi‖. Shu bois ham, ular bilan o‘zaro maqbul aloqalarni tiklash va
hamkorlik, shuningdek, vaziyat tahlilini aniqlashga qaratilgan suhbatning psixologik tavsifi
haqida so‘z yuritmoq joizdir. O‘smir xulq-atvorini tadqiq etishga doir suhbatlar muayyan
tamoyillar asosida tuzilishi kerak. Shuni ta’kidlash lozimki, o‘smirlar bilan o‘tkaziladigan birinchi
suhbat davomida qo‘llanilgan psixologik usullarning barcha yo‘nalishlari unda keyingi
o‘zgarishlar motivatsiyasini yaratishga qaratilmog‘i lozim. Psixologik korreksiya, psixologik
konsultatsiya (maslahat berish) bilan uzviy bog‘liq, u psixologiyaning mustaqil bo‘limidir. Aynan,
yakka tartibdagi psixologik maslahatlar turli hayotiy, shaxsiy va boshqa shu turdagi muammolari
bor insonlarga yordam beradi. Maxsus tashkil etilgan muloqot-suhbat davomida psixolog
yordamida shaxs o‘zidagi bor kuchlarni safarbar qila olishi mumkin. Aynan, shu qo‘shimcha
psixologik kuch-quvvat va qobiliyat, insonning qiyin muammoli holatlardan chiqishga yordam
beradi.
Maslahat berish usullarini quyidagicha tuzish mumkin:
1. Hayotiy ko‘nikmalar, treninglar;
2. Insonlarning o‘zaro aloqalarining treningi;
3. Muammoni hal qilish va muhim qaror qabul qilish treningi;
4. Qobiliyatlarni yo‘naltirish va rivojlantirish;
5. O‘zining rivojlantirishga, o‘z ustida ishlashga yordam.
6. Ijtimoiy moslashuvchanlik darajasini yuksalatirish;
Bu usuldagi treninglardan guruh ichidagi va oilaviy ruhshunoslikda, psixologik terapiyada
foydalaniladi, shu usullar vositasida muammoli vaziyatga shaxsning boshqalar bilan kelisha
olmaslik xususiyatlarini to‘g‘rilash kiritiladi (psixokorreksiya). Psixologik korreksiya va
rivojlanish kamchiliklarni tuzatish va shaxsning shakllanishi jarayonida yuz bergan me’yordan
chiqishlarni hal qilish, shaxsning sog‘lom psixologik rivojlantirishga sharoit yaratish.
Deviant xulqli o‘smirlar va o‘smir huquqbuzarlar bilan yakka tartibdagi korreksiya
ishlarini quyidagi uslublarda olib borish tavsiya etiladi:
1. «Psixoterapevtik oyna» vositasi–o‘zini tasharidan ko‘rishga imkoniyat yaratib, shartli
ravishda o‘zini tushunishni rivojlantirish;
2. «Muqobil yo‘llar» vositasi–noto‘g‘ri axloq-odob me’yorlarini namoyon qilgan o‘smirga
to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatish;
3. «O‘rniga-o‘rin» vositasi–xarakterida, fe’l-atvoridagi bo‘shanglik, iroda va kuchli
psixologik quvvat kabilar bilan o‘rniga- o‘rin almashtirish, to‘ldirish taklif kilinadi;
4. Ijobiy ijtimoiy faoliyatni singdirish‖ vositasi–psixologning salbiy dunyoqarashini
o‘zgartirib, ijobiy fikrlashga ta’sir qilishi;
1216
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10
5. «Ma’naviy immunitet hosil qilish» usuli–namunaviy, ideal axloq-me’yorlariga ega
bo‘lishni maktabdan, hayotdagi misollardan keltirish, ba’zi insonlarning salbiy ta’siriga qarshi
immunitet hosil qilish;
6. «Ko‘rsatmalar, qoidalar» usuli–oilaviy psixologik terapiya vositasida oila a’zolarining
qilishi kerak bo‘lgan ishlari qonun-qoidasini belgilaydi. Ko‘rsatmalar turlicha bo‘lishi mumkin:
nimadir qilish, nimanidir qilmaslik. Bu qonun-qoidalar to‘g‘ri va qarama-qarshi ko‘rinishdagi
qonun-qoidalar;
7. «Ishontira olish» vositasi – ta’sir o‘tkazish sifatida harakatlanayotgan inson – psixolog
yoki pedagogning boshqa ta’sir etuvchi insonning xulqiga, o‘ziga bo‘lgan munosabatiga,
boshqalarga bo‘lgan munosabatiga, muammoni yaxshilikcha hal qilishga xizmat qiluvchi
axborot vositasi;
8. «Ijtimoiy me’yorlarning to‘g‘rilanishi» vositasi–insonning shaxsiy shakllangan
dunyoqarashlari, xususan, «o‘qishga, ishga», «o‘ziga» «boshqalarga» «kelishmovchiliklar»ga
bo‘lgan qarashlarini to‘g‘rilash.
Quyidagi ishlar tavsiya etiladi:
1. Deviant xulqli o‘smirlarning xulqini o‘zgartirish murakkab, ular ijobiy o‘zgartirishlarga
turlicha qarshilik bildirishadi. Shuning uchun, deviant xulqli o‘smirni qayta tarbiyalash uchun
ularda ijobiy tomonga o‘zgartirishni xoxlash tuyg‘usini uyg‘otish juda muhim;
2. Ijobiy o‘zgarishlarni istash hissini uyg‘otish, uni rivojlantirish uchun psixologik
maslahatlar, treninglar katta ahamiyatga ega.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri quyidagi savollar bilan o‘smirga murojaat qilish ham foydadan xoli
emas: «Xulqingizning yomon xislatlari nimada?», «Yomon xulqingizdan o‘zingiz ham aziyat
chekasizmi?», «Kimga qanday zarar etkazdingiz?», «O‘z xulqingizdagi qusurlardan o‘zingiz xalos
bo‘la olasizmi?», «Xulqingizni o‘zgartirish kerakmi?». Shuningdek, deviant xulqning ayanchli
oqibatlari haqida gapirish ham darkor. Deviant xulqli o‘smirni o‘z qilmishlarining yomon
oqibatlari haqida iqror bo‘lishga undash ham profilaktik ishlarning bir qismidir. Agar bunga o‘smir
rozi bo‘lmasa, deviant xulqning ayanchli oqibatlari ta’sirini atrofdagi odamlar misolida tahlil qilish
mumkin. Maslahat berayotgan psixolog o‘z mijozini gunoh, uyat, alam, og‘riq, dard, nafrat,
g‘azab, ojizlik, azoblanish tuyg‘ularda ochiq iqror bo‘lishga o‘rgatadi.
3. O‘smirning kelajakni deviant xulq bilan va usiz qarshi olish holatlarini tasvirlashga
chaqirish yaxshi natija beradigan psixologik vositadir. Masalan, psixolog mijozga uning
kelajakdagi hayotini tasvirlashda spirtli ichimliklarni ayanchli oqibatlarini ko‘rish va faraz qilishga
chorlashi kerak. Psixolog yoki psixoterapevt nafaqat fikrlashga, balki o‘z his-hayajonini ifoda
kilib, olishga ham o‘rgatadi.
1217
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10
O‘z kelajagini tasvirlash uchun kerakli iboralarni topa bilish foyda beradi. Agarda, o‘smir
o‘z deviant xulqisiz kelajagini tasvirlaganda, ijobiy his-tuyg‘uni namoyon qilsa, demak, shunday
xulqqa erishish chora-tadbirlari dasturini tuzish maqsadiga muvofiq bo‘ladi.
O‘zaro tushunishga erishilsa, kelishuv asosida psixoterapevtik muolajalarni olib borish
o‘smirda butun muolaja davrida maqsadga intilib turishni ta’minlaydi. Kelishuv og‘zaki yoki
yozma kontrakt usulida tuzilib, unda faoliyatning maqsadi, usuli, sharti, muddati, shuningdek
o‘zaro manfaatli nuqtalari belgilanadi.
4. Mijozning muammosini ishlab chiqish asosiy ustuvor vazifadir. Mijoz maslahat
beruvchi yordamida quyidagi savollarga javob berishga harakat qilishi kerak. «Uning yomon
xulq-atvorni namoyish qilishdan maqsadi nima?», «Bundan qanday qoniqish hosil qiladi?»,
«Deviant xulqdan ozod bo‘lib, u nimani yo‘qotadi?». Bu savollarga javob berishga o‘smir
qiynalishi mumkin. Agar o‘smir ochiq muloqotga, ichidagi his-tuyg‘ularni namoyish qilishga
qarshilik qilsa, o‘zini o‘rganishning boshqa usullardan foydalanish mumkin. Masalan, bu «men va
giyohvandlik», «giyohvand moddalarsiz hayot» mavzudagi rasmlar bo‘lishi mumkin.
5. Agar shaxs qat’iy turib muammolarni inkor etib, yaxshi tomonga o‘zgarishni istamasa,
faol bo‘lganlarga murojaat qilinadi. Uning oilasi va referent guruhi (unga ta’sir qiluvchi odamlar)
bunda hamkor bo‘lishlari kerak. Ko‘pchilik bo‘lib, unga ta’sir qilish o‘z samarasini beradi. Buning
uchun deviant xulqli o‘smirga qadrli bo‘lgan insonlar yig‘iladi. Yig‘ilganlar suhbatga alohida
tayyorgarlik ko‘rishadi. Bunda turli me’yordan chekinihlarni yaqqol namoyon qiluvchi hayotiy
misollar keltiriladi. Ularning fojiyaviy yakuni gapirib beriladi. O‘smir bilan ishlashdan avval unga
ta’sir etuvchi guruh repetitsiya o‘tkazib oladi. Bu jarayonni shunday tashkillashtirish lozimki,
barcha deviant xulqli o‘smirlar uchun obro‘ga ega guruh vakillari ta’sir kuchiga ega bo‘lgan
gaplarni ishlatib, o‘smirning o‘zini tanqid qilmagan holda, qayta tarbiyalasinlar.
Keyinchalik o‘smirga tuzalish imkoniyatini beruvchi istalgan vositani tanlash imkoniyatini
berish kerak.
6. Ba’zi hollarda, nechog‘liq og‘ir bo‘lsa ham o‘z holiga qo‘yish usuli ham natija berishi
mumkin. Usulning ma’nosi–o‘smirning xulqiga, xulq-atvor oqibatlariga o‘zini mas’ul va javobgar
qilish. Shuningdek, o‘smirga ta’sir qilishning barcha usullarini to‘xtatib, uni qo‘llashdan umuman
yuz o‘girish. Shu daqiqalardan boshlab, inson o‘zini-o‘zi eplay olishi kerak, yo‘qsa, achinarli
bo‘lsa ham oilasi undan voz kechishi ham mumkin. Bu usuldagi ishlarni olib borishda atrofdagilar
o‘smirga qattiqqo‘llik bilan qarashlari darkor. Uning gaplariga ishonchsizlik bildirib, yordam
bermay qo‘yishlari kerak. Agar u oila quchog‘ida yashab qolsa, uning talablarini faqat oila
tarbiyachilariga bo‘ysunsagina bajarish kerak. Masalan, u giyohvand moddalarini iste’mol
qilishini davom ettirsa, uni ma’lum muddatga pul va boshqa ehtiyojlarini qoniqtirishdan voz
kechishlarini bildirishlari kerak.
1218
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10
Ota-ona giyohvand o‘smirga hatto jazo tariqasida ovqat berishdan, boshpana berishdan voz
kechishi mumkin. Ba’zi hollarda o‘smir maxsus yordamga rozi bo‘ladi. Deviant xulqli o‘smirlar
bilan ishlashda ularni tuzatish, to‘g‘rilash davomida o‘smir xulqini kelib chiqishi sabablarini bilish
kerak. Mutaxassis–psixolog o‘z mijoziga kerakli bo‘lgan usul va vositalarini taklif qiladiki, bu
vositalar ijobiy o‘zgarishlarini olib kelsin. Albatta, o‘smir bilan psixolog amkorlikda faoliyat olib
borishi uchun oradagi munosabat halollikka, javobgarlikka, ma’suliyatlilikka, bir-birini qo‘llab-
quvvatlash, hurmat qilishga asoslangan bo‘lishi lozim.
REFERENCES
1.
Аварин В.А. Психология детей и подростков.СПб., 1998. С. 308-309
2.
Abduvaxobova D. Xulqi og‘ishgan bolalar psixologiyasi. Ma’ruzalar to’plami. Jizzax
Davlat Pedagogika Instituti. 2013. -145 b.
3.
Shagazatova, B. K., & Alisherovna, K. N. (2023). Changes in the Incretin Levels After
Gastric Bypass. Central Asian Journal of Medical and Natural Science, 4(2), 446-450.
4.
Raximova K., Abdullaeva A.. Tarbiyasi qiyin o’smirlar psixologiyasi. 0‘quv qo‘llanma.
2007 y.
5.
Komilova N.G‘. Xulqi og‘ishgan bolalar psixologiyasi. O’quv qo‘llanma. – T., 2008.
6.
Hakimova I.M. Deviant xulq-atvor psixologiyasi. O’quv qo’llanma,- T.,2014.-145
7.
Xudoyqulova G.B. Deviant xulq atvor psixologiyasi. Darslik.T.,2023.-B. 595.
8.
Shagazatova, B. X., Artikova, D. M., Ahmedova, F. S., Mitxaydarova, F. S., & Ahmedova
Sh, A. (2023). ENDOKRINOLOGIYA MUTAXASSISLIGI BO'YICHA KLINIK
REZIDENTLARNI O'QITISHDA «CASE»-USULI (Doctoral dissertation, Ўзбекистон,
Тошкент).
