Authors

  • Komiljon Aliqulov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.58741

Abstract

Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasida Mahalliy davlat hokimiyati organlari qaror qabul qilish jarayoni, qaror qabul qilishda E-qaror electron tizimining ahamiyati, shuningdek, uning afzalliklari yoritib berilgan.

background image

1222

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10

MAHALLIY DAVLAT HOKIMIYATI ORGANLARI QARORLAR QABUL QILISHDA

E-QAROR ELEKTRON TIZIMINING O‘RNI

Aliqulov Komiljon Urol o‘g‘li

O’zbekiston Respublikasi IIV Surxondaryo akademik litseyi huquq fani o’qituvchisi.

94-462-57-73

komilaliqulov93@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.14562641

Annotatsiya

. Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasida Mahalliy davlat hokimiyati

organlari qaror qabul qilish jarayoni, qaror qabul qilishda E-qaror electron tizimining ahamiyati,

shuningdek, uning afzalliklari yoritib berilgan.

Kalit so'zlar

: Mahalliy davlat hokimiyati, E-qaror elektron tizimi, ekspertiza, Tartibga

solish gilotinasi, mahalliy davlat hokimiyati qarorlari, “Elektron hukumat”.

THE ROLE OF THE E-DECISION ELECTRONIC SYSTEM IN DECISION-MAKING

BY LOCAL GOVERNMENT BODIES

Abstract.

This article discusses the decision-making process of local government bodies in

the Republic of Uzbekistan, the importance of the E-decision electronic system in decision-making,

as well as its advantages.

Keywords:

Local government, E-decision electronic system, expertise, Regulatory

guillotine, local government decisions, “Electronic government”.

МЕСТО ЭЛЕКТРОННОЙ СИСТЕМЫ «Е-РЕШЕНИЕ» В ПРИНЯТИИ РЕШЕНИЙ

ОРГАНАМИ МЕСТНОГО ГОСУДАРСТВЕННОГО УПРАВЛЕНИЯ

Аннотация.

В данной статье описан процесс принятия решений органами

местного самоуправления в Республике Узбекистан, значение электронной системы

принятия решений, а также ее преимущества.

Ключевые слова:

местный государственный орган, электронная система «Е-

решение», экспертиза, Регуляторная гильотина, решения местного государственного

органа, «Электронное правительство».

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Bugungi kunda jamiyat

hayotidagi mavjud muammolarni samarali yechish, keng ko‘lamli islohotlarni izchil davom

1

ettirish zarurati davlat boshqaruvi sohasida mutlaqo yangi tizim yaratishni taqozo etmoqda” degan

1

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning 2020-yil 29-dekabr kuni Oliy Majlisga murojaatnomasi.

https://president.uz/uz/lists/view/4057

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-martdagi PQ-5025-son “Tartibga solish ta'sirini baholash
tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida” qarori.

https://lex.uz/docs/5331912

;


background image

1223

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10

fikrlari asosida ijro hokimiyati organlarida samarali qarorlar qabul qilish tizimini tatbiq etish

borasida bir qancha vazifalar belgilangan edi:

1) Mahalliy davlat hokimiyati organlarida “Elektron hukumat” tizimini joriy etish orqali

boshqaruv qarorlarini qabul qilishning zamonaviy texnologiyalarini joriy etish;

2) Mahalliy davlat hokimiyati organlarida qaror qabul qilish jarayonini tizimlashtirish;

3) Mahalliy davlat hokimiyati organlarida boshqaruv qarorlari samaradorligini baholashda

jamoatchilik nazorati tizimini joriy etish.

Qaror qabul qilish jarayonini ta'minlash, ya'ni aynan, kerakli axborotni kerakli vaqtda va

kerakli joyga taqdim etish - raqamlashtirish tizimining asosiy vazifalaridan biridir. Shu bois ham

qaror mohiyati, uni qabul qilish jarayoni, qaror qabul qilishning barbod bo‘lishi tashkilotning

axborot tizimi faoliyatiga, u yerda qo‘llaniladigan texnologiyaga sezilarli ta'sir qiladi va hatto

axborot tizimining butun boshli sinfi qaror qabul qilish tizimini shakllantirish zaruriyatini keltirib

chiqaradi

2

.

Tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, rahbar intellektual ish uchun o‘z ish vaqtining 29%ni sarflar

ekan, qolgan qismidan esa (71%) samarasiz foydalanadi. Boshqaruv qarorini qabul qilish uchun

katta hajmdagi qayta ishlash natijasi bo‘lgan axborot zarur. O‘sib kelayotgan axborot oqimi tufayli

va murakkab boshqaruv mexanizmining elementi sifatida muassasa xodimining strategik

qarorlarni tayyorlash va qabul qilishga vaqti qolmaydi.

Bunda ish yuritishda innovatsiyalarni joriy etishning asosiy uch qoidasini taklif etilishi

mumkin. Topshiriqni kim, qachon, qayerda bajarishi, axborotlarni qanday qilib to'plash va

umumlashtirish masalalariga aniqlik kiritadi:

1.Topshiriqlarning ijrosi emas, natijasini ta'minlash lozim. Buning uchun jarayon alohida

ixtisoslashgan topshiriqlarga ajaratilmasdan, alohida shaxs yoki guruh tomonidan amalga

oshirilishini ta'minlash kerak.

2.Jarayonni takomillashtirish uning ijrochilari tomonidan amalga oshirilishi lozim.

Natijada topshiriq jarayonga va uning maqsadiga bevosita aloqador bo‘lgan xodimlar

tomonidan amalga oshiriladi.

3. Axborotni qayta ishlash natijalarini axborot to‘plangan jarayonga joriy etish kerak, ya'ni

axborot to‘plagan xodimlar uni o‘zi qayta ishlashi kerak.

Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilinadigan normativ-huquqiy

hujjatlar loyihalarini tayyorlashda hanuzgacha ko‘plab xatoliklarga yo‘l qoʼyilishi kuzatilmoqda.

Bu esa oʼz navbatida loyiha ishlab chiquvchilarning ortiqcha sarson boʼlishi, qoʼshimcha hujjat

aylanishiga va ortiqcha vaqt sarf qilinishiga sabab bo‘lmoqda.

2

Davlat

hokimiyati

organlarida

strategik

qarorlari

qabul

qilishda

axborot

tizimlarini-qo‘llash.

https://cyberleninka.ru/article/n/mahalliy.


background image

1224

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10

Mazkur muammolar qarorlarning qabul qilinish jarayoniga nisbatan sodda va qulay

yondashuvni taqozo etardi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-dekabrdagi PQ-

4551-son “Konstitutsiya va qonun ustuvorligini taminlash, bu borada jamoatchilik nazoratini

kuchaytirish hamda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-

tadbirlar to‘g‘risidagi qarori”da mahalliy davlat hokimiyati faoliyatining ochiqligini taminlash

bo‘yicha bir qancha vazifalar belgilandi. Unga ko‘ra:

hokimliklar faoliyatining ochiqligini taminlash maqsadida zamonaviy axborot

texnologiyalarini keng joriy etish;

mahalliy hokimliklar tomonidan fuqarolar va tadbirkorlik faoliyatiga taalluqli barcha

hujjatlarni tayyorlash, qabul qilish, ro‘yxatdan o‘tkazish, ularga takrorlanmaydigan maxsus raqam

berish va avtomatik tarzda elon qilishni nazarda tutuvchi avtomatlashtirilgan axborot tizimini

ishlab chiqish;

jismoniy va yuridik shaxslarga yer ajratish haqidagi hujjatlar qabul qilinganidan keyin bir

kun muddatda tegishli hokimliklarning rasmiy veb-saytlarida e’lon qilib borish tartibini joriy

qilish

3

.

Ushbu qarorning ijrosini taminlash va noqonuniy hujjatlar qabul qilinishining oldini olish,

hokimliklar faoliyati ochiq va oshkoraligini ta'minlash, sohaga zamonaviy axborot

kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2020-yil

14-aprelda 218-son “Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan qabul qilinadigan

qarorlarni ishlab chiqish, kelishish va ro‘yxatdan o‘tkazishning yagona elektron tizimini joriy etish

chora-tadbirlari to‘g’risida”gi qarori qabul qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 22.06.2021-yildagi “Mahalliy davlat

hokimiyati organlari faoliyatiga “E-qaror” elektron tizimini joriy etish chora-tadbirlari

toʻg’risida”gi 390-son qarorni qabul qildi.

Ushbu qaror asosida 2021-yil 1-iyuldan boshlab respublikaning barcha darajadagi

mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida “E-qaror” elektron tizimi joriy etildi. Ushbu qarorga

muvofiq 1-iyuldan boshlab quyidagi qoidalar o‘rnatildi:

• barcha mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari va farmoyishlari, shu jumladan,

xizmat doirasida foydalanish uchun moʻljallangan qarorlari va farmoyishlarini ishlab chiqish,

kelishish, qabul qilish, roʻyxatga olish va e’lon qilish “E-qaror” elektron tizimi orqali amalga

oshirilishi;

3

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Konstitutsiya va qonun ustuvorligini taminlash, bu borada jamoatchilik

nazoratini kuchaytirish hamda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar
to‘g‘risida”gi qarori //Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y., 07/19/4551/4162-son


background image

1225

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10

• “E-qaror” elektron tizimini chetlab oʻtgan holda mahalliy davlat hokimiyati organlarining

tegishli qarorlari va farmoyishlarini qabul qilishga yoʻl qoʻyilmaydi

4

. Bunday hujjatlar yuridik

kuchga ega emas hamda u qabul qilingan paytdan etiboran hech qanday huquqiy oqibatlarni

keltirib chiqarmasligi;

• mahalliy davlat hokimiyati organlari qarorlarining tartibga solish ta’sirini baholash “E-

qaror” elektron tizimidan foydalangan holda amalga oshirilishi.

Ushbu qarorda quyidagilar tasdiqlandi:

• Mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari va farmoyishlarini "E-qaror" elektron

tizimi orqali ishlab chiqish, kelishish, qabul qilish , roʻyxatga olish va e’lon qilish tartibi

toʻgʻrisidagi nizom;

• Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilinadigan normativ-huquqiy

hujjatlar loyihalarini "E-qaror" elektron tizimi orqali ishlab chiqish, kelishish, qabul qilish,

roʻyxatga olish va e’lon qilish tartibi;

• Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilinadigan normativ tusga ega

boʻlmagan qaror va farmoyishlar loyihalarini "E-qaror" elektron tizimi orqali ishlab chiqish,

kelishish, qabul qilish, roʻyxatga olish va e’lon qilish tartibi;

• "E-qaror" elektron tizimini barcha mahalliy davlat hokimiyati organlarida tatbiq etish

boʻyicha "yoʻl xaritasi"

5

.

Adliya vazirligiga Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

bilan birgalikda "E-qaror" elektron tizimini bosqichma-bosqich takomillashtirib borish vazifasi

topshirildi. Bunda "E-qaror" elektron tizimi orqali:

• qabul qilingan mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari va farmoyishlarini

manfaatdor tashkilotlar va ijrochilarga yetkazishni tashkil etish;

• normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini jamoatchilik muhokamasidan oʻtkazish uchun

regulation.gov.uz portaliga belgilangan tartibda joylashtirish;

qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni davlat hisobiga olish va ularni Oʻzbekiston

qonun hujjatlari malumotlari milliy bazasiga yuborish nazarda tutildi.

“E-qaror” elektron tizimi orqali shu kungacha umumiy qabul qilingan hujjatlar soni

597185 tani tashkil qilmoqda. Shundan hozir amalda bo’lib turganlari 584436 tani tashkil

qilmoqda. Ushbu hujjatlardan 7332 tasi normativ tusdagi qarorlar hisoblanadi. “E-qaror” elektron

tizimi ishga tushirilishi hokimliklar qarorini ishlab chiqish va tegishli tashkilotlar bilan kelishishga

ketadigan vaqt 2 barobarga qisqardi. Hokim qarorlariga “tartibga solish gilotinasi” qo‘llanildi.

4

Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.06.2021-y., 09/21/390/0588-son, 28.07.2021-y., 09/21/469/0718-son

5

Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.06.2021-y., 09/21/390/0588-son, 28.07.2021-y., 09/21/469/0718-son


background image

1226

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10

Natijada hokimliklarning 4343 ta umummajburiy bo‘lgan qarorlari bir vaqtda bekor bo‘ldi,

qarorlardagi takrorlanishlar va tafovutlar bartaraf etildi. Davlat hisobida turgan hokimliklarning

umummajburiy qarorlari 70% ga kamaydi

6

.

Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, Mahalliy davlat hokimiyati qarorlarini qabul

qilish uchun o‘rnatilgan “E–qaror” elektron tizimi o‘ziga xos qulayliklarni keltirib chiqardi.

Birinchidan, Qonuniylik va qonun ustuvorligi jihatidan:

–qabul qilingan hokim qarorlarini noqonuniy o‘zgartirib qo‘yish yoki qalbakilashtirish

imkoniyatiga barham berildi;

–hokim qarori loyihasini ishlab chiqishdan boshlab qabul qilishgacha bo‘lgan barcha

jarayonlar adliya organlari tomonidan monitoring qilib borilmoqda;

–tizimga barcha vazirlik va idoralardan turli ekspertizalardan o‘tkazilgan 100 ga yaqin

hokim qarorlarining namunalaridan foydalanish imkonini bermoqda.

Ikkinchidan, hokimlar faoliyatida shaffoflik kuchaytirildi:

–“E-qaror” elektron tizimi orqali qabul qilingan har bir qarorga e-qaror.gov.uz saytida

takrorlanmaydigan maxsus raqam berilmoqda va avtomatik tarzda eʼlon qilinmoqda;

– hokimlikning norma ijodkorligi jarayoni ustidan jamoatchilik nazoratini o‘rnatilmoqda.

Uchinchidan, sohaga axborot-kommunikatsiya texnologiyalari joriy etildi. Bu esa hokimlar

tomonidan qabul qilinadigan qarorlarni kelishish, ro‘yxatga olish va ularga takrorlanmaydigan

maxsus raqam berish jarayonlari elektron tarzda amalga oshirilishi mehnat unumdorligiga xizmat

qiladi.

Eng muhimi, “E-qaror” elektron tizimini respublikamizning barcha hokimliklarida joriy

etish orqali:

fuqarolarning jamoatchilik nazoratidagi o‘rni va roli oshmoqda;

fuqarolarning mahalliy norma ijodkorligi jarayonida faol ishtiroki taʼminlanmoqda;

hokimliklar faoliyati va ish yurituvi shaffoflashmoqda;

hokimliklar tomonidan fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklari poymol

bo‘lishi, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tizimida korrupsiya, boshqa huquqbuzarliklar

sodir etilishi uchun sharoit yaratadigan, shuningdek tadbirkorlar uchun asossiz xarajatlar qilishga

olib keluvchi ortiqcha maʼmuriy hamda boshqa cheklovlarni joriy etadigan qoidalar va normalar

o‘rnatilishining oldi olinmoqda.

6

https://www.minjust.uz/upload/iblock/2022year/february/11/Yil-sarhisobi-2021.pdf


background image

1227

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10

REFERENCES

1.

Mirziyoyev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini taʼminlash – yurt taraqqiyoti

va xalq farovonligining garovi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul

qilinganligining 24 yilligiga bagʼishlangan tantanali marosimdagi maʼruza. – T.:

O‘zbekiston, 2017. – 48 b.

2.

Mirziyoyev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qatʼiy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir

rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. – T.: O‘zbekiston, 2017. – 104 b.

3.

O‘zbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘gʼrisida”gi Qonuni (yangi

tahriri) // Qonunchilik malumotlari milliy bazasi, 20.04.2021-y., 03/21/682/0354-son;

Qonunchilik malumotlari milliy bazasi, 03.03.2022-y., 03/22/756/0180-son

4.

“O‘zbekiston Respublikasi mahalliy organlarini qayta tashkil etish to‘gʼrisida”gi

O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 4-yanvaridagi Konstitutsiyaviy qonuni.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Аxborotnomasi, 1992-yil, 3-son, 146-

modda.

5.

“Mahalliy davlat hokimiyati to‘gʼrisida»gi O‘zbekiston Respublikasining 1993- yil 2-

sentabr qonuni. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Аxborotnomasi, 1993-yil, 9-

son, 321- modda.

6.

Axmedshayeva M.A. Hozirgi zamon davlati va asosiy huquqi nazariyasi muammolari. –

Toshkent: TDYUI, 2008. − 329 b.

7.

Axmedshayeva M.A. Davlat hokimiyati tizimida ijro hokimiyati / Mas’ul muharrir:

yu.f.d. prof. Z.M.Islomov. – Toshkent: TDYUI, 2013. – 114 b.

8.

http:// www.press-service.uz

9.

http:// www.lex.uz

10.

http://www.huquqburch.uz

11.

www.insonvaqonun.uz

References

Mirziyoyev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini taʼminlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 24 yilligiga bagʼishlangan tantanali marosimdagi maʼruza. – T.: O‘zbekiston, 2017. – 48 b.

Mirziyoyev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qatʼiy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. – T.: O‘zbekiston, 2017. – 104 b.

O‘zbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘gʼrisida”gi Qonuni (yangi tahriri) // Qonunchilik malumotlari milliy bazasi, 20.04.2021-y., 03/21/682/0354-son; Qonunchilik malumotlari milliy bazasi, 03.03.2022-y., 03/22/756/0180-son

“O‘zbekiston Respublikasi mahalliy organlarini qayta tashkil etish to‘gʼrisida”gi O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 4-yanvaridagi Konstitutsiyaviy qonuni. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Аxborotnomasi, 1992-yil, 3-son, 146- modda.

“Mahalliy davlat hokimiyati to‘gʼrisida»gi O‘zbekiston Respublikasining 1993- yil 2-sentabr qonuni. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Аxborotnomasi, 1993-yil, 9-son, 321- modda.

Axmedshayeva M.A. Hozirgi zamon davlati va asosiy huquqi nazariyasi muammolari. –Toshkent: TDYUI, 2008. − 329 b.

Axmedshayeva M.A. Davlat hokimiyati tizimida ijro hokimiyati / Mas’ul muharrir: yu.f.d. prof. Z.M.Islomov. – Toshkent: TDYUI, 2013. – 114 b.

http:// www.press-service.uz

http:// www.lex.uz

www.insonvaqonun.uz