Authors

  • Gulzoroy Ma’murbekova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.58783

Keywords:

statodinamik kuch texnik – taktik harakatlar jismoniy sifati trenirovka musobaqa faoliyati muvaffaqiyatli urinish.

Abstract

Malakali sambchilarni istiqbolli tayyorlash tizimini takomillashtirish, ularni xalqaro maydonlarga olib chiqish, halqimiz orasida sambo sportini ommaviylashtirish hamda yosh bolalarni ushbu sport turiga boʻlgan qiziqishlarini yanada oshirish dolzarb masalardan biridir. Shu boisdan olib borilgan tadqiqotda malakali sambochi qizlarni jismoniy va funksional tayyorgarligi inobatga olgan holda tezkor-kuch qobiliyatini takomillashtirishga yordam beradigan samarali kombinatsion harakatlar usulini mashg’ulotlar rejasiga kiritishga alohida e’tibor qararatilgan.

background image

1387

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10

YUQORI MALAKALI SAMBOCHI QIZLARNI FUNKSIYANAL XOLATIGA TEZKOR

KUCHNING TA’SRI

Ma’murbekova Gulzoroy A’zamjon qizi

Mustaqil izlanuvchi.

Oriental universiteti o‘qituvchisi.

O‘zbekiston, Toshkent shahar.

gulzoroymamurbekova@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.14580220

Annotatsiya. Malakali sambchilarni istiqbolli tayyorlash tizimini takomillashtirish, ularni

xalqaro maydonlarga olib chiqish, halqimiz orasida sambo sportini ommaviylashtirish hamda

yosh bolalarni ushbu sport turiga boʻlgan qiziqishlarini yanada oshirish dolzarb masalardan

biridir. Shu boisdan olib borilgan tadqiqotda malakali sambochi qizlarni jismoniy va funksional

tayyorgarligi inobatga olgan holda tezkor-kuch qobiliyatini takomillashtirishga yordam

beradigan samarali kombinatsion harakatlar usulini mashg’ulotlar rejasiga kiritishga alohida

e’tibor qararatilgan.

Kalit so‘zlar: statodinamik kuch, texnik – taktik harakatlar, jismoniy sifati, trenirovka,

musobaqa faoliyati, muvaffaqiyatli urinish.

THE IMPACT OF EXPLOSIVE STRENGTH ON THE FUNCTIONAL STATE OF

HIGHLY QUALIFIED FEMALE SAMBO ATHLETES

Abstract. Improving the prospective training system of qualified sambo girls, taking them

to international arenas, popularizing the sport of sambo among our people, and further increasing

the interest of young children in this sport is one of the urgent issues. For this reason, in the

research conducted, special attention was paid to the introduction of effective combined

movements into the training plan of qualified sambo girls, taking into account their physical and

functional fitness.

Keywords: statodynamic force, technical and tactical actions, quality of dexterity, training,

competitive activity, successful attempt.

ВЛИЯНИЕ ВЗРЫВНОЙ СИЛЫ НА ФУНКЦИОНАЛЬНОЕ СОСТОЯНИЕ

ВЫСОКОКВАЛИФИЦИРОВАННЫХ САМБИСТОК"

Аннотация.

Совершенствование

системы

перспективной

подготовки

квалифицированных самбистов, вывод их на международные арены, популяризация самбо

среди нашего народа, повышение интереса детей раннего возраста к этому виду спорта

является одной из актуальных задач. По этой причине в проведенном исследовании особое

внимание было уделено внедрению эффективных комбинированных движений в план

подготовки квалифицированных самбисток с учетом их физической и функциональной


background image

1388

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10

подготовленности.

Ключевые слова: статодинамическая сила, технико – тактические действия,

качество ловкости, тренировка, соревновательная деятельность, успешная попытка.

Dolzarbligi.

Sambo bo’yicha o‘tkazilayotgan nufuzli musobaqalarni kuzatish shuni

ma’lum qiladiki, kurashchi o‘z raqibiga xujum qilish, u yoki bu yoniga uni tashlash vaqtida tezkor

kuch sifatlari rivojlanmaganligi tufayli, shu raqibning qarshi xujumiga duchor bo‘ladi. Demak,

extimol qilish mumkinki, bunday kurashchida xujum qilayotgan paytda tezkor kuch sifatlari

mukammal shakillanmagan. Kurashchi yuksak jismoniy va texnik-taktik tayyorgarlikka ega

bo’lsada, ammo unda kurash stoykasi xolatidan (usullarni qo’llash) o‘tish vaqtida tezkor kuch

sifatlari pand bersa, maxorat darajasida rivojlangan texnik usul ijrosi barbod bo‘lishi mumkin.

Ushbu muammo doirasida o‘tkazilgan bir qator tadqiqotlar qayd etilgan fikrni

tasdiqlaydi.(Исроилов Ш.Х., Пулатов Ф.А., 2014; Казилов М.М., 1970; Пулатов А.А., 2017).

Hozirgi vaqtda sambo tezkorlik bilan rivojalnayotgan sport turlaridan bo‘lib, mashhur va

intensiv rivojlanayotgan jang san’ati hisoblanadi. Sambo texnik maydoni asosini dunyoning

ko‘plab xalqlarining jang san’ati va milliy kurashning turli turlaridan tanlangan himoya va

hujumning eng samarali usullari majmuasini tashkil etadi. Sambo maydonidagi texnikalar soni

ushbu turdagi jang san’atining rivojlanishi bilan doimiy ravishda ortib bordi.

Sambo sport turida tezkor-kuch qobiliyatini rivojlantirishning bir qator usullari mavjud.

So‘nggi yillarda kurash sportchilarini tayyorlashda bir-biriga biriktirilgan (kombinatsion) samarali

harakatlar deb ataluvchi usul - kombinatsion tayyorgarlik usuli keng tarqaldi. Uning mohiyati

shundan iboratki, ma’lum bir mashg‘ulotda, ma’lum vaqt oralig‘ida umumiy va maxsus jismoniy

tayyorgarlik vositalari izchil qo‘llaniladi. Shu bilan birga, umumiy jismoniy tayyorgarlik

vositalarining birgalikdagi ta’siri, bir tomondan, sportchining maxsus qobiliyatlarini rivojlantirish

jarayoniga yanada samarali ta’sir ko‘rsatishga, ikkinchi tomondan, maxsus faoliyatdan keyin

yanada samarali tiklanishga erishishga imkon beradi.

Yurtimizdagi xalqda sog‘lom muhit tarzini yo‘lga qo‘yish, aholining, ayniqsa ulg‘ayib

o‘sib kelayotgan yoshlarni jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shug‘ullanishi

uchun zamon talablariga mos muhitni yaratish, sport musobaqalari natijasida kelajak avlodni o‘z

irodasi, xulqini va imkoniyatlariga bo‘lgan ishonchni irodasini shakillantishish, jasurlik va vatanga

bo‘lgan muhbbat hamda sadoqat tuyg‘ularini kamol toptirish, shuningdek, yoshlar orasidan eng

zor iqtidor egasi bo‘lgan sportchilarni tanlab olish ishlarini tizimli yo‘lga qo‘yish hamda jismoniy

tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish, ommalashtirish yo‘naltirilgan keng ko‘lamli

ishlar amalga oshirilmoqda.

Tadqiqotning maqsadi.

Yuqori malakali sambochi kurashchilarda tezkor kuch sifatlari


background image

1389

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10

ta’sirida xujum qilish imkoniyatini o‘rganishga bag‘ishlangan.

Tadqiqot natijalari va muxokamasi.

Tadqiqotga O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va

sport universitetining 20 nafar yuqori malakali sambochi kurashchilari jalb qilindi. Shu jumladan

4 nafar xalqaro toifadagi sport ustasi, 5 ta sport ustasi, 7 ta sport ustaligiga nomzod, 4 ta 1-

razryadli sportchilar ishtirok etdi.Tezkor kuch sifatlarini rivojlantirishga quyidagi funksional

testlarni o‘z ichiga kiritdik.

1.

Ko‘prik xolatidan bosh qo‘yilmagan xolatda oshib o‘tishlar 10 sek. davomida.

2.

Turgan joyida o‘ng va chap tomonlarga yeqilishlar 10 sek. davomida.

Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, deyarli barcha kurashchilarda xujum xarakatlari

(aylanmaxarakat) tasirida tezkor kuch sifatlari o‘ta zaif rivojlangan ekan (jadval).

Chunonchi, tadqiqotlar bo‘yicha olingan birinchi test natijasining ko‘rsatkichlari 11,1% ni

tashkil etgan. Tadqiqotda ishtirok etgan barcha kurashchilar yuqori razryadli sportchi bo’lishsada,

ularning xujum qilish xolatida tezkor kuch sifatlarini rivojlanganlik qobiliyati turlicha bo‘lgan.

Ikkinchi testimiz yordamida olingan natijalar14.3% ni tashkil etdi.

1-Jadval

Yuqori malakali sambochilardan funksional testlar yordamida olingan

natijalar.

Funsional testlar

Tajribadan

oldin.

Tajribadan

keyin

O‘sish

1-test. Ko‘prik xolatidan bosh qo‘yilmagan

xolatda oshib o‘tishlar 10 sek. Davomida

(marta).

11,1%

12.7%

1.1%

2-test. Turgan joyida o‘ng va chap

tomonlarga yeqilishlar 10 sek. Davomida

(marta).

14.3%

16.1%

1.8%

2-javal

Yuqori malakali sambochlarda tezkor kuch sifatlarini rivojlanganlik arajasi.

Tashlashlar

Tajribadan

oldin

Tajribadan

keyin

O’sish

Beldan oshrib tashlash (marta)

6.4%

7.8%

1.4%

Yelkadan oshrib tashlash (marta)

5.9%

6.6%

0.7%


background image

1390

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10

Xulosa.

Tezkor kuch sifatlari past rivojlanganligi mashg‘ulotlarda bunday testlar nisbatan

kam qo‘llanganligiga bog‘liq bo‘lishi mumkin.Bunday fikrni birinchi test, yani ko‘prik xolatidan

bosh qo‘yilmagan xolatda oshib o‘tishlar yaqqol tasdiqlaydi.

REFERENCES

1.

Исроилов Ш.Х., Пулатов Ф.А. Возможности симметричного развития право- и

левосторонних двигательных функций у детей 7-10 лет в ходе эксперимента. Ж.

«Известия» Тульского государственного университета. Физ-ра: Тула, 2014, С.21-29

2.

Казилов М.М. Пути оптимизации технико-тактических действий борца в связи с

меняющейся устойчивостью позы противника. Автореф.дисс. … канд.пед.наук. –

М., 1970. – 16 с.Пулатов А.А. Явление укачивания при занятиях волейболом и его

влияние на результативность подач. / В сб. статьей международного

конкурса«Лучшая научная статья - 2017». «Наука и Просвещение». Пенза, Россия,

С.215-218.

3.

F.A.Kerimov. Sport kurashi nazariyasi va usuliyoti. Toshkent 2001.

4.

Muidinov M.R, Technical Training In Belbogli Kurash Wrestling Through Coordination

Exercises Development. Mental Enlightenment Scientific – Methodological Journal, 2024

vol (05), 106-115.

5.

Ma’murbekova Gulzoroy Azamjonovna, Improving the speed and agility of national

wrestlers

,

the multidisciplinary journal of science and technology 2024 volume-4, issue-

12, 34-37.

6.

Tug‘anboyeva Zamiraxon Shuxratbek qizi, Talaba kurashchi qizlarning kuch

chidamkorligini

umummaxsus

mashqlar

“Ilm

sarchashmalari”

116-118.

References

Исроилов Ш.Х., Пулатов Ф.А. Возможности симметричного развития право- и левосторонних двигательных функций у детей 7-10 лет в ходе эксперимента. Ж. «Известия» Тульского государственного университета. Физ-ра: Тула, 2014, С.21-29

Казилов М.М. Пути оптимизации технико-тактических действий борца в связи с меняющейся устойчивостью позы противника. Автореф.дисс. … канд.пед.наук. – М., 1970. – 16 с.Пулатов А.А. Явление укачивания при занятиях волейболом и его влияние на результативность подач. / В сб. статьей международного конкурса«Лучшая научная статья - 2017». «Наука и Просвещение». Пенза, Россия, С.215-218.

F.A.Kerimov. Sport kurashi nazariyasi va usuliyoti. Toshkent 2001.

Muidinov M.R, Technical Training In Belbogli Kurash Wrestling Through Coordination Exercises Development. Mental Enlightenment Scientific – Methodological Journal, 2024 vol (05), 106-115.

Ma’murbekova Gulzoroy Azamjonovna, Improving the speed and agility of national wrestlers , the multidisciplinary journal of science and technology 2024 volume-4, issue-12, 34-37.

Tug‘anboyeva Zamiraxon Shuxratbek qizi, Talaba kurashchi qizlarning kuch chidamkorligini umummaxsus mashqlar “Ilm sarchashmalari” 116-118.