Authors

  • Shuhrat Toyirov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.58791

Keywords:

Yangi O‘zbekiston – yangi jamiyat fuqarolik jamiyati jamoatchilik nazorati samarali tashabbus jamoatchilik institutlari “Ommaviy axborot vositalari adolat tuyg‘usi madaniyat ma’naviyat mafkura yangicha dunyoqarash huquqiy psixologiya huquqiy tarbiya yuksak huquqiy ong ijtimoiy fikr.

Abstract

Ushbu maqolada yangi O‘zbekiston jamiyatida huquqiy ong va huquqiy madaniyatni rivojlantirishdagi muammolarga bag‘ishlangan. Maqolada jamiyatdagi huquqiy ongning bugungi holati o‘rganilib, qayd etilgan muammoni hal etish yo‘llari taklif etilgan. Mamlakatda barcha davlat organlari, fuqarolik jamiyati institutlari hamda mansabdor shaxslar tomonidan fuqarolarning huquqiy ong va huquqiy madaniyatni rivojlantirish maqsadida olib boriladigan huquqiy targ‘ibot faoliyatini yanada kengroq olib borish zarurligi nazarda tutilgan. Huquqiy targ‘ibotni amalga oshirishda ommaviy axborot vositalari rolini oshirish masalalari ifodalangan.

background image

1418

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10

YANGI O‘ZBEKISTON JAMIYATIDA HUQUQIY ONG VA HUQUQIY MADANIYAT

RIVOJLANISH TENDENSIYALARI

Toyirov Shuhrat

Buxoro viloyati adliya boshqarmasi bo‘lim boshligʻi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.14589260

Annotatsiya. Ushbu maqolada yangi O‘zbekiston jamiyatida huquqiy ong va huquqiy

madaniyatni rivojlantirishdagi muammolarga bag‘ishlangan. Maqolada jamiyatdagi huquqiy

ongning bugungi holati o‘rganilib, qayd etilgan muammoni hal etish yo‘llari taklif etilgan.

Mamlakatda barcha davlat organlari, fuqarolik jamiyati institutlari hamda mansabdor

shaxslar tomonidan

fuqarolarning

huquqiy

ong

va huquqiy madaniyatni rivojlantirish

maqsadida olib boriladigan huquqiy targ‘ibot faoliyatini yanada kengroq olib borish zarurligi

nazarda tutilgan. Huquqiy targ‘ibotni amalga oshirishda ommaviy axborot vositalari

rolini oshirish masalalari ifodalangan.

Kalit

so‘zlar: Yangi O‘zbekiston – yangi jamiyat, fuqarolik jamiyati, jamoatchilik

nazorati, samarali tashabbus, jamoatchilik institutlari, “Ommaviy axborot vositalari, adolat

tuyg‘usi, madaniyat, ma’naviyat, mafkura, yangicha dunyoqarash, huquqiy psixologiya, huquqiy

tarbiya, yuksak huquqiy ong, ijtimoiy fikr.

TRENDS IN THE DEVELOPMENT OF LEGAL AWARENESS AND LEGAL

CULTURE IN THE SOCIETY OF THE NEW UZBEKISTAN

Abstract. This article is devoted to the problems of developing legal awareness and legal

culture in the society of the new Uzbekistan. The article studies the current state of legal awareness

in society and proposes ways to solve the problem. It is envisaged that all state bodies, civil society

institutions and officials in the country should carry out legal awareness and legal culture

activities more widely in order to develop citizens' legal awareness and legal culture. The issues

of increasing the role of the media in implementing legal awareness are expressed.

Keywords: New Uzbekistan - a new society, civil society, public control, effective initiative,

public institutions, "Mass media, sense of justice, culture, spirituality, ideology, new worldview,

legal psychology, legal education, high legal awareness, social thought.

ПРАВОСОЗНАНИЕ И ПРАВОВАЯ КУЛЬТУРА В НОВОМ УЗБЕКСКОМ

ОБЩЕСТВЕ ТЕНДЕНЦИИ РАЗВИТИЯ

Аннотация. Данная статья посвящена проблемам развития правосознания и

правовой культуры в новом узбекском обществе. В статье рассматривается современное

состояние правосознания в обществе и предлагаются пути решения отмеченной

проблемы. Предусматривается, что все государственные органы, институты

гражданского общества и должностные лица страны должны проводить более широкую


background image

1419

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10

правопропагандистскую деятельность с целью развития правосознания и правовой

культуры граждан. Высказаны вопросы повышения роли средств массовой информации в

осуществлении легальной пропаганды.

Ключевые слова: Новый Узбекистан – новое общество, гражданское общество,

общественный контроль, эффективная инициатива, государственные институты,

средства массовой информации, правосознание, культура, духовность, идеология, новое

мировоззрение, юридическая психология, юридическое образование, высокое правосознание,

общественная мысль.

Hozirgi kunda, chinakkam huquqiy demokratik davlat qurish hamda fuqarolik jamiyatini

shakllantirishda,

eng

ustuvor vazifa sifatida jamiyatimizda huquqiy ong va huquqiy

madaniyatni yuksaltirib borish, qonun ustuvorligini ta’minlash eng muhim siyosiy masala bo‘lib

qolmoqda. Huquqiy davlatning eng muhim belgisi, shuningdek, uning shakllanishining

ko‘rsatkichi jamiyatning, fuqarolarning, huquqiy madaniyati darajasiga bog‘liq bo‘lib, ijtimoiy-

huquqiy faoliyatni nazarda tutuvchi demokratik institutlarning rivojlanishi bilan belgilanadi.

Ayni paytda aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini shakllantirishning samarali

tizimini yaratish nihoyatda muhim. Yangi O‘zbekiston jamiyatida ham bu borada qator

muammolar mavjud bo‘lib, mazkur huquqiy muammolarni quyidagicha ifodalashimiz mumkin:

- jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatning pastligi;

- huquqiy tartibsizlik holatlarining ortib borishi;

- huquqiy nigilizm va infantilizm;

- hayotning barcha jabhalarida hukm surayotgan huquqiy madaniyatning etishmasligi,

odamlarning kundalik munosabatlari sohasidan (fuqarolar davlatning huquqiy tizimi, amaldagi

qonun hujjatlari to‘g‘risida zarur bilimga ega bo‘lmasa,o‘z huquq va majburiyatlarini amalga

oshira olmasa, o‘z manfaatlarini himoya qila olmasa);

- ommaviy axborot vositalari faoliyati yetarli darajada emasligi, xususan surishtiruv

jurnalistikasi rivojlanmaganligi;

- aholini, xususan, yosh avlodni huquqiy tarbiyalash va tarbiyalash tizimining izchil

emasligi;

- ommaviy axborot vositalari faoliyatining samaradorligi yetishmasligi.

Bu kabi muammolar yangi O‘zbekistonda olib borilayotgan siyosatning maqsad va

vazifalarini chuqur anglab yetish hamda uni real hayotda to‘g‘ri tadbiq etish yo‘lida asosiy

to‘siq yaratadi. Darhaqiqat, bu kabi muammolar nafaqat mamlakatimizda, balki xalqaro

miqyosda kuzatish mumkin. Misol tariqasida “Zamonaviy rus jamiyatida huquqiy ong inqirozi

mavjudligi, shuningdek, Rossiya 21-asrga samarasiz huquqiy tizim, rivojlanmagan huquqiy


background image

1420

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10

madaniyat va yuqori darajadagi jinoyatlar bilan kirib kelmoqda” degan fikr taniqli rus mutafakkiri

va

huquqshunosi P.I.Novgorodtsev tomonidan keltirib o‘tilgan. Unga ko‘ra olingan so‘rov

ma’lumotlarini tahlil qilinib, ushbu tahlil markazi quyidagi xulosalarga

kelgan. Hozirgi vaqtda

ruslarning katta qismi konstitutsiya Rossiya Federatsiyasining asosiy qonuni sifatidagi roliga

ahamiyat bermasligi, va afsuski,

so‘ralgan har o‘ninchi fuqaro Rossiya Federatsiyasi

Konstitutsiyasining mazmunini yaxshi tushunishini aytdi. Fuqarolarning atigi beshdan bir qismi

konstitutsiya mamlakat ehtiyojlariga toʻliq javob beradi, deb hisoblaydi va qariyb yarmi

Asosiy qonun mamlakatdagi ishlar holatiga mos keladimi yoki yoʻqligi haqida hatto tasavvurga

ham ega emas

1

.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, Rossiya Federatsiyasi fuqarolarini, shujumladan davlat

organlari, ommaviy axborot vositalari va jamoat birlashmalarini huquqiy ta’lim va tarbiyalashning

izchil, o‘zaro bog‘liq tizimini yaratish uchun mamlakatda huquqiy madaniyatni rivojlantirish

bo‘yicha federalda sturni ishlab chiqish, uning tarkibida huquqiy ta’lim bo‘yicha aniq kengash

tuzish (tarkibiga huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari, madaniyat arboblari, kino,

televideniye, ilmiy va ta’lim huquqiy muassasalar vakillari va boshqalar kirishi lozim), shu bilan

birga mazkur organ aholining huquqiy ma’rifat darajasini o‘rganishi, huquqiy bilimlarni tarqatish

bo‘yicha ishlarning shakl va usullarini umumlashtirishi zarur. huquqiy ta’limni tashkil etish,

huquqiy materiallar va ularni taqdim etish shakllarini tahlil qilish, targ‘ibot ishlarining eng dolzarb

yo‘nalishlarini belgilash, tavsiyalar va yo‘riqnomalar ishlab chiqishi belgilab o‘tilgan.

Biz esa yangi O‘zbekiston va yangi jamiyatimizda olib borilayotgan islohotlar samarali

bo‘lishi uchun bu kabi muammolarni yuzaga kelishini oldini olishga qaratilgan qat’iy chora-

tadbirlar kompleksini ishlab chiqish va uni samarali amalga

oshirmog‘imiz lozim. Mazkur

faoliyatni amalga oshirishda nafaqat davlat boshqaruv organlari va yuqori turuvchi tashkilotlar

balki barcha davlat idoralari hamda fuqarolik jamiyati institutlari tomonidan faol, tashabbuskor

hamda oqilona faoliyat olib borilishi nazarda tutiladi.

Bugungi kungacha aholini huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan

qator chora-tadbirlar amalga oshirib kelinayotganligi hamda bu islohotlar anchagina samarali natija

berayotganligini ham ko‘rishimiz mumkin.

Bu borada, davlatimiz rahbarining 2019-yilgi PF-5618-sonli “Jamiyatda huquqiy ong va

huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini

tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmoni

2

mazkur sohaga qaratilgan alohida e’tibor bo‘ldi. Unga ko‘ra, quyidagilar asosiy vazifa etib

belgilangan edi:

1

Yuriy Levada tahliliy markazi (Levada markazi) fuqarolarning “Konstitutsiya haqida ruslar” savoli (06/05/2015).

2

Qarang. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-yanvardagi “Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy

madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF-5618-son Farmoni. Qonunchilik
ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 06/21/26/1111-son; 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son.


background image

1421

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10

- O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligini jamiyatda huquqiy ong va huquqiy

madaniyatni yuksaltirish sohasidagi muvofiqlashtiruvchi organ etib belgilash;

-

davlat organlari va tashkilotlarining huquqiy axborotdan keng ko‘lamda foydalanishini

ta’minlash, ularning ushbu sohada fuqarolik jamiyati institutlari va ommaviy axborot

vositalari bilan samarali hamkorlik qilish bo‘yicha muvofiqlashtirilgan faoliyatni tshkil etish;

-

ommaviy axborot vositalarining huquqiy axborot bilan ta’minlashdagi rolini oshirish,

huquqiy targ‘ibotning innovatsion usullaridan foydalanib, veb-texnologiyalarni qo‘llashni

kengaytirish;

- jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish konsepsiyasini samarali

amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni tasdiqlash belgilanib, konsepsiyada “Jamiyatda

qonunlarga hurmat ruhini qaror toptirish – demokratik huquqiy davlat qurishning garovidir!,

“Shaxsiy manfaatlar hamda jamiyat manfaatlari o‘rtasidagi muvozanatni saqlsh”, “Yuksak

huquqiy madaniyat –mamlakat taraqqiyoti kafolati” degan g‘oyalar singdirish hamda “Shaxs – oila

–mahalla – ta’lim muassasasi – tashkilot – jamiyat” prinsipini tizimli va uzviy tashkil etish nazarda

tutildi. Islohotning mantiqiy davomi sifatida 2020-yil “Ta’lim to‘g‘risida”gi O’RQ-637-sonli

Qonun hamda 2020-yil PF-5987-sonli “O‘zbekiston Respublikasida yuridik ta’lim va fanni tubdan

takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha

chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmon

3

natijasida

ta’limning barcha shakllari joriy etilib, keng yuridik jamoatchilik ishtirokida yuridik kadrlar

tayyorlash sifatini oshirish, shuningdek, huquqiy targ‘ibotni samarali amalga oshirish va oliy ta’lim

amalga oshirish boshlandi. Biz qurmoqchi bo‘lgan yangi O‘zbekiston jamiyatida huquqiy ong

va huquqiy madaniyatni oshirishda davlat organlari, ayniqsa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar,

sud, prokuratura, ichki ishlar idoralari, adliya organlarigina emas, balki barcha fuqarolik jamiyati

institutlari, mansabdor shaxslar

hamda keng jamoatchilik ishtirokida yangicha chora-tadbirlar

amalga oshirilib, ularni ommaviy axborot vositalari yordamida keng targ‘ib qilish lozim. Amalda

esa fuqarolik jamiyati institutlari va ommaviy axborot vositalari faoliyati hamkorligi va samarali

faoliyati borasida qator muammolar borligini kuzatishimiz mumkin, ammo huquqiy targ‘ibot

borasidagi amalga oshirilayotgan ayrim tashabbuskor yetarlicha samara bermoqda.

Xulosa o‘rnida shuni aytish joizki, fuqarolarga (ayniqsa, aholining kam ta’minlangan

qatlamlariga) ijtimoiy masalalar va fuqarolik qonunchiligi bo‘yicha yuridik yordam ko‘rsatish

bo‘yicha ommaviy yuridik maslahatlar tarmog‘ini tashkil etish galdagi vazifamizdir. O‘zbekiston

Respublikasi Adliya vazirligi tizimidagi TDYU (Toshkent Davlat Yuridik Universiteti) hamda

yuridik texnikumlar tarkibida aholiga huquqiy yordam ko‘rsatadigan “Yuridik klinika” bo‘limlari

3

Qarang. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-apreldagi “Ozbekiston Respublikasida yuridik ta’lim

va fanni tubdan takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5987-son Farmoni.
Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2021 y., 07/21/61/1195-son; 04.07.2023 y., 06/23/107/0441-son.


background image

1422

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10

faoliyati tashkil etilgan bo‘lib, ular faoliyatini yanada takomillashtirish hamda bu jarayon haqida

ommaviy axborot vositalarida kengroq yoritish maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Misol uchun Adliya

vazirligi yangi jamiyatimizda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni rivojlantirish faoliyatini

muvofiqlashtiruvchi organ sifatida mazkur vazirlik matbuot xizmatining televideniya orqali

doimiy huquqiy axborot beradigan kanalini tashkil etish to‘g‘ri bo‘lardi. Shuningdek, yurtimizda

surishtiruv jurnalistikasini yanada rivojlantirish hamda taqdim etilayotgan huquqy axborotni juda

yuqori sifatda (yangi rivojlanish g‘oyalarimiz yordamida) tayyorlash albatta o‘z natijasini beradi.

Vaholanki, ommaviy axborot vositalarini chinakkamiga “to‘rtinchi hokimiyat” sifatidagi

roli juda muhimdir. Ommaviy axborot vositalarining eng keng tarqalgan turlari orqali

mamlakatimizda olib borilyotgan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va boshqa sohalarida olib borilayotgan

islohotlar yanada kengroq yoritib borish har qachongidan ham muhim hisoblanadi. Zero bu – davr

talabi. Mamlakatimizda nafaqat davlat boshqaruvi organlari, balki fuqarolik jamiyati institutlari

(nodavlat notijorat tashkilotlari, jamoat tashkilotlari, assotsiatsiyalar,

uyushmalar, markazlar,

milliy-madaniy markazlar, klublar, jamg‘armalar) ham huquqiy ong va huquqiy madaniyatni

yuksaltirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni samarali olib borsa bu faoliyat rivojiga

erishish mumkin. “2021-2025-yillarda Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasini

tasdiqlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-6181-son Farmoni asosida

nodavlat notijorat tashkilotlariga hamda fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat

fondlariga 2021-yilda 16 milliard so‘m, 2025-yilda 70 milliard so‘m mablag‘ ajratish nazarda

tutilgan. Ammo hozirgi kungacha real ijtimoiy hayotda fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatda

rajasi juda pastligicha qolmoqda. Vaholanki, “Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida”gi

Qonunga muvofiq, Nodavlat notijorat tashkilotlari jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari va

qonuniy manfaatlarini, boshqa demokratik qadriyatlarni himoya qilish, ijtimoiy, madaniy va

ma’rifiy maqsadlarga erishish, nomoddiy ehtiyojlarni qondirish hamda boshqa ijtimoiy foydali

maqsadlarda tuziladi. Biz “… boshqa ijtimoiy foydali maqsad” deganda albatta huquqiy ong va

huquqiy madaniyatni rivojlantirish masalasini nazarda tutishimiz mumkin. Mazkur institutlarning

professional aoliyat olib borishiga erishish qurmoqchi bo‘lgan yangi jamiyatimizning asosiy

kuchiga aylanadi. Ya’ni huquqiy targ‘ibotning puxta o‘ylangan va samarali tizimigina jamiyatning

huquqiy madaniyatini yuksaltirishga qodir bo‘ladi, fuqarolarning huquqiy ongini yuksaltirishga

yordam beradi.

REFERENCES

1.

O‘zbekiston Respublikasining 1991-yil 15-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida jamoat

birlashmalari to‘g‘risida”gi 223-XII-son Qonuni.

2.

O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 14-apreldagi “Nodavlat notijorat tashkilotlari


background image

1423

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10

to‘g‘risida”gi 763-I-son Qonuni. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi,07.02.2024-y.,

03/24/905/0106-son.

3.

O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 23-sentabrdagi “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘RQ-637-

son Qonuni.

Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.02.2024-y., 03/24/901/0082-son.

4.

O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 15-yanvardagi “Ommaviy axborot vositalari

to‘g‘risida”gi O‘RQ-78-son Qonuni.

Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.02.2024-

y., 03/24/905/0106-son.

5.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-yanvardagi “Jamiyatda huquqiy ong

va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF-

5618-son

Farmoni. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y.,

06/23/107/0441-son.

6.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-apreldagi “Ozbekiston

Respublikasida yuridik ta’lim va fanni tubdan takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha

chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5987-son Farmoni. Qonunchilik ma’lumotlari milliy

bazasi, 04.07.2023 y., 06/23/107/0441-son.

7.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-martdagi “2021 – 2025-yillarda

fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-6181-son

Farmoni. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 8.03.2022-y., 06/22/89/0227-son.

8.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022 — 2026-yillarga

mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-son

Farmoni. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.01.2024-y., 06/24/221/0003-son.

Internet saytlari

9.

www.lex.uz

10.

www.norma.uz

11.

www.huquqiyportal.uz

References

O‘zbekiston Respublikasining 1991-yil 15-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari to‘g‘risida”gi 223-XII-son Qonuni.

O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 14-apreldagi “Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida”gi 763-I-son Qonuni. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi,07.02.2024-y., 03/24/905/0106-son.

O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 23-sentabrdagi “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘RQ-637-son Qonuni. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.02.2024-y., 03/24/901/0082-son.

O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 15-yanvardagi “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi O‘RQ-78-son Qonuni. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.02.2024-y., 03/24/905/0106-son.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-yanvardagi “Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF-5618-son Farmoni. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-apreldagi “Ozbekiston Respublikasida yuridik ta’lim va fanni tubdan takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5987-son Farmoni. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2023 y., 06/23/107/0441-son.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-martdagi “2021 – 2025-yillarda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-6181-son Farmoni. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 8.03.2022-y., 06/22/89/0227-son.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-son Farmoni. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.01.2024-y., 06/24/221/0003-son.

Internet saytlari

www.lex.uz

www.norma.uz

www.huquqiyportal.uz