ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
882
TARJIMA TARIXI VA UNING RIVOJLANISH BOSQICHI
Atanazorova Sug’diyona Alisher qizi
O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti
Tarjimonlik fakulteti birinchi bosqich talabasi.
Xolboboyeva A.Sh.
Ilmiy rahbar
.
f.f.f.d(Phd)
O`zbekiston davlat jahon tillari universiteti
Tarjimonlik fakulteti ingliz tili amaliy tarjima fafedrasi dotsenti.
azizakholboboeva1611@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.14578499
Annotatsiya.
Ushbu maqola tarjima tarixi va uning inson hayotida tutgan o’rniga
bag’ishlanadi. Bu maqolada biz butun jahon va O’zbekistondagi tarjima tarixi, tarjimaning
nima
ekanligi, uning kelib chiqish tarixi, xozirgi hayotimizda tutgan o’rni va uning qanchalar
muhimligini batafsil ko’rib chiqamiz.
Kalit so’zlar:
Tarjima, tarjima tarixi, tarzabon, tarjima jarayoni, tarjima mohiyati, so’z
san’ati, tarjimaning hayotimizdagi o’rni.
HISTORY OF TRANSLATION AND ITS STAGE OF DEVELOPMENT
Abstract.
This article is dedicated to the history of translation and its role in human
life. It explores the history of translation both globally and in Uzbekistan, the concept of
translation, its origins, its significance in modern life , and the importance it holds.
Keywords:
Translation, the history of translation, interpreter, the process of translation,
the essence of translation, the art of words, and the role of translation in our lives.
ИСТОРИЯ ПЕРЕВОДА И ЭТАПЫ ЕГО РАЗВИТИЯ
Аннотация.
Эта статья посвящена истории перевода и его роли в жизни человека.
В ней мы подробно рассмотрим историю перевода во всем мире и в Узбекистане, что
такое перевод, его происхождение, значение в современной жизни и его важность.
Ключевые слова:
Перевод, история перевода, переводчик, процесс перевода,
сущность перевода, искусство слова, роль перевода в нашей жизни.
Barchamizga ma’lumki qadimdan butun dunyo xalqlarini bir –biri bilan bog’lovchi
vositalardan biri bu til xisoblanadi va ular muloqot jarayonida bir qancha muammolarga
duch keladi. Bunga sabab esa davlatlarning bir- biri uchun tushunarsiz tilda suxbatlashishidir.
Mana shunday muammolarni bartaraf etishda esa tarjima va tarjimonlarning o’rni
beqiyosdir. Shu sababdan ham tarjimonni ikki millat o’rtasidagi vositachi deya hisoblashimiz
mumkin.
O’zbekistondagi tarjima sohasiga ulkan hissa qo’shgan tarjimonlardan biri G’aybulla
Salomov o’zining “Tarjima nazariyasiga kirish “ asarida tarjimaga quyidagicha izoh beradi:
“Tarjimaning bosh xossasi uning boshqa til vositalari bilan qayta yaratishdan iborat ijodiy
jarayon , so’z san’ati ekanligidadir”. Ushbu fikrdan kelib chiqqan holda tarjimaga “so’z san’ati”
deb tarif bersak tog’ri bo’ladi.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
883
Qadimda O’rta Osiyo va Eron xalqlari orasida notiqlik san’ati juda rivojlangan va
ular notiqlarni “tarzabon “ deya atagnlar.
Demak “tarjima” so’zi forscha “ tarzabon” so’zidan kelib chiqqan bo’lib, “tar” fors
tilida yangi, shirali, tarovatli, nozik, latif degan ma’nolarni , “zabon” esa til degan ma’noni
anglatadi. Bu so’z keyinchalik arabcha talaffuzda “tarjamon” yani “tarjimon” ga aylangan.
Dunyo tarjima tarixi deganda Sharq va G’arb adabiyoti tarjima tarixini tushunish va
ularni bir-biridan keskin ajratib qo’ymagan holda o’rganishni nazarda tutish to’g’ri bo’ladi.
Tarjima tarixi eng qadimgi dunyo, o’rta asrlar , yangi va eng yangi deb ataladigan,
juda uzoq davom etadigan tarixiy davrlarni o’z ichiga oladi. Qadimgi zamonlardan to
bugungi kungacha tarjima yer yuzining o’rta yer dengizi havzasi, sharqda ikki daryo
oralig’ida yashovchi xalqlar ( shumerlar, suryoniylar, bobulonliklar, ossuriyaliklar, xettlar),
Misr, Eron, Hindiston, Xitoy, Turon mamlakatlari mintaqalarida ayni bir vaqtning o’zida
ham ijtimoiy madaniy aloqalar vositasi, ham yozma adbiyotning bir turi, tarmog’i sifatida
rivojlanadi.
Eng qadimgi tarjimalar Misr iyerogliflarini tushuntirishga qaratilgan bo’lib , turli tilda
gaplashuvchi halqlar o’rtasida diplomatik yozishmalarni tarjima qilish zarurati mavjud edi.
Keyinchalik Aleksandriyada Ptolemey Filadelf zamonida , miloddan avvalgi 285-246-
yillarda “Tavrot”ning eng qadimgi besh muqaddas kitobi (qadimgi Ahd) yunon tiliga tarjima
qilingan. Bu tarjima insoniyat tarixida “Septuaginta” nomi bilan ataladi. Bunda tarjima
jarayonining o’zi ham g’oyatda ustalik va bilimdonlik bilan tashkil etilgan bo’lib, butun
ilm olamidan maxsus tanlab olingan yetmishta til bilimdoni olib kelingan. Yetmishta olim
bir-biridan mutlaqo xabari bo’lmagan holda qadimiy oromiy-ivrit tilidan yunon tiliga
“Tavrot”ning dastlabki besh muqaddas kitobini tarjima qilishgan. ”Septuaginta” shu sababdan
yetmish shorih (sharhlovchi) talqini degan ma’noni anglatadi . Shu tariqa “Tavrot” ning
saqlanib qolgan yagona ivrit-oromiy nusxasidan yetmishta yunon tilidagi tarjima nusxalari
yaratilgan. “Tavrot” ning yunoncha tarjimasi asliyat matniga har jihatdan muvofiq va asl
ekvivalent sifatida qabul qilinib, tan olingan. Shu tariqa tarjima tufayli va uning vositasida
xristianlikning qonunlashtirilgan muqaddas kitobi yuzaga kelgan.
Eng qadimgi zamonlarda, ya’ni miloddan avvalgi 3-1-asrlarda tarjima tarixidagi yana
bir ulkan burilish sodir bo’ldi. Homer dostonlari va “Tavrot” lotinchaga o’girildi. Mark
Tulliy Sitseron davrida ( miloddan avvalgi 106- 43- yillar) tarjima qilish ravnaq topgan.
Sitseronning o’zi Platon, Ksenofont, Demosfen, Esxin, Arat asarlarini lotin tiliga
tarjima qilgan. Shundan ilhomlanib o’zining mashxur falsafiy asarlarini yozgan. O’sha
davrda bu voqealar insoniyat madaniyati va uning rivojida tarjimalarning o’rni qanchalik
yuksak bo’lishini ko’rsatdi.
Muqaddas matnlar va kitoblar tarjimalarida asliyatga to’g’rilik , ma’noni buzmagan
holda tarjimani chiqarsh , ilohiy matnlarning yuksak shoironaligini, hayajonlarini saqlash
birinchi o’ringa qo’yilgan. Amaliyotda tarjimaning mana shu prinsiplari shakllandi va keyngi
zamonlardagi tarjimalarga yuksak an’ana va badiiy- falsafiy namuna sifatida o’tib bordi.
Tarjimachilikning beqiyos darajada rivojlanishini boshlab berdi. Ta’rjimalar tufayli
ta’limotlar, buyuk axloqiy andozalar yuzaga chiqdi va insoniyatning madaniylashuviga xizmat
qildi. Bu tarjimalar adabiy janrlarning taraqqiyotiga ham juda katta ta’sir ko’rsatdi.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
884
Tarjima O’rta Osiyoda ham qadimdan mavjud bo’lib,buyuk mutafakkirlarimizdan Abu
Nasr Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino, Mahmud Zamaxshariy, Mahmud Qoshg’ariylar
madaniyatimizni boyitishda birinchilardan bo’lib xizmat qilgan tarjimonlarimiz hisoblanadi.
Sababi ular o’z asarlarini arab tilida yozib grek, fors, hind tilariga tarjima qilishgan.
O’zbekistonda tarjima nazariyasining rivojlanishi va bu borada turli ilmiy tadqiqotlar
olib borilishi 20-asrning 30-yillaridan boshlangan. Shu davrdan tarjimashunoslikka
bag’ishlangan ilmiy maqolalar chiqa boshlagan. Bunga qo’l urgan olim va tarjimon Sanjar
Siddiq 1936-yilda “Adabiy tarjima san’ati” nomli asarini nashir ettirgan. Ushbu kitob
O’zbekistonda tarjimaga bag’ishlangan ilk ilmiy puxta asar hisoblanadi.
Tarjima xalqlar madaniyatini bir-biriga yaqinlashtiradi. Adabiy va diniy asarlar tarjimasi
orqali dunyoning turli xalqlari bir-birining qadriyatarini o’rganadi.Shuningdek tarjima xalqaro
munosabatlarni rivojlantirish uchun ham asosiy vositadir. Chunki diplomatlar va siyosatchilar
turli xalqlar bilan aloqa o’rnatishda tarjimonlarning xizmatidan foydalanishadi. Bundan
tarjimaning insoniyat hayotida nafaqat madaniy, balki strategik ahamiyatga ham ega ekanligi
ko’rinadi.
REFERENCES
1.
G’aybulla Salomov.“ Tarjima nazariyasiga kirish”. Toshkent: “O’qituvchi” 1978.
2.
I. G’afurov, O. Mo’minov, N. Qambarov.” Tarjima Nazariyasi”. “ Tafakkur bo’stoni”
2012.
3.
E. Ochilov .” Tarjima nazariyasi va amaliyoti “ (o’quv qo’llanmasi).
