Authors

  • Muhabbat Salixova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.59004

Keywords:

Olti maqom cholg‘u va aytim (ashula) yo‘llari «Mushkilot» «Gardun» «Muxammas» yoki «Saqil» Tasnif va Tarje kuylari.

Abstract

Ushbu maqolada Shashmaqom cholg‘u (Mushkilot) bo‘limi. Ijrochilik an’analari. Tasnif va Tarje kuylari haqida so’z yuritilgan.

background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

913

SHASHMAQOM CHOLG‘U (MUSHKILOT) BO‘LIMI. IJROCHILIK AN’ANALARI.

TASNIF VA TARJE KUYLARI

Salixova Muhabbat Abdujabbarovna

dotsent v.b.

https://doi.org/10.5281/zenodo.14578910

Annotatsiya.

Ushbu maqolada Shashmaqom cholg‘u (Mushkilot) bo‘limi. Ijrochilik

an’analari. Tasnif va Tarje kuylari haqida so’z yuritilgan.

Kalit so’zlar:

Olti maqom, cholg‘u va aytim (ashula) yo‘llari, «Mushkilot»,«Gardun»,

«Muxammas» yoki «Saqil», Tasnif va Tarje kuylari.

SHASHMAQOM INSTRUMENT (MUSHKILOT) SECTION. PERFORMANCE

TRADITIONS. TASNIF AND TARJE TUNES

Abstract.

This article discusses the Shashmaqom Instrument (Mushkilot) Section.

Performance Traditions. Tasnif and Tarje Tunes.

Keywords:

Six maqams, instruments and ways of singing, "Mushkilot", "Gardun",

"Mukhammas" or "Saqil", Tasnif and Tarje Tunes.

РАЗДЕЛ ИНСТРУМЕНТОВ ШАШМАКОМ (СЛОЖНОСТЬ). ТРАДИЦИИ

ВЫСТУПЛЕНИЯ. МЕЛОДИИ ТАСНИФА И ТАРЬЕ

Аннотация.

В этой статье раздел Музыкальный инструмент Шашмаком

(Проблема). Традиции исполнения. Упоминаются мелодии Таснифа и Тарье.

Ключевые слова:

Алты макам, инструментальный и айтимный (певческий)

способы, мелодии «Мушкилот», «Гардун», «Мухаммас» или «Сакил», тасниф и тарье.

Olti maqom tizimidagi har bir maqom ikki yirik bo‘lim – cholg‘u va aytim (ashula)

yo‘llaridan tarkib topishi aytilgan edi. Maqomlarning cholg‘u kuylar bo‘limi Buxoro an’anasiga
ko‘ra «Mushkilot» deb yuritiladi. Mazkur atama “qiyinchiliklar” ma’nosida kelib, jumladan,
maqomlardagi bosh kuy-mavzuini murakkabligi turlicha bo‘lgan doyra usullari sinovidan o‘tishini
va shu asnoda alohida qism va turkum miqyosida rivoj topishini ham anglatadi. «Mushkilot»
bo‘limi beshta tarkibiy qismdan iborat bo‘lib, ular quyidagicha nomlanadi:

1. Tasnif - tasnif etilgan, ijod etildan, mukammal asar.
2. Tarje - qaytariq, takrorlash, takrorlanuvchi.
3. Gardun - falak gardishi, qismat.
4. Muxammas - beshlik, beshlangan.
5. Saqil - vazmin, og‘ir. Shuni aytish kerakki, garchand maqom cholg‘u kuylarining

nomlari serjihat ma’nolar kasb etsa-da, ammo ularning deyarli barchasi maqomlar «matnida», eng
avvalo, doyra usullarini anglatadi.

Binobarin, «Gardun», «Muxammas» yoki «Saqil» deyilganda birinchi navbatda ma’lum

doira usullari nazarda tutiladi. Maqomlarning «Mushkilot» cholg‘u bo‘limlari «Tasnif» nomli
kuylar bilan boshlanadi. Bu atama «Olti maqom» ning har biriga qo‘shilib, «Tasnifi Buzruk»,
«Tasnifi Rost», «Tasnifi Navo», «Tasnifi Dugoh», «Tasnifi Segoh» va «Tasnifi Iroq» kabi ataladi.

Maqomlarning ma’nolar tizimi har bir maqomda o‘zgacha tus kasb etarkan, u dastlab

maqomning Tasnif qismi boshlang‘ich kuy tuzilmasida ilk bor ifoda etiladi. Odatda, ushbu kuy
mavzui kichik hajmda, ammo nisbiy tugal shaklda bayon etiladi.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

914

Zero maqom mavzulari timsolida umuman “musiqiy mavzu” tushunchasining beqiyos

namunalari jonlanadiki, bunda buyuk ishq dardiga mubtalo qalblarning ruhiy holatlari 45 go‘yo
nag‘malarga muhr etilgan. Voqean, bu toifa musiqa mavzulari maqomdonsozanda (ashula yo‘llari
esa hofizlarning) malakali ijrolari jarayonida o‘zining ruhiy (ma’naviy) ta’sir ko‘lamini namoyon
eta boshlaydi. Chunki bu maqsadga erishish yo‘lida mohiyatan ishq zavqidan kelib chiquvchi turli
ijroviy usullar (nola, qochirim, kashish va b.)ni samarali qo‘llay bilish talab etiladi.

Ayni chog‘da, bu usullar semantikasi ishqiy-dardchil va turfa go‘zal tuyg‘ular ifodasi bilan

bog‘liq ekanligini “jonli tinglov idroki” ila to‘la-to‘kis anglab yetish mumkin. Demak,
maqomlarning mavzu bayoni bilan har bir maqom asarining ma’nolar silsilasi, ta’bir joiz bo‘lsa,
ruhiy holati dastlabki darajada his etiladi, hamda mavzuning rivoji va yakuni bilan asarning
g‘oyaviy mazmuni ham uzil-kesil idroklanadi.

Asar yaratilishi jarayonida Tasniflarning kuy mavzui maqom bosqichlariga tayangan holda

o‘zining o‘rta va yuqori avj pardalariga intiladi, rivoj topgani sari uning ichki, botiniy jihatlari
yuzaga chiqa boshlaydi. Mavzuning dastlabki holatidan to avji tomon rivoj yo‘lini «kichik
doiradan kata doiraga» tarzida belgilash mumkin. Chunki bu yo‘l davomida mavzu to‘lqinsimon
aylanma harakatlar ila unib-o‘sadi, hajmi tobora kengayib, salobati ortadi. Ayni vaqtda, uning
mazmunidagi teranlik ruhiyati, mushohadaviylik holati zo‘rayib boradi.

Tasnif cholg‘u kuylarining shakl topishida «xona» va «bozgo‘y» nomli kuy tuzilmalari

muhim o‘rin tutadi. «Xona» (fors.-toj. - “uy”) - o‘zgaruvchan kuy tuzilmasi bo‘lib, u asar
davomida bir necha bor takrorlanadi va galdan galga parda tovushlari ortib, ovoz hajmi ham
kengayadi. Shu tariqa xonalar vositasida kuy o‘zining avji sari intilib taraqqiy etadi hamda avj
holatlariga erishgach dastlabki tayanch pardaga qayta boshlaydi. Bozgo‘y kuy tuzilmasi esa,
«xona» dan farqli o‘laroq, doimiy barqarorlikka ega. Zero, u asarning boshidan oxiriga qadar
o‘zining dastlabki ohang tuzilish qiyofasini muqim saqlaydi. Mavzu nuqtai nazaridan bozgo‘y va
xona tuzilmalari o‘zaro farq qilmaydi. Ammo bozgo‘y xona tuzilmasini aynan takror etmasligi va
ba’zan bu jihatdan farq etishi mumkin. Zero bozgo‘yning kuy yaratilishi jarayonidagi vazifasi
serqirradir. Jumladan, bozgo‘y mazmun jihatdan xonani to‘ldirishi, xona boshlab bergan, lekin
poyoniga yetmay qolgan musiqiy fikrni davom ettirib, tugal holatga keltirishi mumkin (masalan,
qarang: Muxammasi Nasrullo, Muxammasi Ushshoq, Peshravi Gardun, Nasrullo I va b.). Ba’zan
esa, bozgo‘y birinchi xonadan avval, ya’ni asar boshida kelib kuyning asosiy mavzuini o‘rtaga
tashlaydi, uning davom etishiga ilk turtki beradi (Tasnifi Dugoh, Tarjei Segoh, Tasnifi Iroq va b.)

Maqom cholg‘u kuylarini ijro etishning ikki asosiy ko‘rinishi - yakkanavoz (yakka sozda)

va ansambl (dasta) shakllari yuzaga kelgan. Tanbur torli-chertma sozi yetakchi cholg‘u sifatida
kasbiy musiqachilar orasida keng qo‘llaniladi. Doyra esa zarb-usullarini sadolantirishi bilan
ahamiyatlidir. Shuningdek, maqom cholg‘u kuylarini g‘ijjak, dutor, nay, rubob, qo‘shnay kabi
cholg‘ularda ham yakka holda ijro etish mumkin. Ansambl ijrochiligi tarkibida esa tanbur va doira
qatoriga yana dutor, nay, qo‘shnay, g‘ijjak yoki sato (yoki qo‘biz), chang, qonun, ud, rubob kabi
cholg‘ular qo‘shilishi mumkin. Buxoro musiqa amaliyotida tanbur, nay va doyra sozlaridan iborat
cholg‘u ansambli muqim tus olgan.

Tarje cholg‘u kuylari. Mushkilotning Tasniflardan so‘ng keladigan o‘rtayakuniy

bo‘g‘inlari boshlang‘ichlar bilan tarkibiy bog‘liq bo‘ladi.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

915

Xususan, Tasniflarning kuy-mavzui turkum miqyosida yangi “sinov” mushkilotlaridan

o‘tadi, taraqqiyot ifodasi bo‘lgan ohang va o‘lchov-ritm o‘zgarishlariga uchraydi. Bu o‘zgarishlar
dastlab mushkilot bo‘limidagi ikkinchi qism – «Tarje» nomli kuylarda o‘z aksini topadi. «Tarje»
arabcha so‘z bo‘lib, «qaytarish», «takrorlash» ma’nolarini anglatadi. Buning ma’nosi shuki,
«Tarje» qismlarida ushbu bo‘limning 1-qismi, ya’ni «Tasnif» usuli (biroz tezroq sur’atda) va
asosiy kuy ohangi ma’lum o‘zgarishlar bilan takrorlanadi. «Tarje»lar ham «Tasnif»lar singari
maqomlarning nomlariga qo‘shib («Tarjei Buzruk», «Tarjei Navo», «Tarjei Dugoh», «Tarjei
Segoh», «Tarjei Iroq»kabi) o‘qiladi. Ammo «Rost» maqomida Tarje nomli kuy qismi uchramaydi.

Tarje kuylarining shakl asosida ham bizlarga «Tasnif»lardan ma’lum xonabozgo‘y kuy

tuzilmalari muhim o‘rin tutadi, zero Tarjelar ham odatda Tasniflar singari xona-bozgo‘y vositasida
rivoj topadi. Biroq «Tarje»lar, vazmin «Tasnif»lardan farqli o‘laroq, ko‘tarinki kayfiyat va shodlik
tuyg‘ularini tarannum etadi. «Tarjei Navo» kuyi fikrimizga misol bo‘la oladi.

«Navo» maqomining «Mushkilot» bo‘limiga mansub ushbu cholg‘u kuyi 2/4 takt - o‘lchov

ritmida bo‘lib, beshta «xona» va beshta «bozgo‘y»dan (5-xona - 5- bozgo‘y) tashkil topadi. Bunda
har bir xonadan so‘ng bozgo‘y tuzilmasi takrorlanadi. Kuy quyi pardalarda bo‘lgan 1-xona bilan
boshlanib, keyingi xonalarda yuqori pardalarga qadar rivoj topadi hamda 5-xonada o‘zining avj
holatiga erishgach bozgo‘y tuzilmasi bilan yakun topadi.

REFERENCES

1.

Pirmatova N. XONANDALIK VA HOFIZLIK MAHORATI //Art and Design: Social
Science. – 2024. – Т. 4. – №. 06. – С. 24-27.

2.

Pirmatova N. PROBLEMS OF VOICE ADJUSTMENT IN MAQOM SINGING
EDUCATION //Archive of Conferences. – 2021. – Т. 22. – №. 1. – С. 39-43.

3.

Salixova M. MAQOM YAKKA XONANDALIGIDA OVOZ MASHQLARINING O
‘RNI //Art and Design: Social Science. – 2024. – Т. 4. – №. 06. – С. 47-50.

References

Pirmatova N. XONANDALIK VA HOFIZLIK MAHORATI //Art and Design: Social Science. – 2024. – Т. 4. – №. 06. – С. 24-27.

Pirmatova N. PROBLEMS OF VOICE ADJUSTMENT IN MAQOM SINGING EDUCATION //Archive of Conferences. – 2021. – Т. 22. – №. 1. – С. 39-43.

Salixova M. MAQOM YAKKA XONANDALIGIDA OVOZ MASHQLARINING O ‘RNI //Art and Design: Social Science. – 2024. – Т. 4. – №. 06. – С. 47-50.