ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
916
O‘N IKKI MAQOM TIZIMI
Erkin Ro‘zimatov
Maqom xonandaligi kafedrasi Professori.
https://doi.org/10.5281/zenodo.14578989
Annotatsiya.
Maqom san’ati o‘zining ko‘p asrlik tarixiga ega. Bu tarixni o‘zaro farqli ikki
yirik davrga ajratish mumkin. Birinchi davr mazmunini maqomlarning makon-zamon nuqtai
nazaridan juda qadimiy kelib chiqish ildizlari, dastlabki kuy-ohang qatlamlarini o‘rganish
masalalari tashkil etadi. Tabiiyki, bu davrda hozirda ma’lum tom ma’nodagi maqomlar
bo‘lmagan, albatta. Chunki maqom tizimlarining shakllanish jarayonlari ijtimoiy-madaniy
taraqqiyotning ma’lum bosqichi bilan shartlangan.
Kalit so’zlar:
Maqom san’ati, “bino”, nag‘ma, bo‘d, jins, jam’, “Kitabul iyqo’ot”, zul-
arba’ (sof kvarta).
TWELVE MAQOM SYSTEM
Abstract.
The art of maqom has its centuries-old history. This history can be divided into
two major periods that are different from each other. The content of the first period is the study of
the very ancient roots of maqoms from the point of view of space and time, the initial melodic
layers. Naturally, during this period there were no known literal maqoms. Because the processes
of formation of maqom systems are conditioned by a certain stage of socio-cultural development.
Keywords:
The art of maqom, "building", nag'ma, bo'd, jins, jam'. "Kitabul iyqo'ot", zul-
arba' (pure fourth).
СИСТЕМА ДВЕНАДЦАТЬ СТАТУСОВ
Аннотация.
Искусство макама имеет многовековую историю. Эту историю
можно разделить на два больших периода. Содержание первого периода составляют
древнейшие истоки состояний с точки зрения пространства и времени, вопросы изучения
первых пластов мелодии. Конечно, никаких буквальных статусов в этот период не было.
Потому что процессы формирования статусных систем обусловлены определенным
этапом социокультурного развития.
Ключевые слова:
Искусство макама, «строительства», песни, тела, секса, варенья.
«Китабул ийкот», зул-арба (чистый кварто).
Mahobatli maqom tizimlarini “bino” qilish uchun eng avvalo poydevor yanglig‘
ahamiyatga ega mukammal pardalarni yuzaga keltirish (yoki ularni ilmiy asosda to‘g‘ri aniqlab
olish) zarur bo‘lgan. Tabiiyki, bu ilmiy vazifa musiqashunos olimlar zimmasiga yuklangan. Shu
bois e’tiborimizni bu borada musiqashunoslikda kechgan ayrim ilmiy jarayonlarga qaratamiz.
Avvalambor shuni ta’kidlash kerakki, Forobiy Sharq musiqa nazariyasini shakllantirishda
qadimgi dunyo nazariyotchilari qoldirgan ilmiy merosga ijodiy yondoshgan edi. Bu hol, juladan,
musiqaning ilmi ta’lif (nag‘ma, bo‘d, jins, jam’) va ilmi iyqo’ (vazn) masalalarini tadqiq etishda
ko‘zga tashlanadi. Masalan, alloma iyqo’-ritm masalasini qadimgi yunon olimlari kabi she’riyat
qonunlari doirasida emas, balki, o‘z davri musiqa amaliyotidan kelib chiqqan holda, alohida fan
sifatida tadqiq etgan. Bu borada Forobiyning “Kitabul iyqo’ot” asari alohida ilmiy qiymatga ega.
Bu asarda ilk bor mumtoz iyqo’ nazariyasi ishlab chiqilgan bo‘lib, unda ritm-usul
omilining mustaqil badiiy ahamiyati hamda musiqada tutgan beqiyos o‘rni asoslab berilgan edi.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
917
Forobiyning iyqo’ ta’limoti keyinchalik alloma Ibn Sinoning “Kitobush-shifo”, “Kitobun-
najot” va “Donishnoma” ilmiy asarlarida rivojlantirildi. Sharq olimlari musiqaning ilmi ta’lif
masalalarini o‘rganishda ham qadimgi yunon nazariyotchilari, jumladan Pifagor (tax. e.a. 580-
520) ilmga tadbiq etgan sonli (matematik) usullarni keng qo‘llagan edilar. Zero shaklan hashamatli
me’moriy inshootlarga qiyoslanishi mumkin bo‘lgan mumtoz musiqa tizimlarini yuzaga keltirish
uchun eng avvalo aniq “o‘lchovlar” asosida ishlab chiqilgan musiqiy “qurilma”lar bo‘lishi talab
etilgan. Ilmi ta’lif mazmunida kuyning tarkibiy asoslari - eng kichik birligi – nag‘ma (musiqiy
tovush, ton), shuningdek, ikki nag‘ma nisbatidagi turli sifatli bo‘d (interval) va ularning
qo‘shilmalari asosida jins (asosan to‘rt-besh pog‘onali tetra-pentaxordlar) hamda jinslar
birikuvidan iborat jam’ (oktava miqyosidagi tovushqator) larni hosil qilish kabi masalalar tadqiq
qilingan.
Bunda ud cholg‘usining tori sifatida faraz qilingan to‘g‘ri chiziq (1) ning geometrik asosda
teng ikkiga bo‘linishi (1:2) zul-kull (sof oktava), yuzaga kelgan ikkini shu asosda uchga bo‘linish
(2:3) nisbati zul-hams (sof kvinta), uchni to‘rtga (3:4) bo‘linishi esa zul-arba’ (sof kvarta) kabi
bo‘dlarning sonlar nisbatidagi ifodasini bergan. Qolgan intervallar ham shu kabi aniqlanib
olingan15. Keyingi o‘rinda esa ikki tovush nisbatidagi uyg‘un (konsonans) interval (bo‘d) lar
negizida jins va jam’lar ishlab chiqilgan. Bu tadqiqotning pirovardida musiqa amaliyotida qo‘lash
uchun ma’qul va manzur bo‘lgan pardalar uyushmasi aniqlab olinishi kerak edi. Lekin shuni ham
ta’kidlash joizki, yunonlarning sonli nisbatlardagi tadqiq usullarini Sharq olimlari ta’lif
masalalarini ilmiy o‘rganishda ijodiy o‘zlashtirgan edilar. Chunonchi, qadimgi yunonlar ishlab
chiqqan doriy, frigiy, miksolidiy kabi nomlanuvchi oktava miqyosidagi unqatorlar yuqoridan
quyiga qarab “o‘qilgan”.
Tabiiyki, Movarounnahr hududida shakl topayotgan yangi uslub tarkibiga mafkura nuqtai-
nazardan ustuvor ahamiyatiga ega bo‘lgan mahalliy musiqiy an’analar ham jalb etilgan.
Masalan, shunday an’analar salmog‘ini turk kuylari tashkil etgan bo‘lishi haqiqatga
yaqindir. Bu fikrga «kuy» atamasining kelib chiqishi va semantik jihatlari ham asos bo‘lishi
mumkin. – «Kuy» atamasi dastlab “kug” (“ko‘k”) tarzida talaffuz etilgan bo‘lib, keyinchalik
«kuy» shakliga o‘tgan17. Musiqashunos olima A.Muhambetovaning fikriga ko‘ra, kuy nomli
musiqiy namunalar turkiy xalqlarning islomga qadar madaniyatiga taalluqli bo‘lib, mazmunan
qadimiy kosmologik qarashlarni aks ettiradi. Olima kuy ohanglari yo‘nalishida yuqoriga
ko‘tarilish tamoyili yetakchi o‘rin tutishini nazarda tutib, kelajakda uning (kuy) shakli tasavvuf
g‘oyasini ifoda etish uchun muhim qolip (andoza) bo‘lib, xizmat qilganligini ta’kidlaydi 18.
Boshqacha aytganda, musiqada yangi uslubning qaror topishi jarayonida “kuy” va
tasavvufning “komil inson” ta’limoti uyg‘unlashib ketgan bo‘lishi ehtimoldan holi emas. Bu
o‘rinda e’tiborli tomoni yana shundaki, yuksalma tarzdagi parda uyushmalari dastlab “maqom”
atamasi bilan yuritilmagan, balki bu o‘rinda ko‘proq «yo‘l» ma’nosini anglatuvchi “roh”, “taroiq”,
“ravish” kabi atamalar qo‘llangan. Inson tinglovi va idroki uchun eng ma’qul va manzur bo‘lgan
bu mukammal pardalar negizida esa turli darajadagi ohanglar, shu jumladan, qadimiy davrlarga
mansub ohang tuzilmalari ham rivojlantirilib, mumtoz kuy holiga keltirilgan ko‘rinadi.
Xulosa o’rnida, Tasavvufda ma’naviy kamolot yo‘lining turli daraja (bosqich) larini
anglatgan “maqom” atamasi esa musiqa ilmi va amaliyotida asosan XIV asrdan e’tiboran keng
qo‘llana boshlagan.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
918
Ayni paytda esa “ko‘k” (“kuy”) tushunchasi ham “maqom” istilohiga juda yaqin yoki
aynan uning ma’nosi o‘rnida ham ishlatilgan. Chunki bu davrlarga kelib mazkur atamalar o‘zaro
ma’nodosh bo‘lib ketgan edi.
REFERENCES
1.
O‘zbek xalq musiqasi. V tom. To‘plovchi va notaga oluvchi Y.Rajabiy. – Toshkent:
O‘zadabiynashr. 1959.
2.
Xorazm maqomlari. VI tom. To‘plovchi va notaga oluvchi M.Yunusov. – Toshkent:
O‘zadabiynashr. 1958.
3.
Шест музыкальних поэм (маком) записанних В.А.Успенским в Бухаре. (Под ред.
Фитрата и Н.Н.Миронова). Издания Народного Назарата Просвешения, – Бухара, 1924.
4.
Pirmatova N. XONANDALIK VA HOFIZLIK MAHORATI //Art and Design: Social
Science. – 2024. – Т. 4. – №. 06. – С. 24-27.
5.
Pirmatova N. PROBLEMS OF VOICE ADJUSTMENT IN MAQOM SINGING
EDUCATION //Archive of Conferences. – 2021. – Т. 22. – №. 1. – С. 39-43.
