Authors

  • Azamat Hasanov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.59007

Keywords:

ud barbat lyutnya cholg’u risola terrakota ayritom tor zir bam maslas masna.

Abstract

Mazkur maqola o’zbek musiqasida alohida o’ringa ega bo’lgan ud cholg’usining tarixiy rivojlanish bosqichlariga bag’ishlangan. Markaziy Osiyoda hududlaridan topilgan osori-atiqalardan, o’tmish musiqiy risolalarda musiqaning nazariy masalalari aynan udning dastasi orqali tushuntirilganligidan cholg’uning naqadar uzoq tarixga ega hamda ahamiyatli ekanligini anglash mumkin. Shuningdek, uning bugungi ko’rinishi, ijrochilik amaliyotida qo’llanilishi masalalariga ham e’tibor qaratilgan.

background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

919

UD CHOLG’USI VA UNING YUZAGA KELISH TARIXI

Hasanov Azamat

https://doi.org/10.5281/zenodo.14579092

Annotatsiya.

Mazkur maqola o’zbek musiqasida alohida o’ringa ega bo’lgan ud

cholg’usining tarixiy rivojlanish bosqichlariga bag’ishlangan. Markaziy Osiyoda hududlaridan
topilgan osori-atiqalardan, o’tmish musiqiy risolalarda musiqaning nazariy masalalari aynan
udning dastasi orqali tushuntirilganligidan cholg’uning naqadar uzoq tarixga ega hamda
ahamiyatli ekanligini anglash mumkin. Shuningdek, uning bugungi ko’rinishi, ijrochilik
amaliyotida qo’llanilishi masalalariga ham e’tibor qaratilgan.

Kalit so’zlar:

ud, barbat, lyutnya, cholg’u, risola, terrakota, ayritom, tor, zir, bam, maslas,

masna.

THE UD INSTRUMENT AND ITS HISTORY OF APPEARANCE

Abctract.

This article is devoted to the stages of historical development of the ud

instrument, which has a special place in Uzbek music. From the artifacts found in the territories
of Central Asia, and the fact that in past musical treatises the theoretical issues of music were
explained precisely through the handle of the ud, one can understand how long the history and
significance of the instrument is. Attention is also paid to its current appearance and use in
performance practice.

Keywords:

ud, barbat, lute, instrument, treatise, terracotta, ayritom, tor, zir, bam, maslas,

masna.

ПРИБОР УД И ИСТОРИЯ ЕГО ПОЯВЛЕНИЯ

Аннотация.

Статья посвящена этапам исторического развития инструмента уд,

занимающего особое место в узбекской музыке. Из артефактов, найденных в регионах
Средней Азии, из того, что теоретические вопросы музыки объяснялись в музыкальных
трактатах прошлого посредством рукоятки уда, можно понять, насколько важна и
длительна история этого инструмента. Также уделено внимание вопросам его
современного вида и применения в исполнительской практике.

Ключевые слова:

уд, барбат, лютня, инструмент, брошюра, терракота, айритом,

тор, зир, бам, маслас, масна.

"Ud" arabcha so’z bo’lib, uning lug’aviy ma’nosi turlichadir. Ud ismli bir daraxt bo’lib,

yonganda xushbo’y hid taratgan. Ud dastlab shu daraxt yog’ochidan yasalgan bo’lishi mumkin.

Boshqa tomondan esa ud iborasi bayram, to’y-tomosha, xursandchilikni ifodalaydigan

"iyd" atamasining ma’lum shakli bo’lsa, xushchaqchaqlik kayfiyati bag’ishlovchi cholg’u
ma’nosida ham kelishi mumkin. Udning dastlabki nomi barbat bo’lganligi ba’zi manbalarda
ko’rsatib o’tiladi. Barbat bar - qomat, bat - o’rdak ma’nolarini bildirib, u qorni katta va dastasi
kalta musiqa asbobidir.

Ud sozi haqida o’tmishdagi ko’plab nazariyotchilar o’z risolalarida ma’lumot berganlar.
Forobiyning mashhur "Kitab al-musiqa al-kabir" asarida cholg’uga ta’rif berilgan.

Forobiyning o’zi ham ud chalishni yaxshi bilgan. Bundan tashqari ash-Sheroziy, al-Husayniy,
Jomiyning risolalarida ud haqida maxsus boblar keltirilgan. Safiuddin Urmaviy ud ijrochisi ham
bo’lib, olib borgan tajribalariga tayanib olim o’z nazariy qoidalarini bayon etadi.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

920

Risolalarda ud sozi Markaziy Osiyoda XVII asrgacha yashagan, deb taxmin qilinadi.
Hozirda u Kavkaz xalqlarida, arablarda, Eronda, turklarda va ko’plab Yevropa xalqlari

musiqa san’atida muhim o’rin egallaydi.

O’zbek xalqi musiqa san’atining tarixi juda boy va qadimiydir. O’tmishda turli

cholg’ulardan kundalik turmushda, ovda, saroy hayotida, madaniy bayram marosimlarida, xalq
sayllarida foydalanilgan. Musiqa cholg’ulari asrlar davomida insonlarning ma’naviy ehtiyojlarini
qondirib, asrlar osha rivojlanib kelgan. Arfa, udsimon, naysimon cholg’ular eng qadimgi va uzoq
o’tmish tarixiga ega. Ana shu sozlar zamirida tanbur, g’ijjak, nay, qonun, dutor, rubob kabi turli
xildagi cholg’u asboblari yaratildi. Ulardan biri bo’lgan ud XVII asrgacha xalq orasida keng
tarqalgan va ma’naviy, ruhiy oziq in’om etgan. Uning bizga ma’lum bo’lgan dastlabki shakli
Ayritomdan topilgan eramizning I asrlariga oid madaniy yodgorlikda o’z aksini topganligi
manbalardan ma’lum1. Ud sozi haqida o’tmishdagi ko’plab nazariyotchilar o’z risolalarida
ma’lumot berganlar. Sababi ud musiqa nazariyasi va amaliyoti bilan bog’liq bo’lgan masalalarni
tushuntirishda aniq parda va torlarga ega bo’lgan.

O’tgan asrning oxirgi 10 yilliklarida arxeologik izlanishlar natijasida Markaziy Osiyo

hududidan qadimgi musiqa haqida guvohlik beruvchi va eramizning I-VII asrlariga oid musiqiy
hayotni aks ettiruvchi topilmalar topildi. So’g’d, Baqtriya, Xorazm, Parfiyon, Marg’iyon
hududlaridan topilgan yodgorliklar butun Markaziy Osiyo musiqa madaniyatini tasavvur etishga
yordam beradi. Mazkur yodgorliklar orasida qadimgi Yunon afsonalari qahramoni "Appalon
qo’lida kifara bilan", lira, avlos kabi cholg’ular keltirilgan2. Bulardan arfa va lira eng keng
tarqalgan cholg’u hisoblangan. O’rta Sharqda eramizning I asrida asosiy cholg’u "lyutnya" bo’lib,
u qisqa dastali "lyutnya" yoki "kalta lyutnya" deb yuritilgan. Ushbu cholg’uning ko’rinishi
Shumer, Vavilon yodgorliklarida uchramaydi, shu jumladan Assir va Misr uchun ham xos emas.

Kalta lyutnyaning eng avvalgi ko’rinishi er.ol. 2-ming yillikning 2-yarmiga to’g’ri keladi.
Bu - katta noksimon shaklli va keng kalta dastali cholg’ular ushlagan ayollarning noyob

terrakota haykalchasi bo’lib, hozirda Kair muzeyida saqlanadi.

Mutaxassislarning fikricha, bunday ko’rinishli cholg’uning kelib chiqishi Kiprga borib

taqaladi. Arxeologik topilmalar guvohlik beradiki, kalta dastali udning ommalashishi dastlab
qadimgi Markaziy Osiyoning barcha hududlari - So’g’d, Baqtriya, Marg’iyona, kechroq Shoshga
to’g’ri keladi. Xorazm va Parfiyonada uzun dastali ud keng tarqalganki, bular - do’mbra
ko’rinishiga yaqin, 2-si tanburga o’xshash - juda kichik kosa va uzun dastali bo’lgan.

"Afrosiyob terrakotalarida so’g’diylarning sevimli cholg’usi lyutnya bo’lganligini ko’rish

mumkin", deb yozadi T.S.Vizgo. Ko’pchilik shakllarda u aniq ko’ringan. Cholg’ular katta va
kichik o’lchamlarda uchraydi. Kalta dasta va katta kosaxonaga ega bo’lgan cholg’uning bu
ko’rinishi zamonaviy cholg’ushunoslik adabiyotlarida "kalta ud" nomini olgan. Mazkur ud
qadimgi Xorazm, Marv va Sharqiy Turkiston terrakotalarida uchraydi3.

Qadimgi tasvirlardan anglash mumkinki, cholg’uning ikki ko’rinishi bo’lgan: birinchisi

kalta dastali va ikkinchisi uzun dastali ud. Birinchi ko’rinishdagi cholg’uga kalta va ulanuvchi
dasta, katta kosaxona, yakunlanuvchi orqaga egilgan bosh qism xos bo’lsa, ikkinchi
ko’rinishdagisi esa buning aksi. Uzun dastasi uning kalta dastali uddan ajralib turuvchi asosiy
jihatidir. Lekin dastasi juda uzun yoki ozroq uzun bo’lishi mumkin. Ba’zi cholg’ushunoslar
(K.A.Vertkov) barcha uzun dastali udlarni


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

921

Baqtriyada kushonlar davrida gitara ko’rinishidagi udning shakli mashhur bo’lgan. U

Ayrtom frizida tasvirlangan, shuningdek, Sariosiyo va Budrachadan topilgan terrakotalarda ham
ko’rish mumkin.

Izlanuvchi-tadqiqotchilarning fikricha, Sharq Turkiston udi Xitoyda ham bo’lishi mumkin.
Ma’lumki, Xitoy va Markaziy Osiyo o’rtasida o’zaro aloqalar mavjud bo’lgan, masalan:

madaniy aloqalar amalga oshirilgan (ba’zan sozanda va raqqosalar Xitoy imperatoriga sovg’a
sifatida yuborilgan). Xitoyda kalta ud nisbatan kechroq - V asr va VI asrning boshlarida tarqalgan
bo’lib, Xitoy musiqiy cholg’uchiligiga "pipa" nomi bilan kirgan. Xitoy xroniklarining guvohlik
berishicha, chet el cholg’usi lyutnya g’arbiy chegaradan Xitoyga kirib kelgan.

Farmer Xitoyga udning kirib borishini Xitoy imperatori Vu-Tini turk malikasiga uylanishi

bilan bog’laydi (568 y.). Malika o’zi bilan musiqachi sozandalar, "varvar" (Farmer buni turkman
barbati deb izohlaydi) cholg’usi ijrochisini ham olib borgan. Aynan shu sozanda Xitoyda Su Chi-
po nomi bilan atalgan Xitoy musiqasidagi 7 modusni olib kirgan. Persidskiy tildagi "barbat"
atamasining fonetik o’zgargani sifatida "pipa" bo’lib ishlatilgan. L.Pikkenning yozishicha esa bu
atama "pi" qo’lning oldinga tushirilishidan, "pa" qo’lning orqaga qaytish harakatidan chiqqan
tovushdir.

Har bir sozning o’ziga xos xususiyatlari va imkoniyatlari mavjud. Uning tashqi tuzilishi

kosa, dasta va bosh qismdan tashkil topgan. Kosasi bir-biriga yopishtirilgan bir necha (10-12)
qovurg’asimon taxtachadan iborat. Ustiga yog’ochdan tayyorlangan qopqoq zich qilib biriktiriladi.

Qopqoqda 3 rezenatr ovoz tebranib chiqadigan teshik bo’lib, ustiga torlar tayanadigan

xarrak zich qilib tutashtirilgan. Dastasi kosaga mahkam biriktirilib, parda bog’lanmaydi. U g’ijjak
dastasi kabi sof va tekis bo’ladi. Udning bosh qismi torlarni mahkamlash va tortish uchun
mo’ljallangan bo’lib, unga 11 ta yog’och (5 tasi o’ng, 6 tasi chap tomonga) o’rnatilgan.

Cholg’uning bosh qismi va dastasi tutshgan joyda shayton xarrak joylashgan. U ochiq

torlarning tayanchi hisoblanadi.

Musiqiy-nazariy risolalardan ma’lum bo’lishicha, 5 torli ud qariyb XVI asrgacha ishlatilib

kelingan. San’atshunos olimlarimiz, musiqa nazariyotchilarining ilmiy risolalarida ud sozining 1-
4 juft torlari oralig’ining sozlanishi sof kvartaga tengligi qayd etilgan. Eng pastki torlari, ya’ni 4
va 5, 5 va 6 torlarning oralig’i katta sekunda intervalida sozlangan. Hozirda ijrochilikda
qo’llanilayotgan ud cholg’usining yuqoridan 1-3 torlari sun’iy ichakdan yoki kaprondan taqiladi.

4-6 torlari esa, pishitilgan ipak ustidan mis sim o’ralgan holda tayyorlanadi.
Sun’iy ichak torlarining qo’llanilishi yaqin yillarda davomida boshlangan. Chunki ipak tor

tez titilib ketish va sadosining pastligi jihatidan iste’moldan bir muncha yiroqlashgan.

Sun’iy ichak taqilgach, asbobning tovushi balandlashdi, barmoqlarning torlar ustidagi

harakatiga yaxshi imkoniyat tug’ildi. Udning torlari bam, maslas, masna, zir, hodd atamalari bilan
nomlangan.

Cholg’uning pardalari Forobiy yashagan zamonlardan to XVI asrgacha bir necha bor

o’zgargan va ularning o’rni turlicha belgilanib kelingan. Uning pardalari taxminan XIII-XV
asrlarda joriy etilgan tovush tizimiga to’g’ri keladi. Ud parda (doston)lari 8 ta bo’lgan:

1. Mutlaq - ochiq parda deb atalgan.
2. Zoid - (mutlaqqa nisbatan) orttirilgan.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

922

3. Mujannab - "qo’shni parda", ba’zi sharq musiqa olimlarining aytishicha "chetlatilgan"

(olimlar bu pardaga maxsus ism bermaganlari uchun nolanish nuqtai nazaridan chetda qoldirilgan)
degan ma’noda keladi.

4. Sabboba - "ko’rsatkich barmoq" demakdir. Bu atama ko’rsatkich barmoq vositasi bilan

tovush hosil etiladigan pardani ifodalaydi.

5. Vustai furs - o’rta barmoq vositaschi bilan tovush chiqarib olinadigan pardadir.
6. Vustai zalzal - Zalzal (791 yil vafot etgan mashhur arab hoqoni) hukmron bo’lgan

zamonda belgilangan va o’rta barmoq vositasi bilan chalinadigan pardadir.

7. Binsir - to’rtinchi barmoqning nomi bo’lib, shu barmoq vositasida ijro etiladi.
8. Hinsir - chimchiloqning nomi bo’lib, shu barmoq orqali chalinadigan parda.
Ud pardalarining nomlanishidan ko’rinib turibdiki, kuylarning ijro etilishida ud
chaluvchi sozandaning to’rt barmog’ini hammasini ishlaydi.
O’tmishda udning tor va pardalarining hammasi ma’lum bir kuyni ijro etishda birin-ketin

ishlatilmay, temperatsiya etilmay diatonik lad uyushmalariga moslab chalingan. Bizgacha yetib
kelgan o’zbek-tojik xalq musiqa asarlarida, ayniqsa Shashmaqomning ba’zi yo’llari va keyingi
davrlarda yaratilgan xalq kuy va ashulalarining ba’zi ko’rinishlari, izlari saqlanib qolganligi bu
fikrning dalilidir.

Xulosa o’rnida, shuni qayd etish joizki, sharq halqlari musiqa san’ati ijrochiligida eng

qadimiy va amaliyotda qo’llanish o’rniga ko’ra eng yetakchi soz -ud cholg’usidir. Uning pardalari
va torlari namuna sifatida musiqa nazariyasi va amaliyotining ilmiy masalalari (tovushlar oralig’i,
nag’ma, jins, jam’ va maqomlarni tashkil etgan pog’onalari - pardalari)ni tushuntirish uchun eng
qulay bo’lgan.

REFERENCES

1.

Визгo Т. Музыкалные инструменты Средней Азии. Истoрические oчерки.-М.:
"Музыка", 1980.

2.

Rajabov I. Maqomlar masalasiga doir. T., 1963.

3.

Rajabov I. Maqomlar. Nashrga tayyorlovchi O.Ibrohimov. T.: "San’at". 2006.

4.

Малкеева А.А. "O музыкалных связях Средней Азии в I-VII вв.н.э. (на примере
изoбражений арфы и лютни)" // Музыкалнoе, театралнoе искусствo и фoлклoр. Т.:
«Фан», 1992. 30-с. 406

http://oac.dsmi-qf.uz

5.

Pirmatova N. XONANDALIK VA HOFIZLIK MAHORATI //Art and Design: Social
Science. – 2024. – Т. 4. – №. 06. – С. 24-27.

6.

Pirmatova N. PROBLEMS OF VOICE ADJUSTMENT IN MAQOM SINGING
EDUCATION //Archive of Conferences. – 2021. – Т. 22. – №. 1. – С. 39-43.




References

Визгo Т. Музыкалные инструменты Средней Азии. Истoрические oчерки.-М.: "Музыка", 1980.

Rajabov I. Maqomlar masalasiga doir. T., 1963.

Rajabov I. Maqomlar. Nashrga tayyorlovchi O.Ibrohimov. T.: "San’at". 2006.

Малкеева А.А. "O музыкалных связях Средней Азии в I-VII вв.н.э. (на примере изoбражений арфы и лютни)" // Музыкалнoе, театралнoе искусствo и фoлклoр. Т.: «Фан», 1992. 30-с. 406 http://oac.dsmi-qf.uz

Pirmatova N. XONANDALIK VA HOFIZLIK MAHORATI //Art and Design: Social Science. – 2024. – Т. 4. – №. 06. – С. 24-27.

Pirmatova N. PROBLEMS OF VOICE ADJUSTMENT IN MAQOM SINGING EDUCATION //Archive of Conferences. – 2021. – Т. 22. – №. 1. – С. 39-43.