ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
945
JAHON MUSAVVIRLARI IJODIDA IMPERIYA (AMPIR) USLUBINING O’ZIGA XOS
XUSUSIYATLARI (JAK LUI DAVID VA JAN OGYUST DOMINIK ENGR IJODI
MISOLIDA)
Parpiboyev Islomjon Ilhomjon o’g’li
Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti
Mahobatli rangtasvir mutaxassisligi 1-kurs magistri.
https://doi.org/10.5281/zenodo.14585050
Annotatsiya.
Mazkur maqolada jahon tasviriy san’atining yetuk namoyondalari bo’lmish
usta rassomlar Jak Lui David hamda Jan Ogyust Dominik Engrlarning ijodi yo’li, asarlarining
estetik mohiyati, shuningdek ularning ijod uslubidagi o’xshashlik va faqlari haqida ochib
berishga harakat qildindi.
Kalit so’zlar:
Jahon tasviriy san’ati, Jak Lui David, Jan Ogyust Dominik Engr, badiiy
ijodiy jarayon.
ОСОБЕННОСТИ СТИЛЯ ИМПЕРИЯ (АМПИР) В ТВОРЧЕСТВЕ МИРОВЫХ
ХУДОЖНИКОВ (НА ПРИМЕРЕ ТВОРЧЕСТВА ЖАКА ЛУИ ДАВИДА И ЖАНА
ОГЮСТА ДОМИНИКА ЭНГРА)
Аннотация.
В данной статье была предпринята попытка раскрыть путь
творчества мастеров-живописцев Жака-Луи Давида и Жана-Огюста Доминика Энгра,
являющихся зрелыми представителями мирового изобразительного искусства,
эстетическую сущность их произведений, а также сходства и различия в их творческом
стиле.
Ключевые слова:
Мировое изобразительное искусство, Жак Луи Давид, Жан Огюст
Доминик Энгр, художественный творческий процесс.
DISTINCTIVE FEATURES OF THE EMPIRE STYLE IN THE WORKS OF WORLD
ARTISTS (ON THE EXAMPLE OF THE WORK OF JACQUES LOUIS DAVID AND
JEAN AUGUSTE DOMINIQUE INGRES)
Abstract.
This article attempts to reveal the creative path of master artists Jacques Louis
David and Jean Auguste Dominique Ingres, who are outstanding representatives of world fine art,
the aesthetic essence of their works, as well as the similarities and differences in their creative
styles.
Keywords:
World Fine Arts, Jacques Louis David, Jean Auguste Dominique Ingres, artistic
creative process.
XVIII-XIX asrlarda jahon rangtasvirining rivojlanish jarayoni murakkablashib boradi, o’z
an'analari va xususiyatlariga ega bo’lgan milliy maktablar vujudga kеldi. Rangtasvirda psixologik
muammolar chuqurlashib kеtadi huningdek, insonni o’rab turgan atrof-muhit, kundalik hayotga
va rеal voqеa - xodisalarga murojat qilish rangtasvirda ham janrlarning paydo bo’lishiga olib kеldi.
Bu janrlar manzara, natyurmort, portrеt, maishiy janr va xakozolar edi. San'atda turli
stildagi yo’nalishlar yaratildi. Bu asrlarda jahon san'atida diniy-mifologik obrazlar qadrlandi,
ayrim ustalar psixologik jihatdan ampir stilidagi asarlar yaratdilar.
Shuningdek, Fransiya rangtasvirida ham ampir usuli vujuga kelib shakllanib boshladi.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
946
Ampir uslubi neoklassik uslub sifatida ham tanilgan bo’lib XVIII asr oxiri va XIX asr
boshlarida paydo bo’lgan me’morchilik, dizayn va dekorativ san’atning asosiy shakli hisoblandi.
Imperiya uslubining nomi Napoleon Bonapart davridagi birinchi Fransiya imperiyasidan
olingan.
O’zining ulug’vorligi, nafisligi va hashamdorligi bilan ajralib turadigan imperiya uslubi
qadimgi Yunoniston va Rim me’morchiligidan, shuningdek, Misr va boshqa klassik
sivilizatsiyalardan ilhom olgan holda shakllandi.
U nosimmetrik dizaynlarni, toza chiziqlar va monumental nisbatlarni o’zlashtirib, kuch va
hokimiyat tuyg’usini uyg‘otadi. Marmar, bronza va zarhal kabi materiallardan foydalanish
uslubning hashamatiga yanada joziba qo’shadi. Unda Napoleon harbiy diktaturasiga suyangan
burjua doiralarining g’oyalari va estetik qarashlari ifoda ettirilgan.
Fransiyada Jak Lui David hamda Jan Ogyust Dominik Engr kabi rassomlar ijodida ham
Ampir uslubi o’z ifodasini topgan.
Mavzuni yoritish maqsadida mazkur rassomlarning ijodiy uslubi, bir biridan farqini ko’rib
chiqishimiz lozim.
Jak Lui David frantsuz yetuk rasomlaridan hioblanib, neoklassitsizmning taniqli vakili. U
Baucher bilan tahsil olib, rokoko uslubida ishlay boshladi, lekin Rimda (1775-1780) ta’lim
olganidan so’ng Qadimgi Rim san’ati ta’sirida David qat’iy epik uslubni shakllantirdi. 1783 yilda,
35 yoshida, Devid Frantsiya Rassomlik akademiyasining a’zosi etib saylandi va bir yil o’tgach, u
Parij ko’rgazmasida keng jamoatchilik e’tirofiga sazovor bo’ldi. Tomoshabinlar bilan ajoyib
muvaffaqiyat qozongan 35 yoshli usta Lui XVI saroy rassomiga aylanadi, O’zini rokoko uslubida
qadimiylik tasvirlari orqali qahramonona erkinlikni sevuvchi g’oyalarni ifoda etishga intildi, bu
esa o’sha davr jamoatchiligining kayfiyatiga juda mos keldi. U fuqarolik burchga sadoqat,
qahramonlik, fidoyilik qobiliyatini tarannum etuvchi asarlar yaratdi.
1804 yilda Napoleon Jak Lui Davidni "birinchi rassom" etib tayinladi. Devid Napoleonning
qahramonliklarini bir qator aarlarida ulug’lagan, bu Davidning qat’iy klassitsizmdan romantizmga
o’tganligini ko’rsatadi.
Bunga bir qancha asarlarini misol tariqasida
ko’rsatishimiz mumkin. Uning “Goratiyevlar qasamyodi”
asari, “Rimliklar va Sabinyanlar o’rtasidagi jangni
to’xtatgan Sabinyan ayollari” va “Sokratning o’limi” kabi
asarlar bunga misol bo’la oladi.
“Goratiyevlar qasamyodi” asari haqida gapiradigan
bo’lsak, unda uch aka-uka g’alaba qozonishga yoki o’lishga
qasamyod qilishadi va otalari ularga qilich berayotgani
tavirlangan. David bu asarni Lyudovik XVI tomonidan
berilgan buyurtma asosida ishlaydi.
“Rimliklar va Sabinyanlar o’rtasidagi jangni
to’xtatgan Sabinyan ayollari” asarida Rimliklar va
Sabinyanlar o’rtasidagi jang tasvirlangan.
Sabinyan ayollari jangni tugatishga umid qilib,
bolalarini jang maydoniga olib kelishadi.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
947
“Sokratning o’imi” nomli ushbu asarda sud hukmiga
ko’ra zaharli kosani ichishga tayyor bo’lgan Sokrat o’z
shogirdlariga xayrlashuv so’zlari bilan murojaat qiladi.
Faylasuf qo’lini ko’tarib, ikkinchisini piyola tomon uzatdi.
Uning qo’li halokatli ichimlik solingan idishga tegmoqchi
bo’lib, ammo hali ham tegmay havoda osilib turishi muhim
ahamiyatga ega, chunki u vaqt to’xtab qolgandek taassurot
qoldiradi.
Jak Lui Davidning shogirti bo’lmish Jan Ogyust Dominik Engr ham o’zining unutilmas
ijoiy aarlari bilan tarixda iz qoldirgan. Jan Ogyust Dominik Engr frantsuz rassomi Parijda Jak Lui
Daviddan ta’lim olgan. Engr adabiy, mifologik, tarixiy mavzularda kartinalar yozgan. U o’zini
tarixiy rassom va Jak Lui Davidning izdoshi deb hisoblagan. Biroq, o'zining mifologik va tarixiy
kompozitsiyalarida Engr utozining talablaridan chetga chiqib, tabiat, diniy tuyg'ularni iffodalahda
ko'proq jonli kuzatishlar olib bordi, mavzuni kengaytirdi, xususan, asarlarida romantiklar singari
antik davr va o'rta asrlarga murojaat qildi. Engrning o'zi portret janrini o’zining darajasiga loyiq
deb hisoblamagan, garchi u portret sohasida o'zining eng muhim asarlarini yaratgan bo'lsa ham.
Uning asarlarida bir qator go’zal ayollar obrazlarini tavirlash orqali abadiy go'zallik
idealini tasvirlab berishga intilganini ko’rishimiz mumkin.
Jan Ogyust Dominik Engr o’zining usslubi haqida quyidagi so’zlarni aytgan edi: "Mening
asarlarimda men faqat bitta uslubga amal qilaman - antik davr va o'sha mashhur asrning buyuk
ustasi Rafael san'atda go'zallikning abadiy va o'zgarmas chegaralarini o'rnatdi". "Men asosan
uning go'zal tamoyillariga sodiq qolgan bo'lsam-da, antik davrga
bo'lgan muhabbatiga tirik modelning ta'mini qo'shib, italiyalik
ustalarni, xususan Rafaelni o'rganish orqali yangi yo'l topdim deb
o'ylayman". Uning bu so’zlari “Yupiter va Tetis”, “Rafael va
Fornarina”, “Katta Odaliska” kabi asarlarida o’z isbotini topadi.
“Yupiter va Tetis” asari rassom hali 31 yoshida chizilgan
bo’lib, bu asar bulutlarda tug'ilgan Olimpiya mabudining ulug'vorligi
va qudratini miniatyura va yarim yalang'och nimfa bilan keskin va
qat'iy ravishda aks ettiradi. Engrning bu asarining syujeti Gomerning
"Iliada" epizodidan olingan bo'lib, unda dengiz nimfasi Tetis
Yupiterga yolvorib, o'sha paytda Troya jangi ishtirokchisi bo'lgan
o'g'li Axillesning taqdirini yaxshilashni so'rayotgan jarayoni
tavirlangan.
“Rafael va Fornarina” asarida rassomning kumiri Rafaelning
sevimli Fornarina bilan birgalikdagi portreti tasvirlangan.
Dastgohda Engr tugallanmagan "Fornarina" rasmini va
fonda "Madonna della Sedia" tondosini ko'rsatgan. Xuddi shu model
Rafael uchun moellik qilgan.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
948
Haramdagi qullar va xizmatchilar odalislar deb atalgan.
“Katta Odaliska” aarida Engr Uyg'onish davri rassomlaridan
o'rnak olib, anatomik o'xshashlikka amal qilmagan.
Aarning badiiy maqsadlariga kelsak u o'ng qo'lni
uzaytirdi va chap oyog'ini anatomik nuqtai nazardan imkonsiz
bo'lgan burchak ostida bukdi. Rasmdagi libossiz qiz
g'ayrioddiy tarzda taqdim etilgan – ochiqlik va qo'pollikdan mahrum bo'lgan holda alohida
mukammallik doirasiga ko'tarilgan. Asar rassom tomonidan Napoleonning singlisi Karolin Murat
buyurtmai asosida chizilgan. Bu asar bugungi kunda Luvr muzeyida saqlanib kelinmoqda.
Biz yuqoriagi rassomlar ijodini o’rganib tahlil etar ekanmiz ularning ustoz shogird ekanini
va ijodiy uslubini qanchalik o’xshash bo’lishiga qaramay Engrni asarlarida asosan Rafaelni uslubi
akslanishini guvohi bo’ldik. Ularning har ikkalasi ham o’z davrining usta rassomlari bo’lib, jahon
tasviriy san’atida unutilmas iz qoldirgan.
REFERENCES
1.
Абдирасилов С.Ф., Бойметов Б.Б., Толипов Н.Х. Тасвирий санъат.–Т.: 2010 35 б
2.
Березина, В. Энгр. — М.: Изобразительное искусство, 1977. — 232 с.
3.
Бодлер, Шарль. Об искусстве / Пер. с фр. Пред. В. Левика, посл. В.
Мильчиной. — М.: Искусство, 1986. — 422 с.
4.
Энгр об искусстве / Сост., авт. вступ. ст. и комм. А. Н. Изергина. — М.: Изд. Академии
художеств СССР, 1962. — 172 с.
5.
Zarifova Dilfuza Omon qizi., “Ranglarning fazoviy birikmalari va xususiyatlari”.
Educational Research in Universal Sciences. T.: 2023.
