Dekabr, 2024-Yil
1143
MAKTABGACHA TA’LIMDA INKLYUZIV TA’LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH
Payzullayeva Oltinoy Madiyor qizi
Nukus davlat pedogogika instituti Ellikqaʼla pedagogika fakulteti 2-kurs talabasi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.14579352
Annotatsiya.
Ushbu maqolada hozirgi kunda imkoniyati cheklangan bolalarning ta’lim-
tarbiya olishlari uchun qilinayotgan amaliy ishlar, inklyuziv ta’lim va bu ta’lim to’g’risidagi qabul
qilingan qonun va bu borada bugungi kundagi muammo va kamchiliklar xususida so’z yuritilgan.
Kalit so'zlar:
Pedagogik texnologiyalar, maxsus ta'lim, dars, pedagog, samaradorlik,
ta'lim va tarbiya, imkoniyati cheklangan bolalar.
DEVELOPMENT OF AN INCLUSIVE EDUCATION SYSTEM IN PRESCHOOL
EDUCATION
Abstract.
This article discusses the current practical work being done to educate children
with disabilities, the law on inclusive education and this education, and current problems and
shortcomings in this regard.
Keywords:
Pedagogical technologies, special education, lesson, teacher, efficiency,
education and upbringing, children with disabilities.
РАЗВИТИЕ СИСТЕМЫ ИНКЛЮЗИВНОГО ОБРАЗОВАНИЯ В ДОШКОЛЬНОМ
ОБРАЗОВАНИИ
Аннотация.
В данной статье рассказывается о проделанной практической работе
по образованию детей с ограниченными возможностями, инклюзивном образовании и
принятом законе об этом образовании, а также о текущих проблемах и недостатках в
этом направлении.
Ключевые слова:
Педагогические технологии, специальное образование, урок,
педагог, эффективность, воспитание и обучение, дети с ограниченными возможностями
здоровья.
Kirish
Inklyuziv ta’lim vazifasi bolalarning qobiliyatlari va holatidan qat’i nazar, ularning
barchasiga sifatli ta’lim taqdim etishdan iborat. Shu bilan birga, inklyuzivlik tamoyili
imkoniyatlari cheklangan bolalar ijobiy ruhiy va ijtimoiy rivojlanishga ega bo‘lishlari uchun oilada
yashashlari va o‘z tengdoshlari bilan birga oddiy maktabda bilim olishlari lozimligini nazarda
tutadi.
Dekabr, 2024-Yil
1144
Asosoiy qism tahlili
Inklyuziv ta’lim tizimi nogironlar aravachasidagi bola yaqin atrofda joylashgan har qanday
maktabda ta’lim olishi, o‘zlashtirishda qiynalayotgan bo‘lsa, o‘qish va yozishga o‘rganish uchun
maxsus yordamga ega bo‘lishi, darslarga qatnamay qo‘ygan bolaga esa maktabga qaytish uchun
tegishli yordam ko‘rsatilishini kafolatlaydi.
O‘tgan yigirma yil davomida maxsus ehtiyojli bolalarni umum ta’lim muassasalari tizimida
o‘qitish borasida sezilarli ishlar amalga oshirildi. Ammo, inklyuziv ta’limi tizimini joriy qilish
asosan shaharlar miqiyosida bo‘lib qishloqlardagi hududlarda hali-hamon maxsus ehtiyojli bolalar
ta’limdan chetda qolib ketmoqda yoki qishloqlardagi ota-onalar nogiron farzandini shaharlardagi
maxsus muassasalarga qatnashlarini ta’minlash uchun qiyinchiliklarga duch kelmoqdalar. Shuning
uchun ham maxsus ehtiyojli bolalarni inklyuziv ta’limga jalb etish barcha hududlarda barcha
maxsus ehtiyojli bolalarni qamrab olgan bo‘lishi ta’minlanishi lozim.
Nogiron bolalarga ularga nogiron deb faqatgina nuqson jihatdan yondashishi emas, balki
bu bolalrga har tomonlama yondashish lozim. Bu esa maxus ehtiyojli bolalar uchun ta’lim
masalasini rejalashtirayotgan uning butun hayoti davomida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan
ehtiyojini hisobga olgan holda tuzishni talab etadi . Bundan tashqari, inklyuziv ta’limda nogiron
boladagi mavjud nuqonlarni bartaraf etish, korrektsiyalash, kompensatsiya qilish bilan bir qatorda
bilim ko‘nikmalarga ega qilish, kasb hunarga o‘rgatish ishlarini parallel ravishda olib borish talab
etiladi. Bu tamoyilning mohiyatida maxsus ehtiyojli bolalarga ilk yosh davrida erta yondashish
ham yotadi.
Maxsus ehtiyojli bolalar ta’limi boshlang‘ich va o‘rta-maxsus ta’limni olishlari blan
yakunlanmasligi kerak. Nogiron bolalarning kasb-hunar ta’limi va oliy ta’limi ham amalga
oshirilishi taalab etadi. Chunki inklyuziv ta’lim tizimining vazifalaridan biri maxsus ehtiyojli
bolalrni har tomonlama rivojlantirish, ularning barcha huquqlarini ta’minlashdan iboratdir.
Maxsus ehtiyojli bolalar ta’lim tarbiyasi masalasi bugungi kunda eng dolzarb masalalar
sirasiga aylanib bormokda. Maxsus ta’lim imkoniyati cheklangan bolalar uchun ta’lim tizimi
sifatida rivojlangan.
Ushbu ta’lim imkoniyati cheklangan bolalarning ehtiyojlarini umumta’lim muasasalarida
qondirib bo’lmaydi degan taxminlar asosida qurilgan. Maxsus ta’lim butun dunyoda maktab yoki
internat shaklida, shuningdek umumta’lim maktablarining katta bo’lmagan qismlari sifatida
faoliyat yuritadi. Maxsus ehtiyojli bolalarning maxsus ta’lim tizimda o’qitilishi ularning maktabni
tugatgach ijtimoiy jamiyatga moslashib ketishlarini qiyinlashtiradi. Shuningdek ularning o’z
oilasidan uzokda bo’lishlariga majbur qiladi.
Dekabr, 2024-Yil
1145
Bu toifa bolalar boqimandalikka o’rganib qoladilar, o’z-o’ziga xizmat qilishlarida
qiyinchiliklarga duch keladilar. Bundan tashqari juda ko’plab maxsus ehtiyojli bolalar ta’limdan
chetda qolib ketmokdalar.
Hozirgi kunda Respublikamizda alohida yordamga muhtoj bolalarni rivojlanish darajasi,
imkoniyati nuqson xususiyatlari va qobiliyatlariga ko’ra maxsus yoki umumta’lim tizimida ta’lim
olishini amalga oshirish maqsadida inklyuziv ta’lim siyosati amalga oshirilmokda. Inklyuziv
ta’lim bu -davlat siyosati bo’lib, nogiron va sog’lom bolalar o’rtasidagi to’siqlarni bartaraf etish,
maxsus ta’limga muhtoj bolalar, (ayrim sabablarga ko’ra nogiron bo’lgan) o’smirlar rivojlanishda
uchraydigan nuqsonlar yoki iqtisodiy qiyinchiliklardan qat’iy nazar ijtimoiy hayotga
moslashtirishga yo’naltirilgan umumta’lim jarayoniga qo’shishni ifodalovchi ta’lim tizimidir.
Inklyuziv ta’lim alohida yordamga muhtoj bolalarni normal rivojlanishdagi bolalar bilan
teng xuquqlilik asosida ta’lim tarbiya olishlarini taminlaydi. Shuning uchun ham ahamiyatlidir.
Tavsiyalarda barcha bolalarning ta’lim olish muhitini o’rganib maxsus ehtiyojli
bolalarning ta’limiy ehtiyojlariga umumiy baho beriladi.
Asosiy ma’no shundaki, sog’ligining yomonlashuvi yoki rivojlanishining orqada qolishi
sababli alohida ehtiyojga ega bo’lgan bolalarni ham mumiy ta’lim jarayoniga kushish mumkin.
Inklyuziv ta’limda, ta’lim berishning diqqat markazida bola turadi (o’quv rejasi emas) deb
bu jarayonga yondashadi. Ushbu yondashuvlar bolalar xar xil sharoitda o’qiydi, rivojlanadi,
ma’lumotni xar xil tezlikda qabul qiladi degan e’tirofga asoslanadi.
Ular xar bir bolaning shu qatorda maxsus ehtiyojli bolalarning ham ehtiyojlarini
qondiradigan ta’lim muxitini yaratib berishga qaratilgan. Mazkur tavsiyalarning maqsadi -
maktablarni maxsus ehtiyojli bolalarnig ehtiyojlariga javob beradigan qilib moslashtiradigan
jarayonni qo’llab–quvvatlash. «Moslashtirish» deganda nafaqat maxsus ehtiyojli bolalarni
maktabga bemalol borib kelishi, balki shu qatnashdan kandaydir foyda olishi va optimal o’quv
rejasining mavjudligidir. Maktab muxiti moslashuvchan bo’lib, bola ta’limdagi tartibga
moslashishi kerak deb taxmin qilinmasdan, alohida xar bir bolaning ehtiyojlarini qondirishi kerak.
Maxsus yordamga muhtoj bo’lgan bolalar ta’lim-tarbiyasi ularni o’qish va yozishga
o’rgatish muammolarini ijtimoiy hayotga moslashtirishga ko’mak berish, bu ishlarni samarali
amalga oshirish, maxsus soxa xodimlari hamda nogron bolalar ota-onalariga amaliy yordam berish
kabi masuliyatli ishlar jumlasiga kiradi. Maxsus yordamga muhtoj bolalar asosiy muamolarini ular
o’zlari yashab turgan muxitdan, oiladan uzoqda ta’lim tarbiya berish bilan hal qilib bo’lmaydi.
Jamiyat o’z a’zolariga javobgarlikni o’z bo’yniga olmas ekan, cheklab qo’yilgan huquq va
imkoniyatlar qaytarib berilmas ekan ijtimoiy integrasiyaga erishish qiyin.
Dekabr, 2024-Yil
1146
Maxsus ehtiyojli bolalarni ta’lim tarbiyasida tenghuquqlilik muammosini hal etish bugungi
kunning dolzarb muammolaridan biridir.
Ammo bugungi kunda ham juda ko’plab bolalar turli xildagi sabablarga ko’ra ta’limdan
chetda qolib ketmoqdalar. Inklyuziv ta’limga jalb qilishning tashkiliy, ilmiy-uslubiy choralarini
ko’rib chiqish ya’ni mutaxassislarini tayyorlash, malakasini oshirishga oid tadbirlarni ishlab
chiqish lozim. Alohida yordamga muhtoj bolalarni umumta’lim muassasalariga jalb qilishning ikki
asosiy omili bor:
Birinchidan, alohida ehtiyojga ega bo’lgan bolalar ham sog’lom bolalar bilan birgalikda
o’zaro faoliyat ko’rsatishlari mumkin. Inklyuziv ta’lim maqsadga muvofiq tarzda tashkil etilsa,
maxsus ehtiyojli bolalar ijtimoiy tomondan himoyalanadilar, sog’lom bolalar esa ijtimoiy adolat
va tenglikning tan olinishi buyukligini nogiron bolalarga nisbatan yanada mehribon va e’tibor
bilan munosabatda bo’lishni his etadilar.
Ikkinchidan, nogiron bolalar ham sog’lom tengdoshlari bilan yonmayon o’qish,
tarbiyalanish huquqiga ega ekanligi. Bu ishlarni muvaffaqiyati xar bir davlatning qonunlarida aks
etilishi zarur. Inklyuziv ta’limga bo’lgan ehtiyoj uning jamiyatga va maxsus ehtiyojli bolalar
uchun quyidagi nafli jihatlari mavjudligidan kelib chiqadi: Inklyuziv ta’lim maxsus ehtiyojli
bolalarga doimo o’z oilasi mahallasi va qarindosh-urug’lari davrasida bo’lishga imkon beradi.
Bolalarni oilasidan, uyidan uzoqda bo’lgan iternatlarga joylashtirish ularning uyi, oilasi
hamjamiyat hayotiga ishtirok etish huquqiga to’sqinlik qiladi. Uyidan, oilasidan, ota-ona mehridan
uzoqda bo’lgan bola diydasi qattiq bo’lib o’sadi.
Chunki oila tarbiyaning bosh markazidir. Inklyuziv ta’lim barcha uchun ta’lim sifatini
yaxshilaydi. Inklyuziv ta’lim ta’lim sifatini yaxshilashga olib keladigan katalizator bo’lib xizmat
qilishi mumkin. Maxsus ehtiyojli bolalrni umumta’lim muassasalariga qabul qilinishi
o’quvchilarni yanada bolaga qaratilgan faolroq va ko’proq o’quvchilarni qamraydigan yangi
o’qitish uslublarini ishlab chiqishga undaydi. Buning nafi esa hamma bolaga tegadi. Inklyuziv
ta’limga yangicha fikrlarning talqin etilishi milliy, tashkiliy va uslubiy islohotlarni talab etadi.
Maxsus ta’limga muhtoj bolalar hozirgi maktab tizimida ehtiyojlari qondirilmayotgan
bolalardir.
Shu sababdan maktablar barcha bolalarning turli xildagi va umumiy maqsadlari,
intilishlari, qiziqishlariga javob berishi va ularning bilim olishlarini ta’minlashi lozim. Inklyuziv
ta’limni rivojlantirish uchun umumiy ta’lim tizimiga tarkibiy o’zgartirishlar kiritish muhimdir.
“Umum ta’lim” va “maxsus ta’lim” o’rtasidagi to’siqlar olib tashlanishi kerak.
Dekabr, 2024-Yil
1147
Maxsus ta’lim oddiy ta’limning bir qismi bo’lishiga qaramasdan, o’zining o’quvchilari,
o’qituvchilari, boshqaruv jamoasi va ta’minot tizimidan tashkil topgan ikkita ta’lim tizimi amalda
qo’llanilib kelinmoqda. Barcha o’quvchilarning talablariga javob beruvchi “Inklyuziv maktab”da
bunday tizimga ehtiyoj qolmaydi. Islohotlar ta’lim maqsadlarining amaliyotini boshqarish
mumkin, lekin ularning pedagogik amaliyotini to’g’ridan-to’g’ri boshqara olmaydi. Shu sababdan
samarali bo’lishi uchun islohotlar yaxshi muhokama qilinishi va ta’lim tizimi boshqaruvchilar
hamda uni amalda qo’llovchilar tomonidan ko’rib chiqilishi kerak.
Xulosa
.
Albatta, nogiron bolalar uchun yaxshi bo‘lgan qulayliklar normal rivojlanishdagi bolalar
uchun hech bir muammo keltirib chiqarmaydi. Jismonan bog‘lanishlarni yaratish inklyuziv
ta’limning asosiy muammolarini hal etishga xizmat qiladi. Bundan tashqari inklyuziv ta’limda
nogiron boladagi mavjud nuqonlarni bartaraf etish, korreksiyalash, kompensasiya qilish bilan bir
qatorda bilim ko‘nikmalarga ega qilish, kasb hunarga o‘rgatish ishlarini parallel ravishda olib
borish talab etiladi. Bu tamoyilning mohiyatida maxsus ehtiyojli bolalarga ilk yosh davrida erta
yondashish ham yotadi.
REFERENCES
1.
Djurayeva,
S.
(2020).
MAXSUS
TA'LIM
JARAYONIDA
PEDAGOGI
TEXNOLOGIYALARNING SAMARADORLIGI. Архив Научных Публикаций JSPI.
2.
Nabiyeva, G. A. (2021). IMKONIYATI CHEKLANGAN BOLALARNING TA'LIM-
TARBIYA OLISHLARI. Scientific progress, 7(5).
3.
https://yuz.uz/news/zamin-fondi-eshitish-qobiliyati-zaif-bolalar-uchun-zamin-education-
loyihasiga-start-berdi
4.
Zoxiriy, P. H. Z. Q. (2021). INKLYUZIV TA'LIMDA NOGIRON BOLLALARNI O'QITISH
VA TARBIYALASH MUAMMOLARI. Oriental renaissance: Innovative, educational,
natural and social sciences, 1(1).
5.
Poroshina, G. P. (1985). Organization and contents of labor training in boarding school for
mentally retarded in summer time. Defektologiya.
6.
https://lex.uz/ru/docs/-1866997
7.
https://m.kun.uz/uz/news/2020/11/19/ular-ham-bizning-farzandimiz-imkoniyati-cheklangan-
bolalar-oqishidagi-muammolarni-kim-hal-qiladi
