Authors

  • Mohinur Radjabova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.59724

Keywords:

Bozor mexanizmlari tannarxini boshqarish investitsiya loyihalar inflyatsiya boshqaruv rejalashtirish operativ nazorat.

Abstract

Ushbu maqolada boshqaruv hisobida milliy iqtisodiyotda korxonalarning boshqaruv hisobini tashkil etish haqida kerakli ma'lumotlar va fanning predmeti haqida so'z boradi.

background image

141

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1

ZAMONAVIY MILLIY IQTISODIYOTDA KORXONALARNING

BOSHQARUV HISOBINI TASHKIL ETISH VA UNING ASOSIY TAMOYILLARI.

Radjabova Mohinur

Osiyo xalqaro universiteti magistranti.

https://doi.org/10.5281/zenodo.14613511

Annatatsiya. Ushbu maqolada boshqaruv hisobida milliy iqtisodiyotda korxonalarning

boshqaruv hisobini tashkil etish haqida kerakli ma'lumotlar va fanning predmeti haqida so'z

boradi.

Kalit so'zlar: Bozor mexanizmlari, tannarxini boshqarish,investitsiya loyihalar,

inflyatsiya, boshqaruv rejalashtirish, operativ nazorat.

ОРГАНИЗАЦИЯ УПРАВЛЕНЧЕСКОГО УЧЕТА ПРЕДПРИЯТИЙ В

СОВРЕМЕННОЙ НАЦИОНАЛЬНОЙ ЭКОНОМИКЕ И ЕГО ОСНОВНЫЕ

ПРИНЦИПЫ.

Аннотация. B данной статье будет рассказано о необходимой информации по

организации управленческого учета предприятий в национальной экономике и о предмете

науки в области управленческого учета.

Ключевые слова: рыночные механизмы, управление затратами, инвестиционные

проекты, инфляция, управленческое планирование, оперативный контроль.

ORGANIZATION OF MANAGEMENT ACCOUNTING OF ENTERPRISES IN THE

MODERN NATIONAL ECONOMY AND ITS BASIC PRINCIPLES.

Abstract. This article will talk about the necessary information on the organization of

management accounting of enterprises in the national economy and the subject of Science in

management accounting.

Keywords: market mechanisms, cost management,investment projects, inflation,

management planning, operational control.

Mamlakatimizda bozor munosabatlari rivojlangan sari xoʼjalik yurituvchi barcha

subʼektlarda, ularning faoliyat turi va mulk shaklidan qatʼiy nazar, boshqaruv hisobini tashkil etish

va yuritish, shuningdek uni yanada takomillashtirishga talab oshib bormoqda. Shu bilan birgalikda

qayd etish joizki, ayni paytda korxonalarda boshqaruv hisobini tashkil etish va yuritish amaliѐti,

korxonalar rahbarlarining barcha talablariga ham javob bera olmaydi. Buning bir qator obʼektiv

va subʼektiv sabablari mavjud. Ular nafaqat boshqaruv hisobini amaliy joriy etish masalalari bilan,

balkim uni tashkil etish va yuritishning nazariy va metodologik masalalari va muammolari bilan

ham bogʼliq.


background image

142

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1

Xususan, shu borada olimlar oʼrtasida boshqaruv hisobining funktsiyalari, obʼekti va

predmeti, metodi hamda tamoyillari borasida ham turli xil qarashlar va munozaralar mavjud.

Boshqaruv hisobi ana shunday maʼlumotlarni boshqaruv qarorlarini toʼgʼri qabul qilish

maqsadida korxona ichidagi turli darajadagi boshqaruv rahbarlari uchun shakllantiradi. Boshqaruv

hisobining mohiyati korxona rahbarlarining oʼz oldiga qoʼygan maqsadlari bilan aniqlanadi: u

ichki tarkibiy tuzilmalar rahbarlarining manfaatlari hamda maqsadlaridan kelib chiqqan holda

maʼmuriyat qarori bilan yana oʼzgartirilishi ѐki maʼlum bir tuzatish-qoʼshimchalar kiritilishi ham

mumkin. Oddiyroq holda ifoda qilinadigan boʼlsa, har bir korxona oʼzining oldiga qoʼygan

maqsadlari va real imkoniyatlari darajasidan kelib chiqib, boshqaruv hisobini turli koʼrinish va

shakllarda tashkil etishlari mumkin.Boshqaruv hisobining vujudga kelishi xarajatlar hisobini

tashkil etish va yuritish bazasida yuzaga kelgan, shuning uchun uning asosiy tarkibiy qismini turli

yoʼnalishlardagi kelgusi va oʼtgan davrlar uchun ishlab chiqarish xarajatlarini tashkil etadi. Ushbu

holat keyingi vaqtda milliy iqtisodiy adabiyotlarda paydo boʼlgan “boshqaruv hisobi”

tushunchasini aniqlashda, shuningdek buxgalteriya hisobini olib borishda va boshqaruv faoliyatida

uning maʼlumotlaridan foydalanishda muhim rolь oʼynaydi. Eʼtirof etish joizki, ana shu fikr-

mulohazalardan kelib chiqib, bir qator olimlarimiz boshqaruv hisobini xarajatlar hisobi bilan bir

yaxlitlikda talqin qilishadi.

Yana bir muhim holat – bu boshqaruv hisobining bevosita maʼlumotlarning atroflicha

tahlilini tashkil etishi bilan bogʼliq boʼlib, u nafaqat nazariyachi olimlar, shuningdek amaliѐtchilar

tomonidan ham boshqaruv hisobi mohiyatini aniqlashda eʼtirof etiladi. Boshqaruv hisobi tarkibida

maʼlumotlar yigʼiladi, guruhlanadi, identifikatsiya qilinadi, tarkibiy boʼlinmalar faoliyatini

natijalarini toʼliq aks ettirish hamda korxonaning foyda olishda qatnashish darajasini aniqlash

maqsadlarida oʼrganiladi. Hisob siyosatida ishlab chiqarish faoliyati samaradorligi amaldagi va

rejadagi xarajatlarni hamda ishlab chiqarish xarajatlarini taqqoslash jarayoni sifatida keltirib

oʼtiladi. Boshqaruv hisobi mohiyatini aniq belgilashda korxonaning maʼlumot nazorat tizimi

yaxlitligini ifodalovchi belgilar yigʼindisi: uzluksizlik, aniq bir maqsadga qaratilganlik,

maʼlumotlar taʼminotining toʼliqligi, jamiyatdagi obʼektiv iqtisodiy qonunlarning amaliѐtda aks

ettirilishi, tashqi va ichki sharoitlar oʼzgarishi natijasida boshqaruv obʼektlari taʼsirchanligining

oʼzgarishi va shu kabilarni koʼrib chiqish taqozo etiladi.Koʼpgina mualliflar boshqaruv hisobi

mohiyati toʼgʼrisida turli-tuman qarashlarni ifodalaydi.

Zamonaviy milliy iqtisodiyotning oʼziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, boshqaruv

hisobi mohiyatini quyidagicha izohlash mumkin. Boshqaruv hisobi - korxonaning muammolarini

hal etish va istiqboldagi rivojlanishini taʼminlashga qaratilgan tezkor (operativ) boshqaruv

qarorlarini qabul qilish uchun xarajatlar va daromadlar hisobi, meʼyorlashtirish, rejalashtirish,

nazorat va tahlil tizimini ifodalovchi maʼlumotlarni bir tizimga soladi.


background image

143

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1

Berilgan ushbu taʼrif boshqaruv hisobining obʼektlari, belgilari va maqsadlaridan kelib

chiqib berilgan boʼlib, bular ushbu maqola doirasida atroflicha koʼrib chiqiladi. Boshqaruv

hisobining funktsiyasini belgilashda bir qator rivojlangan bozor munosabatlariga ega mamlakat,

shuningdek rossiyalik olimlar quyidagi qarashlarni alohida taʼkidlaydilar:

1. Boshqaruv hisobi boshqaruvning turli boʼgʼinlarini maʼlumotlar bilan taʼminlaydi;

operativ nazorat funktsiyasi hamda istiqbolli rejalashtirish funktsiyasini bajaradi.

2. Boshqaruv hisobi boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun maʼlumotlar tayѐrlaydi; turli

xil boshqaruv boʼgʼinlari uchun tahliliy hisobotlarni tuzadi; rahbarlarni chetlanishlarni

boshqarishga yoʼnaltiradi.

3. Boshqaruv hisobi biznesni tizimli boshqarish uchun boshqaruvning turli boʼgʼinlarini

relevant maʼlumotlar bilan taʼminlaydi; korxonaning turli boʼgʼinlarini boshqarish uchun zaruriy

maʼlumotlarni shakllantiradi.Olib borilgan ilmiy tadqiqotlar natijasiga tayanib, shuningdek

mavjud qarashlarni tanqidiy oʼrgangan holda boshqaruv hisobining quyidagi funktsiyalarini

belgilash mumkin, deb hisoblaymiz: boshqaruv hisobi biznesni va uning segmentlarini tizimli

boshqarish uchun relevant maʼlumotlar bazasini shakllantiradi va rahbarlarni u bilan muntazam

taʼminlaydi; operativ nazorat hamda istiqbolli rejalashtirish funktsiyalarini bajaradi.

Boshqaruv predmeti - ishlab chiqarishning maksimal samaradorligiga erishish maqsadida

korxona xodimlari faoliyatini tashkil qilish va muvofiqlashtirish uchun boshqaruv obʼekti ѐki

boshqaruv jaraѐniga taʼsir oʼtkazishdir. Boshqaruv rejalashtirish, tashkil qilish, muvofiqlashtirish,

ragʼbatlantirish va nazorat qilish yordamida boshqaruv predmetiga taʼsir oʼtkazadi. Аynan shu

funktsiyalarni boshqaruv hisobi bajarib, u oʼz tizimini yaratib, boshqaruvning maqsad va

vazifalariga javob beradi. Hozirgi paytgacha boshqaruv hisobi predmetining aniq taʼriflari mavjud

emas. Korxona faoliyatini boshqarish tizim va metodlari oʼzgarmoqda, shunga muvofiq tarzda

boshqaruv hisobining tarkibi oʼzgarmoqda.Korxonalardagi oʼzgaruvchan tashqi omillar

(inflyatsiya, ishlab chiqarishni tarkibiy qayta qurish va sh.k.) taʼsiridagi xarajatlar va daromadlar

hisobini modellashtirishga tegishlidir. Аna shu yerda boshqaruvning obʼektlari va subʼektlari

tarkibi oʼzgaradi.

Boshqaruv toʼgʼrisidagi fan boshqaruv hisobi predmeti haqidagi kontseptsiyani ham

shakllantiradi. Boshqaruv hisobining predmeti - xoʼjalik faoliyatini boshqarish jarayonining

barcha boʼgʼinlaridagi obʼektlar yigʼindisidir. Boshqaruv hisobining obʼektini belgilashda nafaqat

amaliyotchilar, balkim nazariyachi olimlar oʼrtasida ham yaqin boʼlgan quyidagicha yondoshuv

mavjud: boshqaruv hisobining obʼekti, bu korxonaning butun faoliyati hamda uning alohida

segmentlari. Shu bilan birgalikda, alohida taʼkidlash kerakki, amaliѐtchilar ham, nazariyachi

olimlar ham korxonaning segmentini belgilashga turlicha ѐndashishadi.


background image

144

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1

Korxona segmenti deyilganda, nafaqat korxonaning alohida olingan boʼgʼinlari, balkim

boshqaruv hisobining oldiga qoʼyilgan maqsad va vazifalardan kelib chiqqan holda, mahsulot

turlari hamda bir xil jaraѐnlar ham hisobga olinishi kerak.Boshqaruv hisobining obʼektlarini

sxematik tarzda quyidagicha aks etirish mumkin.

Boshqaruv hisobi mohiyatini belgilashda uning muhim xususiyatini taʼkidlash lozim:

boshqa ruv hisobi boshqaruv jarayonini hisob-kitoblar jaraѐni bilan uzluksiz bogʼlaydi.

Boshqaruv hisobining metodi, boshqaruv hisobi obʼektlarini korxonaning yagona

maʼlumotlar tizimida aks ettirish imkonini beradigan usul va uslublar yigʼindisidir. Аna shu usul

va uslublarga buxgalteriya hisobining metodi elementlari (xujjatlashtirish, inventarizatsiya,

baholash, kalьkulyatsiya, buxgalteriya hisob raqamlari, ikki ѐqlama ѐzuv, buxgalteriya hisoboti va

balans), shuningdek moliyaviy va iqtisodiy matematik tahlil kiradi. Korxona maʼlumotlar tizimida

boshqaruv hisobi obʼektlarining turli xil usullar va yoʼllar orqali ifoda etilishi boshqaruv hisobi

metodi deb ataladi.

Boshqaruv hisobining metodi, boshqaruv hisobi obʼektlarini korxonaning yagona

maʼlumotlar tizimida aks ettirish imkonini beradigan usul va uslublar yigʼindisidir. Аna shu usul

va uslublarga buxgalteriya hisobining metodi elementlari (hujjatlashtirish, inventarizatsiya,

baholash, kalьkulyatsiya, buxgalteriya hisob raqamlari, ikki ѐqlama ѐzuv, buxgalteriya hisoboti va

balans), shuningdek meʼѐrlashtirish, rejalashtirish, nazorat qilish, moliyaviy va iqtisodiy

matematik tahlillar ham kiradi.

REFERENCES

1.

Supiyevna, B. M. (2024). IMPROVING THE EFFICIENCY OF LEADER LABOR IN

THE MODERN MANAGEMENT SYSTEM. Gospodarka i Innowacje., 54, 51-55.

2.

Mamlakat, I. (2023). THE USE OF DICTIONARIES IN READING AND

UNDERSTANDING LITERARY TEXTS IN NATIVE LANGUAGE LESSONS.

International Journal of Advance Scientific Research, 3(09), 285-292.

3.

Bazarova, M., Zhomartkyzy, G., & Kumargazhanova, S. (2019). Using an ontological

model for transfer knowledge between universities. In Computational and Information

Technologies in Science, Engineering and Education: 9th International Conference,

CITech 2018, Ust-Kamenogorsk, Kazakhstan, September 25-28, 2018, Revised Selected

Papers 9 (pp. 34-43). Springer International Publishing.

4.

Заявитдинова, Н. М., Базарова, М. С., & Ходжиев, А. Б. (2022). ЦИФРОВАЯ

ЭКОНОМИКА

СТРАТЕГИЯ

ЭФФЕКТИВНОСТИ

ПРИВЛЕЧЕНИЯ

ИНВЕСТИЦИЙ НА ТЕРРИТОРИИ УЗБЕКИСТАНА. ББК 65.0501 А 43, 265.


background image

145

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1

5.

Supievna, B. M. (2023). USING EFFECTIVE WAYS OF CONDUCTING MARKETING

RESEARCH IN INTERNATIONAL COMPANIES. Gospodarka i Innowacje., 41, 79-83.

6.

Supievna, B. M. (2023). MARKETING MANAGEMENT STRATEGY'S IMPORTANCE

AND MODERN CONCEPT. Gospodarka i Innowacje., 42, 381-386.

7.

Supiyevna, B. M. (2023). TIJORAT BANKLARI FAOLIYATIDA PERSONALNI

BOSHQARISHNING O ‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI. Gospodarka i Innowacje., 42,

409-414.

8.

Supievna, B. M. (2023). EFFECTIVENESS OF USING PR-ADVERTISING SERVICES

IN THE PROCESS OF PRODUCT DELIVERY ON THE EXAMPLE OF BUKHARA

REGION.

9.

Базарова, М. С. (2020). Развитие внимания дошкольников посредством

дидактических игр. In Исследования молодых ученых (pp. 37-40).

10.

Supievna, B. M., & Firuza, S. (2023). STRATEGIC WAYS OF IMPLEMENTING

PERSONNEL POLICY IN COMMERCIAL BANKS. THE THEORY OF RECENT

SCIENTIFIC RESEARCH IN THE FIELD OF PEDAGOGY, 1(7), 22-25.

11.

Bazarova, M. S., & Khudaiberdiyeva, O. Q. (2022). IMPROVEMENT OF THE

MECHANISM OF INNOVATIVE MANAGEMENT OF FOOD INDUSTRY

ENTERPRISES. In Современные проблемы социально-экономических систем в

условиях глобализации (pp. 464-467).

12.

Supiyevna, B. M. (2024). DISTINCTIVE FEATURES OF PERSONAL MANAGEMENT

IN THE ACTIVITIES OF COMMERCIAL BANKS. Gospodarka i Innowacje., 47, 134-

139.

13.

Бобоев, А. Ч., & Базарова, М. С. (2019). Хорижий инвестицияларнинг

жозибадорлигини ошириш. Интернаука, (22-3), 88-90.

14.

Bazarova, M. (2023). EFFECTIVENESS OF USING PR-ADVERTISING SERVICES IN

THE PROCESS OF PRODUCT DELIVERY ON THE EXAMPLE OF BUKHARA

REGION. Modern Science and Research, 2(12), 506-512.

15.

Bazarova, M. S., & Shahboz, K. (2022). Ways to increase the efficiency of available tourist

facilities in Uzbekistan. Scientific approach to the modern education system, 1(10), 16-18.

16.

Qizi, R. N. O. (2024). YASHIL IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISH ORQALI MILLIY

IQTISODIYOTNI BARQAROR O’SISH KO’RSATKICHLARI. Gospodarka i

Innowacje., 54, 113-118.

17.

қизи Рахмонқулова, Н. О. (2023). КИЧИК САНОАТ ЗОНАЛАРИНИНГ ҲУДУДЛАР

ИҚТИСОДИЁТИНИ РИВОЖЛАНТИРИШДАГИ ЎРНИ. " Экономика и туризм"

международный научно-инновационной журнал, 6(14).


background image

146

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1

18.

Рахманкулова, Н. (2023). Роль инвестиций в региональном экономическом развитии.

Gospodarka i Innowacje., 36, 168-170.

19.

Явмутов, Д. Ш., & Рахманкулова, Н. О. (2021). Роль образования в развитии

предпринимательства. Ta'lim va rivojlanish tahlili onlayn ilmiy jurnali, 1(2), 23-28.

20.

Явмутов, Д. Ш., & Ракҳманқулова, Н. О. (2021). Бухоро Вилоятида Кичик Саноат

Зоналарининг Ривожланиши. BOSHQARUV VA ETIKA QOIDALARI ONLAYN

ILMIY JURNALI, 1(2), 10-13.

21.

Nafisa, R. (2024). Organization of Management in Small Business and Private

Entrepreneurship. Miasto Przyszłości, 48, 503-509.

22.

Sh, Y. D., & Rakhmanqulova, N. O. (2021). XUSUSIY SHERIKCHILIK VA TURIZM

KLASTERI SOHASIDAGI TADBIRKORLIK RIVOJIDA DAVLATNING O’RNI.

BARQARORLIK VA YETAKCHI TADQIQOTLAR ONLAYN ILMIY JURNALI, 1(2),

73-76.

23.

Sh, Y. D., & Rakhmankulova, N. O. (2021). Risks in the Process of Digitalization of

Business Activities. TA'LIM VA RIVOJLANISH TAHLILI ONLAYN ILMIY JURNALI,

1(2), 19-22.

24.

Raxmonqulova, N. (2024). ACTUAL PROBLEMS OF DIGITAL ECONOMY

DEVELOPMENT IN UZBEKISTAN. Modern Science and Research, 3(2), 340-347.

25.

Явмутов, Д. Ш., & Рахманкулова, Н. О. (2021). КОНЦЕПТУАЛЬНЫЕ ВОПРОСЫ

РАСЧЕТА ПРОДУКЦИИ В ЦИФРОВОЙ ЭКОНОМИКЕ. IJTIMOIY FANLARDA

INNOVASIYA ONLAYN ILMIY JURNALI, 1(2), 12-17.

References

Supiyevna, B. M. (2024). IMPROVING THE EFFICIENCY OF LEADER LABOR IN THE MODERN MANAGEMENT SYSTEM. Gospodarka i Innowacje., 54, 51-55.

Mamlakat, I. (2023). THE USE OF DICTIONARIES IN READING AND UNDERSTANDING LITERARY TEXTS IN NATIVE LANGUAGE LESSONS. International Journal of Advance Scientific Research, 3(09), 285-292.

Bazarova, M., Zhomartkyzy, G., & Kumargazhanova, S. (2019). Using an ontological model for transfer knowledge between universities. In Computational and Information Technologies in Science, Engineering and Education: 9th International Conference, CITech 2018, Ust-Kamenogorsk, Kazakhstan, September 25-28, 2018, Revised Selected Papers 9 (pp. 34-43). Springer International Publishing.

Заявитдинова, Н. М., Базарова, М. С., & Ходжиев, А. Б. (2022). ЦИФРОВАЯ ЭКОНОМИКА СТРАТЕГИЯ ЭФФЕКТИВНОСТИ ПРИВЛЕЧЕНИЯ ИНВЕСТИЦИЙ НА ТЕРРИТОРИИ УЗБЕКИСТАНА. ББК 65.0501 А 43, 265.

Supievna, B. M. (2023). USING EFFECTIVE WAYS OF CONDUCTING MARKETING RESEARCH IN INTERNATIONAL COMPANIES. Gospodarka i Innowacje., 41, 79-83.

Supievna, B. M. (2023). MARKETING MANAGEMENT STRATEGY'S IMPORTANCE AND MODERN CONCEPT. Gospodarka i Innowacje., 42, 381-386.

Supiyevna, B. M. (2023). TIJORAT BANKLARI FAOLIYATIDA PERSONALNI BOSHQARISHNING O ‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI. Gospodarka i Innowacje., 42, 409-414.

Supievna, B. M. (2023). EFFECTIVENESS OF USING PR-ADVERTISING SERVICES IN THE PROCESS OF PRODUCT DELIVERY ON THE EXAMPLE OF BUKHARA REGION.

Базарова, М. С. (2020). Развитие внимания дошкольников посредством дидактических игр. In Исследования молодых ученых (pp. 37-40).

Supievna, B. M., & Firuza, S. (2023). STRATEGIC WAYS OF IMPLEMENTING PERSONNEL POLICY IN COMMERCIAL BANKS. THE THEORY OF RECENT SCIENTIFIC RESEARCH IN THE FIELD OF PEDAGOGY, 1(7), 22-25.

Bazarova, M. S., & Khudaiberdiyeva, O. Q. (2022). IMPROVEMENT OF THE MECHANISM OF INNOVATIVE MANAGEMENT OF FOOD INDUSTRY ENTERPRISES. In Современные проблемы социально-экономических систем в условиях глобализации (pp. 464-467).

Supiyevna, B. M. (2024). DISTINCTIVE FEATURES OF PERSONAL MANAGEMENT IN THE ACTIVITIES OF COMMERCIAL BANKS. Gospodarka i Innowacje., 47, 134-139.

Бобоев, А. Ч., & Базарова, М. С. (2019). Хорижий инвестицияларнинг жозибадорлигини ошириш. Интернаука, (22-3), 88-90.

Bazarova, M. (2023). EFFECTIVENESS OF USING PR-ADVERTISING SERVICES IN THE PROCESS OF PRODUCT DELIVERY ON THE EXAMPLE OF BUKHARA REGION. Modern Science and Research, 2(12), 506-512.

Bazarova, M. S., & Shahboz, K. (2022). Ways to increase the efficiency of available tourist facilities in Uzbekistan. Scientific approach to the modern education system, 1(10), 16-18.

Qizi, R. N. O. (2024). YASHIL IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISH ORQALI MILLIY IQTISODIYOTNI BARQAROR O’SISH KO’RSATKICHLARI. Gospodarka i Innowacje., 54, 113-118.

қизи Рахмонқулова, Н. О. (2023). КИЧИК САНОАТ ЗОНАЛАРИНИНГ ҲУДУДЛАР ИҚТИСОДИЁТИНИ РИВОЖЛАНТИРИШДАГИ ЎРНИ. " Экономика и туризм" международный научно-инновационной журнал, 6(14).

Рахманкулова, Н. (2023). Роль инвестиций в региональном экономическом развитии. Gospodarka i Innowacje., 36, 168-170.

Явмутов, Д. Ш., & Рахманкулова, Н. О. (2021). Роль образования в развитии предпринимательства. Ta'lim va rivojlanish tahlili onlayn ilmiy jurnali, 1(2), 23-28.

Явмутов, Д. Ш., & Ракҳманқулова, Н. О. (2021). Бухоро Вилоятида Кичик Саноат Зоналарининг Ривожланиши. BOSHQARUV VA ETIKA QOIDALARI ONLAYN ILMIY JURNALI, 1(2), 10-13.

Nafisa, R. (2024). Organization of Management in Small Business and Private Entrepreneurship. Miasto Przyszłości, 48, 503-509.

Sh, Y. D., & Rakhmanqulova, N. O. (2021). XUSUSIY SHERIKCHILIK VA TURIZM KLASTERI SOHASIDAGI TADBIRKORLIK RIVOJIDA DAVLATNING O’RNI. BARQARORLIK VA YETAKCHI TADQIQOTLAR ONLAYN ILMIY JURNALI, 1(2), 73-76.

Sh, Y. D., & Rakhmankulova, N. O. (2021). Risks in the Process of Digitalization of Business Activities. TA'LIM VA RIVOJLANISH TAHLILI ONLAYN ILMIY JURNALI, 1(2), 19-22.

Raxmonqulova, N. (2024). ACTUAL PROBLEMS OF DIGITAL ECONOMY DEVELOPMENT IN UZBEKISTAN. Modern Science and Research, 3(2), 340-347.

Явмутов, Д. Ш., & Рахманкулова, Н. О. (2021). КОНЦЕПТУАЛЬНЫЕ ВОПРОСЫ РАСЧЕТА ПРОДУКЦИИ В ЦИФРОВОЙ ЭКОНОМИКЕ. IJTIMOIY FANLARDA INNOVASIYA ONLAYN ILMIY JURNALI, 1(2), 12-17.