ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
407
ARABLARNING MARKAZIY OSIYOGA KIRIB KELISH TARIXINING
MANBALARDA AKS ETISHI
Satimova Lobar Rustambek qizi
Urganch davlat universiteti, Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar fakultetining "Tarixshunoslik va
manbashunoslik" yo'nalishi 2-kurs magistranti.
https://doi.org/10.5281/zenodo.14657207
Annotatsiya. Ushbu maqolada arablarning О‘rta Osiyoga kirib kelishi va mintaqada islom
dinining tarqalishi bilan bog‘lik masalalar, arablarning mintaqadagi ijtimoiy-siyosiy
jarayonlardagi о‘rni, hayoti, turmush tarzini tarixiy manbalarda aks etishini ko’rib o’tamiz.
Kalit so’zlar: Arablar, O’rta Osiyo xalqlari, “Futux al-buldon”, “Tarix ar-rusul val-
muluk”, “Tarixi Buxoro”, “Osor ul-boqiya”, “Tarix al-Yaminiy”, “Kitob surat al-arz”, “Kitob
al-kamol lima’rifat ar-rijol”.
REFLECTION OF THE HISTORY OF THE ARAB INVASION IN CENTRAL ASIA IN
SOURCES
Abstract. In this article, we will consider issues of connection with the entry of Arabs into
Central Asia and the spread of Islam in the region, the role of Arabs in socio-political processes
in the region, their life, lifestyle in historical sources.
Keywords: Arabs, peoples of Central Asia, “Futux al-buldon”, “Historia ar-rusul val-
muluk”, “Historia Bukhara”, “Osor ul-boqiya”, “Historia al-Yaminiy”, “Kitab surat al-arz”,
“Kitab al-kamol Lima'rifat ar-rijol”.
ОТРАЖЕНИЕ ИСТОРИИ АРАБСКОГО ВТОРЖЕНИЯ В СРЕДНЮЮ АЗИЮ В
ИСТОЧНИКАХ
Аннотация. В данной статье мы рассмотрим вопросы, связанные с
проникновением арабов в Центральную Азию и распространением ислама в регионе, а
также роль арабов в общественно-политических процессах в регионе, их жизнь и образ
жизни. как это отражено в исторических источниках.
Ключевые слова: арабы, народы Средней Азии, «Футух аль-булдан», «Тарих ар-
русул валь-мулюк», «Тарих Бухара», «Осар ул-бакийя», «Тарих аль-Ямини», «Книга «Сурат
аль-Бухари» -Арз», «Китаб аль-Камаль лима'рифат ар-Риджал».
Kirish
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
408
Ilk o’rta asrlarga kelib turli-xil xalqlarning O’rta Osiyoga yurishi davrida о‘lkamiz xalqlari,
murakkab ichki ijtimoiy-siyosiy vaziyat va о‘zaro nizolarga qaramay, о‘zining asrlar davomida
yashab kelayotgan tarixiy-madaniy belgilari va milliy etnik xususiyatlarini saqlab qoldi.
Mintaqaga chetdan kirib kelgan boshqa xalqlar esa bu yerdagi an’analarni о‘zlashtirib,
mahalliy xalqqa singib borganlar hamda ma’lum darajada о‘zliklarini ham saqlab qolishga harakat
qilganlar. Bunga О‘zbekiston xududiga VII asr о‘rtalarida kirib kelgan arablar tarixi misol bо‘la
oladi.
Arablarning О‘rta Osiyoga, shuningdek, mamlakatimiz zaminiga kelib joylashuvi hamda
mintaqadagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlardagi о‘rni, hayoti, turmush tarzi kо‘plab tarixiy manbalar
va tadqiqotlarda о‘z aksini topgan.
Asosiy qism
Arablarning О‘rta Osiyoga yurishi va mintaqada islom dinining tarqalishi bilan bog‘lik
masalalar birinchilardan bо‘lib, Balazuriyning “Futux al-buldon” (“Mamlakatlar fathi”) asarida
о‘rin olgan. Asli eronlik bо‘lgan Balazuriy xalifalik poytaxti Bag‘dodga kelib, xalifa Ma’mun
saroyida katta e’tibor kо‘rgan va arab istilosiga doir birlamchi ma’lumotlar bilan tanishib chiqish
imkoniyatiga ega bо‘lgan. Muarrix о‘z asarida xalifalik markazi va uning atrofidagi Kufa, Basra
kabi shaharlarning ahvoli hamda arablar siyosiy va iqtisodiy rivojlanishining о‘ziga xos
xususiyatlarini yoritish barobarida, arablar qо‘l ostidagi о‘lka va mamlakatlarning ijtimoiy-
iqtisodiy ahvoliga doir keng ma’lumotlarni keltirgan. Shuningdek, “Futuh al-buldon” asarida
arablarning kirib kelish harakatlari, xususan, ular tomonidan Xuroson va Movarounnahrning
egallanishiga doir qimmatli ma’lumotlar о‘rin olgan.
Arab fathi keng yoritilgan yana bir manba Tabariyning “Tarix ar-rusul val-muluk”
(“Payg‘ambarlar va hukmdorlar tarixi”) asaridir. Asar arablarning Movarounnahrga yurishlari,
о‘lkamizdagi ozodlik harakatlari haqida batafsil hikoya qiluvchi atoqli manbalardan biri bо‘lib
hisoblanadi. Arab tilida yozilgan mazkur asarda VIII-IX asrlarga oid qimmatli ma’lumotlar
mavjud, biroq muallifning ba’zi voqealar tafsiloti bayonida masalaga bir yoqlama yondashuvi
yaqqol namoyon bо‘ladi.
Movarounnahrga arablarning kirib kelishini nisbatan batafsil bayon qilgan tarixchilardan
yana biri Narshaxiy esa, arablarning mintaqaga, xususan Buxoroga yurishi va islom dini
tarqalishini о‘zining “Tarixi Buxoro” (“Buxoro tarixi”) asarida yoritgan. Ushbu asar voqealar sodir
bо‘lgan davrga yaqin yillarda, hali arab bosqinchilarining qilmishlari xalq yodidan о‘chmagan
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
409
xotiralarga asoslanib yozilgani bilan ham qimmatlidir. Aynan shu asar arablar istilosi va
о‘lkamizda islom dini tarqalishini tadqiq etishda bebaho manba bо‘lib xizmat qilib kelmoqda.
О‘zining bir qator asarlarida arablar haqida tо‘xtalib о‘tgan Beruniy esa old osiyolik
qadimiy xalqlarning, shu jumladan, arablarning turmush tarzi va urf-odatlariga doir qimmatli
ma’lumotlarni asosan “Osor ul-boqiya” (“Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar”) asarida qayd
etgan. Shu bilan birgalikda, u Movarounnaxrdagi arablar faoliyatining ayrim qirralari va arablarga
qarshi qaratilgan xalq harakatlariga oid muhim dalillar keltirgan. Beruniy asarlarida о‘rin olgan
tarixiy tafsilotlar undan oldin yozib qoldirilgan manbalarga va xalq orasida saqlanib qolgan
xotiralarga asoslangan bо‘lib, allomaning arab istilosiga nisbatan bildirgan fikrlari о‘zining
haqqoniyligi bilan ajralib turadi.
Arablarning О‘rta Osiyo va unga qо‘shni hududlardagi, umuman olganda, Sharqdagi
faoliyatiga doir ma’lumotlar Utbiyning “Tarix al-Yaminiy” asarida anchagina batafsil keltirilgan.
G‘aznaviylar davlati saroyida xizmat qilib, sulton Mahmud G‘aznaviy (998- 1030)
e’tiborini qozongan mazkur muarrixning arab tilida yozgan ushbu asarida, arablarning
mintaqadagi mavqeiga doir qimmatli ma’lumotlar qayd etilgan. Xususan, Utbiyning yozishicha,
vazir Maymandiy G‘aznaviylar Davlatidagi yozishmalar va ish yuritishni arab tilida olib borishni
qayta joriy qilishga uringan bо‘lib, fors tilining tobora oshib borayotgan mavqeini pasaytirishga
harakat qilgan.
Arab fathi, umuman, musulmon sulolalari faoliyati tarixini ancha izchil yoritgan tarixiy
asarlar orasida Ibn al-Asirning “al-Komil fit- tarix” (“Mukammal tarix”) asari alohida e’tiborga
molik. Kо‘p о‘rinlarda Tabariyning asarida qayd etilgan ma’lumotlarga asoslanilgan ushbu asarda
arab istilosiga, xususan, xalifalik qо‘shinlari tomonidan О‘rta Osiyoning egallanishiga doir muhim
ma’lumotlar uchrashi bilan birga, islom olamida о‘rta osiyolik xalqlar, shu jumladan, Saljuqiylar
davrida turkiylarning siyosiy va harbiy jihatdan tutgan mavqei masalasiga ham ancha keng
tо‘xtalib о‘tilgan. Shuningdek, Ibn al-Asir о‘zidan oldin о‘tgan aksariyat tarixchilardan farqli
holda tarixiy jarayonlarni faqatgina bayon qilib qolmasdan, voqea va hodisalarga tanqidiy
yondashgan olim sifatida e’tirof etiladi.
Arab fathi nafaqat tarixiy asarlarda, balki IX-XI asrlarda О‘rta Osiyoga sayohat qilgan arab
va fors geograflari asarlarida ham ma’lum darajada о‘z ifodasini topgan. Ular orasida Ahmad ibn
Ishoq ibn Ja’far al-Ya’qubiyning “Kitob al-buldon” (“Mamlakatlar haqida kitob”), Ibn Havqalning
“Kitob surat al-arz” (“Yerning tuzilishi haqidagi kitob”), Abu Abdulloh Muhammad ibn Ahmad
Shamsiddin al-Muqaddasiyning “Ahsan at- takosim Fi ma’rifat ul-aqolim” (“Iqlimlarning
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
410
ma’rifatida qismlarning husni”), Abu Sa’id Abdurahmon ibn Muhammad al-Idrisiyning “Kitob al-
kamol lima’rifat ar-rijol” (“Nomdor kishilarni tanituvchi mufassal kitob”) kabi asarlarini kayd
etish mumkin.
Bu asarlarda arablarning О‘rta Osiyoga kirib kelish jarayonlariga oid ma’lumotlar bilan
birga, ba’zi о‘rinlarda mintaqa xalqlarining turmush tarzi va urf-odatlarini arablarniki bilan
taqqoslash holatlari ham uchraydi. Jumladan, Ya’qubiyning “Kitob al-buldon” asarida arablarning
Movarounnahr chegara hududlarida kо‘chmanchilar hujumidan saqlanish uchun olib borgan
harakatlariga doir bir qator ma’lumotlar keltiriladi.
XII-XIV asrlarga mansub qator manbalarda ham О‘rta Osiyoda о‘rnashib qolgan arablar
haqida tafsilotlar uchraydi. Xususan, Abu Sa’id Abdulkarim ibn Muhammad as-Sa’moniyning
“Kitob al-ansob” (“Nasablar kitobi”), Ibn Battutaning “Sayohatnoma” 5 asarlarida
movarounnahrlik arablar, ya’ni mintaqadan yetishib chiqqan allomalar orasida asli arab bо‘lgan
tasavvuf va ijod axliga doir ma’lumotlar joy olgan.
Yuqorida aytilganidek, О‘rta Osiyoda arablarning joylashuviga doir ma’lumotlar arab
mualliflaridan tashqari, mahalliy tarixchilar asarlarida ham о‘z aksini topgan. Jumladan,
Najmiddin Abu Hafs Umar ibn Muhammad an-Nasafiy as-Samarqandiyning “Kitob al-qand fi
tarixi Samarqand” (“Samarqand tarixiga oid qand kitob”), Abulfazl Muhammad ibn Abdujalil ibn
Haydar as-Samarqandiyning “Qandiyayi xurd” (“Kichik qandiya”), Abu Tohirxoja
Samarqandiyning “Samariya”, Ibratning “Tarixi Farg‘ona” asarlarida ham arab istilosi va arablar
bilan bog‘liq bir qator masalalarga tо‘xtalib о‘tilgan. Shuningdek, ushbu asarlarda
Movarounnahrdan yetishib chiqqan ijod ahlining bir qismini tashkil etgan arablarga doir
ma’lumotlarni ham uchratish mumkin.
Arablar tomonidan Movarounnahr hududlarini istilo etilishi talay xorijiy tadqiqotlarda
batafsil bayon qilingan. Xususan, Jurji Zaydon, Rosskin Gib, Vasiliy Bartold, Rene Grosse, Sinor
Denis, Pavel Bulgakov, Sochek Svat, Ira Lapidus, Kennidi Hyu va Star Frideriklar ishlarida
arablarning О‘rta Osiyoga kirib kelishi, boshqaruv tizimi, mustaqil davlatlarning tuzilishi singari
masalalarga alohida mavzular ajratilgan. Masalan, Kennidi Hyuning “The Great Arab Conquests:
How the Spread of Islam Changed the World We Live In” nomli kitobida Markaziy Osiyoni
arablar tomonidan istilo etilishiga yettinchi va sakkizinchi boblar ajratilgan. Yettinchi bob
“Amudaryoni kesib о‘tish” deb nomlangan bо‘lib, Movarounnahrni egallash tо‘rt bosqichda
amalga oshirilgani qayd qilingan. Birinchi bosqich 650-705-yillarda arablar asosan hujum qilib,
qish mavsumidan oldin Marvga qaytib ketishgan. Ikkinchi bosqich 705-715-yillarda Qutayba ibn
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
411
Muslim Toxariston, Sog‘d, Xorazm hududlarini egallab, Buxoro va Samarqand shaharlarida arab
harbiy garrizonlarini joylashtirgan. 716-737-yillar, ya’ni uchinchi bosqichda turklar va ularning
ittifoqchilari bо‘ysundirilgan.
737-751 yillarda Asad ibn Abdulloh va Nasr ibn Sayyorlar arab xalifaligi hududlarini
kengaytirish ishlarini davom ettirgan va arablar hokimiyatini tan olgan mahalliy hukmdorlarni о‘z
lavozimida qoldirgan.
Xulosa
Xulosa qilib aytganda, mazkur muammo kо‘pdan beri tadqiqotchilarning diqqatini jalb
qilib, ular tomonidan kо‘plab tadqiqotlar chop ettirilgan bо‘lishiga qaramay, О‘zbekistonda
yashovchi arablar tarixi haligacha maxsus tadqiqot obyekti bо‘lmagan. Shuningdek, arablarning
respublikamizda о‘troqlashuv hayoti keng qamrovli tadqiq etilgani yо‘q.
Mavzuga oid manba va adabiyotlar tahlilining kо‘rsatishicha, О‘rta Osiyoda arab istilosiga doir
bir nechta kitob va ilmiy tо‘plamlar chop etilgan bо‘lishiga qaramay, О‘zbekistonga arablarning
kirib kelish bosqichlari va joylashish tarixi, ularning keyingi hayoti va taqdiri tarixiy kо‘lamda
maxsus tadqiqot obyekti bо‘lmagan.
REFERENCES
1.
Abdurahmonov F. Rustamov A. Qadimgi turkiy til. T.: О‘qituvchi, 1982. – 166 bet.
2.
Abu Mansur Abdumalik ibn Muhammad as-Saolibiy. Kitob latoif al-maorif. - T. Fan, 1987.
– 130 bet.
3.
Abu Tohirxoja. Samariya // Abu Tohirxoja va boshk. / “Meros‖ turkumi. Mas’ul muharrir,
sо‘zboshi muallifi X. Davron. T. Kamalak, 1991. - 5-81-betlar. Sredney
4.
Arminiy Vamberi. Puteshestviye po Azii.- M.: Vost. lit., 2003. - 192 s.
5.
Rajabov R. О‘zbekistondagi arablar tarixi va etnografiyasi.-T.: <> nashriyot-matbaa
aksiyadorlik kompaniyasi, 2012.-13 b.
6.
Gibb H.A.R. The Arab Conquests in Central Asia. –London: Royal Asiatic Society,1923. –
126 p.
7.
Barthold V. Turkestan Down to the Mongol Invasions, trans. H. Gibb. –London: Memorial
Series,1968. –pp.180-93
8.
Grousset R. The Empire of the Steppes: A History of Central Asia. RutGers University
Press,1970.–114 p
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
412
9.
Denis S. The Cambridge History of Early Inner Asia, Volume 1. Cambridge University
Press, 1990.–504 p
