Authors

  • Lobar Satimova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.61152

Keywords:

Qutayba ibn Muslim Xuroson Poykand Buxoro Islom dini “Jome” masjidi “Attorlar darvazasi” yoki “Bozor darvoza”.

Abstract

Ushbu maqolada, Arablarning mohir lashkarboshisi bo’lgan Qutayba ibn Muslimning hayoti va Xurosonga noib etib tayinlanishi, Xuroson va Movaraunnahr hududlarini to’liq boysundirishi hamda bu hududlarda olib borgan siyosati yoritib berildi.

background image

441

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1

QUTAYBA IBN MUSLIMNING XUROSON VA MOVARAUNNAHR HUDUDLARIGA

YURUSHI

Satimova Lobar Rustambek qizi

Urganch davlat universiteti, Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar fakultetining “Tarixshunoslik va

manbashunoslik” yo‘nalishi 2-kurs magistranti.

https://doi.org/10.5281/zenodo.14665741

Annotatsiya. Ushbu maqolada, Arablarning mohir lashkarboshisi bo’lgan Qutayba ibn

Muslimning hayoti va Xurosonga noib etib tayinlanishi, Xuroson va Movaraunnahr hududlarini

to’liq boysundirishi hamda bu hududlarda olib borgan siyosati yoritib berildi.

Kalit so’zlar: Qutayba ibn Muslim, Xuroson, Poykand, Buxoro, Islom dini, “Jome”

masjidi, “Attorlar darvazasi” yoki “Bozor darvoza”.

QUTAIBA IBN MUSLIM'S CAMP TO KHURASAN AND MOVARAUNNAHR

Abstract. In this article, The Life and appointment of Qutayba ibn Muslim, a skilled Arab

Army leader, as Viceroy of Khurasan, the complete enrichment of the Khurasan and

Movaraunnahr areas, and the policies he pursued in these areas were highlighted.

Keywords: Kutayba ibn Muslim, Khurasan, Poykand, Bukhara, Islam, mosque “Jome”,

Attorlar darvazasi” or “Bozor darvoza”.

ПОХОД КУТАЙБЫ ИБН МУСЛИМА В ХОРАСАН И ТРАНСОКСАНИЮ

Аннотация. В статье описывается жизнь Кутайбы ибн Муслима, искусного

арабского военачальника, его назначение наместником Хорасана, полное подчинение им

регионов Хорасана и Трансоксании, а также его политика в этих регионах.

Ключевые слова: Кутайба ибн Муслим, Хорасан, Пойканд, Бухара, ислам, мечеть

«Джаме», «Аттарлар Дарвазаси» или «Базар Дарваза».

Kirish

Arablarning О‘rta Osiyoga kirib kelishi nisbatan uzoq tarixiy davrni о‘z ichiga olgan

bо‘lib, uning oqibatlari avvalgi chetdan kirib kelgan xalqlardan ancha muhim ahamiyat kasb etdi.

Arablar nafaqat yangi etnik kо‘rinishlarni olib keldilar, balki Markaziy Osiyoga yangi din

– islomni olib kirdilar. Islom dini va madaniyati mintaqaning keyingi butun tarixida muhim

ahamiyat kasb etadi, zotan yangi dinning о‘rnatilishi diniy mansublik va e’tiqodga asoslangan

yangi о‘zlikni shakllantirishning boshlanishini kо‘rsatdi.

Tarixchi olim Muhammad Narshaxiyning yozishicha, Qutayba ibn Muslim 42 hijriyda

(milodiy 661) Shomning Boxiliy degan joyida tavallud topgan.


background image

442

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1

Qutayba ibn Muslim o‘z qavmida sharafga ega, adib va olim bo’lgan. Qo‘l ostidagilarga

nisbatan adolatli, yuksak axloq sohibi, haqiqatgo‘y edi. Qutayba ibn Muslim yuzaki kamtarlikni

yoqtirmas edi.

Qutayba ibn Muslim arab lashkarboshchisi bo‘lib, intizomni mustahkam saqlagan,

iste’dodli, qat’iyatli va irodasi mustahkam odam bo‘lgan. Har qanday ishni maslahat bilan amalga

oshirgan.

Asosiy qism

Arablar uzoq vaqt davomida avval Xurosonga, keyin О‘rta Osiyoga kirib keldilar.

Ubaydulloh ibn Ziyoddan keyin 676-yilda Sa’id ibn Usman Xurosonga bir qancha muddat

noiblik qildi. Sо‘ngra 706-yilda Umaviylar xalifasi al-Valid ibn Abdulmalikning Iroqdagi qudratli

voliysi Xajjaj ibn Yusuf as-Saqafiy О‘rta Osiyoni о‘z idorasiga butunlay olish maqsadida

Xurosonga Qutaybani noib etib tayinlaydi. Qutayba Xurosonga kelgach, uni о‘ziga buysuntirdi,

shuningdek, Toxaristonni ham fatx qildi. U 707-yilda Poykandga yurish qiladi. Juda qattiq

janglardan sо‘ng Poykand xalqi omonlik so’raydilar va Qutayba bilan sulx tuzadilar. Manbalarda

yozilishicha, Qutayba Poykanddan juda katta boylik bilan chiqib ketgan. Sо‘ngra Qutayba

Buxoroga yurish qiladi. Qutayba Buxoroni olish uchun Vardonxudot bilan kо‘p urush olib boradi,

uning ustidan g‘olib chiqadi. Lekin Buxoroning ichkarisiga kira olmaydi, faqat Buxoroning

atrofidagi Torob, Xinbun kabi mayda qishloqlarni qo’lga olish bilan cheklanadi.

Nixoyat, Qutayba 709-yilda katta kuch bilan Buxoroni qо‘lga kiritishga muvaffaq buladi.

Qutayba ibn Muslim Buxoroga uch marta yurish qiladi. Har yurishdan so’ng Buxoro

aholisi islomni qabul qilar, lekin qish fasli kirib, arab lashkarlari sovuqdan qaytib ketishganda,

yana о‘z dinlariga qaytib olishardi. Oxirgi (tо‘rtinchi) marta Qutayba Buxoroga yurish qilganda,

u yerga kо‘chirma qilib arablardan ellik ming kishilik oilalarni Rabi’ ibn Ziyodning qо‘l ostida

Balx va uning tevarak atrofiga keltirib joylashtirdi. Kо‘chmanchi arablar yerlik aholi bilan oldi-

berdi qilib, yaqin aloqada bо‘lib ketishdi. Bu о‘z navbatida, aholi orasida islomning tarqalishida

asosiy zamin bо‘ldi.

Tariyxiy manbalarni kuzatib shuni aytish mumkinki, arablar Movarounnahrga faqatgina

islomni yoyish uchun kelmaganlar, balki islomni shior qilib, xalqni talaganlar. Movarounnahrga

uyushtirilgan yurishlarining asli sababi ham shu edi.

Arablar ilk bor Movarounnahrga Amudaryo orqali о‘tib kelganlarida, mamlakatning gо‘zal

tabiati va tabiiy boyliklarini kо‘rib, islom shiori ostida kelganliklarini unutib qо‘yadilar va yurtni

talay boshlaydilar. Qutayba Buxoroni bosib olgach, u yerga Xotunning о‘g‘li Tug‘shodani

podshox qilib tayinlaydi. Chunki Tug‘shoda Qutaybaning qо‘li ostida islomni qabul qilgan edi.

Tug‘shodaning taxtga о‘tirishi Buxorodagi qadimiy maxalliy sulolalar hokimiyatini saqlab

qolishga turtki bо‘ldi. Uning fuqarolaridan ayrimlari islomga kirishdi.


background image

443

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1

Xurosonga Ashras ibn Abdullox as-Sulamiyning noib etib tayinlanishi, yangi dinga

kiruvchilar oqimini yanada jadallashtirdi.

Tug‘shoda о‘ttiz ikki yil Buxoroni boshqardi. U Qutayba bilan juda yaxshi munosabatda

edi, shu bois birinchi о‘g‘lining ismini uning sharafiga Qutayba qо‘yadi. Tug‘shoda vafot etgach

о‘g‘li Qutayba taxtga о‘tirdi. Lekin u kо‘p о‘tmay dindan qaytadi arablarga bо‘ysunmay qо‘yadi.

Bundan habar topgan arablar Qutayba va uning tarafdorlarini о‘ldiradilar. Keyin uning

о‘g‘illari: Bunyod ibn Tug‘shoda va Sukon ibn Tug‘shodalar xukmronlik qiladilar. Ular ham

Buxoro taxtida kо‘p о‘tirmay turli xil guruhlarga qо‘shilib dindan chiqadilar. Bu paytda xalifalik

al Maxdiy qо‘lida edi. U Tug‘shodaning о‘g‘illarini qatl ettiradi. Shu tariqa Buxoro shahriga Abu

Isxoq Ibroxim ibn Xolid ibn Bunyod hokim bо‘ladi.

Qutayba о‘z noiblik davrida 712-yilda Xorazm yerlarini, sо‘ng Toliqon va Marv

hududlarni fatx qiladi. U juda kо‘p janglarda g‘olib chiqadi, katta boylik tо‘playdi. U qо‘lga

kiritgan oltin va kumush buyumlar eritilganda, taxminan 150 ming misqol bо‘lgan.

710-yilda Qutayba katta qо‘shin bilan Shom, Kesh va Nasafni bosib oladi. Keyin Faryobga

yurish qiladi va u yerdagi qattiq jangdan sо‘ng shaharni qulga kiritadi. Qutayba о‘z harbiy

yurishlarini davom ettirib, 711-713-yillarda Xorazm, Samarqand va Farg‘ona о‘lkalarini ishg‘ol

qiladi. О‘z hukmronligi davrida Movarounnahrning kо‘pgina viloyatlarida masjidlar qurdiradi.

Ayniqsa, uning Buxoroda qurdirgan “Jome” masjidi mashhur hisoblangan. U masjidga

kelgan kishilarga islomni da’vati uchun ikki dirhamdan tarqatadi, Bu esa о‘sha davrda ancha katta

pul edi. Qutayba о‘lkada arablar hukmi mustahkam yoyilishi uchun qattiq qо‘llik bilan ish yuritadi

va har bir yerli aholi xanodoniga bittadan arab oilasini joylashtiradi. О‘sha davrda Buxoro shahrida

yettita katta darvoza bо‘lib, ulardan “Attorlar darvazasi” yoki “Bozor darvoza” eng asosiysi

sanalardi. Shahar bazoriga juda yaqin bо‘lgani bois kim Buxoroga tijorot uchun kelsa, shu

darvozadan kirardi. Qutayba nazorot uchun Buxoro shahrining har bir darvozasiga о‘z noiblarini

qо‘yadi. О‘sha paytda Buxoroning bozorida mingdan ortiq dо‘konlar bо‘lib, Qutayba о‘z

nazorotchilariga mana shu dо‘konlarning hammasini rо‘yxatga olib nazorot qilib borishni

topshiradi.

Qutayba ibn Muslimning О‘rta Osiyoni fath qilishi, bu hududda islomni asosiy din sifatida

yoyganligi jihatidan uning shuhratini abadiylashtirdi. Qutayba davrida Shoshning shimoliy

qismlarini, о‘sha davrda Xitoy imperiyasiga qarashli Qashg‘arning janubi-sharqiy qismlarini

egalladi. Qutaybaning g‘alabalari va tо‘plagan o’ljalari arablarga kо‘p foyda keltirgan bо‘lsa-da,

askarlari unga chin dildan itoat qilishmadi. Qutayba 715-yilda yangi xalifa Sulaymonga qarshi

urush qilmoqchi bо‘lganida hech kim qо‘llab quvvatlamadi va u о‘ldirildi. Qutaybaning vafotidan

keyin ham arablarning yurishi davom etdi.


background image

444

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1

Bu bilan Movarounnahrning arablar tomonidan fath etilishining uchinchi davri boshlandi

va u VIII asr о‘rtalarigacha davom etdi. Ayni paytda Movarounnahrda arablarning qirqdan ziyod

qabilasi faoliyat kо‘rsatdi.

Mazkur ma’lumotlar shuni kо‘rsatadiki, О‘rta Osiyo xalqlarining arab hukmronligiga

qarshi kurashi zabt etishning dastlabki davrlaridanoq boshlangan. Qо‘zg‘olon va harakatlarning

maqsadi - xalifalik jabr-zulmidan qutulish va mustaqillikka erishish edi. Lekin bu urinishlar xech

bir natija bermadi, chunki arablar hududda о‘z mavqelarini mustahkamlash uchun har bir shahar

va viloyatga о‘z askarlarini о‘rnatgan edilar, о‘z hukmlarini yuritishga xalaqit berish ehtimoli

bо‘lgan barcha tо‘siqlarni bartaraf qilishga urindilar.

Qutaybadan sо‘ng 717-722-yillar davomida Umar ibn Abdulaziz, Jarrox ibn Abdulloh,

Abduraxmon ibn Na’im, Asom ibn Abdulloh va boshqalar Xuroson va Movarounnahr viloyatlarini

boshqaradilar. Ular ichida eng odil va rahmdil hisoblangan xalifa Umar ibn Abdulaziz (718-720)

davrida aholining turmush tarzi ancha yaxshilanadi.

Xulosa

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, arablar istilosi tufayli Movarounnahrda e’tiqodlar

almashinuvi sodir bо‘ldi. Mahalliy dinlar о‘rnini islom egalladi. Qutayba Movarounnahr

viloyatlaridagi eski yozuvlarni yaxshi bilgan olim, xattot, ruhoniylarni deyarli qirib tashladi va

kitoblarni yondirdi, oqibatda tub aholining ilmiy saviyasi pasaydi, lekin О‘rta Osiyo xalqlari

madaniyatining ildizlari saqlanib koldi. Abbosiy xalifa al-Ma’mun davriga kelib Movarounnahr

har sohada gullab-yashnadi.

REFERENCES

1.

Arminniyus Vamberi. Tarix Buxara munzu aqdam al-usur xatta al-asr al-xadir. s.39. 1990 y.

2.

Bartold V V. SochineniY. T, I. M.: Nauka, 1963, s. 243.

3.

Muhammad ibn Ja’far an-Narshaxiy. Tarix Buxoro. Qohira. Dor al-Maorif. Yili

kо‘rsatilmagan. 77 bet.

4.

Bartold V.V. SochineniY. -M.: Nauka, 1963, s. 241.

5.

Xasan Ibrshim Xasan. Ta'rix al-Islom. Qohira: As-sunna al-islomiya, 1964, 1-jild, s. 304.

6.

Kadirova T. Iz istorii krestyanskix dvijeniy v Maverannaxre i Xorasane. T.: Nauka, 1965,

s.64.

7.

Kosoniy Mubashshir S. О‘rta Osiyo tarixi. Jidda: 1991, 207-b.

References

Arminniyus Vamberi. Tarix Buxara munzu aqdam al-usur xatta al-asr al-xadir. s.39. 1990 y.

Bartold V V. SochineniY. T, I. M.: Nauka, 1963, s. 243.

Muhammad ibn Ja’far an-Narshaxiy. Tarix Buxoro. Qohira. Dor al-Maorif. Yili kо‘rsatilmagan. 77 bet.

Bartold V.V. SochineniY. -M.: Nauka, 1963, s. 241.

Xasan Ibrshim Xasan. Ta'rix al-Islom. Qohira: As-sunna al-islomiya, 1964, 1-jild, s. 304.

Kadirova T. Iz istorii krestyanskix dvijeniy v Maverannaxre i Xorasane. T.: Nauka, 1965, s.64.

Kosoniy Mubashshir S. О‘rta Osiyo tarixi. Jidda: 1991, 207-b.