2025
JANUARY
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 1
164
BOSHLANG’ICH SINF MATEMATIKA DARSLARIDA HARAKATLI O’YINLARDAN
FOYDALANISH ORQALI O‘QUVCHILARNING MATEMATIK TAFAKKURINI
OSHIRISH
Sulaymanova Nigora
Guliston davlat pedagogika instituti stajyor-o‘qituvchisi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.14631188
Annotatsiya.
Ushbu maqola boshlang’ich sinf matematika darslarida o’quvchilarning
iqtidorini oshirish uchun harakatli o’yinlardan foydalanish metodikasi va samarasi, harakatli
o’yinlardan dars davomida foydalanishning ta’lim sifatini oshirishdagi o’rni va ahamiyati,
shuningdek muallif tomonidan amaliyotda qo’llanilib, yaxshi samaraga erishgan “Sonlarni
qo’shish va ayirish” harakatli o’yini, uning metodikasi va samarasi haqida.
Kalit so’zlar:
Harakatli o’yinlar, “Sonlarni qo’shish va ayirish”, samaradorlik, ta’lim
tizimi.
IMPROVING STUDENTS' MATHEMATICAL THINKING THROUGH THE USE OF
ACTIVATED GAMES IN PRIMARY GRADE MATHEMATICS LESSONS
Abstract.
This article describes the methodology and effectiveness of using action games
to improve students' abilities in elementary mathematics classes, the role and importance of the
use of moving games in the classroom to improve the quality of education, as well as the author's
"Numbers swelling and multiplication” about the game, its methodology and effectiveness.
Keywords:
Action games, "Addition and subtraction of numbers", efficiency, education
system.
УЛУЧШЕНИЕ МАТЕМАТИЧЕСКОГО МЫШЛЕНИЯ УЧАЩИХСЯ ПУТЕМ
ИСПОЛЬЗОВАНИЯ АКТИВИРОВАННЫХ ИГР НА УРОКАХ МАТЕМАТИКИ В
НАЧАЛЬНЫХ КЛАССАХ
Аннотация.
В данной статье описаны методика и эффективность использования
подвижных игр для совершенствования способностей учащихся на уроках начальной
математики, роль и важность использования движущихся игр на уроках для повышения
качества обучения, а также авторские «Числа» набухания и умножения » Об игре, ее
методологии и эффективности.
Ключевые слова:
Игры-действия, «Сложение и вычитание чисел», эффективность,
система обучения.
2025
JANUARY
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 1
165
Boshlang’ich sinf matematika darslari matematik bilimlarning fundamental asosini tashkil
etadi. Shu sababli ham boshlang’ich sinf matematika darslarining samaradorligining yuqori
bo’lishi har qanday mamlakat ta’lim tizimida ustuvor vazifa hisoblanadi.
Bugungi kunda dars davomida turli xil interfaol metodlar keng qo’llanilmoqda. Ular
darslarning samaradorligi oshishiga sezilarli ta’sir ko’rsatadi. Boshlang’ich sinf o’quvchilarining
yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda shuni aytish joizki, o’quvchilarning diqqatini darsga
qaratishda, mavzularni yaxshi o’zlashtirish uchun dars davomida turli xil jismoniy harakatlardan
iborat didaktik o’yinlardan foydalanish yaxshi samara beradi. Rivojlangan davlatlar tajribasidan
shu ma’lum-ki, dars bu- aniq belgilangan vaqtda, muqim joyda o’tkaziladigan dars mashg’uloti.
Darsni qay usulda tashkil etishni o’qituvchi mavjud sharoitlardan kelib chiqqan holda
tanlashi mumkin.
Shu navbatda o’yin o’zi nima ekaniga izoh berish lozim. O'yin — bolalarning ongi,
qalbiga singib ketgan faoliyat hisoblanadi. Ularning bu faoliyati, o'yin turlariga qarab, obyektiv
voqelikni, hayotni muayyan darajada o'zida aks ettiradi. O'yin sinfda o'tilgan o'quv faoliyatining
ma'lum darajada davomi va mustahkamlanishidir. Tajribalar shuni isbotlanganki, o'yin kichik
maktab yoshidagi o'quvchi bolalarning zarur hayotiy ehtiyojidir.
Didaktik o'yin — ta'lim beruvchi usul bo'lib, bu usul muayyan ta'limiy maqsadlarga
erishuvga, ya'ni o'tilgan o'quv materialini aniqlashga, mustahkamlashga va uni chuqurlashtirishga
qaratilgan bo'ladi. Har bir didaktik o'yinni o'tkazishda muayyan bir vazifa maqsad qilib olinadi.
Boshlangich sinf matematikda kursida o’quvchilarga sanoqni o’rgatish va dastlabki
arifmetik amallarini bajarish davomida “Sonlarni qo’shish va ayirish” didaktik o’yinidan
foydalanish yaxshi samara beradi. O’yinning maqsadi-arifmetik amallar haqidagi bilimlarni
takrorlash va mustahkamlashdir. Bunda qo’shiluvchi yoki ayiriluvchi sonni o’qituvchi o’quvchilar
bilan birgalikda tanlaydi. O’yin davomida har bir o’quvchining javobi tinglanadi.
Ta’limdagi didaktik o’yinlarning asosiy kamchiligi o’zlashtirishi o’rta va past darajada
bo’lgan o’quvchilarning harakatli o’yinlarda ham ishtiroki past darajada ekanligidir. Shuning
uchun ham o’yin 2 bosqichda tashkil etiladi. 2-bosqichi aynan o’zlashtirishi o’rta va past darajada
bo’lgan o’quvchilar uchun tashkil etiladi. Arifmetik amallarni qo’llash borasidagi bilimlarini
oshiradi va mustahkamlaydi.
O’yinning qisqa ta’rifi quyidagicha:
O’yin uchun maxsus belgilangan joy tanlab olinadi. Oq’uvchilar joylashadigan joy “Yashil
yo’lakcha” yashil rangga, “Ogohlik maydonchasi” esa sariq rangga bo’yaladi. O’quvchilar
“Bilimlar bayroqchasi” dan foydalanib, bir-birlariga to’g’ri javob berganlarida o’yin davom etadi.
2025
JANUARY
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 1
166
1-bosqich: Guruh o’quvchilari ikkiga bo’linadi, har bir guruh a’zolari aylana shaklida
“Yashil yo’lakcha”ga turishadi va qo’llariga “Bilimlar bayroqchasi” ni olishadi. (1-rasm)
1-rasm. “Sonlarni qo’shish va ayirish” harakatli o’yinining 1-bosqichi.
Guruhlarning har ikkisiga alohida shart aytiladi. Birinchi guruhga: “1 sonini 30 sonigacha
2 birlik orttiring!” deb, ikkinchi guruhga esa: “30 sonini 1 sonigacha 2 birlik kamaytiring!” deb
topshiriq beriladi. To’g’ri javob berilgan paytda o’quvchilar qo’llaridagi bayroqchani keyingi
o’quvchiga beradilar, agar o’quvchi noto’g’ri javob bersa aylana markazidagi ogohlik
maydonchasiga o’tadilar.
O’yin quyidagicha davom etadi:
Birinchi guruhning birinchi o’quvchisi: “1 sonini 2 birlik orttirsak 3 soni hosil bo’ladi” deb
javob beradi va qo’lidagi bayroqchani navbatdagi o’quvchiga beradi. Ikkinchi bola esa o’yinni
davom ettiradi: “ 3 sonini 2 birlik orttirsak 5 soni hosil bo’ladi” , o’yin shunday 29 soni hosil
bo’lgunga davom etadi.
Ikkinchi guruhning birinchi o’quvchisi o’yinni boshlaydi: “ 30 sonini 2 birlik kamaytirsak
28 soni hosil bo’ladi” deb javob beradi va qo’lidagi “Bilimlar bayroqchasi” ni navbatdagi
o’quvchiga beradi. Ikkinchi o’quvchi ham javob beradi: “ 28 sonini 2 birlik kamaytirsak 26 soni
hosil bo’ladi” va bayroqchani navbatdagi o’quvchiga uzatadi. Shunday qilib o’yin 2 soni hosil
bo’lgunga qadar davom etadi ( o’yin shartida 30 sonini 1 sonigacha kamaytirish belgilangan edi).
O’yin oxirida eng ko’p a’zosi qolgan guruh g’olib sanaladi va rag’batlantiriladi. Shu bilan
o’yinning birinchi bosqichi nihoyasiga yetadi.
2025
JANUARY
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 1
167
2-bosqich: Endi “ Ogohlik maydonchasi”dan joy olgan o’quvchilar uchun o’yinning
ikkinchi bosqichi boshlanadi, boshqa bolalar esa biroz tanaffus qilishadi.
Ogohlik maydonchasidagi bolalar bir qator qilib safga turishadi. Va 1 sonida 30
sonigacha sonlarni aytib safdan shuncha qadam oldinga chiqishadi. (2-rasm)
2-rasm. “Sonlarni qo’shish va ayirish” harakatli o’yinining 2-bosqichi.
Masalan, 1 degan o’quvchi bir qadam, 2 degan o’quvchi 2 qadam, 3 degan o’quvchi 3
qadam oldinga chiqadi. Shu bilan o’quvchilar sonlar ketma-ketligini va sonlarni birlikka qanday
orttirish mumkinligini yodga oladilar.
So’ngra ular aylana shaklida turib qo’llariga “Bilimlar bayroqchasi”ni olishadi va o’yinni
qaytadan tashkil etishadi.
“Sonlarni qo’shish va ayirish” harakatli o’yini shu shart bo’yicha “Sonlarni ko’paytirish
va bo’lish” shaklida ham tashkil etilishi mumkin. Bunda endi o’quvchilarning “Ko’paytirish
jadvali”ni qay darajada yod olishganini va sonlarni ongli ko’paytirib, bo’lish ko’nikmasi
nazoratdan o’tadi. O’yinning tez va tartibli tashkil etilishini o’qituvchi nazorat qilishi va
o’quvchilar javobini nazorat qilishni o’quvchilarning o’ziga “ O’zingni o’zing bahola!” shaklida
tashkil etishi ham yoki o’qituvchining o’zi nazorat qilishi ham mumkin.
Bu kabi harakatli o’yinlar asosiy dars vaqtidan keyin tashkil etilishi ham mumkin. Bu kabi
o’yinlarning takror-takror tashkil etilishi o’quvchilarda arifmetik amallarni avtomatik ravishda
bajarishni shakllantiradi.
2025
JANUARY
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 1
168
REFERENCES
1.
Mirziyoyev Sh.M Erkin va faravon demokratik O’zbekiston davlatini birgalikda barpo
etamiz. - Т.: “O’zbekiston”, 2017, 14-15 bet
2.
Abdukarimov H., O.Suvonov. Umumiy pedagogika: texnologiya va amaliyot. -Т.: o’quv-
metodik qo'llanma, 2012
3.
Abdullaev, D., Shukhratovna, D. L., Rasulovna, J. O., Umirzakovich, J. U., & Staroverova,
O. V. (2024). Examining Local Item Dependence in a Cloze Test with the Rasch Model.
International Journal of Language Testing, 14(1), 75-81.
4.
Ganiyeva, M. (2021). Effective Methods of TRIZ TECHNOLOGY in the Formation of
Inventive Abilities of Primary School Pupils. International Journal on Integrated
Education, 4(9), 161-163.
5.
Аynisa, M. (2018). Improvement of the pedagogical mechanisms of the family and
educational institutions in the development of the spiritual culture of adolescents of social
and legal risk groups. Проблемы педагогики, (1 (33)), 5-7.
