565
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1
BOSHLANG‘ICH SINFLARDA «TARBIYA» FANINI O‘QITISHDA
INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH METODIKASI
Karimova Muhayyo Abdumajit qizi
Termiz davlat pedagogika institute 2-kurs magistri.
https://doi.org/10.5281/zenodo.14676503
Annotatsiya. Ushbu maqolada boshlang‘ich sinflarda «Tarbiya» fanini o‘qitishda
innovatsion texnologiyalarni qo‘llashning samaradorligi va usullari ko‘rib chiqilgan. Maqolada
o‘qituvchilarga o‘quv jarayonini jonlantirish, milliy qadriyatlarni o‘quvchilarga yetkazish, ta’lim
samaradorligini oshirish uchun zamonaviy texnologiyalarni qayerda va qanday qo‘llash
mumkinligi bo‘yicha tavsiyalar berilgan. Metodik yondashuvlar va amaliy tajribalar asosida
innovatsion texnologiyalarning afzalliklari yoritib berilgan.
Kalit so‘zlar: tarbiya, boshlang‘ich sinf, innovatsion texnologiya, ta’lim samaradorligi,
milliy qadriyatlar.
МЕТОДИКА ИСПОЛЬЗОВАНИЯ ИННОВАЦИОННЫХ ТЕХНОЛОГИЙ В
ПРЕПОДАВАНИИ ПРЕДМЕТА «ОБРАЗОВАНИЕ» В НАЧАЛЬНЫХ КЛАССАХ
Аннотация. В данной статье рассматривается эффективность и методы
применения инновационных технологий при преподавании предмета «Воспитание» в
начальных классах. В статье представлены рекомендации для учителей по использованию
современных технологий для повышения эффективности обучения, передачи
национальных ценностей и оживления образовательного процесса. Преимущества
инновационных технологий освещены на основе методических подходов и практического
опыта.
Ключевые слова: воспитание, начальные классы, инновационные технологии,
эффективность обучения, национальные ценности.
METHODOLOGY OF USING INNOVATIVE TECHNOLOGIES IN TEACHING THE
SUBJECT OF "EDUCATION" IN PRIMARY GRADES
Abstract. This article examines the effectiveness and methods of applying innovative
technologies in teaching the "Education" subject in primary grades. It provides recommendations
for teachers on how to use modern technologies to enhance educational efficiency, convey national
values, and make the learning process more engaging. The advantages of innovative technologies
are highlighted based on methodological approaches and practical experiences.
Keywords: education, primary grades, innovative technologies, educational efficiency,
national values.
566
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1
Kirish
Bugungi globallashuv davrida ta’lim-tarbiya jarayoni oldida yangi vazifalar va maqsadlar
paydo bo‘lmoqda. Kelajak avlodni har tomonlama barkamol, ma’naviy boy va intellektual
salohiyatga ega qilib tarbiyalashda innovatsion texnologiyalarning ahamiyati beqiyosdir. Ayniqsa,
boshlang‘ich sinflarda «Tarbiya» fanini o‘qitishda zamonaviy texnologiyalar va metodik
yondashuvlardan foydalanish o‘quvchilarning qiziqishini oshirish, ularda mustaqil fikrlash va
milliy qadriyatlarga hurmatni shakllantirish uchun muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.
«Tarbiya»
fani – boshlang‘ich sinflardagi asosiy darslardan biri bo‘lib, o‘quvchilarga axloqiy normalar,
milliy qadriyatlar va insoniy fazilatlarni o‘rgatishning muhim vositasidir. Ammo bu fan
mazmunini oddiy tarzda o‘rgatish o‘quvchilarda kerakli bilim va ko‘nikmalarni samarali
shakllantira olmaydi. Shu sababli, ta’lim jarayoniga interaktiv va innovatsion texnologiyalarni
kiritish zarurati dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.
Bugungi kunda ta’lim sohasida multimedia
vositalari, elektron darsliklar, virtual laboratoriyalar, mobil ilovalar va boshqa innovatsion
usullardan foydalanish tobora kengayib bormoqda. Ular yordamida o‘quvchilarning faolligini
oshirish, mavzuni chuqurroq o‘zlashtirish va bilimlarni amaliyotda qo‘llash ko‘nikmasini
rivojlantirishga erishiladi. Shu bilan birga, milliy qadriyatlarni interaktiv shaklda o‘rgatish orqali
yosh avlodni nafaqat bilimli, balki ma’naviy boy va o‘z madaniy merosiga hurmat bilan
qaraydigan shaxs sifatida shakllantirish mumkin.
Shaxsiy kuzatishlarim va tajribam shuni
ko‘rsatadiki, oddiy dars metodlaridan farqli o‘laroq, innovatsion texnologiyalar bilan boyitilgan
darslar o‘quvchilarni yanada qiziqtiradi. Masalan, dars jarayonida milliy qadriyatlarga oid qisqa
videoroliklar namoyish qilish yoki interaktiv topshiriqlarni bajarish orqali o‘quvchilar darsga faol
jalb etiladi. Bunday yondashuv nafaqat bilimlarni o‘zlashtirish darajasini oshiradi, balki ularda
mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga ham xizmat qiladi.
Shu bois ushbu maqolada
boshlang‘ich sinflarda «Tarbiya» fanini o‘qitishda innovatsion texnologiyalardan foydalanishning
ahamiyati, qo‘llash usullari va ularning samaradorligi ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, zamonaviy
texnologiyalarni milliy qadriyatlarni o‘rgatishda qanday foydalanish mumkinligi haqidagi tajriba
va tavsiyalar tahlil qilinadi. Ushbu yondashuv nafaqat ta’limning samaradorligini oshiradi, balki
kelajak avlodni vatanparvarlik, odob-axloq va insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi.
Asosiy qism
Innovatsion texnologiyalar – bu zamonaviy ta’limni rivojlantirish uchun qo‘llaniladigan
uslub va vositalar tizimi bo‘lib, o‘quvchilarning ijodiy fikrlashini rivojlantirishga, ular ongida
milliy qadriyatlarni shakllantirishga xizmat qiladi. Bugungi kunda interaktiv metodlar, raqamli
platformalar va multimedia vositalari ta’lim-tarbiya jarayonining ajralmas qismiga aylanmoqda.
Innovatsion yondashuvlarning asosiy maqsadi – o‘quv jarayonini o‘quvchilar uchun qiziqarli,
mazmunli va samarali qilishdir.
567
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1
Innovatsion texnologiyalardan foydalanishning eng katta afzalligi – bu o‘quvchilarda
qiziqish uyg‘otish va ularni dars jarayoniga faol jalb etishdir. Masalan, men dars jarayonida oddiy
tushuntirish o‘rniga multimedia vositalaridan foydalansam, o‘quvchilar darsni jonli qabul qiladilar
va mavzuni chuqurroq o‘zlashtiradilar.
«Tarbiya» fanida esa innovatsion texnologiyalarni qo‘llashning ahamiyati haqqida
gapiradigan bo‘lsak, multimedia vositalari o‘quvchilar uchun mavzuni o‘zlashtirish jarayonini
yengillashtiradi. Masalan, milliy qadriyatlar haqidagi qisqa videolar yoki audio lavhalar orqali
mavzuni vizual va eshitish yo‘li bilan tushuntirish o‘quvchilarning e’tiborini jalb qiladi.
O‘quvchilar milliy qadriyatlarni faqat nazariy bilimlar orqali emas, balki hayotiy misollar
yordamida chuqurroq anglaydilar. Shu sababli, milliy urf-odatlarni namoyish etuvchi qisqa
filmlar, masalan, Navro‘z bayramining o‘tkazilishi haqida lavhalar taqdim etish tarbiya jarayonini
boyitadi.
Interaktiv metodlar, masalan, rolli o‘yinlar, guruhli muhokamalar va muammoli
vaziyatlarni hal qilish o‘quvchilarni fikrlash va mustaqil qaror qabul qilishga undaydi. Masalan,
"Birlik va mehr-muhabbat" mavzusida rolli o‘yin tashkil qilish orqali o‘quvchilarga milliy
qadriyatlarni jonli misollar yordamida tushuntirish mumkin. Men o‘quvchilar bilan ishlashda rolli
o‘yinlar samaradorligini bir necha bor kuzatganman. Bolalar o‘zlari tanlagan rolda harakat qilish
orqali mavzuni yanada yaxshi o‘zlashtiradilar va bu ularda o‘ziga ishonchni oshiradi. Bu kabi
zamonaviy elektron darsliklar va mobil ilovalar o‘quvchilarga istalgan vaqtda dars materiallarini
o‘rganish imkoniyatini beradi. Masalan, tarbiyaga oid milliy qadriyatlar bo‘yicha interaktiv
topshiriqlarni o‘z ichiga olgan maxsus mobil ilovalar o‘quvchilarning mustaqil o‘qish qobiliyatini
rivojlantiradi. Elektron platformalar orqali o‘quvchilarga uyda ham o‘qishni davom ettirish
imkoniyatini yaratish juda foydali. Masalan, darsdan so‘ng ular interaktiv ilovalar yordamida o‘z
bilimlarini mustahkamlash imkoniyatiga ega bo‘lishadi. Bu ularning o‘zlashtirish darajasini
oshiradi.
Yuqoridagi kabi innovatsion texnologiyalarning afzalliklaridan o‘quvchilarning o‘qishga
bo‘lgan qiziqishlarini oshiradi, o‘z-o‘zini rivojlantirish ko‘nikmalarini shakllantiradi, mustaqil
fikrlashni o‘rganadi, qiyin mavzularni ham oson tushunadi. Ta’lim jarayonida innovatsion
yondashuvlardan foydalanish o‘quvchilarning faolligini oshirishda juda muhimdir. Ta’lim faqat
o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi bir tomonlama jarayon bo‘lib qolmasligi kerak, aksincha, bu
jarayon ikki tomonlama muloqotga asoslanishi kerak. Masalan, interaktiv doskadan foydalanish
o‘quvchilarni dars jarayonida faol ishtirok etishga undaydi va bu kabi o‘quv jarayonida
innovatsiyalarning milliy qadriyatlarni shakllantirishdagi roli yosh avlodning ma’naviy kamoloti
uchun asosiy omil hisoblanadi. Innovatsion texnologiyalar yordamida bu qadriyatlarni
o‘quvchilarga zamonaviy usulda yetkazish osonlashadi.
568
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1
Masalan, tarixiy voqealarni vizual tarzda ko‘rsatish yoki qadimiy madaniyatimiz haqidagi
videolarni tomosha qilish orqali o‘quvchilarimiz o‘z ajdodlariga bo‘lgan hurmatini oshiradi.
Shunday qilib, innovatsion texnologiyalarni «Tarbiya» fanida qo‘llash nafaqat o‘quvchilarning
o‘qishga bo‘lgan qiziqishini oshiradi, balki ularni ma’naviy barkamol shaxs sifatida
shakllantirishga ham xizmat qiladi. Bu jarayon darsni yanada boyitadi, o‘quvchilarning milliy
qadriyatlarga nisbatan hurmatini oshiradi va kelajak avlodni jamiyatda o‘z o‘rnini topishga
tayyorlaydi.
Xulosa
Boshlang‘ich sinflarda «Tarbiya» fanini o‘qitishda innovatsion texnologiyalardan
foydalanish ta’lim jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqadi. Ushbu maqolada
ta’kidlanganidek, zamonaviy texnologiyalar orqali o‘quvchilar nafaqat nazariy bilimlarni tezroq
va samarali o‘zlashtiradilar, balki milliy qadriyatlarni anglashlari va ularga amal qilishlari ham
ta’minlanadi. Innovatsion usullardan foydalanish o‘quvchilarning darsga bo‘lgan qiziqishini
oshirib, ularning mustaqil fikrlash va ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantiradi.
Shu bilan birga,
interaktiv metodlar, multimedia vositalari, elektron darsliklar va mobil ilovalar yordamida ta’lim
jarayonini individual yondashuv asosida tashkil qilish imkoniyati kengayadi. Bu usullar
o‘quvchilarni dars jarayonining faol ishtirokchisi sifatida shakllantirishga xizmat qiladi. Ayniqsa,
milliy qadriyatlarni zamonaviy texnologiyalar orqali o‘rgatish nafaqat ularning bilim saviyasini
oshiradi, balki ularni vatanparvarlik, hurmat, birlik va mehr-muhabbat kabi fazilatlar ruhida
tarbiyalashga yordam beradi.
Innovatsion texnologiyalarni qo‘llash nafaqat ta’lim samaradorligini
oshiradi, balki milliy qadriyatlarni saqlash va ularni yangi avlodga yetkazishning eng samarali
vositalaridan biri hisoblanadi.
O‘qituvchilar bu texnologiyalardan foydalanishda ijodiy yondashgan holda, dars
jarayonida milliy va umumbashariy qadriyatlarni uyg‘unlashtirgan holda faoliyat olib borishlari
kerak.
Xulosa qilib aytganda, innovatsion texnologiyalarni ta’limga integratsiya qilish zarurat
bo‘libgina qolmay, bugungi kundagi pedagogik jarayonlarning ajralmas qismiga aylanmoqda. Bu
jarayonda o‘qituvchi faqat bilim beruvchi emas, balki yosh avlodni ma’naviy-axloqiy jihatdan
shakllantiruvchi etakchi bo‘lishi kerak. Shu boisdan, ta’limda innovatsiyalarni keng joriy etish
nafaqat o‘quvchilarning bilim darajasini oshiradi, balki ularning milliy o‘zligini anglash, ma’naviy
dunyoqarashini boyitish va jamiyatda o‘z o‘rnini topishlariga ko‘maklashadi.
Mazkur fikrlar
asosida aytish mumkinki, boshlang‘ich sinflarda «Tarbiya» fanini o‘qitishda innovatsion
texnologiyalardan foydalanish faqatgina bugungi emas, balki kelajak ta’limining ham poydevorini
mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
569
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1
O‘qituvchi ijodiy yondashuv bilan har bir o‘quvchining qobiliyatini rivojlantirishga
qaratilgan ta’lim jarayonini tashkil etishi, milliy va global qadriyatlarni uyg‘unlashtirish orqali
ta’limning samarasini maksimal darajada oshirishi lozim.
REFERENCES
1.
Karimov I.A. «Yuksak ma'naviyat – yengilmas kuch». – T.: Ma’naviyat, 2008.
2.
Sharipov R. «Pedagogik texnologiyalar asoslari». – T.: O‘zbekiston Milliy Universiteti,
2016
3.
Qodirova M. «Boshlang‘ich sinflarda ta’lim-tarbiya metodikasi». – Samarqand, 2018.
4.
Xolmatov B. «Milliy qadriyatlar va tarbiya». – Toshkent, 2020.
5.
Richards J.C. «Approaches and Methods in Language Teaching». – Cambridge University
Press, 2014.
6.
Khan Academy Education Resources. https://www.khanacademy.org
7.
UNESCO: Teaching and Learning for a Sustainable Future. https://www.unesco.org
