Authors

  • Luo Xin
  • Hebibullo Tursun

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.62803

Keywords:

Tarix sivilizatsiya sayoxat Amudaryo ta’limot xattot sulola tafakkur tamaddun.

Abstract

Ushbu maqolada tarixchi olim Luo Xinning O’rta Osiyo xususan O’zbekistonga tashrifi haqida yozilgan asarining izohi va qisqacha ma’lumoti keltirilgan. Asarda tarixiy va ilmiy manbalar asosida qadimdan rivojlanib kelgan millatlararo munosabat, madaniyat va san’at, savdo aloqalarining qay darajada umumlashib ketgani va bir-biriga ta’siri haqida so‘z boradi.

background image

742

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1

“AMUDARYODA OY PORLAYDI” ASARI HAQIDA SO‘Z

Luo Xin

Muallif.

Pekin Unversiteti professori.

(Shanxay xalq nashriyoti tomonidan 2023-yil yanvar oyida chop etilgan).

Hebibullo Tursun

Tarjimon. Pekin Universiteti o‘qituvchisi. Tadqiqotchi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.14709745

Annotatsiya. Ushbu maqolada tarixchi olim Luo Xinning O’rta Osiyo xususan

O’zbekistonga tashrifi haqida yozilgan asarining izohi va qisqacha ma’lumoti keltirilgan. Asarda

tarixiy va ilmiy manbalar asosida qadimdan rivojlanib kelgan millatlararo munosabat, madaniyat

va san’at, savdo aloqalarining qay darajada umumlashib ketgani va bir-biriga ta’siri haqida so‘z

boradi.

Kalit so‘zlar: Tarix, sivilizatsiya, sayoxat, Amudaryo, ta’limot, xattot, sulola, tafakkur,

tamaddun.

A WORD ABOUT THE WORK "THE MOON SHINES ON THE AMU DARYA"

Abstract. This article provides an explanation and summary of the work written by

historian Luo Xin about his visit to Central Asia, especially Uzbekistan. Based on historical and

scientific sources, the work talks about the extent to which inter-ethnic relations, culture and art,

and trade relations, which have developed since ancient times, have generalized and influenced

each other.

Key words: History, civilization, travel, Amudarya, teaching, calligraphy, dynasty, thought.

НЕСКОЛЬКО СЛОВ О ПРОИЗВЕДЕНИИ «ЛУНА СВЕТИТ НАД АМУДАРЬЕЙ»

Аннотация. В этой статье представлены объяснение и краткое изложение

работы историка Ло Синя о его визите в Среднюю Азию, особенно в Узбекистан. На

основе исторических и научных источников в работе говорится о том, в какой степени

межнациональные отношения, культура и искусство, торговые связи, развивавшиеся с

древнейших времен, обобщили и повлияли друг на друга.

Ключевые слова: История, цивилизация, путешествия, Амударья, учение,

каллиграфия, династия, мысль.


background image

743

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1

Muallif haqida

Professor, tarixchi, manbashunos Luo Xin 1963 yilda Xitoyning Xubey shahrida tug‘ilgan,

Xitoyning Pekin universitetining Qadimgi Xitoy tarixi bo‘limining professori. Uning professional

tadqiqot yo‘nalishlari Vey, Jin, Janubiy va Shimoliy qabilalarda hukmronlik qilgan sulolalar va

qadimgi Xitoy xalqlari tarixini o‘rganishdan iborat. Uning durdona asarlarida Xitoy tarixining

naqadar ulug‘ va qudratli Davlat ekanligini guvohi bo‘lamiz. Tarixchi va muallif Luo Xin o‘z

asarlarida Buyuk Ipak yo‘li sarxadlarida ma’lum bo‘lgan va shuxrat qozongan, keng o‘rin tutgan

davlatlarga o‘zi sayohat qilib, o‘zi tashrif buyurgan manzillar tarixi, madaniyati va tilini

o‘rganishga harakat qilgan.

Va bu taassurotlari asosida juda ham ko‘p ilmiy, tarixiy, badiiy asarlar yozgan. Uning

durdona asarlari: “O‘rta asrlarda Shimoliy qabila nomlari bo‘yicha tadqiqotlar” (2009), “Shimoliy

Vey sulolasining qora kigizdagi imperatori” (2014, 2022), Dadudan Xanadugacha: qadimiy yo‘lda

Xitoyni qadimiy yo‘lda qayta kashf qilish” (2018) va “Hech narsa qilmagan isyonchi” (2019).

Muallifning asarlarini o‘qib Buyuk Ipak yo‘li sivilizatsiyasida O‘rta Osiyo davlatlari

xususan, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Afg‘onistonning o‘rni naqadar muhim

bo‘lganini, madaniyat va san’at, tarix taraqqiyotining ko‘rinishlariga guvoh bo‘lamiz.

Pekin universitetining professori, tarixchi olim va manbashunos Luo Xin tomonidan

yozilgan “Amudaryoda oy porlaydi” asari ham juda nufuzli va mashhur asarlardan biridir. Bu asar

birinchi marta 2023 yil yanvar oyida nashr etilgan.

Muallif “Amudaryoda oy porlaydi” asarida o‘zining O‘zbekiston, Qozog‘iston,

Mo‘g‘uliston, Eron, AQSh, Pasxa oroli va dunyoning boshqa mamlakatlariga qilgan sayohatlari

va sayohatlar asosida egallagan bilimlari bilan o‘quvchi qalbiga kirib boradi. Aniqlik va faktlar bu

asr nufuzini yanada yuksaltirgan. Kitobxonlar sayohatchilar va tarixchilar shaxsiyatlarining bir-

biriga mos kelishi va uyg‘unlashishiga guvoh bo‘lishadi: Luo Xin hozirgi dunyoda o‘tmish izlarini

kashf etadi, kundalik tafsilotlardan buyuk tarixga kiradi, o‘quvchilarni har bir tarixiy sahnaga


background image

744

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1

o‘ziga xos nuqtai nazardan jalb qiladi. Muallif o‘zining xolis fikri va iliq munosabati bilan

sivilizatsiyaga shaxsiy munosabatlarini bildirgan.

Ushbu kitob o‘nta bobdan iborat bo‘lib, unda boy idrok tafsilotlari va o‘tkir akademik

tafakkur mavjud. “Tog‘laru dengizlarni zabt etib…” deb nomlangan bob muallifning Erondagi

sayohatiga bag‘ishlanadai. Eron xalqining madaniyati, an’anaviy va xalq musiqasi va she’riyat

orqali fors adabiyotini chuqurroq anglash tajribasi haqida yozadi;

"Pasxa orolida quyosh chiqishini tomosha qilish" bobida esa Pasxa orolidagi ulkan tosh

yodgorliklari orqali inson sivilizatsiyasi va tabiiy ekologiya o‘rtasidagi interaktiv munosabatlar

haqida gapiradi;

“Amudaryoda oy porlaydi” asarining navbatdagi bobi "Cho‘l" deb nomlanadi va bu

muallifning Amerika Qo‘shma Shtatlardagi sayohatiga bag‘ishlanadi. Asarning ushbu bobi

kitobxonni Safar chog‘ida Tinch ummonidagi bir haftalik sarguzashtlar haqidagi qiziqarli

voqeylikka taklif etadi.

Asardagi keyingi bob pedagog va tarjimon Ding Veyliang va uning oilasi tarixiga

bag‘ishlanadi va bu bob “Ding Veyliang Indianada” deb nomlanadi.

Asarning bizga yaqin va sevimli bo‘lgan qismi asar muallifining O‘zbekistonga tashrifi va

sayohati haqidagi bobdir. “O‘zbekistonga ilk tashrifim haqida qisqacha eslatmalar” bobida

sayoxatchining Toshkent, Samarqand va Buxoroga tashrifi, taassurotlari, Termiz shahridagi

qadimiy vayronalarni tekshirish natijasida yuzaga kelgan ekspeditsiya tajribalari bayon etiladi.

“Samarqand qadimiy qog‘ozi” risolasida Samarqanddagi qog‘oz ishlab-chiqarish tajribasi

haqida yozadi, Samarqand qadimiy arxitekturasi,ya’ni, Registon mo‘jizasi haqidagi ko‘xna

rivoyatlar va zamonaviy voqelikning mushtarak fikrlarini ochib beradi.

Xorazm sari qadam bosganda esa, bu ko‘xna qadamjoning Buxoro kabiBuyuk Ipak

yo‘lidagi muhim shahar sifatida yuksalishini va ahamiyatini tasvirlaydi. Muallif Xorazm va

Buxoroning tarixini o‘rgana turib, qadimgi asrlarda ham O‘rta asrlarda ham bu ulug‘ shaharlar

dunyo sivilizatsiyalarida muhim rol o’ynagan tamaddun manzillaridan biri bo‘lganiga takror-

takror to‘xtalib o‘tgan.

Asarlarning badiiy qadri…

Ushbu kitobda muallifning dunyoning turli burchaklariga qilgan safarlari, shuningdek,

O'zbekiston tarixi va madaniyatiga oid o'qish tajribalari jamlangan. Muallif tarixchi va sayyohning

ikki xilligini ko'rsatib beradi, uning asari bu ikki o‘ziga xoslikni erkin ifodalaydi va adabiyot

ishtiyoqi va olimlarning aql-zakovati bilan mujassamlashgan, "olim nasri"ning ma’lum bir turini

ochib bera olgan.

Luo Xin bir intervyusida Dadudan Xanadugacha bo‘lgan sayohat tajribasi unga

"sayyohlikdan sayohatchiga" o‘tishni yakunlash imkonini berganini va asta-sekin o'zgarish


background image

745

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1

jarayoni ham kitobda ko'rsatilgan. Har bir maqolaning yozilish vaqti 10 yildan ortiq vaqt oralig‘ida

bo‘lganligi sababli, o‘quvchilar muallifning yozish kayfiyati va vaziyatidagi farqlar va bosqichma-

bosqich o‘zgarishlarni kuzatishi mumkin.

Muallif “O‘zbekistonga birinchi tashrif” asarida Toshkent, Samarqand va Buxoroga ilk

tashrifi haqidagi esdaliklari haqida bayon etgan

To‘qqiz yil o‘tib yozilgan “Amudaryoda oy porlaydi” asari tegishli tarixiy joylarni

chuqurroq va jadalroq o‘rganish va muhokama qilish uchun Amudaryodan ishora sifatida

foydalanadi. Keyinchalik yozilgan "Samarqand tut qog‘ozi" juda aniq mavzuga e’tibor qaratadi:

muallif tut qog'ozining ob’ekti va aloqa vositasiga e’tibor qaratadi va Samarqandda qog‘oz yasash

ustaxonasi va qadimiy qog‘oz yasash usullarini batafsil qayd etadi. Maqola Talas urushi tarixiga

ham to‘xtalib o‘tadi va qog‘oz ishlab chiqarish texnologiyasi Talas harbiy asirlari orqali O‘rta

Osiyoga tarqaldimi yoki yo‘qligini o‘rganadi.

Biroq, tarixni izlayotganda, ushbu maqolalarning maqsadi savollarga akademik javoblarni

o‘rganish emas, balki hozirgi odamlarning tarix haqidagi tushunchalari qanday tuzilgani haqida

o‘ylashdir. Talas harbiy asirlari ko‘plab qadimiy hujjatlar, zamonaviy odamlarning sayohat

qog‘ozlari va qog‘oz fabrikasining o‘z ifodalariga tayangan holda O‘rta Osiyoga qog‘oz ishlab

chiqarishni o‘rgatgani haqiqat bo‘lmasa-da, Talas harbiy asirlari va Samarqand qog‘ozi o‘rtasidagi

aloqa tobora kuchayib boraveradi. odamlarning qalbiga bog‘langan. Muallif qog‘oz fabrikasiga

tashrif buyurish tajribasini bayon qilgach, mavzuni yanada kengroq miqyosga olib chiqib, tarixiy

qurilish va tarixiy tadqiqotlar haqida o‘z fikrlarini bildirdi: “Zamon daryosi cheksiz bo‘lsa-da,

daryodagi to‘lqinlar, suv tomchilari hamma joyda. Uzluksiz ajralish va integratsiyada vaqt

hikoyasini aytib berish bu tartibsizlikda tartib, ma'no va davomiylikni topishdir ...

Biz o‘rganayotgan va tadqiq qilayotgan tarix, xoh u uzoq, xoh yaqin, xoh qadimiy, xoh

hozirgi kun bo‘lsin, uzluksiz qayta tashkil etish jarayonidadir. "

Sayohat adabiyoti o‘quvchisi sifatida Luo Xinning asarlari ko‘plab klassik sayohat

adabiyoti asarlaridan ta'sirlangan, ammo u G‘arb sayohatchilarining g‘oyalariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri

taqlid qilmaydi yoki ularga javob bermaydi, balki oddiyroq va sodda yozish uslubini saqlaydi. va

tarixchining o‘tkir nigohi bilan u ko‘pincha oldingi matnlar bilan muloqot qiladi. U Vanberining

“Markaziy Osiyoga sayohatlari”, Robert Bayronning “Amudaryo yurti”, Erik Nyubining

“Hindukush orqali” va boshqa ko‘plab asarlaridan iqtibos keltiradi va so‘zlaydi. Shu bilan birga,

u har bir muallifning yozish uslubini, kontekstini va turli shaxsiy tajribalarini belgilaydi. Hatto

Amudaryo kabi tabiiy landshaft ham boy tarixiy ma‘lumotlarni o'z ichiga oladi, masalan, Robert

Bayron va Erik Nyubining Amudaryoga yaqinlashishga urinishlari muvaffaqiyatsizlikka uchragan.

Luo Xin yozuvida hozirgi zamondagi hikoya va tarixiy materiallar, sayohat yozuvlari va

afsonalarni eslash bir-biri bilan chambarchas bog'langan va bir-birini aks ettiradi.


background image

746

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1

Turli vaqt makonlari va matnlarning qatlamlanishi uning sayohat tajribasini qalinroq va

zichroq qiladi.

Luo Xin tomonidan yozilgan sayohatlar boy she’riyat bilan to‘la bo‘lib, bu she’r bir xil va

bo‘sh lirikadan emas, balki uning chuqur bilimi, keng mutolaasi va turli bilim va qarashlarni

qamrab olgan silliq va uzoqni ko‘zlagan qarashidan kelib chiqadi. Uning qadamlaridan so‘ng,

kitobxonlar biz bilgan dunyoni shakllantirish uchun qanday qilib uzoq ko‘rinadigan joylar va

odamlarning o‘zaro ta’sirini tushunadilar, masalan, Ipak yo‘li bo‘ylab bilim va madaniyat,

san’atning tarqalishi, shuningdek, Ipak yo‘li bo‘ylab turli markazlarning yo‘q qilinishi va qayta

tug‘ilishi; Ulug‘ tarix va hozirgi dunyo va kundalik hayot o‘rtasidagi nozik aloqalarni, masalan,

oddiy joy nomi ortidagi unutilgan tarixiy haqiqatni kashf etdi.

Faxriy e'tirof

-Tarixchi, yozuvchi, manbashunos Luo Xinning "Amudaryoda oy porlaydi" asari 2023 yil

11 yanvarda Xitoyning "China Reading News" tashkilotining e’tirofi va tavsiyalar ro‘yxatiga

kirgan.

2023-yilning 2-fevralida “Amudaryoda oy porlaydi” asari “Asrning yaxshi kitoblari”

ro‘yxatiga kiritilgan edi.

Tarjimon: Hebibullo Tursun

Pekin Universiteti o‘qituvchisi. tadqiqotchi

References

Faxriy e'tirof

-Tarixchi, yozuvchi, manbashunos Luo Xinning "Amudaryoda oy porlaydi" asari 2023 yil 11 yanvarda Xitoyning "China Reading News" tashkilotining e’tirofi va tavsiyalar ro‘yxatiga kirgan.

-yilning 2-fevralida “Amudaryoda oy porlaydi” asari “Asrning yaxshi kitoblari” ro‘yxatiga kiritilgan edi.

Tarjimon: Hebibullo Tursun

Pekin Universiteti o‘qituvchisi. tadqiqotchi