765
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1
BEHBUDIY ASARLARIDA JADIDCHILIK G‘OYALARINING
BADIIY- POETIK TALQINI
Hamrayeva Nargiza Hasan qizi
TISU talabasi.
Shaxnoza Norkulova
Ilmiy rahbar: TISU dotsenti.
https://doi.org/10.5281/zenodo.14719603
Annotatsiya. Ushbu maqolada o’zbek ziyolisi, ma’rifatparvar jadidlarimizdan biri bo‘lgan
Mahmudxo’ja Behbudiyning faoliyati, jadidchilik harakatlari, yangi usul maktablari va
dramaturgiyasi haqida so’z boradi.
Tayanch so’zlar: Jadid, yangi usul maktablari, “Risolayi asbobi savod” (“Savod
chiqarish kitobi”), “Risolayi jug‘rofiyayi umroniy” (“Aholi geografiyasiga kirish”), “Kitobat ul
aftol” (“Bolalar xati”), “Samarqand” gazetasi, “Oyna” jurnali, “Padarkush” drammasi.
ИДЕАЛЫ ДЖАДИДИЗМА В ТВОРЧЕСТВЕ БЕХБУДИ
ХУДОЖЕСТВЕННО-ПОЭТИЧЕСКАЯ ИНТЕРПРЕТАЦИЯ
Аннотация. В данной статье рассказывается о деятельности Махмудходжи
Бехбуди, узбекского интеллектуала, одного из наших просвещенных джадидов,
джадидистских движениях, школах нового метода и драматургии.
Ключевые слова: Джадид, школы нового метода, “Рисолайи асбоби савод” (“Книга
грамотности”), “Рисолайи джугрофияи умрани” (“Введение в географию населения”),
“Китабат уль афтол” (“Детское письмо”), газета “Самарканд”, журнал “Ойна”, драма
“Падаркуш”.
ARTISTIC-POETIC INTERPRETATION OF THE IDEALS OF JADIDISM IN
THE WORKS OF BEHBUDIY
Abstract. This article describes the activities of Mahmudhoja Behbudi, an Uzbek
intellectual, one of our enlightened Jadids, Jadidist movements, schools of the new method and
drama.
Key words: Jadid, schools of the new method, “Risolayi asbobi savod” (“Book of
Literacy”), “Risolayi jugrofiyai umrani” (“Introduction to Population Geography”), “Kitabat ul
aftol” (“Children's Letter”), “Samarkand” newspaper, “Oyna” magazine, “Padarkush” drama.
XIX asr so‘ngi hamda XX asr boshlarida turkiy tilli millatlar orasida jadid va jadidchilik
atamasi keng tarqaldi. “Jadid” arabcha so‘z bo‘lib, “yangi” deganidir. Shu sababli yangilikka
intiluvchi, millatni ma’rifatparvarlikka undovchi, yangilik yaratuvchi, taraqqiyparvar ziyolilarga
“jadid” degan nom berildi. Ular olib borayotgan harakat esa “jadidchilik” deb yuritildi.
766
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1
Bu faoliyatning yuzaga kelishi esa bevosita va bilvosita o‘sha davr ijtimoiy-siyosiy
muhitiga borib taqaladi. O‘sha davr muhiti va jamiyati tarbiyalagan ko‘plab jonkuyar fidoyilar
orasida Mahmudxo‘ja Behbudiyning borligi esa bizning ham, o‘sha davr insonlarining ham
yutug‘idir.
Chunki Behbudiy jadid adabiyotining asoschilaridan birigina bo‘lib qolmay “an’anaviy
tahsil, so‘ng esa o‘z ustida qunt va sabot bilan ishlash orqali u shariatning yuksak maqomlari –
qozi, mufti darajasigacha ko‘tarilgan. Shuningdek, g‘oyaviy nazariy va mafkuraviy
shakllanishining xilma-xilligi bilan ajralib turgan davrda millatning taraqqiyotiga bevosita
Behbudiy singari ziyolilarning ta’siri yuqori edi. Turkistonda o‘sha paytda turli ma’naviy-
g‘oyaviy va mafkuraviy oqimlar – qadimchilar, jadidchilar, islohotchilar, bedilchilar,
mashrabxonlar, shuningdek, Markaziy Osiyo, umuman turkiy xalqlarga taalluqli bo‘lgan
tafakkurning turli shakllari hamda ijtimoiy-falsafiy mazmun va yo‘nalishga ega bo‘lgan
“Chig‘atoy gurungi” kabi ancha yetuk yig‘inlar, ular ilgari surgan ma’rifiy ta’limotlar, nazariyalar
mavjud edi.
“Jadidchilik g‘oyalari erta bahorning shiddatli shamollari singari po‘panak bosib, biljirab
ketgan o‘rta asrchilik turmushini eng pastki qatlamlarigacha ochib tashlanadi. Xusuan,
jadidlarimiz millatning yashamog‘i, taraqqiy topmog‘i uchun, birinchi navbatda, ozod, mustaqil
bo‘lmog‘i lozimligini anglab yetdilar va keng xalqni uyg‘otishga alohida e’tibor berdilar”, deya
ta’rif beradi o‘z izlanishlariga izoh berar ekan filologiya fanlari doktori Begali Qosimov.
Darhaqiqat,
uning
izlanishlari
natijasida
Behbudiy
va
jadidchilik
harakati
namoyandalarining keng ko‘lamli taraqqiyparvar va ijtimoiy-falsafiy qarashlari ma’rifiy va
ma’naviy jihatdan yuksak baholanishini ko‘rish mumkin.
Bu yo‘lda Behbudiyning yangi usul maktablari ochgani va “Risolayi asbobi savod”
(“Savod chiqarish kitobi”), “Risolayi jug‘rofiyayi umroniy” (Aholi geografiyasiga kirish”),
“Kitobat ul aftol” (“Bolalar xati”) kabi maktab darsliklari yaratgani, “Samarqand” gazetasi va
“Oyna” jurnalini chiqishini yo‘lga qo‘ygani ma’lum. Publitsist, din va jamoat arbobi bo‘lish bilan
cheklanmagan Behbudiy mavzusi har davr uchun dolzarbligini yo‘qotmagan “Padarkush”
dramasini 1911-yilda yozib Markaziy Osiyo dramaturgiyasiga asos soldi. Taniqli o‘zbekshunos
olim Eduard Olvors bu drama haqida alohida to‘xtalib: “Padarkush”gacha mazkur hududda na
turkiy, na forsiy tilda drama janrida birorta asar yaratilmagan edi. Bu Behbudiyning adabiyotga
qo‘shgan eng katta hissasi bo‘ldi”, deydi.
Drama uch parda, to‘rt manzaradan iborat bo‘lib, ilmsizlik, tarbiyasizlik, befarqlik va
jaholatning qanday oqibatlarga olib kelishi haqidagi kichik asardir. «Padarkush»ning sahna asari
sifatidagi o‘ziga xos fazilati shuki, muallif zamonasining mudhish va jirkanch illatlarini ochiq
namoyish etganligi bilan belgilanadi.
767
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1
Demak, Markaziy Osiyoda birinchi zamonaviy sahna asari «Padarkush» nomi bilan
boshlandi va rivoj topdi. Nomidan anglashilganidek, bu asar otasining qotiliga aylangan farzand
fojiasi haqida. Bir qarashda juda jo‘n va oddiy tuyulsada inson chuqur o‘ylasa Behbudiy bu kichik
asari bilan nima demoqchiligini oz-oz anglagandek bo‘ladi.
Padarkush — bu beilmlik, befarqlik, jaholat, mutaasiblik dunyoga keltirib, tarbiyalagan
inson. Chunki biz bilgan boy o‘zi bilmas va bilishga harakat qilmaydigan va eng achinarlisi
zurriyodiga o‘zidanda yomonroq taqdirni ravo ko‘ruvchi bir g‘ofil. Behbudiy ta’biri va boyning
o‘z tili bilan aytgan so‘zlariga ko‘ra BOY. “Mani xayolimg‘a dunyoning sababi, izzati - boylik.
Oxiratga bo‘lsa, Xudoning qilgan taqdiri bo‘lur. Chunonchi, biz ko‘ramizki, odamlar boyni
mullodan ziyoda izzat qiladurlar. Mana, Xayrulloga oyinda yetti so‘m beraman, kunduzlari
mirzalik va oqshomlari mehmonxona ishini qilar va hatto, uyqum kelguncha xodimlik qilar, kitob
ham o‘qub berar. Men o‘zim besh vaqt namozni keraklik duolari ila bilurman. O‘zim o‘rgaturman.
Shariat ilmini o‘qitmoqni lozim bilmayman, chunki ani mufti yo imom va muazzin
qilmoqchi emasman, azbaski davlatim anga yetar. Mani savodim yo‘q, bovujud, bu shahrimizning
katta boylaridandurman va har ishni bilurman”. Yuqorida qisqacha berilgan monolog boyning
dunyoqarashi va saviyasini o‘lchash uchun yetarli. Ha, xat-savodi yo‘q, faqat besh mahal
namozning duosini yoddan biladigan, harfni tanimaydigan xizmatkorga pul berib kitob
o‘qitadigan, ammo pul sanashni do‘ndiradigan, shaharning zo‘riman deb keriladigan boy
o‘quvchining hafsalasini pir qilishi aniq. O‘zining ijtimoiy ahvolini va ma’naviy olamini
zamondoshlari bergan baho bilan o‘lchaydigan, shariyat ilmi faqat mufti, muazzin va imom
bo‘luvchilar uchungina kerak deb hisoblaydiganlar ham borligi achinarli. Ammo yozuvchi o‘sha
davr muhitidagi insonlarning hayotini yoritibgina qolmay balki ularning intihosini ham berganligi
o‘quvchini ham millatni ham, uyg‘onishga ilm olishga chorlaydi.
Birinchi pardada boy asosiy obraz sifatida tasvirlanadi, sahnadagi barcha munosabatlarda
ishtirok etib, boshqa personajlarni o‘z atrofiga tortgan yagona qahramonga aylanadi. U ushbu
pardadagi boshqa xarakterlarga nisbatan ikki marta ko‘p gapiradi. Shunday bo‘lsa-da, Boy o‘z
fikri va maslahati bilan ushbu parda oxirida o‘zning “uyqusini keltirgan” Ziyolidek muhim, asosiy
siymo emas. Zamonaviy tanqidchilar esa Boyni dramadagi asosiy, markaziy qahramon deb
hisoblaydilar. Ikkinchi pardaning yetakchi, o‘ziga xos obrazi o‘spirin yigit Davlat. U guruhning
g‘oya beruvchi rahbari: birinchi bo‘lib Liza ismini tilga oladi, uning uchun pul topish rejasini
aytadi va unga boshchilik qiladi. Toshmurodni o‘z ota-onasiga nisbatan bosqinchilik qilishga ham
Davlat da’vat etadi. Uchinchi pardaning birinchi ko‘rinishidagi ziddiyat asarda yaxshi
tasvirlangan.
768
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1
Lekin Behbudiy to‘rtinchi ko‘rinishda Tangriqul va Toshmurod obrazlarini va barcha
pantomimik harakatlarni, o‘n ikki ishtirokchidan sakkiztasini harakat hukmron bo‘lgan manzara –
mayxonaga olib keladi. Ziyolining uzundan-uzoq nutqi ogohlantirish sifatida allaqachon aytilgan
bo‘lsa-da, u deyarli dramaning oxirida yana takrorlanadi.
Behbudiy boyni bekorga jabrdiyda qilmadi. Boy bu shunchaki o‘qimagan, bu dunyo deb
u dunyoni unutgan, boylik, nafs botqog‘iga botgan bir kimsagina ham emas. U yer usti va yer osti
boyliklari tuganmas, aqlli va salohiyatli o‘z bilimi kuchi milliy an’ana va urf-odatlariga ega ammo
uni bilmaydigan to‘g‘ri sarflamaydigan ilm o‘rganmaydigan uyqudagi millat timsoli hamdir. Agar
boy, ya’ni uyqudagi millat uyg‘onmasa boydek yo‘qlikka ravona bo‘lishi haqidagi ogohlantirish.
Behbudiy bejiz bu dramani milliy fojia deb nomlamagan. Buning tagzamiri shu millat
ertasiga borib taqaladi. Boyga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatgan, unga ahvolini anglatmoqchi bo‘lgan so‘zi
rostlikka yo‘g‘rilgan, qalbi millat muhabbati va qayg‘usidan o‘zgasini bilmagan ziyoli Domulla
obrazi esa Behbudiy-u Fitratlar, Qodiriy-u Cho‘lponlar edi. Haqiqatan ham, rost gapni so‘zlagan
har doim ham har kimga yoqavermaydi. Uni har kim ham eshitavermaydi. Xuddi boydek ba’zan
jahllari chiqadi, ba’zan eshitib eshitmaslikka olishadi. Zotan, Behbudiy o‘z publitsistik asarlarida
ta’kidlaganidek: “Bovurlar! Bilingki, hozirda Turkistondagi barcha xalqlar uchun muxtoriyat
e’lon qilindi va siz bilingki, haq olinur, berilmas. Inchunin, muxtoriyat-da olinur, berilmas... Biz
bo‘shlik qilsak va Turkistondagi xalqlar birlashib, muxtoriyat yo‘liga sa’y qilmasak, albatta,
hozirgi qog‘oz ustidagi muxtoriyatimizni ham yo‘q qilurlar... Allohning ipiga birlashingiz va
tarqalib ketmangiz!” Asar qisqa bo‘lishiga qaramasdan, hayotiy voqealar tasvirlangan sahna asari
sifatida muvaffaqiyatli namoyish etilgan.
REFERENCES
1.
M. Behbudiy “Tanlangan asarlar” //To‘plovchi, so’zboshi va izohlar: B.Qosimov.- 2-nashri,
tuzatilgan va to’ldirilgan.-Toshkent: “Ma’naviyat”, 1999.-280 b
2.
B. Qosimov. “Milliy uyg‘onish: jasorat, ma’rifat, fidoyilik” , T: Ma’naviyat, 2002.
3.
https://kh-davron.
