ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1111
“SIROJ UL-MUSLIMIN” ASARIDA ROʻZA MASALALARINING BAYONI
Hamrayeva Nargiza Hasan qizi
Termiz iqtisodiyot va servis universiteti talabasi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.14771585
Annotatsiya.
Ushbu maqolada Alisher Navoiyning “Siroj ul-muslimin” asari mazmun-
mohiyati, roʻza ibodati masalalari bayon etiladi. Asarda roʻzaning ahamiyati, uning diniy va
maʼnaviy maqsadlari, shuningdek, roʻza sababli inson nafsini tiyish va taqvoni oshirish kabi
jihatlar yoritilgan.
Tayanch soʻzlar:
Siroj ul-muslimin, roʻza, diniy ibodat, nafs, taqvo, maʼnaviy poklanish,
axloq, ijtimoiy ahamiyat, sabr-toqat, ramazon, diniy tarbiya.
EXPLANATION OF THE ISSUES OF FASTING IN THE WORK
“SIRĀJ UL-MUSLIMIN”
Abstract.
This article describes the content and essence of Alisher Navoi’s work “Sirāj ul-
Muslimin”, issues of fasting worship. The work highlights the importance of fasting, its religious
and spiritual goals, as well as aspects such as restraining the human soul and increasing piety
due to fasting.
Keywords:
Sirāj ul-Muslimin, fasting, religious worship, soul, piety, spiritual purification,
morality, social significance, patience, Ramadan, religious education.
РАЗЪЯСНЕНИЕ ВОПРОСОВ ПОСТА В ПРОИЗВЕДЕНИИ
«СИРАДЖ УЛЬ-МУСЛИМИН»
Аннотация.
В данной статье описывается содержание и суть произведения
Алишера Навои «Сирадж ул-Муслимин» и вопросы поста. В произведении подчеркивается
важность поста, его религиозные и духовные цели, а также такие аспекты, как умение
сдерживать свои желания и увеличивать благочестие благодаря посту.
Ключевые слова:
Сирадж уль-Муслимин, пост, религиозное поклонение, личность,
благочестие, духовное очищение, нравственность, социальная значимость, терпение,
Рамадан, религиозное образование.
Roʻza – har bir musulmon insonning muhim ibodatlaridan biri boʻlib, nafaqat jismoniy
balki ruhiy poklanishni ham taʼminlaydi. Roʻza toʻgʻrisida Qurʼon, hadis, oilaviy muhitimizda va
turli diniy manbalarda chuqur maʼlumotlar berilgan.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1112
Shu jumladan, hazrat Navoiyning “Siroj ul-muslimin” asarida ham roʻzaning ahamiyati va
amaliy jihatlari keng yoritilgan. Ushbu dinimiz arkonlarining badiiy yo‘sinda mumtoz
adabiyotimizni bezagan asardir.
Alisher Navoiyning “Siroj ul-muslimin” (“Musulmonlar nuri”) asari diniy-ma’rifiy
yoʻnalishda boʻlib, islom dini ahkomlarini yoritishga bagʻishlangan. Asar hijriy 905, milodiy 1499
– 1500-yilda masnaviy shaklida yozilgan boʻlib, hajman 208 baytdan iborat”
1
.
“Siroj ul-muslimin”da hazrat Navoiy har bir musulmon kundalik hayotda bilishi zarur
boʻlgan masalalarni yoritishni maqsad qilib, islomning besh ruknini qisqacha tarzda oʻzbek tilida
bayon etadi. Asar basmala bobi, kitobning yozilish sababi bayon etilgan bob, turli diniy
mavzularga bagʻishlangan 25 ta bob va xotimadan iborat.
Erur toʻrtinchi rukn Islomning savm
2
,
Ki oʻtgay kimsaga taqvo birla yavm
.
Islomning toʻrtinchi rukni roʻzadir. Bunda kishining kuni taqvo bilan oʻtadi. “Roʻza arab
tilida “savm” deyiladi. Savm — tiyilish, oʻzini ushlash degani. Roʻzaning asosiy hikmatlaridan
biri taqvo malakasini oshirishdir. Roʻza hijriy qamariy yilning Ramazon oyida tutiladi. U
hijratning ikkinchi yilida Baqara surasining 183-185-oyatlari bilan farz boʻlgan”
3
.
Chu roʻza farz boʻldi yilda bir oy,
Aning ijrosida boʻl nafsfarmoy.
Bu baytning mazmunida roʻza nafaqat Allohning amri ekanini, balki uning ahamiyati
nafsni tarbiya qilishda katta oʻrin ekanligini anglaymiz. Ramazon roʻzasi musulmonlarga yilda bir
marta taqvoni oshirish va oʻz havoyi nafsini boʻysundirish uchun buyurilgan. Roʻza ibodati nafsni
tiyish bilan birga, insonning sabr-matonatini mustahkamlaydi. Nafsni farmoyish qilish, yaʼni uni
oʻz nazoratiga olish roʻzadorning ruhiy kamolotiga hissa qoʻshadi. Shu sababli, roʻzador faqat
ochlik va chanqoqlikni boshdan kechirish bilan kifoyalanmay, balki yomon odatlardan,
gunohlardan va soʻzlardan tiyilishi lozim. Roʻza ibodati orqali inson ochlikning qadrini his qilib,
qashshoqlar va muhtojlarga mehr-shafqat koʻrsatishni oʻrganadi. U nafaqat jismoniy, balki ruhiy
poklanish va Allohga yaqinlashish vositasi hamdir. Baytda taʼkidlanganidek, har bir musulmon
roʻzaning haqiqiy maʼnosini anglab, uni Allohga boʻlgan itoat va muhabbat bilan ado etishi kerak.
Roʻza nafaqat ibodat, balki insonni maʼnaviy yuksaltiruvchi vositadir.
1
Sirojiddinov Sh. va boshqa. Navoiyshunoslik (1-kitob). Darslik.
– Toshkent, 2019.
2
Savm – arabcha ro‘za.
3
Hasanxon Yahyo Abdulmajid, Husaynxon Yahyo Abdulmajid. Navoiydan chu topqaylar navoye.
– Toshkent:
“Hilol-nashr, 2023. – 240. B.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1113
Ani bil subhdin to shom chogʻliq,
Taomu shurbu shahvatdin yirogʻliq.
Erur bu roʻzada niyat sanga farz,
Valekin kecha avlo, ayladim arz.
Ushbu bayt mazmunidan roʻzaning asosiy shartlari va tartiblari haqida muhim saboqlar
olishimiz mumkin. Baytda aytilishicha, roʻzaning vaqti subh sodiq (bomdod kirish vaqti)dan
boshlanib, quyosh botguncha davom etadi. Shu vaqt davomida roʻzador inson:
Ovqat yeyish va ichimlik ichishdan tiyilishi;
Shahvat va boshqa yomon odatlardan uzoq boʻlishi;
Nafsini nazorat qilib, yomon soʻzlar va harakatlardan oʻzini tiyişi shart.
Bu jihatlar roʻzaning nafaqat jismoniy, balki maʼnaviy poklanish ibodati ekanini
koʻrsatadi. Inson Allohga yaqinlashish uchun oʻz nafsini tiyib, poklanadi va taqvosini oshiradi.
Baytda roʻzani ado etishda niyat qilish farz ekani alohida taʼkidlangan. Niyat insonga oʻz
amalining maqsadini anglatadi va uni faqat Alloh roziligi uchun bajarishiga yoʻnaltiradi. Shoirning
“Valekin kecha avlo” degan soʻzlari esa niyatni kechasi qilish afzal ekaniga ishora qiladi. Bu
sunnatga muvofiq boʻlib, ibodatni tartibli va mukammal bajarishga yordam beradi.
Navofilda vale niyatni qilmoq,
Sanga joizdurur tushtin burunroq.
Chibin yo pashshadek har jinsi hosil
Emas bugʻzungʻa kirsa,roʻza botil.
Tuzu sirka totargʻa ahli idrok
Tegursa til uchin,ermas anga bok.
Birinchi misrada nafl roʻzalarda niyat qilish vaqti haqida soʻz yuritadi. Nafl roʻzalarda
niyatni subhdan keyin, peshindan oldin qilish joizdir. Bu Islomning yengillik va qulaylik
tamoyiliga mos keladi. Farz roʻzalar uchun esa niyatni kechasi qilish afzal hisoblanadi. Niyatni
vaqtida va samimiyat bilan ado etish roʻzaning qabul boʻlishida asosiy omillardan biridir.
Keyingi baytda esa, tasodifan burunga yoki ogʻizga chivin, chang, yoki boshqa kichik
narsalar kirsa, bu roʻzani buzmaydi. Misol uchun, oddiy kundalik holatlarda havodagi zarrachalar
burun yoki ogʻiz orqali oʻtishi mumkin, ammo bu insonning ixtiyoridan tashqarida boʻlgan holat
boʻlgani uchun roʻzaga zarar yetkazmaydi. Undan keyingi baytda esa, tuz yoki sirka kabi narsalar
tasodifan til uchiga tegib qolsa, bu roʻzani buzmasligi haqida eslatma beradi.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1114
Bunday kichik va bexosdan sodir boʻlgan holatlar ibodatning buzilmasligi uchun fiqhiy
jihatdan qoidalarga muvofiqdir. Islom bandalarga ortiqcha qiyinchilik yuklamaslikni koʻzlaydi,
shu sababli kichik holatlarga yengillik bilan qaraydi.
Mazkur bayt roʻzador uchun muhim boʻlgan sunnat va shartlarni oʻrgatadi. Nafl roʻzada
niyatni peshindan oldin qilish joizligi, tasodifiy holatlar roʻzani buzmasligi va kichik narsalarga
bagʻrikenglik bilan yondashish Islomning insonparvarligini namoyon etadi.
Yana ulkim, hijomat qilsavu fasd,
Gʻam ermas, roʻzagʻa chun qilmamish qasd.
Gar oʻtmak tifl uchun chaynar anosi,
Ravodur gar yana yoʻqtur gʻizosi.
Baytda aytilishicha, hijoma (qon oldirish) yoki fasd (qonni chiqarish) kabi muolajalarni
roʻza vaqtida amalga oshirish joizdir. Bu holatda roʻzadorning maqsadi qasddan ovqat yoki
ichimlik isteʼmol qilish emas, balki sogʻligʻini tiklash boʻladi. Shuning uchun bunday amallar
roʻzani buzmaydi. Bu shariatning inson salomatligini muhim deb bilishini va ibodatni yengillik
bilan ado etish imkonini beradi. Keyingi misrada bolasi uchun oziq moddalarni chaynab berish
holati haqida soʻz yuritiladi. Agar ona oʻz bolasining oziqlanishi uchun boshqa iloji boʻlmasa va
oziq moddalarni chaynashi zarur boʻlsa, bu holat joiz hisoblanadi. Bu ona va bola hayotiga zarar
yetkazmaslik uchun berilgan sharʼiy yengillikdir.
Ushbu bayt roʻza ibodatining nafaqat qatʼiy qoidalarini, balki shariatning bandalarga
bergan yengillik va ruxsatlarini ham ochib beradi. Hijoma yoki fasd kabi sogʻliqni saqlashga oid
amallar roʻzani buzmasligi, onaning bolasiga yordam koʻrsatishi uchun ruxsat etilishi shariatning
insonparvarlik tamoyiliga asoslanganini koʻrsatadi. Ushbu hukmlar musulmonlarga ibodatni
mukammal va qulay shaklda ado etish imkoniyatini beradi.
Vale bilmak keraktur oni makruh,
Kerak makruhdin xotirda ahduh.
Unutib gar esang, ichsang emas gʻam,
Erur ul roʻza boqiy, ey mukarram.
Birinchi misrada roʻzador uchun makruh hisoblangan amallardan saqlanish muhimligini
eslatadi. Makruh amallar roʻzani buzmasa-da, uning mukammalligiga salbiy taʼsir koʻrsatadi.
Roʻzador ushbu nojoiz odatlarni oʻz xotirasida saqlashi va ulardan tiyilishi kerak. Bunday
ehtiyotkorlik roʻzadorning ibodatni chin yurakdan ado etishiga yordam beradi. Baytning ikkinchi
qismida roʻzadorning unutib ovqat yeyishi yoki suv ichishi haqida soʻz boradi.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1115
Bunday holatlarda roʻza buzilmasligini va roʻzadorning gʻam qilishi shart emasligini
taʼkidlanadi. Chunki bunday xatti-harakatlar ixtiyoriy emas, balki bexosdan sodir boʻladi. Ushbu
qoidalar roʻzador uchun Allohning rahmati va yengilligini koʻrsatadi. Mazkur bayt roʻzadorning
ibodatni mukammal ado etishi uchun muhim koʻrsatmalardan birini oʻrgatadi. Makruh amallardan
saqlanish, shuningdek, unutib yeyish yoki ichish holatlarida gʻam qilmaslik roʻzaning
insonparvarlik va yengillik tamoyillariga asoslanganini namoyon qiladi. Bu esa roʻzadorni
Allohga yaqinlashish yoʻlida ruhiy va maʼnaviy yuksalishga undaydi.
Tutmay oʻtkazib yuborilgan roʻzaning kafforati
“Kafforat”
– oʻchiruvchi omil degan maʼnoni bildiradi. Shar’iy istilohda biror jinoyatni
yuvish uchun jarima maʼnosida qilinadigan amal, toʻlov, evaz kafforat deyiladi”
4
.
Agar beboklik oyini tuzdung,
Gʻizoning gʻayri birla roʻza buzdung.
Qazosi birga birdin ortuq ermas,
Fuzungʻa shar ruxsat, bilki, bermas.
Birinchi misrada bexosdan yoki nooʻrin harakatlar bilan roʻzani buzish holatiga eʼtibor
qaratilgan. Agar roʻzador gʻayri-sharʼiy munosabatda boʻlsa yoki boshqa harakatlar tufayli roʻzani
buzsa, bu uning ibodatini buzadi. Bu holat faqat roʻzani buzish bilan cheklenmaydi, balki bu
harakat shariat nuqtayi nazaridan ham xato hisoblanadi. Keyingi misrasi roʻzani buzgan kishi
uchun qazo oʻtkazish zarurligini taʼkidlaydi. Agar roʻza sababsiz yoki nooʻrin buzilgan boʻlsa,
oʻtkazilgan kunni qaytarish uchun roʻza tutish kerak. Biroq, roʻzani buzgan shaxsning faqat bir
kunlik qazosini bajarish kifoya qilmaydi, unda roʻzani toʻgʻrilash uchun qonuniy yoʻllari mavjud.
Roʻzani buzish bilan bogʻliq hollarda sharʼiy ruxsatlar mavjud, ammo roʻzaning qazosini oʻtkazish
uchun alohida ehtiyotkorlik va sabr kerak. Shariat roʻzaning toʻgʻri qoplanishi uchun aniq yoʻllar
koʻrsatgan boʻlib, roʻzador toʻgʻri yoʻldan borishi zarur.
Mazkur bayt roʻzani buzish va uning qazosini oʻtkazish bilan bogʻliq muhim sharʼiy
hukmlarni yoritib berilgan. Roʻzador sababsiz yoki nooʻrin roʻza buzsa, bu xato roʻzaning qayta
oʻtkazilishi bilan qoplanadi. Islomda har bir xato va kamchilik uchun belgilangan qoidalarga amal
qilish orqali toʻgʻri yoʻldan borish va Allohning roziligiga erishish mumkin.
Gʻizo yeb, roʻza ulkim qilsa zoyil,
Va yo nafsi boʻlib shaxvatqa moyil.
4
Hasanxon Yahyo Abdulmajid, Husayinxon Yahyo Abdulmajid Navoiydan chu topqaylar navoye.
– Toshkent:
“Hilol-nashr”, 2023. – 240. B.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1116
Kafforat oltmish miskinga itom
Erur yo oltmish kun savmi nokom,
Kim, ul kunlarning oʻlgʻay ittisoli,
Yoʻq ersa solim ermas roʻza holi.
Va yo bir bandaning koʻnlim qilib shod,
Ani Tengri yoʻlida qilmoq ozod.
Agar roʻza buzilgan boʻlsa, shariatda uning kafforati sifatida ikkita asosiy yoʻl belgilangan.
Birinchisi – 60 miskinga ovqat berish, yaʼni 60 kishi uchun bir kunlik ovqat tayyorlash. Ikkinchisi
– 60 kunlik roʻza tutish. Shoir bu ikki variantdan birini tanlashni tavsiya qiladi. Shoir, agar 60
kunlik roʻzalar bir-birining ortidan oʻtkazilsa, roʻzaning kafforati toʻliq boʻladi. Oxirgi misrada
shoir, bir kishi uchun roʻza va uning kafforatini amalga oshirishda, bandaning xohishi va maqsadi
muhimligini taʼkidlangan. Bu ozodlik va Allohning yoʻli uchun harakat qilishni anglatadi.
Ushbu baytlar roʻzaning buzilishi va uning qoplashida aniq belgilangan shariat hukmlarini
ochib beradi. Roʻzani buzgan kishi uchun kafforat sifatida 60 miskinga ovqat berish yoki 60 kun
roʻza tutish mumkin, ammo bu amalni toʻgʻri bajarish va roʻzaning hukmlariga rioya qilish zarur.
Islomda roʻzani buzishning oqibatlari belgilangan boʻlib, har bir harakat Allohning
roziligiga erishish yoʻlida amalga oshirilishi shart.
“Siroj ul-muslimin” roʻzaning barcha jihatlari, jumladan, uning shartlari, niyati, makruh
amallari va qoplash (qazo) talablariga alohida eʼtibor qaratilgan diniy-ma’rifiy asardir. Kitobda
roʻzani saqlashda nafaqat jismoniy ehtiyojlar, balki ruhiy poklanish va diniy axloqiy tozalik ham
muhim ekanligi koʻrsatilgan. Shuningdek, roʻzaning buzilishiga olib keluvchi harakatlar (masalan,
bexosdan yeyish yoki ichish) va ularni qanday toʻgʻrilash masalalari ham keng yoritilgan. Asar,
shuningdek, roʻzadorning muomala va maʼnaviy holatini ham inobatga olgan holda, uning toʻgʻri
oʻtkazilishi uchun zarur boʻlgan barcha shartlarni tushuntiradi. Bu asar roʻza ibodatining
mukammal ado etilishi uchun zarur boʻlgan bilimlarni egallashga yordam beradi va
musulmonlarni roʻzani ado etishdagi yengillik va ehtiyotkorlikka chaqiradi.
REFERENCES
1.
Hasanxon Yahyo Abdulmajid, Husayinxon Yahyo Abdulmajid “Navoiydan chu topqaylar
navoye”. – Toshkent: “Hilol-nashr”, 2023. – 240. B.
2.
Sirojiddinov Sh. va boshqa.Navoiyshunoslik(1-kitob). Darslik. – Toshkent, 2019.
3.
Alisher Navoiy.
Siroj ul-muslimin. – Toshkent: Fan, 2000.
