Authors

  • Anvar Hamroyev

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.63013

Keywords:

ijtimoiy himoya professional ijtimoiy xizmat ijtimoiy tibbiy xizmat bandlik ijtimoiy himoya markazlari ajratilayotgan sarmoyalar aholi turmush darajasi ijtimoiy xizmat darchalari Mehr daftari Yoshlar daftari Ayollar daftari.

Abstract

Ushbu maqolada mamlakatimizda ijtimoiy sohalarga berilayotgan eʼtibor va amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar yoritilgan. Yangi Oʻzbekiston sharoitida ayollar, yoshlar, qariyalar, nogironligi bor shaxslar va ijtimoiy yordamga muhtoj aholiga koʻrsatilayotgan koʻmak, ularning hayot darajasini yaxshilashga qanday hissa qoʻshayotgani haqida soʻz yuritilgan.

background image

836

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1

DAVLAT XAVFSIZLIGINI TAʼMINLASHDA IJTIMOIY

QO‘LLAB-QUVVATLASHNING AHAMIYATI

Hamroyev Anvar Abdikarimovich

mustaqil izlanuvchi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.14720486

Annotatsiya. Ushbu maqolada mamlakatimizda ijtimoiy sohalarga berilayotgan eʼtibor va

amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar yoritilgan. Yangi Oʻzbekiston sharoitida ayollar, yoshlar,

qariyalar, nogironligi bor shaxslar va ijtimoiy yordamga muhtoj aholiga koʻrsatilayotgan koʻmak,

ularning hayot darajasini yaxshilashga qanday hissa qoʻshayotgani haqida soʻz yuritilgan.

Kalit soʻzlar: ijtimoiy himoya, professional ijtimoiy xizmat, ijtimoiy tibbiy xizmat, bandlik,

ijtimoiy himoya markazlari, ajratilayotgan sarmoyalar, aholi turmush darajasi, ijtimoiy xizmat

darchalari, Mehr daftari, Yoshlar daftari, Ayollar daftari.

THE IMPORTANCE OF SOCIAL SUPPORT IN ENSURING STATE SECURITY

Abstract. This article highlights the attention given to social spheres and the measures

being implemented in our country. It discusses the assistance provided to women, youth, the

elderly, persons with disabilities, and the population in need of social support in the context of

New Uzbekistan, and how this assistance contributes to improving their living standards.

Keywords: social protection, professional social services, social medical services,

employment, social protection centers, allocated investments, population living standards, social

service windows, Mehr notebook, Youth notebook, Women's notebook.

ЗНАЧЕНИЕ СОЦИАЛЬНОЙ ПОДДЕРЖКИ В ОБЕСПЕЧЕНИИ

ГОСУДАРСТВЕННОЙ БЕЗОПАСНОСТИ

Аннотация. B данной статье освещается внимание, уделяемое в нашей стране

социальным сферам, и реализуемые меры. Рассматривается, как оказываемая помощь

женщинам, молодежи, пожилым людям, лицам с инвалидностью и нуждающимся в

социальной поддержке в условиях Нового Узбекистана способствует улучшению уровня их

жизни.

Ключевые слова: социальная защита, профессиональная социальная служба,

социальная медицинская служба, занятость, центры социальной защиты, выделяемые

инвестиции, уровень жизни населения, окна социальных услуг, тетрадь "Мехр," тетрадь

молодежи, тетрадь женщин.

“Ijtimoiy davlat – eng avvalo, jamiyatda ijtimoiy

adolat va hamjihatlik tamoyillari hukm suradigan, inson

kapitalini rivojlantirish va uning imkoniyatlarini yuzaga


background image

837

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1

chiqarish uchun sharoitlar yaratilgan, fuqarolar uchun yuqori

hayot va turmush darajasi taʼminlanadigan davlatdir”.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti

Sh.M.Mirziyoyev

"Ijtimoiy" atamasi keng maʼnoda jamiyat va jamoat bilan bogʻliq boʻlgan tushunchalarni

oʻz ichiga oladi. Bu soʻz odamlar hayoti va jamiyat faoliyatining turli jihatlarini qamrab oladi.

"Himoya" soʻzining kelib chiqishi arab tiliga borib taqaladi va u "qoʻllab-quvvatlash",

"himoya qilish", "toʻsiq yaratish" kabi maʼnolarni anglatadi. Ushbu atama turli sohalarda

foydalanilib, bir necha xil mazmunda izohlanadi. Shu asosda "ijtimoiy soha" jamiyatning muhim

ehtiyoj va manfaatlarini qondiruvchi faoliyatlarni oʻz ichiga oladi. Mazkur sohaning asosiy

elementi boʻlgan "ijtimoiy himoya" esa jamiyat aʼzolarining ehtiyojlarini qondirish, ularning

huquq va manfaatlarini himoya qilish vazifasini bajaradi. Bu tushuncha davlat yoki jamoatchilik

tomonidan taqdim etiladigan yordam va qoʻllab-quvvatlash tizimlarini ham qamrab olib,

insonlarning turmush sifatini yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlarni nazarda tutadi

1

.

Hozirgi kunda mamlakatimizda ijtimoiy sohaga katta eʼtibor qaratilmoqda. Ijtimoiy sohani

rivojlantirish – bu jamiyat farovonligini oshirish maqsadida barcha aholi qatlamlari uchun

munosib turmush sharoitlarini yaratish va ularni kelajakka umid ruhida qo‘llab-quvvatlashni

anglatadi. Ijtimoiy ish esa shaxslar, guruhlar va jamiyatga qulay yashash va rivojlanish

imkoniyatlarini taqdim etishga qaratilgan kasbiy faoliyat hisoblanadi. Shu sababli bu faoliyat

bevosita insonlarga ijtimoiy yordam ko‘rsatish sifatida qabul qilinadi.

Yangi tahrirdagi Konstitutsiyada ham ijtimoiy sohaga alohida eʼtibor berilib, davlatning

ijtimoiy yo‘nalishdagi vazifalari aniq belgilab berilgan. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi

Konstitutsiyasining 1-moddasida O‘zbekiston – boshqaruv shakli respublika bo‘lgan mustaqil,

demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat ekani qayd etilgan

2

.

Konstitutsiyamizda mehnatga layoqatsiz, yolgʻiz keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va

ijtimoiy yordamga muhtoj boshqa aholi qatlamlarining huquqlari davlat himoyasida bo‘lishi

mustahkamlangan. Ushbu qatʼiy qoida ijtimoiy sohada yagona yondashuv asosida islohotlar

amalga oshirish zaruriyatini keltirib chiqaradi.

2023-yil 1-iyunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan "Aholiga sifatli ijtimoiy

xizmat va yordam ko‘rsatish hamda samarali nazorat tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kompleks

chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PF-82-sonli Farmon imzolandi. Ushbu Farmon fuqarolarning

ijtimoiy himoyaga doir huquq va manfaatlarini kafolatlash, shuningdek, aholiga taqdim etiladigan

1

Xusanova X. O‘zbekistonda ijtimoiy himoya tizimining rivojlanish dinamikasi//monografiya 2024.–B.44.

2

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. Rasmiy nashr. – Toshkent: “O‘zbekiston” nashriyoti, 2023. – 128 b.


background image

838

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1

ijtimoiy xizmatlar sifatini sezilarli darajada oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni tizimli ravishda

amalga oshirishni ko‘zda tutadi.

Mazkur hujjat asosida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Ijtimoiy himoya

milliy agentligi tashkil etildi. Ushbu agentlik ijtimoiy himoya va xizmatlar ko‘rsatish sohasida

yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va uni hayotga tatbiq etishda vakolatli davlat organi

hisoblanadi. Agentlik o‘z faoliyatini boshqa davlat organlari va tashkilotlaridan mustaqil ravishda

amalga oshiradi

3

.

Agentlik zimmasiga og‘ir sharoitlarda yashayotgan aholining ijtimoiy xizmatlar va

yordamdan samarali foydalanishini taʼminlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar sonini

kamaytirish, ularni jamiyat hayotiga moslashishiga ko‘maklashish hamda ularning ijtimoiy

barqarorligini mustahkamlash kabi vazifalar yuklatilgan

4

.

Jamiyatning ijtimoiy hayot sohasi – bu jamiyat tuzilmasining muhim bir qismi bo‘lib, unda

odamlar tarixiy va ijtimoiy guruhlarga ajralgan holda o‘zaro munosabatga kirishadilar. Ushbu soha

ijtimoiy sinflar, qatlamlar, millatlar, jamiyat va shaxs o‘rtasidagi munosabatlarni, shuningdek,

mehnat sharoitlari, sog‘liqni saqlash va dam olish kabi omillarni qamrab oladi. Ijtimoiy hayot

sohasi nisbatan mustaqil tizim bo‘lib, odamlar unda jamiyatdagi o‘z ijtimoiy mavqei va tenglik

yoki tengsizlik tamoyillari asosida aloqalar o‘rnatadilar.

Jamiyatning boshqa jabhalari qatorida ijtimoiy hayot sohasi alohida ahamiyatga ega.

Chunki bu sohada turli ijtimoiy guruhlar o‘rtasida tenglik va tengsizlik mezonlari

amaliyotda namoyon bo‘ladi. Bu jarayon ijtimoiy adolat tamoyillarining hayotga tatbiq etilish

darajasini ko‘rsatadi. Shu sababli, ijtimoiy hayot sohasini rivojlantirish va takomillashtirish

jamiyatimizni jiddiy o‘zgarishlarga olib boruvchi asosiy vazifalardan biri hisoblanadi.

Aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy va ijtimoiy-tibbiy xizmatlar sifatini oshirish, sog‘lom

turmush tarzini targ‘ib etish hamda tibbiyot muassasalarini zarur jihozlar bilan taʼminlash

mamlakat sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish yo‘lida muhim qadamlar sifatida belgilangan.

Xususan, tibbiyotning birlamchi bo‘g‘inini rivojlantirish va shoshilinch tibbiy yordam

tizimini takomillashtirish bugungi kunning eng muhim vazifalaridan biri hisoblanadi.

Shuni alohida taʼkidlash kerakki, so‘nggi yillarda har bir fuqaro uchun sifatli va malakali

tibbiy xizmat ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish maqsadida amalga oshirilgan keng ko‘lamli tadbirlar bir

qator yutuqlarga olib keldi. Bu yutuqlardan eng asosiysi – aholining o‘rtacha umr davomiyligining

so‘nggi 20 yil ichida 3,5 yilga oshib, 74,7 yoshga yetganidir. 2030-yilga kelib, bu ko‘rsatkichni 78

yoshga yetkazish asosiy maqsad sifatida belgilangan.

3

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 01.06.2023-yildagi PF-82-son Farmoni //

https://lex.uz/uz/docs/-6480342

4

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi rasmiy sayti

https://ihma.uz


background image

839

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1

Oxirgi 7 yil ichida sog‘liqni saqlash tizimiga ajratilayotgan sarmoyalar hajmi 6 barobar

oshib, 5,9 trillion so‘mdan 33,5 trillion so‘mgacha yetkazilgan

5

.

Aholining turmush darajasini oshirish maqsadida bandlikni ko‘paytirish, yangi ish o‘rinlari

yaratish va ishsizlikni kamaytirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, yoshlar,

ayniqsa o‘rta maxsus va oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilarini ish bilan ta’minlash hamda mehnat

bozori infratuzilmasini rivojlantirish ustuvor yo‘nalishlardan biri sifatida belgilanmoqda.

Mehnatga layoqatli aholining bandligini ta’minlash uchun ularning kasbiy tayyorgarligini

oshirish, qayta o‘qitish va malakasini yuksaltirishga keng imkoniyatlar yaratilmoqda.

2023-yil yakuni bo‘yicha O‘zbekistonda band aholi soni 312 ming kishiga yoki o‘tgan

yilga nisbatan 2,3 foizga oshdi. O‘tgan yil davomida aholi bandligini ta’minlash maqsadida oilaviy

tadbirkorlik uchun 15 trillion so‘m miqdorida imtiyozli kreditlar, 37 turdagi subsidiyalar ajratildi,

dehqonchilik uchun esa 200 ming gektar yer taqdim etildi.

Aholining turmush darajasini o‘rganish uchun har yili davlat statistika organlari tomonidan

uy xo‘jaliklari kuzatuvlari olib boriladi. Kambag‘allikni kamaytirish va ijtimoiy-iqtisodiy

sharoitlarni yaxshilash yo‘lida “Inson” ijtimoiy himoya markazlari faoliyat yuritmoqda. Ushbu

markazlar yordamga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlashda muhim rol o‘ynaydi.

Ijtimoiy xizmatlar markazi xodimlari ehtiyojmand aholining holatini o‘rganib, ularga shu

joyning o‘zida ijtimoiy yordam tizimiga kirish imkoniyatini taqdim etadi va ularni tegishli

tashkilotlarga yo‘naltiradi. Endi esa yolg‘iz yashovchi, parvarishga muhtoj keksalar va nogironligi

bo‘lgan shaxslarni ro‘yxatga olish yoki chiqarish jarayonlari ushbu markaz tomonidan amalga

oshiriladi. Sohaga oid murojaatlarni onlayn qabul qilish jarayonni tezlashtirishga xizmat qilmoqda.

2022-yilda 9,5 ming mahallada hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari va xotin-qizlar

faollari ish boshladi. Hokim yordamchilari minglab insonlarni bandlik bilan ta’minlashga

ko‘maklashdi. Agar 2017-yilda 500 ming nafar kam ta’minlangan oilaga ijtimoiy yordam

ko‘rsatilgan bo‘lsa, bugungi kunga kelib bu ko‘rsatkich 2,5 milliondan oshgan. Ajratilayotgan

mablag‘lar hajmi esa 7 baravarga oshib, yiliga 13 trillion so‘mga yetdi

6

.

Aytib o‘tish joizki, ilgari ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan baʼzi fuqarolar bir vaqtning

o‘zida bir nechta tashkilotlardan yordam so‘rab murojaat qilish imkoniga ega edi. Bu esa haqiqatan

yordamga muhtoj insonlarning eʼtibordan chetda qolishiga sabab bo‘lgan. Ushbu muammolarni

hal etish maqsadida ijtimoiy xizmatlarni boshqarish uchun “Yagona milliy ijtimoiy himoya”

elektron tizimi joriy etildi.

Mazkur tizim orqali fuqarolarning arizalari bevosita onlayn tarzda qabul qilinadi,

shuningdek, “Mehr daftari”, “Saxovat va ko‘mak”, “Yoshlar daftari” va “Ayollar daftari” kabi

5

Hozirgi zamon va Yangi O‘zbekiston / Sh.M.Mirziyoyev. – Toshkent: “O‘zbekiston” nashriyoti, 2024. – 181 b.

6

Hozirgi zamon va Yangi O‘zbekiston / Sh.M.Mirziyoyev. – Toshkent: “O‘zbekiston” nashriyoti, 2024. – 185 b.


background image

840

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1

axborot bazalari yagona platforma asosida birlashtiriladi. Shu bilan birga, turli vazirlik va idoralar

o‘rtasida 35 turdagi elektron maʼlumotlarni almashish imkoniyati yaratilgan bo‘lib, bu takroriy

maʼlumotlar va noto‘g‘ri tayinlanish holatlarining oldini olishga xizmat qiladi.

Fuqarolarning yordam olgan yoki olmaganligi tizimda elektron shaklda aks ettiriladi, bu

esa boqimandalik holatlarining oldini olishga yordam bermoqda. Ushbu tizim avtomatik ravishda,

inson omilisiz ishlaydi va hujjat aylanishi to‘liq elektron shaklda amalga oshiriladi

7

.

Ijtimoiy yordam tizimida fuqarolarni ro‘yxatdan chiqarishning yangi tartiblari amaliyotga

joriy etildi. Bugungi kunda ijtimoiy yordam oluvchilar jamiyatga to‘liq moslashib, mustaqil hayot

yo‘lini topguniga qadar ularning holati doimiy nazorat qilinmoqda. Ushbu yondashuv yordamning

haqiqatda muhtoj insonlarga yetib borishini va ularning turmush darajasini yaxshilashga xizmat

qilishini taʼminlashni maqsad qilgan.

2024-yil 1-yanvardan boshlab barcha tuman (shahar) davlat xizmatlari markazlarida

maxsus “Ijtimoiy xizmat darchalari” tashkil etildi. Ushbu darchalar yordamida fuqarolar

nogironlikni aniqlash, protez va ortopedik vositalar bilan taʼminlash, sanatoriylarga yo‘llanma

olish, psixologik yordamdan foydalanish va ijtimoiy nafaqalarni tayinlash kabi xizmatlardan

foydalanish imkoniga ega bo‘ldilar. Bu tizim yordamga muhtoj insonlarning zarur xizmatlarni

olish jarayonini ancha oson va qulay qildi.

Mamlakat rahbari hozirda davlat rivojlanishi va jamiyat aʼzolarining hayotini yaxshilash

yo‘lida faol ish olib bormoqda. Ushbu harakatlarning asosiy maqsadi – aholining turmush

farovonligini oshirish va yoshlarni har tomonlama rivojlangan shaxs sifatida tarbiyalashdir.

Ijtimoiy sohani rivojlantirishga qaratilgan saʼy-harakatlar doirasida “Harakatlar

strategiyasining ijtimoiy sohani rivojlantirish” deb nomlangan to‘rtinchi yo‘nalish alohida

ahamiyatga ega. U aholining bandligini oshirish, fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish, ularning

sog‘lig‘ini saqlash, yo‘l-transport va muhandislik kommunikatsiyalarini takomillashtirish,

shuningdek, ijtimoiy infratuzilmani modernizatsiya qilish kabi masalalarga qaratilgan

8

.

Xulosa qilib aytganda, aholiga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy yordam sifatini yaxshilash va

xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rnini kuchaytirish davlatning eng muhim vazifalaridan biridir.

Mamlakat iqtisodiyotini transformatsiya qilish orqali aholi bandligini taʼminlash nafaqat

ijtimoiy barqarorlikni rivojlantirishga, balki nogironligi bo‘lgan shaxslar va umumiy aholi uchun

malaka oshirish hamda kasbiy tayyorgarlikni qo‘llab-quvvatlash orqali yangi ish o‘rinlarini

yaratishga yordam beradi. Bu esa ijtimoiy himoya darajasini yanada oshirishga xizmat qiladi.

7

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 01.06.2023-yildagi PF-82-son Farmoni //

https://lex.uz/uz/docs/-6480342

8

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 28.01.2022-yildagi PF-60-son Farmoni //

https://lex.uz/docs/-5841063


background image

841

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1

Shu bilan birga, amalga oshirilayotgan barcha chora-tadbirlar ijtimoiy yordamga muhtoj

aholi qatlamlarini himoya qilish, jamiyatda farovonlikni taʼminlash, ijtimoiy adolatni

mustahkamlash va aholining turli qatlamlari o‘rtasidagi keskin farqlarni kamaytirishga qaratilgan.

REFERENCES

1.

Xusanova X. O‘zbekistonda ijtimoiy himoya tizimining rivojlanish dinamikasi//monografiya

2024.–B.44.

2.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. Rasmiy nashr. – Toshkent: “O‘zbekiston”

nashriyoti, 2023. – 128 b.

3.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 01.06.2023-yildagi PF-82-son Farmoni //

https://lex.uz/uz/docs/-6480342

4.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 28.01.2022-yildagi PF-60-son Farmoni //

https://lex.uz/docs/-5841063

References

Xusanova X. O‘zbekistonda ijtimoiy himoya tizimining rivojlanish dinamikasi//monografiya 2024.–B.44.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. Rasmiy nashr. – Toshkent: “O‘zbekiston” nashriyoti, 2023. – 128 b.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 01.06.2023-yildagi PF-82-son Farmoni // https://lex.uz/uz/docs/-6480342

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 28.01.2022-yildagi PF-60-son Farmoni // https://lex.uz/docs/-5841063