ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
406
HARBIY XIZMATCHILARNI IJTIMOIY HIMOYA QILISH TUSHUNCHASINING
KONSEPTUAL ASOSLARI TAHLILI
Hamroyev Anvar Abdikarimovich
Mustaqil izlanuvchi
https://doi.org/10.5281/zenodo.14868885
Annotatsiya.
Ushbu maqolada harbiy xizmatchilarni ijtimoiy himoya qilish
tushunchasining muhim kontseptual jihatlari, asoslari va yondashuvlari borasida so‘z borgan
bo‘lib, unda qator olimlar tomonidan ijtimoiy himoyaning mazmun va mohiyatlari aks etgan
ta’riflari mavjud.
Kalit so‘zlar:
Ijtimoiy himoya, islohotlar, ilmiy-texnik va insoniy resurslar, siyosiy va
ijtimoiy barqarorlik, iqtisodiy va huquqiy mexanizmlar.
ANALYSIS OF THE CONCEPTUAL FOUNDATIONS OF SOCIAL PROTECTION
FOR MILITARY PERSONNEL
Abstract.
This article explores the key conceptual aspects, foundations, and approaches to
the concept of social protection for military personnel. It includes definitions that reflect the
content and essence of social protection as proposed by various scholars.
Keywords:
Social protection, reforms, scientific and technical resources, human resources,
political and social stability, economic and legal mechanisms.
АНАЛИЗ КОНЦЕПТУАЛЬНЫХ ОСНОВ ПОНЯТИЯ СОЦИАЛЬНОЙ ЗАЩИТЫ
ВОЕННОСЛУЖАЩИХ
Аннотация.
В данной статье рассматриваются важные концептуальные
аспекты, основы и подходы к понятию социальной защиты военнослужащих, включая
определения, отражающие содержание и сущность социальной защиты, разработанные
рядом ученых.
Ключевые слова:
Социальная защита, реформы, научно-технические и человеческие
ресурсы, политическая и социальная стабильность, экономические и правовые механизмы.
Kirish.
Bugungi iqtisodiy rivojlanish sharoitida aholini ijtimoiy himoya qilish bozor
iqtisodiyotiga ega davlatlar ijtimoiy siyosatining ajralmas qismiga aylanmoqda. Ijtimoiy himoya
tizimi, aholining hayot darajasi va sifatini maʼlum standartlar asosida kafolatlashga qaratilgan
boʻlishi kerak, chunki zamonaviy bozor iqtisodiyoti koʻpincha ijtimoiy adolat tamoyillariga rioya
etmaydi va koʻplab sohalar va kasblar bozor talablariga mos kelmay qolmoqda.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
407
Yurtimizda aholining munosib hayot sifatini taʼminlash uzoq muddatli davlat siyosatining
asosiy yoʻnalishlaridan biri boʻlib, bu ilmiy-texnik va insoniy resurslarni rivojlantirishning muhim
mezoniga aylanmoqda. Aholini qamrab oladigan samarali ijtimoiy himoya tizimi nafaqat
farovonlikni oshiradi va mamlakatning mehnat salohiyatini kengaytiradi, balki iqtisodiy oʻsishga,
siyosiy va ijtimoiy barqarorlikni taʼminlashga ham xizmat qiladi.
Davlat siyosatining ajralmas qismi sifatida harbiy xizmatchilar uchun kafolatlar va ijtimoiy
qoʻllab-quvvatlash tizimi dolzarb hisoblanadi. Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining
zamonaviy rivojlanish bosqichi bu sohada sifatli yangi yondashuvlarni talab qilmoqda, xususan,
harbiy xizmatchilarning ijtimoiy maqomini oshirish va qonunchilikda belgilangan kafolatlarni
toʻliq amalga oshirish zarurati yuzaga kelmoqda. Qurolli Kuchlar tarkibi va vazifalarini
optimallashtirish hamda ularni qisqartirishga doir chora-tadbirlar natijasida harbiy xizmatchilarni
ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada tizimli va tartibli ravishda rivojlantirish zarurati
tugʻilmoqda.
Mavzuga oid adabiyotlar tahlili.
Davlat ijtimoiy himoyasining ilmiy tushunchasini
aniqlash, uning predmet doirasi, obyekt va subyektlarini belgilash, shuningdek, ijtimoiy himoyani
amalga oshirish mezonlari va tamoyillarini aniqlash muhim nazariy va amaliy vazifalardan biridir.
Himoyalashning iqtisodiy va huquqiy mexanizmlari hamda usullarini ishlab chiqish bu
jarayonning asosiy yoʻnalishlaridan hisoblanadi. Bunda, avvalo, xorijiy davlatlar, MDH davlatlari,
jumladan, Rossiya Federatsiyasi va Qozogʻistonning tajribasini oʻrganish, ularning olimlari
tomonidan olib borilgan ilmiy-nazariy tadqiqotlarni tahlil qilish, shuningdek, foydali va samarali
jihatlarini amaliyotda qoʻllash lozim.
Tadqiqot mavzusi doirasida milliy va xorijiy olimlarning ilmiy izlanishlarini oʻrganish
davomida
bir
qator
dissertatsiya,
monografiya,
ilmiy
maqolalar
hamda
xalqaro
konferensiyalarning materiallari tahlil qilindi. Muammoga nisbatan berilgan mulohazalar va
tadqiqotlarni geografik jihatdan shartli ravishda uch guruhga boʻlib oʻrganish mumkin:
Birinchi guruh.
Xorijiy mutaxassislar va olimlarning tadqiqotlari;
Ikkinchi guruh.
Mustaqil davlatlar hamdoʻstligi davlatlari olimlarining tadqiqotlari;
Uchinchi guruh.
Mustaqil Oʻzbekiston sharoitida olib borilgan ilmiy izlanishlar.
Birinchi guruh.
Xorijiy mamlakatlarda ijtimoiy himoya tizimini tashkil etish tajribasini
oʻrganish jarayonida bir qator Gʻarb olimlari muhim ilmiy hissa qoʻshishgan. Ayniqsa, bu sohada
Amerika iqtisodchilari S. Fisher, R. Dornbush va R. Shmalenzi oʻz tadqiqotlari bilan taniqli
hisoblanishadi.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
408
Ular ijtimoiy himoya tizimining samaradorligini oshirish, davlatning ijtimoiy
majburiyatlarini boshqarish va moliyalashtirish masalalarini batafsil tahlil qilib, ushbu tizimning
iqtisodiy tamoyillariga alohida eʼtibor qaratishgan
1
.
Bundan tashqari, boshqa xorijiy mutaxassislardan A. Barrientos, R. Sabats-Uiler va S.
Dereveukslar ham ijtimoiy himoya boʻyicha xalqaro tajribalarni chuqur tahlil qilganlar. Ularning
tadqiqotlari ijtimoiy himoya tizimining turli modellarini solishtirish, ijtimoiy-iqtisodiy siyosatni
shakllantirishda davlatning roli va majburiyatlarini aniqlashga qaratilgan. Ushbu olimlarning ilmiy
ishlari turli davlatlarning ijtimoiy himoya tizimlarini shakllantirishda va ularni moliyalashtirish
boʻyicha eng yaxshi amaliyotlarni ishlab chiqishda katta ahamiyatga ega boʻldi
2
.
Shunday qilib, xorij mamlakatlarida ijtimoiy himoya tizimini tashkil etish tajribasi koʻplab
olimlarning tadqiqotlari natijasida shakllanib, ularning oʻrganishlari yakunida mamlakatlar oʻz
milliy ijtimoiy himoya strategiyalarini yanada takomillashtirish imkoniyatiga ega boʻlganlar.
Ikkinchi guruh.
Ijtimoiy himoya va uning moliyaviy taʼminlanishi masalalari iqtisodiy
adabiyotlarda keng oʻrganilgan muhim yoʻnalishlardan biridir. Bu mavzuda olib borilgan
tadqiqotlar va ilmiy izlanishlar ijtimoiy himoya tizimini barqaror va samarali tashkil etish,
shuningdek, uning moliyaviy asoslarini mustahkamlash yoʻllarini aniqlashga qaratilgan. Mazkur
yoʻnalishda MDH davlatlari olimlari A.S. Rjanitsiya, Yu.T. Odegov, G.P. Rudenko, N.N.
Olimskix, M.V. Voronsova va V.E. Makarov kabi taniqli olim va mutaxassislarning ishlari alohida
ahamiyat kasb etadi
3
.
Bozor iqtisodiyotiga oʻtish jarayonida ijtimoiy siyosatning roli yanada oshishi natijasida
davlat va jamiyat oldida aholini himoya qilish tizimini shakllantirish va rivojlantirish zaruratini
keltirib chiqargan. Shu nuqtayi nazardan, ijtimoiy siyosatning nazariy va metodologik asoslari
hamda ijtimoiy soha va aholini himoya qilish tizimi masalalari chuqur tadqiq etilgan. Bu borada
1
Фишер С., Дорнбуш Р., Шмалензи Р. Экономика: пер с аигл. / общ ред. И предисл. Сапова Г. Г. / акад.
Нар хоз-ва при Правительстве Рос. Федерации. - М.: дело Лтд, 1995. - xxxiv, 829 с // Социальные и
гуманитарные науки: Отечественная и зарубежная литература. Сер. 2, Экономика: Реферативный журнал.
1996. №3. URL:
https://cyberleninka.ru/article/n/96-03-108-fisher-s-dornbush-r-shmalenzi-r-ekonomika-per-s-aigl-
obsch-red-i-predisl-sapova-g-g-akad-nar-hoz-va-pri-pravitelstve-ros-federatsii-m-delo
2
Barrientos A. Social protection and poverty //International Journal of Social Welfare. – 2011. – Т. 20. – №. 3.,
Sabates-Wheeler R., Devereux S. Transformative social protection: the currency of social justice //Social protection
for the poor and poorest: Concepts, policies and politics. – London: Palgrave Macmillan UK, 2008. – С. 64-84.
3
Ржаницына А.С. Доходы: уровень, дифференциация, гарантии. – М.: Профиздат, 1991–С.34-38,
Экономика труда. /Ю.Т.Одегов, Руденко Г.П. –М.:Учебник и практикум для вузов, 2024-С.318. URL:
https://urait.ru/viewer/ekonomika-truda-535804#page/318
, Олимских Н. Н. Социальная защита населения:
понятие и Cодержание //Вестник Удмуртского университета. Серия «Экономика и право». – 2007. – №. 1. –
С. 179-186., Воронцова М. В., Макаров В. Е. Социальная защита и социальное обслуживание населения. –
2015.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
409
V.A. Bogomolova, S.P. Matveev, A.K. Berkayeva, R.M. Sadikov va N.L. Bolshakova, V.G.
Ishmuratova kabi olimlarning tadqiqotlari katta ilmiy asos va tajriba boʻlib xizmat qilgan. Ular oʻz
asarlarida ijtimoiy himoya tizimining turli yoʻnalishlarini, bozor iqtisodiyoti sharoitida aholini
ijtimoiy himoyalashning oʻziga xos jihatlarini batafsil yoritib bergan
4
.
Uchinchi guruh.
Yurtimizda ijtimoiy himoya masalalariga bagʻishlangan ilmiy izlanishlar
katta ahamiyat kasb etadi, va bu borada qator olimlar tomonidan olib borilgan tadqiqotlar diqqatga
sazovordir. Ayniqsa, mahalliy olimlar S. Sherjanov, M.A. Hakimova, N.X. Nuridinovna, D.N.
Rahimova, A.V. Vahhobov, L.M. Allaxverdiyeva, N. Zakirova singari tadqiqotchilarning ilmiy
ishlari ijtimoiy himoya tizimining turli jihatlarini chuqur oʻrganish va takomillashtirishga
qaratilgan
5
. Bu olimlar oʻz izlanishlarida aholini ijtimoiy himoyalash tizimining dolzarb
masalalarini yoritib, ijtimoiy taʼminot, bandlik, pensiya va yordam tizimlarini modernizatsiya
qilish, shuningdek, turli sohalarda ijtimoiy himoya mexanizmlarini rivojlantirish boʻyicha
qimmatli tavsiyalar ishlab chiqqanlar. Ularning ishlari aholining turli qatlamlarini ijtimoiy-
iqtisodiy jihatdan qoʻllab-quvvatlashda davlat va nodavlat tashkilotlarining roli va vazifalarini
chuqur tahlil qilishga asos boʻlgan.
Shuningdek, sotsiologiya fanlari doktori va dotsent X.T. Xusanovaning tadqiqotlari ham
ijtimoiy himoya sohasida alohida oʻrin tutadi
6
. U oʻz ishlarida ijtimoiy himoya tizimining
sotsiologik va iqtisodiy jihatlarini tahlil qilib, aholining ehtiyojlariga mos innovatsion
yondashuvlarni taklif qilgan. Yurtimizdagi ushbu olimlarning ilmiy ishlari mamlakatimizda
ijtimoiy himoya tizimini takomillashtirish va uni xalqaro tajribaga mos ravishda rivojlantirish
uchun mustahkam nazariy va amaliy asos yaratishda muhim ahamiyatga ega.
4
Матвеев С.П. Социальная защита государственных служащих: теоретические основы построения
системы, практика осуществления и проблемы правового регулирования: монография //Воронеж:
Воронежский институт МВД России. 2011. –213 с.; Беркаева А.К. Социальная защита населения как
приоритетное направление социальной политики государства // Вестник университета. – 2016. – №. 4. – С.
205-208., Садыков Р.М., Большакова Н. Л. Социальная защита населения муниципального образования
//Концепт. – 2018. – №. 6. – С. 139-146., Павлова М. А. 96 03 108., Ишмуратова В. Г. Национальные системы
социальной защиты в развитых странах //Вестник Башкирского университета. – 2015. – Т. 20. – №. 3. – С. 941-
945.
5
Sherjanov S. O‘zbekiston aholisini ijtimoiy himoya qilish strategiyasi //Евразийский журнал права, финансов
и прикладных наук. – 2022. – Т. 2. – №. 13. – С. 132-138., Хакимова М. и др. Микрокредитование: перспективы
развития в Узбекистане. //Экономическое обозрение, 2001, №2.–С.5., Nuridinovna N. X. mamlakatimizda
ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan aholi qatlamining holatini ijtimoiy-iqtisodiy tahlil qilish //Worldwide Cross-
Disciplinary Research. – 2024. – Т. 1. – №. 1., Rahimova D. Davlat tomonidan kuchli ijtimoiy himoya tadbirlari
qo‘llanilishi //O‘zbekiston iqtisodiy axborotnomasi, 2000, №3. –B.40., Vahobov A. Bozor munosabatlariga o‘tish
bosqichidagi ko‘p ukladli iqtisodiyot va uning takroran hosil bo‘lishi. –T.:Moliya, 2002. – 336 b., Allaxverdiyeva L.
Aholini ijtimoiy himoyalash //Bozor, pul va kredit, 2001, №10.–B.9., Zakirova N. O‘zbekistonda kam ta’minlangan
oilalarni ijtimoiy himoyalash //Bozor, pul va kredit, 2001, №7.–B.8.
6
Xusanova X.T. O‘zbekistonda ijtimoiy himoya tizimining rivojlanish dinamikasi/[monografiya] - Toshkent:
Dizayn market, 2024.-284 b.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
410
Shu qatorida, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilarining ijtimoiy
himoyasi masalalari U. Omonov, G. Hashimova, Sh. Gaziyev va U. Shukurov kabi olimlarning
ilmiy maqolalarida keng yoritilgan
7
. Ushbu maqolalarda harbiy xizmatchilarning ijtimoiy himoya
tizimida amalga oshirilgan islohotlarning mazmun-mohiyati chuqur tahlil qilinadi. Mazkur ilmiy
maqolalar harbiy xizmatchilarning ijtimoiy himoya tizimida olib borilgan islohotlarning mazmum-
mohiyatini ochib berish bilan cheklanilgan.
Umuman olganda, harbiy xizmatchilarning ijtimoiy himoyasi boʻyicha mavjud
muammolar va takomillashtirish masalalari hali yetarli darajada ilmiy oʻrganilmagan. Shu bilan
birga, bu yoʻnalishda xorijiy davlatlar tajribasi hamda tizimli tahlil usullaridan foydalanish zarurati
mavjud. Ayni masalalar ilmiy tadqiqotlar doirasida chuqur tahlilni talab etib himoya tizimining
yanada samarali ishlashiga xizmat qiladi.
7
Omonov U. Harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolarini ijtimoiy himoya qilishning mohiyati va ahamiyati
//Евразийский журнал академических исследований. – 2023. –Т. 3. – №.1 Part 6. – С. 85-92.; Hashimova G.
Qurolli kuchlar tizimida harbiy ijtimoiy ishni tashkil etishning o‘ziga xos xususiyatlari va rivojlantirish omillari
//News of the NUUz. – 2024. – T.1. – №. 1.7. – C. 238-240.; Gaziyev Sh. O‘zbekistonda harbiy xizmatchilarni ijtimoiy
himoyalash: milliy-tarixiy asoslar //Общество и инновации. – 2020. – Т. 1. – №. 2/S.– С. 7-14.; Shukurov U.S.
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari harbiy xizmatchilarini uy-joy bilan ta’minotining ayrim amsalalari
//Yurisprudensiya. – 2022. – T. 3. – №. 2.
