Authors

  • A.S. Bekmuratov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.63348

Keywords:

Vatanga muhabbat tarbiya yoshlar Ichki ishlar orgonlari imkoniyatlar harbiy askar.

Abstract

Bu maqolamizda yoshlarning vatanga muhabbat tuygʻusini tarbiyalashda amalga oshirilayotgan ishki ishlar orgonlaridagi islohotlar, Ichki ishlar orgonlarining kadrlarning tarbiyasida faol ishtirok etishlariga ularni milliy tarbiya ruhidagi yetuk mutaxassislar boʻlib yetilishiga qoʻshayotgan hissalari haqida maʼlumotlar keltirilgan.

background image

2025

JANUARY

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 1

557

ICHKI ISHLAR ORGANLARI FAOLIYATINI BOSHQARISH

Bekmuratov A.S.

QR IIV Ma’naviy – ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati boshlig‘ining

kadrlarni tayyorlash bo‘yicha yordamchisi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.14736973

Annotatsiya. Bu maqolamizda yoshlarning vatanga muhabbat tuygʻusini tarbiyalashda

amalga oshirilayotgan ishki ishlar orgonlaridagi islohotlar, Ichki ishlar orgonlarining

kadrlarning tarbiyasida faol ishtirok etishlariga ularni milliy tarbiya ruhidagi yetuk mutaxassislar

boʻlib yetilishiga qoʻshayotgan hissalari haqida maʼlumotlar keltirilgan.

Kalit soʻzlar: Vatanga muhabbat, tarbiya, yoshlar, Ichki ishlar orgonlari, imkoniyatlar,

harbiy, askar.

Abstract. This article contains information about the reforms in the work organs carried

out in the upbringing of the feeling of love of youth for the motherland, the contribution of the

Internal Affairs organs to the active participation of personnel in the upbringing of personnel,

adding them to the maturity of mature specialists in the spirit of National Education.

Keywords: love for the motherland, upbringing, youth, internal affairs units, opportunities,

military, soldier

Аннотация. В данной статье представлена информация о проводимых реформах

органов делопроизводства по воспитанию у молодежи чувства любви к Родине, о вкладе

органов внутренних дел в активное участие в воспитании кадров в их становлении зрелыми

специалистами в духе национального воспитания.

Ключевые слова: любовь к Родине, воспитание, молодежь, органы внутренних дел,

возможности, военный, солдат.

Respublikamizda ichki xavfsizlikni ta`minlash aholining tinchligi va osoyishtaligini

saqlash, fuqarolarning sha‟ni, qadr-qimmati, huquqi, erkinligi, qonuniy manfaatlari va barqaror

taraqqiyotini har qanday ko'rinishdagi tajovuzlardan himoya qilish borasida ichki ishlar organlari

faoliyatini tartibga soluvchi yaxlit ormativ-huquqiy baza shakllantirildi. Jinoyatchilikning oldini

olish maqsadida yangi dastur va rejalar amalga oshirilmoqda. Huquqni muhofaza qiluvchi

organlarning faoliyat mazmuni butunlay o'zgarmoqda. Biz kelajakda el- yurtimizning ishonchi va

mehrini qozongan, tom ma`nodagi xalqparvar ichki ishlar tizimini yaratishimiz kerak. Iistiqlol

sharofati bilan yurtimizda boshqa sohalar kabi ichki ishlar organlariga alohida e`tibor berilmoqda.


background image

2025

JANUARY

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 1

558

Bu soha halqimizning himoyachisi va ko`makchisiga, mamlakatimizdagi tinchlik va

osoyishtalikni, jamoat tartibi va fuqarolar xavfsizligini himoya qilishning ishonchli garoviga

aylandi. Ayniqsa, so`nggi yillarda amalga oshirilgan islohotlar ushbu tizimni tubdan

takomillashtirish, ichki ishlar organlarini aholiga o`z vaqtida va sifatli yordam ko`rsatadigan, har

bir xodimi tomonidan “Xalq manfaatlariga xizmat qilish”ni o`z xizmat burchi deb biladigan

ijtimoiy yo`naltirilgan professional tuzilmaga aylantirishga imkon bermoqda. Darhaqiqat,

mustaqillik yillarida bosib o`tilgan yo`l va orttirilgan tajriba, erishilgan yutuqlar, yo`l qo`yilgan

kamchiliklarni xolisona baholash, ayni vaqtda bugungi kunda yuzaga kelayotgan xavf-xatar va

tahdidlarni tahlil qilish asnosida ichki ishlar organlari oldiga o`z vaqtida ularning oldini olish va

ularga barham berish bo`yicha yangi vazifalar qo`yilmoqda. O`tgan qisqa davr ichida ichki ishlar

organlarining faoliyatini tubdan takomillashtirishga qaratilgan qator islohotlar amalga oshirildi.

Vazirlik sohaviy xizmatlari va hududiy bo`linmalarining vazifa va funktsiyalarini

maqbullashtirish bo`yicha institutsional yondashuv, shuningdek, tizimga zamonaviy axborot-

kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, moddiy-texnik bazani mustahkamlash,

xodimlarning ijtimoiy himoyasi va maishiy sharoitlarini yaxshilash kabi amaliy ishlar ularning o`z

xizmat vazifalarini mukammal bajarishlari uchun munosib shart-sharoit yaratish imkonini

bermoqda. Bugungi kunda rahbar xodimlarning o`z faoliyati yakunlari yuzasidan aholi oldida

hisobot berish tartibi, tizimda ochiqlik va shaffoflikni ta`minlash bo`yicha tashkiliy chora-tadbirlar

ichki ishlar organlari faoliyatini yanada takomillashtirishga, shuningdek, xodimlarning

mas`uliyatini yanada oshirishga xizmat qilmoqda. Eng asosiysi, tizimdagi bu o`zgarishlar

mamlakat rahbariyatining doimiy diqqat e`tiborida bo`lib kelmoqda. Yurtboshimizning mamlakat

hududlari bo`ylab qilinayotgan safarlarida, albatta, u erda xizmat olib borayotgan ichki ishlar

organlari xodimlari, birinchi navbatda, profilaktika inspektorlarining xizmat faoliyati, ularga

yaratib berilayotgan sharoitlar bilan bevosita tanishayotganligi, qisqa vaqt ichida bu boradagi

ishlarning ahvoli bir necha marta Prezident huzuridagi yig'ilishlarda keng muhokama

etilayotganligi buning isbotidir.

Xulosa qilib aytganda yoshlarning milliylik tuyg‘usini qaror toptirish murakkab jarayon

bo‘lib, bunda dastlab o‘quvchilarga vatanparvarlikning mohiyati va me’yoriy qoidalar

mazmuniga oid bilimlar beriladi, avvalo, fuqarolik odobi va madaniyati haqida tushunchalar, bu

xildagi hatti-harakatlarga oid namunalar keltiriladi, so‘ngra faoliyat uyushtiriladi. Ana shu asosida

ularda vatanparvarlik tushunchasi shakllanadi va fuqarolik xulqiy odatlari hosil qilinadi.


background image

2025

JANUARY

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 1

559

REFERENCES

1.

“Ички ишлар органларининг фаолияти самарадорлигини тубдан ошириш, жамоат

тартибини, фуқаролар Ҳуқуқлари, эркинликлари ва қонуний манфаатларини ишончли

ҳимоя қилишни таъминлашда уларнинг Масъулиятини кучайтириш чора-тадбирлари

тўғрисида” ПФ-5005-сон Ўзбекистон Республикаси Президентининг Фармони

2.

O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI

NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI O’ZBEKISTONDA ICHKI ISHLAR

ORGANLARI FAOLIYATI (o`quv-uslubiy qo`llanma) NAMANGAN – 2022

References

“Ички ишлар органларининг фаолияти самарадорлигини тубдан ошириш, жамоат тартибини, фуқаролар Ҳуқуқлари, эркинликлари ва қонуний манфаатларини ишончли ҳимоя қилишни таъминлашда уларнинг Масъулиятини кучайтириш чора-тадбирлари тўғрисида” ПФ-5005-сон Ўзбекистон Республикаси Президентининг Фармони

O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI O’ZBEKISTONDA ICHKI ISHLAR ORGANLARI FAOLIYATI (o`quv-uslubiy qo`llanma) NAMANGAN – 2022