Authors

  • A.S. Bekmuratov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.63439

Keywords:

Vatanga muhabbat tarbiya yoshlar Ichki ishlar orgonlari imkoniyatlar harbiy askar.

Abstract

Bu maqolamizda yoshlarning vatanga muhabbat tuygʻusini tarbiyalashda amalga oshirilayotgan islohotlar, Ichki ishlar orgonlarining kadrlarning tarbiyasida faol ishtirok etishlariga ularni milliy tarbiya ruhidagi yetuk mutaxassislar boʻlib yetilishiga qoʻshayotgan hissalari haqida maʼlumotlar keltirilgan.

background image


Yanvar, 2025-Yil

243

O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI ICHKI ISHLAR ORGONLARI FAOLIYATIDA

KADRLARNI BOSHQARISHNING IJTIMOIY FALSAFIY TAHLILI

Bekmuratov A.S.

QR IIV Ma’naviy – ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati boshlig‘ining kadrlarni

tayyorlash bo‘yicha yordamchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.14737502

Annotasiya:

Bu maqolamizda yoshlarning vatanga muhabbat tuygʻusini tarbiyalashda

amalga oshirilayotgan islohotlar, Ichki ishlar orgonlarining kadrlarning tarbiyasida faol ishtirok

etishlariga ularni milliy tarbiya ruhidagi yetuk mutaxassislar boʻlib yetilishiga qoʻshayotgan

hissalari haqida maʼlumotlar keltirilgan.

Kalit soʻzlar:

Vatanga muhabbat, tarbiya, yoshlar, Ichki ishlar orgonlari , imkoniyatlar,

harbiy, askar.

Annotation

: this article contains information about the reforms carried out in the

upbringing of the feeling of love of youth for the motherland, the contribution of the Internal Affairs

organs to the active participation of personnel in the upbringing of personnel, adding them to the

maturity of mature specialists in the spirit of national upbringing.

Keywords

: love for the motherland, upbringing, youth, internal affairs units, opportunities,

military, soldier.

Аннотация

: В данной статье представлена информация о проводимых реформах в

воспитании у молодежи чувства любви к Родине, о вкладе органов внутренних дел в

активное участие в воспитании кадров в становлении их зрелыми специалистами в духе

национального воспитания.

Ключевые слова

: любовь к Родине, воспитание, молодежь, органы внутренних дел ,

возможности, военный, солдат.

Yosh avlod ongiga Vatanga muhabbat, istiqlolga sadoqat tuyg‘ularini singdirishda milliy

va umuminsoniy qadriyatlar hamda an’ana va urfodatlarimizdan yoshlar tarbiyasida foydalanish

hozirgi davrning muhim masalalaridan hisoblanib, bu o‘rinda tarbiya muhim rol egallaydi.

Yoshlarni haqiqiy fuqaro etib tarbiyalash, ularda milliylik tuyg‘usini qaror toptirish, fidoiy,

vatanparvar fuqaro sifatida tarbiyalash evaziga ta’minlanadi.

Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning ustuvоr shakllari to‘g‘risida

kоnsеpsiyaning 13-bandida shunday ko‘rsatib o‘tilgan: «Yoshlarni harbiyvatanparvarlik ruhida

tarbiyalash turli shakllarda, jumladan, ilmiy-amaliy anjumanlar, savоl-javоb kеchalari,


background image


Yanvar, 2025-Yil

244

kitоbхоnlik, o‘yinlar, mashhur kishilar bilan uchrashuvlar tarzida va bоshqa shakllarda tashkil

etiladi. Ular ma’naviy-ma’rifiy ishlarning rang-barangligini ta’minlaydi, pirоvard natijada

jamiyatda sоglоm ijtimоiy-ma’naviy muhitni shakllantirishga хizmat qiladi. Bugungi kunda

O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tuzilmasida quyidagilar tashkil etildi: Jinoyat

qidiruv bosh boshqarmasi, terrorizm va Ekstremizmga qarshi kurashish bosh boshqarmasi, Tezkor

qidiruv hamkorligi boshqarmasini o`z ichiga oladigan Tezkor-qidiruv Departamenti, Patrul‟-post

xizmati va jamoat tartibini saqlash bosh boshqarmasi, Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh

boshqarmasi, Yo`l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi, Probatsiya xizmatini o`z ichiga oladigan

Jamoat xavfsizligi departamenti, Transportda xavfsizlikni ta`minlash bosh boshqarmasi, Xavfsiz

turizmni ta`minlashni muvofiqlashtirish boshqarmasini o`z ichiga oladigan Transport va turizm

ob`ektlarida xavfsizlikni ta`minlash departamenti, Kadrlar bosh boshqarmasi, Ma`naviy-ma`rifiy

ishlar boshqarmasi, kasbiy tayyorgarlik boshqarmasini o`z ichiga oladigan Ma`naviy-ma`rifiy

ishlar va kadrlar bilan ta`minlash departamenti, Huquqiy statistika va tezkor-hisob ma`lumotlar

markazi (Bosh prokuraturaning Jinoiy-huquqiy statistika boshqarmasi va uning hududiy

bo`linmalari tugatildi), Jamoat xavfsizligi masalalari ilmiy-amaliy tadqiqotlar markazi.

Shuningdek, Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish

departamenti etib qayta tashkil etildi. Hududiy ichki ishlar organlarining tuzilmasida ichki ishlar

organlari .

Bugungi kunda, Mamlakatimizda Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev

rahbarligida “Yangi O`zbekiston”ni barpo etishdek buyuk maqsad sari keng ko`lamli islohotlar

amalga oshirilib kelinmoqda. O`tkazilayotgan barcha islohotlarning zamirida yurtimizni har

tomonlama rivojlantirib, jahonning rivojlangan davlatlari qatoriga olib chiqish, xalqimizning

erkin va farovon hayotini ta`minlash, huquq va manfaatlarini ishonchli himoya qilish, ularni rozi

qilish yotadi. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-apreldagi “Ichki Ishlar

organlarining faoliyati samaradorligini tubdan oshirish, jamoat tartibini, fuqarolar huquqlari,

erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishni ta`minlashda ularning

mas`uliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari to`g’risida”gi Farmonida belgilangan. Ustuvor

vazifalarni hayotga tatbiq etish bo`yicha bugungi kunga kelib 90 dan ziyod normativ-huquqiy, 200

ga yaqin idoraviy hujjatlar qabul qilindi. Ularning qabul qilinishi natijasida ichki ishlar

organlarining tashkiliy tuzilmasi, tezkor-xizmat faoliyati va xodimlar oldiga qo`yilgan talablar

mutlaqo yangicha tus olib, aholiga yaqindan xizmat ko`rsatish ta`minlandi. Yoshlarni harbiy-

vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning ustuvоr shakllarini amalda qo‘llash bo‘yicha umumiy

masalalarni ko‘rib chiqamiz. «Yoshlarni harbiyvatanparvarlik ruhida tarbiyalash kоnsеpsiyasi»da


background image


Yanvar, 2025-Yil

245

yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning usullari: ishоntirish; mashq qildirish va

mustaqil ishlash; kuzatish; rag‘batlantirish; o‘rnak ko‘rsatish va shaхsiy namuna dеb ko‘rsatilgan.

Shunga muvоfiq ravishda tеgishli yo‘l-yo‘riqlar bеlgilab bеrilgan. Vatanparvarlik tarbiyasining

bosh maqsadi – yosh avlodni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda xalqning boy milliy, ma’naviy-

tarixiy an’analarga, urf-odatlari hamda umumbashariy qadriyatlarga asoslangan samarali

tashkiliy, pedagogik shakl va vositalarni ishlab chiqib amalga joriy etishdir. Vatanparvarlik

tarbiyasining asosiy vazifasi – shaxsning aqliy, axloqiy, erkin fikrlovchi va jismoniy

rivojlanishi, uning qobiliyatlarini har tomonlama ochish uchun imkoniyat yaratishdir.

REFERENCES

1.

https://uz.wikipedia.org/wiki/O’zbekiston_Respublikasi_Ichki_ishlar_vazirligi

2.

“Ички ишлар органларининг фаолияти самарадорлигини тубдан ошириш, жамоат

тартибини, фуқаролар Ҳуқуқлари, эркинликлари ва қонуний манфаатларини

ишончли ҳимоя қилишни таъминлашда уларнинг Масъулиятини кучайтириш чора-

тадбирлари тўғрисида” ПФ-5005-сон Ўзбекистон Республикаси Президентининг

Фармони /

https://lex.uz/docs/3159827

3.

Yoshlar. // Xalq ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli Tashkil

etish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbus so‘zi 2019 yil 19 mart

References

“Ички ишлар органларининг фаолияти самарадорлигини тубдан ошириш, жамоат тартибини, фуқаролар Ҳуқуқлари, эркинликлари ва қонуний манфаатларини ишончли ҳимоя қилишни таъминлашда уларнинг Масъулиятини кучайтириш чора-тадбирлари тўғрисида” ПФ-5005-сон Ўзбекистон Республикаси Президентининг Фармони / https://lex.uz/docs/3159827

Yoshlar. // Xalq ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli Tashkil etish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbus so‘zi 2019 yil 19 mart