Yanvar, 2025-Yil
261
BOSHLANG'ICH SINFLARDA OT SO'Z TURKUMINI O'QITISH METODIKASI
Murodova Farangis G’anisherovna
Alfraganus universiteti Pedagogika va psixologiya kafedrasi o’qituvchisi
Inomjonova Munisa
Pedagogika fakulteti Boshlang'ich ta'lim yo'nalishi 1-bosqich talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.14737545
Annotatsiya:
Boshlangʻich sinf oʻquvchilariga soʻz turkumlarini oʻrgatish, ogʻzaki va
yozma nutqda ulardan toʻgʻri foydalanishni oʻrgatish oʻquvchilarning ham nutq qobiliyatining
ham toʻgʻri fikrlash qobiliyatini rivojlantirish uchun xizmat qiladi. Shunda oʻquvchilar oʻz nutqida
soʻzlarni ongli qoʻllay oladigan shaxs sifatida namoyon boʻladi.Ushbu maqola soʻz turkumlarini
boshlangʻich sinf oʻqituvchilariga oʻrgatish metodikasi haqida.
Kalit so'zlar
: so'z turkumlarini o'rgatishning mohiyati, boshlang'ich sinflarda so'z
turkumlarini o'rganish bosqichlari, ot so'z turkumini o'rgatish, boshlang'ich sinf, maktab.
Boshlang'ich sinf o'quvchilariga so'z turkumini o'rgatish boshlang'ich sinf o'qituvchilaridan
asosiy mehnat va e'tibor talab qiladigan jarayondir. Ona tili darslari ijtimoiy-foydali bo'lishi uchun
o'quvchilarda o'z fikrini gram m atik to'g'ri, uslubiy aniq, izchil ifodalash va boshqalar fikrini bera
olish ko'nikmasini shakllantirishga qaratilishi lozim. Ona tili darslarida nutq o'stirish ko'rsatmasi
grammatik materialni o'rgatishda o'quvchilam ing tilimizdagi har bir so'z turkumi yoki so'z
qismining rolini bilib olishlariga erishtiradigan m etodik usullarni qo'llashni talab etadi, ya'ni
grammatik nazariya gram m atik to'gfri va aniq nutq malakalarini shakllantirishga, anglab,
tushunib yozish malakalarini o'stirishga amalda tatbiq etish uchun o'rgatiladi. Darsda bolalar
nutqini o'stirish darsning mazm unida va qo'llanilgan vazifalar turlarida o fz aksini topadi.Ona tili
darsi o'quvchilar taffakurini o'stirish ustida ishlash maqsadiga yo'naltirilganligiga qarab
baholanadi. Bunda muayyan grammatik va imloviy materialni o'rganish jarayonida shu materialni
yaxshiroq o'zlashtirishni ta'minlaydigan, aqliy faoliyatni talab qiladigan mashqlarni o'tkazish
tushuniladi. Boshlang'ich sinf o'quvchilari so'z turkumlari (ot, sifat, son, olmosh, fe'l) bilan
umumiy tanishtirilgandan so'ng har bir leksik-grammatik guruh alohida o'rganiladi. Bu so'z
turkumlarini o'rganishning boshlang'ich bosqichidayoq ularni taqqoslashga qulay sharoit yaratadi
va shakllantiriladigan grammatik tushunchaning asosiy tomonlarini aniqroq ajratishga imkon
beradi.Masalan:„Ot" mavzusini o'rganish tizimi maqsadga yo'naltirilgan jarayon bo'lib, bunda shu
so'z turkumining umumlashtirilgan ma'nosi va grammatik belgilari aniq izchillikda, bir-biri bilan
ilmiy asoslangan bogfliqlikda o'rganiladi, shuningdek, otdan nutqda to'gfri foydalanish va to'g'ri
Yanvar, 2025-Yil
262
yozish malakasini shakllantirish maqsadida bajariladigan mashqlar asta murakkablashtira
boriladi.Til hodisasi sifatida otning xususiyatlari, uni o'rganish vazifalari, o'quvchilaming yosh
xususiyatlarini hisobga oigan holda, har bir sinf uchun material hajmi, ulami o'rganish izchilligi
belgilangan.. Shu bilan birga, ,,0t" mavzusini o'rganishning muayyan bosqichida bajarish lozim
bo'lgan bir vazifani hal qilishga ko'proq ahamiyat beriladi. Biror mavzu yoki ma'lumotni
o'quvchilarga qanday usulda yetkazib berish bu o'qituvchining pedagogik mahoratidir. O'z ona
tilida ravon gairadigan,nutq madaniyatiga amal qiladigan,o'z nutqining sofligini saqlay oladigan
yoshlarni tarbiyalash har bir pedagogning bosh maqsadi bo'lishi kerak.Otni o’rganishga tayyorlov
bosqichi savod o’rgatish davriga to’g’ri keladi. Bu bosqichda o’quvchilar predmetlarni va ularni
nomi bo’lgan so‗zlarni farqlashga o’rganadilar. So’zning leksik ma‘nosi (har bir so’z ma‘no
bildirishi)ga e‘tibori oshiriladi, ma‘nolarni hisobga olgan holda so’zlar (qushlar, meva va
sabzavotlar va hokazolarni bildirgan otlar)ni gruppalash ko’nikmasi shakllantiriladi. So’zlarni
leksik ma‘nosi asosida gruppalash mashqlari otlarni taqqoslash, o’xshash tomonlarini aniqlash,
abstraklashtirish ko’nikmasini o’stiradi.
Boshlang‘ich sinflarda ot so‘z turkumini o‘qitish metodikasi o‘quvchilarning og‘zaki va
yozma nutqini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega. Bu jarayon o‘quvchilarning so‘z boyligini
oshirish, fikrlash qobiliyatini shakllantirish va grammatik tushunchalarni ongli ravishda
o‘zlashtirishlariga xizmat qiladi.
Ot so‘z turkumini o‘rgatishning bosqichlari:
1.
Tayyorlov bosqichi (1-sinf):
Savod o‘rgatish davrida o‘quvchilar predmetlarni va
ularning nomlarini bildiruvchi so‘zlarni farqlashga o‘rganadilar. Bu bosqichda so‘zlarning
leksik ma’nosiga e’tibor qaratilib, ularni guruhlash ko‘nikmasi shakllantiriladi.
2.
Boshlang‘ich tushuncha shakllantirish (2-sinf):
O‘quvchilar otlarning leksik ma’nolari
va grammatik belgilari bilan tanishadilar. Kim? va nima? so‘roqlariga javob bo‘lgan otlarni
farqlash, atoqli va turdosh otlar haqida bilimlar hosil qilinadi.
3.
Chuqurlashtirish bosqichi (3-sinf):
Bu bosqichda otlarning birlik va ko‘plik shakllari,
ularning qo‘llanilishi o‘rganiladi. O‘quvchilar otlarning son bilan bog‘liq xususiyatlarini
tushunib, gapda to‘g‘ri qo‘llashni o‘rganadilar.
4.
Turlanish va qo‘llash (4-sinf):
O‘quvchilar otlarning egalik qo‘shimchalari bilan
qo‘llanilishi, kelishiklar bilan turlanishi va kelishik qo‘shimchalarining yozilishini
o‘rganadilar. Bu bosqichda otlarning gapdagi vazifalari chuqurroq tahlil qilinadi.
O‘qitish metodlari:
Yanvar, 2025-Yil
263
Interfaol usullar:
"Charxpalak", "Aqliy hujum", "Muammoli vaziyat" kabi metodlar
o‘quvchilarning darsga faol ishtirokini ta’minlaydi, mustaqil fikrlash va muloqot
ko‘nikmalarini rivojlantiradi.
Guruhli ishlar:
Kichik guruhlarda ishlash orqali o‘quvchilar bir-biridan o‘rganadilar, fikr
almashadilar va mavzuni chuqurroq o‘zlashtiradilar.
Amaliy mashqlar:
Matnlar ustida ishlash, so‘zlarni tahlil qilish, taqqoslash va
umumlashtirish orqali o‘quvchilar grammatik tushunchalarni mustahkamlaydilar.
Boshlang‘ich sinflarda ot so‘z turkumini o‘qitish o‘quvchilarning til kompetensiyasini
shakllantirishda asosiy o‘rin tutadi. To‘g‘ri tanlangan metodlar va bosqichma-bosqich yondashuv
orqali o‘quvchilar grammatik tushunchalarni ongli ravishda o‘zlashtiradilar va nutq madaniyatini
rivojlantiradilar.
Xulosa qilib shuni aytishim joizki, boshlang`ich sinflarda ona tili va o`qish savodxonligi
darsining o`tilishi katta ahamiyatga ega. O`quvchilarning o`qib tushinishi, tinglab tushinish,
yozish savodxonligini, og`zaki va yozma shaklda fikrlarini yetkazib berishga bog`liqli so`z
boyligini boyitishga, to`g`ri va ifodali o`qishga o`rgatish bilan birga ularda kitobxonlik va nutq
madaniyatini shakllantirish, mustaqil fikrlashi, o`z fikrini tortinmasdan yetkazib berishi uchun
yordam beradi.Albatta, bunday bilim va ko`nikmalarning boshlang`ich sinf davridayoq shakllanib
borishi, ertangi kuni o`zi va mamlakatimiz uchun foydali kasb egasi bo`lishiga yo`naltiradi.
Shuning uchun ham, biz, bo`lajak boshlang`ich sinf o`qituvchilari o`z mutaxassisligimizni chuqur
o`rganib, ertangi yosh avlodga chuqur bilim berib, qiziqishlaridan kelib chiqib, to`g`ri yo`lga
boshlashimiz va kelajakda yurtmizga foydali mutaxassis bo`lib yetishishiga sababchi
bo`lmog'imiz darkor.
REFERENCES
1.
Sh.Mirziyoyevning 2022-yil 28-yanvardagi maktab ta‗limini rivojlantirish masalalari
yuzasidan videoselektordagi nutqi.
2.
K.Qosimova va boshqalar. Ona tili o qitish metodikasi. -T.: Noshir, 2009.
3.
Л.И.Рахматуллаева. Методика преподавания родного языка. –T.: Учебноепособие.
МолияИктисод, 2007.4.Internet resurslari (Ziyonet
