ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
744
PROFILAKTIK DAVOLASH
Qodirov Fayzullo A’zamjon o’g’li
“Central Asian Medical University” Tibbiyot universiteti Assistenti.
Sattorova Ruxshona
“Central Asian Medical University” Davolash ishi yo’nalishi talabasi.
Tel raqami:+998771153235.
E-mail:
ruxshonasattorova698@gmail.com
Xabibullayev Ne’matillo
“Central Asian Medical University” Davolash ishi yo’nalishi talabasi.
Tel raqami:+998770004935.
E-mail:
nematilloxabibullayev7@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.14739899
Annotatsiya.
Ushbu maqolada hozirgi vaqtda profilaktik davolash gemofiliyaning og'ir
formasini davolash usuliga aylangan bo`lib, ularga faol va mazmunli hayot kechirish imkoniyatini
bermoqda shu haqida ma’lumot berilgan.
Kalit so’zlar:
gemofiliya, koagulyatsion, bo'g'imlar,
protocol,
Malme protokoli, Utrext
protokoli.
PROPHYLAXIS TREATMENT
Abstract.
This article provides information on how prophylactic treatment has now become
a treatment for severe forms of hemophilia, allowing them to live an active and meaningful life.
Keywords:
hemophilia, coagulation, joints, protocol, Malmo protocol, Utrecht protocol.
ПРОФИЛАКТИКА ЛЕЧЕНИЕ
Аннотация.
В статье представлена информация о том, как профилактическое
лечение теперь стало методом лечения тяжелых форм гемофилии, позволяя людям жить
активной и осмысленной жизнью.
Ключевые слова:
гемофилия, коагуляция, суставы, протокол, протокол Мальмё,
протокол Утрехта.
Profilaktik davolash - qon ketishini oldini olish uchun qon ivish omilining (faktorining)
kontsentratlarini muntazam ravishda bemorga quyish. Profilaktik davolanish g'oyasi
gemofiliyaning o'rta va yengil shakli bo'lgan bemorlarda (qondagi koagulyatsion omil darajasi 1%
va undan yuqori bo`lgan) kamdan-kam hollarda o'zidan-o'zi qon ketishi kuzatilgandan keyin paydo
bo`ldi. Bundan tashqari, gemofiliyaning og'ir formasi bilan og'rigan bemorlardan farqli o`laroq,
gemofiliyaning yengil va o`rta formalarida bo'g'imlar kamroq shikastlanadi.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
745
Shifokorlar shuni ta`kidlashadiki, agar koagulyatsion omil kontsentratlarining muntazam
ravishda kiritilishi natijasida qon ivish omillarning minimal miqdorini taxminan 1% atrofida qonda
ushlab turilsa, bu qon ketish xavfini kamaytiradi va bo`g`imlar shikastlanishini oldini oladi.
So'nggi paytlarda olib borilgan chuqur tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, ushbu profilaktik
davolanish qo`llanilgan bolalarda qon ketish kamroq va bo'g'imlar sog'lomroq bo'ladi.
Hozirgi vaqtda profilaktik davolash gemofiliyaning og'ir formasini davolash usuliga
aylangan bo`lib, ularga faol va mazmunli hayot kechirish imkoniyatini bermoqda. Simptomlarsiz
qon ketishini oldini olish uchun qondagi qon ivish darajasi 1% bo`lsa yetarli bo'ladimi yoki
davolash protokoli tomonidan belgilangan inyeksiyalar va ish yukining cheklanishi, iqtisod
qilinishi asosida ushbu foizni aniqlash mumkin. Profilaktik davolanish shikastlangan bo'g'imlarni
tiklamaydi. Ammo bu qon ketishini kamaytiradi, shuningdek, bo'g'imlarning zararlanishini
sekinlashtirishi va hayot sifatini yaxshilashi mumkin. Qon ketish paytida uni to'xtatish uchun
bajariladigan epizodik yoki talab bo'yicha davolanishdan farqli o'laroq, qon ketishining oldini olish
uchun profilaktika davolash amalga oshiriladi. Profilaktik davolashning bir necha turlari mavjud.
Uzluksiz profilaktik davolash (birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi) muntazam ravishda bir
necha oylar va hatto yillar davomida o'tkaziladi. Uzlukli yoki oraliq profilaktik davolash qisqa
muddat davomida, odatda bir necha hafta yoki oylarda amalga oshiriladi.
Profilaktik davolanish turlari.
Vaqti-vaqti bilan - qon ketish paytida olib boriladigan davolash.
Uzlukli profilaktik davolanish - qisqa vaqt davomida qon ketishining oldini olish uchun
amalga oshiriladi, masalan, jarrohlik operatsiyasi paytida va undan keyin.
Birlamchi profilaktik davolash - muntazam va doimiy davolash turi bo`lib, bo'g'imlarda
ikkinchi og'ir qon ketishidan oldin boshlanadi va 3 yoshdan oshmagan davrda.
Ikkilamchi profilaktik davolash - bu muntazam, uzluksiz davolanish bo'lib, u ikki yoki
undan ko'p marta qon ketgandan keyin boshlanadi, ammo bu bo`g`imning zararlanishigacha
bo`lgan davrda.
Uchlamchi profilaktik davolanish - bu muntazam, uzluksiz davolanish bo`lib, bu
bo`g`imning zararlanishidan boshlanib, ushbu bo`g`imning kelgusidagi shikastlanishini oldini
olish uchun qilinadi.
Buyurilgan muolajalar va dozalash rejimi.
Profilaktik davo – qon ivish omillarini
(faktorlarini) muntazam ravishda yuborish bilan qondagi qon ivish omilining faollik darajasini
oshirish va uni 1% va undan yuqori darajada ushlab turish hisoblanadi. Bunga erishishning bir
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
746
necha yo'li mavjud, ammo, ular nafaqat turli mamlakatlarda, balki bir mamlakat ichida ham farq
qiladi. Eng yaxshi dozalash rejimini ("protokol") aniqlash bo'yicha tadqiqotlar davom etmoqda.
Profilaktik davolash rejasi quyidagilarni o`z ichiga olishi kerak.
1.
Ishlatiladigan dori vositasi (faktor) turi
2.
Har bir inyeksiyani qilish uchun buyurilgan omil (faktor) dozasi
3.
Davolashning chastotasi
4.
Davolashning davomiyligi (kunlar yoki haftalar bilan).
Hozirgi vaqtda uzoq muddatli ma'lumotlarga ega ikkita protokoldan foydalanilmoqda, ular:
Malme protokoli: Gemofiliya A bilan og'rigan odamlarga haftasiga ikki marta, gemofiliya
B bilan kasallangan odamlarga haftasiga uch marta 25-40 IU/kgdan omil (faktor) inyeksiya
qilinadi.
Utrext protokoli: Gemofiliya A bilan og'rigan odamlarga haftasiga ikki marta, gemofiliya
B bilan kasallangan odamlarga haftasiga uch marta 15-30 IU/kgdan omil (faktor) inyeksiya
qilinadi.
Resurslari sezilarli darajada cheklangan mamlakatlarda, past dozalarni tez-tez yuborish
(masalan, haftasiga 3 marta 10-15 IU/kgdan) samarali profilaktik davolash usuli bo'lishi mumkin.
Profilaktik davolashni qachon boshlash va qachon to'xtatish kerak.
Profilaktik
davolanishni boshlash va tugatishning eng yaxshi vaqti qaysi ekanligi to'g'risida hanuzgacha turli
fikrlar mavjud. Bo'g'imlarni yaxshi holatda saqlash uchun profilaktik choralarni oldinroq boshlash
iqtisodiy jihatdan eng samarali hisoblanadi. 50 yildan ortiq vaqt davomida profilaktik davolanish
ko'plab Yevropa mamlakatlarida standart davolash bo'lib kelgan, ammo bunday davolanishning
narh jihatidan qimmat bo`lgani uning keng tarqalishiga to`sqinlik qiladi.
Profilaktik davolanish uchun zarur bo'lgan ko'p miqdordagi qon ivish omil kontsentratlarini
olish imkoniyati, albatta, davolanishni qachon boshlashni va qancha vaqt davom ettirishni
belgilashda muhim omil hisoblanadi. Davolanish imkoniyati mavjud bo'lgan mamlakatlarda,
ko'pchilik shifokorlar profilaktik davolanishni tiklab bo'lmaydigan bo`g`im shikastlanishdan oldin
boshlash kerak degan fikrga kelishgan. Ba'zi shifokorlar buni bo`g`im ichiga birinchi qon
quyilishidan keyin yoki ma'lum bir yoshga (odatda ikki-uch yoshlarda) yetishdan oldin boshlash
kerak deb hisoblashadi. Boshqalar esa ikki yoki undan ko'p qon quyilish holatlarini kutishni
maslahat berishadi. Agar qon ivish omilining kontsentratlarini olish va ishlatish imkoniyati
cheklangan bo'lsa, kichik dozalarda tez-tez profilaktik davolanish samaraliroq bo'lishi mumkin.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
747
Profilaktik davolanishdan keng foydalanish uchun minimal samarali dozani aniqlash va
shu bilan iloji boricha ko'proq bemorlarga terapevtik vositalardan foydalanishni ta'minlash uchun
samarali iqtisodiy tadqiqotlar o'tkazish kerak. Shu aniq emas-ki, barcha bemorlar ulg`aygan paytga
yetganida ma'lum muddat profilaktik davolanishi kerakmi.
Garchi ba'zi tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, yoshlar profilaktik davolanishsiz ham o'zlarini
yaxshi his qilishlari mumkin, ammo aniq tavsiyalar berilishidan oldin qo'shimcha tadqiqotlar talab
etiladi. Ko'pincha bemorlar profilaktik davolanishni davom ettirish yoki ettirmaslik to'g'risida
o'zlari qaror qilishadi.
XULOSA
. Davolash rejasiga muvofiqligi (yoki unga amal qilish), qoida tariqasida,
bemorlarning
davolovchi
shifokorlarning
dori-darmonlarni
qabul
qilish
to'g'risidagi
ko'rsatmalariga qat'iy rioya qilishlari bilan belgilanadi. Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti
ma'lumotlariga ko'ra, har qanday dori-darmonlarni qabul qilmaslik darajasi 15 foizdan 93
foizgacha bo`lishi mumkin, o'rtacha esa 50 foiz. Profilaktik davolanish protokoliga rioya qilish
uning muvaffaqiyati uchun juda muhimdir. Agar qonda qon ivish omilining darajasini belgilangan
darajadan yuqoriroq doimiy ravishda ushlab turilsa, profilaktik davo eng samarali hisoblanadi.
O'tkazib yuborilgan dozalash yoki qilinmagan holatlar qon ivish omil darajasini qonda pasayishiga
olib kelishi mumkin, bu qon ketish xavfini oshiradi. Bemor profilaktik davolanayotganda paydo
bo'ladigan qon ketish “kuchli qon ketishi” deb ataladi. Bemorlar va tibbiyot xodimlari birgalikda
gemofiliya bilan og'rigan bemor va uning oilasining ehtiyojlarini hisobga oladigan protokolni
ishlab chiqish uchun birgalikda ishlashlari kerak. Bemorning klinikaga tashrif buyurganida uning
protokolga rioya qilishi muntazam ravishda baholanishi kerak va rejimga rioya qilishni yaxshilash
strategiyalari, shu jumladan protokolga kiritilgan o'zgarishlar, iloji boricha qayerda bo`lishidan
qat`iy nazar ko'rib chiqilishi kerak.
REFERENCES
1.
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASIDAGEMOFILIYA JAMIYATI.2014 yilda Butunjahon
Gemofiliya Federatsiyasi tomonidan nashr etilgan,
2.
Hammon, W. M.; Reeves, W. C. (1952). „California encephalitis virus, a newly described
agent“.
Calif
Med.
77-jild,
№ 5.
303–309-bet.
PMC 1521486
(https://www.ncbi.nlm.nih.gov/pmc/articles/PMC1521
486).
PMID 13009479
(https://pubmed.ncbi.nlm.nih.gov/13009479)
