Authors

  • Olimjon Subanov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.63656

Keywords:

Ichki ishlar organlari huquqni muhofaza qiluvchi organlar jamoat tartibini saqlash huquqbuzarliklar profilaktikasi.

Abstract

Mazkur maqolada Ichki ishlar organlarining huquqni muhofaza qiluvchi organlari bilan hamkorligining asosiy belgilari yoritilgan.

background image

1012

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1

ICHKI ISHLAR ORGANLARINING HUQUQNI MUHOFAZA QILUVCHI

ORGANLARI BILAN HAMKORLIGINING ASOSIY BELGILARI.

(Huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshiruvchi organlar misolida)

Subanov Olimjon Suyarkul o‘g‘li

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi

Malaka oshirish instituti Yuridik fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi

(+99893) 551-71-30.

https://doi.org/10.5281/zenodo.14742863

Annotatsiya. Mazkur maqolada Ichki ishlar organlarining huquqni muhofaza qiluvchi

organlari bilan hamkorligining asosiy belgilari yoritilgan.

Kalit so‘zlar: Ichki ishlar organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, jamoat tartibini

saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi.

MAIN FEATURES OF COOPERATION OF INTERNAL AFFAIRS BODIES WITH

LAW ENFORCEMENT BODIES.

(On the example of bodies implementing crime prevention)

Abstract. This article covers the main features of cooperation of internal affairs bodies

with law enforcement bodies.

Keywords: internal affairs bodies, law enforcement bodies, maintaining public order,

crime prevention.

ОСНОВНЫЕ ОСОБЕННОСТИ ВЗАИМОДЕЙСТВИЯ ОРГАНОВ ВНУТРЕННИХ

ДЕЛ С ПРАВООХРАНИТЕЛЬНЫМИ ОРГАНАМИ.

(В отношении органов, осуществляющих профилактику правонарушений)

Аннотация. В статье рассматриваются основные особенности взаимодействия

органов внутренних дел и правоохранительных органов.

Ключевые слова: Органы внутренних дел, правоохранительные органы, охрана

общественного порядка, профилактика преступлений.

Ichki ishlar organlarining huquqni muhofaza qiluvchi organlari bilan hamkorligining

asosiy belgilaridan biri ularning huquqiy tartibga solinganligidir. Ichki ishlar organlarining

huquqni muhofaza qiluvchi organlari bilan hamkorligining huquqiy tartibga solinganligi uni

tashkil etish tartibini mustahkamlaydi, hamkorlikka kirishuvchi har bir sube’ktning mas’uliyatini

oshirishi bilan birgalikda ularning huquq va majburiyatlarini huquqiy kafolatlaydi.

Shuning uchun, biz Ichki ishlar organlarining huquqni muhofaza qiluvchi organlari bilan

hamkorligini tartibga soluvchi huquqiy normalar va ularni qo‘llash amaliyotini ilmiy-nazariy tahlil


background image

1013

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1

qilishimizdan oldin avvalo, mazkur sub’ektlar o‘rtasidagi huquqiy asoslarni mazmun-mohiyatini

to‘liq anglab olish uchun ularni tegishli guruhlarga ajratib tahlil qilib olishimiz lozim bo‘ladi.

a) O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari;

b) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari;

v) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari;

g) Ichki ishlar vazirligining idoraviy, shuningdek boshqa huquqni muhofaza qilish

organlari bilan birgalikda qabul qilgan idoralararo normativ-huquqiy hujjatlari;

d) mahalliy davlat hokimiyati organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasiga oid qarorlari

Konstitutsiyaning normalari demokratik jamiyatdagi barcha munosabatlarni ijtimoiy

adolat va insonparvarlik prinsiplariga asoslangan holda tartibga solishning birlamchi asosiy

manbai sifatida xizmat qilishi bilan har qanday huquqqa xilof qilmishning oldini olishni

ta’minlaydi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining bir guruh qoidalari o‘z

navbatida jinoyatlarning oldini olish xususiyatiga ega bo‘lib, fuqarolarni har xil turdagi jinoiy

tajovuzlardan himoya qilishda va ularni jamiyatdagi umuminsoniy, axloqiy normalar asosida

tarbiyalashda asosiy manba hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyamizning 13-moddasida ta’kidlanganidek,

O‘zbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi, ularga ko‘ra

inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat

hisoblanadi. Mazkur ulkan va sharafli vazifalarni ta’minlash, boshqa davlat organlari,

muassasalari va tashkilotlari qatori Ichki ishlar organlari bilan huquqni muhofaza qiluvchi

organlarining ham asosiy vazifasidir. Konstitutsiyaning 121-moddasida qonuniylik va huquq-

tartibotni, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilishda jamoat tashkilotlari va fuqarolar

huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yordam ko‘rsatishi mumkinligi kafolatlangani ichki ishlar

organlarining jamoatchilik bilan hamkorligini tashkil qilishga asos yaratib bergan bo‘lsa, 58-

moddasida davlat organlari va mansabdor shaxslarning jamoat birlashmalari faoliyatiga, ayni

paytda jamoat birlashmalarining davlat organlari va mansabdor shaxslar faoliyatiga aralashishiga

yo‘l qo‘yilmasligi ushbu hamkorlikning aniq chegarasini belgilab beradi. Konstitutsiyamizdan

keyingi eng asosiy xuquqiy asoslarimizdan biri bu, O‘zbekiston Respublikamizda qabul qilingan

qonunlar xisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining sog‘ligi davlat tomonidan muhofaza qilinadi va

kafolatlanadi. Jumladan, Konstitutsiyaning 24-moddasida “Yashash huquqi har bir insonning

uzviy huquqidir. Inson hayotiga suiqasd qilish eng og‘ir jinoyatdir” deb ko‘rsatib o‘tilgan, 40-

moddada “Har bir inson malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga ega”[1] deb sog‘ligi

yomonlashganda va boshqa hollarda sog‘liqni saqlash organlariga murojaat etishi va davolanishi

mumkinligi belgilangan, shu bilan birga mamlakatimizda aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish davlat


background image

1014

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1

tomonidan bepul amalga oshirilishi ta’minlanadi. Konstitutsiyada ko‘rsatilgan fuqarolarning

tibbiyot sohasidagi kafolatlarini ta’minlashda Ichki ishlar organlari sog‘liqni saqlash organlari

bilan hamkorlik qilishlari va aholining bu boradagi huquq va ekrinliklaridan foydalanishlariga va

o‘z navbatida qonun normalarining bajarilishini amalga oshiradi. Xozirgi kunda Prezidentimiz

tomonidan yoshlarga nisbat katta e’tibor qaratilmoqda. Shunday ekan O‘zbekiston

Respublikasining “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi 2008-yil 7-yanvar qonunining

qabul qilinganligi, birinchidan, jamiyatda bolalar huquqlari kafolatlarini ta’minlashtizimini

belgilab bergan bo‘lsa, ikkinchidan, bola huquqlari kafolatlarini ta’minlash orqali ular orasida

huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirishni ta’minlaydi. O‘zbekiston Respublikasining

“Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risida”gi

2010-yil 29-sentyabr qonuni “Bola huquqlari kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunning 3-moddasida

ko‘rsatilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarning huquq va erkinliklarini ta’minlash, ularning

qonuniy

manfaatlarini

himoya

qilish,

ularning

nazoratsizligi,

qarovsizligi

va

huquqbuzarliklarining profilaktikasini amalga oshirish bilan bog‘liq munosabatlarni huquqiy

tartibga soladi.

Ichki ishlar organlari huquqni muhofaza qiluvchi organlari bilan hamkorligining qonun

darajasida tartibga solinganligi bo‘yicha ijtimoiy munosabatlarni tahlil qilsak, quyidagi

qonunlarning ob’ekti doirasida mazkur bo‘linmalar hamkorligi amalga oshirilishini kuzatishimiz

mumkin: Jumladan, O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 19-avgustdagi “Giyohvandlik

vositalari va psixotrop moddalar to‘g‘risida”gi hamda 2000-yil 25-maydagi “Faoliyatning ayrim

turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi qonunlari asosida, ayrim faoliyatlarni litsenziyalash va ruxsat

etish xususiyatiga ega hujjatlarni berish, shuningdek litsenziya va ruxsat etishga oid talablarga

hamda shartlarga rioya etilishini nazorat qilish tartibga solingan.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 4-yanvardagi “Dori vositalari va

farmasevtika faoliyati to‘g‘risida”gi yangi tahrirdagi qonuni bilan ushbu bo‘linmalarning hududda

fuqaroviy va xizmat qurollarining hamda ular o‘qdorilarining, sanoat uchun mo‘ljallangan

portlovchi materiallar, shuningdek pirotexnika buyumlar, giyohvandlik vositalari, psixotrop

moddalar va ular prekursorlarining muomalada bo‘lishi sohasida hamkorligi amalga oshiriladi.

Ichki ishlar organlari tomonidan favqulotda vaziyatlarda jinoyatchilikka qarshi kurashish,

jamoat tartibi va fuqarolar xavfsizligini ta’minlashda harbiysafarbarlik ishlarini va fuqarolar

muhofazasi tadbirlarini amalga oshirishda Prokuratura, Davlat havfsizlik xizmati va Bojxona

organlari bilan hamkorliklari O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 26-maydagi «Fuqaro

muhofazasi to‘g‘risida»gi qonuni normalari bilan tartibga solingan.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 15-dekabrdagi «Terrorizmga

qarshi kurash to‘g‘risida»gi qonuni Ichki ishlar organlari terrorizmga qarshikurashish, xususan


background image

1015

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1

uning oldini olish bo‘yicha faoliyatini tartibga soluvchi huquqiy manba bo‘lib, ularning bu borada

huquqni muhofaza qiluvchi organlari bilan hamkorligini belgilab beradi. Qonunning normalariga

ko‘ra, mazkur bo‘linmalar o‘rtasidagi hamkorlik ma’muriy hududlarda terrorizm va uning turli-

xil ko‘rinishlariga qarshi ko‘rashish, fuqarolarning diniy ibodat libosida yurishini oldini olish,

ichki ishlar organlarida diniy ekstremizm oqimi xayrixohi sifatida hisobda turuvchi shaxslar bilan

umumiy, maxsus va yakka tartibdagi profilaktik choratadbirlar majmuini qo‘llash orqali amalga

oshiriladi. Shuningdek, Ichki ishlar organlari va huquqni muhofaza qiluvchi organlarining bu

boradagi hamkorligiga ushbu qonunning 6-moddasiga asosan, mahalliy davlat organlari,

fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar va

tashkilotlar, mansabdor shaxslar hamda fuqarolar ko‘maklashadi va zarur yordam beradi.

Ichki ishlar organlari hududlarda qonun ustuvorligini ta’minlash, qonuniylikni

mustahkamlash, fuqarolarning huquq hamda erkinliklarini, jamiyat va davlatning qonun bilan

qo‘riqlanadigan manfaatlarini, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy tuzumini

himoya qilish, huquqbuzarliklarning oldini olish va profilaktikasini sifatli ta’minlash maqsadida

O‘zbekiston Respublikasining (2001-yil 29-avgust) “Prokuratura to‘g‘risida”gi qonun

normalariga asosan hududiy prokuratura organlari bilan o‘zaro hamkorlik qiladi. Shu bilan

birgalikda, prokuratura organlari qonunning 4-moddasiga asosan vazirliklar, davlat qo‘mitalari,

idoralar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar,

muassasalar, tashkilotlar, hokimlar va boshqa mansabdor shaxslar jumladan, Ichki ishlar organlari

tomonidan qonunlarning ijro etilishi ustidan nazorat qilish sube’kti sifatida ayrim protsessual

jarayonlarda hamkorlik qilishi huquqiy kafolatlangan.

Ichki ishlar organlari va huquqni muhofaza qiluvchi organlari faoliyatida ochiqlik,

oshkoralik va shaffoflikni ta’minlash, shuningdek, huquqbuzarliklarni oldini olish va

jinoyatchilikka qarshi kurashishda fuqarolarning sha’ni va qadrqimmatini tajovuzlardan, o‘z

shaxsiy hayotiga aralashuvlardan himoya qilishga bo‘lganhuquqlari va qonuniy manfaatlariga,

jismoniy va yuridik shaxslarning o‘z ishchanlik obro‘sini himoya qilishga bo‘lgan huquqlariga

rioya etilishini ta’minlash O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 5-mayda qabul qilingan «Davlat

hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida»gi qonuni bilan huquqiy

tartibga solingan [2].

Mazkur qonun asosida Ichki ishlar organlari huquqni muhofaza qiluvchi organlari bilan

hamkorligining ta’minlanishi:

birinchidan,

jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka

qarshi kurashish sohasida ichki ishlar organlari ish jarayoni va erishilgan natijalarini keng ommaga

yoritishga;


background image

1016

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1

ikkinchidan,

hamkorlik yo‘nalishlari bo‘yicha axborot olish huquqining kafolatlarini

ta’minlashga;

uchinchidan,

profilaktika inspektorlarining protsessual qarorlar ijrosini ta’minlash uchun

mas’uliyatini oshirishga;

to‘rtinchidan,

huquqbuzarliklar profilaktikasini ta’minlash va jinoyatchilikka qarshi

kurashish to‘g‘risidagi axborotlarni tarqatish tartibini huquqiy kafolatlashga xizmat qiladi.

Shuning uchun ham, 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning

beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirilidi unga ko‘ra huquqni

muhofaza qiluvchi organlarning huquqiy maqomi, har bir huquqni muhofaza qiluvchi organning

o‘ziga xos xususiyatidan kelib chiqib, uning vakolat va vazifalari, mazkur organlarning vakolatlari

va funksiyalari takrorlanishini bartaraf etish shuningdek, faoliyatida ochiqlik va shaffoflik

prinsiplari yanada isloh qilishni nazarda tutuvchi “Huquqni muhofaza qiluvchi organlar

to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqilishi belgilangan [3].

Shu bilan birgalikda Ichki ishlar organlari huquqni muhofaza qiluvchi organlari bilan

ma’muriy hududiy birliklarda huquq-tartibotni saqlash, mustahkamlash, huquqbuzarliklarni

aniqlash, ularga barham berish, shuningdek huquqbuzarliklarning sodir etilishi sabablarini va

ularga imkon berayotgan shartsharoitlarni aniqlash, bartaraf etish maqsadida qo‘llaniladigan

huquqbuzarliklar umumiy, maxsus, yakkatartibdagi va viktimologik profilaktikasining huquqiy,

ijtimoiy,

tashkiliy

chora-tadbirlarini

amalga oshirishdagi hamkorligi O‘zbekiston

Respublikasining 2014-yil 14-maydagi «Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida»gi qonuni

bilan belgilangan [4].

Mazkur qonun profilaktika inspektorlarining jamoat tartibini saqlash bo‘linmalari bilan

hamkorligida yuzaga keluvchi ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi muhim huquqiy asosi

bo‘lib, ichki ishlar organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasidagi vakolatlari aynan

mazkur bo‘linmalarning hamkorligi doirasida amalga oshirilishini amaliyot natijalari isbotlab

bermoqda. Mazkur qonun profilaktika inspektorlarining jamoat tartibini saqlash bo‘linmalari bilan

hamkorligida yuzaga keluvchi ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi muhim huquqiy asosi

bo‘lib, ichki ishlar organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasidagi vakolatlari aynan

mazkur bo‘linmalarning hamkorligi doirasida amalga oshirilishini amaliyot natijalari isbotlab

bermoqda.

Ichki ishlar organlarining huquqni muhofaza qiluvchi organlari bilan hamkorligini tartibga

soluvchi maxsus qonunlar haqida ta’kidlanganda, O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 16-

sentyabrda qabul qilingan “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi qonuni [5] alohida huquqiy

ahamiyatga ega. Chunki, mazkur qonun ichki ishlar organlarining barcha sohaviy xizmatlari

o‘zining zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish maqsadida qonunning 11-moddasiga asosan


background image

1017

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1

barcha davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va boshqa tashkilotlar bilan

hamkorlik qilinishi huquqiy kafolatlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining quyidagi farmonlari va qarorlari Ichki ishlar

organlari va huquqni muhofaza qiluvchi organlari bilan hamkorligini belgilab beradi:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yilning 14-martdagi «Huquqbuzarliklar

profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari

to‘g‘risida»gi PQ 2833-son qaroriga asosan huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka

qarshi kurashish bo‘yicharespublika idoralararo komissiyasi tashqil etildi. Unga ko‘ra, barcha

huquqni muhofaza qiluvchi organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi

kurashish bo‘yicha vazifa va funksiyalari mazkur komissiya negizida belgilab berildi.

Xulosa o‘rniga ta’kidlash joizki, Ichki ishlar organlarining huquqni muhofaza qiluvchi

organlari bilan hamkorligining huquqiy tartibga solinganligi, birinchidan, ular o‘rtasidagi

hamkorlikning tashkil etish tartibini mustahkamlasa, ikkinchidan, hamkorlik bo‘yicha Ichki ishlar

organlarining asosiy vazifalarini belgilab, jumladan ularning mas’uliyatini oshirishga hamda

hamkorligini samarali tashkil etishga xizmat qiladi.

REFERENCES

1.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. 2023

2.

O‘zbekiston Respublikasining 2014 yil 5 mayda qabul qilingan «Davlat hokimiyati va

boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida»gi qonuni.

3.

2017 — 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi

bo‘yicha Harakatlar strategiyasini.

4.

O‘zbekiston Respublikasining 2014 yil 14 maydagi «Huquqbuzarliklar profilaktikasi

to‘g‘risida»gi qonuni.

5.

O‘zbekiston Respublikasining 2016 yil 16 sentabrda qabul qilingan “Ichki ishlar organlari

to‘g‘risida”gi qonuni.

References

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. 2023

O‘zbekiston Respublikasining 2014 yil 5 mayda qabul qilingan «Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida»gi qonuni.

2017 — 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini.

O‘zbekiston Respublikasining 2014 yil 14 maydagi «Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida»gi qonuni.

O‘zbekiston Respublikasining 2016 yil 16 sentabrda qabul qilingan “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi qonuni.