Authors

  • Madina Rahimova
  • Gulnora Tog’ayeva

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.63663

Keywords:

gestatsion diabet glikirlangan gemoglobin ketoatsidoz insulinoterapiya homiladorlik dekompensatsiya.

Abstract

Maqolada homiladorlarda qandli diabetning uchrash chastotasi, homiladorlik davrida qandli diabet kechishining patogenezi, homilador ayollarda kasallikni kompensatsiyalash, kasallikning ona qornidagi homilaga nojo’ya ta’siri va uni oldini olish choralari haqida ko’rib chiqamiz.

background image

1034

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1

QANDLI DIABET BILAN OG’RIGAN HOMILADOR AYOLLARDA KASALLIK

KECHISHINING O’ZIGA XOSLIGI

Rahimova Madina Sobir qizi

email:

madinarahimova499@gmail.com

Tog’ayeva Gulnora Siddiqovna

Ilmiy rahbar.

email:

gulnora.togaeva1981@mail.ru

Samarqand davlat tibbiyot universiteti.

https://doi.org/10.5281/zenodo.14743125

Annotatsiya. Maqolada homiladorlarda qandli diabetning uchrash chastotasi,

homiladorlik davrida qandli diabet kechishining patogenezi, homilador ayollarda kasallikni

kompensatsiyalash, kasallikning ona qornidagi homilaga nojo’ya ta’siri va uni oldini olish

choralari haqida ko’rib chiqamiz.

Kalit so’zlar: gestatsion diabet, glikirlangan gemoglobin, ketoatsidoz, insulinoterapiya,

homiladorlik, dekompensatsiya.

PECULIARITIES OF THE COURSE OF THE DISEASE IN PREGNANT WOMEN

WITH DIABETES

Abstract. The article discusses the frequency of diabetes mellitus in pregnant women, the

pathogenesis of diabetes mellitus during pregnancy, compensation of the disease in pregnant

women, the adverse effects of the disease on the fetus in the womb and measures to prevent it.

Keywords: gestational diabetes, glycated hemoglobin, ketoacidosis, insulin therapy,

pregnancy, decompensation.

ОСОБЕННОСТИ ТЕЧЕНИЯ ЗАБОЛЕВАНИЯ У БЕРЕМЕННЫХ С САХАРНЫМ

ДИАБЕТОМ.

Аннотация. В статье рассмотрены частота сахарного диабета у беременных,

патогенез сахарного диабета во время беременности, компенсация заболевания у

беременных, неблагоприятное влияние заболевания на плод в утробе матери, меры чтобы

предотвратить это.

Ключевые слова: гестационный диабет, гликированный гемоглобин, кетоацидоз,

инсулинотерапия, беременность, декомпенсация.

Homiladorlikning har bir davri homila shakllanishida muhim hisoblanadi.

Homiladorlikning xavfsiz o’tishi uchun homiladorlik rejalashtirilgan, puxta o’ylangan

bo’lishi kerak. Qandli diabet kasalligi bor ayollarga kasallik nafaqat homiladorlik davrida balki

undan 3-6 oy oldin kompensatsiyalashgan bo’lishi kerak.


background image

1035

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1

Xalqaro qandli diabet federatsiyasi ma’lumotlariga ko’ra, 2021-yilda qandli diabet bilan

kasallanganlar soni 537million kishiga yetgan. Bu raqam 2030-yilga kelib 643 millionga, 2045-

yilga kelib 783 millionga yetishi kutilmoqda. Qandli diabet 2021-yilda 6,7 million o’limga sabab

bo’lgan. Jahon adabiyotining statistik ma’lumotlariga ko’ra, butun dunyo bo’ylab gestatsion

diabetning tarqalishi 4 dan 20%gacha sezilarli o’sish farqlariga ega. Reproduktiv yoshdagi barcha

ayollarning 0,3% qandli diabet bilan og’riydi, shulardan 0,2-0,3% homilador ayol homiladorlikdan

avval qandli diabetga chalinga, 1,5% homiladorlarda esa gestatsion diabet yoki haqiqiy qandli

diabet namoyon bo’ladi. Qandli diabet – absolyut yoki nisbiy insulin yetishmasligi oqibatida

rivojlanuvchi, moddalr almashinuvining buzilishi bilan kechadigan endokrin kasallik. Gestatsion

diabet bo’yicha turli ma’lumotlar mavjud, masalan, ba’zi manbalar GD homiladorlik davrida

rivojlanadigan organizmda gluyokaza almashinuvining buzilishi ekanligi haqida xabar beradi,

shuningdek boshqa manbalarga ko’ra, ilgari tashxis qo’yilmagan va homiladorlik davrida

aniqlangan, 1-tur yoki 2-tur diabet gestatsion diabet sababi bo’lishi mumkin.Homiladorlik davrida

maxsus organ platsenta hosil bo’ladi. U homilani uning o’sishi va rivojlanishi uchun zarur bo’lgan

oziq moddalar bilan ta’minlaydi. Bundan tashqari, platsenta homiladorlikni saqlab qolish uchun

zarur bo’lgan gormonlarni ishab chiqaradi: gonadotrop, kortizol, estrogen, progestron. Ushbu

gormonlarning ba’zilari hujayralarning insulin gormoniga qarshiligini qo’zg’atishi mumkin,

ularsiz glukoza to’qima ichiga kira olmaydi. Natijada, u qonda to’planib , qon tomirlari va

organlarga zarar yetkazadi. Homilador ayolning oshqozon osti bezi odatdagidan ko’ra ko’proq

intensiv ishlaydi, gormonlar tufayli yuzaga kelgan insulin yetishmovchiligini qoplashga harakat

qiladi. Biroq ba’zi ayollar tanasi qarshilikka dosh bera olmaydi. Insulin qarshiligi odatda

homiladorlkning 20-24- haftalarida paydo bo’ladi. Shuning uchun aynan shu vaqtda

homiladorlikda qandlli diabet uchun skrining o’tkaziladi.

Homiladorlikdagi qandlik diabet belgilarini homiladorlikning normal kechishi bilan

osongina chalkashtirib yuborish mumkin chunki ikkalasidagi ayrim belgilar bir biriga yaqin

buladi:

- ochlik,

- ko’ngil aynishi,

-siyishning ko’payishi,

- zaiflik,

-ko’p suyuqlik ichish,

- teri ustida qichishish- asosan turli burmlar va perineum sohasida,

-ko’rish sifatining buzilishi,

-oyoqlarda sezgirlikning pasayishi.


background image

1036

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1

Qandli diabet va gestatsion diabet bilan kasallangan homilador ayollar sonining ko’payishi,

homiladorlikning asoratlar bilan tug’ilishning ko’pligi 80% dan oshmoqda. Gestatsion diabet

uchun xavf omillari: nasliy moyillik; katta homila- 4kg yoki undan ko’p; kechki toksikoz;

poligidramnioz, qayta glukozuriya, metabolik sindrom,ayol yoshi 30dan oshgan bo’lsa.

Homilador ayol organizmidagi metabolizm ko’pincha ochlik paytidagi metabolizm bilan

bir xilda kechadi. Yog’ kislotalari, triglitseridlar va keton tanalari darajasi ko’tarilgan bo’lib,

aminokislotalar va glyukoza kamayadi. Homilador ayollarda 8-12 soat ochlik atsetonuriya bilan

kuchli gipoglikemiyaga olib kelishi mumkin. Ovarial va platsentar steroidlar darajasining ortishi,

bundan tashqari homiladorlik vaqtida buyrakusti bezida kortizol ishlab chiqarilishining ortishi

fiziologik insulinorezistentlikka olib keladi. Homiladorlikda organizmning individual

xususiyatlari hisobiga insulinga talabning oshishi oshqozon osti bezi beta hujayralari funksional

holatini kuchaytiradi. Gestatsion diabetning asosiy xususiyati shundan iboratki, tug’ruqdan keyin

barcha gormonal va metabolik jarayonlar tiklangach, gestatsion diabet ham o’tib ketadi. Ona va

bola salomatligiga nisbatan xavf tug’iladigan , qandli diabetning davosi va nazoratidagi o’ziga xos

xususiyatlar gestatsion diabet va homiladorlikda manifestatsiyalangan qandli diabet bilan bir xil.

Ular orasidagi tafovut shundaki, avvaldan qandli diabet bilan og’rigan homilador ayolda

modda almashinuvi o’zgarishlarining tiklanishi biroz qiyin bo’ladi. Ona qonidan homila qoniga

insulin, glyukagon o’tmaydi, glyukoza, keton tanachalari esa bemalol o’tadi. Ona qonida shakar

miqdori baland bo’lganda u yo’ldosh orqali homila qoniga o’tib , homiladorlikning 12 haftalaridan

insulin ishlab chiqarish faoliyatini boshlagan homila me’da osti bezining beta hujayralarini

zo’riqib ishlashga majbur etadi. Bu esa homila qonida insulinning yanada ko’payishiga olib keladi.

Giperinsulinemiya bilan og’rigan yangi tug’ilgan chaqaloqlar nafas olish yetishmovchligi,

qon ivish tiziming buzilishi va boshqa asoratlar kelib chiqadi. Masalan, diabetik fetopatiya-

ortiqcha tana vazni, nafas olish kasalliklari, kongenital rivojlanish anomaliyalari va qonda shakar

miqdorining doimiy pasayishi kuzatiladi buning sababi homila me’da osti bezining zo’riqib

ishlashi oqibatida ko’p miqdorda ishlab chiqarilgan insulin yangi tug’ilgan chaqaloqda

uchraydigan gipoglikemiyaga olib keladi. Bu holat titroq, tirishish, sababsiz bezovtalanish kabi

belgilar bilan kechib, o’z vaqtida aniqlanib, choralar ko’rilmasa fojiali oqibatlarga olib kelishi

mumkin. Bundan tashqari qandli diabetga chalingan onalardan tug’ilgan chaqaloqlarda

billirubinning ko’payishi hollari uchrab turadi ya’ni chaqaloq sarg’ayib ketadi. Qandli diabet bilan

onalardan tug’ilgan chaqaloqlarda yana bir muammo qonda kalsiy miqdorining kamayib ketishi

ham uchrab turadi. Homila makrosomiyasi (4kg va undan ortiq tug’ilishi) bolaning yelkalarining

o’sishiga olib keladi: ular onaning tos suyagi hajmiga mos kelmaydi, shuning uchun tug’ruq

paytida jiddiy shikastlanishlar yuzaga keladi.


background image

1037

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1

Qandli diabetning kechki asoratlarini yuzaga chiqishi homiladorlik vaqtida tezlashishi

mumkin, biroq sifatli kompensatsiyalangan qandli diabet homiladorlikni to’xtatishga ko’rsatma

bo’la olmaydi. Yoshlik davrida asoratlar ehtimoli past bo’lgani uchun, qandli diabet bilan og’rigan

ayol homiladorlikni nisbatan yoshroq vaqtiga rejalashtirishi kerak. Qandli diabetni butun

homiladorlik davridagi dekompensatsiya ona uchun ham bola uchun ham birdek xavfli. Qoniqarsiz

kompensatsiya bo’lganda homiladorlik asoratlar bilan kechib, o’tkir piyelonefrit, gestoz,

gidramnion, tug’ruqdagi qiyinchiliklar, kesarcha kesish amaliyotlari xavfi sezilarli oshadi.

Homiladorlikni to’xtatish tavsiya etiladigan holatlar:

-homilador ayolning 35yoshdan katta ekanligi,

-glikirlangan gemoglobin darajasi -13% va undan yuqoriligi,

-homiladorlikning dastlabki davrida ketoatsidoz kuzatilishi.

Gestatsion diabetda homilador ayolda insulin sekretsiyasi saqlangan bo’ladi va bu bazal

insulinga bo’lgan talabni qoplaydi, shu tufayli har ovqatlanishdan avval qisqa ta’sir qiluvchi

insulinni qo’llash maqsadga muvofiq. Ikkinchi trimestrda insulin va uglevodlarning ehtiyoji

sezilarli darajada oshadi, ko’pincha 1 TB/kg dan ortiq. Insulinoterapiyaga ko’rsatmalar: 1-2hafta

davomida dietoterapiya bilan plazmadagi glyukozaning maqsadli ko’rsatkichlariga erisha

olmaslik, ultratovush tekshiruvida diabetik fetopatiya belgilarining mavjudligi. Kesarcha kesish

faqat akusher ko’rsatmasi bilan qabul qilinadi. Tabiiy tug’ish yoki rejali kesarcha kesish amaliyoti

oldidan qandli diabet bilan xastalangan bemor ertalabdan hech nima yemasligi kerak.

Homiladorlik davrida onada qandli diabet kasalligining dekompensatsiya bo’lgan taqdirda,

tug’ruqdan keyin 48 soat ichida bolada gipoglikemiya rivojlanish xavfi yuqori bo’ladi. Glyukoza

kiritish zarurati glyukoza darajasini muntazam tekshirish bilan aniqlanadi. Ko’pincha bunday

chaqaloqqa tug’ruqdan keyin glyukozaninng 10% li eritmasi yuboriladi. Tug’ruqdan so’ng

insulinga ehtiyoj keskin kamayadi. Avvaldan qandli diabetning 1-turi bilan kasallangan

homiladorlarda ushbu tendensiya tug’ruqdan 1-2 hafta oldin paydo bo’ladi, tug’ruqdan 1-2 hafta

keyin oldingi holatiga qaytadi. Tug’ruqdan keyin gestatsion diabetga chalingan ayolda haqiqiy

diabet rivojlanishi mumkinligini aniqlash uchun vaqti-vaqti bilan qondagi qand miqdori tekshirilib

turilishi kerak.

Shunday qilib, hozirgi kunda ushbu masalaga ilmiy va amaliy yondashish qandli diabet va

gestatsion diabet bilan og’rigan ayollarda homiladorlikning asoratlarsiz kechishi, tug’ruqning

xavfsiz o’tishi, tug’ilgan chaqaloqda asoratlarning bo’lmasligi uchun onalarda qandli diabetni erta

tashxislashdan va kasallikni nazoratga olishdan iborat . Qandli diabeti bor yoki gestatsion diabetga

chalingan har qanda homilador ayol vaqtida endokrinolog nazoratida bo’lsa bu onaga ham bolaga

ham xavf tug’dirmaydi. Homilador ayollar diabet maktablariga borish tavsiya etiladi.


background image

1038

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1

Profilaktika homiladorlikning dastlabki kunlaridan boshlansa tug’iladigan farzandga ta’siri

ancha kamaytirgan bo’lamiz. Agar tekshiruvlar vaqtida olib borilmasa nafaqat bolada balki

onaning o’zida ham quyidagi asoratlar kelib chiqishi mumkin:

1) diabetdan kelib chiqadigan asoratlar – diabetic ketoatsidoz, retinopatiya, nefropatiya,

gipoglikemiya;

2) jarrohlikdan keyingi asoratlar - spontan abort, erta tug‘ilish, homiladorlik arterial

gipertenziyasi

REFERENCES

1.

B.X.Shagazatova . Endokrinologiya.

2.

G.A.Ixtiyarova, X.N.Negamatshayeva, X.T.Shodiyeva Akusherlik va ginekologiyada

hamshiralik ishi

3.

Williams Textbook of Endocrinology"

4.

Endocrinology" by Mac Hadley and Jon E. Levine

5.

"Basic and Clinical Endocrinology" by Francis S. Greenspan

References

B.X.Shagazatova . Endokrinologiya.

G.A.Ixtiyarova, X.N.Negamatshayeva, X.T.Shodiyeva Akusherlik va ginekologiyada hamshiralik ishi

Williams Textbook of Endocrinology"

Endocrinology" by Mac Hadley and Jon E. Levine

"Basic and Clinical Endocrinology" by Francis S. Greenspan