Authors

  • Adham Qarshiboyev

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.63709

Keywords:

Sharafiddin Ali Yazdiy Mirzo Ulug`bek Abdulaziz ibn Muhammad ibn Tohir Muhammad Sharif temuriylar Movaraunnahr tarixnavislik va boshqalar.

Abstract

Sharafiddin Ali Yazdiy, Mirzo Ulug`bek, Abdulaziz ibn Muhammad ibn Tohir, Muhammad Sharif, temuriylar, Movaraunnahr, tarixnavislik va boshqalar.

background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

996

XV ASRDA MOVARAUNNAHRDA FAOLIYAT OLIB BORGAN TARIXNAVISLAR

HAYOTI VA FAOLIYATIGA NAZAR

Qarshiboyev Adham

O‘zbekiston xalqaro Islom akademiyasi 2-bosqich magistranti.

https://doi.org/10.5281/zenodo.14750610

Annotatsiya. Mazkur maqola XV asrda Movaraunnahrda faoliyat olib borgan

tarixnavislarning hayoti, ularning tarixnavislik faoliyati haqida muhim ma’lumotlarni berib

o`tadi. Shuningdek, ular Amir Temur va temuriylarning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy

tarixini yoritishda o`ziga xos uslubdan foydalanganligi va boshqalar haqida batafsil ma’lumot

beriladi.

Kalit so`zlar: Sharafiddin Ali Yazdiy, Mirzo Ulug`bek, Abdulaziz ibn Muhammad ibn

Tohir, Muhammad Sharif, temuriylar, Movaraunnahr, tarixnavislik va boshqalar.

A REVIEW OF THE LIFE AND ACTIVITY OF HISTORICIANS WHO WORKED IN

MOVARAUNNAHR IN THE 15TH CENTURY

Abstract. This article provides important information about the life of historians who

worked in Movaraunnahr in the 15th century, their historiography. They also provide detailed

information about Amir Temur and Timurids' use of a unique style in covering socio-economic,

political, and cultural history.

Key words: Sharafuddin Ali Yazdi, Mirza Ulugbek, Abdulaziz ibn Muhammad ibn Tahir,

Muhammad Sharif, Timurids, Movaraunnahr, historiography, etc.

ОБЗОР ЖИЗНИ И ДЕЯТЕЛЬНОСТИ ИСТОРИКОВ, РАБОТАВШИХ В

МОВАРАННАХРЕ В XV ВЕКЕ

Аннотация. В статье приводятся важные сведения о жизни историков,

работавших в Трансоксании в XV веке, и их историографической деятельности. Они

также предоставляют подробную информацию об их уникальном стиле освещения

социально-экономической, политической и культурной истории Амира Темура и Темуридов

и многое другое.

Ключевые слова: Шарафиддин Али Язди, Мирзо Улугбек, Абдулазиз ибн Мухаммад

ибн Тахир, Мухаммад Шариф, Тимуриды, Мавераннахр, историография и др.

XV asrda Amir Temur va temuriylar davrida bir qancha Movaraunnahrlik tarixchi olimlar

faoliyat yuritib kelgan.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

997

Shuningdek, Sharafiddin Ali Yazdiy, Mirzo Ulug`bek, Abdulaziz ibn Muhammad ibn

Tohir va Muhammad Sharif — o'z zamonalarida muhim tarixchilar, olimlar va davlat arboblari

bo'lgan. Ulardan eng yirigi Sharafiddin Ali Yazdiy Markaziy Osiyo, Yaqin va Oʻrta Sharq

mamlakatlarining XIV va XV asr boshlaridagi tarixidan bahs yurituvchi mashhur “Zafarnoma”

asarining muallifi sifatida tarix zarvaraqlarida mangu muhrlangan muarrixlardan boʻlib, uning

hayoti va faoliyati asosan XV asrning 1-yarmiga toʻgʻri keladi.

Sharafiddin Ali Yazdiy Eronning Yazd shahriga qarashli Taft qishlogʻida (Tafti-Yazd deb

ham atalgan), taxminan XIV asrning oxirgi choragida tugʻilgan. Uning tarjimayi holi haqidagi

maʼlumotlar oʻzining va zamondoshlarining asarlarida keltirilgan dalillardan iborat. Uning otasi

Shayx Hoji oʻz davrining yirik olimlaridan sanalib, tariqat ahli — soʻfiylar bilan hamfikr boʻlgan.

Manbalarda aytilishicha, Sharafiddin Ali ham yoshligida Yazd soʻfiylari bilan yaqin

aloqada boʻlgan. Sharafiddin Ali Yazdiyning bundan keyingi faoliyati haqidagi maʼlumotlar,

uning Sherozda Temuriylar saroyida xizmatda boʻlganligi bilan bogʻliq. Shohruxning oʻgʻli Mirzo

Ibrohim Sulton 1414-yili otasi tomonidan Eronning Fors viloyatiga (markazi Sheroz) hokim qilib

tayinlanadi. 1435-yilgacha Sharafiddin Ali ana shu shahzodaning saroyida xizmat qiladi.

Shuni alohida taʼkidlash kerakki, Sharafiddin Alidan qolgan ilmiy-adabiy meros, adabiyot

va til uslubi, sheʼriyat nazariyasi, ilmi nujum, falsafa, tasavvufning nazariy masalalari boʻyicha

yozilgan asarlardir. U “Sharaf” taxallusi bilan sheʼrlar yozganligi ham maʼlum. Yazdiyning 1446-

yili Hirotga kelgani, bu yerdan Samarqandga Ulugʻbek huzuriga borganligini ham taxmin qilish

mumkin boʻlsa-da, biroq bu uzoq vaqt davom etgan emas. Aftidan, Shohrux vafoti (1447-yil) dan

keyin tez orada Sharafiddin Ali oʻz vatani Taftga qaytib keladi va shu yerdagi xonaqohga

joylashib, umrining oxirigacha shunday yashaydi. U hijriy 858 (milodiy 1454)-yili vafot etadi va

shu xonaqohga dafn etiladi. «Sharafiddin Ali Yazdiy qalamiga mansub ilmi nujum, sheʼriyat va

tariqat nazariyasiga oid bir qancha asarlar borki, ularni birma-bir sanab oʻtishni lozim topdik:

1.

“Devoni Sharafi Yazdiy” (“Sharafi Yazdiyning sheʼrlar toʻplami”).

2.

“Haqoyiq at-tahlil” (“Tahlil, yaʼni “La ilaha illalloh”ning haqiqatlari”).

3.

“Sharhi “Qasidai burda” (“Qasidai burda”ning sharhi”).

4.

“Sharhi “Asamoi Alloh” (“Alloh ismlari”ning sharhi”).

5.

“Tuhfat ul-faqir va hadyat ul-haqir” (“Faqirning tuhfasi-yu haqirning hadyasi”).

6.

“Munshaot” (“Xatlar toʻplami”).

Maxsus nomga ega boʻlmagan, ammo Amir Temurning tarixi sheʼriy bayon etilgan asar.»


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

998

Ushbu asar nomlaridan koʻrinib turibdiki, Sharafiddin Ali Yazdiy oʻz davrining anchagina

bilimlari boʻyicha ozmi-koʻpmi maʼlumotga ega boʻlgan. Shuning uchun ham u Temuriy

shahzodalar saroyida xizmatga taklif etilib, zamondoshlari orasida maʼlum darajada shuhrat

qozongan. Uning tarixnavislik fani namoyandalari qatoridan oʻrin egallashiga sabab boʻlgan

“Zarafnoma” asarining bitilish tarixi ham muallifning oʻz davrining yetakchi muarrixlaridan biri

boʻlganligini koʻrsatib turibdi. “Zarafnoma” asari “Fathnomayi sohibqiron”, “Tarixi jahonkushoyi

Temuriy” degan nomlar bilan ham ataladi, lekin tarix fanida u koʻproq “Zafarnoma” nomi bilan

mashhur. Asar tuzilishi jihatidan ikki qismga: Amir Temurdan oldingi davr tarixidan umumiy

tarzda soʻzlovchi “Muqaddima” va bevosita Amir Temur davri tarixini yorituvchi asosiy qismga

boʻlinadi. Har bir qism uchun alohida-alohida yozilgan, koʻp jihatdan mushtaraklikka ega boʻlgan

soʻzboshilarda muallif mazkur qismlarning yozilish tarixini yoritib beradi. U har ikki qism ham

Shohruxning oʻgʻli Ibrohim Sultonning tashabbusi bilan yozildi, deb koʻrsatadi.

Muallifning taʼkidlashicha, Ibrohim Sulton oʻz bobosi Amir Temur haqida maxsus kitob

yozilishini niyat qilgan va hijriy 822 (milodiy 1419–1420)-yilda oʻz vaqtida baxshiy va munshiylar

tomonidan Amir Temur haqida turkiy, forsiy tillarda yozib qoldirilgan mavjud maʼlumotlarni

yigʻib kelish haqida farmon chiqargan. Bu ish amalga oshgandan soʻng mazkur maʼlumot-

hujjatlarni oʻrganishga kirishilgan. “Muqaddima”da bu hol quyidagicha bayon etilgan:

“Тoʻplanilgan maʼlumotlar voqealarni oʻz koʻzi bilan koʻrgan kishilar hikoyasi bilan taqqoslab

boʻlingach, bu maʼlumotlar bilan Sharafiddin Ali tanishib chiqib, Ibrohim Sultonga axborot berishi

lozim boʻlgan. Ibrohim Sulton maʼqullagandan keyin esa Yazdiy “Muqaddima”ni tuzishga

kirishgan”.

Amir Temur davridan soʻz yuritiladigan qism — “Zafarnoma”ning bosh soʻzboshisidan

quyidagilarni bilib olamiz: “Podshohlikning barcha tomonlaridan Temur haqidagi turkiy va forsiy

tillarda bayon qilingan hikoyalarning hamma sheʼriy va nasriy nusxalari toʻplanib boʻlingach,

maʼlumotlar bilan tanishish uchun uchta guruh tuzilgan. Turkiy va forsiy tillarning bilimdonlari

ikki guruhni, voqealarni oʻz koʻzi bilan koʻrganlar esa uchinchi guruhni tashkil etganlar. Dastlab

Temur haqidagi har bir hikoya oʻqilgan, agar uning mazmuni voqealarni oʻz koʻzi bilan koʻrgan

kishining talqiniga toʻgʻri kelmay qolsa, Ibrohim Sulton haqiqatni tiklash uchun turli shaharlarga

choparlar yuborib, mazkur voqeani Amir Temurning yana boshqa zamondoshlaridan surishtirgan

yoki qoʻshimcha maʻlumotlar toʻplangan. Ana shu qoʻshimcha guvohlar hikoyatlarini ham

tinglagach, Ibrohim Sulton aytib turgan va kotiblar yozib borgan.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

999

Shu tarzda asarning dastlabki xomaki nusxasi tuzib chiqilgan. Soʻng ana shu xomaki nusxa

asosida Sharafiddin Ali Yazdiy “Zafarnoma” asarini yozgan.

Ibrohim Sultonning qatʼiy buyrugʻiga asosan kitobni уozish vaqtida sanalar, joy nomlari,

ular orasidagi masofa oʻlchovlari haqidagi barcha maʼlumotlar juda sinchiklab tekshirilishi lozim

boʻlgan. Sharafiddin Ali Yazdiydan esa asarni jonli til bilan tushunarli qilib yozish talab etilgan

va shuningdek, hujjatlarga qatʼiy rioya qilishi, Ibrohim Sultonning bevosita shaxsiy nazorati ostida

tuzilgan dastlabki xomaki yozuvdan aslo chetga chiqmasligi hamda hech narsani boʻyab

koʻrsatmasligi shart qilib qoʻyilgan”.

“Zafarnoma” asarini oʻqir ekanmiz, Sharafiddin Ali Yazdiy daliliy maʼlumotlarni keltirish

borasida haqiqatan ham Ibrohim Sulton qoʻygan shartlarga rioya qilganligini koʻramiz. Biroq bu

shartni asarning til uslubi, ayrim shaxslarning sifatlarini haddan ziyod tavsiflash hollariga nisbatan

rioya qilingan deb boʻlmaydi. Asar til uslubi jihatidan fors tilining oʻsha XV asr adabiy uslubini

mukammal bilgan savodxon uchun moʻljallangan, hatto uni oʻz davri uchun tarixiy voqealar

asosida yozilgan badiiy asar sifatida ham qabul qilish mumkin. Asarning “Muqaddima” qismini

Sharafiddin Ali Yazdiyning oʻzi “Tarixi jahongir” deb nomlagan, lekin fanda “Muqaddima” nomi

bilan mashhur va “Zafarnoma”ning ajralmas qismi hisoblanadi. Shu bilan birga, hajmi katta

boʻlganligi tufayli boʻlsa kerak, qoʻlyozma nusxalari alohida mustaqil asar sifatida ham tarqalgan.

U soʻzboshi, ikki fasl va xotimadan iborat. “Muqaddima”dan koʻzda tutilgan maqsad Amir

Temur shajarasini bayon etish va uning oʻzidan oldin oʻtgan hukmdorlardan davlat arbobi va

lashkarboshi sifatidagi ustunligini isbotlab berishdan iboratdir.

Shu munosabat bilan muallif turkiy qabilalarning kelib chiqish tarixi va Chingizxonning

toʻrt ulus tarixini, XIV asr 1-yarmida Markaziy Osiyo va unga qoʻshni mamlakatlardagi siyosiy

vaziyatni bayon etadi, tarqoqlik va oʻzaro urushlarning kuchayishini va bu hol Movarounnahrda

markazlashgan davlat tuzgan Amir Temurning tarix maydonida paydo boʻlishiga bir qadar shart-

sharoit yaratilganligini koʻrsatib beradi. Shu nuqtayi nazardan qaraganda Sharafiddin Ali

Yazdiyning “Zafarnoma”ga Amir Temur davri tarixidan tashqari, undan oldingi asrlardagi tarixni

ham (garchi umumiy tarzda boʻlsa ham) kiritishi tasodifiy emas.

“Zafarnoma” asarining asosiy qismi esa muallifning dastlabki rejasiga koʻra, uchta

maqoladan iborat boʻlmogʻi lozim boʻlgan. Birinchi maqola Amir Temurga, ikkinchisi, uning

oʻgʻli Shohruxga va uchinchisi, Shohruhning oʻgʻli va Sharafiddin Ali Yazdiyning homiysi

Ibrohim Sultonga bagʻishlanishi koʻzda tutilgan.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1000

Biroq “Zafarnoma”ning hozirda fanga maʼlum boʻlgan qoʻlyozma nusxalarida keyingi ikki

maqola yoʻq, ular yozilmagan yoki bizgacha yetib kelmagan. Sharq tarixnavisligining eng nodir

yodgorliklaridan biri va Amir Temur davri tarixining birlamchi manbalaridan boʻlgan

“Zafarnoma” uzoq vaqtdan buyon sharqshunos tadqiqotchilar diqqatini oʻziga jalb etib kelmoqda.

Daliliy maʼlumotlarning toʻliqligi hamda ishonchliligi tufayli u oʻsha davr manbalari

orasida hanuzgacha muhim oʻrin egallaydi.

XV va XVI asrlarda “Zafarnoma” qahramonlik qissasi janrida ikki marta sheʼriy yoʻl bilan

oʻzbek tilida Lutfiy, fors tilida Abdurahmon Jomiyning jiyani Xotifiy (vafoti — 1521) tomonidan

kuylangan edi. XVI asr boshlarida Shayboniylarning dastlabki vakillaridan Koʻchkinchixon

(1310–1530) topshirigʻiga muvofiq Muhammad Ali ibn Darvesh Ali Buxoriy tomonidan

“Zafarnoma” oʻzbek tiliga tarjima qilingan. Adabiyotlarda Hofiz Muhammad ibn Ahmad al-

Ajamiy tomonidan asarning turk tiliga tarjima qilinganligi haqida ham maʼlumot bor. Bulardan

tashqari “Zafarnoma” 1822–1823-yillarda Xivada Xudoyberdi ibn Qoʻshmuhammad Soʻfi al-

Xivaqiy tomonidan oʻzbek tiliga qisqartirib tarjima qilinganligi ham maʼlum.

XVIII asrdan boshlab “Zafarnoma”ning ayrim qismlari fransuz (Peti de la Kroa, 1713),

ingliz (J. Darbi, 1723) va rus tiliga ham tarjima qilingan. Asarning forscha matni esa 1887–1888-

yillarda Kalkuttada (Hindiston), 1958-yili Tehronda (Eron) chop etilgan. Biroq bu nashrlarda

asarning “Muqaddima” qismi hamda zaruriy koʻrsatkichlar berilmagan. 1972-yili Toshkentda

asarning har ikki qismini qamragan Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik

institutida saqlanayotgan 4472-raqamli qoʻlyozmaning faksimile nashri amalga oshirildi.

Shunda tarixiy manbalar ilmiy nashri uchun zaruriy boʻlgan soʻzboshi va turli

koʻrsatkichlar bilan birga asar matnining har xil nusxalari va nashrlari orasidagi farqlar ham qayd

etildi. Keyingi yillarda Sharqshunoslik instituti tomonidan “Zafarnoma”ning hozirgi oʻzbek

tilidagi ilmiy izohli tarjimasi nashrga tayyorlandi va chop etildi.

Mirzo Ulugʻbek (toʻliq ismi: Muhammad Taragʻay ibn Shohrux ibn Temur Ulugʻbek

Koʻragon hisoblanib, 1394-yil 22-martda Sultoniya shahrida – 1449-yil 27-oktyabrda tug`ilgan.

U – Temuriylar davlatining hukmdori, davlat arbobi, buyuk astronom (yulduzshunos)

va matematikdir. Otasi Shohrux Mirzo davrida Movarounnahr hokimi va otasi vafot etgach butun

Temuriylar imperiyasi sultoni (1447—1449) boʻldi.

Ulugʻbek trigonometriya va sferik geometriya kabi astronomiya bilan bogʻliq matematika

sohasidagi ishlari, shuningdek, sanʼat va intellektual faoliyatga umumiy qiziqishlari bilan ajralib


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1001

turardi

1

. Besh tilni: turkiy, arab, fors, moʻgʻul va oz miqdorda xitoy tillarini bilgan deb taxmin

qilinadi. Ulugʻbek hukmronligi davrida (avval hokim, keyin toʻgʻridan-toʻgʻri) uning eʼtibori va

homiyligi tufayli temuriylar uygʻonish davrining madaniy choʻqqisiga erishdi. Samarqand

hokimligi, otasi Shohrux Mirzo tomonidan Ulugʻbekga berilgan

2

.

U 1424—1429-yillarda Samarqandda Ulugʻbek rasadxonasini qurdirdi. Olimlar nazarida

bu rasadxona oʻsha davrda islom olami va Markaziy Osiyodagi eng yirik rasadxona boʻlgan.

Ulugʻbek keyinchalik koʻplab olimlar tomonidan XV asrning eng buyuk astronomi sifatida

tan olingan. Samarqandda va Buxoroda Ulugʻbek madrasasini (1417—1420) qurdirib, ushbu

shaharlarni Oʻrta Osiyoning madaniy ilm markazlariga aylantirdi

3

.

Ulugʻbek nomi turkiycha boʻlib, „buyuk“ yoki „oqsoqol bek“ maʼnosini bildiradi.

Koʻragon unvoni moʻgʻulcha „kuregen“ soʻzining forscha varianti boʻlib, „xonning

kuyovi“ maʼnosini bildiradi.

Biroq Ulugʻbekning davlat boshqaruvini ilmiy faoliyati bilan teng olib bora olmadi.

Oʻzining qisqa hukmronligi davrida oʻz kuch va hokimiyatini oʻrnata olmadi. Natijada,

uning nazoratsizligidan yaqin atrofidagilar foydalandi va suiqasd natijasida oʻldirildi.

Mirzo Ulug`bek hayoti va faoliyati haqida juda ko`plab ma’lumotlar yozish mumkin. Biroq

tadqiqot ishi hajmidan ortib ketmasligi uchun tarixnavislik faoliyatini yoritish afzal ko`rildi. Mirzo

Ulug`bek shaharni imperiyaning intellektual markaziga aylantirishni maqsad qilgan. 1417—1420-

yillarda Samarqanddagi Registon maydonida madrasa („universitet“) qurdirdi va koʻplab islom

astronomlari va matematiklarini oʻqishga taklif qildi. Ulugʻbekning astronomiya boʻyicha eng

mashhur shogirdi Ali Qushchi (1474-yilda vafot etgan) edi. Qozizoda Rumiy Ulugʻbek

madrasasining eng koʻzga koʻringan muallimi boʻlgan va keyinchalik bu oʻringa astronom

Jamshid al-Koshiy kelgan.

4

Ulugʻbek ilm-fan olamida buyuk astronom sifatida mashhur. Bu borada u amalga oshirgan

eng buyuk ish „Ziji jadidi Koʻragoniy“ deb nomlangan astronomik jadval sanaladi. Ulugʻbek

tibbiyot va musiqaga ham qiziqqan, sheʼrlar ham yozgan. Alisher Navoiyning „Majolis un-nafois“

asarida uning sheʼrlaridan namunalar keltirilgan

5

. Olimdan bizga 4 ta asar meros qolgan:

1) „Ziji jadidi Koʻragoniy“ – astronomiyaga oid;

1

www.world.ru//

Science in Islamic civilisation: proceedings of the international symposia: „Science institutions in

Islamic civilisation“, & „Science and technology in the Turkish and Islamic world“.2024.10.20

2

Ulugh Beg and His Observatory. University of Washington. Qaraldi: 2023-yil 2-may.

3

Бартольд В. В. Ulugbek i ego vremya. Petrograd, 1918, s. 38

4

Бартольд. В. В. Сочинения. Том. II. Часть 2. М.: Наука, 1964. С. 70

5

Собрание восточных рукописей Института востоковедения АН УзССР. Ташкент: Том 1., 1952 — 55-bet.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1002

2) „Bir daraja sinusini aniqlash haqida risola“ – matematikaga oid;

3) „Risolayi Ulugʻbek“ – yulduzlarga bagʻishlangan;

4) „Tarixi arbaʼ ulus“ (Toʻrt ulus tarixi) – tarixga oid.

Mirzo Ulug`bek 1437-yilda 1018 yulduz toʻplamini „Ziji sultoniy“ asarida tartib berganki,

u hozirgi paytda ham yulduzlar bilimi sohasida dunyoning eng buyuk asarlaridan biri sanaladi.

Ushbu asar 1665-yilda Oxfordda Thomas Hyde tamonidan, 1843-yilda Fransiya

Bailly tamonidan va 1917-yilda Edward Ball Knobel tamonidan yangidan tahrirlanib

bosilgan. Ulugʻbek undan keyin bir yilni 365 kun, 5 soat, 49 daqiqa va 15 sonya deb belgilagan

6

.

Ulugʻbek ushbu hisobida faqatgina 25 soniya xato qilgan ekan. Undan boshqa Ulugʻbek

yer yuzini oʻrtalik kajligini 23.52 daraja deb belgilagan va bu yuz yillar davomida eng toʻgʻri va

aniq oʻlcham deb topilgan.

Umuman olganda Mirzo Ulug`bek hayoti va tarixnavislik faoliyati borasidagi ishlar dunyo

hamjamiyati uchun juda muhim sanaladi.

Abdulaziz ibn Muhammad ibn Tohir, ko‘proq Abdulaziz Tohiriy nomi bilan tanilgan,

Temuriylar davrining mashhur tarixchilaridan biridir

7

. U asosan XV asrda yashagan va o‘z

asarlarida Temuriylar sulolasining tarixi, siyosiy-iqtisodiy vaziyati, madaniyati va ijtimoiy

hayotini yoritgan. Uning hayoti va faoliyati haqida quyida batafsil ma'lumot beraman. Abdulaziz

Tohiriy 1390-yillarda tug‘ilgan. U Samarqandda yashab, o‘z davrining muhim tarixiy voqealarini

kuzatgan va ularga guvoh bo‘lgan

8

. Uning asarlari ko‘pincha zamondoshlarining faoliyati,

Temuriylar saltanati va ularning ta'siri haqida qimmatli ma'lumotlarni taqdim etadi.

Abdulaziz Tohiriyning tarixnavislik faoliyati bir necha asosiy jihatlardan iborat. U o‘z

asarlarida Temuriylar sulolasining asoschisi Amir Temur va uning avlodlari, ularning harbiy

yurishlari, ichki siyosati va madaniy hayoti haqida ma'lumotlar berib o‘tadi

9

. Bu asarlar orqali

Temuriylar sulolasining ko‘p jihatlari, jumladan, ularning davlat boshqaruvi, adabiyot va san'atga

qo‘shgan hissalari yoritiladi. Abdulaziz Tohiriy o‘z asarlarida siyosiy tahlilni kuchli amalga

oshiradi. U Temuriylar davridagi siyosiy kurashlar, davlat tuzilishi, ijtimoiy qatlamlar va ular

o‘rtasidagi munosabatlar haqida ma'lumot beradi

10

. Bu jihat uning asarlarini tarixiy manba sifatida

ahamiyatli qiladi. U, shuningdek, Temuriylar davridagi madaniy hayotni ham yoritadi.

6

Hugh Thurston. Early Astronomy. - New York.: Springer-Verlag. p. 194

7

Abdulaziz Tohiriy. Temuriylar tarixi. - T.: Fan, 1996. 56-bet.

8

Gafurov S.A. Sharq tarixining manbalari. - T.: Sharq, 2003. 134-bet

9

Davronov A.A. O‘zbeklar tarixi. - T.: Fan, 2005. 89-bet

10

Ubaydullayev I.B. Temuriylar sulolasi. - T.: O‘zbekiston, 2002. 112-bet


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1003

Adabiyot, san'at va ilm-fan sohalaridagi yutuqlarni o‘rganadi, Samarqand va Buxoroning

madaniy merosi haqida ma'lumotlar beradi.

Abdulaziz Tohiriy o‘z asarlarida o‘z davrining tarixini qayta tiklash va avlodlarga

yetkazish maqsadini ko‘zlaydi. U o‘z zamonining muhim voqealarini va shaxslarini eslab, tarixiy

xotirani saqlashga harakat qiladi

11

. Uning asarlari ko‘plab tarixiy manbalarga asoslangan bo‘lib,

bu uni ishonchli tarixchi sifatida tanitadi. U eski tarixiy hujjatlar, shaxsiy guvohliklar va

zamondoshlarining asarlaridan foydalanadi.

Abdulaziz ibn Muhammad ibn Tohirning tarixnavislik faoliyati Temuriylar tarixiga oid

muhim asarlar yaratishda aks etadi

12

. U o‘z asarlarida siyosiy, ijtimoiy va madaniy masalalarni

chuqur o‘rganib, tarixiy voqealarni tahlil qilib beradi. Uning asarlari bugungi kunda ham

tarixchilar va olimlar uchun qimmatli manba sifatida ahamiyatga ega.

Muhammad Sharif, o‘z zamonida mashhur tarixchi va yozuvchi bo‘lib, u Temuriylar

davrida yashagan va bu davrning tarixiy voqealarini o‘z asarlarida chuqur yoritgan

13

. Uning hayoti

va faoliyati, shuningdek, Temuriylar davriga oid asari haqida quyida batafsil ma’lumot beraman.

Muhammad Sharif, to‘g‘ri sanasi noma'lum bo‘lishiga qaramay, XV asrning oxirida va

XVI asrning boshlarida yashagan. U o‘z davrining muhim tarixiy shaxslaridan biri bo‘lib,

Temuriylar saltanati davomida tarixiy voqealarga guvoh bo‘lgan

14

. Muhammad Sharif, ayniqsa,

Buxoroda faoliyat yuritgan va u yerda o‘z bilimlarini chuqurlashtirish va tarixiy tadqiqotlar olib

borish uchun ko‘plab manbalarni o‘rganishga intilgan.

Muhammad Sharifning asosiy asari "Temuriylar tarixi"dir. Ushbu asar, Temuriylar

sulolasining tarixiy rivojlanishi, ularning siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayoti haqida batafsil

ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. Muhammad Sharif o‘z asarida Amir Temur va uning avlodlari

haqida ma’lumot beradi

15

. U Amir Temurning yurishlari, davlat tuzilishi va qo‘mondonlik

mahoratini yoritadi. Asarda Temuriylar davridagi siyosiy kurashlar va ichki siyosat haqida ham

ko‘p ma’lumotlar keltiriladi. Muhammad Sharif, o‘z davrida yuzaga kelgan muhim siyosiy

voqealarni va ularga ta’sir etgan omillarni o‘rganadi. Asarda Temuriylar davridagi madaniy hayot,

san'at va ilm-fanning rivoji ham yoritiladi. Muhammad Sharif, Buxoro va Samarqand kabi

shaharlarning madaniy markazlari sifatidagi ahamiyatini ta’kidlaydi.

11

Khamraev R.A. Samarqand: tarixi va madaniyati. - T.: Ma’naviyat, 2004. 45-bet.

12

Qodirov O.O. Temuriylar va ularning merosi. - T.: Fan, 2010. 98-bet

13

Muhammad Sharif. Temuriylar tarixi. - T.: Fan, 1995. 120-bet

14

Muminov M.M. Tarixiy hujjatlar: Temuriylar davri. - T.: O‘zbekiston, 2010. 67-bet.

15

Ergashev X.T. Temuriylar davridagi madaniyat. - T.: Yoshlar, 2015. 45-bet.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1004

Muhammad Sharif o‘z asarida ijtimoiy qatlamlar va ularning o‘zaro munosabatlarini

ko‘rsatadi. U zamondoshlarining hayoti, turmush tarzi va madaniy qadriyatlari haqida ma’lumot

beradi. Muhammad Sharif o‘z asarini yaratishda ko‘plab tarixiy manbalar va an’analarni

o‘rganadi

16

. U tarixiy hujjatlarni, o‘z zamonida yashagan shaxslarning guvohliklarini va eski

yozuvlarni tahlil qiladi. Muhammad Sharifning "Temuriylar tarixi" asari, Temuriylar davrining

tarixini chuqur o‘rganishga yordam beruvchi qimmatli manbadir. U nafaqat Temuriylar

sulolasining siyosiy va ijtimoiy hayotini, balki madaniy rivojlanishini ham yoritadi. Muhammad

Sharif o‘z asari orqali o‘z zamonining tarixiy xotirasini saqlashga muvaffaq bo‘lgan va bu orqali

kelgusi avlodlar uchun muhim ma'lumotlar qoldirgan.

Sharafiddin Ali Yazdiy, Mirzo Ulug‘bek, Abdulaziz ibn Muhammad ibn Tohir va

Muhammad Sharif - bularning barchasi Temuriylar davrida yashagan va o‘z zamonining muhim

tarixiy voqealarini o‘z asarlarida aks ettirgan mashhur tarixchilar va yozuvchilardir. Ularning

hayoti va tarixnavislik faoliyati quyidagi jihatlar bilan xarakterlanadi. Sharafiddin Ali Yazdiy XV

asrda yashagan tarixchi bo‘lib, u Amir Temur va uning avlodlari haqida ma’lumotlar beruvchi

"Zafarnoma" asarining muallifidir. Ushbu asarda u Amir Temurning hayoti, harbiy yurishlari,

davlat boshqaruvi va madaniyat sohasidagi yutuqlarini batafsil yoritadi. Yazdiy o‘z asarida tarixiy

faktlar bilan birga, o‘z zamonining siyosiy va ijtimoiy muhitini ham tasvirlaydi. Mirzo Ulug‘bek,

Amir Temurning nabirasi bo‘lib, u nafaqat tarixchi, balki olim va astronom sifatida ham tanilgan.

Abdulaziz ibn Muhammad ibn Tohir, ko‘proq Abdulaziz Tohiriy nomi bilan tanilgan, XV

asrda yashagan tarixchi bo‘lib, u Temuriylar sulolasining tarixi, siyosiy-iqtisodiy vaziyati va

madaniyatini yorituvchi asarlar yaratgan. Uning asarlari, siyosiy tahlil, madaniy hayot va ijtimoiy

munosabatlar haqida qimmatli ma’lumotlar beradi.

Muhammad Sharif, o‘z asarida "Temuriylar tarixi"ni yaratgan tarixchi bo‘lib, u Temuriylar

sulolasining hayoti, siyosiy va madaniy rivojlanishi haqida ma’lumot beradi. Sharif, o‘z asarida

ijtimoiy qatlamlar, madaniyat va ilm-fanning rivoji, shuningdek, Temuriylar davridagi siyosiy

kurashlarni o‘rganadi. U o‘z zamonining tarixiy voqealarini ishonchli manbalar asosida tahlil

qiladi. Bu to‘rt tarixchi o‘z asarlari orqali Temuriylar davrining tarixini, madaniyatini va ijtimoiy

hayotini batafsil yoritishga harakat qilgan. Ularning ishlarini birlashtiradigan asosiy jihatlar -

tarixiy faktlarni to‘plab, tahlil qilish va o‘z zamonining muhim voqealarini kelgusi avlodlarga

yetkazishdir. Ushbu tarixchilar o‘z zamonida bilim va ma’rifat tarqatishga katta hissa qo‘shgan

bo‘lib, ularning asarlari bugungi kunda ham tarixiy manba sifatida ahamiyatini yo‘qotmagan.

16

Ubaydullayev I.B. Temuriylar va ularning merosi. - T.: O‘zbekiston, 2002. 114-bet.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1005

REFERENCES

1.

Гияс ад–Дин Али. Дневник похода Тимура в Индию / Пер. с перс., предисл. и примеч.

А.А. Семенова. – М.: Наука, 1958.

2.

Низомиддин Шомий. Зафарнома / Форс тилидан ўгирувчи Юнусхон Ҳакимжонов. –

Тошкент: Ўзбекистон, 1996.

3.

Руи Гонсалес де Клавихо. Дневник путешествия в Самарканд ко двору Тимура (1403–

1406) / Пер. со староисп. И.С. Мироковой. – М.: Наука, 1990

4.

Ибн Арабшоҳ. Ажоиб ал–мақдур фи тарихи Таймур / Сўз боши, араб тилидан таржима

ва изоҳлар муаллифи У. Уватов. 2 жилдли. – Тошкент: Меҳнат, 1992

5.

Sharafuddin Ali Yazdi. Zafarnoma. - T.: Uzbekistan, 1996. 234 b

6.

Темур тузуклари / Форсчадан Алихон Соғуний ва Ҳабибулло Кароматов таржимаси.

Сўзбоши ва изоҳлар, умумий таҳрир академик Б.Аҳмедовники. – Тошкент: Адабиёт

ва санъат, 1996

7.

Ahmadov B. Tarix saboqlari. - T.: Fan, 1998. 405 b

8.

Beruniy, A. Asar. - T.: Sharq, 2000. 312 b

9.

Abdulaziz ibn Muhammad ibn Tahir. Timur va uning davri. - T.: Fan, 2000. 250-bet.

10.

Nizomiddin Shomiy. Nasriddin tarixida. - T.: Adabiyot, 2005. 450 b

11.

Zahiriddin Muhammad Babur. Baburnoma. - T.: Uzbekistan, 1997. 250 b

12.

Tohir M. Temuriylar davri va uning merosi. - T.: Fan, 2003. 300 b

13.

Fitrat, A. Temuriylar tarixiga bag‘ishlangan maqolalar. - T.: O‘zbekiston, 2001. 200 b

14.

Mahmud Koshg‘ariy. Divonu lug'otit-turk. - T.: O‘zbekiston, 1995. 480 b

References

Гияс ад–Дин Али. Дневник похода Тимура в Индию / Пер. с перс., предисл. и примеч. А.А. Семенова. – М.: Наука, 1958.

Низомиддин Шомий. Зафарнома / Форс тилидан ўгирувчи Юнусхон Ҳакимжонов. – Тошкент: Ўзбекистон, 1996.

Руи Гонсалес де Клавихо. Дневник путешествия в Самарканд ко двору Тимура (1403–1406) / Пер. со староисп. И.С. Мироковой. – М.: Наука, 1990

Ибн Арабшоҳ. Ажоиб ал–мақдур фи тарихи Таймур / Сўз боши, араб тилидан таржима ва изоҳлар муаллифи У. Уватов. 2 жилдли. – Тошкент: Меҳнат, 1992

Sharafuddin Ali Yazdi. Zafarnoma. - T.: Uzbekistan, 1996. 234 b

Темур тузуклари / Форсчадан Алихон Соғуний ва Ҳабибулло Кароматов таржимаси. Сўзбоши ва изоҳлар, умумий таҳрир академик Б.Аҳмедовники. – Тошкент: Адабиёт ва санъат, 1996

Ahmadov B. Tarix saboqlari. - T.: Fan, 1998. 405 b

Beruniy, A. Asar. - T.: Sharq, 2000. 312 b

Abdulaziz ibn Muhammad ibn Tahir. Timur va uning davri. - T.: Fan, 2000. 250-bet.

Nizomiddin Shomiy. Nasriddin tarixida. - T.: Adabiyot, 2005. 450 b

Zahiriddin Muhammad Babur. Baburnoma. - T.: Uzbekistan, 1997. 250 b

Tohir M. Temuriylar davri va uning merosi. - T.: Fan, 2003. 300 b

Fitrat, A. Temuriylar tarixiga bag‘ishlangan maqolalar. - T.: O‘zbekiston, 2001. 200 b

Mahmud Koshg‘ariy. Divonu lug'otit-turk. - T.: O‘zbekiston, 1995. 480 b