Authors

  • Adham Qarshiboyev

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.63714

Keywords:

G'iyosiddin Ali ibn Jamol al - Islom Yazdiy Rui Gonsales de Klavixo Nizomiddin Shomiy Abdurahmon Jomiy Davlatshoh Samarqandiy Abdurazzoq Samarqandiy Fasih Havofiy Muhammad Tohir manbalar va boshqalar.

Abstract

Mazkur maqola Amir Temur va temuriylar davridan ma’lumot beruvchi, shu davrda yashagn tarixnavislarning asarlarida temuriylarning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy tarixi yoritilishi haqida muhim ma’lumotlarni berib o`tadi. Shuningdek, tarixnavislarning asarlarida Movaraunnahr siyosiy tarixiga oid bir qancha muhim jihatlarini aks ettirishi bilan muhim sanaladi.

background image

1052

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1

AMIR TEMUR VA TEMURIYLAR DAVRI MANBASHUNOSLIGI TARIXIGA NAZAR

Qarshiboyev Adham

O‘zbekiston xalqaro Islom akademiyasi 2-bosqich magistranti.

https://doi.org/10.5281/zenodo.14750767

Annotatsiya. Mazkur maqola Amir Temur va temuriylar davridan ma’lumot beruvchi, shu

davrda yashagn tarixnavislarning asarlarida temuriylarning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy

tarixi yoritilishi haqida muhim ma’lumotlarni berib o`tadi. Shuningdek, tarixnavislarning

asarlarida Movaraunnahr siyosiy tarixiga oid bir qancha muhim jihatlarini aks ettirishi bilan

muhim sanaladi.

Kalit so`zlar: G'iyosiddin Ali ibn Jamol al - Islom Yazdiy, Rui Gonsales de Klavixo,

Nizomiddin Shomiy, Abdurahmon Jomiy, Davlatshoh Samarqandiy, Abdurazzoq Samarqandiy,

Fasih Havofiy, Muhammad Tohir manbalar va boshqalar.

A REVIEW OF THE HISTORY OF ORIGINAL STUDY OF THE PERIOD OF AMIR

TEMUR AND THE TEMURIDS

Abstract. This article provides important information about the socio-economic, political,

and cultural history of the Timurids in the works of historians living in this period, who provide

information about the era of Amir Temur and the Timurids. It is also considered important as it

reflects several important aspects of the political history of Movaraunnahr in the works of

historians.

Key words: Ghiyasiddin Ali ibn Jamal al-Islam Yazdi, Rui Gonzalez de Clavijo,

Nizamiddin Shami, Abdurrahman Jami, Davlatshah Samarkandi, Abdurazzaq Samarkandi, Fasih

Hawafi, Muhammad Tahir sources and others.

ОБЗОР ИСТОРИИ ОРИГИНАЛЬНОГО ИЗУЧЕНИЯ АМИРА ТЕМУРА И

ТЕМУРИДОВ

Аннотация. В статье приводятся важные сведения об эпохе Амира Темура и

Тимуридов, а также освещении социально-экономической, политической и культурной

истории Тимуридов в трудах историков, живших в этот период. Это также важно для

отражения в трудах историков ряда важных аспектов политической истории

Трансоксании.

Ключевые слова: Гиёсиддин Али ибн Джамаль аль-Ислам Язди, Руи Гонсалес де

Клавихо, Низамиддин Шами, Абдурахмон Джами, Давлатшах Самарканди, Абдураззок

Самарканди, Фасих Хавафи, источники Мухаммада Тахира и другие.

Amir Temur va Temuriylar davri manbashunosligi haqida ko‘plab asarlar mavjud va keng

qamrovli bo'lib sovet davrida va mustaqillik yillarida o'zbek tiliga o'girilib, nashr etilgan tarixiy


background image

1053

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1

asarlar yoritilishi kerak bo'lgan masalalarni ochib berishda asos bo'lib xizmat qildi. Bu manbalar

orqali Amir Temur va Temuriylar davrining ijtimoiy, siyosiy, madaniy va iqtisodiy hayotini

chuqur o‘rganish imkonini beradi. Temurning shaxsiyati, harbiy qobiliyatlari va davlat boshqarish

usullari haqida to‘liq tasavvur hosil qilish uchun bu manbalar muhim ahamiyatga ega.

Temuriylar davri tarixini o‘rganish, shuningdek, O‘rta Osiyo tarixining o‘ziga xosligini

tushunishga yordam beradi.

Ulardan dastlabkisi G'iyosiddin Ali ibn Jamol al - Islom Yazdiyning “Ro'znomai g'azavoti

Hindiston” (“Hindistonga yurish kundaligi”)

1

asari bo'lib, u Amir Temurning 1398–1399 yillarda

Hindistonga olib borgan yurishlari asosida 1399–1403 yillarda yozilgan. Kitob garchi

mubolag'alarga boy bo'lsa ham ma’lumotlarning aniqligi bilan bu davr tarixini o'rganishda katta

ahamiyat kasb etadi.

Amir Temur davriga oid manbalardan biri Nizomiddin Shomiy (1409 yilda vafot etgan)

qalamiga mansub “Zafarnoma”

2

asaridir. U Amir Temurning topshirig'iga asosan 1402–1404

yillarda yozilgan. Nizomiddin Shomiy Amir Temurning hokimiyat tepasiga kelishidan to 1404

yilga qadar kechgan tarixiy voqealarni sodda va ravon tilda yozgan. Bu kitobga 1404 – 1405

yillardagi voqealar - Amir Temurning vafotiga qadar bo'lgan davr tarixi Hofizi Abro' tomonidan

qo'shimcha ilova sifatida kiritilgan va u tugallangan mazmun kasb etgan. Amir Temurning o‘ziga

tegishli bo‘lishi mumkin bo‘lgan bu asar, tarixiy ma’lumotlarga ko‘ra, uning hayoti, harbiy

yurishlari va strategiyalarini tasvirlaydi.

Asar quyidagi asosiy jihatlarni o‘z ichiga oladi. Temurning tug‘ilishi va yoshlik davri,

Temurning bolaligidagi sharoitlar, oilasi va ilk ta’limi qanday bo`lganligi haqida ham ma’lumot

beradi. Temurning O‘rta Osiyo, Eron va boshqa hududlarga qilgan yurishlari, muhim janglar va

ularning natijalarini yoritadi. Davlat boshqaruvi, ittifoqlar va raqobatchilar bilan munosabatlar

ham ijobiy tarzda yoritilgan.

Amir Temur davri tarixini o'rganishda Ispaniya elchisi Rui Gonsales de Klavixoning

“Дневник путешествия в Самарканд ко двору Тимура”3 ” asari katta ahamiyat kasb etadi.

Klavixo o'z davrining qudratli davlati sanalgan Ispaniyaning elchisi sifatida 1403–1406 yillarda

Movarounnahrga kelgan. Klavixo o'z elchiligi davomida Movarounnahrda ko'rgan-bilganlari,

unga ko'rsatilgan yuksak ehtirom va boshqa taassurotlari haqida ma'lumotlar qoldirgan. Rui

Gonsales de Klavixonning “Дневник путешествия в Самарканд ко двору Тимура” asari Amir

1

Гияс ад–Дин Али. Дневник похода Тимура в Индию / Пер. с перс., предисл. и примеч. А.А. Семенова. – М.:

Наука, 1958. – 205 с.

2

Низомиддин Шомий. Зафарнома / Форс тилидан ўгирувчи Юнусхон Ҳакимжонов. – Тошкент: Ўзбекистон,

1996. – 527 б.

3

Руи Гонсалес де Клавихо. Дневник путешествия в Самарканд ко двору Тимура (1403–1406) / Пер. со

староисп. И.С. Мироковой. – М.: Наука, 1990. – 192 с.


background image

1054

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1

Temur davri tarixini o‘rganishda muhim manba hisoblanadi

4

. Ushbu asar 1404 yilda yozilgan va

Ispaniya elchisi Rui Gonsales de Klavixonning Temur qo‘shini bilan bo‘lgan sayohati,

shuningdek, uning Samarqand shahriga borishi haqida batafsil ma’lumot beradi. Bu manbaning

ahamiyati shundaki, Klavixo o‘zining sayohatini, yo‘l xaritasini va o‘tkazgan vaqtini batafsil

tasvirlaydi. U o‘z sayohatida uchragan joylar, ularning ahvoli va aholisining turmush tarzi haqida

ma'lumotlar keltiradi.

Asar Amir Temur va uning saroyidagi hayotni yoritadi. Klavixo Temurning o‘ziga xos

shaxsiyati, uning qo‘mondonlik fazilatlari, davlat boshqaruvi va siyosiy strategiyalari haqida

yozadi. Klavixo Temur davridagi ijtimoiy va madaniy hayotni tasvirlaydi. U Temuriylar

saroyidagi san’at, me'morchilik, ilm-fan va madaniy tadbirlar haqida ma'lumot beradi.

Samarqand shahrining go‘zalligi, arxitekturasi va madaniy merosi haqida ham e'tibor

qaratadi. Klavixo Temurning yurishlari va harbiy strategiyalari haqida ham yozadi. U Temurning

raqobatchilari bilan bo‘lgan munosabatlari, urushlar va ularning natijalari haqida ma'lumotlar

keltiradi. Samarqandning iqtisodiy ahvoli, savdo yo‘llari va tijorat aloqalari haqida ham

ma'lumotlar taqdim etadi. Klavixon Samarqandni o‘zining geografik joylashuvi va iqtisodiy

ahamiyati nuqtai nazaridan tasvirlaydi.

Rui Gonsales de Klavixonning “Дневник путешествия в Самарканд ко двору Тимура”

asari Amir Temur davri tarixini o‘rganishda qimmatli manba bo‘lib, o‘z zamonida va keyinchalik

O‘rta Osiyo tarixini tushunishga yordam beradi. Asar orqali tarixiy voqealar, madaniyat,

iqtisodiyot va ijtimoiy hayot haqida keng qamrovli tasavvur hosil qilish mumkin.

Klavixonning taassurotlari va tavsiflari, o‘sha davrdagi hayotga nisbatan o‘ziga xos

qarashlarni taklif etadi va tarixshunoslarga o‘sha davrni chuqurroq tushunishga yordam beradi.

“Kundalik” Amir Temur davlatining kuch-qudrati, ichki va tashqi siyosati, rasmiy

marosimlar, oilaviy munosabatlari, ilm-fan taraqqiyoti, urf-odatlar, me’morchilik va boshqa milliy

an’analar haqida bizga ko'plab qimmatli ma’lumotlarni beradi. Samarqandning iqtisodiy ahvoli,

savdo aloqalari va tijorat faoliyati haqida ma'lumotlar berilgan. Klavixonning ta’kidlashicha,

Samarqand savdo yo‘llarining kesishgan joyida joylashgani tufayli o‘zining iqtisodiy ahamiyatini

oshirgan.Rui Gonsales de Klavixonning “Kundalik” asari, Amir Temur davrini va O‘rta Osiyo

tarixini o‘rganishda juda muhim manba hisoblanadi. Asar orqali o‘sha davrning madaniy, ijtimoiy

va iqtisodiy hayoti haqida keng qamrovli tasavvurga ega bo‘lish mumkin. Klavixonning shaxsiy

taassurotlari va ta’riflari, tarixiy voqealarni yanada jonlantiradi va tarixshunoslar uchun qimmatli

ma’lumotlarni taqdim etadi.

4

Abdullayev I. Movaraunnahr tarixiy manbalari. - T.: Fan, 2002. 270 b


background image

1055

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1

Amir Temur davriga oid yana bir mashhur manba Sharafiddin Ali Yazdiy (1454 yilda vafot

etgan) qalamiga mansub “Zafarnoma”

5

hisoblanadi. Bu asar qahramonlik, yuksak optimistik ruhda

yozilgan. Sharafiddin Ali Yazdiyning bu asarida Amir Temur tavallud topgan davrdan to Xalil

Sulton davrigacha yuz bergan tarixiy voqealar yoritilgan. Unda ahamiyatga molik ba’zi to'ldirish

va qo'shimchalar mavjud. Bu asar Fors hokimi temuriyzoda Ibrohim Sulton rahbarligi va

topshirig'i asosida 1425 yilda yozilgan. Ibrohim Sulton bu asarning haqqoniy va ishonchli

chiqishida unga juda katta yordam bergan. Shuning uchun Sharafiddin Ali Yazdiyning

“Zafarnoma”si manbalar orasidagi eng ishonarli va haqqoniysi hisoblanadi. Sharaf al-Din Ali

Yazdiy tomonidan yozilgan bu asar Amir Temur va uning avlodlari haqida keng qamrovli

ma’lumotlar beradi. Shunigdek, Temuriylar sulolasining tarixi hamda Amir Temurdan keyingi

avlodlar, ularning siyosiy faoliyatlari va meroslari haqida o`z ko`zlari bilan ko`rgan voqealar

asosida yozgan. Bundan tashqari Temuriylar davridagi ijtimoiy tizim, adolat va qonunlar,

jumladan, temuriylar davrida san’at va madaniyatning rivojlanishi, me'morchilik va ilm-fan haqida

ham qiziqarli fikrlar yozib qoldirgan

6

.

Ibn Arabshoh-Shihobiddin Ahmad ibn Muhammad ibn Ibrohim (1389 - 1450)ning “Ajoyib

al-maqdur fi axbori at-Taymur” ( “Temur haqidagi xabarlarda taqdir ajoyibotlari”)

7

asari Amir

Temur davriga oid muhim manbalardan biri hisoblanadi. 1401 yilda Amir Temur Damashqni zabt

etgan vaqtda Ibn Arabshoh 12 yoshda edi. U 1401 yilda asir sifatida Samarqandga keltirilgan, bu

erda 1408 yilgacha yashagan va o'z vataniga qaytgach, 1419 yilda Amir Temur davri tarixini yozib

qoldirgan. Ibn Arabshoh, Shihobiddin Ahmad ibn Muhammad ibn Ibrohim (1389–1450) O‘rta

Osiyo tarixida muhim shaxs hisoblanadi. Uning “Ajoyib al-maqdur fi axbori at-Taymur” asari

Amir Temur hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan eng muhim tarixiy manbalardan biridir. Ushbu

asar, Temurning shaxsiyati, harbiy yurishlari va davlat boshqaruvi haqidagi qimmatli

ma'lumotlarni o‘z ichiga oladi. “Ajoyib al-maqdur” asari Temurning hayoti va faoliyatini turli

bo‘limlarga bo‘lib, batafsil ravishda yoritadi. Asar, Amir Temur shaxsini va uning davrini chuqur

tushunish imkonini beradi.

Ibn Arabshoh Temurning tug‘ilishi, o‘sish davri, ta'limi va u qanday qilib kuchli

qo‘mondon bo‘lganini yoritadi. Temurning ota-onasi va oilaviy sharoitlari haqida ham

ma'lumotlar mavjud.

5

Шарафиддин Али Яздий. Зафарнома (Мовароуннаҳр воқеалари 1360–1370) / Масьул муҳаррир, сўзбоши

муаллифи ва нашрга тайёрловчи А.Ўринбоев. Таржимон О.Бўриев. – Тошкент: Камалак, 1994. – 288 б.;
Шарафиддин Али Яздий. Зафарнома / Сўзбоши, табдил, изоҳлар ва кўрсаткичлар муаллифлари Ашраф Аҳмад,
Ҳайдарбек Бобобеков. – Тошкент: Шарқ, 1997. – 384 б.

6

Sharafiddin Ali Yazdiy. Zafarnoma. – T.,1991, 213-b

7

Ибн Арабшоҳ. Ажоиб ал–мақдур фи тарихи Таймур / Сўз боши, араб тилидан таржима ва изоҳлар муаллифи

У. Уватов. 2 жилдли. – Тошкент: Меҳнат, 1992.


background image

1056

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1

Asarda Temurning harbiy yurishlari, urushlar, janglar va ularning natijalari haqida batafsil

tavsiflar keltirilgan. Ibn Arabshoh Temurning strategik fikrlash qobiliyatini, jangovar

rejalashtirishini va raqiblariga qarshi qanday taktikalar qo‘llaganini ta’kidlaydi. Amir Temur

davlat boshqaruvi, siyosiy strategiyalari, ittifoqlar va raqobatchilari bilan munosabatlari haqida

ham yozadi. Ibn Arabshoh, Temurning o‘z davrida qanday qilib barqarorlik va taraqqiyot

o‘rnatgani haqida ma'lumot beradi. Asar madaniyat, ilm-fan va san'atning rivojlanishi,

shuningdek, Temur davridagi ijtimoiy hayot haqida ham ko‘plab ma’lumotlar keltiradi. Ibn

Arabshoh Temuriylar saroyining madaniy hayotini, san'at va ilm-fanning rivojlanishini

ta’kidlaydi. Ibn Arabshohning asari nafaqat Amir Temur, balki Temuriylar davrining ijtimoiy,

siyosiy va madaniy hayotini o‘rganishda muhim manba hisoblanadi. U, shuningdek, o‘sha

davrdagi boshqa xalqlar va madaniyatlar bilan munosabatlar, savdo aloqalari va diplomatik

faoliyatlar haqida ham ma'lumot beradi

8

.

“Ajoyib al-maqdur fi axbori at-Taymur” asari Amir Temur va Temuriylar davrini chuqur

o‘rganish uchun muhim manba sifatida e'tirof etiladi. Ibn Arabshohning keng qamrovli tasvirlari,

o‘sha davr tarixini va madaniyatini tushunishda qimmatli ma'lumotlarni taqdim etadi. Asar,

tarixshunoslar, olimlar va o‘rganmoqchi bo‘lganlar uchun foydali manba bo‘lib qoladi

9

.

Bu asar Amir Temurga nisbatan salbiy va dushmanlik munosabatida, manba va dalillarga

kam asoslanib, o'zining ichki sub’ektiv tassurot va munosabatlari asnosida yozilgan bo'lsa ham

undagi ba’zi ma’lumotlar saltanat tarixini o'rganishda alohida ahamiyat kasb etadi.

Tarixchi Amir Temurni irodasi mustahkam, qattiqqo'l va adolatli davlat rahbari ekanligi,

davlatni qonunlarga asoslangan holda boshqargani, o'zi shohid bo'lgan voqealar haqida qimmatli

ma'lumotlar berib o'tgan.

Jumladan, u o'z kitobida: «Temur o'z g'oyibligida mamlakati va raiyasi ishlarida nelar yuz

berganini surishtirib, yeru mulklari masalalarini diqqat bilan o'rgana boshladi va hokimlariga yo'l-

yo'riqlar ko'rsatdi; atrof va chegaralar, tevarak-chetlar foydasi tadbirini ko'rib, kattayu kichikning

g'amini eb, boyu faqirning manfaati bilan mashg'ul bo'ldi. O'z mulohazasi taqozasiga ko'ra barcha

ash’yolarni o'z o'rniga qo'yib, jami mansabu martabalar jilovini o'shanga sazovor kishilar qo'liga

tutqaza boshladi. U sayidlarni e’zozlab, karomatlar sohiblari (bo'lgan) avliyolarni izzatu ikromli

qildi, ilmu fanni va uning ahllari hurmatini oshirib, ularga muruvvatini sochib, martabalarini

ulug'ladi…»

10

, – kabi fikr-mulohazalarni ham keltirib o'tgan edi.

8

Ибн Арабшоҳ. Ажоиб ал–мақдур фи тарихи Таймур / Сўз боши, араб тилидан таржима ва изоҳлар муаллифи

У. Уватов. 2 жилдли. – Тошкент: Меҳнат, 1992. B. 123

9

Abdullayev I. Movaraunnahr tarixiy manbalari. - T.: Fan, 2002. 202.b.

10

Ибн Арабшоҳ. Ажоиб ал–мақдур ... 1-жилд. – Б.304.


background image

1057

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1

Amir Temur davri davlatchilik tarixiga oid yana bir eng muhim asar “Temur

tuzuklari”dir

11

. Asl nusxasining topilmaganligi uchun uning yozilish davri sanasi olimlar

tomonidan aniqlanmagan bo'lsa-da, ammo unda tavsiflangan tarixiy jarayonlar, voqealarning

aksariyati Amir Temur davrida yozilgan boshqa ma’lumotlar bilan mos keladi, unda mavjud ba`zi

qimmatli dalil va voqealar boshqa manbalarda uchramaydi.

“Tuzuklar” o'zining siyosiy-falsafiy, ma’naviy-axloqiy mazmunining boyligi bilan

mashhur bo'lgan va turli davrlarda ko'plab tillarga tarjima qilingan, davlat boshqaruvida undagi

g'oyalardan foydalanilgan. “Tuzuklar” Amir Temur davlatchilik tarixini o'rganishda muhim

ahamiyat kasb etadi va uning mazmun-mohiyatini alohida mavzularda ochib berish dolzarb

masaladir.

Shahobiddin Abdulloh ibn Lutfulloh ibn Abdurashid al-Havofiy – Hofizi Abru (1431 yilda

vafot etgan) ham Amir Temur davrining zabardast tarixnavislaridan biri hisoblanadi. U “Majmu’ai

Hofizi Abro'”, “Zubdat ut–tavorixi Boysung'uriy” (“Boysung'ur Mirzoning saralangan tarixi”)

kabi bir necha asarlar muallifidir. “Zubdat ut-tavorixi Boysung'uriy” asarida olamning

yaralishidan to 1426 yilgacha bo'lgan tarixiy voqealar yozilgan. Hofizi Abru o'z davri tarixiy

voqealarini shohid sifatida tahlil etadi va uning ma’lumotlari ham milliy davlatchilik tariximizni

o'rganishda muhim o'rin tutadi.

Amir Temur davri tarixnavislaridan biri Fasih Ahmad ibn Jaloliddin Muxammad al-

Xavofiydir. Uning “Mujmali Fasihiy” (“Fasihiy to'plami”)

12

nomli asari 1441–1442 yillarda

yozilgan. Bunda tarixiy voqealar qisqa va lo'nda yilma-yil, davriy ketma-ketlikda berilgan va u

ortiqcha mubolag'a, maqtov va sub’ektiv hissiyotlardan holi asar hisoblanadi. U Amir Temur

davridagi tarixiy voqealarga aniqliklar kiritishda katta ahamiyat kasb etadi. Fasih Ahmad ibn

Jaloliddin Muhammad al-Xavofiy, Amir Temur davrining mashhur tarixnavislaridan biri

hisoblanadi. Uning asari "Mujmali Fasihiy" ("Fasihiy to'plami") o'z zamonining tarixini va

madaniyatini yoritishdagi ahamiyati bilan tanilgan.

"Mujmali Fasihiy" asari Amir Temur va uning avlodlari davrida, ya'ni XIV – XV asrlarda

yozilgan. Asar, asosan, Temuriylar imperiyasining tarixi, siyosiy voqealari va madaniy hayoti

haqida ma'lumot beradi. Asarning asosiy maqsadi Amir Temur va uning qo'shinlari, yurtlarini zabt

etishdagi faoliyatlarini hujjatlashtirish va tarixi haqida muhim ma'lumotlarni taqdim etishdir.

"Mujmali Fasihiy" asari ko'plab bo'limlardan iborat bo'lib, har bir bo'limda alohida tarixiy voqealar

va shaxslar haqida hikoya qilinadi

13

.

11

Темур тузуклари / Форсчадан Алихон Соғуний ва Ҳабибулло Кароматов таржимаси. Сўзбоши ва изоҳлар,

умумий таҳрир академик Б.Аҳмедовники. – Тошкент: Адабиёт ва санъат, 1996. – 382 б.

12

Фасих Ахмад ибн Джалаладдин Мухаммад ал-Хавафи. Муджмали Фасихи (Фасихов свод) / Пер. с. перс.,

комментарии и указатели Д.Ю.Юсуповой. – Ташкент: Фан, 1980. – 346 с.

13

Saidov B. Tarixiy asarlar va ularning o‘rni. - T.: Fan, 2005. 175-bet.


background image

1058

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1

Al-Xavofiy, asarida nafaqat siyosiy voqealarni, balki iqtisodiy va madaniy hayotni ham

yoritadi. Al-Xavofiy o'z asarida aniq va ravon til bilan ifoda etadi. U voqealarni tasvirlashda

zargarlik va badiiy uslublardan foydalanadi, bu esa asarni o'qish jarayonini qiziqarli qiladi.

"Mujmali Fasihiy" asari, o'z zamonidagi tarixiy voqealarni va ijtimoiy-hayotiy holatlarni batafsil

yoritgani sababli, tarixchilar va olimlar uchun muhim manba hisoblanadi. Bu asar, Amir Temur

imperiyasining rivojlanishi va uning ijtimoiy-siyosiy hayoti haqida qimmatli ma'lumotlarni taqdim

etadi.

Fasih Ahmad ibn Jaloliddin al-Xavofiyning "Mujmali Fasihiy" asari, o'z zamonining

muhim tarixiy voqealari va shaxslarini yoritish bilan birga, Temuriylar davrining madaniyati va

ijtimoiy hayoti haqida ham keng qamrovli ma'lumot beradi. Bu asar tarixiy tadqiqotlar uchun

qimmatli manba bo'lib xizmat qiladi va Amir Temur davrining tarixini o'rganishda muhim

ahamiyatga ega.

Amir Temur davrida bo'lib o'tgan voqealarni yozgan tarixchilardan biri Kamoliddin

Abdurrazzoq ibn Mavlono Jaloliddin Ishoq as-Samarqandiy (1413–1483) bo'lib, “Matlai sa’dayn

va majmai bahrayn” (“Ikki saodatli yulduzning chiqish va ikki dengizning qo'shilish joyi”)

14

asari

uning tomonidan 1470 yilda yozilgan. Unda Amir Temur, Shohruh Mirzo, Ulug'bek va boshqa

temuriy hukmdorlarning ichki va tashqi siyosati, iqtisodiy, ma’naviy hayotiga oid qimmatli

ma’lumotlar uchraydi.

«Ravzat us-safo» («Musaffolik bog'i») nomli asar muallifi mashhur tarixchi Mirxond

(1433-1498) va uning nabirasi G'iyosiddin ibn Humomiddin Xondamirning (1475–1535) “Habib-

us-siyar fi axbor va afroz ul-bashar» (“Inson xabarlari va farzlarida do'stning tarjimai holi”)

15

va

boshqa asarlari

16

ham Amir Temur davri manbashunosligida alohida o'rin tutadi. Xondamir

(1475–1535) o‘zining "Habib-us-siyar fi axbor va afroz ul-bashar" asari bilan o‘z zamonining

muhim tarixchilardan biri sifatida tanilgan. Ushbu asar Temuriylar va keyinchalik Shayboniylar

davrining tarixiy voqealarini yoritadi. Xondamirning asari XVI asr boshlarida, o'z zamonining

siyosiy va ijtimoiy voqealari fonida yozilgan. Asarning asosiy maqsadi insoniyat tarixini,

jumladan, shaxsiy hayot, ijtimoiy va madaniy jarayonlarni tasvirlashdir. U o'z asarida tarixiy

shaxslarning hayotini va faoliyatini yoritishga alohida e'tibor beradi.

"Habib-us-siyar" asari bir necha bo‘limlardan iborat bo‘lib, har bir bo‘limda tarixiy

voqealar, shaxslar va ijtimoiy hayot haqida batafsil ma'lumotlar berilgan.

14

Абдурраззоқ Самарқандий. Матлаъи саъдайн ва мажмаи баҳрайн / Форс–тожик тилидан таржима, кириш

сўз, изоҳ ва луғатлар А. Ўринбоевники. – Тошкент: Фан, 1969. Т. 2. I-қисм. – 463 б.

15

Хондамир. Хабиб ас-сияр. ЎзР ФА Шарқшунослик институтининг тошбосмалар жамғармаси. Инв. № 8979.

16

Хондамир. Дастур ул вузаро. ЎзР Фа Шарқшунослик институтининг қўлёзмалар фонди. Инв. № 55/1; Ўша

муаллиф. Номайи номий. ЎзР ФА Шарқшунослик институтининг қўлёзмалар фонди. Инв. № 801 ва бошқалар.

50

Давлатшоҳ Самарқандий. Шоирлар бўстони / Форс тилидан Б. Аҳмедов таржимаси. – Тошкент: Фан, 1967.

– 86 б.


background image

1059

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1

Asar, shuningdek, o'z ichiga biografiyalarni, tarixiy voqealar va hikoyalarni oladi.

Xondamir o‘z asarida aniq, ravon va bayon etuvchi uslubni tanlagan. U o‘z zamonidagi

voqealarni badiiy tarzda ifodalagan, bu esa asarni o‘qish uchun qiziqarli qiladi. Asarda ko‘plab

misollar, hikoyalar va afsonalar mavjud. "Habib-us-siyar" asari, o‘z zamonidagi siyosiy va

ijtimoiy jarayonlarni o‘rganishda muhim manba hisoblanadi. Xondamir, o‘z asarida Temuriylar

va Shayboniylar davrining murakkab tarixini o‘zining ma’lumotlari bilan boyitadi. Xondamirning

"Habib-us-siyar fi axbor va afroz ul-bashar" asari, o‘z davrining tarixiy voqealarini va shaxslarini

qamrab olgan muhim manba bo‘lib, tarixchilar va olimlar uchun qimmatli resurs hisoblanadi.

Ushbu asar, o‘z zamonining ijtimoiy, siyosiy va madaniy hayotini chuqur o‘rganishga

yordam beradi va tarixiy tadqiqotlar uchun muhim ahamiyatga ega. Bu asar 1524 yilda yozib

tamomlangan bo'lsa ham qo'shimchalar kiritilishi natijasida u 1529 yilda oxiriga etkazilgan

17

.

Amir Temur va temuriylar davrida Davlatshoh Samarqandiy (1435-1495), Zahiriddin

Muhammad Bobur (1483-1530)

18

kabi ko'plab davlat arboblari, sayyoh tarixnavislarning asarlari

yaratilgan bo'lib, ularni barchasiga batafsil to'xtalish imkoniyati bo'lmasa-da, tadqiqot jarayonida

ulardan keng foydalanishga harakat qilindi.

Tahlillar natijasida Amir Temur tarixiga tegishli manbalarda o'xshash ma’lumotlar

uchragani bilan, ular bir-biridan davrida, sifatida, yozilish uslubi, dalillarning boyligi va boshqa

jihatlarida farqlar mavjudligi seziladi. Ularning barchasi ham o'ziga xosligi va qimmati bilan

ajralib turadi.

REFERENCES

1.

Гияс ад–Дин Али. Дневник похода Тимура в Индию / Пер. с перс., предисл. и примеч.

А.А. Семенова. – М.: Наука, 1958.

2.

Низомиддин Шомий. Зафарнома / Форс тилидан ўгирувчи Юнусхон Ҳакимжонов. –

Тошкент: Ўзбекистон, 1996.

3.

Руи Гонсалес де Клавихо. Дневник путешествия в Самарканд ко двору Тимура

(1403–1406) / Пер. со староисп. И.С. Мироковой. – М.: Наука, 1990

4.

Ибн Арабшоҳ. Ажоиб ал–мақдур фи тарихи Таймур / Сўз боши, араб тилидан

таржима ва изоҳлар муаллифи У. Уватов. 2 жилдли. – Тошкент: Меҳнат, 1992

5.

Sharafuddin Ali Yazdi. Zafarnoma. - T.: Uzbekistan, 1996. 234 b

17

Saidov B. Tarixiy asarlar va ularning o‘rni. - T.: Fan, 2005. 156-bet.

18

Бобур Заҳириддин Муҳаммад. Бобурнома. – Тошкент: Юлдузча, 1989. – 368 б. Zahiriddin Muhammad Bobur.

Boburnoma. – T., 2007, 432


background image

1060

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1

6.

Темур тузуклари / Форсчадан Алихон Соғуний ва Ҳабибулло Кароматов таржимаси.

Сўзбоши ва изоҳлар, умумий таҳрир академик Б.Аҳмедовники. – Тошкент: Адабиёт

ва санъат, 1996

7.

Ahmadov B. Tarix saboqlari. - T.: Fan, 1998. 405 b

8.

Beruniy, A. Asar. - T.: Sharq, 2000. 312 b

9.

Abdulaziz ibn Muhammad ibn Tahir. Timur va uning davri. - T.: Fan, 2000. 250-bet.

10.

Nizomiddin Shomiy. Nasriddin tarixida. - T.: Adabiyot, 2005. 450 b

11.

Zahiriddin Muhammad Babur. Baburnoma. - T.: Uzbekistan, 1997. 250 b

12.

Tohir M. Temuriylar davri va uning merosi. - T.: Fan, 2003. 300 b

13.

Fitrat, A. Temuriylar tarixiga bag‘ishlangan maqolalar. - T.: O‘zbekiston, 2001. 200 b

14.

Mahmud Koshg‘ariy. Divonu lug'otit-turk. - T.: O‘zbekiston, 1995. 480 b

References

Гияс ад–Дин Али. Дневник похода Тимура в Индию / Пер. с перс., предисл. и примеч. А.А. Семенова. – М.: Наука, 1958.

Низомиддин Шомий. Зафарнома / Форс тилидан ўгирувчи Юнусхон Ҳакимжонов. – Тошкент: Ўзбекистон, 1996.

Руи Гонсалес де Клавихо. Дневник путешествия в Самарканд ко двору Тимура (1403–1406) / Пер. со староисп. И.С. Мироковой. – М.: Наука, 1990

Ибн Арабшоҳ. Ажоиб ал–мақдур фи тарихи Таймур / Сўз боши, араб тилидан таржима ва изоҳлар муаллифи У. Уватов. 2 жилдли. – Тошкент: Меҳнат, 1992

Sharafuddin Ali Yazdi. Zafarnoma. - T.: Uzbekistan, 1996. 234 b

Темур тузуклари / Форсчадан Алихон Соғуний ва Ҳабибулло Кароматов таржимаси. Сўзбоши ва изоҳлар, умумий таҳрир академик Б.Аҳмедовники. – Тошкент: Адабиёт ва санъат, 1996

Ahmadov B. Tarix saboqlari. - T.: Fan, 1998. 405 b

Beruniy, A. Asar. - T.: Sharq, 2000. 312 b

Abdulaziz ibn Muhammad ibn Tahir. Timur va uning davri. - T.: Fan, 2000. 250-bet.

Nizomiddin Shomiy. Nasriddin tarixida. - T.: Adabiyot, 2005. 450 b

Zahiriddin Muhammad Babur. Baburnoma. - T.: Uzbekistan, 1997. 250 b

Tohir M. Temuriylar davri va uning merosi. - T.: Fan, 2003. 300 b

Fitrat, A. Temuriylar tarixiga bag‘ishlangan maqolalar. - T.: O‘zbekiston, 2001. 200 b

Mahmud Koshg‘ariy. Divonu lug'otit-turk. - T.: O‘zbekiston, 1995. 480 b