Authors

  • Dinora Ishpulatova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.64295

Keywords:

Boshlang‘ich ta‘lim interfaol metod ijodiy fikrlash muammoli vaziyat ta‘lim jarayoni texnologiyalardan foydalanish.

Abstract

Ushbu maqolada, boshlang‘ich ta‘limda o‘quvchilarning ijodiy va mantiqiy fikrlash qobiliyatlari va ularda fanlarni oson o'zlashtirishiuchun turli interfaol metodlardan foydalanish usullarini tahlil qiladi. Interfaol metodlardan foydalanish bu bolalarning o'quv faoliyatida juda muhimdir. Maqolada muammoli vaziyatlar,vizual va badiiy faoliyatlar va zamonaviy texnologiyalardan foydalanish orqali o‘quvchilarning ijodiy ko'nikmalarini oshirishga qaratilgan interfaol metodlar ko‘rib chiqiladi. O‘qituvchining rahbarlik roli va ijodiy yondashuvlarini rivojlantirishda uning ahamiyati tahlil qilinadi.

background image

1158

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1

BOSHLANG'ICH TA‘LIM DARSLARIDA INTERFAOL METODLAR

Ishpulatova Dinora

Qarshi Davlat Universiteti Pedagogika fakulteti

Boshlang’ich ta’lim yo’nalishi

https://doi.org/10.5281/zenodo.14784416

Annotatsiya.

Ushbu maqolada, boshlang‘ich ta‘limda o‘quvchilarning ijodiy va mantiqiy

fikrlash qobiliyatlari va ularda fanlarni oson o'zlashtirishiuchun turli interfaol metodlardan

foydalanish usullarini tahlil qiladi. Interfaol metodlardan foydalanish bu bolalarning o'quv

faoliyatida juda muhimdir. Maqolada muammoli vaziyatlar,vizual va badiiy faoliyatlar va

zamonaviy texnologiyalardan foydalanish orqali o‘quvchilarning ijodiy ko'nikmalarini oshirishga

qaratilgan interfaol metodlar ko‘rib chiqiladi. O‘qituvchining rahbarlik roli va ijodiy

yondashuvlarini rivojlantirishda uning ahamiyati tahlil qilinadi.

Kalit so‘zlar:

Boshlang‘ich ta‘lim, interfaol metod, ijodiy fikrlash, muammoli vaziyat,

ta‘lim jarayoni, texnologiyalardan foydalanish.

ИНТЕРАКТИВНЫЕ МЕТОДЫ НА УРОКАХ НАЧАЛЬНОГО ОБРАЗОВАНИЯ

Аннотация.

В данной статье анализируются навыки творческого и логического

мышления учащихся начальной школы и методы использования различных интерактивных

методов для облегчения усвоения ими предметов. Использование интерактивных методов

очень важно в образовательной деятельности этих детей. В статье обсуждается Будут

рассмотрены проблемные ситуации, интерактивные методы, направленные на развитие

творческих способностей учащихся посредством изобразительной и художественной

деятельности и использования современных технологий. Анализируется руководящая роль

учителя и ее значение в развитии творческих подходов.

Ключевые слова:

Начальное образование, интерактивный метод, творческое

мышление, проблемная ситуация, образовательный процесс, использование технологий.

INTERACTIVE METHODS IN PRIMARY EDUCATION LESSONS

Abstract.

This article analyzes the creative and logical thinking skills of students in primary

education and the methods of using various interactive methods to facilitate their mastery of

subjects. The use of interactive methods is very important in the educational activities of these

children. The article examines interactive methods aimed at improving the creative skills of

students through problem situations, visual and artistic activities, and the use of modern

technologies. The role of the teacher in the leadership and his importance in developing creative

approaches is analyzed.

Keywords:

Primary education, interactive method, creative thinking, problem situation,

educational process, use of technologies.


background image

1159

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1

Ta’lim tizimida oʻquvchilarni bilim olishi birinchi oʻrinda turishini hamma yaxshi biladi.

Oʻquvchi oʻqituvchi bergan har bir bilimini yaxshi oʻzlashtirishi uchun turli xil metodlarni

qoʻllash lozim. Yangicha metod yoki innovatsiyalarni ta’lim jarayoniga tadbiq etish haqida gap

borganda interfaol usullarning oʻquv jarayonida qoʻllanilishi tushuniladi. Hozirgi vaqtda ta’lim

jarayonida oʻqitishning zamonaviy metodlari keng qoʻllanilmoqda. Oʻqitishning interfaol

metodlarini qoʻllash oʻqitish jarayonida yuqori samaradorlikka erishishga olib keladi. Bu

metodlarni har bir darsning didaktik vazifasidan kelib chiqib tanlash maqsadga muvofiq. Faqatgina

oʻqituvchi emas, balki oʻqituvchi bilan birgalikda oʻquvchi ham faol boʻlishi hozirgi kunning

talabi hisoblanadi.

Bolalarga dars jarayonlarini turli xil koʻrnishdagi metodlar oʻyinlar orqali ularga

tushuntirib ularni psixikasiga mos dars jarayonlarni tashkil qilamiz. Dars jarayonida bolalarni

zeriktirib qoʻymaslik uchun ularga turli xildagi metodlar asosida dars jarayonni tashkil qilamiz.

Boshlang‘ich ta'lim-bu o‘quvchilarning maktab davridagi bilim olish bosqichlaridan biri

sanaladi. Bu davrda o‘quvchilarning ijodiy, mantiqiy fikrlashlarini o'stirish, ularni hartomonlama

rivojlantirishda o‘qituvchining roli katta. O‘qituvchi bu jarayonda kreativ bo'lishi va ta‘lim

jarayonida zamonaviy texnologiyalar va interfaol metodlardan foydalanishi ta‘lim jarayoni

samaradorligini oshiradi. Shu o'rinda muhtaram prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning ta‘lim

jarayonida o‘qituvchi roli haqida aytgan fikrlarini keltirsak" Bugun har bir o‘qituvchi va tarbiyachi,

oliygoh domlasi ta‘lim va ilm-fan sohasidagi eng so'nggi ijobiy yangiliklarni o‘quv jarayonlariga

tatbiq eta oladigan, chuqur bilim va dunyoqarash egasi, bir so'z bilan aytganda, zamonamiz va

jamiyatimizning eng ilg'or vakillari bo'lishlari kerak". Muhtaram prezidentimizning bu fikrlari

ham yuqorida aytilgan fikrlarga yorqin isbotidir.

Interfaol metodlar deganda - ta’lim oluvchini faollashtiruvchi va mustaqil fikrlashga

undovchi, ta’lim jarayonining markazida ta’lim oluvchi boʻlgan metodlar tushuniladi. Bu metodlar

qoʻllanilganda ta’lim beruvchi ta’lim oluvchini faol ishtirok etishga chorlaydi. Interfaol metod

biror faoliyat yoki muammoni oʻzaro muloqotda, oʻzaro bahs-munozarada fikrlash asnosida,

hamjihatlik bilan hal etishdir. Bu usulning afzalligi shundaki, butun faoliyat oʻquvchilarni

mustaqil fikrlashga oʻrgatib, mustaqil hayotga tayyorlaydi. Interfaol metodlar orqali

oʻquvchilarning tashabbuskorligi hamda jamoaviy izlanuvchanligini oshiriladi. Interfaol

metodlardan foydalanib darslar tashkil etilsa, oʻquvchining darsga boʻlgan qiziqishi yanada oshadi

va ta’lim sifati yaxshilanadi. Interfaol usullar orqali oʻtilgan darslar oʻquvchini ijobiy fikrlashga,

olingan axborotlarni faollikda hal etishga, fikrini erkin bayon qilishga, hamkorlikda ish yuritishga,

fikrni yozma bayon etishga chorlaydi. Interfaol metodlar orqali oʻtiladigan darslarda an’anaviy

usullardan voz kechish degani emas, balki mazmunni oʻzaro faollikda hal eta olishdir. Interfaollik

bu faollikdir, ya’ni oʻquvchi va oʻqituvchi oʻrtasidagi oʻzaro muloqoti asosida kechadi.


background image

1160

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1

Albatta, har bir ishning maqsadi boʻlgani kabi interfaol usullarni qoʻllashdan maqsad

boʻladi. Interfaol usulning bosh maqsadi oʻquv jarayoni uchun eng qulay vaziyat yaratish orqali

oʻquvchilarning faol, erkin fikr yuritishga muhit yaratishdir. U oʻzining intelektual salohiyatini,

imkoniyatlarini namoyon etibgina qolmay, balki oʻquv sifatini va samaradorligini oshiradi,

ta’minlaydi.

Interfaol metodlarga

to'xtaladigan bo'lsak, aslida bu yerda birinchi navbatda "metod "

so'zi ma'nosini bilishimiz kerak. "Metod" so'zi grekcha so‘z bo‘lib "yo‘l ,usul " degan ma‘nolarni

anglatadi. Ta‘lim jarayonida metodlardan foydalanish shu fan bo‘yicha o‘quvchilarning

qiziqishlarini ortishiga yordam beradi. Bunda o‘qituvchi o'zining kreativligi orqali orqali darsda

yangi metodlar o'ylab topishi mumkin. Endi "interfaol "tushunchasiga to'xtaladigan bo'lsak,

"interact" (rus tilida "interaktiv ") deb ifodalanib, lug‘aviy nuqtai nazaridan "inter" -o‘zaro ,ikki

tomonlama "act" harakat qilmoq ,ish ko'rmoq kabi ma‘nolarni anglatadi. Interfaol metodlar

deganda ta‘lim oluvchilarni faollashtiruvchi va mustaqil fikrlashga undovchi ,ta‘lim jarayonining

markazida ta‘lim oluvchi bo‘lgan metodlar tushunildi. Interfaol metodlarga "Keys-stadi", "Blits-

so‘rov", "Modellashtirish", "Ijodiy ish","Muammoli ta‘lim" va h.k kiradi. Bu metodlar ta‘lim

jarayonida o'sha metod uchun ta‘lim muhiti yaratilgan holatda qo'llaniladi. Ta‘lim jarayonida bu

metodlarni to‘g‘ri tanlash va undan samarali foydalanish kerak. Ta‘lim jarayonida interfaol

metodlarni tanlashda quyidagi holatlar inobatga olinadi.

• Fanning va o'rganilayotgan mavzuning mazmuni hamda o‘ziga xosliklari

•O‘quv mashg‘ulotining maqsadi,vazifalari va mazmuni

•O‘quvchilarning yoshi va bilish imkoniyatlari

•O‘quvchilarning tayyorgarlik darajasi

•Materialni o'rganishga ajratilgan vaqt

Interfaol metodlar tahlili "Modellashtirish "metodi bu metod darslarda o'quvchilarga

murakkab fikrlarni soddalashtirib, tizimli tarzda o‘rganish imkonini beradigan samarali ta‘lim

metodidir. Bu metod o‘quvchilarning analitik va ijodiy fikrlash ko'nikmalarini rivojlantiradi,

shuningdek ular o'rgangan nazariy bilimlarni amaliyotda qo'llash imkoniyatini beradi. Bu

metodning maqsadi-o‘quvchilarga murakkab vazifalarni oson tushunishga yordam beradi.

Keys-stadi (Vaziyat tahlili)metodi

O'quvchilarga turli vaziyatlarda qanday qaror qabul qilishga o'rgatadi. Nazariy bilimlarni

amaliyotga tatbiq etishni o'rgatadi. Jamoaviy ishlash ko'nikmalarini rivojlantiradi. Tanqidiy

fikrlashni rivojlantiradi. Interfaol metodlardan foydalanib darsni tashkil etish o'quvchilarga

nafaqat bilimlarni qabul qilish, balki ular bilan fikr almashish, muammolarni hal qilish va ijodiy

yondashuvni rivojlantirish imkonini beradi.


background image

1161

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1

Xulosa qilib aytganda, interfaol metodlardan foydalanish ta‘lim sifatini oshiradi va

darslarni qiziqarli, mazmunli qiladi, o‘quvchilarning faol ishtirokini ta'minlaydi. O‘quvchilar

uchun bu metodlarni qo'llash orqali darslarni yanada faol va samarali tashkil etish ,o‘quvchilarning

individual va guruh ishlaridagi muvaffaqiyatini oshirish imkonini beradi.

Matematika darslari interfaol metodlar orqali tashkillashtirilsa, dars ham qiziqarli, ham

mazmunli oʻtadi. Chunki, biz bilamizki, boshlangʻich sinf oʻquvchilari juda oʻyinqaroq boʻlishadi.

Shuning uchun ham darslarni rang-barang metodlar bilan tashkil qilish maqsadga muvofiq.

Misol uchun “Koʻpaytirish jadvali”ni tushunishda oʻquvchi qiynaladi. Agar bu mavzu

interfaol metodlar orqali tushuntirilsa, oʻquvchining xotirasida qolishi osonroq boʻladi. Hozirgi

yuksalish va yangilanish davrida yashar ekanmiz biz oʻqituvchilar interfaol metodlar asosida dars

jarayonalarini tashkil qilamiz. Oddiygina oʻqitish metodini olsak, bu tushuncha didaktika va

metodikaning asosiy tushunchalaridan biridir. Didaktika va metodikaga oid hozirgi zamon

ishlarining koʻpchiligida oʻqitish metodlari oʻqituvchi va oʻquvchilarning birgalikdagi faoliyatlari

usullari, boʻlib, bu faoliyat yordamida yangi bilimlar, malaka va koʻnikmalarga erishiladi,

oʻquvchilarning dunyoqarashlari shakllanadi, ularning qobiliyatlari rivojlanadi. Darsda

oʻquvchilar faolligini oshiruvchi vositalardan biri-interfaol metodlardir. Bu usullar maktab

pedogikasi uchun yangilik emas. Ulardan ilgari ham foydalanib kelingan. Qachonki, bu metodlar

samarali natija bera oladi.

REFERENCES

1.

Sidiqova, D. S. (2021). ZAMONAVIY TA’LIMDA MASOFAVIY O’QITISH TIZIMI.

Scientific progress, 2(7), 1027-1031.

2.

Shavkatovna, S. D. (2022). MASOFAVIY TA’LIM SHAROITIDA BOSHLANG ‘ICH

TA’LIM

YO‘NALISHI

TALABALARNING

KASBIY

KOMPETENTLIGINI

TAKOMILLASHTIRISH METODIKASI. PEDAGOGS jurnali, 1(1), 61-62

3.

Shavkatovna, S. D. (2022). Issues of Formation of Professional Competence of Students.

European journal of innovation in nonformal education, 2(2), 291-294.

4.

Sidiqova, D. (2020). Boshlang'ich sinflarda interfaol ta'lim va loyihalash texnologiyasi.

ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 4(4).

5.

Sidiqova, D. S. (2021). ZAMONAVIY TA’LIMDA MASOFAVIY O’QITISH TIZIMI.

Scientific progress, 2(7), 1027-1031.

6.

Shavkatovna, S. D. (2022). MASOFAVIY TA’LIM SHAROITIDA BOSHLANG ‘ICH

TA’LIM YO ‘NALISHI TALABALARNING KASBIY KOMPETENTLIGINI

TAKOMILLASHTIRISH METODIKASI. PEDAGOGS jurnali, 1(1), 61-62.


background image

1162

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1

7.

Shavkatovna, S. D. (2022). Issues of Formation of Professional Competence of Students.

European journal of innovation in nonformal education, 2(2), 291-294.

8.

Sidiqova, D. (2020). Boshlang'ich sinflarda interfaol ta'lim va loyihalash texnologiyasi.

ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 4(4).

9.

Shavkatovna, S. D. (2021). Developing Students' Professional Competencies in Distance

Learning. Central asian journal of literature, philosophy and culture, 2(10), 152- 155.

References

Sidiqova, D. S. (2021). ZAMONAVIY TA’LIMDA MASOFAVIY O’QITISH TIZIMI. Scientific progress, 2(7), 1027-1031.

Shavkatovna, S. D. (2022). MASOFAVIY TA’LIM SHAROITIDA BOSHLANG ‘ICH TA’LIM YO‘NALISHI TALABALARNING KASBIY KOMPETENTLIGINI TAKOMILLASHTIRISH METODIKASI. PEDAGOGS jurnali, 1(1), 61-62

Shavkatovna, S. D. (2022). Issues of Formation of Professional Competence of Students. European journal of innovation in nonformal education, 2(2), 291-294.

Sidiqova, D. (2020). Boshlang'ich sinflarda interfaol ta'lim va loyihalash texnologiyasi. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 4(4).

Sidiqova, D. S. (2021). ZAMONAVIY TA’LIMDA MASOFAVIY O’QITISH TIZIMI. Scientific progress, 2(7), 1027-1031.

Shavkatovna, S. D. (2022). MASOFAVIY TA’LIM SHAROITIDA BOSHLANG ‘ICH TA’LIM YO ‘NALISHI TALABALARNING KASBIY KOMPETENTLIGINI TAKOMILLASHTIRISH METODIKASI. PEDAGOGS jurnali, 1(1), 61-62.

Shavkatovna, S. D. (2022). Issues of Formation of Professional Competence of Students. European journal of innovation in nonformal education, 2(2), 291-294.

Sidiqova, D. (2020). Boshlang'ich sinflarda interfaol ta'lim va loyihalash texnologiyasi. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 4(4).

Shavkatovna, S. D. (2021). Developing Students' Professional Competencies in Distance Learning. Central asian journal of literature, philosophy and culture, 2(10), 152- 155.