Authors

  • Dilorom Israilova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.64862

Keywords:

tarjima tarjima usullari so’zma-so’z tarjima moslashtirilgan tarjima erkin tarjima badiiy tarjima madaniyat xalqlararo muloqot.

Abstract

Ushbu maqola tarjima nazariyasi va amaliyotiga bag’ishlangan bo’lib, unda tarjimaning ahamiyati, uning rivojlanish tarixi, tarjima usullari va tarjima jarayonida yuzaga keladigan muammolar ko’rib chiqiladi. Maqolada tarjimaning turlari, jumladan, so’zma-so’z tarjima, moslashtirilgan tarjima va erkin tarjima usullari batafsil tahlil qilinadi. Har bir usulning afzalliklari va kamchiliklari misollar bilan ko’rsatiladi. Tarjimonning mahorati, uning tilni, madaniyatni va kontekstni bilishi tarjima sifatiga ta’siri alohida urg’u beriladi. Maqolada badiiy tarjimaning o’ziga xos xususiyatlari, tarjimonning mas’uliyati va ijodiy yondashuvi haqida fikr yuritiladi. Tarjima qilinayotgan matndagi ba’zi qismlarning o’chirilishi yoki o’zgartirilishi sabablari tushuntiriladi.

background image

75

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 2

TARJIMA SAN’ATI: USULLARI, MUAMMOLARI VA MADANIY AHAMIYATI

Israilova Dilorom Shomaxamatovna

Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universiteti

Xorijiy tillar kafedrasi nemis tili o’qituvchisi.

Dilorom_76@mail.ru

+99893/539-26-55.

https://doi.org/10.5281/zenodo.14812624

Annotatsiya.

Ushbu maqola tarjima nazariyasi va amaliyotiga bag’ishlangan bo’lib, unda

tarjimaning ahamiyati, uning rivojlanish tarixi, tarjima usullari va tarjima jarayonida yuzaga

keladigan muammolar ko’rib chiqiladi. Maqolada tarjimaning turlari, jumladan, so’zma-so’z

tarjima, moslashtirilgan tarjima va erkin tarjima usullari batafsil tahlil qilinadi. Har bir usulning

afzalliklari va kamchiliklari misollar bilan ko’rsatiladi. Tarjimonning mahorati, uning tilni,

madaniyatni va kontekstni bilishi tarjima sifatiga ta’siri alohida urg’u beriladi. Maqolada badiiy

tarjimaning o’ziga xos xususiyatlari, tarjimonning mas’uliyati va ijodiy yondashuvi haqida fikr

yuritiladi. Tarjima qilinayotgan matndagi ba’zi qismlarning o’chirilishi yoki o’zgartirilishi

sabablari tushuntiriladi.

Kalit so’zlar:

tarjima, tarjima usullari, so’zma-so’z tarjima, moslashtirilgan tarjima, erkin

tarjima, badiiy tarjima, madaniyat, xalqlararo muloqot.

ИСКУССТВО ПЕРЕВОДА: МЕТОДЫ, ПРОБЛЕМЫ И КУЛЬТУРНОЕ ЗНАЧЕНИЕ

Аннотация.

Данная статья посвящена теории и практике перевода, в ней

рассматриваются важность перевода, история его развития, методы перевода и

проблемы, возникающие в процессе перевода. В статье подробно анализируются виды

перевода, в том числе дословный перевод, адаптированный перевод и свободный перевод.

Преимущества и недостатки каждого метода показаны на примерах. Особое

внимание уделяется мастерству переводчика, его знанию языка, культуры и контекста,

влиянию на качество перевода. В статье рассматриваются особенности

художественного перевода, ответственность и творческий подход переводчика.

Объясняются причины удаления или изменения некоторых частей в переводимом

тексте.

Ключевые слова:

перевод, методы перевода, дословный перевод, адаптированный

перевод, свободный перевод, художественный перевод, культура, межкультурная

коммуникация.

THE ART OF TRANSLATION: METHODS, PROBLEMS, AND CULTURAL

SIGNIFICANCE

Abstract.

This article is dedicated to the theory and practice of translation, exploring the

importance of translation, its history, translation methods, and the challenges that arise during


background image

76

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 2

the translation process. The article provides a detailed analysis of translation types, including

word-for-word translation, adapted translation, and free translation. The advantages and

disadvantages of each method are illustrated with examples. Special attention is given to the

translator’s skill, their knowledge of language, culture, and context, and the impact on the quality

of translation. The article examines the specific features of literary translation, the translator’s

responsibility and creative approach. The reasons for deleting or modifying certain parts of the

translated text are explained.

Keywords:

translation, translation methods, word-for-word translation, adapted

translation, free translation, literary translation, culture, intercultural communication.

Kirish:

Tarjima san’ati insoniyatning madaniy va ijtimoiy turmushida g’oyat muhim

ahamiyatga ega. U odamlarning dunyoqarashini kengaytirishga, madaniy merosni asrash va

rivojlantirishga, tillar orasidagi aloqani ta’minlashga, turli millatlar o’rtasida madaniy

almashinuvni rag’batlantirishga katta hissa qo’shadi. Tarjima san’ati o’zining boy tarixiga ega

bo’lib, qadim zamonlardan boshlangan. Ilk davrlarda og’zaki tarjimalar ustunlik qilgan, bunda

ma’lumotlar oddiy kishilar tomonidan bir tildan boshqa tilga o’tkazilgan. Keyinchalik, bosma va

yozma adabiyotlarning tarqalishi bilan professional tarjima shakllandi.

20-asrda, tarjima san’ati professionallashdi va ko’plab ijtimoiy va madaniy sohalarga ta’sir

ko’rsatdi. Zamonaviy texnologiyalar, masalan, internet va kompyuter dasturlari, tarjima jarayonini

osonlashtirib, ko’p madaniyatli aloqalarni mustahkamladi. Badiiy tarjimalardan tortib, texnik

hujjatlar, film subtitrlarigacha, tarjima nazariyasi tamoyillari turli tillar va madaniyatlar o’rtasida

samarali muloqotga yordam beradi.

Asosiy qism:

“Butun dunyo miqyosida turli xalqlarning o’zaro siyosiy, iqtisodiy, ilmiy,

madaniy hamkorligi borgan sari kuchayib bormoqdaki, bu aloqalarni tarjimasiz tasavvur ham qilib

bo’lmaydi. Bugungi kunda tarjimaning ahamiyati haqida gapirish quyoshning ahamiyatini

tushuntirishday gap bo’lib qoldi. Ya’ni quyoshsiz yer yuzida hayot bo’lmagani kabi, tarjimasiz

turli xalqlarning o’zaro aloqasi, o’zaro aloqasiz esa taraqqiyot bo’lmaydi.” [1. 99-b]. “Boshqa

xalqlar hayotidan voqif bo’lmaslik, g’ofillik, milliy mahdudlikka olib keladi”. [2. 18-b] Shuning

uchun ham tarjimaga xalqlarni bir-biriga bog’lovchi halqa, fan va madaniyatni rivojlantiruvchi va

boyituvchi vosita, o’zaro hamkorlik va hamjihatlikka asos soluvchi ko’prik deb qaraladi.

“Tarjima tushunchasi keng qamrovlidir. Masalan, yozma tarjima nasr, nazm, ilmiy va ilmiy

ommabop asarlar, xujjatlar, ro’znomalar va jurnallardagi ma’lumotlar, rasmiy va biznes xatlar va

boshqa yozilgan matnlar tarjimasini ichiga oladi.”[3.199-b]

Tegishli tarjima usulini tanlash ko’p jihatdan matn turiga, kontekstga va tarjima maqsadiga

bog’liq. Quyida keltirilgan uchta asosiy usulni ko’rib taqqoslaymiz:


background image

77

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 2

1.

So’zma-so’z tarjima: Ushbu usul manba matniga imkon qadar yaqin amal qiladi,

madaniy farqlar yoki kontekstga kam e’tibor beriladi, unda tarjimon manba matnidagi har bir so’zni

yoki iborani maqsadli tildagi mos keladigan so’z yoki ibora bilan almashtirishga harakat qiladi.

Ushbu usul manba matnining shakli va tuzilishini saqlab qolishga intiladi, lekin ko’pincha

madaniy farqlar va kontekstni e’tiborsiz qoldiradi. So’zma-so’z tarjima usulining afzalliklari:

Manba matniga sodiqlik

: So’zma-so’z tarjima manba matnining ma’nosini buzmaslikka

va uning asl shaklini saqlab qolishga yordam beradi.

Til o’rganish uchun foydali

: So’zma-so’z tarjima yangi tilni o’rganayotganlar uchun

so’zlarning ma’nolarini va ularning ishlatilishini tushunishga yordam beradi.

So’zma-so’z tarjima usulining kamchiliklari:

Noaniqlik va tushunmovchilik

: So’zma-so’z tarjima ko’pincha noaniq va tushunarsiz

bo’lishi mumkin, chunki u tilning grammatik tuzilishi va madaniy xususiyatlarini hisobga

olmaydi.

Ma’noning yo’qolishi

: So’zma-so’z tarjima natijasida matnning asl ma’nosi va ruhiyati

yo’qolishi mumkin.

Madaniy kontekstning e’tiborsizligi

: So’zma-so’z tarjima madaniy farqlarni va

kontekstni e’tiborga olmaydi, bu esa noto’g’ri tarjimaga olib kelishi mumkin.

So’zma-so’z tarjimaga

misol

:

“Ich verstehe nur Bahnhof” iborasi so’zma-s’z “Men faqat

vokzalni tushunaman” deb tarjima qilinadi. Aslida esa bu ibora “Men hech narsa

tushunmayapman:”degan ma’noni bildiradi.

Den Kopf in den Sand stecken” iborasi so’zma-so’z

“Boshni qumga tiqish” deb tarjima qilinadi. Aslida esa bu ibora “Muammoni e’tiborsiz qoldirish”

degan ma’noni bildiradi. So’zma-so’z tarjima ba’zi hollarda foydali bo’lishi mumkin, lekin u

ko’pincha noaniq va tushunarsiz bo’ladi. Tarjimada ma’noni to’g’ri yetkazish uchun tarjimon

tilning grammatik tuzilishi, madaniy xususiyatlari va kontekstni hisobga olishi kerak.

2.

Moslashtirilgan tarjima: Bu erda matn maqsadi madaniy kontekstga moslashtiriladi,

natijada asl matndan ba’zi qismlar o’zgartirilishi yoki olib tashlanishi mumkin. Bunda matnning

dolzarbligi va tushunarliligini oshirish uchun maqsadli madaniyatning madaniy, ijtimoiy va

lingvistik xususiyatlariga moslashtirish jarayoni tushuniladi. Moslashtirilgan tarjimaning

afzalliklari:

Tushunarlilik

: Moslashtirilgan tarjima matnni maqsadli auditoriya uchun yanada

tushunarli qiladi, chunki u ularning madaniy xususiyatlari va til normalarini hisobga oladi.

Dolzarblik

: Moslashtirilgan tarjima madaniy kontekstni hisobga oladi, bu esa matnni

maqsadli auditoriya uchun yanada dolzarb va ahamiyatli qiladi.

Samaradorlik

: Moslashtirilgan tarjima yanada samarali bo’lishi mumkin, chunki u

maqsadli auditoriya tomonidan yaxshiroq qabul qilinadi.


background image

78

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 2

Moslashtirilgan tarjimaning kamchiliklari:

Tafsilotlarning yo’qolishi

: Moslashtirish jarayonida asl matndagi ba’zi tafsilotlar tushib

qolishi mumkin, ular maqsadli auditoriya uchun muhim emas deb hisoblanadi.

Ma’noning o’zgarishi

: Agar tarjimon yetarlicha malakali bo’lmasa, ba’zi hollarda

moslashtirish asl matnning ma’nosini buzilishiga olib kelishi mumkin.

Sub’ektivlik

: Moslashtirish sub’ektiv bo’lishi mumkin, chunki tarjimon asl matnni va

madaniy kontekstni o’zicha talqin qilishi mumkin.

Misol: “Guten Tag, wie geht es Ihnen?” So’zma-so’z tarjimada: “Xayrli kun, u sizda

qanday ketyapti?” yoki „ Xayrli kun, ishlariz qanday?“. Moslashtirilgan tarjimada: “Assalomu

alaykum, yaxshimisiz?”. Bu misolda moslashtirilgan tarjima o’zbek madaniyatida qabul qilingan

salomlashish shaklini qo’llaydi.

Moslashtirilgan tarjima turli madaniy kontekstlarda samarali ishlash uchun matnlar

yaratishda muhim vositadir. U matnni maqsadli auditoriya uchun yanada tushunarli, dolzarb va

samarali qilishga imkon beradi. Biroq, moslashtirilgan tarjima tarjimondan yuqori malaka va

madaniy kompetensiyani talab qiladi, chunki asl matnning ma’nosini buzmaslik va sifatli tarjima

yaratish kerak.

3.

Erkin yoki mazmuniy tarjima - bu asl matnning ma’nosi va ohangini saqlab

qolishga mo’ljallangan tarjima usuli bo’lib, u so’z tanlovi yoki jumla tuzilishiga qat’iy amal

qilmaydi. Tarjimon asl matnning g’oyasini, ruhini va uslubini yetkazishga e’tibor qaratadi. Erkin

tarjimaning afzalliklari:

Tabiiylik

: Erkin tarjima maqsadli tilda tabiiy va ravon eshitiladi, chunki u asl matnning

qolipiga qat’iy rioya qilmaydi.

Moslashuv

:

Erkin

tarjima

maqsadli

auditoriyaning

madaniy

xususiyatlariga

moslashtirilishi mumkin, bu esa uni yanada samarali qiladi.

Ma’noni saqlash

: Erkin tarjima tarjimonning asl matnning asosiy ma’nosi va g’oyasini

yetkazishga imkon beradi, hatto buning uchun so’zlar yoki jumlalarni o’zgartirish kerak bo’lsa

ham.

Erkin tarjimaning kamchiliklari:

Sub’ektivlik

: Erkin tarjima sub’ektiv bo’lishi mumkin, chunki tarjimon asl matnni o’zicha

talqin qilishi mumkin.

Tafsilotlarning yo’qolishi

: Erkin tarjimada tarjimon uchun muhim bo’lmagan ba’zi

tafsilotlar tushib qolishi mumkin.

Noto’g’rilik

: Agar tarjimon yetarlicha malakali bo’lmasa, erkin tarjima asl matnning

ma’nosini buzishi mumkin.


background image

79

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 2

Erkin tarjimaga misol:

“Die Katze ist auf den Tisch gesprungen.” So’zma-so’z “Mushuk

stolga sakradi.”deb tarjima qilinadi. Erkin tarjimada esa “Mushuk stolga irg’ib chiqdi.” Bu

misolda erkin tarjima mushukning harakat dinamikasini yanada aniqroq ifodalaydi. Yoki boshqa

bir misol: “Er hat den ganzen Tag gearbeitet.” So’zma-so’z “U butun kun ishladi.” Deb tarjima

qilinsa, erkin tarjimada: “U kun bo’yi tinimsiz ishladi.” Deb berish mumkin. Bu misolda erkin

tarjima ishning intensivligini yanada aniqroq ifodalaydi. “Das ist nicht mein Bier.” So’zma-so’z

“Bu mening pivoim emas.”, erkin tarjimada “Bu mening ishim emas.” deb beriladi. Bu misolda

erkin tarjima iboraning idiomatik ma’nosini yetkazadi. Erkin tarjima tarjimonning arsenalidagi

muhim vositadir. U asl matnning ma’nosini va ohangini saqlab qolgan holda maqsadli tilda tabiiy

va ravon matnlar yaratishga imkon beradi. Biroq, erkin tarjima tarjimondan yuqori malaka va

mas’uliyat talab qiladi, chunki asl matnning ma’nosini buzmaslik kerak.

“Shaxsiy ijod fikr izlanishi bilan paydo bo’lsa, tarjima asarlari mos so’zlar izlash bilan

vujudga keladi. Chunki tarjima qilinadigan asarda tayyor fikr, tayyor g’oya, tayyor kontseptsiya

mavjud. Tarjimon unga shakl va chiroyli ifodalanadigan mantiqan teran so’z topishi kerak. Bu

so’z tanlashning o’zi ham ijodkorning lug’at boyligi, o’tkir didi, nozik ta’biga bog’liq ijodiy bir

jarayondir. Shunday ekan, tarjimonlik qilishga bel bog’lagan har bir ijodkor so’z boyligi va so’z

san’atini mukammal egallagan yuqori didli, zukko shaxs bo’lishi lozim.” [4.]

Badiiy tarjima bilan shug’ullanadigan tarjimon nafaqat chet tilini yaxshi o’zlashtirishi,

balki ushbu til tarixi va madaniyatini, xalqaro madaniy aloqalar, psixologiya sohasi va xalqlar va

dinlar tarixini ham bilishi muhimdir.

Original matnning qismlari quyidagi hollarda o’chirilishi mumkin:

1. Madaniy moslashtirish: Agar matndagi ma’lum atamalar yoki iboralar maqsadli

auditoriya uchun tushunarsiz bo’lsa, ularni o’chirish yoki o’zgartirish mumkin.

2. Tushunish to’siqlari: Agar original matnda juda murakkab yoki notanish tushunchalar

bo’lib matn mazmuniga ta’siri bo’lmasa, ularni o’chirish orqali matnni soddalashtirish mumkin.

3. Reklama yoki marketing maqsadlari: Mahsulot yoki xizmatni reklama qilishda maqsadli

auditoriyaning qiziqishlariga mos kelmaydigan ba’zi qismlarni o’chirib tashlanishi yoki

o’zgartirilishi mumkin.

4. Yuridik yoki axloqiy sabablarga ko’ra: Ba’zi ma’lumotlar yuridik yoki axloqiy jihatlari

tufayli o’chirilishi kerak bo’lishi mumkin.

5. Rejissura yoki uslubiy sabablarga ko’ra: Agar matnning uslubi yoki ritmi o’zgarishi

kerak bo’lsa, ba’zi qismlar olib tashlanishi mumkin.

6. Xavfsizlik yoki maxfiylik sabablari: Maxfiy ma’lumotlar yoki shaxsiy ma’lumotlar

o’chirilishi mumkin.


background image

80

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 2

Bu sabablar, tarjimonning matnni maqsadli auditoriyaga mos ravishda taqdim etish uchun

zarur bo’lgan o’zgarishlar kiritishiga yordam beradi.

Xulosa qilib shuni ta’kidlash mumkinki, tarjima vositasida bir xalqning madaniyati

boshqasiga uzatiladi. Bu jarayon, xalqaro aloqalarni mustahkamlashga, turizmni rag’batlantirishga

va tadqiqotlarni rivojlantirishga ko’mak beradi. Turli xil madaniyatlarning birlashtirilishi, o’tmishi

va kelajagi haqida to’g’ri tasavvur hosil qilish imkonini beradi. Tarjima, adabiyot, san’at va boshqa

madaniy ifodalar turli xalqlar o’rtasida o’zaro tushunish va hamjihatlikni ta’minlashda,

madaniyatlar o’rtasida ko’prik vazifasini o’taydi. Bular orqali tillar va madaniyatlar o’rtasida

barqaror aloqalar o’rnatiladi. Tarjima jarayonini rivojlantirish esa, barchamizning ijtimoiy va

madaniy taraqqiyotimiz uchun zarurdir.

REFERENCES

1.

Fazildinova S.N. Badiiy tarjima va tarjimashunoslik masalalari.-Iqro jurnali. 2023yil.-99-b.

2.

Salomov G’. Tarjima nazariyasiga kirish. – Toshkent, 1978. 18-b.

3.

Попович, А. Проблемы художественного перевода. – М.: Высш.школа, 1980. – 199 с.

4.

C.Рўзимбоев “Tarjima ermak emas, haqiqiy ijoddir” 11. 01. 2015yil. 1-bet

References

Fazildinova S.N. Badiiy tarjima va tarjimashunoslik masalalari.-Iqro jurnali. 2023yil.-99-b.

Salomov G’. Tarjima nazariyasiga kirish. – Toshkent, 1978. 18-b.

Попович, А. Проблемы художественного перевода. – М.: Высш.школа, 1980. – 199 с.

C.Рўзимбоев “Tarjima ermak emas, haqiqiy ijoddir” 11. 01. 2015yil. 1-bet