213
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 2
RIVOYAT JANRINING O'ZIGA XOS MA'NO JIHATLARI
Xushboqova Pardaxol Qahramon qizi
Termiz iqtisodiyot va servis universiteti
Filologiya fakulteti O’zbek tili yo’nalish talabasi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.14825084
Annotatsiya.
Mazkur maqolada rivoyat janrining o’ziga xos ma’no jihatlari. Navoiy va
Qoraburg’axon haqida rivoyatlar. Andijonnining kelib chiqishi rivoyati. Rivoyatlarning hayotiy
fikrlar bilan yoritilishi haqida ma’lumotlar berilgan.
Kalit so’zlar:
Rivoyat janri va ma’no jihatlari, Navoiy, Qorabug’roxon podshoh, Andijon.
КОНКРЕТНЫЕ СЕМАНТИЧЕСКИЕ АСПЕКТЫ ПОВЕСТВОВАТЕЛЬНОГО
ЖАНРА
Аннотация.
В статье рассматриваются специфические семантические аспекты
жанра повествования. Повествования о Навои и Карабургане. Повествование о
происхождении Андижана. Предоставлена информация об освещении повествований
жизненными мыслями.
Ключевые слова:
Жанрово-смысловые аспекты повествования, Навои, царь
Карабуграхан, Андижан.
SPECIFIC SEMANTIC ASPECTS OF THE NARRATIVE GENRE
Abstract.
This article provides information on the specific semantic aspects of the narrative
genre. Narratives about Navoi and Karaburgaxon. Narrative of the origin of Andijan. Narratives
are illuminated with life thoughts.
Keywords:
Genre and semantic aspects of the narrative, Navoi, King Qarabugrakhan,
Andijan.
Hayotiy voqealarni hayotiy uydirmalar vositasida aks ettiruvchi xalq og'zaki ijodining
janrlaridan biri rivoyat bo’lib,ular g'oyaviy-tematik jihatdan rang-barangdir. Rivoyatlarda tarixiy
voqealar va ayrim shaxslar bilan bog'liq bo'lgan voqealar, kishilar turmushi, geografik joylar –
sahro, ko'l, cho'l, dengiz, shahar, qishloq, qal'a, saroy va boshqalarning barpo bo'lishi hamda vayron
qilinishi haqida xabar berish va uni tasdiqlash vazifasini o'taydi. Rivoyatlarda lutf va nazokat, aql
va tadbir, ishq va vafo, yaxshilik va odamiylik kabi ilg'or g'oyalar zulm va zo'rlik, haqsizlik va
adolatsizlik singari illatlarga qarshi qo'yiladi. Rivoyatlar tematikasiga ko'ra tarixiy va toponimik
rivoyatlarga bo'linadi.
Tarixiy rivoyatlar biror shaxs faoliyati yoki xalq qahramonlari bilan bog'liq bo'lgan
voqelarni aks ettirib, axloq va odobning ideal normalarini tashviq etadi.
214
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 2
To'maris, Shiroq, Alisher Navoiy, Ulug'bek, Ibn Sino, Beruniy, Mashrab, Amir Temur
singari tarixiy shaxslar haqida yaratilgan rivoyatlar shular jumlasidandir.
Rivoyatlar ikki, uch epizoddan tashkil topgan ixcham sujetga ega bo'lib, qat'iy
kompozitsiyaga ega emas. Shuning uchun sujet voqealari, ko'pincha, go'yo tugallanmagandek,
davomi bordek seziladi va tinglovchiga katta asardan uzib olingan bir lavha singari tuyuladi.
Tarixiy rivoyatlarni u yoki bu tarixiy shaxs yoki voqealar guvohi bo'lganlarning, ko'rgan-
bilganlarning esdaliklari asosida yuzaga kelgan deyish mumkin. Bu narsa rivoyat janrining o'ziga
xos xususiyatini ta'minlaydi. Ba'zi tarixiy rivoyatlarda esa faktik voqealardan asar ham qolmay,
faqat shaxs nomigina saqlanib qolishi mumkin. ba'zan esa tarixiy shaxs sayyor sujetlar qolipida
hikoya qilinadi. Shunga qarmay, tarixiy shaxslarning ishtirok etishi, sujetda hayotiy uydirmaning
mavjudligiga qarab bunday asarlarni tarixiy rivoyat deymiz. Navoiy bilan bog'liq tarixiy rivoyatlar
buning yaqqol misoli bo'la oladi.
Navoiy bilan bog'liq bir rivoyatda Husayn Mirzo shipga qarab yoptib, vazirlariga «olib
keling» debdi. Shu kuni Alisher Navoiy saroyda yo'q ekan. Vazirlar nimani olib kelishni
bilmabdilar. Oxiri ular Alisherni topib, bo'lgan gapni aytib beribdilar. Alisher ularga shoh oldiga
arra, tesha bilan usta olib kiringlar debdi. Shunda Husayn ustaga qarab: «mana butoqini tuzat»
debdi. Ko'ramizki, bu afsona xalq orasida qadimdan mashhur bo'lgan bir ertakning sujeti asosida
yaratilgan. «Erksizfolchi», «Ayoz» nomli ertaklar ham xuddi shu xildagi sujetga asoslangan.
Mazkur sujet Alisher Navoiyning donishmandligini, uning tadbirkorligini izohlash uchun
xizmat qildirilgan. Demak, qahramonlar tarixiy shaxs, ularning munosabati faktik hodisalarga mos,
biroq asar voqealari esa to'qima xaraterdadir. Ma'lum bo'ladiki, ertak yoki latifaga mos bo'lgan
an'anaviy sujet yoki motivlar tarixiy faktlarga monelik qilmaydi, aksincha, ularni to'ldirib,
bo'rttirib, muhim bo'lgan belgilarni yorqin chizish uchun xizmat qiladi. «Oltinuzuk», «Ibn Sino
bilan kasal yigit», «Mir Alisher bilan Sulton Husayn», «Navoiy bilan cho'pon yigit» va boshqa
rivoyatlarda xalq idealini ifodalovchI tarixiy shaxslarning obrazlari aks etgan bo'lib, ularni rivoyat
janri doirasida aks ettirishda ijodkorlar ertak, latifa kabi janrlardagi tayyor sujetlardan
foydalanganlar. Demak, real hayotda mavjud bo'lgan xarakterlar, belgi, xususiyatlar ana shu obraz
atrofida jamlanib umumlashtirilgan. Yaratilgan bu obrazlar esa xalq diliga jo bo'lgan adolatli
rahnamoni istash, adolatsiz zolimlarni inkor etish kabi g'oyalarni ifodalashga xizmat qiladi.
Tarixiy shaxs va tarixiy voqealar bilan bog'liq rivoyatlar yozib olingan davri e'tibori bilan
ikki tipda namoyon bo'ladi. Ular bir-biri shakl va mazmun hamda tarixiy faktni talqin qilish
xususiyati bilan farqlanadi. Birinchi tip rivoyatlarga xalq orasida paydo bo'lgan davrda yozyozib
olingan rivoyatlar kiradi. Bunday rivoyatlarda tasvirlangan voqea va hodisalar o'sha davr shart-
sharoiti, ruhiga mos keladi. Bu jihatdan tarixiy jangler haqida yoki uning ta'sirida yaratilgan
«To'maris», «Shiroq», «ZariadrvaOdatida», «Guldursun» kabi rivoyatlar ahamiyatlidir.
215
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 2
Bu rivoyatlar keltirilgan faktlarning aniq va to'liqligi bilan ajralib turadi. Xondamirning
«Makorimulaxloq»,Zayniddin Vosifiyning «Badoye ul-vaqoye» asarlarida keltirilgan rivoyatlar
ana shu tipdagi rivoyatlar turkumini tashkil qiladi.Ikkinchi tipdagi rivoyatlarga esa, yaratilgandan
keyin uzoq zamonlar o'tgach, yopzi bolingan rivoyatlar kiradi. Bu rivoyatlarda tarixiylik, faktik
hodisalar xiralashgan. Ular hayotiy udirmalar bilan qorishib ketgan. Natijada ertak, latifalarga xos
tarixiy jihatdan noaniqliklar yuzaga kelgan, tarixiy fakt o'z kuchini yo'qotgan. Bu tipdagi rivoyatlar
afsonalarga yaqinlashib qolganliklariga qaramay, voqea va hodisalar haqida tushuncha yoki
ma'lumot berishi jihatidan ahamiyatlidir.
Toponimik rivoyatlar u yoki bu joy nomi yoki biror obyekt bilan bog'langan bo'lib, hikoya
qilingan voqealar uzoq o'tgan zamonda sodir bo'lgan. Ularda sujet aksariyat hollarda sxematik
tarzda bo'lib, hikoya qilingan voqealar uzoq o'tgan zamonda sodir bo'lgan. Qolaversa, rivoyatlarda
izohlangan nomlar har doim ham to'g'ri chiqavermaydi. Bu xildagi rivoyatlarlarni tarixiy,
etnografik ishlar va badiiy ocherklarda, sayohatnoma va qadimgi manbalarda uchratish mumkin.
Andijontoponimihaqidagirivoyatlarfikrimizningisbotidir.
Qorabug'roxon degan podsho bo'lib, uning o'zi Qashqarda turar ekan. Kunlarning birida u
ovqilib yurib, suv bo'yida qo'shiq aytib turgan qizni sevib qolibdi. To'y-tomoshalar bilan unga
uylangan kuni urush boshlanib, Qorabug'roxon urushga jo'nab ketibdi. Bu urushda u g'olib
chiqibdi. Ammo og'ir yaralanibdi, yo'lda ahvoli og'irlashibdi.
Shunda xon kunchiqish, ya'ni qaylig'I bor tomonni ko'rsatib: «Anda jon qoldi, meni o'sha
yerga ko'minglar», -deb jon beribdi. Vazirlari vasiyatga binoan, ko'rsatgan joyga ko'mibdilar. U
yer keyinchalik shaharga aylanib «Anda jon, Andijon» bo'lib ketgan ekan.
Rivoyatda Andijon nomining kelib chiqishi to'g'ri izohlangandek bo'ladi. Aslida esa unday
emas. «Andu» - qabilanomi, «gon» forscha ko'plik qo'shimchasi bo'lib, andularning jami va
yig'ilgan joyi, demakdir. Vaqtlar o'tishi bilan Andijon bo'lib ketgan.
Ko'rinib turibdiki, bu xildagi rivoyatlar tom ma'nodagi badiiy asar darajasida bo'lmay, biror
joy nomining paydo bo'lishini izohlovchi xabar shaklidadir. Bunga Xorazm, Qarshi singari
shaharnomlarining kelib chiqishi haqidagi rivoyatlar ham misol bo'la oladi.
Toponimik rivoyatlarda hikoya qilishningn o'ziga xos uslubi mavjud. Odatda, uning
yakuniy qismida hikoyadan kelib chiqadigan asosiy maqsad ta'kidlanadi va mavjud faktlar
izohlanadi. «To'rabekxonim maqbarasi», «Anda jonqoldi», «Odinajon», «Qo'ng'irot» kabi
rivoyatlar shular jumlasidandir.
Toponimik rivoyatlar ko'proq hayotiy uydirmlar asosiga qurilgan bo'lib, asosan, joy nomlari
haqida axborot berishi bilan muhim g'oyaviy-badiiy qimmatga ega. Umuman olganda, rivoyatlar
xalq tarixi, uning estetik qarashlarini o'rganishda zarur bo'lgan og'zaki ijodi janri hisoblanadi.
216
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 2
REFERENCES
1.
B.Sarimsoqov .O’zbek folklori ochertlari 2-jild .Fan nashriyoti 1989 y
2.
www.ziyouz.com
kutubxonasi
