Authors

  • Pardaxol Xushboqova
  • Sh.T. Norqulova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.66295

Keywords:

“Ikki eshik orasi” Oqsoqol Husan duma Qora amma Samadov Robiya Kimsan ma’naviy qiyofa bilim jamiyat xalq maktab maʼrifat ziyoli oliyjanoblik mas’uliyat riyozat kamtarinlik.

Abstract

Maqolada o‘zbek adabiyotining zabardast vakili, xalqimizning sevimli yozuvchisi O‘tkir Hoshimovning “Ikki eshik orasi” asaridagi o‘qituvchi obrazining badiiy talqini, jamiyatda ustozlarning ijtimoiy ahvoli, o‘rni va maʼnaviy koʻrinishi, insonlar taqdiri va inson umrining murakkabligi zo‘r mahorat bilan tasvirlangani, tinchlikka rahna solgan urushning qoralangani haqida so‘z yuritilgan.

background image

843

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 2

HOZIRGI O‘ZBEK ROMANCHILIGIDA O‘QITUVCHI OBRAZI TALQINLARI

(IKKI ESHIK ORASI ROMANI MISOLIDA)

Xushboqova Pardaxol Qahramon qizi

Termiz iqtisodiyot va servis universiteti

Filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek tili) ta’lim yo’nalishi talabasi.

Sh.T. Norqulova

Ilmiy rahbar: TISU dotsenti (PhD)

https://doi.org/10.5281/zenodo.14889233

Annotatsiya.

Maqolada o‘zbek adabiyotining zabardast vakili, xalqimizning sevimli

yozuvchisi O‘tkir Hoshimovning “Ikki eshik orasi” asaridagi o‘qituvchi obrazining badiiy talqini,

jamiyatda ustozlarning ijtimoiy ahvoli, o‘rni va maʼnaviy koʻrinishi, insonlar taqdiri va inson

umrining murakkabligi zo‘r mahorat bilan tasvirlangani, tinchlikka rahna solgan urushning

qoralangani haqida so‘z yuritilgan.

Kalit soʻzlar:

“Ikki eshik orasi”, Oqsoqol, Husan duma, Qora amma, Samadov, Robiya,

Kimsan, ma’naviy qiyofa, bilim, jamiyat, xalq, maktab, maʼrifat, ziyoli, oliyjanoblik, mas’uliyat,

riyozat, kamtarinlik.

ИНТЕРПРЕТАЦИИ ОБРАЗА УЧИТЕЛЯ В СОВРЕМЕННЫХ УЗБЕКСКИХ

РОМАНАХ (НА ПРИМЕРЕ РОМАНА «МЕЖДУ ДВУХ ДВЕРЕЙ»)

Аннотация.

В статье рассматривается художественная интерпретация образа

учителя в произведении «Между двух дверей» яркого представителя узбекской

литературы, любимого писателя нашего народа Откира Хошимова, искусное

изображение социального положения, роли и духовного облика учителя в обществе, судьбы

людей и сложности человеческой жизни, осуждение войны, угрожающей миру.

Ключевые слова:

«Между двух дверей», Аксакол, Хусан Дума, Кара Амма, Самедов,

Рабия, Кимсан, духовный образ, знание, общество, народ, школа, просвещение,

интеллигент, благородство, ответственность, аскетизм, смирение.

INTERPRETATIONS OF THE IMAGE OF THE TEACHER IN CONTEMPORARY

UZBEK NOVELS (ON THE EXAMPLE OF THE NOVEL BETWEEN TWO DOORS)

Abstract.

The article discusses the artistic interpretation of the image of a teacher in the

work "Between Two Doors" by the brilliant representative of Uzbek literature, the beloved writer

of our people, Otkir Hoshimov, the skillful depiction of the social status, role and spiritual

appearance of teachers in society, the fate of people and the complexity of human life, and the

condemnation of the war that threatens peace.


background image

844

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 2

Keywords:

"Between Two Doors", Aksakol, Husan Duma, Kara Amma, Samadov, Rabiya,

Kimsan, spiritual image, knowledge, society, people, school, enlightenment, intellectual, nobility,

responsibility, asceticism, humility.

Taniqli adib ijodining salmoqli qismini ona, oddiy odamlar, urush hamda ijtimoiy hayot

mavzusi tashkil etadi. Shunday mavzularni ko‘tarib chiqqan asarlaridan biri bu “Ikki eshik orasi”

asari va unda xalqning ziyoli vakili bo‘lgan o‘qituvchi obrazidir. Uning asarlari samimiyligi, xalq

hayotini to‘laligicha tasvirlashi, unda xalqning tanti, mard vakillari bor sifatlari bo‘yicha

tasvirlanadi.

O‘tkir Hoshimovning “Ikki eshik orasi” asarida yozuvchi salkam qirq yillik davrni o‘z

ichiga olgan, bir qancha murakkab va chigal taqdirlar orqali o‘zbek xalqining urush davrida

boshdan kechirgan mashaqqatli hayoti, achchiq qismati, murakkab kechmishlari haqida yuksak

mahorat bilan qalam tebratgan.

Bu asarda Oqsoqol, Husan duma, Qora amma, Shomurod, Robiya, Kimsan obrazlariga

alohida to‘xtalib, ularning harakteridagi kuzatilgan mardlik, matonat, insonparvarlik va sabr-

bardoshlilik fazilatlari orqali millatning ruhiy takomilini ochishga muvaffaq bo‘lgan.

“Ikki eshik orasi” romanida insonlar taqdiri va inson umrining murakkabligi zo‘r mahorat

bilan tasvirlangani, tinchlikka rahna solgan urushning qoralangani, uning g‘ayriinsoniy

mohiyatiga urg‘u berilgani katta ahamiyatga molikdir. Vayronkor urush voqealarining har bir ota-

ona qalbini jarohatlagani, nafaqat ota-ona, balki oddiy odamlarning ko‘ngillariga ham ozor

yetkazgani juda ishonarli tarzda ochib berilgan. Asarda tasvirlangan hayot manzaralari,

insonlararo munosabatlar shuningdek, yozuvchining oʻziga xos badiiy uslubi juda tabiiy hamda

samimiyligi bilan ajralib turadi. Yetti qism, qirq yetti bobdan tarkib topgan roman kompozitsion

qurilishi jihatidan ham oʻziga xosligi bilan ajralib turadi. Undagi voqea-hodisalar bayonida

qatnashgan toʻqqizta personaj hikoyalarini adib bir-biriga mahorat bilan bogʻlagan.

Garchi ijtimoiy hayotdagi yetishmovchiliklar, xalqimiz boshidan kechirayotgan fojeaviy

kunlar, urushning bitmas jarohati insonlar qalbini yaralab, ma’lum ma’noda ma’naviyat chetga

surilib, zulm oshgan davrda o‘qituvchi obrazini asarga olib kirish ham katta bir iste’doddan darak

desak mubolag‘a

bo‘lmas. Adib qalamga olgan obrazlari oddiy odamlarning fazilatlari, mardligi, matonati,

vatanparvarligi va sabr-bardoshi haqida soʻzlaydi.

Asarda 30-yillardan 70-yillargacha ro‘y bergan voqealarni bir boshdan tasvirlamasdan,

qahramonlarning hayotidagi eng muhim, dramatik lavhalarni ko‘rsatishga harakat qilingan. Asarni

zavq-u shavq bilan o‘qib borarkansiz, undan qo‘llangan murakkab joylashuvga duch kelasiz.


background image

845

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 2

Murakkab joyi shundaki, asarning bir bobi 30-yillar haqida hikoya qilsa, boshqa bobi 50-

yillar, yana bir bobi 70-yillarga ko‘chib o‘quvchini izlanishga, o‘ylanishga majbur qiladi. To‘qqiz

xil fe’l-atvorli asar qahramonlari, o‘z hayotining turli nuqtalaridan turib sozlay boshlaydi.

Ularning hikoya qilish usuli ham, tili ham bir-biriga umuman o‘xshamaydi. Hikoya

qiluvchilarning yoshining ham farqi bor.

O‘quvchi – Muzaffarning hikoya qilish ohangi, tasvirlash ifodasi go‘dak –

Muzaffarnikidan, talaba– Muzaffarniki o‘quvchi – Muzaffarnikidan, qizaloq

Robiya hikoyasi ona – Robiyanikidan keskin farq qiladi. Bu hikoyalar mazmunan bir-biri

bilan mahkam bog‘langan bo‘lib, bir-birini to‘ldiradi. Shu tariqa ular romanning bir butun tugal,

original va jozibador syujetini hosil qiladi.

Asarda asosiy obrazlargina emas, balki Rashid, Abzi, Bashor opa, Oysara, Samadov singari

epizodik obrazlar ham kitobxon yodida uzoq vaqt saqlanib qoladi. Asarda sun’iylik yo‘q, aksincha

ishontirish san’ati kuchli.

Asarning ikkinchi qism, uchinchi bobi, Robiya tilidan qilingan hikoya - “Dadamni yo‘qotib

qo‘ydim” deb nomlangan. Unda kasal onasiga qarab maktabga bora olmagan Robiyaning hikoyasi

berilgan. Kasal yotgan onasiga qarab o‘tirgan kichik qizaloq tilidan qilingan hikoyada yashash

manzilini “allaqanday madrasaning kungurador peshtoqi ko‘rinib turishi peshtoqdagi sherlar

tasviri, kiyikni quvlab ketayotgan sherlar…..” jumlalari bilan Samarqandda ekanligiga ishora qilib

o‘tadi. Garchi ranglari sarg‘ayib, ikki chakagi ich-ichidan kirib ketsa-da, kasal bo‘lsa ham, onasini

go‘zal ayol ekanligini etirof etib, ”ko‘zlari qop-qora,chiroyli, kipliklari uzun-uzun”(“Ikki eshik

orasi.”) ekanligini bolalarga xos tilda ta’riflaydi.

Otasi ishdan kelishini kutib charchaydigan Robiya otasi o‘qituvchi ekanligini, o‘zi tengi

qizlar dadasining maktabiga borishini, lekin kasal yotgan onasiga ko‘z-quloq bo‘lib o‘tirishini, shu

sababli maktabga bora olmayotganini o‘kinch bilan xotiralaydi. Otasi ziyoli inson bo‘lganligi

tufayli ishdan kelib, avval onasiga qarashi, so‘ngra patnisning orqasiga harflarni yozib qizini

o‘qitishini yozuvchi juda ta’sirli ifodalab bergan.

Turmushning og‘ir

kunlari, rafiqasining betobligi, xonadonidagi iqtisodiy

yetishmovchiligi, noilojlik tufayli tajang bo‘lib qolgan ota qizini savodli bo‘lishini xohlaydi va

o‘qishga undaydi. Qizini to‘qqiz yoshga yetsa-da,savodi to‘liq emasligi, u tengi qizlar uchinchi

sinfga borishini iztirob bilan ta’kidlaydi. Mahorat bilan tasvirlangan voqealar rivoji endi

Robiyaning onasining vafoti, yashab turgan joyini tashlab Toshkentga ketishi, bolalarcha harxasha

bilan non so‘rashi, lekin otasi ilojsiz holda sabr qilishini ifodalagan tasvirlarga o‘tadi. Mana shu

o‘rinda e’tiboringizni quyidagi parchaga qaratmoqchimiz: ”Dadam tekis qilib dazmollangan

oppoq ityoqa ko‘ylak kiyib, chuchvaranusxa bo‘yinbog‘ bog‘lab yuradigan odam edi. Po‘rim

ko‘ylak kiyadi-yu, noni yo‘q…..”.


background image

846

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 2

Shu jumlalar orqali Robiyaning qorni ochligi, bir burda bo‘lsada non topib bera

olmayotgan dadasiga nisbatan biroz gina, bir oz araz, biroz o‘tinchi ifodalab berilgan.

Muallif badiiy qahramoning portretini tasvirlar ekan, ziyoli inson shunday qiyin davrda

ham ust-boshini tartibli saqlaganiga ishora qilib o‘tadi. Tabiatidagi noilojlikdan qiynalgan

damlardagi tajang qiyofasi, ayoli vafotidagi xo‘rsinib-xo‘rsinib yig‘lashi,qiziga bir burda non

topib bera olmay iztirob chekish holati, ba’zan muloyimlik, beozorlikni ko‘rsatish orqali kitobxon

qiziqishini orttiradi. Chunki muallim, ziyoli insonlar jamiyatdagi odamlar uchun namuna timsoli

bo‘lishgan. Badiiy adabiyotda, turli asarlarda o‘qituvchi, ziyoli-ustoz obrazi muayyan vazifani

bajaradi. Ularning maqsadi, maslagi, tajribasi, sof vijdoni adiblar tomonidan teran yoritilgan.

O‘sha davrning og‘ir kunlarini, ochlikdan shishib o‘lgan ayol tasviri, ”oltin-kumush kul

bo‘lgan, arpa-bug‘doy pul bo‘lgan” yillar bayon qilingan satrlarni o‘qib turib, zahmatkash o‘zbek

xalqining boshidan ne-ne qora kunlar o‘tganligini o‘quvchi qalban his qiladi.

Yozuvchi asar voqealarini tasvirlar ekan, aynan, asardagi Samadov obrazidagi alohida

to‘xtalib o‘tsak. Samadov asli samarqandlik o‘qituvchi bo‘lib, turmush o‘rtog‘ining vafotidan

so‘ng qizi Robiya bilan Toshkentning No‘g‘ay qishlog‘iga ko‘chib kelib, qishloqdagi bolalarga

dars bera boshlaydi. Mana shu o‘rinda yozuvchining topilmasi bo‘lmish o‘qituvchi obrazi

romanning to‘ldiruvchi qismi bo‘lib, bu personaj xalqning ma’naviy vakili sifatida gavdalangan.

Ezgu maqsad yo‘lida zahmat, riyozat chekkan ziyolilar har doim jamiyat taraqqiyotiga

munosib holda hissa qo‘shganlar. Samadov ham No‘g‘ay qishlog‘dagi Husan dumaning uyiga

kelib yashay boshlagan kundanoq, maqsadi qishloq bolalarining savodini chiqarish, yosh avlodni

tarbiyalash, ularning bilim olishlari uchun harakat qila boshlaydi. Yozuvchi Samadov obrazini

yoritar ekan, yana ustozlar, muallimlar tabiatidagi kamtarinlik, kezi kelganda haqiqatparvarlik

sifatlarini ko‘rsatib o‘tishga harakat qilgan.

Buni Robiya hikoyasida ko‘rishimiz mumkin. ”Kuzda-pochtaxona yonida allaqanday eski

binoga joylashgan maktabga qatnay boshladik. Men- birinchi sinfga, Kimsan akam to‘rtinchi

sinfga…. Bolalar ichida eng kattasi menman. Bir marta o‘qituvchi opa dadamdan iltimos qilganini

eshitib qoldim: “O‘rtoq Samadov Robiyaxonning savodi allaqachon chiqqan ekan, bemalol

uchinchida o‘qiyversa bo‘ladi”, degan edi, dadam siltab tashladi: ”Hamma qatori qonuniy

o‘qisin!”. Shunday qilib kap-katta qiz ukam

tengi bolalar bilan dadam allaqachon o‘rgatgan “Alifbe”ni, hisobni qaytadan o‘rganishga

qatnadim”.

Mana shu o‘rinda asar qahramoni, o‘z farzandini boshqalardan ustun qo‘ymaslik

maqsadida o‘zaro tenglik, adolatlilik, kamtarinlik xislatlarni shakllantirishga harakat qilgan.

Asarda muallimning oliyjanob, fidoyi fe’l- atvori boshqa qahramonlar e’tirofidan ham

ayonlashib boradi.


background image

847

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 2

Davrning qiyinchiligiga qaramasdan, qishloqdagi bolalarga sidqidildan tahsil berib,

ularning savodini chiqarishga asdoydil harakat qiladi. Keyinchalik, qishloq ahli unga uy qurub

berishmoqchi bo‘lganida, o‘zini o‘ylamasdan qishloq bolalari uchun kattaroq maktab qurish

taklifini beradi.

Keling yana asarga murojaat qilsak:” - Agar Husan akani qisib qo‘ymagan bo‘lsak,

hasharchilarni maktab qurishga solsakmikin…. Bizga-ku uy topilar, maktab kerak”.Ikki e.o.58-

bet. Bundayin mardonavor soʻzlarni ilmga chin dildan oshno qalblar aytishi mumkin. Biroz

andisha, biroz istihola bilan aytilgan bu so‘zlar chapani,tanti Husan duma tomonidan, “Nega

qisilarkanman! Ma’lim to‘g‘ri aytyaptilar. Eng avval maktab kerak“ deb tasdiqlanadi va qishloq

ahli tomonidan “katta maktab” qurilishi boshlanib ketadi.

Shu o‘rinda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh,Mirziyoyevning quyidagi fikrlarini

keltirib o‘tishni lozim deb topdik : “Ustoz, murabbiy, o‘qituvchi deya ta’rif etilgan insonlarning

mehnati igna bilan quduq qazishga qiyoslanishi bejiz emas. Ular mashaqqatli va sharafli kasbi

orqali jamiyatning kelajagi va ishonchi bo‘lgan yosh avlodga ta’lim berib, tarbiyalaydi. Bu esa

katta bilim va sabr talab etadi, ularning mehnati esa bir necha o‘n yillab o‘tgach o‘z mevasini bera

boshlaydi.”

Muallim o‘zgalar manfaati uchun jonini fido etib, kamtarona turmush kechirsa-da, uning

oliyjanobligi ishonch, beminnat yaxshiligi adolat hikmatidan voqif qiladi. Hattoki halovatidan voz

kechib, kechalari xonadon ahliga “O‘tgan kunlar”ni o‘qib berib, ularni ham bu asar bilan yaqindan

tanishtirishga harakat qiladi. Asarni jon qulog‘i bilan tinglagan Husan Duma, Qora amma o‘sha

davrda “anqoning urug‘i” hisoblangan moychirog‘ni ham ayamagani” ni keltirib o‘tadi. Haqli

savol tug‘iladi: Xush nima uchun qishning uzun kechlari bunday serharakat, biroz tajang Husan

dumadek inson “ma’limdan” kitobni o‘qib berishni qayta-qayta so‘raydi, sabr bilan tinglaydi.

Bunga sabablarni turlicha keltirish mumkin.

Birinchi sabab g‘oyat ayanchli holat - u savodsiz (bunga o‘zi ham hijolat holda iqror

bo‘ladi), ikkinchi sabab kitob Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar”i, uchinchi sabab sifatida

“ma’lim” Samadov asarning mohiyatini yetkazib o‘qib berishi deb aytishimiz mumkin. Mana

shunday kunlarda o‘sha davrdagi g‘alamis odamlarning qabihona rejalari , razil niyatlari, noo‘rin

chaquvlari tufayli Samadovni nohaq qamashdi. Unga arzimagan sabablar bilan nohaq ayblovlar

qo‘yiladi. “Aybi shumishki, darsni programma bo‘yicha o‘tmaganmish, hisob ilmini Xorazmiy

yaratgan deb maqtaganmish, bolalarga Bobur podshoning she’rlarini o‘qitganmish. Rayondan

beruxsat maktab qurganmish……”

Asarning bosh qahramonlaridan biri Oqsoqolning tilidan aytilgan bu gaplar kishini chuqur

iztirobga solishi bilan birgalikda hayron qoldiradi. Chunki har bir millat o‘z tarixini o‘rganishi,

avlodlarining ma’naviy merosidan bahramand bo‘lishi va buni millat farzandlariga o‘rgatib


background image

848

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 2

borishining nimasi yomon degan haqli savolga javob topolmaysan. Hattoki, bir vaqtlar Robiyani

bir yo‘la uchinchi sinfga boraversa bo‘ladi degan o‘qituvchi ayol ”Otang xalq dushmani ekan. Sen

sovet maktabida o‘qishni xohlamaganing uchun ataylab o‘qishga kechikib kirgansan!” deydi.

Mana shu mudhish munosabatlar Robiyaning qalbini jarohatlasada, dardini hech kimga

sezdirmaydi. To‘satdan tushgan g‘am yosh bolani bir kunda katta odamga aylantirib qo‘yishiga

ko‘nadi. Naqadar ayanchli ko‘nish…..

Garchi “Ma’limni aybi yo‘q. Haq joyida qaror topmaguncha qo‘ymayman. Meni kim deb

yuribdi Xo‘jaqulovlar!” deb himoyaga bel bog‘lagan Oqsoqoldek obro‘li rais ham, Husan Duma

ham ayblov oldida chorasiz qoladilar. Keyinchalik esa “xalq dushmani”ni qishloqqa olib kelgan

deb Oqsoqol ham raislikdan olib tashlanadi.

Bu satrlarni o‘qib, chuqur iztirobga tushasiz. Sho‘ro davlati nafaqat ХХ asrning 30-50-

yillarida, balki topgan ilk kezlardanoq milliy respublikalarda, jumladan, O‘zbekistonda

mustamlakachilik harakatini olib borib, “millatchi”, “vatan xoini”, ”aksilinqilobchi“ degan

ayblovlar bilan minglab vatandoshlarimizni qatag‘on qurboniga aylantirdi. Aynan Samadovga

o‘xshagan vatanparvar, erkparvar o‘g‘lonlar “xalq dushmani”ga chiqarildi. Hattoki yaqin

odamlari, oila a’zolari, xizmatdoshlari ham borsa kelmas joylarga surgun qilinadilar. Mahoratli

yozuvchi Samadov obrazi orqali xalqning ziyoli vakili-o‘qituvchilarni jamiyat taraqqiyotiga

munosib hissa qo‘shadigan oliyjanob, fidoyi, sof vijdonli, zahmatkash insonlar qiyofasini yoritib

beradi. Muallim dunyoqarashi, kasbiga bo‘lgan sadoqati, mas’uliyati masalasi muallifning hayotiy

kuzatishlari, shaxsiy tajribasi asnosida rivojlantirilgan. Va bu o‘rinda yozuvchining asar

to‘g‘risidagi quyidagi fikrlariga quloq solsak: “Men bu kitobdagi ko‘p odamlarni o‘z ko‘zim bilan

ko‘rganman. Ba’zilari nima gapirganini emas, nima o‘ylaganini yozishga majbur bo‘ldim. Xullas

bu savdolar ko‘p yillar davomida ko‘p kishilarning boshidan kechgan….”

“Badiiy obraz-ijodkor shuuri, estetik ideali, dunyoqarashi, maqsadi va g‘oyasi orqali

sintezlashgan voqelikning, inson ruhiyatining muhim qirralarini muayyan narsa, tuyg‘u va

kechinmalar timsolida alohida betakrorlikda umumlashtirilgan, estetik qimmatga molik

in’ikosidan iborat” .

Insoniyat ilm-u ma’rifat yog‘dusida sharaflilik matlabiga noil bo‘ladi. Bu xayrli xizmat

ustoz zimmasiga buyuk mas’uliyatni yuklaydi. Yillar mobaynida ta’lim, tarbiya o‘rgatgan

insonning halol, mashaqqatli mehnatini qadrlagan ilm-u tolib uni umri davomida unutmaydi.

“Dunyo imoratlari ichida eng ulug‘i maktab bolsa, kasblarning ichida eng sharaflisi

oqituvchilik

va

murabbiylikdir”.

O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti

I.A.Karimovning ushbu so‘zlari jamiyatdagi barcha ustoz murabbiylar uchun berilgan haqqoniy

baho desak adashmaymiz.


background image

849

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 2

Hayotga mazmun bag‘ishlash, umrini faqat xayrli ishlarga sarflash, yurt farzandlariga

beminnat bilim berish, ularni ma’naviy jihatdan komillik sari yetaklash, mana shu sharafli kasb

egalarigagina nasib etgan. Bu hayrli xizmat ustoz zimmasiga buyuk mas’uliyatni yuklaydi.

Shu sababli turli davrlarda, turli ijodkorlar o‘z asarlarida muallim, ustoz obrazlari

vositasida odamzotga ma’rifat xidoyatini ulashuvchi shaxslarni sharaflaydilar.

Xulosa. Xulosa o’rnida shuni aytish kerakki, mahoratli yozuvchi “ikki eshik orasida“

asaridagi Samadov obrazi orqali buyuk kasb egalarining xokisor,kamtarin,fidoyi vatanparvar

hislatlarini ochib berishga harakat qilgan va bunga xaqli ravishda erishgan deb bemalol ayta

olamiz. Ustoz – misli yonib turgan sham. Oʻzgalarga ilm oʻrgatish, maʼrifat ziyosini tarqatish,

nihoyatda savobli amaldir. Bunday masʼuliyatli vazifaga mutasaddi boʻlgan insonlarning darajasi

ham buyukdir. Darhaqiqat, kishida ilm oʻz-oʻzidan paydo boʻlib qolmaydi. Albatta, buning uchun

ustoz zarurdir. Ilm va uni talab qilishning fazilati naqadar ulugʻ boʻlsa, ilm oʻrgatish, yaʼni ustozlik

qilishining fazilati undan buyukdir. Dunyoda ming-minglab kasblar borki, ularning orasidagi

buyuk kasblardan biri oʻqituvchilikdir. Qurʼoni Karim oyatlarida va Hadisi shariflarda ilmiga amal

qiluvchi olimlar, ustozlarni hurmat, qilish, eʼzozlash haqida juda koʻp koʻrsatmalar berilgan. Zero,

hozirgi kunda ham sharafli kasb egalarining qadri baland , ular har doim e’tibor va e’tirofdadir.Bir

so’z bilan aytganda,ustoz –qanotsiz uchish darsidan saboq berdigan zotdir!

REFERENCES

1.

O'tkir Hoshimov “Ikki eshik oras”Toshkent 2023 yil

2.

Islom Karimov “Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch”asari Toshkent ma’naviyat 2008.82

bet

3.

Ziyo net.uz kutubxona.

References

O'tkir Hoshimov “Ikki eshik oras”Toshkent 2023 yil

Islom Karimov “Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch”asari Toshkent ma’naviyat 2008.82 bet

Ziyo net.uz kutubxona.