Authors

  • Z.M. O‘rinboyev
  • A.I. Pardayev

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.65179

Keywords:

bulutli texnologiyalar IoT–buyumlar interneti NB-IoT texnologiyasi Smart Campus LPWAN va LoRaWAN.

Abstract

SMART texnologiyalar talabalar bilan ishlashni individuallashtirish imkonini beradi. Ayniqsa, uy vazifalari va nazorat ishlarini tekshirishda bu narsa yaqqol ko’rinadi. Talabalar topshiriqlar uning kuchiga qarab berilayotganini sezgach, muvaffaqiyatdan muvaffaqiyatga harakat qila boshlaydi va bu esa o’z navbatida fanga qiziqishni orttiradi va o’qishni samarali jarayonga aylantiradi.

background image

2025 -Yil

13-Fevral

RAQAMLI DUNYO: MATEMATIK VA INFORMATIK

YONDASHUVLAR

Respublika ilmiy-uslubiy konferensiyasi

82


“TEXNIK TIZIMLARDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI” FANINI O’QITISHDA

SMART TEXNOLOGIYALARNING IMKONIYATLARI VA UNDAN FOYDALANISH

METODIKASI

Z.M.O‘rinboyev

O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti

“Boshlang’ich ta’lim” kafedrasi assistenti

A.I.Pardayev

O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti

“Boshlang’ich ta’lim” kafedrasi katta o’qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.14845927

Annotatsiya.

SMART texnologiyalar talabalar bilan ishlashni individuallashtirish

imkonini beradi. Ayniqsa, uy vazifalari va nazorat ishlarini tekshirishda bu narsa yaqqol
ko’rinadi. Talabalar topshiriqlar uning kuchiga qarab berilayotganini sezgach, muvaffaqiyatdan
muvaffaqiyatga harakat qila boshlaydi va bu esa o’z navbatida fanga qiziqishni orttiradi va
o’qishni samarali jarayonga aylantiradi.

Kalit so‘zlar:

bulutli texnologiyalar, IoT–buyumlar interneti, NB-IoT texnologiyasi, Smart

Campus, LPWAN va LoRaWAN.


Hozirgi vaqtda etarlicha ko’p sondagi yangi axborot texnologiyalari vositalari ishlab

chiqilgan va foydalanilmoqda. Ularning soni yil sayin o’zgarmoqda. Ular ro’yxatiga quyidagilarni
kiritish mumkin: barcha sinf kompyuterlari, displey, printer, xotira, kompyuterga ovozni kiritish
qurilmasi, skaner, klaviatura, ma’lumotlar ombori, bilimlar ombori, multimedia tizimlari,
videomatn, telematn, TV-axborot, modem, kompyuter tarmoqlari, elektron pochta, elektron
konferensiyalar, axborot qidiruv tizimlari, raqamli fotokameralar, ekspert o’qitish tizimlari, grafik
axborotni chiqarish qurilmasi, gipermatnli tizimlar, televidenie, radio, telefon, faks, ovozli
elektron pochta, telekonferensiyalar, elektron doska, Internetdagi dasturiy vositalar,
avtomatlashtirilgan kutubxonalar, o’qitishga mo’ljallangan dasturiy vositalar, tahririy-nashriyot
tizimlari, CD ROM, dasturiy majmualar (dasturlash tillari, translyatorlar), berilganlarni uzatish
vositalari, radiostansiya va boshqalar.

Bu ro’yxatni to’liq deyish fikridan yiroq bo’lish kerak. Lekin bu ro’yxat yangi axborot

texnologiyalari vositalarining va tizimlarining turli ko’rinishlari haqida tasavvur beradi.

Fan-texnikaning jadal sur’atlar bilan taraqqiyotini, raqamli iqtisodiyotning ijtimoiy

hayotga ta’sirini e’tiborga olgan holda respublika Texnika oliy ta’lim muassasalarida “Texnik
tizimlarda axborot texnologiyalari” fani mavzulari Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi davlatlarining
Texnika oliy ta’lim muassasalari fan dasturlari tahlillariga ko’ra tizimlashtirilib, quyidagi
zamonaviy tushunchalarni kiritish maqsadga muvofiq, degan xulosaga kelindi:

- bulutli texnologiyalar;
- IoT–buyumlar interneti;
- NB-IoT texnologiyasi;
- Smart Campus;
- LPWAN va LoRaWAN;
- simsiz tarmoq texnologiyalari - Wibree, ZigBee, UWB, Wireless HD kabilar.
Mazkur tushunchalar haqida qisqacha to’xtalib o’tish maqsadga muvofiq:


background image

2025 -Yil

13-Fevral

RAQAMLI DUNYO: MATEMATIK VA INFORMATIK

YONDASHUVLAR

Respublika ilmiy-uslubiy konferensiyasi

83


1. Bulutli texnologiyalar. Globallashuv jarayonlarining oxirgi qisqa davrida asosiy

harakatlantiruvchi mexanizmlaridan biri bo’lgan axborot-kommunikasiya texnologiyalari (AKT)
sohasida davr talabiga mos keluvchi yangi yo’nalishdagi texnologiyalar yaratil-moqda. Bu
texnologiyalar kompyuter tarmoqlari klassik modellaridan yetarlicha katta farq qilishi bilan birga,
ayrim paytlarda aynan o’xshash tamoyillar asosida ish yuritadi. Bulutli hisoblash g’oyasi o’tgan
asrning 60 yillarida paydo bo’lsa-da, aloqa kanallarining shiddat bilan rivojlanib borishi va
foydalanuvchilar talabining uzluksiz o’sib borishi natijasida 2007 yildan boshlab ommaviylashib,
rivojlanish bosqichiga o’tdi.

Bulutli texnologiya (ingl. cloud computing), odatda, foydalanuvchiga kompyuter resurslari

va quvvatini internet-xizmat ko’rinishida taqdim etadi. Shunday yo’l bilan foydalanuvchiga “sof”
ko’rinishdagi hisoblash resurslari taqdim etiladi va foydalanuvchi o’zining masalalariga qanday
kompyuter ishlov berayotganligi, qanday turdagi operasion tizim (OT) boshqaruvida amalga
oshiralayotganligi kabi savollarga javob ololmasligi mumkin va aslida, bu savollarga javob
izlashning zarurati bo’lmaydi.

Ish yuritilishida o’xshashlik va umumiylikni topib, bulutli texnologiyani “meynfrem”lar

(mainframe) bilan taqqoslash mumkin. Ammo “bulut”ning “meynfrem”dan tamoyil jihatdan
ajralib turuvchi farqlari mavjud, xususan, “bulut” hisoblash quvvatlarining nazariy jihatdan
cheklanmaganligidir.

Dastlab paydo bo’lgan ma’lumotlarga ishlov berish texnologiyalari orasida grid-hisoblash

(1990 yillarda) birmuncha keng tarqalish munosabatiga ega bo’ldi. Dastlabki davrda bu yo’nalish
texnik vosita prosessorining bo’sh turgan resurslaridan unumli foydalanish va hisoblash
quvvatlarini ixtiyoriy ravishda ijaraga berish tizimini rivojlantirish imkoniyati sifatida qaraladi.

Grid-hisoblash bilan bulutli hisoblash arxitekturasi hamda qo’llanilayotgan tamoyillariga

ko’ra o’zaro ko’pgina o’xshash jihatlarga ega. Shu bilan bir vaqtda, uzoqdagi hisoblash
resurslaridan foydalanish uchun yetarlicha egiluvchan platformaga ega bo’lganligi bois bulutli
hisoblash modeli eng istiqbolli texnologiya deb tan olindi.

Hozirgi kunda yirik bulut hisoblashlar ma’lumotlarga ishlov berish markazlariga (MIBM)

joylashgan minglab serverlardan tashkil topadi. Ular bir vaqtning o’zida millionlab
foydalanuvchini minglab ilova resurslari bilan ta’minlab beradi. Bulutli texnologiyalar xususiy
ERP, CRM tizim1 yoki qo’shimcha qurilmalar sotib olish va sozlashni talab etuvchi turli
serverlarni saqlab turish o’ta qimmatga tushib ketadigan korxonalar uchun qulay vosita
hisoblanadi.

Xususiy foydalanuvchilar o’rtasida o’zining qulayligiga ko’ra Google kompaniyasi

tomonidan taqdim etilayotgan “Dokumentы”, “Kalendar” kabi xizmatlarga o’xshash ko’plab bulut
xizmatlari keng tarqalish xususiyatiga ega bo’ldi.

Bulutli texnologiyalardan foydalanish uzluksiz muvaffaqiyatga erishib borayotganligining

sababi oddiy: ularni qo’llash turli-tuman imkoniyatlarga ega hamda infratuzilish, xizmat ko’rsatish
va xodimlarga sarflanadigan xarajatlarni tejaydi.

Masofadagi ma’lumotlar markazida ma’lumotlarga ishlov berish va axborotlarni saqlashga

imkon beruvchi texnik ta’minot yetarli darajada soddalashtirilishi mumkin. Bunday
muammolarning deyarli barchasi xizmatlar provayderi zimmasiga to’liq yuklatiladi. Bunday
yondashuv korxona kompyuterlarida turli operasion tizim (OT) (Windows, Linux, MacOS va shu
kabilar) o’rnatilgan bo’lsa ham ularni standartlashtirishga imkon beradi.


background image

2025 -Yil

13-Fevral

RAQAMLI DUNYO: MATEMATIK VA INFORMATIK

YONDASHUVLAR

Respublika ilmiy-uslubiy konferensiyasi

84


Kompaniya ma’lumotlariga kirishni ofisdan tashqarida yurgan, ammo Internetga ulanish

imkoniga ega bo’lgan xodim va mijozlar uchun birdek ta’minlashni osonlashtirib beradi.

Foydalanish uchun ko’plab qulayliklariga qaramay, bir qator kamchiliklarga ham ega.
Jumladan, foydalanuvchining xizmatlarni yetkazib beruvchi tashkilotga to’liq bog’lanib

qolishi. Haqiqatan ham, bulutli xizmatning yaratilish tamoyiliga ko’ra, korxona faoliyati xizmatlar
provayderi va Internet provayderining qanday ish olib borishiga bog’liq bo’lib qoladi.

Tarqatish modellari bo’yicha bulutli hisoblash texnologiyalari xususiy, ommaviy va gibrid

texnologiyalarga ajratiladi. Xususiy bulut (private cloud) korxonaning ichki bulut infratuzilishi va
xizmatidir. Bunday bulut korporativ tarmoq doirasida joylashadi. Tashkilot xususiy bulutni
mustaqil boshqarishi yoki bu masalani tashqi pudratchiga topshirishi mumkin. Infratuzilish
buyurtmachi binosida yoki tashqi operatorda yoxud qisman buyurtmachi va qisman operator
binosida joylashtirilishi mumkin.

Ommaviy bulut (public cloud). Bunday infratuzilmadagi bulutli hisoblash xizmatlaridan

keng omma foydalanishi mumkin, yetkazib beruvchilar tomonidan taqdim etiladi va korporativ
tarmoqdan tashqarida joylashtiriladi. Bunday bulut foydalanuvchilari bulutdagi ma’lumotlarni
boshqarish yoki unga xizmat ko’rsatish imkoniyatiga ega bo’lmaydi, barcha mac’uliyat bulut
egasiga yuklatiladi. Mijoz foydalanayotgan resurslar uchun haq to’laydi.

Foydalanuvchilarga boshqa yechimlarda mumkin bo’lmagan katta ko’lamli

kengayuvchanlik imkoniyatiga ega biznes-tizim yoki veb-sayt (tarqalish) usullari qulay-oson va
mumkin qadar qoniqarli narxlarda taklif etiladi. Bunday taqdim etuvchilarga Amazon YEC2 i
Amazon Simple Storage Service (S3), Google Apps/Docs, Salesforce.com, Microsoft Office Web
on-layn-xizmatlarini misol sifatida keltirish mumkin. Ta’kidlash joizki, ommaviy bulutda
foydalanuvchi infratuzilishni juda past cheklangan darajada sezilarsiz nazorat qilganligidan, qat’iy
xavfsizlik choralari va me’yoriy talablarga mos kelishlikni talab qiluvchi jarayonlarni amalga
oshirishga har doim ham muvofiq kelmaydi.

Gibrid bulut (hybrid cloud). Bu infratuzilma tarqatish barcha modellarini o’z ichiga oladi

(xususiy, ommaviy). Odatda, gibrid bulut korxonada yaratiladi, ularni boshqarish bo’yicha
mas’uliyat esa korxona bilan ommaviy bulutni yetkazib beruvchi o’rtasida taqsimlanadi. Gibrid
bulut bir qismi ommaviy bulutga, bir qismi xususiy bulutga tegishli bo’lgan xizmatlarni taqdim
etadi.

2. IoT–buyumlar yoki ashyolar interneti. Zamonaviy bulut texnologiyalari nafaqat tayyor

tarmoq va server qurilmalari, balki asta-sekin ichki quriladigan tizimlar (embedded cloud)
bozoriga ham jadal kirib bormoqda. Turli-tuman qurilmalarni global tarmoqqa ulash va boshqarish
g’oyasi “buyumlar interneti” (Internet of Things – IoT) deb yuritiladi. Microsoft Windows
embedded bosh menejeri Kevin Dallas fikriga ko’ra, buyumlar interneti g’oyasi ko’p yillardan
buyon mavjud, ammo bunday tarmoqning amalga oshirilmaganligiga sabab birgina bo’g’inning –
bulutli texnologiyaning yaratilmaganligi edi. Buyumlar interneti — axborot jamiyati uchun
belgilangan, mavjud va rivojlanadigan, funksional jihatdan mos axborot-kommunikasiya
texnologiyalari asosida (moddiy va virtual) buyumlarni bir-biri bilan bog’lash yo’li bilan,
birmuncha murakkabroq xizmatlar taqdim etilishi imkoniyatini ta’minlaydigan global
infratuzilma. Bu O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlangan
«Aqlli qishloq xo’jaligi» texnologiyalarini rivojlantirish Strategiyasida ta’kidlangan.


background image

2025 -Yil

13-Fevral

RAQAMLI DUNYO: MATEMATIK VA INFORMATIK

YONDASHUVLAR

Respublika ilmiy-uslubiy konferensiyasi

85


So’ngi yillar davomida turli hil texnik qurilmalar («Things» - «ashyolar»)ning Internet

tarmog’iga oddiy ulanish imkonini beruvchi radio to’lqinli identifikasiyalash RFID (Radio
Frequency IDentification), simsiz sensor tarmog’i WSN (Wireless Sensor Network), yaqin aloqa
NFC (Near Field Communication), mashinalararo M2M (Machine-toMachine) va inson va
mashina aloqasi M2H (Machine to Human) aloqa tarmoqlari sezilarli darajada rivojlandi. Bu esa
ularning tarmoqqa ulanishlar sonini oshishiga olib keldi. Cisco IBSG kompaniyasining konsalting
bo’limi tahlili bo’yicha, 2008-2009 yillar mobaynida Internet tarmog’iga ulangan qurilmalar ye r
yuzidagi insonlar sonidan oshib ketgan va 2015 yilga kelib ularning miqdori 25 milliardni tashkil
etdi. 2020 yilga borib esa bu ko’rsatkich ikki barobarga, ya’ni 50 milliardni tashkil etadi (1-rasm).

Shu ko’rinishda «Internet insonlar» tushunchasidan «Internet ashyolar», ya’ni IoT

tushunchasiga o’tish jarayoni amalga oshmoqda. Atrofimizni o’rab turgan barcha narsalar va
qurilmalar (maishiy texnika, kiyimkechak, oziq-ovqatdan tortib elektron qurilmalar, avtomabillar,
sanoat uskunalari va boshqalar) miniatyur identifikasiya va sensor (sezgir) qurilmalar bilan
jihozlangan. Agar ular o’rtasida yagona aloqa kanallari mavjud bo’lsa, bu obyektlarni nafaqat
kuzatish, balki ularni istalgan joyda va vaqtda boshqarish yoki ular inson ishtirokisiz o’zaro
muloqat qilishi mumkin.

REFERENCES

1.

O’rinboyev Z. SMART texnologiyalardan masofaviy ta’limda foydalanishning istiqbolli
yo’nalishlari O‘zbekiston Milliy Universiteti Xabarlari, 2022, [1/10/1] UDK: 37.013.46 ISSN
2181-7324

2.

O`rinboyev Z.M “Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari”fanini smart texnologiyalarni
yaratishga qo’yiladigan talablarni takomillashtirish. o‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta
maxsus taʼlim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti «Raqamli
pedagogika: holati va rivojlanish istiqbollari» mavzusidagi Xalqaro miqyosida ilmiy-amaliy
anjuman (10-dekabr, 2021-yil) – T.: TDPU, 2021. 257-260 bet

3.

O`rinboyev Z.M Oliy ta’lim muasasalarida axborot texnologiyalar fanini smart texnologiyalar
asosida o`qitish// Zamonaviy ta’limda matematika, fizika va raqamli texnologiyalarning
muamolari va yutuqlari Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedogogika instituti Academic
Research in Educational Seiences Volme2 CSPI Conference 3 2021

4.

O`rinboyev Z.M Oliy ta’lim muassasalarida SMART texnologiyalardan foydalanishga
qo’yiladigan pedagogik talablar “Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar, nazariy va amaliy
strategiyalar tadqiqi” mavzusidagi Respublika ko’p tarmoqli, ilmiy konferensiya. 2022

5.

O`rinboyev Z.M Smart technologies as a means of increasing educational efficiency. web of
scientist: international scientific research journal ISSN: 2776-0979, Volume 3, Issue 7, July,
2022

6.

Lutfillaev M.X. Oliy ta’lim o’quv jarayonini takomillashtirishda axborot texnologiyalarini
integrasiyalash nazariyasi va amaliyoti: Pedagogika fanlari doktori ilmiy darajasini olish
uchun yozilgan dissertasiya avtoreferati. – Toshkent. 2006. –37 b.

References

O’rinboyev Z. SMART texnologiyalardan masofaviy ta’limda foydalanishning istiqbolli yo’nalishlari O‘zbekiston Milliy Universiteti Xabarlari, 2022, [1/10/1] UDK: 37.013.46 ISSN 2181-7324

O`rinboyev Z.M “Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari”fanini smart texnologiyalarni yaratishga qo’yiladigan talablarni takomillashtirish. o‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti «Raqamli pedagogika: holati va rivojlanish istiqbollari» mavzusidagi Xalqaro miqyosida ilmiy-amaliy anjuman (10-dekabr, 2021-yil) – T.: TDPU, 2021. 257-260 bet

O`rinboyev Z.M Oliy ta’lim muasasalarida axborot texnologiyalar fanini smart texnologiyalar asosida o`qitish// Zamonaviy ta’limda matematika, fizika va raqamli texnologiyalarning muamolari va yutuqlari Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedogogika instituti Academic Research in Educational Seiences Volme2 CSPI Conference 3 2021

O`rinboyev Z.M Oliy ta’lim muassasalarida SMART texnologiyalardan foydalanishga qo’yiladigan pedagogik talablar “Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar, nazariy va amaliy strategiyalar tadqiqi” mavzusidagi Respublika ko’p tarmoqli, ilmiy konferensiya. 2022

O`rinboyev Z.M Smart technologies as a means of increasing educational efficiency. web of scientist: international scientific research journal ISSN: 2776-0979, Volume 3, Issue 7, July, 2022

Lutfillaev M.X. Oliy ta’lim o’quv jarayonini takomillashtirishda axborot texnologiyalarini integrasiyalash nazariyasi va amaliyoti: Pedagogika fanlari doktori ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertasiya avtoreferati. – Toshkent. 2006. –37 b.