2025 -Yil
13-Fevral
RAQAMLI DUNYO: MATEMATIK VA INFORMATIK
YONDASHUVLAR
Respublika ilmiy-uslubiy konferensiyasi
88
RIVOJLANIB BORAYOTGAN IJTIMOIY INFORMATIKANING JAMIYATGA
TA’SIRI
Axmadaliyeva Shoxista Ibroximovna
Toshkent Texnologiya, Menejment va Kommunikatsiya (TMC) Instituti informatika fani katta
o‘qituvchisi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.14845964
Annotatsiya.
Ijtimoiy informatikaning rivojlanishi natijasida yuzaga keladigan ijobiy va
salbiy omillar haqida va ularning yechimi haqida so‘z yuritiladi. Yoshlarning internetdan tartibsiz
foydalanishi natijasida kelib chiqadigan illatlar haqida gapirib o‘tiladi.
Kalit so‘zlar:
Raqamli texnologiyalar, ijtimoiy informatika, vizualizatsiya, sun’iy intelekt,
kompyuterlashtirish, mikroprotsessorlar, to‘rtinchi axborot inqilobi.
Аннотация.
Обсуждаются положительные и отрицательные факторы,
возникающие в результате развития социальной информатики и пути их решения. В нем
говорится о бедах, вызванных нерегулярным использованием Интернета молодыми
людьми.
Ключевые слова:
Цифровые технологии, социальная информатика, визуализация,
искусственный
интеллект,
компьютеризация,
микропроцессоры,
четвертая
информационная революция.
Annotation
.
Positive and negative factors arising as a result of the development of social
informatics and their solutions are discussed. It talks about the ills caused by the irregular use of
the Internet by young people.
Keywords:
Digital technologies, social informatics, visualization, artificial intelligence,
computerization, microprocessors, the fourth information revolution.
Hammaga ma’lumki XXI asr texnologiya asri hisoblanadi. Bu asrga kelib insoniyatning
turmush tarzi, yashash sharoiti yaxshilanib, turli sohalardagi imkoniyatlari ortib bormoqda.
Bugungi kunda texnologiya va internet, ijtimoiy tarmoqlar jadal rivojlanib bormoqda va
insoniyat hayotiga turli miqdordagi ijobiy va ba’zi jarayonlarda salbiy ta’sirlarini ko‘rsatmoqda.
Hozirgi kunda hech bir inson o‘z hayotini internetsiz va mobil aloqalarsiz tasavvur qila
olmaydi, ayniqsa, oʻsib kelayotgan yoshlar. Internetdan foydalanish maqsadlari va turlari jamiyat
qatlamidagi foydalanuvchilarning axborot savodxonligi va ijtimoiy kelib chiqishiga bogʻliq boʻlib
qolmoqda.
Juda koʻp horij davlatlarida internetdan foydalanish va texnologiyalarning rivojlanish
tendensiyalari bosqichma-bosqich amalga oshirilganligi sababli odamlarda ijtimoiy informatikaga
moslashish va “immunitet” asta-sekinlikda shakllanib borgan.
Xorijiy internet foydalanuvchilarning aksariyatida axborot madaniyati ham oʻz navbatida
bosqichma-bosqich shakllanib borganligi sababli iternetdan foydalanishda ahloqiy normalardan
uzoqlashmaydigan, buzgʻunchi gʻoyalarga chalgʻimaydigan, foydalanish jarayoniga cheklovlar
qoʻya oladigan ijtimoiy qatlam shakllanishiga sabab boʻlgan.
Lekin oʻsib kelayotgan yoshlar orasida internetdan maqsadsiz foydalanuvchilar va internet
geymerlar soni horij davlatlarida ham kundan-kun ortib bormoqda.
2025 -Yil
13-Fevral
RAQAMLI DUNYO: MATEMATIK VA INFORMATIK
YONDASHUVLAR
Respublika ilmiy-uslubiy konferensiyasi
89
Oʻzbekistonda 2017 yilgacha boʻlgan davrda internetdan foydalanish darajasi har
tomonlama mukammal bo‘lmaganligi sababli foydalanuvchilarning aksariyat qatlami ish
yuzasidan ilmiy-marifiy hamda kasbiy faoliyati yuzasidan internetga murojaat qilgan.
Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti (PMTI) mutaxassislari 2017-
2022-yillarda O‘zbekistonning raqamli infratuzilmasida ro‘y bergan o‘zgarishlarni tahlil qilib
chiqdi. Oʻtkazilgan tahlil davrida mamlakatda raqamli infratuzilmaning barcha ko‘rsatkichlari
bo‘yicha sezilarli o‘sish qayd etilgan. Shu jumladan:
xalqaro ma’lumotlarni uzatish tarmog‘iga (internet) ulanish tezligi 28 barobar oshdi va
2022-yilda 1800 Gbit/s ni tashkil etdi;
provayderlar uchun internet tariflari narxi 30 barobar, ya’ni 2017-yildagi 90 dollardan
2022-yilda 3 dollargacha arzonlashdi;
optik tolali aloqa liniyalarining umumiy uzunligi 7 barobar oshib, 2017-yildagi 24,5 ming
km dan 2022-yilda 170 ming km gacha yetdi;
mobil tayanch stansiyalar soni qariyb 3 barobar ko‘paydi va 2022-yilda 54 mingtaga yetdi;
2022-yilda aholining 75 foizi internetdan foydalanish imkoniga ega bo‘ldi. 2017-yilda bu
ko‘rsatkich 34,5 foiz edi;
Uyali aloqa tarmoqlari abonentlari ulushi 2017-2022 yillarda 70 foizdan 86 foizga (o‘sish
1,2 barobar) ko‘tarildi.
Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish (2026-yil oxirigacha uning YAIMdagi ulushini kamida
2,5 barobarga oshirish) “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasida asosiy “drayver” sifatida
belgilangan. Ushbu maqsadga erishish uchun raqamli xizmatlar bozori va infratuzilmasini
rivojlantirishga qaratilgan bir qator kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqildi. Shu jumladan:
dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarishni 5 barobar, eksportini esa 10 barobar, ya’ni 500
million AQSh dollariga yetkazish rejalashtirilgan.
iqtisodiyotning real sektoridagi ishlab chiqarish va operasion jarayonlarda, moliya va bank
sektorlarida raqamlashtirish darajasini 70% ga yetkazish belgilangan.
shaharlarni rejalashtirish va qurilishni raqamlashtirish, ularni “Aqlli shahar” konsepsiyasi
doirasida rivojlantirishga ustuvor ahamiyat berish ko‘zda tutilgan.
Shunday qilib, raqamli infratuzilmani yanada takomillashtirish sifatli iqtisodiy o‘sishni
ta’minlash, biznes imkoniyatlarini kengaytirish, shuningdek, aholining ta’lim, xizmatlar va onlayn
bandlikdan foydalanish imkoniyatlarini oshirishda yordam beradi
Yuqoridagi tadqiqot natijalaridan ma’lum boʻladiki, bugungi kunda Oʻzbekiston sharoitida
internetdan foydalanish koʻlami har tomonlama ortib, rivojlanib bormoqda va foydalanuvchilar
soni ham umumiy aholi soniga nisbatan ancha koʻtarilgan.
2017-2019 yillarda aholisining katta qismi, jumladan, yoshlar juda tez sur’atlarda internet
tarmogʻiga kirib keldi. Bu oʻz navbatida koʻplab muammolarni keltirib chiqarmoqda.
Ijtimoiy informatikaning keskin rivojlanishi jamiyat taraqqiyotiga ham ijobiy ham salbiy
ta’sirlari bilan dunyo axborot ommasini hushyorlikka talab qilmoqda.
“Ijtimoiy informatika” atamasi 1996 yilda AQShda ommaviy muhokamalar chog‘ida
“kompyuterlashtirishning ijtimoiy oqibatlari”, “kompyuterlashtirishning ijtimoiy tahlili” va
“jamiyatdagi axborot tizimlari” kabi tushunchalarni birlashtirish orqali tizimlashtirilgan holda
kiritilgan.
2025 -Yil
13-Fevral
RAQAMLI DUNYO: MATEMATIK VA INFORMATIK
YONDASHUVLAR
Respublika ilmiy-uslubiy konferensiyasi
90
Bu informatika fanining alohida ilmiy yo‘nalishi bo‘lib, uning vazifasi
axborot
texnologiyalarining jamiyatga taʼsiri va ijtimoiy oqibatlarini, jumladan, kompyuter va kitob
adabiyotlari nisbatidagi o‘zgarishlar, aloqa, hizmat ko‘rsatish sohalari, axborot xavfsizligi
hamda ta‘lim sohasiga ta’siri va yuzaga keladigan muammolarni bartaraf qilish yo‘llarini
ishlab chiqishdan
iboratdir.
To‘rtinchi axborot inqilobi ya’ni mikroprotsessorli texnika va xususan, personal
kompyuterlarning paydo bo‘lishi natijada paydo bo‘lgan tadqiqot sohasi - axborot jamiyati
ijtimoiy informatikaning paydo bo‘lishining zaruriy shartlari deb hisoblanishi mumkin. 1996 yilda
ijtimoiy informatikaning dolzarb muammolarini ishlab chiqish uchun turli institutlar olimlarining
sa’y-harakatlarini birlashtirgan Xalqaro Ijtimoiy Informatika Instituti (International Institute of
Socio-informatics- IISI) tashkil etildi. Xalqaro Ijtimoiy-Informatika Instituti (IISI) axloqiy,
huquqiy va ijtimoiy jihatlarga alohida e’tibor qaratgan holda ijtimoiy tizimlarni qo‘llab-quvvatlash
uchun kompyuter dasturlarini ishlab chiqishni tadqiq qilish uchun tashkil etilgan.
Foydalanuvchilarga yo‘naltirilgan texnologiyani ishlab chiqish, ishtirokchi tadqiqotlar va
ELSI
1
bo‘yicha o‘n yillik tajribaga ega bo‘lgan tadqiqotchilarning fanlararo jamoasi kompyuter
fanlari, sotsiologiya, psixologiya, ta’lim va iqtisod kesishmasidagi masalalar bo‘yicha tadqiqotlar
olib boradi. AQShda Axborot fanlari va texnologiyalari assotsiatsiyasi (Association for
Information Science & Texnology –ASIS&T
2
) informatika fanining ushbu yo‘nalishini o‘rganadi.
Ijtimoiy informatikaning bugungi kundagi asosiy vazifasi kompyuter fanlari, sotsiologiya,
psixologiya, ta’lim va iqtisod kesishmasidagi masalalarni foydalanuvchilarga imkon qadar yaqqol
yetkazib berish va bu borada vujudga keladigan muammolarni hal qilishdan iboratdir.
Barcha sohalarda media vositalardan va sun’iy intelekt tizimidan keng foydalanishning
ijobiy va salbiy taraflari mavjud bo‘lib, salbiy taraflaridan biri yoshlarning dangasa va tayyor
yechimli ishlarga qiziqishining ortib borishidir. Bugun kuzatishlar shuni ko’rsatmoqdaki ko’plab
yoshlarda izlanish, o‘z ustida ishlash, ilmiy tadqiqotlar olib borishga qiziqish susayib bormoqda.
Bundan tashqari uy vazifalar, ilmiy maqolalar, mustaqil ishlar va ta’limga taaluqli barcha
topshiriqlarni bajarishda sun’iy intelekt yordamiga tayanib qolishmoqda. Zamonaviy raqamli
texnologiyalar va sun’iy intelekt yordamidan unumli foydalanish, yo‘llanma va usullarni olish
hamda takomillashtirish ish jarayonini tezlashtiradi va vaqatni tejaydi, albatta. Bunday
imkoniyatlardan kerakli maqsadlarda unumli foydalanish albatta zarur, lekin izlanish,
mediamadaniyatni oshirish, internet savodxonligi kabi hislatlarni ham unutmaslik lozim.
Internetdan foydalanish maqsadi va vaqtini to‘g‘ri belgilamaslik bugungi kunda yoshlar
o‘rtasida internetga tobelik, elektron geymerlik (kompyuter o‘yinlariga mukkasidan ketish), Web-
storfing (tarmoqlar bo‘ylab to‘xtovsiz sayohat qilish), o‘z hayotini internetda ideallashtirib
ko‘rsatish kabi salbiy illatlarning rivojlanib ketishiga sabab bo‘lmoqda.
1
ELSI tadqiqot dasturi odamlar, oilalar va jamoalar uchun genetik va genomik tadqiqotlarning axloqiy, huquqiy va
ijtimoiy oqibatlari bo'yicha fundamental va amaliy tadqiqotlarni rivojlantiradi.
2
ASIS&T ta'lim, tadqiqotlar, nashrlar va doimiy ta'lim orqali e'tibor, imkoniyat va qo'llab-quvvatlash orqali a'zolarga
o'z ko'nikmalarini oshirish va martabalarini rivojlantirishga yordam
berish orqali axborot fanlari va axborot
texnologiyalarining shunga o'xshash ilovalarini rivojlantiradi. Bugungi kunda tashkilot tarkibiga muhandislik,
tilshunoslik, kutubxonachilik, ta’lim, kimyo, informatika va tibbiyot kabi turli sohalardagi mutaxassislar kiradi.
Tashkilot a'zolari "jamiyatning axborotni saqlash, olish, tahlil qilish, boshqarish, arxivlash va tarqatish usullarini
yaxshilashdan umumiy manfaatdorlik"ga ega.
2025 -Yil
13-Fevral
RAQAMLI DUNYO: MATEMATIK VA INFORMATIK
YONDASHUVLAR
Respublika ilmiy-uslubiy konferensiyasi
91
Foydalanilgan manbalar:
1.
Shoxista A., Shaxnoza A. EMPOWERING THE FUTURE: THE ROLE OF DIGITAL
TECHNOLOGIES IN SUPPORTING BUSINESS AMONG YOUNG PEOPLE //Galaxy
International Interdisciplinary Research Journal. – 2024. – Т. 12. – №. 1. – С. 23-32.
2.
Shoxista A., Shaxnoza A. THE TRANSFORMATIVE POWER OF DIGITAL
TECHNOLOGIES: A CATALYST FOR YOUTH EMPOWERMENT AND BUSINESS
SUCCESS //SCIENTIFIC APPROACH TO THE MODERN EDUCATION SYSTEM. –
2024. – Т. 2. – №. 21. – С. 121-126.
3.
Shoxista A., Shaxnoza A. NURTURING CREATIVE MINDS: THE DEVELOPMENT OF
HUMAN CAPITAL THROUGH EDUCATION //SCIENTIFIC APPROACH TO THE
MODERN EDUCATION SYSTEM. – 2024. – Т. 2. – №. 21. – С. 127-130.
4.
Sh. Axmadaliyeva SHAXSNING TA’LIM TARBIYASI VA RIVOJLANISHIDA
ZAMONAVIY RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING VA PEDAGOGIK DASTURIY
VOSITALARNING ROLI. Modern Science and Research 3 (12), 1027-1031 30.05.2024 –
C.1535-1538.
5.
Асадов К.У., Холбоев И.А. WEB технологии в организации учебного процесса на
примере курса «Численные методы и программирование» / ВЫСШАЯ ШКОЛА
(Научно-практический журнал). 2017. N 11. P. 83-84.
6.
https://nsp.gov.uz/organizations/watch?id=6087
7.
Xalqaro Ijtimoiy Informatika Instituti (International Institute of Socio-informatics- IISI)
sayti:
https://aniq.uz/uz/yangiliklar/uzbekistonning-raqamli-infratuzilmasida-ruy-bergan-
uzgarishlar-tahlil
