2025 -Yil
13-Fevral
RAQAMLI DUNYO: MATEMATIK VA INFORMATIK
YONDASHUVLAR
Respublika ilmiy-uslubiy konferensiyasi
97
MATEMATIK REBUSLAR
Ibadullayevna Shahnoza Ibadullayevna
TMC insitituti,
“Amaliy matematika va informatika” kafedrasi katta o’qituvchisi
Abdullayeva Xafiza Qudratilla qizi
TMC insitituti,
“Boshlang’ich ta’lim” yo’nalishi 3-kurs talabasi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.14846030
Anotatsiya.
Mazkur maqola matematik rebuslarning o‘quvchilarni ta’lim jarayonida
rivojlantirishdagi ahamiyatini tahlil etadi. Matematik rebuslar matematik fikrlash va mantiqiy
tafakkurni rivojlantirishga yordam beradigan vositadir. Rebuslarni yechish orqali o‘quvchilar
nafaqat matematik bilimlarini mustahkamlaydi, balki mantiqiy va analitik yondashuvlarni ham
shakllantiradilar. Maqolada matematik rebuslar turlari, ularning foydasi va o‘quvchilarda
fikrlash qobiliyatlarini qanday rivojlantirishi haqida so‘z boradi.
Tayanch so’zlar:
Matematik rebuslar, mantiqiy tafakkur, aqlni sinash, matematik o‘yinlar,
analitik fikrlash, mantiqiy yondashuv, arifmetik rebuslar, rasmli rebuslar, so‘zli rebuslar,
matematik muammolar, ta’lim metodlari.
Ключевые слова:
математические ребусы,логическое мышление,испытание
разума,математические
игры,
аналитическое
мышление,логический
подход,арифметические ребусы,графические ребусы, словесные ребусы, математические
задачи, методы обучения.
Key words:
Mathematical puzzles, logical thinking,testing the mind,mathematical
games,analytical thinking,logical approach, arithmetic puzzles,pictorial puzzles,verbal
puzzles,mathematical problems,teaching methods.
Matematika mashg‘ulotlari o‘quvchilarga ko‘plab muammolar tug‘diradigan eng
murakkab fan sifatida qaraladi. Ammo, oddiy og‘zaki hisoblash qobiliyatlari va turli matematik
usullarsiz, kelajakda an’anaviy tarzda yashashning imkoni yo‘q.
Surat, harf va baʼzi bir shartli belgilar vositasida ifoda etiladigan topishmoq rebus deb
ataladi.
Matematik rebuslar - bu o‘quvchilarning aqlini sinash va ularning mantiqiy tafakkurini
rivojlantirishga yordam beradigan ajoyib vositadir. Ushbu rebuslar nafaqat matematikani
o‘rgatadi, balki murakkab masalalarni analitik yondashuv orqali hal qilishni o‘rgatadi. Rebuslar
turli xil bo‘lib, ular sonli, rasmli va so‘zli bo‘lishi mumkin. Har bir turdagi rebus o‘quvchilarga
o‘zlarining mantiqiy fikrlash va yaratuvchanlik qobiliyatlarini rivojlantirish imkoniyatini beradi.
O‘quvchilar uchun matematik rebuslarni yechish nafaqat qiziqarli, balki ularning
mustahkam bilimlar va mantiqiy qobiliyatlarini shakllantirishga yordam beradi.
Matematik rebuslar - bu maxsus tuzilgan matematik masalalar yoki mantiqiy o‘yinlardir.
Ularni yechish uchun o‘quvchilarni qiyin masalalarni o‘zlashtirishga, hisoblash va
mantiqiy fikrlashga undash kerak. Amerikalik yozuvchi va matematik Martin Gardner:
“Matematik rebuslar odamlarni o‘ylashga undaydi, ular aqliy va mantiqiy jarayonlarni
rivojlantirish uchun ajoyib vositadir.
2025 -Yil
13-Fevral
RAQAMLI DUNYO: MATEMATIK VA INFORMATIK
YONDASHUVLAR
Respublika ilmiy-uslubiy konferensiyasi
98
Bu turdagi masalalar nafaqat matematik bilimlarni, balki kreativ fikrlashni ham
rivojlantiradi.”deydi. Rebuslar o‘quvchilarga qiziqarli va samarali tarzda matematik bilimlarni
o‘rganish imkonini beradi.
John D. Cook: “Matematik rebuslar turli xil shakllarda bo‘ladi: sonli rebuslar o‘quvchilarga
oddiy arifmetikani o‘rgatadi, rasmli rebuslar esa tasavvurni rivojlantiradi va mantiqiy fikrlashni
oshiradi. Har bir turdagi rebus matematik bilimlarni mustahkamlashda va tahliliy yondashuvni
rivojlantirishda samarali vosita hisoblanadi.” Bularga misollar esa:
1. Sonli rebuslar: Bu rebuslar arifmetik amallar va sonlar yordamida tuzilgan. Masalan, "5
+ 3 * 2 = ?" kabi oddiy matematik masalalarni yechish talab qilinadi.
2. Rasmli rebuslar: Bu turdagi rebuslarda tasvirlar va grafik elementlar matematik
ifodalarni taqdim etadi. Rebusni yechish uchun rasmga asoslangan fikrlash kerak bo‘ladi. Masalan,
bir nechta matematik ramzlardan tashkil topgan rasmni to‘g‘ri tushunish va uni matematik ifodaga
aylantirish zarur.
3. So‘zli rebuslar: Bu rebuslar so‘zlar orqali matematik muammolarni taqdim etadi.
Masalan, "Agar 4 odam 10 soat davomida ishlasa, nechta ish tugallanadi?" kabi savollarga
javob topish kerak
.
4. Sehrli kvadratlar ( uchburchaklar)
Satr va ustun sonlariga teng bo’lgan jadval chiziladi.Jadval kataklari 1 sonidan boshlab
ketma-ket natural sonlar bilan to’ldiriladi.Bunda agar kataklar ichidagi sonlarni gorizontal,vertikal
va diagonal yig’indisi hisoblanganda bir xil son chiqsa sehrli kvadrat deyiladi.
Matematik rebuslarni yechishning ahamiyati:
-
mantiqiy tafakkurni rivojlantiradi. Rebuslarni yechish mantiqiy fikrlashni va masalalarni
tizimli ravishda hal qilishni talab qiladi.
-
rebuslar orqali o‘quvchilar masalalarni bir necha qadamda yechish usullarini o‘rganadilar.
Douglas Hofstadter “Rebuslarni yechish orqali o‘quvchilar murakkab vaziyatlarga ilg‘or
yondashuvlarni kashf etadilar. Bu ularning fikrlash usullarini kengaytiradi va matematik
tafakkurni rivojlantirishda muhim vosita hisoblanadi.”
Rebuslarni yechish, matematikani yanada qiziqarli va samarali o‘rganish imkoniyatini
beradi.
Matematik rebuslarni yechish misollari:
1. Sonli rebus:
"7 * 3 + 4 = ?"
Javob: 25
2. Topshiriqlarda harflar o’rnida sonlarni qo’yib
natijani hisoblash kerak ( bunda bir xil harflar bir xil
raqamlarni bildiradi).
Yechilishi:
4+7=11
2025 -Yil
13-Fevral
RAQAMLI DUNYO: MATEMATIK VA INFORMATIK
YONDASHUVLAR
Respublika ilmiy-uslubiy konferensiyasi
99
3. Bu topshiriqda bir va ikki xonali sonlar yig’indisini
topish ko’rsatilgan.
Yechilishi:
6+66= 72
Bunday topshiriqlarni bajarishda bir xil raqamlar
o’rniga bir xil sonlar qoyilishiga e’tibor qaratilishi lozim.
Topshiriqlarni soddadan murakkabga qarab doimiy
foydalanib borish o’quvchilarda ijodiy fikrlashni, topqirlik
va tezkorlikni rivojlantiradi.
2. Rasmli rebus:
1. (Bir varaq qog‘oz rasmida 3 dona olma va 4 dona apelsin mavjud) → 3 + 4 = 7
Javob: 7
2. Bu rebusni yechimini topish o’quvchilarda
mantiqiy fikrlash , to’g’ri qaror qabul qilish, topqirlik
ko’nikmalarini shakllanishiga yordam beradi.
3. Rasmli rebuslar bilan ishlash jarayonida ham
topshiriqlarni soddadan murakkabga qarob olib
borish
o’quvchlarni
diqqatni
jamlash
va
sinchkovlikni shakllantiradi.
3. So‘zli rebus:
1. "Agar 5 odam 2 soatda 5 ishni tugatsa, 10 odam 4
soatda nechta ish tugatadi?"
Javob: 40 ish
2. Hayvonotning bog‘ida, Ellikda erur boshi,
Beda kemtir quyonlar. Bir yuz qirqta oyog‘i.
Qirg‘ovullar sayr qilib, Qancha quyon, qirg‘ovul,
Xotirjam yurar donlab. Toping, Bahrom, buyog‘in?
Javob: 20 ta quyon, 30 ta qirg’ovul
4. Sehrli kvadratlar (uchburchaklar)
Quyidagi kvadratni 3 ming yillar oldin xitoyik olimlar o’ylab topishgan ekan, unda 1 dan
9 gacha bo’lgan sonlar yig’indisi eniga ham, bo’yiga ham, diagonaliga ham 15 ga teng bo’ladi.
2025 -Yil
13-Fevral
RAQAMLI DUNYO: MATEMATIK VA INFORMATIK
YONDASHUVLAR
Respublika ilmiy-uslubiy konferensiyasi
100
4
9
2
3
5
7
8
1
6
Matematik rebuslar ta’lim jarayonida o‘quvchilarni faollashtirish va ularning mantiqiy
tafakkurini rivojlantirishda muhim vositasi ekaniligini va ularni yechish orqali o‘quvchilar
matematik bilimlarni, yaratishi va analitik fikrlashni o‘rgatish mumkinligini, shu bilan birga,
rebuslar o‘quvchilarga qiziqarli va samarali tarzda mantiqiy muammolarni hal qilishni o’rgatadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Sadullayev A.T “ Rebus” o’quv qo’llanma, “ Avangard Baspa”, Nukus-2023 yil
ихомирова Л.Ф. Математика в начальной школе: развивающие игры, задание,
упражнения. Пособие для учителей начальных классов, воспитателей детских
садов. Тч Сфера, 2002
3.
Perelman Yakov. Qiziqarli matematika. Matematikaga doir hikoyalar va jumboqlar.
«Sharq», 2016. - 176 b
