Authors

  • Marvarid Nurbayeva

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.65371

Keywords:

ta’lim tarbiya barkamol shaxs ma’naviy meros komil inson.

Abstract

Ta’lim jarayonida tarbiyaning o‘rni juda muhim. Maqola o‘zbek xalqining ta’lim-tarbiyaga oid boy merosga ega ekanligi, avlodlarda insoparvarlik, kamtarlik, mehnatsevarlik, do‘stlik, mehr-oqibat, birodarlik, odoblilik kabi umuminsoniy fazilatlarni tarbiyalash xalqning oliy maqsadi bo‘lganligi va bu borada ma’rifatparvar shoir Abdulla Avloniyning qarashlari talqiniga bag‘ishlangan.

background image

2025 -Yil

13-Fevral

RAQAMLI DUNYO: MATEMATIK VA INFORMATIK

YONDASHUVLAR

Respublika ilmiy-uslubiy konferensiyasi

328


ABDULLA AVLONIY QARASHLARIDA MILLIY PEDAGOGIKANING ROLI

Nurbayeva Marvarid Tavakkalovna

Texnologiya, menejment va kommunikatsiya instituti

Pedagogika va psixologiya kafedrasi

katta o‘qituvchisi, telefon: +998914546376

https://doi.org/10.5281/zenodo.14854928

Annotatsiya.

Ta’lim jarayonida tarbiyaning o‘rni juda muhim. Maqola o‘zbek xalqining

ta’lim-tarbiyaga oid boy merosga ega ekanligi, avlodlarda insoparvarlik, kamtarlik,
mehnatsevarlik, do‘stlik, mehr-oqibat, birodarlik, odoblilik kabi umuminsoniy fazilatlarni
tarbiyalash xalqning oliy maqsadi bo‘lganligi va bu borada ma’rifatparvar shoir Abdulla
Avloniyning qarashlari talqiniga bag‘ishlangan.

Kalit so‘z:

ta’lim, tarbiya, barkamol shaxs, ma’naviy meros, komil inson.

Zamon va davr talabi har qanday jamiyatda, eng avvalo, komil, barkamol shaxsni

tarbiyalashni, kamolga yetkazishni taqozo etadi. Ilm-ma’rifat taraqqiyotning muhim omili
sanaladi. Zotan, qaysiki jamiyat, qaysiki davlat bo‘lishidan qat’iy nazar, uning taqdiri, kelajagi,
taraqqiyoti, albatta, farzandlari, yetishib kelayotgan yosh avlodga daxldor.
Binobarin, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilab berilganidek, “Davlat jamiyatning
madaniy, ilmiy va texnikaviy rivojlanishi haqida g‘amxo‘rlik qiladi”

1

. Bu g‘amxo‘rlikka javoban,

fuqarolar O‘zbekiston xalqining tarixiy, ma’naviy va madaniy merosini avaylab asrashga
majburdirlar.

Har bir millatning ma’naviy boyligi milliy va umuminsoniy qadriyatlarning birligidan

tashkil topadi. Ma’naviy meros – o‘tmishning yutug‘i. Uni to‘la, odilona egallash va rivojlantirish
esa hozirgi avlodlarning vazifasidir. O‘z madaniy merosini, qadriyatlarini bilmaslik yoki
mensimaslik madaniyatsizlikdir. Ularni boyitib yuksak darajaga ko‘tarishga intilmaslik esa millat
va uning istiqboli uchun katta ziyondir. Ma’naviyati yuksak darajada rivojlangan insongina
mustaqillik ravnaqi uchun kurashga o‘zida kuch va qudrat topa oladi.

O‘zbek xalqi ta’lim-tarbiyaga oid boy merosga ega bo‘lib, avlodlarda insoparvarlik,

kamtarlik, mehnatsevarlik, do‘stlik, mehr-oqibat, birodarlik, odoblilik kabi umuminsoniy
fazilatlarni tarbiyalab kelgan. Sharq mutafakkirlarining ta’lim-tarbiyaga oid asarlari ham ana
shunday boy merosga kiradi. Lekin u boy merosimizdan, undagi odob-axloqqa oid durdonalardan
yetarlicha foydalanishimiz zarur.

Hozirgi kunda oldimizda maktabdagi ta’lim-tarbiyaviy ishlarimiz sohasida bu

durdonalardan to‘laroq foydalanishdek vazifa paydo bo‘lmoqda. Maktablarda har bir sinfda har
bir haftada o‘tiladigan tarbiyaviy soatlarni ma’naviyat darslariga aylantirish bu vazifani ado etish
uchun yaxshi imkoniyatlar ochib beradi. 5-sinfdan boshlab buyuk mutafakkir allomalar:
Kaykovus, Yusuf Xos Hojib, Sa’diy Sheroziy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Abdulla
Avloniy va boshqalarning axloq-odobga oid asarlarini, xalq og‘zaki ijodi namunalarini
o‘rganishga, ularning mazmunini sharhlashga, hayot muammolarini yechish uchun ular
pandnomalarini taqqoslashga bag‘ishlansa maqsadga muvofiq bo‘lardi. Chunki jamiyatda
yashayotgan har bir kishi maktab partasida o‘tirar ekan, bu o‘gitlarni bevosita o‘rganishi ular
ongiga istasa-istamasa ta’sir etadi.

1

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. O‘RQ-837-son.

01.05.2023. IX bob, 53-modda.


background image

2025 -Yil

13-Fevral

RAQAMLI DUNYO: MATEMATIK VA INFORMATIK

YONDASHUVLAR

Respublika ilmiy-uslubiy konferensiyasi

329


Shaxsning ma’naviy madaniyatini shakllantirishga qo‘yiladigan hozirgi zamon talablarini

amalga oshirish mammolari o‘zgaruvchan xarakterga ega bo‘lib, ijtimoiy tuzum taraqqiyoti bilan
bog‘liqdir. Bu muammoni falsafa, etnografiya, adabiyot, pedagogika, psixologiya, etika, estetika
fanlari tadqiq etadi.

O‘ziga xos maqsad va vazifalar bilan jamiyat tarkibiga kirib kelgan pedagogik qarashlar

XIX – XX asrlar oralig‘idagi buyuk ma’rifiy g‘oyalar targ‘ibi bo‘ldi. Buning asoschisi sifatida bir
talay ma’rifatparvarlar orasida Abdulla Avloniyni alohida tilga olish maqsadga muvofiqdir.
Abdulla Avloniy o‘zbek adabiyoti tarixida ma’rifatparvar kuychi sifatida e’zozlanadi. Uning
she’rlari, doston va dramatik asarlari o‘zining badiiy pishiqligi, hozirjavobligi bilan ajralib turadi.
Abdulla Avloniy bolalarning ta’lim-tarbiyasiga oid ko‘plab asarlar ijod etgan. Ayniqsa, uning
“Vatan”, “Gulistondan bir manzara”, “Bola ila gul”, “Maktab bolasi”, “Yolg‘onchi cho‘pon”,
“Yalqov” kabi she’rlarida bu masala yanada yorqinroq jaranglab turadi.
Avloniy maktabi gumanistik (insonparvarlik) va erkin tarbiya asosiga qurilgan, dunyoviy va ilg‘or
ilm-fanni bolalarga o‘rgatishni o‘z oldiga asosiy vazifa qilib qo‘ygan, yoshlarni mamlakatning
ijtimoiy-siyosiy hayotiga aralasha olish qobiliyatiga ega bo‘lishini ta’minlaydigan haqiqiy xalq
maktabi bo‘ldi. Adib bu maktablar uchun darsliklar tuzdi. U “Muallimi avval”, “Muallimi soniy”,
“Maktab gulistoni”, “Turkiy guliston yoxud axloq” kitoblarining muallifi sifatida ham qadrlidir

2

.

Shu o‘rinda adibning “Turkiy guliston yoxud axloq” asarida axloq tushunchasining tarkibiga
kiruvchi bir qator muhim masalalarni tahlil etilgani haqida ba’zi mulohazalar yuritsak. Masalan,
asarda “Tarbiyaning zamoni” degan qism bor. Unda tarbiyaning uyda, so‘ngroq maktab-
madrasada olib borilishi haqida gap ketarkan, bunday ishga imkonsiz xalqning og‘ir moddiy
tirikchiligi achinish bilan qayd qilingan. “Maqsadi pul, maslagi shuhrat, yuqori maktablarda
o‘qimagan, “usuli ta’lim ko‘rmagan muallimlar”, “matlablari osh, maqsadlari chopon, darslari
beimtihon, isloh yaqinidan yurmagan mudarrislar” o‘tkir hajv ostiga olinadi. Bu bilan tarbiyani
yoshlikdan berish zarurligini, bu ishga hammani: ota-ona, muallim, hukumat va boshqalarning
kirishishi kerakligini ta’kidlaydi. “Alhosil, tarbiya bizlar uchun yo hayot – yo mamot, yo najot –
yo halokat, yo saodat – yo falokat masalasidur”

3

, - deb uqtiradi Avloniy.

“Turkiy guliston yoxud axloq” asrimiz boshlaridagi pedagogik fikr taraqqiyotidagina

emas, balki umuman bu davr ijtimoiy-estetik tafakkur rivojida ham sezilarli iz qoldirdi.
Abdulla Avloniy ta’lim va tarbiya uzviy bog‘liq ekanini ham ta’kidlaydi: “Dars ila tarbiya orasida
biroz farq bor bo‘lsa ham, ikkisi bir-biridan ayrilmaydurgan, birining vujudi biriga boylangan jon
ila tan kabidur”,-deydi. Tarbiya xususiy ish emas, ijtimoiy ishdir.
Tarbiya “pedagogiya”, ya’ni bola tarbiyasining fani demakdir.
Ilmi axloqning asosi tarbiya o‘ldug‘indan shul xususda bir oz so‘z so‘zlaymiz. Bolaning salomati
va saodati uchun yaxshi tarbiya qilmak, tanini pok tutmak, yosh vaqtidan maslakini tuzatmak,
yaxshi xulqlarni o‘rgatmak, yomon xulqlardan saqlab o‘sdurmakdur. Tarbiya qilguvchilar tabib
kabidurki, tabib xastaning badanidagi kasaliga davo qilgan kabi tarbiyani bolaning vujudidagi jahl
maraziga “yaxshi xulq” degan davoni ichidan, “poklik” degan davoni ustidan berub, katta qilmog‘i
lozimdur.

2

B. Qosimov va boshq. Milliy uyg`onish davri o`zbek adabiyoti. – T. Ma’naviyat, 2004

3

Abdulla Avloniy “Turkiy guliston yoxud axloq” – Toshkent: Yoshlar nashriyot uyi. 2018, 10-bet


background image

2025 -Yil

13-Fevral

RAQAMLI DUNYO: MATEMATIK VA INFORMATIK

YONDASHUVLAR

Respublika ilmiy-uslubiy konferensiyasi

330


Axloqimizning binosining go‘zal va chiroyli bo‘lishiga tarbiyaning zo‘r ta’siri bordur, ba’zilar
“tarbiyaning axloqqa ta’siri yo‘q, insonlar asl yaratilishida qanday bo‘lsalar, shunday o‘sarlar,
tabiat o‘zgarmas”, – demishlar.
Yomon xo‘ tuzalmaydi darmon ila,
Ipak o‘lmas ip, rangli alvon ila.
Boqing, bir daraxt mevasidur yomon,
Bo‘lur yaxshi payvand, parvo bilan.
Bilur har kishi aslini rangidan
Va yokim ulangandagi zangidan”.
Lekin bu so‘z to‘g‘ri emasdur. Chunki tarbiyaning axloqqa, albatta, ta’siri bo‘ladur. Oramizda
masal borki, “sut ila kirgan, jon ila chiqar”, mana bu so‘z to‘g‘ridur

4

.

Har bir xalqning taraqqiy qilishi, davlatlarning qudratli bo‘lishi avlodlar tarbiyasiga ko‘p jihatdan
bog‘liq, deb hisoblaydi adib. Avloniy xulqlarni an’anaviy yaxshi va yomonga ajratar ekan,
mulohazalarini Gippokrat, Platon, Aristotel, Sa’diy Sheroziy, Bedil fikrlari bilan dalillagan holda
zamonaviylikni asosiy mezon qilib oladi. Adib vatan muhabbatini, uning uchun kurashmoqni eng
yaxshi insoniy xulqlardan hisoblaydi. Vatan – bu har bir kishining tug‘ilib o‘sgan shahar va
mamlakati. Uni qadrlamoq, sevmoq, yashartmoq kerak. Shoir Vatan va unga muhabbat deganda
shuni tushungan edi. Tilga, madaniyatga muhabbat esa, har bir kishining o‘z xalqiga bo‘lgan
muhabbatidir: “Har bir millatning dunyoda borlig‘ini ko‘rsatadurgan oyinai hayoti til va
adabiyotidir. Milliy tilni yo‘qotmak millatning ruhini yo‘qotmakdur”

4

.

Tarix silsilasi Avloniyning asrlar osha yurt va millat taqdiri uchun qayg`urganini ko`rsatib turibdi.
Shunday ekan, bugungi shiddatkor davrning barkamol shaxsni kamol toptirishdek mas’uliyatli,
sharafli vazifani egallab turgan kasb egalari buyuk ajdodlarning o‘git va ko‘rsatmalariga amal
qilmog‘i, aynan Avloniy saboqlarini dasturulamal sifatida faoliyatlarida qo‘llamoqlari lozim.
Zero, Birinchi Prezidentimiz Islom Abdug‘aniyevich Karimov ta’kidlaganlaridek: “Ta’limni
tarbiyadan, tarbiyani ta’limdan ayro qo‘yib bo‘lmas”

5

.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.

Begali Qosimov, Sharif Yusupov, Ulug‘bek Dolimov, Shuhrat Rizayev, Sunnat
Ahmedov. Milliy uyg‘onish davri o‘zbek adabiyoti. Toshkent: “Ma’naviyat”. 2004.

2.

Safo Matchonov, Sharafjon Sariyev. Adabiyot. Toshkent: “Sharq”. 2011.

3.

Abdulla Avloniy. Turkiy guliston yoxud axloq. Toshkent: Yoshlar nashriyot uyi. 2018

4.

Islom Karimov Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. Toshkent: “Ma’naviyat” 2008

5.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. O‘RQ-837-son. 01.05.2023.



4

Abdulla Avloniy “Turkiy guliston yoxud axloq” – Toshkent: Yoshlar nashriyot uyi. 2018, 8-bet

5

Islom Karimov Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. Toshkent: “Ma’naviyat” 2008

References

Begali Qosimov, Sharif Yusupov, Ulug‘bek Dolimov, Shuhrat Rizayev, Sunnat Ahmedov. Milliy uyg‘onish davri o‘zbek adabiyoti. Toshkent: “Ma’naviyat”. 2004.

Safo Matchonov, Sharafjon Sariyev. Adabiyot. Toshkent: “Sharq”. 2011.

Abdulla Avloniy. Turkiy guliston yoxud axloq. Toshkent: Yoshlar nashriyot uyi. 2018

Islom Karimov Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. Toshkent: “Ma’naviyat” 2008

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. O‘RQ-837-son. 01.05.2023.