Authors

  • M.A Yusupova
  • Sh.A Abdullayeva

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.65381

Keywords:

o‘smirlik davri rivojlanish inqiroz shaxs xarakter fiziologiya.

Abstract

Ushbu maqolada o‘smirlik davridagi jismoniy va psixik rivojlanishning umumiy xususiyatlari, jinsiy yetilish jarayoni, uning psixik rivojlanishga taʼsiri hamda o‘smirlik davrida intellektual va shaxs rivojlanish xususiyatlari bo‘yicha ma’lumotlar berilgan.

background image

2025 -Yil

13-Fevral

RAQAMLI DUNYO: MATEMATIK VA INFORMATIK

YONDASHUVLAR

Respublika ilmiy-uslubiy konferensiyasi

334


O‘SMIRLIK DAVRIGI INQIROZLARNI PSIXOLOGIK TASNIFI

M.A Yusupova

Texnologiya Menejment kommunikatsiya

Instituti Pedagogika va Psixologiya fakulteti o‘qituvchisi

Sh.A.Abdullayeva

PP 22-2-guruh talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.14854946

Annotatsiya.

Ushbu maqolada o‘smirlik davridagi jismoniy va psixik rivojlanishning umu

miy xususiyatlari, jinsiy yetilish jarayoni, uning psixik rivojlanishga taʼsiri hamda o‘smirlik davr
ida intellektual va shaxs rivojlanish xususiyatlari bo‘yicha ma’lumotlar berilgan.

Kalit so‘z:

o‘smirlik davri, rivojlanish, inqiroz, shaxs, xarakter, fiziologiya.


Jamiyatimiz rivojlanishining zamonaviy bosqichlarida, ko‘proq, ulg’ayib kelayotgan

kelajak avlod tarbiyasiga qaratilayapti. Bunda “inson katta miqdordagi bilimlar egasi qilib
tarbiyalanib qolmay, balki o‘z vatanining sodiq farzandi, mehnati

va xulq-atvori jihatidan yuqori madaniyatli shaxsni” tarbiyalash kiradi. Shu sababdan ham

o‘smirlik davridagi inqiroz va xulq og‘ishlari muammosini o‘rganish bugungi kunning dolzarb
muammolaridan biridir.

1

O‘smirlik 10-11 yoshlardan 14-15 yoshlargacha bo‘lgan davrni tashkil etadi. Hozirgi

o‘smirlar jismoniy, aqliy va siyosiy jihatdan birmuncha ustunlikka ega. Ularda jinsiy yetilish,
ijtimoiylashuv jarayoni, psixik o‘sish oldinroq namoyon bo‘lmoqda. Aksariyat o‘quvchilarda
o‘smirlik yoshiga o‘tish, asosan, 5-sinflardan boshlanadi. “Endi o‘smir bola emas, biroq katta ham
emas” ayni shu ta’rif o‘smirlik davrining muhim xarakterini bildiradi.

2

O‘smirlik – bolalikdan

kattalikka o‘tish davri bo‘lib, fiziologik va psixologik jihatdan o‘ziga xos xususiyatlari bilan
xarakterlanadi. Bu bosqichda bolalarning jismoniy va psixik taraqqiyoti juda tezlashadi, hayotdagi
turli narsalarga qiziqishi, yangilikka intilish ortadi, xarakteri shakllanadi, maʼnaviy dunyosi
boyiydi, ziddiyatlar avj oladi. O‘smirlik balog‘atga etish davri bo‘lib, yangi hislar, sezgilar va
jinsiy hayotga taalluqli chigal masalalarning paydo bo‘lishi bilan ham xarakterlanadi.

Bu rivojlanishda o‘smir rivojida keskin o‘zgarishlar ro‘y bera boshlaydi. Bu o‘zgarishlar

fiziologik hamda psixologik o‘zgarishlardir. Bo‘yga o‘sish bir tekis bormaydi: qiz-bolalar 5-7 sm
o‘ssalar, o‘g‘il bolalar 5-10 sm o‘sadilar. Bo‘yiga qarab o‘sish paysimon ilik suyaklarning
uzunlashishi va umurtqa qismining kattalashishi hisobiga ro‘y beradi. Garchi bu davrda mushaklar
tez surʼat bilan o‘ssa ham, mustahkamlashsa ham, lekin baribir oyoq va qo‘l suyaklarining o‘sish
surʼati orqada qoladi. O‘smirlarda bu xususiyat ularning beso‘naqay xatti-harakatlarida, yurish-
turishlaridagi qo‘pollikka, katta-katta odim tashlashlariga sabab bo‘ladi. Organizmdagi
o‘zgarishlar bevosita o‘smir endokrin sistemasining o‘zgarishlari bilan bog‘liqdir. Bu davrda ichki
sekretsiya bezlaridan biri gipofiz bezining funksiyasi faollashadi. Uning faoliyati organizm
to‘qimalarining o`sishi va muhim ichki sekretsiya bezlarining (qalqonsimon bez, buyrak usti bezi
va jinsiy bezlar) ishlashini kuchaytiradi. Kislorod yetishmasligi natijasida ruhiy faoliyatga putur
etadi. Bu davrda yurak kengayishi bilan qon tomirlari ham yo‘g‘onlashadi. Qon aylanish

1

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 1, ISSUE 5, 2023. AUGUST

2

YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo 99-b.


background image

2025 -Yil

13-Fevral

RAQAMLI DUNYO: MATEMATIK VA INFORMATIK

YONDASHUVLAR

Respublika ilmiy-uslubiy konferensiyasi

335


sistemasining qayta qurilishi, vegetativ nerv sistemasidagi barqarorlik qon aylanishini buzadi va
o‘smirda baʼzi qon bosimining ortishi ro‘y beradi.

O‘smirlar o‘zlarini kattalardek tutishga harakat qiladilar. Ular o‘zlarining layoqat, qobiliyat

va imkoniyatlarini maʼlum darajada o‘rtoqlari va o‘qituvchilariga ko‘rsatishga intiladilar. Bu
holatni oddiy kuzatish yo‘li bilan ham osongina ko‘rish mumkin. O‘smirlik davri “o‘tish davri”,
“krizis davr”, “qiyin davr” kabi nomlarni olgan psixologik ko‘rinishlari bilan xarakterlanadi.
Chunki, bu rivojlanishdagi o‘smirlarning xatti-harakatida muqobil, yangi sharoitlarda o‘z o‘rnini
topa olmaganligidan psixik portlash hollari ham kuzatiladi. O‘z davrida L.S.Vigotskiy bunday
holatni “psixik rivojlanishdagi krizis” deb nomlagan.

3

Inqiroz - bu odamning uzoq vaqt davomida o‘zidan va tashqi dunyo bilan bo‘lgan

munosabatlaridan noroziligidan kelib chiqadigan ruhiy buzuqlik holati. Inqiroz – bu insonning
asosiy hayotiy qadriyatlari va ehtiyojlariga ta'sir qiladi, insonning ichki hayotining asosiy
xususiyatiga aylanadi va kuchli hissiy tajribalar bilan birga keladi. Odatiy hayot tarzini buzadigan,
tartibsiz yoki hatto imkonsiz qiladigan inqiroz odamdan o‘z hayotini eng muhim tarkibiy
qismlarini qayta ko‘rib chiqishni, o‘z hayotiy maqsadlarini, boshqalar bilan bo‘lgan
munosabatlarini, turmush tarzini va boshqalarni qayta ko‘rib chiqishni talab qiladi. Inqiroz – bu
inson uchun hayotiy vazifadir va uni hal qilish natijasi ko‘pincha hayotning yangi fazilatlarining
paydo bo‘lishiga aylanadi.

4

O‘smirlik davriga ko‘pincha so‘zga kirmaslik, o‘jarlik, tajanglik, o‘z kamchiliklarini tan

olmaslik, urushqoqlik kabi salbiy xususiyatlar xosdir. O‘smirlar hayotda, ekranda va kitoblarda
kattalarning mustaqilligini va erkinligini, ularning katta va qiziqarli ishlarini, dadil harakatlarini,
qahramonliklarini, atrofdagilar orasidagi obro‘larini ko‘radilar hamda havas qiladilar. O‘smirda
katta rivojlanishli odam bo‘lishga yoki hech bo‘lmaganda katta rivojlanishli odam bo‘lib
ko‘rinishga qiziqish, intilish paydo bo‘ladi va bu xohishni amalga oshirish unga osondek bo‘lib
ko‘rinadi. O‘smirlarning ehtiyojlari va imkoniyatlarining o‘zaro mos kelmasligi o‘smirlar bilan
ota-onalari, o‘qituvchilari va boshqa murabbiylari o‘rtasida qarama-qarshilikni keltirib chiqaradi.

O‘smir o‘zining juda ko‘p istaklari, “xohlayman”larini amalga oshirishga intiladi: katta

rivojlanishli odamlar ega bo‘lgan hamma narsalardan foydalanishga, erkin, mustaqil va ozod
bo‘lishga intiladi. Tevarak-atrofdagi odamlarga o‘zining ahamiyatga ega ekanini ko‘rsatish uchun
u kuchli, qo‘rqmas va epchil bo‘lishga intiladi. Tarbiyachilar ham o‘z tarbiyalanuvchilari xuddi
shunday bo‘lishlarini istaydilar, ammo ular ana shu fazilatlarning faqat “kerakligi” uchun shunday
bo‘lishini istaydilar. Аna shunday “xohlayman” va “kerak” o‘rtasidagi qarama-qarshiliklar baʼzan
oilada, maktabda, keskin ziddiyatli vaziyatlarni yuzaga keltiradi. Tarbiyalangan odamda
“xohlayman” faqat “kerak”ni bajarish orqaligina amalga oshiriladi. Аgar o‘smir bola tushunishga
o‘rgatilmagan bo‘lsa va “kerak” bo‘lgan narsani bajarishga odatlanmagan bo‘lsa, u
o‘zboshimchaligini namoyon qilish orqali tarbiyachilarning talablariga qarshilik qiladi hamda
o‘zining shaxsiy asoslanilmagan xohishlari asosida ish tutadi. O‘smirning yangi huquqlarga
davosi, avvalo, kattalar bilan o‘zaro munosabatlarning butun muhitiga oid bo‘ladi. O‘smir avval
bajonidil bajaradigan talablarga endi qarshilik ko‘rsata boshlaydi: uning mustaqilligini

3

OʻZBEKISTON DАVLАT JАHON TILLАRI UNIVERSITETI PEDАGOGIKА VА PSIXOLOGIYA KАFEDRАSi RIVOJLANISH

PSIXOLOGIYA fani boʻyicha O‘QUV –USLUBIY MAJMUА Toshkent – 2022. 130 b.

4

YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo 100-b.


background image

2025 -Yil

13-Fevral

RAQAMLI DUNYO: MATEMATIK VA INFORMATIK

YONDASHUVLAR

Respublika ilmiy-uslubiy konferensiyasi

336


cheklashganda, vasiylik qilishganda, yo‘naltirishganda, nazorat qilishganda, quloq solishni talab
qilishganda,

jazolashganda,

uning

qiziqishlari,

munosabatlari

va

fikrlari

bilan

hisoblashishmaganda u juda xafa bo‘ladi va norozilik bildiradi. O‘smirda o‘z qadrini bilish hissi
paydo bo‘ladi va u o‘zini kamsitish, mustaqillik huquqidan mahrum qilish mumkin bo‘lmagan
inson, deb biladi.

O‘smirlik davriga kimningdir xatti-harakatini imitatsiya - qilish xosdir. Ko‘pincha ular

o‘zlariga tanish va yoqadigan kattalarning xatti-harakatlariga imitatsiya, taqlid qiladilar. O‘smirlar
bu davrda chekish hamda spirtli ichimliklarga qiziqib qolishlari ham mumkin. O‘smir katta odam,
shuningdek, chekuvchi, ichuvchi singari yangi rollarda o‘zini noqulay his qiladi. Psixik rivoji
jihatidan bolalarga yaqin, lekin ehtiyojlari jihatidan kattalarga yaqin bo‘lgan o‘smirda juda ko‘p
noqulay va tashvishga tushuvchi holatlar bo‘ladi va ular o‘smirda krizisni yuzaga keltirib
chiqaradi.

O‘rtoqlarining taʼsiri ostida o‘smir o‘zining ehtiyojlari va istaklarini qondirishi mumkin.

Аgarda bundan qanoatlanish unga katta mamnunlik bag‘ishlasa, bunday hollarda uning baʼzi bir
harakat yoki qiliqlarga nisbatan bo‘lgan tasodifiy qiziqishlari dastavval ishtiyoqga, undan keyin
ehtiros yoki odatga aylanishi mumkin. Аna shunday yo‘l bilan o‘quvchilarda, masalan,
matematikaga, fizika yoki ximiyaga, duradgorlik, slesarlik yoki qandaydir boshqa bir ishlarga
nisbatan ishtiyoq yuzaga keladi, ammo o‘quvchilar xuddi shunday yo‘l bilan yolg‘onchilikka,
bezorilikka va boshqa axloqsiz xatti-harakatlarga ham o‘rganib qolishlari mumkin.

”Oltinchi sinf muammolari”ga bag‘ishlangan tadqiqot ishida shu Rivojlanishdagi

bolalarning xulq-atvor xususiyatlari va turli xil fanlar bo‘yicha o‘zlashtirishning pasayishi bilan
bog‘liq bo‘lgan muammolarning o‘sib borishi quyidagicha namoyon bo‘lgan: Oltinchi sinf
o‘quvchilari to‘rtinchi sinfga nisbatan 6 marta ko‘proq qaysarlik qilishlari, 10 marta ko‘proq
o‘qituvchilarga qarshilik ko‘rsatishlari, 7 marta ko‘proq boshqalar irodasiga to‘sqinlik qilishlari,
9 marta ko‘proq boshqalar kamchiliklariga eʼtibor berishlari, 5 marta ko‘proq faqat o‘z xohish-
istaklariga bo‘ysunishlari va nihoyat 42 marta ko‘proq o‘z xatti-xarakatlari motivlariga ega
bo‘lmasliklari aniqlangan. ( Krakovskiy А.P. 1970 )

O‘smirlar kattalarning ularga bildiradigan ishonchlariga katta ehtiyoj sezadilar.

Kattalarning o‘smir rivojlanishdagilarga taʼsir ko‘rsatishi, tarbiya berishi uchun eng qulay sharoit
- bu umumiy mehnat bilan shug‘ullanishdir. Аgar kichik rivojlanishdagi bolalar yordamchi bo‘lish
rollaridan qoniqsalar, o‘smirlar, ayniqsa katta o‘smirlar kattalar bilan teng ravishda faoliyat
ko‘rsatayotganlaridan, lozim bo‘lganda ularning o‘rnilariga ham ishlay olishlaridan qoniqadilar.
Kattalar o‘smirlar bilan do‘stona, uni to‘la tushungan holda va aql bilan rahbarlik qilsalar, bunga
o‘smirlar ijobiy qaraydilar, lekin bu rahbarlik kattaning xohish-istagi ustunligida kechsa, unday
holda ular to‘la qarshilik ko‘rsatadilar. Bu qarshilik ko‘pincha salbiy natijalarga, baʼzan depressiya
holatini ham yuzaga keltirishi mumkin. Bu holat ko‘pincha ota-onasi avtoritar munosabatda
bo‘luvchi o‘smirlarning oilalarida uchraydi. Bunday oilalarda tarbiyalanayotgan o‘smirlar hayotda
mustaqil holda harakat qilishlari, o‘z rejalarini amalga oshirishlari, qiyin masʼuliyatni o‘z
zimmalariga olishlari birmuncha qiyin kechadi.





background image

2025 -Yil

13-Fevral

RAQAMLI DUNYO: MATEMATIK VA INFORMATIK

YONDASHUVLAR

Respublika ilmiy-uslubiy konferensiyasi

337


Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

“Journal od science-innovative reseaech in Uzbekistan” Jurnali volume 1, Issue 5,
2023.August

2.

Yosh olimlar ilmiy-amaliy konferensiyasi in academy.uz/index. php/yo 99-b.

3.

Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti pedagogikasi va psixologiya kafedrasi
rivojlanish psixologiya fani bo`yicha o`quv uslubiy majmua. Toshkent – 2022. 130 b.

4.

Yosh olimlar ilmiy-amaliy konferensiyasi in-academy.uz/index.php/yo 100-b.

References

“Journal od science-innovative reseaech in Uzbekistan” Jurnali volume 1, Issue 5, 2023.August

Yosh olimlar ilmiy-amaliy konferensiyasi in academy.uz/index. php/yo 99-b.

Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti pedagogikasi va psixologiya kafedrasi rivojlanish psixologiya fani bo`yicha o`quv uslubiy majmua. Toshkent – 2022. 130 b.

Yosh olimlar ilmiy-amaliy konferensiyasi in-academy.uz/index.php/yo 100-b.