Authors

  • Sojida Vaxabova
  • Gavhar Yuldosheva

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.65395

Abstract

Xotira — idrok etilgan narsa va hodisalarni yoki oʻtmish tajribalarni esda qoldirish va zarur boʻlganda tiklashdan iborat psixik jarayon. Xotira eng yaxshi damlarni esda qoldiradi. U nerv sistemasi xususiyatlaridan biri boʻlib, tashqi olam voqealari va organizm reaksiyalari haqidagi axborotni uzoq saqlash hamda uni ong faoliyatida va xulq, xatti-harakat doirasida takroriy qobiliyatida namoyon boʻladi.Xotira individning oʻz tajribasida esda olib qolishi, esda saqlashi va keyinchalik uni yana esga tushirishi xotira deb ataladi.

background image

2025 -Yil

13-Fevral

RAQAMLI DUNYO: MATEMATIK VA INFORMATIK

YONDASHUVLAR

Respublika ilmiy-uslubiy konferensiyasi

353


XOTIRANING PSIXIK JARAYON SIFATIDA O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Vaxabova Sojida Sulton qizi

TMC Instituti Pedagogika va Psixologiya yo‘nalishi 3-bosqich talabasi

Yuldosheva Gavhar O‘tkirovna

TMC Instituti Pedagogika va Psixologiya kafedrasi o‘qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.14854986

Xotira — idrok etilgan narsa va hodisalarni yoki oʻtmish tajribalarni esda qoldirish va zarur

boʻlganda tiklashdan iborat psixik jarayon. Xotira eng yaxshi damlarni esda qoldiradi. U nerv
sistemasi
xususiyatlaridan biri boʻlib, tashqi olam voqealari va organizm reaksiyalari haqidagi
axborotni uzoq saqlash hamda uni ong faoliyatida va xulq, xatti-harakat doirasida takroriy
qobiliyatida namoyon boʻladi.Xotira individning oʻz tajribasida esda olib qolishi, esda saqlashi va
keyinchalik uni yana esga tushirishi xotira deb ataladi.

1

Xotira haqidagi dastlabki ilmiy qarashlar Sharq mutafakkirlari va yunon faylasuflari

(Aristotel va boshqalar) da uchraydi. Xususan, Farobiy Xotiraga bilishdagi aqliy jarayonning
tarkibiy qismi sifatida qarab, xotirani faqat insonga emas, hayvonga ham xos xususiyat ekanini
alohida taʼkidlagan.

Xotiraning fiziologik asosi bosh miya yarim sharlari poʻstlogʻining muvaqqat bogʻlanishi

(Assotsiatsiya) va ularning keyingi faoliyatidan iborat. Xotira koʻlami, axborotlarning uzoq vaqt
va mustahkam saqlanishi, shuningdek, muhitdagi murakkab signallarni idrok etish va adekvat
reaksiyalarda ishlab chiqish bosh miya nerv hujayralari (neyronlar) sonining koʻpayib borishi
hamda uning strukturasi murakkablashuvi jarayonida oʻsib boradi. Fiziologik tadqiqotlarda qisqa
va uzoq muddatli xotiralar qayd etilgan. Qisqa muddatli xotirada axborotlar bir necha daqiqadan
bir necha oʻn minutgacha saqlanadi, neyronlar ishiga xalal berilganda (masalan, elektr shok,
narkoz taʼsirida) u buziladi. Uzoq muddatli xotirada axborotlar odam umri boʻyi saqlanib turli
taʼsirlarga chidamli boʻladi. Qisqa muddatli xotira asta sekin uzoq muddatli xotiraga aylanadi.
Xotira ruhiyatning oʻtmish holati bilan hozirgi holati va kelgusidagi holatlarga tayyorlash
jarayonlari oʻrtasidagi oʻzaro aloqadorlikni koʻrsatadi.

2

Assotsiatsiya metodini olsak xotira

kuchayishi uchun eng zo‘r metodikalardan biri xisoblanadi, bunda xotiramizda saqlab qolmoqchi
bo‘lgan jarayonni biror bir buyum yoki yodimizda qoladigan unsur bilan bog‘lash kerak bo‘ladi.
Masalan: 3 sonini eslab qolish uchun = svetafor uch chiroqlik buyum eslash mana shu bir biriga
bog‘liqlik assotsiatsiya deyiladi.

Hozirgi zamon xotirani tadqiq qilish bilan bog’liq tadqiqotlarda markaziy o’rin xotira

jarayonining asoslariga ajratilgan. Xotira jarayonining asoslari 3 yo’nalishda o’rganilgan:
psixologik, neyro-fiziologik, bioximik.

3

Xotira tadqiqotchilari 1 asrdan ko‘proq vaqtdan buyon quyidagi savollarga javob

izlamoqda: Doktor Medina fikricha: barcha sezgi organlari ichida eng muhimi aynan axborot qabul
qilish bo‘yicha mavjud sezgidir. Vizual xotira cheksiz. Tadqiqotlardan birida ishtirokchilarga
10000 ta rasm berilgan va so‘ng boshqa rasmlar bilan aralashtirilgan rasmlarni berib ularni ajratish
topshirilgan. 99% aniqlikda rasmlar to‘g‘ri ajratilgan. Va hatto 3 oydan so‘ng ham shu natija

1

O‘zbekiston milliy ensiklopediya// 2025-yil 15-yanvar

2

O‘zbekiston milliy ensiklopediya// 2025-yil 15-yanvar

3

F.I.Xaydarov, N.I.Xalilova umumiy psixologiya 2009 yil B.182


background image

2025 -Yil

13-Fevral

RAQAMLI DUNYO: MATEMATIK VA INFORMATIK

YONDASHUVLAR

Respublika ilmiy-uslubiy konferensiyasi

354


takrorlangan. 10% o‘qiganda, 20% eshitganda, 30% o‘qib eshitganda, 50% eshitib ko‘rganlarda,
70% suhbatlashganda, 90% bajarayotganda eslab qolingan.

4

Bunday tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki inson xotirasida keng ko‘lamli saqlanib qolish uchun

barcha resurslarni ya‘ni sezgi o‘rganlari bilan qamrab olingan malumotlar jamlamasi xotiramizda
chuqur uzoq mudatli xotira sifatida qoladi.

Xotira xususiyatlarining orasida uning quyidagi tabiiy xossalari ajratiladi:

- yodda saqlash tezligi – axborotni xotirada saqlab qolish uchun zarur bo‘lgan takrorlashlar;
- unutish tezligi – esda qolganlarning xotirada saqlanish muddati;
- yodda saqlash hajmi – insonning ma’lum vaqt ichida esda olib qolishga qodir bo‘lgan jismlar
yoki dalillar soni;

- o‘zlashtirilganlarni yodda saqlash davomiyligi – insonning zarur axborotni ma’lum vaqt
oralig‘ida yodda olib qolish qobiliyati;
- qayta tiklash aniqligi - insonning xotirada saqlanib qolgan axborotni aniq saqlash, asosiysi esa,
aniq ishlab chiqish qobiliyati;
- xotira shayligi – talab etilganlarni darhol esga tushirish malakasi.

5

Xulosa o‘rnida shu aytish mumkinki, xotira shaxs shakllanishi yuzaga keltirish uchun eng

katta shaxs xususiyatidir. Bizning hayot tarzimiz va kechirayotga his-tuygularimiz bular barchasi
xotiramiz bilan chambarchas bog‘liqdir. Xotirani ham xuddi daraxt novdasiga o‘xshatish mumkin,
uni parvarishlab diqqat va masulyat bilan qarasak unib o‘sadi yani xotira ham o‘suvchan
rivojlanuvchan jarayondir. Shaxs o‘z ustida ishlab xotirani charxlaydigan metodikalardan
foydalansa xotira ham mustaxkamlanib boradi. Olimlarni tadqiqotlari shuni ko‘rsatadiki soglom
ovqatlanish, xotirani kuchaytiradigan maxsulotlar yong‘oq asal arab xurmosi har kungi ovqat
ratsioniga kiritish katta tasir ko‘rsatishini isbotlashgan. Arab qorilaridan ham kuchli xotira sirini
so‘rashganida har kuni erta tongdan bir yong‘oq istemol qilishligini etib o‘tishgan.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1.

O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi // 2025-yil 15-yanvar

2.

F.I.Xaydarov, N.I.Xalilova umumiy psixologiya 2009 yil B.182

3.

Xotiraning psixik jarayon sifatida o‘rganilishi 24.05.2024 B.3

4.

https://azkurs.org/xotira-reja-xotira-haqida-tushuncha-va-uning-nerv-fiziologik-a.html

4

Xotiraning psixik jarayon sifatida o‘rganilishi 24.05.2024 B.3

5

https://azkurs.org/xotira-reja-xotira-haqida-tushuncha-va-uning-nerv-fiziologik-a.html

References

O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi // 2025-yil 15-yanvar

F.I.Xaydarov, N.I.Xalilova umumiy psixologiya 2009 yil B.182

Xotiraning psixik jarayon sifatida o‘rganilishi 24.05.2024 B.3