Authors

  • Aziza Abdullayeva
  • Aziz Sobirov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.65418

Keywords:

Tarbiya fani pedagogika teatr pedagogikasi teatrlashtirish faoliyati madaniy meros aktyorlik va pedagogik qobiliyat muloqot kreativ fikrlash jamoaviy ish psixologik rivojlanish interaktiv ta'lim o'ziga ishonch axloqiy-psixologik maqsadlar.

Abstract

Ushbu maqolada tarbiya fanini o’qitishda teatr pedagogikasining ahamiyati, teatrshunos olimlarning olib borgan tadqiqotlari teatr san’atiga tarbiyaning ilg‘or vositasi sifatida qarash insonni kashf etishga yo‘l ochishligi, shuningdek, teatr pedagogikasi umumiy pedagogika tarbiya nazariyasining alohida yo‘nalishi bo‘lib, u teatrlashtirish faoliyatida bola shaxsining o‘z-o‘zini ifoda etishini ta’minlovchi usullar tizimini o‘z ichiga olishi haqidagi ma’lumotlar berilgan.

background image

2025 -Yil

13-Fevral

RAQAMLI DUNYO: MATEMATIK VA INFORMATIK

YONDASHUVLAR

Respublika ilmiy-uslubiy konferensiyasi

392


TARBIYA FANINI O’QITISHDA TEATR PEDAGOGIKASINING O’RNI

Abdullayeva Aziza Karimovna

Texnologiya, menejment va kommunikatsiya instituti

Pedagogika va psixologiya kafedrasi o‘qituvchisi

telefon: +998937254212

Sobirov Aziz

Pedagogika va psixologiyasi ta’lim yo‘nalishi 3-bosqich talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.14855116

Annotatsiya.

Ushbu maqolada tarbiya fanini o’qitishda teatr pedagogikasining ahamiyati,

teatrshunos olimlarning olib borgan tadqiqotlari teatr san’atiga tarbiyaning ilg‘or vositasi
sifatida qarash insonni kashf etishga yo‘l ochishligi, shuningdek, teatr pedagogikasi umumiy
pedagogika tarbiya nazariyasining alohida yo‘nalishi bo‘lib, u teatrlashtirish faoliyatida bola
shaxsining o‘z-o‘zini ifoda etishini ta’minlovchi usullar tizimini o‘z ichiga olishi haqidagi
ma’lumotlar berilgan.

Kalit so’zlar:

Tarbiya

fani, pedagogika, teatr pedagogikasi, teatrlashtirish faoliyati,

madaniy meros, aktyorlik va pedagogik qobiliyat, muloqot, kreativ fikrlash, jamoaviy ish,
psixologik rivojlanish, interaktiv ta'lim, o'ziga ishonch, axloqiy-psixologik maqsadlar.

Tarbiyaviy jarayon bu ijodkorlik bilan chambarchas bog‘liqdir, lekin u pedagog va

o‘quvchining birligida namoyon bo‘ladi. Tarbiya fani, o‘quvchilarning axloqiy va ruhiy dunyosini
shakllantirish, ularni jamiyatda faol va mas’uliyatli fuqarolar sifatida tarbiyalash uchun muhim
ahamiyatga ega. Bu fanni o‘qitishda turli pedagogik metodlar va texnikalar qo‘llaniladi. So‘nggi
yillarda, o‘qitish jarayoniga teatr pedagogikasining elementlarini kiritish, o‘quvchilarning shaxsiy
rivojlanishi, ijodiy fikrlashi, muloqot qilish va jamoadagi rolini anglashda katta yordam beradi.
Teatr pedagogikasi, o‘quvchilarning o‘zini ifoda etish, o‘z hissiyotlarini anglash va boshqalar
bilan hamkorlikda ishlashni o‘rgatadi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020-yil 26-maydagi

“Madaniyat va san’at sohasining jamiyat hayotidagi o‘rni va ta’sirini yanada oshirish chora
tadbirlari to‘g‘risida” PF-600-sonli Farmoni

1

o‘zbek milliy san’atida teatr faoliyatini yanada

rivojlantirish, bu tizimdagi o‘zgarishlarga va yangiliklarga turtki vazifasini o‘tab berdi.
Shuningdek, o‘sib kelayotgan yosh avlodni ma’nan va ruhan tarbiyalashda ham amaliyotga keng
tadbiq etila boshlandi.

Shuni qayd etib o‘tish kerakki, teatr ijodkorligida va pedagogik ta’sir ko‘rsatishda, ya’ni

pedagog bilan bolalarning bevosita o‘zaro harakati bilan bog‘liq bo‘lgan hissi o‘zaro fikr
almashish sohasida ko‘pgina umumiy tomonlar bor. Pedagog pirovard natijada pedagogik ta’sir
ko‘rsatish drammaturgiyasini ishlab chiqadi, uni rivojlantirish sohalarini belgilaydi, tarbiyaviy
ta’sirlar rejasini tuzib chiqadi, bu reja u yoki bu tarbiyaviy syujetni rejissorona ko‘rinishi nazarda
tutadi, nihoyat pedagogning o‘zi tarbiyaviy g‘oyalar va yo‘l yo‘riqlarning faol “uzatuvchisi” bo‘lib
maydonga chiqadi. Bu ikkala ijodiy jarayonni muomala va o‘zaro faqat bir-biriga yaqinlashtiradi.

1

Mirziyoyev Sh. «Mаdаniyаt vа sаn’аt sohаsining jаmiyаt hаyotidаgi o‘rni vа tа’sirini yаnаdа oshirish chorа-

tаdbirlаri to‘g‘risidа»gi PF-600 sonli Fаrmoni. - T., 2020


background image

2025 -Yil

13-Fevral

RAQAMLI DUNYO: MATEMATIK VA INFORMATIK

YONDASHUVLAR

Respublika ilmiy-uslubiy konferensiyasi

393


Teatr san’atiga tarbiyaning ilg‘or vositasi sifatida qarash insonni kashf etishga yo‘l ochadi.

“Insonni kashf etish esa shaxsni kashf etishdir. Aynan badiiy ijodiy faoliyatda bola o‘zini to‘laroq
namoyon eta oladi”

2

L.M.Batkin.

Teatr pedagogikasi umumiy pedagogika tarbiya nazariyasining alohida yo‘nalishi bo‘lib u

teatrlashtirish faoliyatida bola shaxsining o‘z-o‘zini ifoda etishini, o‘zini anglashi va hayotdagi o‘z
o‘rnini topish usullar tizimini o‘z ichiga oladi. Bola shaxsining o‘z-o‘zini ifoda etishi esa
pedagogning aktyorlik ta’siri ortida ro‘y beradi. Mamlakatimizda ta’lim sifatini oshirishga bo‘lgan
e’tibor yosh avlod tarbiyasida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ayniqsa, umumta’lim maktablari
uchun ta’lim standartlari talablariga muvofiq yuqori samarali multimedia vositalari hamda o‘quv
adabiyotlari va qo‘llanmalarining kompyuter elektron turlarini yaratishning yo‘lga qo‘yilganligi
soha rivojiga katta hissa qo‘shmoqda. Bugungi o‘sib kelayotgan yosh avlodni har tomonlama
yetuk, ma’naviy barkamol toptirish jamiyatimizning ustuvor vazifalaridandir. Bu borada
kelajagimiz poydevori bo‘lgan yoshlarni komil inson qilib tarbiyalashda teatr san’atining o‘rni
beqiyos. Mamlakatimiz hayotining barcha jabhalarda keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda.
Uning samarali rivoji uzliksiz ravishda ta’lim sohasiga singib borayotgan islohotlarda ham yaqqol
namoyon bo‘ladi. Bu kabi islohotlardan ko‘zda tutilgan maqsad yosh avlodning tarbiyasiga
atroflicha yondashish, turli yosh guruhdagi bolalarning bilim doirasini kengaytirish, ijtimoiy va
ma’naviy rivoji borasida olib borilayotgan davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida
e’tirof etilmoqda.

Mil.avv.gi IV-V asrlarda Qadimgi Yunoniston (Gretsiya), Qadimgi Rim va Yaqin Sharqda

yuzaga kelgan antik teatr sanatining tug’ilishiga olib kelgan. Madaniy meros bilan tanishtirish,
qonunlarga nisbatan hurmatni tarbiyalash maqsadida bolalarni teatrga jalb etilgan. Ba’zi teatr
tizimlari esa notiqlik, raqs va qo’shiq aytishga asoslanib, ularda oyin tamoyili birinchi o’ringa
chiqgan. Teatr niqobi o’yin namoyishlarning ifodali vositasi hissoblangan. Niqob insonning
emotsional holati, hissiyotlarini va olamga bo’lgan munosabatini ifodalashga ko’maklashgan.

Teatrlashtirilgan harakatlarda niqobdan foydalangan bola emotsional bosimni,

hayolparishonlikni, uyatchanlikni yaratishi mumkin edi.

Shu bilan birga kishi shuni aniq bilishi kerakki, bu faoliyat turlaridagi o’xshash qisimlar

chuqur o’ziga xos qismlar sifatida namoyon bo’ladi, bunga sabab avvalo shuki, bu ijodiy
jarayonlarning o’zi tuzilishi va vazifalariga ko’ra aynan o’xshashdir. Gap teatr ijodkorligi
nazariyasidan, xususan K.S.Stanislavskiy sistemasidan pedagogik ta’sir ko’rsatish mahoratini
oshirishda va foydalanish imkoniyatlari haqida bormoqda. Masalan, jarayonning hissiy sohasini
tahlil qilish borasida teatr pedagogikasi tomonidan to’plangan bir muncha tajriba asosida o’zaro
fikr almashish amalga oshiriladi va bu tajriba pedagogning ijodiy mehnatiga o’xshash jarayonlarni
tushinish foydalidir, bu esa tarbiyaviy mahoratni samarali egallashga yordam beradi.

Teatrshunos Sh.Minovarov fikriga ko’ra, “Teatr san’ati har xil yoshdagi, xarakterdagi

bolalarning fe’liga ta’sir etadigan, ularning qiziqishini o’stiradigan tarbiya maktabidir. Buning
uchun bolalar teatri har xil spektaklni sahnalashirishda ularning psixologiyasini bilishdan tashqari
pedagogika, ruhshunoslik, bolalar adabiyoti va adabiyotshunosligidan ma’lumotga ega bo’lishi
lozim.

Teatr faoliyati bilan pedagogik faoliyatning o’zaro aloqalariga doir masalalar

A.A.Makarenkoni hamisha qiziqtirib kelgan. A.S.Makarenkoning badiiy-teatr ziyolilari bilan

2

L.M.Batkin

Badiiy ijod va psixologiya"

1971


background image

2025 -Yil

13-Fevral

RAQAMLI DUNYO: MATEMATIK VA INFORMATIK

YONDASHUVLAR

Respublika ilmiy-uslubiy konferensiyasi

394


yaqindan tanishuvi uning pedagogik faoliyatining hissiy-ijodiy tabiati mohiyatini tushunib
yetishga ham tegishli ta’sir ko’rsatmasligi mumkin emasdir. Shunisi diqqatga sazovorki,
Makarenko boshlovchi pedagoglar bilan etyud ishlari olib borish zarurligi haqida gapirgan va
bunday ishni o’z kommunasida o’tkazgan edi. Makarenkoning etyud o’tkazish amaliyotlarini taxlil
qilib, K.S.Stanislavskiyning teatr maktabi ta’sirini beixtiyor his qilasiz. Ikki buyuk pedagog
ijodkorning ijodiy tabiatini rivojlantirishni o’z maqsadlari deb bildilar, shuning uchun ham
rejissyor N.V.Petrov o’z vaqtida K.S.Stanislavskiyning pedagogik konsepsiyalarini taqqoslab
ko’rsatgan edi.

Tarbiya fani o‘qitishida teatr pedagogikasining asosiy afzalliklaridan biri o‘quvchilarning
hissiy va ijtimoiy rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatishidir. Teatrda qatnashgan o‘quvchilar o‘zlarini
boshqa shaxsning pozitsiyasida tasavvur qilishadi, bu esa empatiya va tushunishni rivojlantiradi.
Bunday tajribalar o‘quvchilarning o‘zaro muloqot qilish va jamoada ishlash ko‘nikmalarini
yaxshilashga yordam beradi. Shuningdek, teatr o‘yinlari yordamida o‘quvchilar turli ijtimoiy
vaziyatlarga moslashishni va boshqalar bilan samarali hamkorlik qilishni o‘rganadilar.
Teatr pedagogikasi o‘quvchilarning shaxsiy ifodalanishiga, ularning ijodiy va kreativ
fikrlashiga yordam beradi. Tarbiya fani o‘qituvchisi, o‘quvchilarga teatrlashtirilgan faoliyat orqali
o‘zlarini erkin ifodalash imkoniyatini yaratadi. Bu orqali o‘quvchilar o‘z fikrlarini yanada aniq va
izchil bayon qilishni, jamoa oldida o‘zlarini erkin ifodalashni o‘rganadilar. Teatr o‘yinlari va rollar
orqali o‘quvchilar nafaqat o‘zlarining ichki dunyosini kashf etadilar, balki ijodiy fikrlashni ham
rivojlantiradilar.
Tarbiya fani o‘qitishda teatr pedagogikasining yana bir muhim imkoniyati o‘quvchilarga
muammolarni hal qilish va vaqtni boshqarish ko‘nikmalarini o‘rgatishdir. Teatrda har bir sahna va
rolni bajarish o‘quvchilarga aniq vazifalar qo‘yadi va ular har bir vazifani bajarish uchun o‘z
vaqtini samarali taqsimlashga o‘rganadilar. Masalan, bir teatr asarini sahnalashtirishda barcha
ishtirokchilar o‘z rollarini yaxshi bajarish uchun vaqtni puxta rejalashtirishi kerak. Bu
o‘quvchilarga hayotdagi turli vaziyatlarda vaqtni boshqarish va muammolarni samarali hal
qilishda yordam beradi.
Teatr pedagogikasi o‘quvchilarga xulq-atvor va etika normalarini o‘rgatishda ham samarali
vosita hisoblanadi. Teatr asarlari orqali o‘quvchilar o‘zlari ko‘rgan va ijro etgan personajlarning
xulq-atvorini tahlil qilish, ijtimoiy va axloqiy masalalar haqida fikr yuritish imkoniga ega
bo‘ladilar. Bu, o‘z navbatida, ularning axloqiy ongini rivojlantirishga, jamiyatda to‘g‘ri va adolatli
xulq-atvorni shakllantirishga yordam beradi.
Tarbiya fani o‘qitish jarayonida teatr pedagogikasining muhim imkoniyatlaridan biri
o‘quvchilarda o‘zaro hurmat va hamkorlikni rivojlantirishdir. Teatrda ishlash, rollarni birgalikda
o‘ynash, muloqot qilish va bir-biriga yordam berish zarurati o‘quvchilarni bir-biriga nisbatan
hurmat va e’tibor bilan yondashishga o‘rgatadi. Bunday sharoitda o‘quvchilar jamoa bo‘lib
ishlashni, bir-birini tushunishni va umumiy maqsadga erishishda hamkorlik qilishni o‘rganadilar.
Teatr pedagogikasining imkoniyatlaridan foydalanish uchun o‘qituvchilar turli amaliy
mashg‘ulotlar, rolli o‘yinlar, teatr sahnalari va simulyatsiyalarni o‘tkazishlari mumkin. Masalan:

Rolli o‘yinlar:

O‘quvchilarga turli vaziyatlarni tasvirlovchi rolli o‘yinlar berish,

ularni ma’lum bir ijtimoiy va axloqiy xulq-atvorni namoyish etishga chaqirish. Bu orqali ular
ijtimoiy vaziyatlarda qanday harakat qilishni o‘rganadilar.


background image

2025 -Yil

13-Fevral

RAQAMLI DUNYO: MATEMATIK VA INFORMATIK

YONDASHUVLAR

Respublika ilmiy-uslubiy konferensiyasi

395


Teatr sahnalari:

Tarbiya fanida ma’lum bir tarixiy yoki madaniy mavzu asosida

teatr sahnalari yaratish. O‘quvchilar bu jarayonda o‘zlarining ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish
bilan birga, mavzu bo‘yicha yanada chuqurroq bilim olishlari mumkin.

Improvisatsiya va muloqot mashg‘ulotlari:

O‘quvchilarni o‘zaro muloqot

qilishga, improvizatsiya qilishga undovchi mashg‘ulotlar orqali, ularning hissiy va intellektual
rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash.

Xulosa o‘rnida shuni aytish joizki, tarbiya fanini o‘qitishda teatr pedagogikasining

imkoniyatlaridan foydalanish o‘quvchilarning nafaqat ilmiy va akademik, balki shaxsiy va
ijtimoiy rivojlanishiga ham katta ta’sir ko‘rsatadi. Teatr pedagogikasi yordamida o‘quvchilar
ijodiy va hissiy rivojlanishlarini qo‘llab-quvvatlab, ijtimoiy mas’uliyatni anglaydilar, o‘quvchini
o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshiradi va his tuyg‘ularini boshqarishga yordam beradi, muammolarni
hal qilish ko‘nikmalarini rivojlantiradilar. Shu sababli, teatr pedagogikasining tarbiya fani
o‘qitishdagi o‘rni beqiyosdir va uning imkoniyatlaridan foydalanish o‘quvchilarning to‘laqonli
rivojlanishiga xizmat qiladi.

FOYDАLАNILGАN АDАBIYOTLАR:

1.

Аbdusаmаtov Hаfiz: «Drаmа nаzаriyаsi» - G‘аfur G'ulom nomidаgi аdаbiyot vа
sаn’аt nаshriyoti. Toshkent - 2000. 2.

2.

Mirziyoyev Sh. «Mаdаniyаt vа sаn’аt sohаsining jаmiyаt hаyotidаgi o‘rni vа tа’sirini
yаnаdа oshirish chorа-tаdbirlаri to‘g‘risidа»gi PF-600 sonli Fаrmoni. - T., 2020. 3.

3.

Kаbilov N. TEАTR PEDАGOGIKАSINING BOLА TАRBIYАSIDА TUTGАN
O‘RNI. ЖУРНАЛ. Orientаl Аrt аnd Culture. 2023 4.

4.

Рафиқова Д., Азимов У. ТАЪЛИМНИ МОДЕРНИЗАЦИЯЛАШ ВА ТАЪЛИМ
СИФАТИНИ ОШИРИШ //Экономика и социум. – 2021. – №. 2-2 (81). – С. 167-
169. 5.

5.

Rаfikovа D. et аl. Prepаring to innovаtive аctivity: Problem solving //АIP Conference

References

Аbdusаmаtov Hаfiz: «Drаmа nаzаriyаsi» - G‘аfur G'ulom nomidаgi аdаbiyot vа sаn’аt nаshriyoti. Toshkent - 2000. 2.

Mirziyoyev Sh. «Mаdаniyаt vа sаn’аt sohаsining jаmiyаt hаyotidаgi o‘rni vа tа’sirini yаnаdа oshirish chorа-tаdbirlаri to‘g‘risidа»gi PF-600 sonli Fаrmoni. - T., 2020. 3.

Kаbilov N. TEАTR PEDАGOGIKАSINING BOLА TАRBIYАSIDА TUTGАN O‘RNI. ЖУРНАЛ. Orientаl Аrt аnd Culture. 2023 4.

Рафиқова Д., Азимов У. ТАЪЛИМНИ МОДЕРНИЗАЦИЯЛАШ ВА ТАЪЛИМ СИФАТИНИ ОШИРИШ //Экономика и социум. – 2021. – №. 2-2 (81). – С. 167-169. 5.

Rаfikovа D. et аl. Prepаring to innovаtive аctivity: Problem solving //АIP Conference