Authors

  • Umida Sayitova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.67998

Keywords:

1. O‘z­o‘ziga shaxs sifatida hayot faoliyati sub’ekti sifatida munosabatda bo‘ladigan kompetensiyalar. 2. Insonning boshqa odamlar bilan o‘zaro munosabatlariga taalluqli kompetensiyalar. 3. Insonning barcha turdagi va shakldagi faoliyatiga taalluqli kompetensiyalar.

Abstract

Pedagoglarning kasbiy kompetentligi asoslaridan biri o‘z tarkibida bilimlar, mahorat va shaxs sifatini belgilovchi unsur hisoblanib, ular doimo pedagogni harakatga keltirib turuvchi o‘z ustida ishlash, bilimlarini oshirib borish, har bir pedagogik vaziyatga ijodiy yondoshish hamda moslashish kabi imkoniyatlaridir.

background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

734

PEDAGOG KASBIY KOMPETENTLIGINING TARKIBI

Sayitova Umida Hikmatillo qizi

Alfraganus universiteti, “Pedagogika va psixologiya” kafedrasi

dotsent v.b., psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

https://doi.org/10.5281/zenodo.14910076

Pedagoglarning kasbiy kompetentligi asoslaridan biri o‘z tarkibida bilimlar, mahorat va

shaxs sifatini belgilovchi unsur hisoblanib, ular doimo pedagogni harakatga keltirib turuvchi o‘z

ustida ishlash, bilimlarini oshirib borish, har bir pedagogik vaziyatga ijodiy yondoshish hamda

moslashish kabi imkoniyatlaridir. Pedagoglarning kasbiy kompetentligi tuzilishini tahlil qilar

ekanmiz, ko‘pchilik tadqiqotchilar kasbiy kompetentlikni ta’limning funksional tuzilishi sifatida,

uning tarkibiga o‘qituvchining bilimi va mahorati uzviyligi hamda kasb-kor bo‘yicha malakasi

aniq maqsadni ko‘zlab amalga oshiradigan faoliyati, deb baho beradilar. Ammo bilim va mahorat

kabi tushunchalarga nisbatan kompetensiya o‘ta moslashuvchan, bulg‘usi yangilanishlar asosi,

yangi dolzarb axborotlarni qayta ishlashi va amaliy faoliyatida qo‘llashi bilan farq qiladi. Shunday

bo‘lsa ham, kompetentlikning o‘zagi pedagogning shaxsiy sifatlari, uning yo‘naltirilganligi,

maqsadi, umuminsoniylik qadriyatlari, sharoitga moslasha olish qobiliyati, o‘quv-tarbiya

jarayonlarini tashkil etishda rang baranglik, turli-tuman o‘zgarishlar kiritishga o‘ta mos va

munosiblikni ta’minlashi ekanligi ma’lum bo‘ladi.

Tayanch kompetensiyalarning uch guruhini ajratib olish uchun nazariy asos sifatida

psixologiyada shakllantirilgan qoidalar xizmat qiladi, bu qoidalarga inson muloqot, bilim olish va

mehnat sub’ekti ekanligi, insonning kompetentliligi akmeologik rivojlanish vektoriga ega ekanligi

(N.V.Kuzmina); kasbiy mahorat kompetentlikni o‘z ichiga olishi (A.K.Markova) kabilar kiradi.

Yuqoridagi fikrlardan kompetentlikning uch asosiy guruhi ajratib ko‘rsatiladi:[1]

1. O‘z­o‘ziga, shaxs sifatida, hayot faoliyati sub’ekti sifatida munosabatda bo‘ladigan

kompetensiyalar.

2. Insonning boshqa odamlar bilan o‘zaro munosabatlariga taalluqli kompetensiyalar.

3. Insonning barcha turdagi va shakldagi faoliyatiga taalluqli kompetensiyalar.

Pedagoglarning kasbiy kompetentligining shakllanishi uning kasbiy-pedagogik

vaziyatlarda aqliy, predmetli-amaliy va motivatsion omillar bilan bog‘liq o‘ziga xos

xususiyatlarining ifodalanishi bilan yorqin namoyon bo‘ladi. Shu bilan birga ushbu omillar

ko‘plab umumiy jihatlarga ham ega. Bu sohadagi maxsus izlanishlar natijalari ko‘rsatganidek

kasbiy faoliyatga ta’lim oluvchilarning kasbiy kompetentligi ham katta ta’sir ko‘rsatadi.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

735

Pedagoglarning kasbiy kompetentligini shakllantirish, oliy ta’lim muassasalarida ularning kasbiy

va shaxsiy kamolotini ta’minlash uchun zarur pedagogik shart-sharoitlarni yaratish kerakligini

taqazo etadi, chunki bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy kompetentligini shakllantirishning

pedagogik asoslarini ishlab chiqish, psixologik-pedagogik sharoitlarini aniqlash va

o‘qituvchilarning kasbiy kompetentligi shakllanganlik darajasini aniqlovchi mezonlarini asoslash

muhim ahamiyatga ega. O‘qituvchilarni kasbiy–pedagogik tayyorgarlik sifatini tubdan oshirish

uning mazmuni bilan bevosita bog‘liqdir, chunki o‘qituvchilarni kasbiy shakllantirish pedagogik

va metodik bilimlarni fan, ta’lim, texnika, texnologiya va ishlab chiqarish iqtisodiyoti sohalaridagi

o‘zgarishlarga asoslangan integratsiyasi ta’lim jarayonining samaradorligini ta’minlashga xizmat

qiladi. Bu jarayon esa bo‘lajak o‘qituvchilarni tayyorlash mazmunini asoslash va kasbiy

kompetentligini shakllantirish texnologiyasini yaratishda muayyan o‘zgarishlarni amalga oshirish

zaruriyatini keltirib chiqaradi. Kompetensiya o‘z bilimlarini tinmay boyitib borishni, yangi

axborotlarni o‘rganishni, shu kun va davr talablarini his etishni, yangi bilimlarni izlab topish

mahoratini, ularni qayta ishlashni hamda o‘z amaliy faoliyatida qo‘llashni talab qiladi.[2]

Kompetensiya egasi bo‘lgan mutaxassis muammolarni yechishda o‘zi o‘zlashtirib olgan, aynan

shu sharoitga mos metod va yo‘llardan foydalanishni yaxshi bilishi, hozirgi vaziyatga munosib

bo‘lgan metodlarni tanlab olib qo‘llashi, to‘g‘ri kelmaydiganlarini rad etishi, masalaga tanqidiy

ko‘z bilan qarashi kabi ko‘nikmalarga ega bo‘ladi. Kasbiy ta’lim sifatini aynan bo‘lajak

mutaxassisning kompetentliligini shakllantirish hamda uning kasbiy pedagogik ijodkorligini

rivojlantirish bilan ta’minlash mumkin, buni ta’lim jarayonida amalga oshirish texnologiyalarini

ishlab chiqish kasbiy ta’limni modernizatsiya qilishning eng muhim vazifalaridan biri hisoblanadi.

Demak, kompetentlik talaba tomonidan alohida bilim va malakalarni egallanishini emas,

balki har bir mustaqil yo‘nalish bo‘yicha integrativ bilimlar va harakatlarning o‘zlashtirilishini

nazarda tutadi. Shuningdek, bitiruvchilarning kasbiy tayyorgarligi darajasiga qo‘yiluvchi talablar

nuqtai nazaridan kompetentlik talabalarning muayyan vaziyatlarda bilim, malaka va faoliyat

usullari to‘plamini maqsadga muvofiq qo‘llash qobiliyatini anglatadi.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

736

REFERENCES

1.

Гришина И.В. Профессиональная компетентность директора школы. Автореф.: дис.

… докт.пед.наук. – М.: 2004. – 40 с.

2.

Джураев Р.Х. Организационно-педагогические основы интенсификации системы

профессионального подготовки в учебных заведениях профессионального

образования: Автореф. дисс … док.пед.наук.-Т.:1995.-43с.

3.

Зеер Э.Ф. Модернизация профессионального образования: компетентностный

подход // Образование и наука. Известия. Урал. Отделение РАО. 2004. – № 3. – С.

42-53.

References

Гришина И.В. Профессиональная компетентность директора школы. Автореф.: дис. … докт.пед.наук. – М.: 2004. – 40 с.

Джураев Р.Х. Организационно-педагогические основы интенсификации системы профессионального подготовки в учебных заведениях профессионального образования: Автореф. дисс … док.пед.наук.-Т.:1995.-43с.

Зеер Э.Ф. Модернизация профессионального образования: компетентностный подход // Образование и наука. Известия. Урал. Отделение РАО. 2004. – № 3. – С. 42-53.